Научная статья на тему 'HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA TIL VA MADANIYATNING TALQINI'

HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA TIL VA MADANIYATNING TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6716
512
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / madaniyat / lingvomadaniyat / antropologik tadqiqotlar / xususiyat / semiotik yondashuv / tafakkur / language / culture / linguoculture / anthropological research / feature / semiotic approach / thinking

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nursulton Shayxislamov

Ushbu maqolada til bilan madaniyatning o‘zaro munosabati haqida fikr yuritilgan. Til bilan madaniyatning o‘zaro munosabati xususida gapirganda “madaniyat” tushunchasi xususida batafsil to‘xtalish zarur. Ushbu tushunchani talqin qilish yuzasidan ko‘plab urinishlar mavjud.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF LANGUAGE AND CULTURE IN MODERN LINGUISTICS

This article discusses the relationship between language and culture. When we talk about the relationship between language and culture, we need to focus on the concept of "culture". There are many attempts to interpret this concept.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA TIL VA MADANIYATNING TALQINI»

HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA TIL VA MADANIYATNING

TALQINI

Nursulton Shayxislamov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada til bilan madaniyatning o'zaro munosabati haqida fikr yuritilgan. Til bilan madaniyatning o'zaro munosabati xususida gapirganda "madaniyat" tushunchasi xususida batafsil to'xtalish zarur. Ushbu tushunchani talqin qilish yuzasidan ko'plab urinishlar mavjud.

Kalit so'zlar: til, madaniyat, lingvomadaniyat, antropologik tadqiqotlar, xususiyat, semiotik yondashuv, tafakkur

INTERPRETATION OF LANGUAGE AND CULTURE IN MODERN

LINGUISTICS

Nursulton Shaykhislamov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region [email protected]

ABSTRACT

This article discusses the relationship between language and culture. When we talk about the relationship between language and culture, we need to focus on the concept of "culture". There are many attempts to interpret this concept.

Keywords: language, culture, linguoculture, anthropological research, feature, semiotic approach, thinking

KIRISH

Til bilan madaniyatning o'zaro munosabati xususida gapirganda "madaniyat" tushunchasi xususida batafsil to'xtalish zarur. Ushbu tushunchani talqin qilish yuzasidan ko'plab urinishlar mavjud. Masalan, G.V.Yelizarova "madaniyat" tushunchasini intuitiv jihatdan shaffof bo'lib tuyuladigan aksiomatik tushunchalar qatoriga kiritadi.Biroq bunday kompleks tushunchaga ta'rif keltirish nihoyatda murakkab holdir. Madaniyatning "Madaniyat - bu bizning bu yerda qanday yashashimizdir" kabi qaysidir bir jihatga to'xtalmasdan ushbu tushunchaning barcha qirralarini qamrab olishga intiladigan ta'riflar ham mavjud. Madaniyat ta'rifiga oid

boshlang'ich yondashuv madaniyat bu barcha jamiyatlarga xos bo'lgan gomogen holatdir, degan tasavvurga asoslangan. Jamiyatdagi tafovutlar ularning mohiyati, mazmunidagi farqlar sifatida emas, balki ayni bir holat - madaniyatning ravnaqi darajasidagi tafovutlar sifatida talqin etilgan. Yovvoyilikdan sivilizatsiyaga tomon taraqqiyot o'lchov mezoni bo'lib xizmat qilgan. Jamiyat o'z tasarrufida sivilizatsiyaning qanchalik ko'proq belgilariga ega bo'lsa, u madaniy jihatdan shunchalik ko'p taraqqiy etgan deb hisoblangan. Biz E.Teylor asarlarida madaniyatni tushunishga nisbatan shunday yondashuvning eng yorqin ifodasini uchratamiz. Uning ancha keng tarqalgan madaniyat ta'rifi madaniyatni bilim, e'tiqod, san'at, axloq, qonunlar, urf-odatlar va insonning jamiyat a'zosi sifatida orttiradigan boshqa har qanday belgilari va odatlarini o'z ichiga oladigan yaxlit kompleks hodisa sifatida ifodalaydi. Lekin bunday nuqtai nazar bilan kelishish qiyin: sivilizatsiya va madaniyat - bir-biridan ancha farq qiladigan tushunchalardir. Bir holatni boshqa bir holat orqali baholash mumkin emas, chunki ushbu har ikkala tushuncha turlicha ma'noli hollarga tegishlidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XIX asr oxirida F.Boasning antropologik tadqiqotlari boshlanishi bilan "madaniyat" atamasi turli jamiyatlarga nisbatan ham qo'llana boshlandi. Madaniyatga nisbatan qarashlarning bunday modifikatsiyasi tilning qanday ahamiyat kasb eta borishi jihatidan juda muhim hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab til va madaniyat uzviy bog'liqlikda ko'rib chiqiladi.

