Научная статья на тему 'KOМPARATIVISTIK USLUBDA ANTIK YUNON FALSAFASIDAGI ERKINLIK MASALASINING TAHLILI'

KOМPARATIVISTIK USLUBDA ANTIK YUNON FALSAFASIDAGI ERKINLIK MASALASINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
474
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
falsafiy komparativistika / qiyosiy falsafa / anologiya / tenglashtirish / qiyoslash / o‘xshashlik / qiyosiy tahlil / erkinlik / davlat / qonun / axloqiy erkinlik / o‘zboshimchalik / ma’suliyat / javobgarlik / Yagonalik / Aql / Qalb / mutlaq erkinlik. / philosophical comparative studies / comparative philosophy / analogy / equation / comparison / similarity / comparative analysis / freedom / state / law / moral freedom / arbitrariness / responsibility / responsibility / Unity / Reason / Heart / absolute freedom.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Raximdjanova Dilnavoz Sunnat Qizi

Maqolada koparativistik uslubiy nazariy-metodologik asoslari hamda faylasuflarning erkinlik haqidagi qarashlarini komparativistik tahlili keltirilgan. Jumladan, faylasuflarning erkinlik atamasi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarlari o‘zaro solishtirilib, ularning fikrlarini aloqadorligi va bir-birlaridan farq qiluvchi taraflari ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrning o‘zida ham komparativistika belgilari bo‘lganligi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE PROBLEM OF FREEDOM IN ANCIENT GREEK PHILOSOPHY IN A COMPARATIVE STYLE

The article presents the theoretical and methodological foundations of the cooperative method and a comparative analysis of the views of philosophers on freedom. In particular, the views of philosophers on the term "freedom" were compared, and the relationships and differences between their views were examined. It is believed that there were signs of comparativeism at the time.

Текст научной работы на тему «KOМPARATIVISTIK USLUBDA ANTIK YUNON FALSAFASIDAGI ERKINLIK MASALASINING TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

KOMPARATIVISTIK USLUBDA ANTIK YUNON FALSAFASIDAGI ERKINLIK MASALASINING TAHLILI

Raximdjanova Dilnavoz Sunnat qizi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

tayanch doktoranti [email protected]

Annotatsiya. Maqolada koparativistik uslubiy nazariy-metodologik asoslari hamda faylasuflarning erkinlik haqidagi qarashlarini komparativistik tahlili keltirilgan. Jumladan, faylasuflarning erkinlik atamasi to'g'risidagi nuqtayi nazarlari o 'zaro solishtirilib, ularning fikrlarini aloqadorligi va bir-birlaridan farq qiluvchi taraflari ko'rib chiqilgan. O'sha davrning o'zida ham komparativistika belgilari bo 'lganligi o 'rganilgan.

Kalit so'zlar: falsafiy komparativistika, qiyosiy falsafa, anologiya, tenglashtirish, qiyoslash, o 'xshashlik, qiyosiy tahlil, erkinlik, davlat, qonun, axloqiy erkinlik, o'zboshimchalik, ma'suliyat, javobgarlik, Yagonalik, Aql, Qalb, mutlaq erkinlik.

Аннотация. В статье представлены теоретико-методологические основы кооперативного метода и сравнительный анализ взглядов философов на свободу. В частности, сравнивались взгляды философов на термин «свобода», а также рассматривались взаимосвязи и различия между их взглядами. Считается, что в то время были признаки компаративизма.

Ключевые слова: философские сравнительные исследования, сравнительная философия, аналогия, уравнение, сравнение, подобие, сравнительный анализ, свобода, государство, закон, моральная свобода, произвол, ответственность, ответственность, Единство, Разум, Сердце, абсолютная свобода.

Abstract. The article presents the theoretical and methodological foundations of the cooperative method and a comparative analysis of the views ofphilosophers on freedom. In particular, the views of philosophers on the term "freedom" were compared, and the relationships and differences between their views were examined. It is believed that there were signs of comparativeism at the time.

