Научная статья на тему 'ERKINLIK G‘OYASINING FALSAFIY ASOSLARI'

ERKINLIK G‘OYASINING FALSAFIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

1564
840
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkinlik / g‗oya / transandaltal / ekzistensial / determinism / konsepsiya / antropogonez / sotsiogenez / freedom / idea / transcendental / existential / determinism / concept / anthropogenesis / sociogenesis

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nurali Anarbayevich Tursinkulov

Maqolada inson tafakkuri mahsuli bo‗lgan erkinlik g‗oyasining falsafiy jihatlari hamda ijtimoiy ahamiyati o‗rganiladi. Bugungi kunda siyosiy-madaniy hayotda ro‗y berayotgan jarayonlarni tahlil qilish orqali mavzuning global muammo ekanligi o‗rganiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHILOSOPHICAL FUNDAMENTALS OF THE IDEA OF FREEDOM

The article explores the philosophical aspects and social significance of the idea of freedom, which is the product of human thought. An analysis of the processes taking place in political and cultural life today reveals that the subject is a global problem.

Текст научной работы на тему «ERKINLIK G‘OYASINING FALSAFIY ASOSLARI»

ERKINLIK G'OYASINING FALSAFIY ASOSLARI

Nurali Anarbayevich Tursinkulov

Guliston davlat universiteti o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada inson tafakkuri mahsuli bo'lgan erkinlik g'oyasining falsafiy jihatlari hamda ijtimoiy ahamiyati o'rganiladi. Bugungi kunda siyosiy-madaniy hayotda ro'y berayotgan jarayonlarni tahlil qilish orqali mavzuning global muammo ekanligi o'rganiladi.

Kalit so'zlar: erkinlik, g'oya, transandaltal, ekzistensial, determinism, konsepsiya, antropogonez, sotsiogenez

PHILOSOPHICAL FUNDAMENTALS OF THE IDEA OF FREEDOM

ABSTRACT

The article explores the philosophical aspects and social significance of the idea of freedom, which is the product of human thought. An analysis of the processes taking place in political and cultural life today reveals that the subject is a global problem.

Keywords: freedom, idea, transcendental, existential, determinism, concept, anthropogenesis, sociogenesis

KIRISH

Erkinlik butun ijtimoiy tarix davomida butun insoniyat va inson shaxsi hayotining dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki erkinlik ijodiy, yaratuvchi, faol, o'z oldiga qo'ygan maqsadi sari harakat qiluvchi insonning ehtiyoji bo'lib, uning tabiati bilan bog'liqdir. Inson hayoti g'oyat murakkab aloqadorliklar orqali kechishi, munosabatlari g'oyat xilma-xil sohalarda namoyon bo'lishi tufayli uning erkinligi ham ko'p qirralidir. Dastavval, buni so'z erkinligi, shaxsning tanlov erkinligi, diniy e'tiqod erkinligi va hokazolarda ko'rish mumkin.

Har qanday faollik tamoyillari harakatlar erkinligiga zamin yaratishi, unga suyanishi kerak. Aks holda boqimandalik illatlari surunkali kasallikka aylanadi. Demak, har qanday xatti-harakat, har qanday intilish o'z-o'zidan bunyodkorlik,

yaratuvchilik ruhi bilan yo'g'rilgan bo'lishi darkor. Ana shunda erkinlik samarasiz, faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi. [1]

Erkinlik nafaqat insonning bilish faoliyatining maqsadi, balki barcha qadriyatlarning qiymati, barcha tamoyillarning printsipidir. Inson erkinligining mohiyati, uning genezisi to'g'risida xabardor bo'lish falsafani nafaqat ilm, kasb va dunyoqarash sifatida, balki hayotning o'zi, insonning yashash tarzi, uning chuqur mulohazalari va tajribalari dunyosi sifatida tushunishga olib keladi hamda o'zini-o'zi rivojlantirish yo'lini izlashga olib boradi. Bugun zamon o'zgardi, endi hammamiz erkinlik, ochiqlik, oshkoralik sharoitida ishlashga o'rganishimiz lozim. Barcha rivojlangan davlatlar, dunyo hamjamiyati shunday yashamoqda. [2]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mazkur mavzu bo'yicha falsafiy adabiyotlarni uch guruhga bo'lish mumkin. Birinchisi, erkinlik g'oyasi klassik falsafiy metodologiya aspektida ko'rib chiqiladigan asarlarni o'z ichiga oladi. Ushbu kontekstda erkinlik muammosini ochishda shubhasiz ustuvorlik ratsionalistik falsafa tarafdorlariga tegishli: I.Kant, [3] F.Gegel. [4] Ular uchun erkinlik g'oyasining asosini zaruriy ehtiyoj, xususiy mulk va davlat tuzilishi tashkil etadi.