A.Vejbitskaya, madaniyatning Klifford Gerts taklif qilgan ayniqsa samarali bir ta'rifini keltiradi. Unda aytilishicha, madaniyat - bu ramzlarda mujassamlashgan mohiyatlarning tarixiy jihatdan shakllanadigan modelidir. Bu meros qoldiriladigan tasavvurlar tizimi bo'lib, ular yordamida odamlar o'zaro bir-biri bilan muloqotda bo'lishadi va ularning hayot haqidagi bilimlari hamda hayotiy qoidalari shu tasavvurlar asosida qayd qilinadi va rivoj topadi.

E.Sepir madaniyatni mazkur jamiyatning ish yuritishi va fikrlashi uchun asos bo'ladigan narsa sifatida ta'riflagan.

Ishga solingan tarkibiy qismlar, o'rganish maqsadlari va fan, madaniyatning turli sohalaridagi tadqiqotchilar mansub bo'lgan maktablarga qarab madaniyatning mazmuni va tuzilishi turlicha talqin qilingan.

Madaniyat ta'rifiga nisbatan ijtimoiy yondashuv ushbu holatning tabiat, alohida shaxs bilan cheklanib qolmaydigan, balki muloqot qilib turadigan odamlar guruhiga xos bo'lgan biologik va fiziologik jihatlardan tamomila o'zgacha holat tarzida ko'rib chiqilishiga asoslanadi.

Madaniyat ta'rifiga nisbatan kognitiv yondashuv shundan iboratki, madaniyat shaxs tomonidan o'zlashtira borilishi bilan fikriy voqeliklar, tuzilmalar va jarayonlar

atamalarida ko'rib chiqilishi mumkin. Madaniyat tushunchasiga nisbatan bunday yondashuv madaniyatga bilim va bilish jarayoni sifatida alohida e'tibor beradi va kognitiv deb ataladi (V.Gudenaf).

Semiotik yondashuv madaniyatning, birinchi navbatda, dunyo in'ikosining keyinchalik muloqot vositasi sifatida qo'llanilishi mumkin bo'lgan belgilar tizimi sifatida tushunishga asoslanadi (K.Levi-Stross). Lekin keltirilgan ta'riflarning hech birini to'laqonli deb bo'lmaydi, chunki ular madaniyatning ko'p qirrali tomonlarining faqat bir jihatini ochib beradi, ular madaniyatga nisbatan "yondashish" bilan cheklanadi va uni yaxlit holda ko'rib chiqmaydi. M.K.Mamardashvili va A.M.Pyatigorskiylar qayd qilishadiki, "madaniyat - bu obyektiv tarzda yo'naltirilgan fikrlash avtomatizmini joriy qiladigan hodisadir" Barcha madaniyat tadqiqotchilari qaysi aniq ilmiy maktabga mansubligidan qat'i nazar tilning ushbu murakkab holat tuzilmasidagi alohida rolini e'tirof etishadi. E.Sepirning yozishicha: "Til madaniyatning to'planishi va uning tarixan meros qoldirilishida katta rol o'ynashi shubhasiz. Bu madaniyatning eng yuksak darajalari va uning sodda shakllariga ham birdek tegishlidir. Eng sodda jamiyat madaniyat fondining katta qismi ko'proq yoki kamroq aniqlik bilan belgilangan til shaklida saqlanib qoladi" "Eng sodda madaniyat" atamasining qo'llanilishi savol tug'dirishi mumkin. Bizning fikrimizcha, har hil madaniyatlar amal qiladi-yu, lekin aslo "eng sodda" yoki "rivoj topgan" madaniyatlar bo'lmaydi. Z.K.Tarlanovning qayd qilishicha, "Til - bu kommunikatsiyaning oddiy bir shakli va oddiy vositasi emas, bu yana mutlaqo yahlit mustaqil bir olam bo'lib, uning qonun va qoidalari o'z mohiyatiga ko'ra til vositasida ifodalansada, til sohiblarining ijtimoiy psixologiyasi va ular yaratadigan madaniyat tipi hamda tarkibi bilan g'oyat nozik bog'langan bo'ladi. Etnomadaniyat etnik tilsiz yoki umuman bo'lmaydi, yoki mavjud bo'lsa ham, ishonchga sazovor emas, chunki etnos faqat o'z tili orqaligina to'liq va keng miqyosda, o'zini betakror namoyon etadi. Boshqa tomondan olganda, etnik madaniyat, etnik dunyoqarash va bilish faoliyati tajribasidan ajralib qolgan til o'zining teran mohiyatini yo'qotadi va bu bilan oddiy muloqot vositalaridan biriga aylanadi"

