Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA’LIM-TARBIYANING ZARURATI'

TA’LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA’LIM-TARBIYANING ZARURATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

3332
332
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy xulq-atvor / huquqiy nigilizm va idealizm / ta’lim / tarbiya / kreativ metodlar / huquq va burch / fuqarolik burchi / huquqiy madaniyat / legal behavior / legal nihilism and idealism / education / upbringing / creative methods / law and duty / civic duty / legal culture

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Farhodjon Anvarjon Ogli Ibrohimov

Maqolada oliy ta’lim tizimida huquqiy talimning ahamiyati va uning zarurligi so`nggi islohotlar misolida tushuntirilgan. Yurtimizda tom ma’nodagi huquqiy demokratik davlat – aynan yosh kadrlarimizning huquqiy madaniyati darjasiga bevosita bog`liqligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEED FOR LEGAL EDUCATION IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS

The article explains the importance and necessity of legal education in the higher education system on the example of recent reforms. It has been revealed that a truly democratic state based on the rule of law in our country is directly related to the level of legal culture of our young people.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA’LIM-TARBIYANING ZARURATI»

TA'LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA'LIM-TARBIYANING

ZARURATI

Farhodjon Anvarjon o'g'li Ibrohimov

TVCHDPI Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi alegro2209@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada oliy ta'lim tizimida huquqiy talimning ahamiyati va uning zarurligi so'nggi islohotlar misolida tushuntirilgan. Yurtimizda tom ma'nodagi huquqiy demokratik davlat - aynan yosh kadrlarimizning huquqiy madaniyati darjasiga bevosita bog liqligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: huquqiy xulq-atvor, huquqiy nigilizm va idealizm, ta'lim, tarbiya, kreativ metodlar, huquq va burch, fuqarolik burchi, huquqiy madaniyat.

THE NEED FOR LEGAL EDUCATION IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Farhodjon Anvarjon ugli Ibrohimov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region alegro2209@mail.ru

ABSTRACT

The article explains the importance and necessity of legal education in the higher education system on the example of recent reforms. It has been revealed that a truly democratic state based on the rule of law in our country is directly related to the level of legal culture of our young people.

Keywords: legal behavior, legal nihilism and idealism, education, upbringing, creative methods, law and duty, civic duty, legal culture.

KIRISH

Ta'lim va tarbiya barcha davrlarda ham taraqqiyotning harakatlantiruvchi omili vazifasini o'tagan. Buni oz vaqtida tushungan mamlakatlarda ta'lim samaradorligi boshqa mamlakatlarni qiynayotgan ko'plab ijtimoiy muammolarning yechimi bolib xizmat qilmoqda. Xususan, ta'lim samaradorligi bilan o'z o'rniga ega bo'lgan Finlandiya davlatining Milliy maktablar boshqaruvi raisi, professor Erkki Axo ta'lim jarayonini zamon talabida modernizatsiya qilishning axamiyati haqida to'xtalib, "Globallashuv jarayoni va raqamli texnologiyalar mehnat bozoridagi ahvolni juda ham

o'zgartirib yubordi, ijtimoiy va hududiy tengsizlik muammosi o'sish bilan xavf solmoqda, migratsiya an'anaviy madaniy tuzilmalarni zaiflashtirmoqda... Shuning uchun ham bizning tirik qolish strategiyamiz ta'lim manbalari va ilmiy tadqiqot ishlarimizga asoslangan holda ishlab chiqilmoqda" deya ta'kidlagn edi[1].

Bugungi XXI asrda ijtimoiy munosabatlar shu darajada tezlashdiki, buning natijasida insonlarning axborotlarni qabul qilishi, bu ijtimoiy munosabatlarga huquqiy idealistik kayfiyat bilan munosabatda bo lishligi qiyinlashib bormoqda. Bu esa barcha insonlarning amaldagi huquq me'yorlari bilan talab darajasida tanish bo'lishligini taqozo etadi. Ayni vaqtda yurimiz ta'lim muassasalarida huquqiy ta'limning ahvoli qanday? Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va ularning huquqiy asosiga keng aholi vakillari qanday munosabatda bo'lishmoqda? Bugungi huquqiy ta'limimiz jadal rivojlanayotgan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar vaqtida mahoratli kadrlar bilan qay darajada ta'minlamoqda?..

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ozbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida mamlakatda islohotlar kolami to'g'risida to'xtalib davlatimiz rahbari shunday deydi: "Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O'zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o'zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi"[2].