Keywords: philosophical comparative studies, comparative philosophy, analogy, equation, comparison, similarity, comparative analysis, freedom, state, law, moral freedom, arbitrariness, responsibility, responsibility, Unity, Reason, Heart, absolute freedom.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Falsafa tarixini o'rganish falsafaning ijtimoiy ong shakllari o'rtasidagi o'rnini aniqlash va u jamiyat moddiy hayotining ijtimoiy amaliyotga bog'liqligi, nisbiy mustaqilligi, shuningdek, ichki taraqqiyotida, ichki mantiqqa egaligini aniqlashni taqozo etadi. O'tmish falsafiy ta'limotlar tarixi bosib o'tilgan bosqich sifatida qaralib, uni o'rganish hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, bizning tadqiqotimiz markazida turgan ilmiy adabiyotda aks etuvchi "erkinlik" tushunchasi ko'p asrlik tarixga ega. Erkinlik kategoriyasi jamiyatni rivojlanib borish miqyosida yangi mohiyat bilan o'zgarib, to'ldirilib borilgan. Dunyoviy tarixiy-pedogogik jarayon mazmunida erkinlik ham umumfalsafiy, ham tor pedogogik ma'no kasb etadi. "Erkinlik - tashqi maqsadni belgilovchilar bo'lmagan sharoitlardagi faoliyat va xulqlar imkoniyatni to'g'irlovchi sub'ektiv qatorning madaniyat universaliyasi, ya'ni umumiy tushunchasidir" [5].

Ushbu masalani qiyosiy tahlildan o'tkazish hozirgi zamonamiz talablariga mos keluvchi umumiy dunyoqarashni hosil qilishda ko'maklashadi. Komparativistika falsafaning ham ko'xna, ham navqiron uslublaridan sanaladi. Uning yordamida har qanday davrning har qanday sharoitida yangicha xulosalarni keltirib chiqarish mumkin. Shu o'rinda, u hozirgi zamonning dolzarb muammolarini yechishda o'z yordamini ayamaydi. Shu bois u har bir sohada keng qamrovda qo'llaniladi.

Komparativistik usul antik davrda ham qo'llanilib, uning alohida nazariy ildizlari yaratilgan. Shuni hisobga olgan holda, komparativistik uslubning nazariy-metodologik asoslari o'rganilgan, aynan antik davr mutafakkirlarining erkinlik to'g'risidagi qarashlarini komparativistik tahlildan o'tkazishga harakat qilingan. Bunga ko'plab misollarni keltirishimiz mumkin va tahlil davomida bugungi kun talabiga to'liq javob bera oladigan yechimlarni ham topishimiz mumkin. Shuningdek, ushbu mavzuni har tomonlama yorituvchi I.V.Berestov [3], G.M.Bragin [4], M.A.Mojeyko [5], V.G.Ovsyannikov [6], L.V.Smirnov [11], I.H.Sidorov [10]. P.Masson-Oursel [13] va boshqa tadqiqotchilar ishlarini, risolalarini, maqolalarini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy-komparativistik tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillardan foydalanildi.

Ilmiy adabiyotlarda keng quloch yozgan "komparativ (komparativistik) falsafa", "qiyosiy falsafa" va "falsafiy komparativistika" tushunchalari so'zni keng

ADABIYOTLAR TAHLILI

TADQIQOT METODOLOGIYASI

TAHLIL VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

ma'noda sinonim sifatida o'rganish mumkin bo'lgan so'zlardir. Biroq maxsus tor ma'noda "komparativ falsafa" qiyoslashning: qiyosiy dinshunoslik, qiyosiy estetika, qiyosiy metafizika, qiyosiy mantiq, qiyosiy tarix va h.k.lar kabi turli sohalarida tadqiq qilinuvchi komparativstika nazariyasini o'z ichiga oladi.

"Falsafiy komparativistika" tushunchasi esa ko'proq darajada uning metodologik jabhasini, ya'ni har qanday falsafiy-tarixiy tadqiqotda mavjud bo'lgan komparativ yondashuvni ifodalaydi. Falsafiy komparativistika tadqiqotning nisbatan yangi jabhasi sifatida falsafaning ixtisoslashgan sohasini namoyon qiladi [4].

Falsafiy komparativistika yoki qiyosiy falsafa - tarixiy-falsafiy izlanishlar jabhasi bo'lib, Sharq va G'arb falsafiy merosining ierarxiyasi (shajarasi) (tushunchalar, qonunlar, tizimlar)ni qiyoslash, uning predmeti sanaladi. Ushbu izlanishlar umumiy hisobda ikki asrga teng va nafaqat falsafaning, balki zamonaviy madaniyatning ham faktik ma'lumoti sanaladi.

U yoki bu tamaddun doirasida falsafa tarixini o'rganuvchi har qanday inson bir faylasufning qarashlarini boshqalar: yo zamondoshlari, yoki o'tmishdoshlari, yoxud vorislari bilan qiyoslaydi. Tabiiyki, falsafiy tamoyillarni boshqasi bilan qiyoslash -falsafa tabiatining tabiiy qismidir.