Til bilan madaniyatning o'zaro munosabatlarini talqin etish nihoyatda murakkab ish. Til, tafakkur, madaniyat - bular har doim harakatda, o'zgarishda bo'ladigan hodisalardir. Ularni o'rganish uchun ularni to'xtashish zarur, lekin bu endi o'sha "til", "tafakkur", "madaniyat" bo'lmaydi, to'g'rirog'i, ularning o'zi bo'lmaydi: ular o'lik holda, harakatsiz, bir biridan ajralgan holda qoladi.

Qaysi narsaning birlamchi bo'lganligini belgilash mumkin emas, biroq shunisi haqiqatki, tilsiz etnos bo'lmaydi, til o'lishi hamon etnos ham, madaniyat ham barbod bo'ladi.

Har qanday madaniyatning yemirilishi, har doim aynan bir yo'l - madaniyat elementlarining izolyatsiyalanishi yo'li bilan sodir bo'ladi, ya'ni, turmush sharoitlari

www.scientificprogress.uz

o'zgarishi natijasida simvolizm hayotni tark etganida madaniyatning ajralib qolgan elementi sifatidagi til ham shu asnoda halok bo'lgan.

Shunday qilib, til, tafakkur va madaniyat o'zaro shunchalik chambarchas bog'lanib ketganki, amalda ular uchta tarkibiy qismdan iborat yaxlitlikni tashkil qiladiki, bu tarkibiy qismlarning hech biri boshqa ikkita tarkibiy qismsiz faoliyat yuritishi (binobarin, amal qilishi) mumkin emas. Ularning hammasi birgalikda atrofdagi olam bilan o'zaro nisbatda bo'ladi, uni aks ettiradi va ayni bir vaqtda shakllantiradi. Bunda ular dunyo manzaralari deb ataladigan hodisalarni hosil qiladi.

Hozirgi tadqiqotlarda o'zaro bir-birining o'rnini almashtirib ishlatiladigan: "dunyo manzarasi" va "dunyo modeli" degan ikkita atama parallel ravishda qo'llaniladi. Biroq bizning fikrimizcha, ularning ma'nosida jiddiy farq bor. "Model" so'zi "qandaydir" mantiqan uyushgan, rejali narsadek tuyuladi, "manzara" tushunchasi esa birmuncha o'zgacha xususiyatga ega, unda ijodkorlik elementlari aks etadi. Shu sababli biz bundan keyin "dunyo manzarasi" atamasini ko'proq ishlatamiz.

MUHOKAMA

G.V Kolshanskiyning fikricha, "dunyo manzarasi" - inson va uning turmushining o'ziga xos xususiyatlari, uning tevarak-olam bilan o'zaro munosabatlari, shuningdek uning ushbu dunyoda hayot kechirish shart-sharoitlarini aks ettiradigan asosiy tushunchadir."Dunyo manzarasi - bu insonning dunyoni idrok etishiga asos bo'ladigan, bunday manzarani til sohiblari tushunchasida dunyoning mohiyatga oid xususiyatlarini aks ettiradigan va insonning butun ma'naviy faolligi natijasi hisoblanadigan olamning asosiy global obrazidir" Muallif alohida qayd qiladiki, bu har doim obyektiv voqelikning subyektiv obrazi bo'ladi, chunki dunyo manzarasi voqelikdagi voqea-hodisalarning ko'zgudagi aksi emas, balki atigi bir talqini, xolos. "Dunyo manzarasi"ga o'zgarib turish xos, binobarin u dinamik tusga ega va bilish jarayoniga yo'naltirilgan. U insonning olam bilan aloqalari jarayonida vujudga keladi, bunda aloqalar tajribasi va shakllari g'oyat xilma-xilligi bilan tavsiflanadi.

O.N.Yermolayeva dunyoning tildagi manzarasi tadqiqotining ikkita negizini aniq tabaqalashtirish zarurligi haqida yozadi:

1) bizdan tashqarida, bizga umuman bog'liq bo'lmasdan amal qiladigan, predmetlari o'rtasida o'ziga xos maxsus munosabatlar va aloqalar mavjud bo'ladigan dunyo manzarasining tildagi aksi;

2) tildan bizdan tashqarida, predmetlari o'rtasida o'ziga xos maxsus munosabatlar va aloqalar mavjud bo'ladigan bizga umuman bog'liq bo'lmasdan amal qiladigan dunyo manzarasining olinishi.

