Научная статья на тему 'IJTIMOIY TARAQQIYOTNING GNOSEOLOGIK PARADIGMA (COGITO PARADIGMA) SI'

IJTIMOIY TARAQQIYOTNING GNOSEOLOGIK PARADIGMA (COGITO PARADIGMA) SI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
604
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gnoseologik paradigma (Cogito) / homo sapiens / onglilik / tabiiy huquq / ijtimoiy bitim / erkinlik / burch / ma’naviy (ijtimoiy) olam / ijtimoiy turg‘unlik / ijtimoiy harakatchanlik / taraqqiyot / Epistemological paradigm (Cogito) / homo sapiens / consciousness / natural law / social contract / freedom / duty / spiritual (social) world / social stagnation / social mobility / development

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saitmurodov Jobirjon Boymurod O‘g‘li

Maqolada ma’rifatchilik falsafasi tabiiy tartibi sub’ektning oiqlona tafakkuriga mutanosib hamda o‘rganishning imkoni bo‘lgan voqelikning mutlaqlashtirishdan kelib chiqadigan ilmiylikning mumtoz turini qaror toptirdi. O‘ziga ontologik voqelik, o‘ziga xos ijtimoiy organizm sifatidagi ijtimoiy tizimni tushunish gnoseologik paradigma (cogito falsafasi) doiralarida rivojlanayotgan ijtimoiy falsafaning asosiy yutug‘iga aylanishini tushuntirib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE GNOSEOLOGICAL PARADIGM OF SOCIAL DEVELOPMENT (COGITO PARADIGM)

В статье естественный порядок философии Просвещения пропорционален рациональному мышлению субъекта и определяет классический тип науки, вытекающий из абсолютности изучаемой реальности. Самоонтологическая реальность объясняет, что понимание социальной системы как особого социального организма становится главным достижением социальной философии, развивающейся в рамках эпистемологической парадигмы (cogito философии).

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY TARAQQIYOTNING GNOSEOLOGIK PARADIGMA (COGITO PARADIGMA) SI»

IJTIMOIY TARAQQIYOTNING GNOSEOLOGIK PARADIGMA (COGITO PARADIGMA) SI

Saitmurodov Jobirjon Boymurod o'g 'li Mirzo Ulug'beknomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Falsafa va mantiq " kafedrasi tayanch doktoranti e-mail: [email protected]

Annotatsiya: Maqolada ma'rifatchilik falsafasi tabiiy tartibi sub'ektning oiqlona tafakkuriga mutanosib hamda o'rganishning imkoni bo'lgan voqelikning mutlaqlashtirishdan kelib chiqadigan ilmiylikning mumtoz turini qaror toptirdi. O 'ziga ontologik voqelik, o 'ziga xos ijtimoiy organizm sifatidagi ijtimoiy tizimni tushunish gnoseologik paradigma (cogito falsafasi) doiralarida rivojlanayotgan ijtimoiy falsafaning asosiy yutug'iga aylanishini tushuntirib beradi.

Kalit so'zlar: Gnoseologik paradigma (Cogito), homo sapiens, onglilik, tabiiy huquq, ijtimoiy bitim, erkinlik, burch, ma'naviy (ijtimoiy) olam, ijtimoiy turg'unlik, ijtimoiy harakatchanlik, taraqqiyot.

Аннотация: В статье естественный порядок философии Просвещения пропорционален рациональному мышлению субъекта и определяет классический тип науки, вытекающий из абсолютности изучаемой реальности. Самоонтологическая реальность объясняет, что понимание социальной системы как особого социального организма становится главным достижением социальной философии, развивающейся в рамках эпистемологической парадигмы (cogito философии).

Ключевые слова: эпистемологическая парадигма (Cogito), homo sapiens, сознание, естественный закон, общественный договор, свобода, долг, духовный (социальный) мир, социальная стагнация, социальная мобильность, развитие.