Qaysi mamlakatki, uning xalqi hukumat siyosatini to'laqonli tushunib yagona maqsad bilan uni qollab-quvvatlamasa, bu islohotdan kozlangan vazifalar natijasi barchaga ayon. Shu bois ayni damda yurtimizda barcha sohada kadrlar tayorlash tizimini qayta ko'rib chiqilmoqda. Xususan, huquqiy ta'lim tizimida ham. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim etukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Orta, o'rta maxsus, professional, oliy ta'lim tizimimizda bugungi kun huquqiy fanlarining oqitilish jarayoni qanday? Bu holat barchani o'yga toldirishi tabiiy. Negaki ixtisoslashgan ta'lim muassasalari bo'lmish Toshkent davlat yuridik universiteti, huquqshunoslik kollejlari, yuridik litseyni aytmasa, qolgan ta'lim muassasalarida huquq fanlari "2-darjali fan" sifatida qarab qolingan. Bu esa ko'plab soha vakillarida oz burchini unutib qo'yishlikka, bora-bora huquqiy nigilistik kayfiyat shakllanishiga olib kelmoqda. Axborot bilan ta'minlanish imkoniyati ortib borishi, qulayliklarning

ortishi jarayoni bilan bugungi yosh avlodning huquqiy madaniyat ko'rsatkichlari teskari proporsional holda o'sib bormoqda.

Olib borilayogan islohotlarga ko'plab aholi qatlamlari keng qismi befarqlik bilan qarashi ham avvalo ana shu omil - huquq fanlaridan yetarli darajada saboq olmayotganligining oqibati deya olamiz.

1997-yilda "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi" qabul qilindi, 2001-yil 4-yanvarda "Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to,g,risida"gi Prezident farmoyishi e'lon qilindi, 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Prezident Farmoni, 2019-yil 20 -apreldagi "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to'g'risida"gi Nizomning qabul qilinishi, bularning barchasi aynan huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, provardida mamlakatdagi keng kolamli islohotlarga barchani oz huquq va burchlari doirasida faol ishtirokini ta'minlash maqsadining huquqiy asosi hisoblanadi. 2001-yilgi Prezident farmoni asosida barcha ta'lim muassasalarida Konstitutsiyani o'rganish kurslari joriy qilindi.

Yuqorida nomi keltirilgan Nizomda shunday deyilgan: "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning asosiy maqsadi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir huquqiy targ'ibot tadbirlarining samaradorligini oshirish, bu borada davlat organlari va tashkilotlarning mas'uliyatini kuchaytirish hamda huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish bo'yicha yangi innovatsion uslublarni joriy qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va amalda tatbiq etishdan iborat"[3].

MUHOKAMA

Shiddatli islohotlar jarayonida jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, har bir inson, u rahbar yoki oddiy kishi bo'ladimi, Konstitutsiya va qonunlarni, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi kundalik qoida va odatga aylanishiga erishish muhim sanaladi. Negaki, qonunlar ishlagandagina, ular yaxshi samara beradi. Qonunlar esa ularga rioya etilsa, rioya etilishi talab qilinsagina ishlaydi. Buning uchun hamma huquqshunos bo'lishi shart emas. Bugun jamiyatimizda har bir fuqaro, avvalo, o'z sohasidagi qonunlarga rioya etsin, qonunni chetlab o'tish degan fikrni xayolidan umuman chiqarib tashlasin, degan g'oya ilgari surilayapti. Negaki, davr har bir fuqaro faqat javobgarlikdan qo'rqib emas, balki ta'qiqlangan yo'ldan yurish yomonligini tushunib, o'sha yo'ldan yurmasligini, qoidalar ularning foydasiga ishlashini anglab, ularni hurmat qilish talabini qo'ymoqda. Qonunlarni hurmat qilish bu huquqiy madaniyatdir. Aksincha jamiyatda qabul qilingan

huquqiy me'yorlani mensimaslik, ularga amal qilmaslikka undaydigan holat - kishida huquqiy nigilistik xulq-atvor shakllanganligidan darak beradi. Aynan huquqiy madaniyatli fuqarolar - islohotlarning oddiy kuzatuvchisi emas, balki bevosita hayotga tatbiq etuvchisi, ijrochisi, kerak bo'lsa, tashabbuskori bo'lishi shart. Bu borada boshqacha yo'l yo'q va bo'lishi ham mumkin emas. Har bir fuqaro qonunlar kelajagi uchun foydali ekanini anglasagina, jamiyat madaniy rivojlanish pillapoyalaridan ko'tarilaveradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga katta e'tibor qaratilayotganligining sabablaridan biri ham shudir.