Erkinlik muammosiga bag'ishlangan adabiyotlarning ikkinchi guruhi ekzistensialist faylasuflarning asarlaridan iborat. Bunda rus falsafiy va axloqiy tafakkurining namoyandalari muhim o'rin tutadi: F.M.Dostoyevskiy,[5] S.A.Levitskiy, [6] V.S .Solovyev. [7]

Uchinchi guruhga erkinlik muammosini postklassik paradigma nuqtai nazaridan o'rganishga bag'ishlangan asarlar kiradi, ular obyektiv voqelikning matnli aksi sifatida talqin etiladi. Bugungi kunda postmodernizm asosan til falsafasi va semantik va semiotik muammolar bilan bog'liq tadqiqotdir. Ushbu masalani o'rganishda taniqli faylasuflar R.Bart, [8] V.Bryusov, [9] J.F. Lyotard [10] ma'lum darajada hissa qo'shdilar. Postmodernizm o'z mohiyatiga ko'ra fikrlar, tendentsiyalar va talqinlarning tub plyuralizmini nazarda tutganiga qaramay, erkinlik muammosining o'ziga xos xususiyati to'g'risida kam sonli asarlar yozilgan.

Shuningdek, Abdurahim Erkayev, Ismoil Soifnazarov, Qiyomiddin Nazarov, Ibrohim Karimov, Muhammadjon Imomnazarov, Ibodullo Ergashev, Nigina Shermuxamedova kabi olimlarning e'tiborga loyiq erkinlik g'oyalari haqida ilmiy-falsafiy qarashlari, O'zbekistonda jamiyatni demokratlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari, demokratiyaning shaxs erkinligini shakllantirishdagi o'rni bilan bog'liq masalalar talqin etildi.

Shuningdek, Abdurahim Erkayev «tafakkur erkinligi» kategoriyasini tarkibiy tahlil qilishga yondashgan bo'lsa, [11] Bahodir Zokir erkinlik g'oyasining o'ziga xos falsafiy negizlari haqida fikr yuritadi. [12]

Shuningdek, erkinlik g'oyasini shakllantirish muammolarini aniqlash va ularni hal etishga doir masalalarda ko'plab olimlar tadqiqotlarida tadqiq etilgan.

NATIJALAR

Maqolada ilgari surilgan g'oyalar, nazariy xulosalar va mantiqiy dalillar erkinlik g'oyasining ijtimoiy-falsafiy ahamiyatiga doir gipotezalar va nazariyalarni ishlab chiqish va rivojlantirishda qo'l keladi. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan mazkur muammoni yanada kengroq tadqiq etishda foydalanish ham mumkin.

Maqolada to'plangan materiallar, tahlil va xulosalardan darsliklar, o'quv qo'llanmalar, metodik tavsiyanomalar ishlab chiqishda, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida maxsus kurs sifatida, talabalar orasida ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar olib borilishida hamda ijtimoiy gumanitar ta'lim yo'nalishi talabalariga "Etika", "Falsafa", "Ijtimoiy falsafa", "Qadriyatlar falsafasi", "Ma'naviyatshunoslik" va boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlarni o'qitishda foydalanish mumkin.

Shu bilan birga ishlab chiqilgan tavsiyalar davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy sohadagi turli muammolarning kelib chiqish sabablarini o'rganish, ularni bartaraf etish, ijtimoiy-falsafiy ta'lim va tarbiya ishlarini yo'lga qo'yish, yoshlar falsafiy dunyoqarashining shakllanishi va rivojlanish jarayoniga samarali ta'sir ko'rsatish, shaxs erkinligining ma'naviy darajasini aniqlashda tatbiq etilishi mumkin.