Qiyosiy falsafa predmeti talqinida (Doyssen, Masson-Ursel, Radju, Gregor, Sharfshteyn va boshqa tadqiqotlar) umumiy va turli jihatlarni topish mumkin. Qiyosiy falsafaning predmeti sifatida asosan to XX asrga qadar xususan g'arb va sharq falsafiy fikrining ma'lum darajadagi mutanosibligini kuzatish mumkin. Ushbu shartli muxolifat doirasida eng avvalo g'arb, Hindiston va Xitoy falsafasi (falsafiy madaniyati, falsafiy tamaddunlari) ko'zda tutiladi. Biroq tafovutlar ham mavjud. Pol Masson-Ursel, o'zining qiyosiy falsafa xronologiyasini namoyish etar ekan, bir tomondan g'arb, Hind va Xitoy falsafiy madaniyatini markazga qo'ysa [13], boshqa tomondan esa - qiyosiy tahlil chegaralarini kengaytirib, ular sirasiga qadimiy bobil, qadimiy eron, qadimiy yahudiy, qadimiy tibet va hatto, qadimiy yapon tafakkurini ham kiritadi [13]. Bu kabi yondashuv uning ko'rsatmalaridan kelib chiqadi: modomiki har bir millat (jumladan, Misrga oid), turli xalqlar (jumladan, semitlar), u yoki bu mintaqalar (Kolumbga qadar Amerika) o'z tarixiga ega bo'lgan, yoki bo'lishi kerak ekan, demak, o'z falsafasiga ham ega bo'lishlari zarur. Modomiki, hech bir falsafa inson tafakkurini to'laqonli ifodalashga da'vo qilishga haqli emas ekan, u holda qiyosiy falsafiy tadqiqot barcha xalqlar tafakkuriga nisbatan qo'llanilishi zarur. Qiyosiy falsafaning maqsadi falsafa tarixi, metafizika, mantiq, psixologiya va h.k. sohalarda turli mintaqalardagi insonlarning mental faoliyatidagi o'xshashliklar va tafovutlarni aks ettirishdan iborat bo'ladi.

Komparativistik metodologiya:

Scientific Journal Impact Factor

• tenglashtirish — ikki tushuncha, narsa va h.k. o'rtasidagi o'zaro nisbat;

• analogiya (o'xshashlik) - munosabatlar tengligi, qiyoslash yo'li orqali bilish, o'xshatish. Tenglashtiriluvchi narsalar o'rtasida o'xshashlik kabi, tafovut ham mavjud bo'lishi zarur. Narsalarning o'xshashligi va tafovuti birlikda mavjud bo'lmog'i zarur (metafizik tenglashtirish) yoki, hech bo'lmaganda, ajratilmagan bo'lishi zarur (fizik o'xshashligi). Atributiv (aniqlovchiga oid) o'xshashligida ikki narsaning o'xshashligining asosi bo'lgan narsa birinchi o'xshash a'zodan ikkinchisiga ko'chadi (qachonki, jumladan, inson tanasiga o'xshash xatti-harakatlar, insonning xulq-atvori "salomatlik" sifatida o'rganiladi). Har bir o'xshash a'zoning mutanosib o'xshashligi bir vaqtning o'zida ham o'xshash, ham boshqasiga o'xshamaganini o'z ichiga oladi;

• lingvistikadagi o'xshashlik - tilning u bilan bog'langan boshqa elementlarining birmuncha sermahsul va birmuncha tarqalgan modelni hosil qiluvchi, tilning bir elementi ta'sirida yuzaga kelgan o'xshatmasi;

• borliq o'xshashligi, mavjudot o'xshashligi - katolik sxolastikasining asosiy tamoyillaridan biri; borliqdan Tangrini va uning tomonidan yaratilgan olamni bilish imkoniyatini asoslab beradi;

• qiyoslash, jumladan, qiyosiy lingvistika (kontrastiv lingvistika) — umumiy tilshunoslik yo'nalishi bo'lib, uning vazifasi lisoniy tuzilmalarning barcha darjadasigi o'xshashliklar va tafovutlarni aniqlash uchun ular orasidagi irsiy aloqalarning mavjudligidan qat'iy nazar, ikki (ba'zan bir nechta) tilni o'rganishni qiyoslashdan iborat; so'nggi vaqtlardagi komparativ falsafiy tadqiqotlarda ko'pincha qo'llaniladi;

• muloqot;

• parallellik;

• tipologiklashtirish va b.

Qiyosiy tadqiqotlar turlari birmuncha ko'p (ayniqsa siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, tarix, tabiatshunoslik va h.k.). Shunday qilib, ijtimoiy fanda Buleva algebrasi qiyoslash metodologiyasi sifatida ishtirok etadi. Qiyoslash ham tenglashtirish, ekvivalentlik, universallik, talqin qilish muammosini yuzaga keltiradi.