Muallifning qayd qilishicha, "birinchi holatda tadqiqotchi barcha tillar uchun obyektiv olamning bir xilligidan dunyo manzaralarining ko'p xilligiga boradi, ikkinchi

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

holatda - til(lar)dagi dunyo manzaralarining ko'p xilligidan obyektiv olamning bir xilligiga boradi. Birinchi holatda tilga oid voqelik ko'riladi, ikkinchi holatda tildan tashqaridagi obyektivlik yuzaga keladi. Bunda shunisi e'tiborliki, hozirgi paytgacha tadqiqotchilar ushbu muammoning birinchi va ikkinchi jihatlari yuzasidan bir qator xulosalar bildirishgan. Qayd qilinishicha, til birligining hosil qilinishida quyidagi omillar majmui ishtirok etadi:

1) ekstralingvistik - fikrda va tilda aks ettirilgan voqelikning obyektiv tabiati bilan bog'liq omillar; 2) konseptual - obyektiv olamning inson ongida aks ettirilishi qonuniyatlari bilan bog'liq omillar; 3) xususan tilga doir inson tilida amal qiladigan xususiy qonuniyatlar bilan bog'liq omillar".

A.A.Vetrov yuqorida bayon qilingan fikrlariga yakun yasab, shunday yozadi: dunyoning tilga oid mazarasini ikkita modelda: 1) til modeli, 2) konseptual modelda tasavvur qilish mumkin. Ushbu modellarning mazmuni, bayon qilish uslubi va usullari bir xil emas.

G.V. Kolshanskiy "dunyo manzarasi" muammosi bilan bog'liq quyidagi jihatlarni keltiradi:

Inson dunyo manzarasining obyektivlashtirilmagan (moddiylashtirilmagan) holatida bunday manzara lokallashtirish "maydoni" hisoblanadi;

1. "Dunyo manzarasi" quyidagi hollarda inson tomonidan yaratiladi:

a) hayotiy faoliyatga asos bo'ladigan dunyo obrazlarining predmetlashtirilishi, obyektivlashtirilishi natijasida, bu o'z mohiyatiga ko'ra dunyo obrazining qayta yuzaga chiqishi hisoblanadi va b) refleksiya jarayonida yangi obrazlarning ishlab chiqilishi natijasida, bu dunyo obrazining qurilishidan iborat bo'ladi;

2. Dunyo manzarasi - bu voqelikning ko'zgudagi aksi emas, balki uning muayyan tarzdagi talqinidir, chunki "olamni muayyan prizmalar orqali ko'rish hisobiga yaratiladigan dunyoning har qanday manzarasi har doim muqarrar ravishda insoniy subyektivlik, o'ziga xoslikning belgilarini o'z ichiga oladi. Dunyo manzarasi insonning olamni idrok etishi negizi bo'lib, o'zida uning asosiy xususiyatlarini mujassam etadi" ki, bu tilning antroposentrikligi bilan bog'liqdir.

NATIJA

M.Xaydegger fikricha, "dunyo manzarasi" tushunchasi quyidagilardan iborat bo'ladi: "manzara" so'zini eshitib biz avvalo nimaningdir in'ikosi to'g'risida o'ylaymiz. Shunda dunyo manzarasi go'yoki umuman butun borliqning aksi bo'ladi. Biroq dunyo manzarasi birmuncha kengroq ma'noga ega. Biz bunda dunyoning o'zini, umuman uning butun borlig'ini biz uchun belgilovchi va shart hisoblanadigan tarzida nazarda tutamiz. Bu o'rinda manzara chizilgan narsaning emas, balki nutq orqali eshitilgan narsani anglatadi: biz nimaningdir manzarasini o'zimizga tasavvur etamiz...