Ayni paytda erkinlik g'oyasining shakllanishi, erkinlik muammolari, erkinlik g'oyasining milliy taraqqiyotni ta'minlashdagi ahamiyatiga bag'ishlangan qator ilmiy-tadqiqot ishlari bizni e'tiborimizni tortdi. Tahlilimizdan ko'rinib turibdiki, erkinlik g'oyasi o'zaro munosabatlar kontekstida va turli yondashuvda tadqiq qilingan. Biroq yuqorida nomlari keltirilgan olimlarning ilmiy izlanishlari, asosan, erkinlik g'oyasining umumiy jihatlariga bag'ishlangan, biroq milliy taraqqiyotni ta'minlashda erkinlik g'oyasining o'rni va ahamiyati masalalariga e'tibor qaratilmagan. Shu sababli erkinlik g'oyasining milliy taraqqiyotni ta'minlashdagi ahamiyati masalalarini tadqiq etish dolzarb sanaladi.

MUHOKAMA

Erkinlik insonning transandantal, ekzistensial, mazmunli hayotiy muammolarini, uning borlig'i va ziddiyatlarini tahlil qilish bilan bog'liq fundamental

falsafiy tadqiqotlarning asosidir. Hozirgi kunda inson ma'naviyatiga salbiy ta'sirlar ko'payib bormoqda: haqiqat, go'zallik, ezgulik, erkinlik va mas'uliyat, imon va umid, muhabbat, vijdon va burch ushbu tushunchalarsiz erkinlik g'oyasini shakllantirish mumkin emas, bu nafaqat o'zlikni anglash, o'zini namoyon qilish qobiliyati, balki ma'naviy borliqni doimo qo'llab-quvvatlaydigan, unga imkon beradigan kuchdir.

Erkinlikni g'oya sifatida o'rganish, ya'ni uni tafakkur va borliqning bir butunligi sifatida ko'rib chiqish, ijtimoiy o'zgarish yo'lini boshlagan insonlar uchun tom ma'noda dolzarbdir. Tarixiy tafakkur bugungi kunda zamonaviylikning madaniy sintezi bilan aloqasi o'z ahamiyatini yo'qotolmaydigan fikrdir.

Hozirgi rivojlangan G'arb sivilizatsiyasining asosi inson manfaatlari masalasi bilan bog'liq erkinliklarni himoya qilish zaminida qaror topdi. Shaxs erkini qonunlashtirish g'arbning madaniy jihatdan gullab-yashnashiga sabab bo'ldi. Savdo-sotiq rivojlandi, insonning yaratuvchilik qobiliyati keng namoyon bo'lib, ilm-fan taraqqiy topdi. Bu sivilizatsiya va uning rivojlanish tezligi sifat va salohiyatda ilg'orlikka intilayotgan barcha mamlakatlarga ta'sir qilmay qolmas edi.

Atoqli faylasuf Andre Jid «Erkin fikrlash imkoniyatiga ega bo'lish uchun eng avvalo xatti-harakatlarimiz og'ir oqibatlarga olib kelmasligi kafolatiga ega bo'lmoq lozim» [13] degan edi. Erkinlik o'zida hammani bo'ysundirmasligi, hammani zabt etmasligi, balki u aql-idrokka bosh egishiligi, uning yo'rig'ida yurishi lozim. Ana shundan kelib chiqib, biz eng avvalo erkinlikni tarbiyalashimiz kerak.

Aristotel erkinlik tushunchasini maqsadga muvofiqlik bilan bog'laydi. Inson haqiqiy maqsadni tanlashda erkin emas, chunki u tug'ma. Demak, erkinlik eng yuqori shaklda tug'ma, chunki haqiqiy maqsad sari intilish shaxsiy tanlovga bo'ysunmaydi. Shu bilan birga, inson o'z harakatlarida juda qiyin bo'lgan o'rtani topishga qaratilgan fazilatli xususiyatlarga ega bo'ladigan tarzda harakat qilishda erkindir.

