Научная статья на тему 'GENDER TENGLIGI: AYOLLARNING HUQUQ VA IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH'

GENDER TENGLIGI: AYOLLARNING HUQUQ VA IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

3673
538
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diskriminatsiya / gender / xavfsizlik / ombudsman / konvensiya / discrimination / gender / security / ombudsman / convention

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Ibrohim Shuxratovich Fayziyev

Maqolada O’zbekiston Respublikasida ayollar haq-huquqlarini himoya qilish va uni jamiyat hayotida tutgan rolini oshirish masalasida fikr yuritilgan. Bundan tashqari ayollarga nisbatan diskriminatsiya, tahqirlash, zo’rlash kabi muammolar asosiy o’ringa qo’yilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENDER EQUALITY: ENHANCING WOMEN'S RIGHTS AND OPPORTUNITIES

The article focuses on the protection of women's rights in the Republic of Uzbekistan and its role in society. In addition, issues such as discrimination, humiliation and rape against women are given priority

Текст научной работы на тему «GENDER TENGLIGI: AYOLLARNING HUQUQ VA IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH»

GENDER TENGLIGI: AYOLLARNING HUQUQ VA IMKONIYATLARINI

KENGAYTIRISH

Ibrohim Shuxratovich Fayziyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston Respublikasida ayollar haq-huquqlarini himoya qilish va uni jamiyat hayotida tutgan rolini oshirish masalasida fikr yuritilgan. Bundan tashqari ayollarga nisbatan diskriminatsiya, tahqirlash, zo'rlash kabi muammolar asosiy o'ringa qo'yilgan.

Kalit so'zlar: diskriminatsiya, gender, xavfsizlik, ombudsman, konvensiya.

GENDER EQUALITY: ENHANCING WOMEN'S RIGHTS AND

OPPORTUNITIES

Ibrahim Shukhratovich Fayziyev

Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The article focuses on the protection of women's rights in the Republic of Uzbekistan and its role in society. In addition, issues such as discrimination, humiliation and rape against women are given priority.

Keywords: discrimination, gender, security, ombudsman, convention.

KIRISH

Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, barqaror taraqqiyot jarayonini tezlashtirish nihoyatda muhim tamoyildir. Ayollar va qizlarga qarshi barcha turdagi kamsitishlarni yo'q qilish nafaqat inson huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan muhim, balki boshqa sohalar rivojlanishiga ta'sir etuvchi kuchli omillardan biridir.

Dunyo rivojining hozirgi davrida inson taraqqiyoti, uning huquq va erkinliklari, ijtimoiy adolat va inson xavfsizligini taminlash borasidagi jarayonlar uchun ayollar va erkaklarning jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi tengligini amalda taminlash masalalari ustuvor vazifalarning biriga aylanmoqda. Shu

maqsadda nafaqat respublikamizda balki butun dunyoda ushbu masala actual bo'lib qolmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquq va teng imkoniyatlarni ta'minlash masalalari quyidagi asosiy xalqaro hujjatlarda o'z aksini topgan, bular: Atrof muhit va rivojlanish bo'yicha Rio-de-Janeyro Deklaratsiyasi (Rio Deklaratsiyasi, 1992 y.), Aholishunoslik va rivojlanish bo'yicha Qohira konferensiyasi (1994), Xotin-qizlar ahvoli bo'yicha Pekin konferentsiyasi (1995) va Inson manzilgohlari bo'yicha Istambul konferensiyasi (1996). Bular - Umumjahon inson huquqlari Deklaratsiyasi, «Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllariga barham berish to'g'risida»^ Konvensiya, Mingyillik rivojlanish maqsadlari va boshqalar.

BMTga a'zo-davlatlar uchun ayollar va erkaklar tengligini ta'minlashga doir milliy majburiyatlarni to liq bajarish Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish va BMT tamoyillarini qo'llab-quvvatlashga munosib hissa qo'shish demakdir.