Tafakkurning tarixiy rivojlanishida u yoki bu falsafanng o'rnini turlicha belgilash mumkin. Muayyan faylasuf (yoki yo'nalish) tomonidan ilgari surilgan g'oyalarni faylasuflar va falsafiy yo'nalishlarning boshqa g'oyalari bilan qiyoslash yo'li mavjud. Qiyoslanayotgan ta'limotlarning bir xilligi, o'xshashligi yoki tafovutini aniqlashning har qanday (tahlil qilinayotgan materialning faqat reprezentativligi bilan cheklangan) aniqlik va tafsilot darajasiga imkon beruvchi turli falsafiy ta'limotlarning ushbu qiyosiy tahlili u yoki bu maktablar o'zaro ta'siri va o'zaro bog'liqligi to'g'risidagi masalani qo'yadi. Biroq bu holatda "nusxa olish yoki yangi xususiy

Scientific Journal Impact Factor

masalalarni qo'yish uchun o'zlashtirish sifatidagi o'zlashtirish" dilemmasi hal etilmay qoladi va muayyan konseptual asosni talab qiladi. Boz ustiga qiyosiy tahlil o'zicha o'zi eng muhim savollarga javob berishga imkon bermaydi: nima uchun taklif qilingan g'oyalar bir holatda shu qadar turli va boshqa holatda esa shu qadar o'xshashdir; asosiysi esa - nima uchun boshqa emas, balki aynan ushbu qarorlar qabul qilingan? Faylasuflar bugungi kunda bizga u qadar muhim tuyulmagan muammolar borasida bahslashdilar va biz uchun nomaqbul tuyulganlariga nima uchun jimgina ko'nib ketaveramiz?

Agar ta'limotlarni tarixiy izchillikda o'rganib chiqiladigan bo'lsa, barcha faylasuflar va falsafiy yo'nalishlar uchun umumiy bo'lgan vazifalarni (har birining hosil bo'lgan vaqtida) amalga oshirishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar aniqlab olindi va ular falsafiy izlanishlarning erkin ruhiyatiga qay darajada mas'ul [11]?

Ushbu savollarga javob berish uchun faylasuflar va falsafiy yo'nalishlar qarashlarining qiyosiy tahlili tarixiy-falsafiy jarayonning ichki mantig'ini izohlashga, u esa ehtimol barcha falsafiy oqimlar uchun umumiy bo'lgan muammoli maydonni ajratishda ularning birligini belgilovchiga tayanmog'i lozim. Bu kabi yondashuvda falsafiy fikrning rivojlanishi nafaqat muammoli maydonni tashkil etuvchi barcha vazifalarni navbati bilan o'zaro ziddiyatlarsiz hal etishni bog'lashga urinish sifatida, balki ziddiyatlarni hisobga olgan holda, aynan o'sha muammolarni hal etishga urinuvchi boshqa falsafiy yo'nalishning yuzaga kelishi sifatida ham ifodalanadi. Shunda falsafaning o'zi emas, balki uning tashkil etish usuli refleksiya predmetiga aylanadi. Qachonki o'z-o'zicha hal etishning asosiy imkoniyati aniqlansa, yangi muammoli maydon falsafiy masalalarni umuman boshqacha qo'yadi, falsafaning rivojlanishida yangi tarixiy fenomen yuzaga keladi.

Endilikda qiyoslash eng avvalo, qonunlar, modellar, tipologiyalar va tasniflar, refleksiya usullari va namunalar ko'rinishidagi chuqur umumlashmalarni olishni va qo'llashni ko'zda tutuvchi bilish va amaliyotning umumiy metodologik ko'rsatmasi sifatida ishtirok etadi. Falsafiy tamoyillar, maktablar va b. qurilma tasnifini (yoki tipologiklashuvini) va ushbu empirik qiyoslashini odatda tushunchalarning operasionallashuv tartibi va empirik talqini (P.Lazarsfeld) bilan bog'laydilar. Ushbu uslubiy ko'rsatma qiyosiy tahlil uchun qiyoslash ob'ektlari to'g'risidagi umumiy tasavvurlar borasidagi, o'xshashligi borasidagi bir xil ma'lumotlarni izlashni talab qiladi. Nazariy tadqiqotda tipologiklashtirishni qurish tartibi rivojlanayotgan ob'ektni aks ettirishga, "o'zidan boshqaga" o'tishga, o'xshashdan tafovutlilikka o'tishga imkon beradi. Ushbu uslubiy ko'rsatma xilma-xillikni izlab tahlil qilish uchun falsafiy tushunchalar, maktablar, an'analar va madaniyatlarning individual rivojlanishidan yaxlit, o'ziga xos, boshqachasini chiqarishni talab qiladi.