Abstract: In the article, the natural order of Enlightenment philosophy is proportional to the rational thinking of the subject and determines the classical type of science that results from the absoluteness of the reality that can be studied. The self-ontological reality explains that the understanding of the social system as a specific social organism becomes a major achievement of social philosophy, which develops within the framework of the epistemological paradigm (cogito philosophy).

Keywords: Epistemological paradigm (Cogito), homo sapiens, consciousness, natural law, social contract, freedom, duty, spiritual (social) world, social stagnation, social mobility, development.

KIRISH

Gnoseologik paradigma yangi zamon falsafasida shakllangan bo'lib, bunda bilim va o'rganish muammosi falsafiy e'tiborda birinchi o'ringa ko'tariladi. YAngi zamon falsafasi Dekartning: Cogito ergo sum farazidan kelib chiqadi. Ushbu faraz asosida yangi falsafaning etakchi falsafiy mazmuni bo'lgan o'rganish hamda uni amalga oshirishning mumtoz shakli sifatidagi falsafiy tanqid nazariyasi rivojlanadi. Cogito falsafiy paradigmasi falsafiy tafakkurni har qanday o'rganish va harakatning oqilona sharti bo'lgan hamda uning mantiqi, ham fan mantiqini, ham xatti-harakatlar mantiqini belgilovchi transsendental ongni ajratib ko'rsatishga olib keladi. Bunday ongning yashirin amal qilishi hissiy tajribani, narsalarning ko'zga ko'rinadigan olamini hamda ijtimoiy hayot olamini oqilonalashtiradi. Fan Galiley zamonida vujudga kelgan shaklida falsafa uchun cogito ning ifodasiga aylanadi. Bunday sharoitlarda insonning oqilona salohiyatiga tayanadigan ijtimoiy falsafaning yangi turi shakllanadi. Bu falsafa inson salohiyatiga ham umumiy hayot tamoyillarini va ijtimoiylik asoslarini ilmiy izohini beruvchi salohiyatlar, hamda ushbu tamoyillar va asoslarni vujudga keltiradigan salohiyatlar sifatida murojaat qiladi.

MAVZU BO'YICHA ADABIYOTLAR SHARHI

Insonning aqlliligi (aynan shu zamonda o'zi uchun mag'rur bo'lgan Homo sapiens nomini o'zlashtirib oladi) uning olamdagi o'rnini belgilaydi - barcha mumtoz yangi Evropa falsafasi mana shundan kelib chiqadi. Onglilik, tafakkurning tiniqligi, ilmiy bilim hamda buyumlar orasida to'g'ri yo'l topish imkonini yaratadi. Ma'rifat davridagi fanning jadal rivojlanishi, shuningdek XVIII asrdagi sanoat inqilobi buni tasdiqlaydi. Onglilik, maqsadni aniq tushunish salohiyati insonning hayoti uchun ham asos bo'lib xizmat qiladi.

YAngicha falsafa va fan yutuqlariga tayangan holda jamiyatning yangicha konsepsiyasini taklif etganlardan biri Tomas Gobbs edi. Dekartning fikriga ko'ra, ilmiy mushohadaning universal usulini belgilaydigan matematik tafakkur an'anasiga erishgan holda ingliz faylasufi o'z ijtimoiy nazariyasining boshlang'ich qoidasini ilgari suradi: insonda asosiy tabiiy huquq - yashash huquqi mavjud. Bu huquq barcha jismlar singari o'zining tinch yoki harakat holatini saqlab turishga intiladigan barcha jism singari inson jismining tabiiy xossalaridan kelib chiqadi Gobss yozib o'tganidek "odatda yozuvchilar tomonidan jus natural deb atalmish tabiiy huquq har qanday insonning o'z kuchlarini o'zining tabiatini, ya'ni o'z hayotini saqlab qolish uchun o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishdagi erkinligi, o'z mulohazasiga ko'ra buning uchun eng maqbul vosita hisoblangan barcha narsani qilish erkinligidir" [1, 117].