Pedagogik ta'lim muassasalarida yuridik ta'lim faqatgina Oliy ta'limning Huquq ta'limi yo'nalishi talabalari uchun qoldirilgandi. Bu esa boshqa mutahasis kadrlarning jamiyatd amalda bo'lgan va yangi qabul qilnayotgan normativ-hujjatlar bilan qiziqishining susayishiga olib kelgandi. Bunday vaziyatda barcha soha pedagoglaridan oz predmetiga aloqador holda masalaga kreativ yondoshishni, o'ganilayotgan barcha mavzu obyektlarining huquqiy asosini ham o'rganib borish talab qilinishi lozim.

Mamlakatimiz iqtisodiy hayotida ham yuksak malakali yuristlarga talab ortib bordi. Shuni inobatga olgan holda va iqtisodiy hayotning turli bo'ginlarini o'rta va oliy ma'lumotli yurist kadrlar bilan ta'minlash maqsadida

Mavjud huquqshunoslik kollejlari texnikumlarga yalantirildi, huquqiy ta'lim jarayoniga yanada alohida e'tibor qaratilmoqda.

NATIJALAR

Yuridik ma'lumotli kadrlarning barcha tarmoq tizimlarida ta'minlanishi mamlakatimizning bugungi islohotlari tez orada oz samarasini berishiga, aholi qatlamlarining roziliklari barobarida xalqimiz farovon turmush darajasining ortishiga xizmat qiladi.

"O'z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi", - degan edi Sitseron. Burch bilan huquq bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lib, ularni ayro tasavvur etish qiyin. Chunki huquqini yaxshi bilgan odam burchini ham ado eta oladi. Shu orqali hayotda o'z o'rnini topadi, jamiyat uchun xizmat qiladi.

Huquqiy madaniyat rivoji har qanday muammo yechimining asosiy mezonidir. Jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonuniylikni mustahkamlashga yo'naltirilgan targ'ibotga alohida e'tibor qaratilayotganining asosiy sababi ham shunda.

XULOSA

Yosh avlodda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish bugungi kunda ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Barchamiz, ta'lim muassasalarida, huquqiy ta'lim-tarbiya hamda targ'ibot ishlarida mas'ul xodim va mutaxasislar oz vazifalarini to liq va kreativ yondoshgan holda bajarishlarini zamirida islohotlarimiz samarasi turganini his qilmog'imiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Doniyev S.I., Ibrakhimov F.A., Joldasov I.S. Trends in the development of primary education (an example of the finnish system of primary education).Innovations in pedagogy psychology. Special issue -2. Toshkent-2020. 392-page.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi 23.09.2020

3. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to'g'risida Nizom. 2019-yil 20-aprel. (https://lex.uz/ru/docs/-4300837)

4. Utamuradov, A., Khojiev, T., Isanova, G., & Khaytmetov, R. (2020). The Prospects of a New Template of the Modernization Uzbekistan. Jour of of Adv Research in Dynamical & Control Systems, 2(12), 2670-2676.

5. Nasirov Otabek Nazirjanovich. (2020). Formation and Activity of JointStock Commercial Banks in the Turkestan Region (Late XIX - Early XX Centuries). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 1509-1518.

6. Nasirov Otabek Nazirjanovich. (2020). From the History of Consumer

Associations in the Turkestan Region (Late XIX - Early XX century).

Economics, 3(46), 16-17.

7. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order

of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX -Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(07), 8034-8042.

REFEENCES

1. Doniyev S.I., Ibrakhimov F.A., Joldasov I.S. Trends in the development of primary education (an example of the finnish system of primary

education).Innovations in pedagogy psychology. Special issue -2. Toshkent-2020. 392-page.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi 23.09.2020

3. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to'g'risida Nizom. 2019-yil 20-aprel. (https://lex.uz/ru/docs/-4300837)

4. Utamuradov, A., Khojiev, T., Isanova, G., & Khaytmetov, R. (2020). The Prospects of a New Template of the Modernization Uzbekistan. Jour of of Adv Research in Dynamical & Control Systems, 2(12), 2670-2676.

5. Nasirov Otabek Nazirjanovich. (2020). Formation and Activity of JointStock Commercial Banks in the Turkestan Region (Late XIX - Early XX Centuries). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 1509-1518.

6. Nasirov Otabek Nazirjanovich. (2020). From the History of Consumer Associations in the Turkestan Region (Late XIX - Early XX century).

Economics, 3(46), 16-17.

7. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order

of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX -Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(07), 8034-8042.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.