Ayollar va erkaklar huquqlari tengligi mamlakatimizning Asosiy qonuni -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan, uning 18-moddasida qayd etilganidek, «O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar» Jamiyatda ayollar va erkaklar tengligi tamoyilini ilgari surish demokratik boshqaruvning asosiy va ajralmas qismi ekanligini anglab yetish kuchaymoqda. Dunyoda yuz berayotgan jarayonlar iqtisodiy rivojlanish siyosati gender jihatdan neytral bo'lishi mumkin emasligini tasdiqlamoqda, gender tengligi va iqtisodiy samaradorlik o'rtasida bevosita aloqa mavjud. Jinslar ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olish, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish ayollar va erkaklar ahvolini yaxshilashga, oilani mustahkamlashga, bolalarning jismonan va ma'nan kamol topishiga ko'maklashadi va oxir-oqibat millatning iqtisodiy taraqqiyot sari salohiyati va imkoniyatlarini kuchaytiradi. O'z navbatida, iqtisodiy rivojlanish ham uzoq muddatli istiqbolda gender tengligi darajasini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

O'zbekistonda davlatning ham ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-intelektual hayotida tub o'zgarishlar sodir bo'layatgan bir vaqtda gender tenglik ya'ni ayollar va erkaklarning teng huquqliligini tashkil etish ham dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

Shu o'rinda bir savol tug'iladi, "gender" atamasining ma'nosi nima?

"Gender" atamasi 1968-yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan bo'lib, "jins" manosini bildiradi.

Gender tenglikni ta'minlash maqsadida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 29-avgustda ma'qullangan hamda 2019-yil 2-sentabrda prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Xotin qizlar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari to,g,risida"gi qonuni qabul qilinishi ham bejizga emas.

NATIJALAR

Xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish va farovonligini oshirishda hal qiluvchi omil sifatida talim olish, kasb-hunar o'rganish va oz qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi imkoniyatini ko'rib chiqar ekanmiz, respublikada talim olish huquqi barcha fuqarolar uchun jinsidan qafiy nazar Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanganligiga (41 modda) guvoh bolamiz. Ayollar va erkaklarning talim olishga doir teng huquqlari Ozbekiston Respublikasining «Talim to'g'risida»gi Qonuni, jismoniy rivojlanish va sport bilan shug'ullanish borasida esa - «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi qonuni (2-modda) bilan belgilangan. Xotin-qizlarning qarorlar qabul qilish darajasidagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1995 yil 2 martdagi «O'zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» hamda 2004 yil 25 maydagi «O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur masalalar yuzasidan qarori qabul qilingan. Ayollar va erkaklarning teng huquqliligi mamlakatimizning asosiy qonuni - Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan, uning 46-moddasida qayd etilganidek, "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar". Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir odam uchun Inson huquqlari haqidagi Xalqaro Konvensiyadagi shaxsiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va iqtisodiy huquqlarining butun majmuini kafolatlaydi. Asosiy qonunimizda har bir insonga huquq va erkinliklari daxlsizligi, ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emasligi mustahkamlangan. Ozbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq demokratik tamoyillarni qo'llab-quvvatlab, inson huquqlarini taminlashga doir qariyb 70 ta asosiy xalqaro hujjatlarga qo'shildi. Bular - Umumjahon inson huquqlari Deklaratsiyasi, «Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllariga barham berish to'g'risida»gi Konvensiya, Ming yillik rivojlanish maqsadlari va boshqalar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham

ayollar huquq van erkinliklarini himoya qilish maqsadida bir qator xalqaro qonunlar qabul qilgan. Xususan, 1954-yilda qabul qilingan "Ayollarning siyosiy huquqlari to'g'risida Konvensiya", 1958-yilda maqullangan "Turmushga chiqqan ayollarning fuqaroligi to'g'risidagi Konvensiya", "Ayollarga nisbatan qo'llaniladigan diskirminatsiyaning har qanday shakllariga barham berish haqidagin Konvensiya" kabi hujjatlar bugungi kunda dunyo mamlakatlarining ushbu sohaga oid huquqiy islohotlarga asos bo'lib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib Respublikamizda xotin-qizlarning qariyb 80 % asosan ikki ijtimoiy soha - ta'lim van sog'liqni saqlashda faoliyat yuritib kelmoqda. Ammo hozirda ayollarning siyosat, diplomat van vazir kabi davlat boshqaruvida ahamiyatga ega bo'lgan lavozimlarda ularning sonini ko'zda tutilmoqda.