Gobssning fikriga ko'ra, ushbu tabiiy huquqdan yana bir tabiiy qonun, ya'ni ong bilan ko'rsatilgan yoki topilgan umumiy qoida kelib chiqadi, bu qoidaga muvofiq insonga hayot uchun halokatli bo'lgan yoki hayotni saqlab qolish vositalaridan judo etadigan barcha narsalarni qilish ta'qiqlanadi. SHuning uchun inson o'z hayotini har

110

qanday vositalar bilan, xatto boshqa inson hayoti hisobiga himoya qilishi mumkin va lozim, biroq bunda ushbu tabiiy holatda oxir-oqibatda barchaning hayotiga tahdid solishni boshlaydigan "barchaning barchaga qarshi urushi" vujudga keladi. Mazkur "barchaning barchaga qarshi urushi" holatidan chiqish yo'li faqat bitta - bir inson jismi hayotini himoyalashning har qanday vositasini oqlagan ong yangi hayotning, qismlari ko'plab tabiiy shaxslarga aylanadigan sun'iy hayotni himoyalash zaruratini tushunish tomon sakrashni amalga oshirishi lozim. Bu sun'iy tana davlat bo'lib, u kishilar orasidagi sun'iy bitim tufayli vujudga keladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqot olib borish davomida tarixiylik va mantiqiylikning o'zaro bog'liqligi, ob'ektivlik, tizimlilik qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR Gobbs ta'kidlashiga ko'ra: "Bu kelishuv yoki hamdamlikdan kattaroq narsadir. U har bir insonning har bir inson bilan agar har bir inson boshqa har bir insonga: men ushbu inson yoki insonlar yig'ilishiga vakolat beraman hamda sen ham sening huquqlaringni unga berasan va uning barcha harakatlariga ruxsat etasan deya oladigan sharoitda o'zimni boshqarish huquqlarimni senga beraman" shaklida tuzilgan bitim vositasida bir shaxsda ifodalangan real birlikdir. Agar bu sodir bo'lsa, bir shaxsda birlashgan insonlar ko'pligi davlat deb ataladi"[2, 146].

Ijtimoiy bitim nazariyasi shu tarzda shakllangan bo'lib, unga muvofiq insonlarning ijtimoiyligi, birgalikdagi hayoti va uning tashkil etilishi insonlar tomonidan o'z manfaatlarini o'z faoliyatlarini anglash natijasidir.

Ijtimoiy bitim konsepsiyasining turli ko'rinishlari ko'plab falsafiy qarashlarda, va eng avvalo, Jan Jak Russoning falsafiy qarashlarida ko'rinadi. Fransuz mutaffakiri Gobssdan farqli ravishda "Barchaning barchaga qarshi urushi"ni tabiiy holat deb hisoblamagan, balki aksincha bu inson salohiyatini rivojlanishiga, biroq ayni vaqtda insonlar o'rtasida farq vujudga kelishiga imkon yaratgan inson va tabiatning uyg'unlik zamoni edi. Ushbu shaxsiy antropologik farqlar xususiy mulk o'rnatilishi tufayli mulkdagi notenglikka, boylar va qashshoqlarning to'qnashuviga olib keldi. Qashshoqlar ijtimoiy kelishuvni o'rnatishi lozim bo'lgan ijtimoiy bitim sababiga ham aylandi. "Ijtimoiy bitimga ko'ra inson o'zining tabiiy erkinligini hamda uni jalb qilgan va u egallashi mumkin bo'lgan narsalarga cheklanmagan huquqini yo'qotadi; u fuqarolik erkinligini hamda o'zi ega bo'lgan barcha narsaga mulk huquqini qo'lga kiritadi" [3, 164].