Epikur erkinlikning individual o'lchoviga e'tibor qaratadi. Shaxsiy erkinlikni asoslash uchun u determinizm tushunchasiga qo'shimcha kiritadi. Epikur erkinlik subyektining nisbiy mustaqilligi g'oyasini falsafiy ravishda tahlil qiladi. U erkinlik masalasiga boshqa tomondan murojaat qiladi - lazzat keltira olmaydigan erkinlik - bu shaxsning eng yuqori farovonligidir. "Demak, biz zavqlanishni pirovard maqsad deb aytganimizda, erkinlikdan zavqlanishni nazarda tutmaymiz, ammo hushyor mulohaza yuritish, barchasining sabablarini o'rganish qalbdagi eng katta chalkashliklarni keltirib chiqaradigan tanlov yoki undan qochish kerak" [14] Aslida Epikur eng yuqori erkinlik bo'lgan fikr erkinligi haqida gapiradi.

Bugun uchinchi renesans va jahon sahnasida o'zimizni ko'rsatish paytida siniq va o'ychan emas, erkin fikrlaydigan, erkin harakat qiladigan, o'z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishimizni talab qiladi. Haqiyqiy erkinlik - yuksak intizom, qat'iy talab, fuqarolik mas'uliyati, qonun ustuvorligidir.

Yevropa Uyg'onish davrining mutafakkirlari tabiatning obyektiv qonunlarini ochib berishga murojaat qilishadi. Harakat manbai tabiatdan tashqarida emas, balki o'zidadir. Shu munosabat bilan tabiat kategoriyalari erkinlik sharti sifatida qaraladi. Spinozaning erkinlik kontseptsiyasi tabiat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlari bilan bog'liq. Inson tabiatning bir qismidir. Shuning uchun uning erkinlikka intilishi tabiiy qonun - o'zini o'zi himoya qilish qonunidir. Bu qiziqarli va juda dolzarb fikr. Omon qolish uchun, insoniyat bugun erkinlikka intilishi kerak, chunki erkinlik madaniy va sivilizatsiyali hayotning asosiy qonunidir. Erkinlik bu sof nazariy muammodir. Erkinlik talqinidagi noaniqlik kundalik hayotga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Erkinlik muammosi mulk, hokimiyat, ijtimoiy va ma'naviy beqarorlik, iqtisodiy tranzitivlik bilan bog'liq. Boshqacha qilib aytganda, bugungi kunda erkinlik muammosining jiddiy amaliy qatlami ochilmoqda.

Inson erkinligi uning tabiatidan kelib chiqadi va ushbu tabiiy doiralardan tashqarida iroda erkinligi yo'q. Odamlar o'zlarining xohish-istaklaridan xabardor va o'zlarini erkin inson deb o'ylashadi. Ushbu illuziya ularning istaklari sabablarini bilmasliklari uchun zarurdir. Erkinlik va zarurat o'rtasidagi munosabatlar masalasi, agar ular bir-biridan ajratilgan bo'lsa, ularni hal qilish mumkin emas. Aks holda, bu o'zboshimchalikga olib keladi. "Menimcha, erkinlik o'zboshimchalikda emas, balki erkinlik zaruratdadir" [15] Majburiyat majburlash emas, shuning uchun majburlash har doim erkinlikka qarshi chiqadi.

Erkinlik muammosi, Spinozaning fikriga ko'ra, bilish jarayonida hal qilinishi mumkin. Jaholat - bu qullik. Bilim darajasi erkinlik darajasini belgilaydi. Ammo hamma bilim ham erkinlik bermaydi. Uning fikriga ko'ra, erkinlikka faqat atrofimizdagi dunyoning va o'zimizning ichki dunyomiz tartibi va muntazamligi oshkor bo'lsagina erishiladi. [16]

XULOSA

Biz yuqorida ko'rib chiqqan mulohazalar erkinlik g'oyasining ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlashda falsafiy bilimlarning taxminiy funksiyasini yanada chuqurroq anglashimizga imkon beradi. Erkinlikning mohiyati insonning o'z xohish-irodasini boshqa odamlarning manfaatlarini buzmasdan, o'z manfaatlari va intilishlariga muvofiq ravishda erkin amalga oshirish qobiliyati sifatida belgilanishi

kerak. Erkinlik ijtimoiy tushuncha bo'lib, bu insoniy munosabat boshqa odamlar bilan aloqasining optimal shaklidir. Erkinlik - bu inson o'z xatti-harakatlari bilan kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin bo'lgan imkoniyatlarning yo'lagdir. Inson erkinligining asosini yashash erkinligi tashkil etadi.