Nimaningdir manzarasini o'zi uchun tasavvur etish: borliqning o'zini o'z oldiga uning qay holatda bo'lsa, shunday holatda qo'yish va uni har doim shunday tasavvur qilishni anglatadi. Lekin bu yerda hozircha bunday manzara mohiyatiga tegishli hal qiluvchi ta'rif yo'q. "Biz nimaningdir manzarasini o'zimizga tasavvur etdik" degan jumla nafaqat bizning borliqni umuman qandaydir tasavvur qilganimizni, balki ushbu borliqning bizning tasavvurimizda unga xos bo'lgan va uni tizim sifatida tashkil etadigan jamiki unsurlarning bizning tasavvurimizda namoyon bo'lishini bildiradi. Ushbu "manzaraning tasavvur etilishi" iborasida kompetentlik, butunlik, aniq maqsadga yo'naltirilganlik jaranglaydi... Mohiyatan anglab yetilgan dunyo manzarasi shu taxlitda olamni tasvirlaydigan manzarani emas, balki bunday manzara ma'nosida anglab yetilgan dunyoni anglatadi... Dunyo manzarasi haqida gap ketadigan joyda umuman borliqqa tegishli tub yechim chiqariladi. Borliqning mavjudligini ushbu borliq tasviridan izlashadi va topishadi"

G.V. Kolshanskiyning qayd qilishicha, "dunyo manzarasi" atamasining o'zidagi "dunyo" tushunchasi aniqlashtirishni talab qiladi. "Dunyo" so'zi iste'mollariga muvofiq dunyo ikki hilda tushuniladi: birinchidan, bu - umuman muayyan keng qamrovli narsa tarzida idrok etiladigan, inson boshqa odamlar bilan bir qatorda qamrab olinadigan va uni boshqa kishilar bilan birga birlashtiradigan olamdir. Bunda "umuman dunyo" qandaydir boshqa olamga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Bu o'rinda gap dunyo bilan alohida munosabat vositasida bog'langan inson subyektiga qarama-qarshi qo'yish haqida bormoqda. Subyektiv tarzdagi idrok etish so'zlovchi kishi ongida hosil bo'lgan dunyo manzarasiga muqarrar tarzda ta'sir ko'rsatadiki, u uning dunyo haqidagi fikrida xabar yetkazish predmetiga aylanadi.

Boshqa tomondan, muqobil dunyolar deb ataladigan olamlar ham mavjud. Bunday dunyo borliqning boshqa qiyos keltiriladigan sohalaridan farqlanadigan va faqat unga xos qonuniyatlar bilan tavsiflanadigan muayyan sohasidan iborat bo'lishi mumkin.

Bu dunyo, odatda, unga qarshi qo'yilgan dunyolar fonida idrok etiladi. Masalan fantaziya dunyosi voqelik olamiga qarama-qarshi qo'yilgan, bir ijtimoiy olam boshqa jamiyat dunyosiga qarama-qarshi qo'yiladi. L.B.Lebedeva "umuman dunyo" bilan "muqobil olam" o'rtasidagi farq haqida gapirar ekan, A.Vejbitskaya o'tkazgan the world bilan a world o'rtasidagi tadqiqot tomonidan "bir qismdan iborat bo'lish" degan oddiy tushuncha orqali belgilanadigan tafovutni eslatadi: the world bu qaysidir bir narsaning, ya'ni, boshqa dunyoning qismi bo'lmagan olamdir, a world esa the world ning bir qismi hisoblanadi.

Shunday qilib, "umuman dunyo" deb ataladigan, hamma uchun umumiy narsa sifatida his etiladigan olam aniq bir bayon predmeti bo'lishi mumkin emas. Shuningdek, u bu dunyo haqida boshqa kishiga tasavvur berish uchun mo'ljallanmaydi: "dunyo ko'p jihatdan unga qarshi turadigan subyektiv ong bilan o'zaro nisbatda muhokama qilinadi"

S.T.Ter-Minasova insonning atrofdagi olamni tasavvur qilishining uchta shaklini ajratib ko'rsatadi: dunyoning real manzarasi, dunyoning madaniy (yoki tushunchali) manzarasi, dunyoning tildagi manzarasi.

Dunyoning real manzarasi bu insondan tashqaridagi obyektiv holat, bu insonni o'rab turgan olam.

Dunyoning madaniy manzarasi bu real manzaraning insonning sezish organlari yordamida olingan va uning jamoatchilik hamda individual ongi orqali o'tgan tasavvurlari negizida shakllantirilgan tushunchalar prizmasi orqali aks etishidir.

Dunyoning tildagi manzarasi voqelikni dunyoning madaniy manzarasi orqali aks ettiradi. Til - madaniyatning bir qismi, lekin madaniyat ham tilning faqat bir qismi. Demak, dunyoning tildagi manzarasi, mobodo madaniy manzara deganda biz inson ongida mujassam bo'lgan dunyo obrazini, ya'ni, insonning jismoniy tajribasi va ma'naviy faoliyati natijasida yaratilgan dunyoqarashni tushunadigan bo'lsak, unda to'laligicha madaniy manzara bilan qamrab olinmagan. Shunday qilib, dunyoning madaniy va tildagi manzaralari o'zaro bir-biri bilan chambarchas bog'langan, uzluksiz ravishda o'zaro harakatda bo'ladi va dunyoning real manzarasiga chiqib boradi.