Ijtimoiy bitim konsepsiyasi ijtimoiy tashabbbusni inson qo'liga topshiradi, hamda har bir insonning oqilona harakati, salohiyati buning uchun etarli kafolat deb hisoblaydi. Mana shu zamonda Daniel Defo tomonidan yaratilgan Robinzon Kruzoning davrga xos qiyofasi ushbu fikrni o'ta yorqin namoyish etadi, biroq ijtimoiy bitim nazariyasi insonning ijtimoiy faolligiga falsafiy asos yaratgan holda bir

111

nuqsonga ega edi. Bu nazariya inson faolligini jazolash tahdidi bilan erkinligini cheklagan. Gobbs, har qanday shaxsiy yoki jamoaviy salohiyatlardan ustun turadigan davlat qudrati oldidagi dahshatgina bu haqida insonlarning o'zi bitimga kelgan qonun doiralarida insonlarni tutib turishi mumkin. Jazo faollikning teskari tomonidir va bundan qochish uchun doimo inson o'zini tashqi kuch bilan belgilangan qandaydir doiralar ichiga qo'yadi, deb hisoblagan.

Ushbu nuqsonni bartaraf etish ijtimoiylikni antologik asoslashini boshqacha tasavvuriga muhtoj edi. Avval boshdanoq erkin va o'z maqsadlarini oqilona belgilash salohiyatiga ega bo'lgan tabiiy insondan boshlamaslik kerak edi, chunki bunday inson uni o'z manfaatlarini chegaralovchi boshqa insonlar hamjamiyatida o'z erkinligini yo'qotish vaziyatiga muqarrar holda paydo bo'ladi. Insonlarning manfaatlari, ularning ehtiyojlari (hayotni mulkni va hokazolarni saqlab qolish) insonlarni harakatga soladi, aql esa ushbu manfaatlarga erishish yo'llarini belgilash uchun zarurdir. Ijtimoiy bitim nazariyasi insoniy hayot muammolarini hal qilish vositasi sifatida ongga tayanadi. Ijtimoiylik barpo etilishida ongning roliga bunday asosli yondoshuv garchi ijtimoiy hayotni oqilonalik yog'dusi bilan yoritsada (oqilonalik ziddiyatli emas!) undagi eriknlik ziddiyatini olib tashlay olmadi. Inson haqiqatan ham erkin bo'lishi va ayni vaqtda inson bo'lib qolishi uchun erkinlikning asosini, shu bilan birgalikda ongning o'zidagi ijtimoiylikni topish zarur edi. Ijtimoiy hayotning yangi ontolgik asosini cogito paradigmasi doiralarda izlashga Kant va Gegel urinib ko'rdi.

Kant ijtimoiy bitim g'oyasiga aniq tayangan holda yozishiga ko'ra "Barcha kishilar inson o'z burchi bilan qonunga bog'liq ekanligini tushungan ammo ular faqat o'z-o'ziga bo'ysunganligini va bundan kamroq bo'lmagan holda umumiy qonunchilikka bo 'ysunishni o'ylab ko'rmagan" [4, 274].

Nemis mumtoz falsafasining bobokoloni fikriga ko'ra, agar inson qonunga bo'ysungan tasavvur qilinsa, qonun o'ziga hurak sifatidagi qandaydir manfaatni yoki majburlashni olishi lozim, chunki qonun insonning o'z irodasidan vujudga kelmagan. Biroq bunday holatda burchning oliy asosini, ya'ni uning ontologik asosini topish borasidagi barcha urinishlar, Kantning fikriga ko'ra, behuda bo'lib chiqadi. Haqiqatan ham shu tarzda na burchni, na ijtimoiy majburiyatni topa olmasdan balki, qandaydir manfaatdan yuzaga keladigan harakat zaruratini topa oldilar. Burch shu bilan birgalikda maqsadga muvofiq faoliyat olami huquq va ma'naviyat olami, ya'ni ijtimoiy olam insonning irodasi o'zi oliy qonun chiqaruvchi bo'lganda qonunlarni o'zi belgilaganda va qandaydir manfaatlarga bog'liq bo'lmagandagina namoyon bo'ladi, deb hisoblaydi Kant [5, 273]. Bu esa Kantning firiga ko'ra, har bir ongli mavjudot irodasi uchun qat'iy ko'rsatma, ya'ni qonun asosidagi amaliy ongning harakatidir. Umumiy huquqiy qonun sifatida u: "Sening o'zboshimchaligingni erkin namoyon bo'lishi umumiy qonunga ko'ra har bir insonning erkinligiga mos keladigan