Maqolada ishlab chiqilgan erkinlik konsepsiyasining mohiyati shundaki, bu g'oya falsafiy-kategorik tizim sifatida o'zini-o'zi boshqarish va o'z taqdirini belgilash muammosi tahlil qilinadi. Inson borlig'ini shakllantirish erkinlikning asosiy vazifasidir, bu eng yuqori qiymat sifatida hayot zarbasi, mavjudlik va yo'qlik o'rtasidagi mas'uliyatli tanlovdir.

Tadqiqotimizning natijalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarni xulosa qilamiz:

1. Erkinlikning epistemologik asoslari konsepsiya va hodisa sifatida qadimgi zamonlardan buyon erkinlik muammolarini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazaridan o'rgangan buyuk va taniqli faylasuflarning mulohazalari va asarlarida tadqiq qilingan.

2. So'nggi o'zgarishlarning mazmuni jamiyatning barcha asosiy sohalarida: iqtisodiyotda, siyosatda, ma'naviy hayotda, mafkurada, kundalik hayotda liberallashtirish (erkinlik) va demokratlashtirishdir. Erkinlik ko'plab ijobiy narsalarni, shu jumladan, har kimga o'z hayotini mustaqil ravishda tashkil etish erkinligini olib keldi. Siyosiy sohada inson huquqlari va erkinliklari, farovonligi, qadr-qimmati, jamiyat xavfsizligi, mamlakatning yuqori raqobatbardoshligini ta'minlashga intiladigan yangi turdagi davlatchilik - huquqiy jihatdan inson uchun demokratik davlatni shakllantirish masalalari, dunyo hamjamiyati, fuqarolik jamiyati kurtaklarining paydo bo'lishiga o'z hissasini qo'shdi.

3. Erkinlik tushunchasi insonning ongi va ijtimoiy-shaxsiy faoliyatining holatini tavsiflaydi, shuning uchun insoniyatning antropogenez, sotsiogenez shakllanish jarayonlarining o'ziga xosligi hamda inson erkinligi asoslarini izlash maydoniga aylandi.

4. Erkinlik ko'plab muammolarni yanada kuchaytirdi. Jamiyatning boylar (ozchiliklar) va kambag'allar (ko'pchilik) o'rtadsida keskin tabaqalanish yuz berdi. Ba'zilari jamoat mulkini jazosiz o'zlashtirdi, xalqni talon-taroj qildi va shunda ham odamlar sukut saqladilar - azaldan qullik va itoatkorlik odati o'zini namoyon qildi. Erkinlik sharoitida olingan ko'plab insoniyat illatlari ajoyib guldasta bilan gullab-yashnadi, ulardan eng xavflisi ma'naviyatning yetishmasligidir. Ma'naviyatni yo'qotish, insoniyatning ma'nosiz yo'li nafaqat shaxs darajasida, balki davlat taqdiri uchun hal qiluvchi bo'lgan ijtimoiy hodisa sifatida asosiy muammoga aylanmoqda.

5. Jamiyat uchun erkinlik muammosi bo'yicha nazariy ishlanmalar, xususan, har bir insonning, ayniqsa kuchli bilimga ega bo'lgan shaxslarning axloqiy o'zini-o'zi takomillashtirish zarurligini asoslashi o'ta muhimdir. Ta'lim va tarbiyaning samarali tizimi vazifalaridan biri shundaki,shakllanayotgan shaxs tajribasining xilma-xilligiga bo'lgan qiziqishi iloji boricha uzoqroq saqlanib qoladi. Insonlarni ham ma'naviy, ham moddiy jihatdan boyligini shakllantirishning asosiy yo'li bu erkinlikdir.