S.T.Ter-Minasovaning fikricha, dunyoning milliy manzarasi uning tildagi manzarasiga nisbatan birlamchidir. Milliy manzara tegishli tildagi manzaraga nisbatan to'larok, boyroq va teranroqdir. Biroq aynan til dunyoning milliy-madaniy manzarasini amalga oshiradi, verballashtiradi, uni saqlaydi va avloddan avlodga yetkazadi. Til dunyoning milliy qiyofasida mavjud bo'lgan hamma narsani ham qayd qila olmaydi, lekin hamma narsani bayon qilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, madaniyatning tilga nisbatan yoki, aksincha, tilning madaniyatga nisbatan birlamchiligi haqida gapirish maqsadga muvofiq emas. Aslida bular ikkita o'zaro bir-biri bilan bog'langan "dunyo manzaralari" bo'lib, sabab-oqibatli aloqalarning ularga nisbatan qo'llanish mumkin emas.

XULOSA

Turli tillardagi ayni bir hil tushunchani ifodalovchi so'zlar semantik sig'imiga ko'ra farqlanishi, voqelikning har hil parchalarini qamrab olishi mumkin. Dunyo manzarasini taqdim etadigan mozaika parchalari inson miyasida atrofdagi olam in'ikosi natijasida olingan tushunchali material hajmiga qarab turli tillarda farqlanishi mumkin.

S.T.Ter-Minasovaning fikricha, in'ikos usullari va shakllari ham tushunchalarning shakllantirilishi singari, o'z navbatida, ushbu nutq jamoasi hayotining ijtimoiy-madaniy va tabiiy o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Til orqali tafakkurdagi tafovutlar aynan bir hil tushunchani ifodalash shakllarining ortiqchaligi yoki yetishmasligini sezishda namoyon bo'ladi.

Y.D.Apresyan dunyoning tildagi "sodda" manzaгasi haqidagi masalaning hoziгgi holatini tavsiflab, bunday tadqiqotning ikkita asosiy yo'nalishda ketayotganini qayd qiladi.

1. Bn tomondan, tilga oid va umumiy madaniy ong "stereotiplari"^^ ushbu etnosga xos bo'lgan ayrim jihatlari tadqiq qilinadi. Muallif ularni o'ziga xos lingvomadaniy izoglosslar va izoglosslar turkumlari deb ataydi. Bular ko'ngil, hasrat, taqdir, kechmish, iroda va shu kabi tipik jihatlardir. Boshqa tomondan, deb qayd qiladi muallif, bular nospetsifik jihatlarning o'ziga xos konnotatsiyalaridir (masalan, turli madaniyatlardagi ranglar bilan ifodalanadigan ramzlar).

2. Ayni bñ vaqtda "til uchun xos bo'lgan dunyoga nisbatan garchi "sodda" bo'lsada, lekin ilmiygacha bo'lgan yaxlit qarashni izlash va qayta ta'mirlash bo'yicha izla^s^^ boimoqda" Ya'ni, "umuman dialekt" tadqiq qilinayapti. Muallifning fikricha, bu o'rinda milliy o'ziga xoslikning hisobga olinishida baribñ "asosiy diqqat-e'tiboг aynan shu dunyoning tildagi yaxlit manzarasiga qaratiladi"

Muallif oxirgi yo'nalishning asosiy qoidalarini xulosalab, shunday ta'kidlaydi:

"1. Har bir tabiiy til dunyoni idrok etish va tashkil qilish (konseptuallashtirish)ning muayyan usulini aks ettiradi. Unda ifodalanadigan mohiyatlar qarashlarning qandaydir yagona tizimda, o'ziga xos jamoatchilik falsafasiga mujassamlashadi, bunday falsafa ushbu tilda gaplashuvchilar uchun majburiy qoida sifatida belgilanadi...

2. Til uchun xos bo'lgan voqelikni konseptuallashtirish usuli (dunyoqarash) qisman universal, qisman milliy jihatdan o'ziga xos bo'lib, turli tillarda so'zlashuvchilar dunyoni birozgina turlicha, o'z tillari prizmasi orqali ko'rishlari mumkin.