112

darajada harakat qil" [6,140] deb ko'rsatadi. Umumiy axloqiy qonun sifatida u: "Sening irodang quvvati ayni vaqtda umumiy qonunchilik tamoyili quvvatiga ega bo'ladigan tarzda harakat qil" [7, 347]. deb ko'rsatadi. Bu nimani anglatadi? Bu qat'iy ko'rsatma harakatlanayotgan insondan u o'z harakati qoidasi (kuchi) bilan umumiy qonunchilikni ("Hamma shunday harakat qilishi lozim") belgilasa, bu ko'rsatma qandaydir manfaatga asoslanmaydi. U shartsizdir, chunki o'zida ma'noga ega. U o'zida mavjud va u o'zi uchun mavjud. U ontologik jihatdan o'ziga etarlidir. Bu erda erkinlik ham amalga oshiriladi: erkinlik hech qanday hissiy intilishlar bilan begilanmagan (Erkinlikning salbiy ta'rifi) va bu erkinlik o'z-o'zi uchun amaliy bo'lish, ya'ni qaror qilish imkoniyatiga ega bo'lishning sof ong salohiyatidir (erkinlikning ijobiy ta'rifi) [8, 274]. Ana shunda ijtimoiy bitim nazariyasi hal qila olmagan burch va erkinlik o'rtasidagi ziddiyat ham hal qilinadi: "Garchi, biz amaliy ong taqdim etadigan ma'naviy saltanat erkinligi orqali imkoniylikning qonunchilik a'zolari bo'lsakda... shu bilan birgalikda biz ushbu saltanatning boshlig'i emas, balki tobelarimiz" [9, 409], -deb ta'kidlaydi Kant. Erkinlik va burch bu mustaqil, ya'ni insonga doimiy xos xususiyatlardir. Erkinlik va burch ma'naviy (ijtimoiy) olam voqeligini belgilaydigan insonning mustaqil harakatiga mos keladi, Kantning xulosasi mana shundan iborat. Agar Kant ijtimoiy bitim nazariyasini to'g'ridan to'g'ri tanqid qilmagan bo'lsa, Gegel ushbu nazariyani butkul rad etadi. Davlat -jamiyat bitim konsepsiyasi umumiylikni insonlar o'zboshimchaligiga sub'ektiv iroda maqsadlariga tobe qilib qo'yadi, Gegel esa yagona irodaga o'zida va o'zi uchun oqilona bo'lgan ob'ektiv iroda tamoiylini qarama-qarshi qo'yishga intiladi. U jamiyatning ilk tizimli falsafasini yaratadi va buni huquq falsafasi nomi ostida bayon qiladi.

YAngi zamon fani va falsafasi tabiat oqilona barpo etilganligini unga ong bilan erishish mumkinligini tan oladi, biroq ayni vaqtda ma'naviy olam oqilona emasligi, chunki bu erda erkinlik harakat qilishi borasidagi tasavvur saqlanib qolishi davom etdi. Gegel ma'naviy olam ham ongli ekanligini, erkinlik mantiqqa egaligini, qonunlarga ham ong bilan etishish mumkinligini isbotlashga intiladi. Falsafaning vazifasi ma'naviyatning ichki parchalanganligini, uning tuzilishi oqilona ekanligini ko'rsatishdan iborat [10, 10]. Buning uchun esa "vaqtga bog'liq hamda unda mavjud bo'lgan mangulikni ichki mohiyatini o'rganishga o'tuvchi ko'rinish zarur" [11, 15].