6. Insonning ichki ma'naviy olamining erkinligi va uning hayoti, mas'uliyati, odob-axloqi, sadoqati, vijdoni kabi xususiyatlarining chuqur ontologik asoslarini o'rganishda materialistik dunyoqarashni kiritish muammosi haqida mulohaza yuritish zarur. Bundan tashqari, insonning dunyoga bo'lgan amaliy munosabatlarida ushbu shakllarning haqiqiy o'rnini izlash, qat'iyan aytganda, falsafiy bilimlarning ustuvor qiziqishini tashkil etadi va bu juda katta e'tiborga loyiqdir. Bundan tashqari, insonning ichki dunyosi o'zining tashqi dunyosiga bo'lgan munosabatlarining butun murakkabligini hisobga olgan holda ob'ektiv va sub'ektiv dialektikani boyitish bilan bog'liq. Bu esa insoniyat rivojlanib borishi bilan yanada kuchayib boradi va ko'proq uning madaniyati dunyosi, uning ma'naviy salohiyatini ob'ektivlashtirib boradi.

Erkinlik g'oya sifatida insonni yuksaltirish imkoniyatidir. Bizning fikrimizcha, borliq va mavjud bo'lmagan imkoniyatlar bir-birini to'ldiruvchi va cheklaydigan transandantal-ekzistensial birlik bilan emas, balki gorizontal ma'naviy bilan ish olib boradigan eng yuqori darajada amalga oshiriladi. Ushbu qoidalar erkinlik g'oyasini o'rganishda yangi yo'nalishni ochib beradi. Bu bizni oxir-oqibat falsafiy tushunchalarning o'z-o'zini harakatlanishi muammosiga olib boradi.

Erkinlik g'oyasini tahlil qilishdagi ushbu yo'nalish o'z navbatida, madaniyatning o'ziyurar ruhi va fikrlashning har qanday rivojlanishi vazifasini bajaradigan dialektik mantiqni yanada rivojlantirish istiqbollarini ochib beradi.

REFERENCES

1. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo'rayev. Vatan tuyg'usi. - T.: O'zbekiston, 1997. B - 282.

2. Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi https: //president.uz/uz/lists/view/28466

3. «Летиратурная» газета. 1989 г, №-29. Кант, И. Религия в пределах только разума // Трактаты и письма / И.Кант. — М., 1980.-С. -278

4. Гегель, Г.В. Ф. Философия права / Г. В. Ф. Гегель. М. : Мысль, 1990. -527 с

5. Достоевский, Ф. М. Преступление и наказание / Ф. М. Достоевский . -Сыктывкар : Коми книжное изд-во, 1982. 528 с.

6. Левицкий С.А. Трагедия свободы / С. А. Левицкий. М. : Канон, 1995. -512 с

7. Соловьев В.С. Избранное /В.С.Соловьев ; сост. А. В. Гулыга, С. JI. Кра-вец. М.: Сов. Россия, 1990. - 496 с

8. Барт, Р. Семиотика. Поэтика. Избранные работы / Р. Барт. М. : Прогресс,1989.-617 с.

9. Брюсов, В. Я. Повести и рассказы / В. Брюсов ; сост. С. С. Гречишкина и А. В. Лаврова. М. : Правда, 1988. - 464 с.

10. Лиотар, Ж. Ф. Состояние постмодернизма / Ж.Ф. Лиотар. М. ; СПб. : Ин-т экспериментальной социологии «Алетейя», 1998. - 160 с.

11. A.Erkayev. Milliy g'oya va ma'naviyat / - T.: "Ma'naviyaf' 2002. - 240 b.

12. Bahodir Zokir. Erkinlik g'oyasi takomili yoxud demokratiya tarixiga bir nazar // Tafakkur jurnali. 2008. №2. 18-b.

13. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo'rayev. Vatan tuyg'usi. - T.: O'zbekiston, 1997. B

- 353.

14. Эпикур [из письма Менекею]. - Антология мировой философии. Том 4: Т. 1.

- М., 1969. - С. 357.

15. Спиноза Б. Переписка. - СПб., 1891. - С. 365.

16. В.П. Голубенко. Необходимость и свобода. - М .: Наука, 1974. - С. 19

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.