MUHOKAMA

Shunday qilib, mustaqillik yillarida respublikada qonunchilik va ijro etuvchi organlar darajasida huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda ayollar va erkaklar tengligiga oid konstitutsiyaviy printsipni ta'minlashga qaratilgan ayollar va erkaklarga nisbatan davlat siyosatini amalga oshirish uchun progressiv va ishonchli baza yaratilgan. Ayollar va erkaklar tengligi madaniyatini shakllantirish - bu tizimli va doimiy jarayon bo'lib, keng jamoatchilik va fuqarolik institutlari bilan hamkorlikni talab etadi. Bu borada jamiyatning barcha jabhalari -davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari, biznes sub'ektlari, kasaba uyushmalari va keng aholi qatlamlarining birgalikdagi va hamjihatlikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Alohida sa'y-harakatlar ayollar va erkaklar xulq-atvoriga doir ijtimoiy va madaniy modellarni o'zgartirishga, omma ongida ayollar va erkaklarning jamiyatdagi roliga doir eskicha qarashlarni bartaraf etishga qaratilishi kerak.

XULOSA

Ayollar va erkaklar tengligi madaniyatini shakllantirish - bu tizimli va doimiy jarayon bo'lib, keng jamoatchilik va fuqarolik institutlari bilan hamkorlikni talab etadi. Bu borada jamiyatning barcha jabhalari - davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari, biznes sub'ektlari, kasaba uyushmalari va keng aholi qatlamlarining birgalikdagi va hamjihatlikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat barcha qatlamlarining maqsadli faoliyatini tashkil etish zarur gender-dezagratsiyalangan axborot bazasini yaratish, barcha hududlar darajasida gender vaziyatining gender tahlili va monitoringini o'tkazishni talab etadi.

Har bir mamlakatda ushbu malumotlarni yaratish va ular mavjudligining dolzarbligi Xotin-qizlar ahvoli bo'yicha IV Butunjahon anjumanida (Pekin, 1995 y., sentyabr) alohida qayd etilgan. Pekin Harakat dasturining 206-a moddasiga ko'ra, milliy statistika xizmatlari jamiyatda ayollar va erkaklar ahvoli bilan bogliq muammolar va masalalarni aks etuvchi, jinsi va yoshiga ko'ra ajratilgan statistika malumotlarini to'plash, ishlov berish, tahlil qilishni taminlashi zarur.

Respublikada gender rivojlanish haqidagi malumotlardan barcha aholi qatlamlari keng foydalanishini va Xotin-qizlar ahvoli bo'yicha IV Butunjahon anjumanining (Pekin, 1995 y., sentyabr) tavsiyalari ijrosini taminlash maqsadida davlat statistika idoralari tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda tizimli ravishda O zbekistondagi ayollar va erkaklarning ta lim, sog'liqni saqlash, bandlik va mehnat bozori, ijtimoiy himoya, davlat boshqaruvi kabi sohalardagi aholini tariflovchi malumotlardan iborat statistik to'plamlari nashr etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi.

2. "Xotin qizlar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari to,g,risida"gi qaror (02.09.2019.).

3. BMT malumotlari.

4. Икрамов, Р. А., & Хожиев, Р. Б. У. (2020). Воспитание гармонично развитого поколения является приоритетом государственной молодежной политики. Вестник науки и образования, (14-1 (92)).

5. Ikramov, R., & Bekmirzayev, N. (2020). Yurist nutqi madaniyati. Toshkent: Akademnashr.

6. Aktamovich, I. R., & Ziyadillayevich, I. A. (2020). Historical and Theoretical Roots of Establishing a Democratic Law in Uzbekistan. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 6(10), 507-510.

7. Жураев, Ю. А., & Икрамов, Р. А. (2020). Фукаролар экологик назорати: юридик асослари ва тушунчаси. Academic research in educational sciences, (4).

8. Икрамов, Р. А. (2020). Теоретико-правовые проблемы экологических интересов человека. Universum: экономика и юриспруденция, 12, 76.

9. Файзиев, И. Ш. (2020). Узбекистонда электрон хукумат: мавжуд имконият ва истикболлар. Academic Research in Educational Sciences, 1(2), 232-240.

10. Файзиев, И. Ш. (2020). Дахлдорлик тарбияси оркали фукаролик жамиятини шакллантириш. Science and Education, 1(7).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.