Ma'naviylik olamini belgilovchi bunday substansiya sifatida erkin iroda yoki substansiya hamda irodani belgilovchi erkinlik yuzaga chiqadi (Gegel uchun esa ma'naviylik asl insoniy olamga xos bo'lgan ijtimoiylikka o'xshashdir). Ratsionalist va mutlaq idealist bo'lgan Gegel uchun iroda fikrlashning o'ziga xos usulidir. U mavjud hayotni o'ziga "ko'chirib" o'tkazadigan, mavjud hayotni o'ziga etkazishga intiladigan tafakkurdir, ya'ni iroda atrof olamda o'zini tasdiqlash bilan nihoyasiga etuvchi muayyan intilishdir. Ob'ektiv tafakkurning aynan shu usuli atrof olamni

113

o'zgartirish shaklida insoniy olamni oqilona tashkil etish shaklida mavjuddir. SHunday qilib, gegelcha ijtimoiy falsafa gobbscha bitim an'anasidan boshqacharoq bo'lsada, universal tafakkurni Gegel uchun ijtimoiy olamga o'xshash bo'lgan butun ma'naviylik olamining asosi hisoblagan holda cogito paradigmasiga ham mos keladi.

XVII-XVIII asrdagi yangi Evropa falsafasi ijtimoiy olamning ontologik asosini topgan holda, ushbu olamni oqilona tuzilishini yo davlat (Gobss va uning izdoshlari) yohud ma'naviylikning voqeligi (Kant, Gegel) sifatida belgilagan. Bunda antik falsafa an'anasi saqlanib qoladi, biroq Galileydan so'ng fanning yangi turi rivojlanishi falsafa va fanning yaqinlashuvi, insoniy olamning yangicha ontologik tasavvurlari tug'ilishiga olib keladi.

YAxlit organizm sifatidagi jamiyat g'oyasi insoniy mavjudlikning barcha sohasidagi yangi ontologik tasavvurlarga tegishlidir. Bu g'oya Ogyust Kont tomonidlan bayon qilingan edi. Aynan shu g'oya fransuz faylasufini alohida fan sifatidagi sotsiologiyani yaratishga olib keldi [12].

YAxlit sifatidagi organizm uning qismlarini shunchaki yig'indisiga olib kelmaydigan va yaxlitlikni o'rganishdan oldin uning qismlarini o'rganish zarur bo'lgan biologiyaning yutuqlariga tayangan holda, Kont sotsiologiya ham mana shu yo'ldan borishi lozim deb hisoblaydi. Kontning ta'kidlashiga ko'ra, "Ijtimoiy hodisalar o'zaro bog'liq bo'lganligi bois ularni bir-biridan alohida o'rganib bo'lmaydi; bundan ijtimoiy hayotning turli tomonlarini birdaniga ko'rib chiqish zarurati vujudga keladi" [13,51].

Alohida shaxslarga qarama-qarshilik sifatida jamiyat mustaqil kuchdir, deb hisoblaydi Kont. Mustaqil kuch sifatidagi jamiyat o'zining tartib qonunlariga (ijtimoiy turg'unlik) va o'zining o'zgarish qonunlariga (ijtimoiy harakatchanlikka) ega. Kontning fikriga ko'ra, ijtimoiy organizm ular uchun shaxsiy hissiyotlar muhim bo'lgan insonlardan, xayrixoxlikning ijtimoiy hislariga birlashishi hamda intellektual rivojlanishni vujudga keltiradigan mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvdan yaratiladigan oilalardan shakllanadi. Jamiyat mavjudligining uch shaklidan har biri navbatdagi shaklni tayyorlaydi. Butun ijtimoiy organizm esa shaxsiy oilaviy va ijtimoiy ma'naviyat uyg'unligi tufayli mavjuddir.