3. Boshqa tomondan, u ko'pgina muhim detallari yuzasidan dunyoning ilmiy manzarasidan faq qilishi sababli "sodda" hamdir Bunda oddiy tasavvuriaT aslo faqat soddagina emas. Ko'pchilik hollarda ular xuddi ilmiy tasavvur kabi murakkab va qiziqariidir Masalan, insonning ichki olami haqidagi oddiy tasawuto shunday dir.."

G.V. Kolshanskiyning qayd qilishicha, tilning mazmunan tashkil qilinishidagi bir tizimga soluvchi negizni izlashlar lingvistlarni tilning semantik tahliliga olib keldi. Tilga nisbatan bunday yondashuv so'zlarning ahamiyatiga nisbatan bir tizimli qarashni nazarda tutadi. Gap semantik maydon uslubi haqida bormoqda. Semantik maydon deganda qaydaydir tushuncha (ba'zan - g'oya) atrofida guruhlashadigan so'zlar va so'z birikmalari nazaráa tutiladi. Matnning bunday elementlari "semantik primitivla^' so'zlar va idioma^ amal qilishini faraz qiladi. 1.Тпг fikriga binoan "semantik maydon" lug'atning ushbu tilning muayyan "tushunchali" sohasini qamrab oladigan muqim qismidan iborat. "U betakra^ o'zining ichki qonunlari bilan boshqariladi va o'zining turli tillar hamda aynan bir til tarixidagi mavjud shunga o'xshash hodisalarg o'xshamaydigan "dunyo manzarasini" amalga oshiradi"

Hatto turli tillar qardosh bo'lganida ham dunyoning til vositalari orqali idrok qilinishi va konseptuallashtirilishidagi tafovutlar jiddiy bo'lishi mumkin. Boshqacha aytganda, turli tillarda dunyo manzaralari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin.

Dunyoning tildagi manzarasida etnik mentalitet ushbu tilda so'zlashuvchilarning atrofdagi dunyo haqidagi mental tasavvurini aks ettiradigan ramziy obrazlarda verballashgan "asosiy" madaniy konseptlarda dolzarblashadi.

ADABIYOTLAR

1. Shofqorov, A. M., Baykabilov, U. A., Bayzakov, J. A., & Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL O 'QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

2. Тангирова, Г. И. (2020). ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ. Science and Education, 1(Special Issue 3).

3. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O 'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO 'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

4. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O 'ZBEK VA XORIJIY TILLARDA ANTONIMLAR TAVSIFI, O 'RNI VA ULARNIG TURLI JIHATDAN TASNIFLANISHI. Science and Education, 1 (Special Issue 3).

5. Kaldibayeva, D. O. (2020). TALABALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

6. Irisbaev, T. (2020). STRONG GROUND.... Экономика и социум, 11(78).

7. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

8. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA. Science and Education, 1(Special Issue 3).

9. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(3), 128-132.

10. Ирисбаев, Т. (2020). ДЕТЕКТИВДА РЕАЛИСТИК ТАСВИР. Science and Education, 1(8).

11. Айдаров, Е. Б. (2019). ПОНЯТИЕ ОБ ЭКОЛОГИИ И КАК БЕРЕЧЬ ОКРУЖАЮЩЮЮ СРЕДУ. Журнал научных и прикладных исследований, 67.

12. Djumaevich, K. K., Ergashevich, P. A., & Bakitovich, A. E. (2019). APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION-STANDARDS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

13. Shayxislamov, N. (2020). ONA TILI FANINI O'QITISHNING MUAMMOLARI. Science and Education, 1(Special Issue 2), 127-133.

14. Shaykhislamov, N. (2020). Lingvokulturologiyaning tarixiy va nazariy asoslari. O

'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim,(2), 186-188.

15. Kakhramonovna, G. S., & Mengliyev, B. (2019). Lexical-semantic classification of euphemisms of the feminine gender in the Uzbek language. Academia Open, 7(1), 1021070.

16. Akhmedova, M., & Mengliev, B. (2018). Spirituality in the soul of the language: about linguoma'naviyatshunoslik and its perspektives. American Journal of Research, USA, Michigan, (23), 187.

17. Sobirova, Z., & Mengliev, B. (2020). SOME ISSUES RELATED TO THE TRANSFER OF ENGLISH TOURISM TERMS IN UZBEK LANGUAGE. Journal of Critical Reviews, 7(15), 2434-2440.