Ogyust Kontning jamiyat falsafasi, ham falsafada, ham ijtimoiy fanda o'zining alohida tarkibiy qismlari ustida turadigan, hamda ularda mavjud bo'ladigan, biroq ularga tobe bo'lmagan qandaydir yaxlitlik sifatidagi jamiyat to'g'risidagi tasavurni yaratib berdi. Qadimiy ijtimoiy falsafada xumron bo'lgan jamiyat-davlat g'oyasidan hamda o'z fuqarolari ustida turadigan, biroq ayni vaqtda jamiyat qiyofasi bo'lgan davlat aks etgan ijtimoiy bitim nazariyasidan farqli o'laroq, organizm sifatidagi jamiyat g'oyasi na hukumat, na oila, na jamiyatda mavjud biron bir narsa bilan qiyoslab bo'lmaydigan qandaydir qiyofasiz yashirin kuch sifatidagi ijtimoiylikni tasavvur qilgan ushbu g'oya Gegelning ruhning rivojlanish bosqichlari

114

huquqiqdir. Axloq, ma'naviylik, (ma'naviylik darajadasida esa oila fuqarolik jamiyati (davlat) ijtimoiy tizimning unsurlari sifatida yuzaga chiqmaydigan, balki uning ongi faoliyati sifatidagi g'oyani rivojlanish mantiqini namoyon etadigan ob'ektiv ruh borasidagi Gegelcha dialektikasidan ham farq qiladi.

Ma'rifatchilik falsafasi tabiiy tartibi sub'ektning oiqlona tafakkuriga mutanosib hamda o'rganishning imkoni bo'lgan voqelikning mutlaqlashtirishdan kelib chiqadigan ilmiylikning mumtoz turini qaror toptirdi. O'ziga ontologik voqelik, o'ziga xos ijtimoiy organizm sifatidagi ijtimoiy tizimni tushunish cogito falsafasi doiralarida rivojlanayotgan ijtimoiy falsafaning asosiy yutug'iga aylandi.

Karl Marksning falsafasi cogito falsafasi doiralaridagi ijtimoiylik tasavvurining mumtoz ifodasiga aylandi. Marks bir tomondan, ontologik jihatdan mustaqil bo'lgan murakkab tizim sifatdagi jamiyat to'g'risidagi tasavvurni rivojlantirishda davom etdi. Ustiga ustak u mazkur tizim jamiyatda harakatlanuvchi insonlarning irodasi va ongiga bog'liq bo'lmagan o'zining o'ziga xos ob'ektiv qonunlari bo'yicha rivojlanish g'oyasini asoslab berdi. Bu erda aksincha insonlarning ongi va ularning istaklari, ularning hayoti bilan, ya'ni insonlarning ijtimoiy munosabatlarga va aloqalar tizimiga kirishi bilan belgilanadi, boshqa tomondan Marks ijtimoiy hoidsasining o'zini yangicha tarzda ko'rib chiqadi. YAngi Evropa falsafasida Gobss zamonalaridan beri ijtimoiy ahvol ijtimoiy aloqalarning o'zi, garchi inson bularga kirmasada, ongli inson uchun tayyor qilib qo'yilgan deb hisoblanadi. SHuning uchun insonlar bularni bitim tuzish yo'li bilan qaror toptirishlari mumkin - go'yoki ular nima haqida bitim tuzishlarini biladi (!).

Marks esa insonlarning o'ziga xos o'zaro harakatining o'zi biologik asoslarga tayanib emas balki, ular ishlab chiqargan narsa - mehnat harakati qurollari asosida barpo etishidan kelib chiqadi. Mehnat harakati quroli ijtimoiy aloqalarning tug'ilishiga va bu bilan insonni ijtimoiy mavjudotga aylantiradi. Ilk mehnat qurollari paydo bo'lganda inson uchun biologik (tabiiy) ma'noga ega bo'lmagan narsalar paydo bo'ldi. CHunki bularni na eb bo'ladi, na kiyib bo'ladi, bular hech qanday biologik ehtiyojni qondirmaydi, balki faqat ijtimoiy ma'noga ega, chunki ularni kelgusi harakatlar uchun ishlatish mumkin. Bu esa hayotiy ehtiyojlarni qondirishga olib keladi, biroq qurol yaratish haraktani sodir etgan holda, inson undan foydalanish harakatini, boshqa harakat bilan boshqa inson bilan o'zaro harakatni sodir etadi, ya'ni o'zining tabiiy yashash maydonini emas, balki uni ijtimoiylik olamiga olib kiradigan ijtimoiy aloqalar maydonini yaratadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR Ijtimoiylikni tushunadigan inson ijtimoiy holatni vujudga keltirmaydi, balki insonlarning munosabatlari atrofida aylanadigan ishlab chiqarish buyumlari ijtimoiy holatni vujudga keltiradi. Bu ijtimoiy holatni ichida esa shakllangan munosabatlar tufayli o'z hayotini tushunishga qodir bo'lgan inson paydo bo'ladi.

115

Ijtimoiy hayotga va undagi o'zgarishlar mohiyatiga bunday qarash Karl Marks tomonidan tarixni materialistik tushunish deb ataldi. Ushbu ibora bilan Mark uning ijtimoiylikni asoslash konsepsiyasi inson ongi va irodasi emas, balki inson uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqrashiga yo'nalitrilgan maxsuldor faoliyat ijtimoiy asosi ekanligini ta'kidlashga uringan edi. Ushbu faoliyat avval boshdanoq insonni moddiy ehtiyojlari bilan ish ko'radi hamda inson mavjudligining moddiy sharoitlarini o'zgartirishga yo'naltirilgandir. Ushbu faoliyat jarayonida harakatlanayotgan insonning maqsadlariga kirmaydigan munosabatlar shakllanadi. Biroq bu munosabatlar endi uning hayotining aniq holatiga aylanadi va bularni u endilikda hisobga olishi lozim. YAngi zamon mumtoz falsafasida ishlab chiqilgan jamiyatning ontologik tasavvurlari XIX asrda rivojlangan jamiyat va inson to'g'risidagi aniq fanlarning uslubiy asosiga aylandi. Ular XX asr hamda zamonamizning jamiyatshunosligida ham o'z rolini o'ynashda davom etmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Garchi O.Kont sotsiologiyaning bobokoloni hisoblansada, uning sotsiologiyani tushunishi ijtimoiy hayotning turli soahalarida aniq tadqiqotlar bilan shug'ullanuvchi zamonaviy tasavvurlarga mos kelmasligini ta'kidlash joiz. Kont uchun sotsiologiya - jamiyat to'g'risidagi fan sifatida garchi fransuz faylasufi o'z falsafasini ijobiy falsafa sifatida oldinchi chayqovchi falsafaga qarshi qo'ysada hali ijtimoiy falsafa bilan bir qatorda turgan.

2. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

3. O'sha erda. S. 15.

4. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

5. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

6. Pulatov Sh.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

7. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.

R

8. Pulatov, Sh., Madalimov, T., Mullajonov, I., Qodirov, M., & Valiyev, L. (2020). Some Characteristics of Modern Indian Philosophy. International Journal of Multidisciplinary Research and Publications, 2(11), 47-49.

9. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 Р.

10.Гегел. Философия права // Соч., т. ВИИ, М.-Л., 1934. С.10 П.Гоббс Т. Левиафан. М., 1936. С.117

12.Кант И. Соч. в 6 тт., т.4, ч.1. С.274. (Курсив Канта - В.К.)

13.Кант И. Соч. в 6 тт., т.4, ч.1. С.409

14.Кант И. Соч. в 6 тт., т.4. ч.1. С.347

15.Руссо Ж.-Ж. Трактаты. М., 1969. С.164).

16. См. уточненный перевод Э. Соловева: Соловев Э.Ю. И.Кант: взаимодополнителност морали и права. М.,1992. С.173. Ср. Кант И. Соч. в 6 тт., т.4, ч.2. С.140

17.См.: Кант И. Соч. в 6 тт., т.4, ч.1. С.274; т.4, ч.2. С.120

18.Социология Конта в изложении Риголажа. СПб., 1898. С. 51

19.Там же. С. 146. (Курсив Гоббса - В.К.)

20.Там же. С.273

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.