18. Abdurasulovich, K. R., & Rajabovich, M. B. (2019). The Role of the Parallel Corpus in Linguistics, the Importance and the Possibilities of Interpretation. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 8(5 Special Issue 3), 388-391.

19. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. EURASIAN EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 3(10), 97-100.

20. Irisbaev, T. (2020). STRONG GROUND.... Экономика и социум, 11(78).

21. Жарасбаев, Н. А. (2019). ТYркi элемше ортак т^гырлы т^лгасы. II Yunusov Readings: Modernization of the Great Steppe values as a key factor in the development of science and education, 464-467.

22. Жарасбаев, Н. А. (2019). ТYркi халыктары эдебиетшдеп ортак сарындар. Филология уэм оны оцыту тарауларындагы фундаменталъ уэм инновациялыц изертлеулер, 71-73.

23. Beketov, N. А. (2019). Amaliy mazmunli masalalar asosida iqtisodiy ko'nikmalarni rivojlantirish. Ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarning maqolalari to'plami, 157161.

24. Beketov, N. А. (2019). Q-многообразия и полные сцепленные системы. Fundamental matematika muammolari va ularning tatbiqlari, 167-169.

REFERENCES

1. Shofqorov, A. M., Baykabilov, U. A., Bayzakov, J. A., & Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL O 'QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Тангирова, Г. И. (2020). ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ. Science and Education, 1(Special Issue 3).

3. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O 'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO 'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

4. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O 'ZBEK VA XORIJIY TILLARDA ANTONIMLAR TAVSIFI, O 'RNI VA ULARNIG TURLI JIHATDAN TASNIFLANISHI. Science and Education, 1 (Special Issue 3).

5. Kaldibayeva, D. O. (2020). TALABALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

6. Irisbaev, T. (2020). STRONG GROUND.... Экономика и социум, 11(78).

7. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

8. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA. Science and Education, 1(Special Issue 3).

9. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(3), 128-132.

10. Ирисбаев, Т. (2020). ДЕТЕКТИВДА РЕАЛИСТИК ТАСВИР. Science and Education, 1(8).

11. Айдаров, Е. Б. (2019). ПОНЯТИЕ ОБ ЭКОЛОГИИ И КАК БЕРЕЧЬ ОКРУЖАЮЩЮЮ СРЕДУ. Журнал научных и прикладных исследований, 67.

12. Djumaevich, K. K., Ergashevich, P. A., & Bakitovich, A. E. (2019). APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION-STANDARDS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

13. Shayxislamov, N. (2020). ONA TILI FANINI O'QITISHNING MUAMMOLARI. Science and Education, 1(Special Issue 2), 127-133.

14. Shaykhislamov, N. (2020). Lingvokulturologiyaning tarixiy va nazariy asoslari. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim,(2), 186-188.

15. Kakhramonovna, G. S., & Mengliyev, B. (2019). Lexical-semantic classification of euphemisms of the feminine gender in the Uzbek language. Academia Open, 1(1), 1021070.

16. Akhmedova, M., & Mengliev, B. (2018). Spirituality in the soul of the language: about linguoma'naviyatshunoslik and its perspektives. American Journal of Research, USA, Michigan, (23), 187.

17. Sobirova, Z., & Mengliev, B. (2020). SOME ISSUES RELATED TO THE TRANSFER OF ENGLISH TOURISM TERMS IN UZBEK LANGUAGE. Journal of Critical Reviews, 7(15), 2434-2440.

18. Abdurasulovich, K. R., & Rajabovich, M. B. (2019). The Role of the Parallel Corpus in Linguistics, the Importance and the Possibilities of Interpretation. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 8(5 Special Issue 3), 388-391.

19. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. EURASIAN EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 3(10), 97-100.

20. Irisbaev, T. (2020). STRONG GROUND.... Экономика и социум, 11(78).

21. Жарасбаев, Н. А. (2019). ТYркi элемше ортак т^гырлы т^лгасы. II Yunusov Readings: Modernization of the Great Steppe values as a key factor in the development of science and education, 464-467.

22. Жарасбаев, Н. А. (2019). ТYркi халыктары эдебиетшдеп ортак сарындар. Филология уэм оны оцыту тарауларындагы фундаменталъ уэм инновациялыц изертлеулер, 71-73.

23. Beketov, N. А. (2019). Amaliy mazmunli masalalar asosida iqtisodiy ko'nikmalarni rivojlantirish. Ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarning maqolalari to'plami, 157161.

24. Beketov, N. А. (2019). Q-многообразия и полные сцепленные системы. Fundamental matematika muammolari va ularning tatbiqlari, 167-169.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.