Scientific Journal Impact Factor

Tarixiy-falsafiy tadqiqotda universallashtirish (standartlashtirish) va individuallashtirish (aslida rivojlanayotgan ob'ektning tarixiy-falsafiy nisbatining tipologiyasini qurish) kabi ikki operatsiyaning mavjudligi sharofati bilan ushbu ikki bir-biriga zid bo'lgan tartib birlashadi. Qiyosiy tahlil natijasida biz tarixiy (o'ziga xos) bosqichlarda "o'ziga xos o'xshashlik" to'g'risidagi, tarixiy-falsafiy qiyoslashning ushbu individual (alohida, milliy, mintaqaviy) ob'ektini yoyish bosqichlari to'g'risidagi bilimlarga ega bo'lamiz. Ushbu tartiblarni qo'llash asosida tavsiflovchi, normativ (me'yoriy) va prognostik modellar shakllanadi va bunda u yoki bu falsafiy maktabning, tushunchalar, an'analar, madaniyatlar rivojlanishining eski, nomaqbul turlari tahlil qilinadi va qayta tuziladi hamda tarixiy-falsafiy jarayon tadqiqotining yangi namunalari sinovdan o'tkaziladi va sintezlanadi. Shunday qilib, falsafiy komparativistika shunchaki uslub sifatida emas, balki tadqiqotga oid va amaliy uslubiy yo'nalish sifatida ishtirok etadi, va bunda ayniqsa, muhimi, -shunchaki Sharq va G'arbni qiyoslovchi qandaydir muayyan ko'nikmalarni kashf etishni emas, balki insonga o'z hayotidagi ijtimoiy-dunyoqarashga oid muhitini tushunishi, o'zgartirishi va qayta qurishiga ko'maklashgani holda, shaxsning qadriyatlarga oid tuzilmalarini tuzatishni va ba'zan chuqur qayta qurishni ko'zda tutadi [6].

Individ, qiyoslar ekan, fikr erkinligini namoyon qiladi. Jamiyat, tanqidiy qiyoslash va taqqoslashlarga aqliy erkinlik uchun sharoit yaratar ekan, o'zlikni anglashning muayyan tarixiy-madaniy an'analar doirasidan chetga chiquvchi ideal modelini yaratadi. Shu tariqa, rivojlanuvchi qiyoslash ichki erkinlikka erishish, komparativistika esa - erkin fikrlashni asosli amalga oshirish holatiga aylanadi.

Qiyosiy tahlil - falsafa tarixining fan sifatidagi metodologik negiziga aylanib, turli ko'rsatmalardan kelib chiqishi mumkin. Bu yerda uchta holatni ajratish mumkin. Falsafa, muloqotga kirishar ekan, mintaqaviy tuzilmalar, oqimlar, yo'nalishlar va maktablar yig'indisi sifatida emas, balki maktablar yig'indisi orqali o'zini ko'rsatuvchi va namoyon etuvchi yaxlit fenomen sifatida ifodalanishi zarur, so'nggilari esa uni "parchalamaydi", balki uning yagona jamg'armasidagi aqliy fenomenning yaxlitligi va barqarorligini ta'minlaydi. Umum qabul qilingan xilma-xillik va ko'p jabhalilikni tan olishda falsafaning yagonaligi to'g'risidagi taxminlar foydasiga, uning ijtimoiy-funksional maqomi haqida so'z yuritadi: u XX asr umumiy madaniyati doirasida jamiyatga xizmat qiladi, integral ijtimoiy jarayonni aks ettiradi, unga hamohang bo'ladi va ifodalaydi. Falsafiy birlik - bu zamonaviy jamiyatlar mavjudligining rang-barang yaxlit shakli, yagona haqiqiy olamning bor rang-barangligida aks etishi natijasi hamdir, falsafaning turliligi esa bu holatda shaxsiy istaklar kabi, uning moddiy-siyosiy va ijtimoiy jarayonlar kabi xilma-xilligi bilan

Scientific Journal Impact Factor

tavsiflanadi. Olamning moddiy birligi to'g'risidagi zamonaviy metodologik bilimlar ham falsafaning yagonaligi, in'ikos nazariyasi (garchi Yu.Xabermas ijtimoiy ob'ektni o'rganib chiqishga urinsa-da, ya'ni jamiyat u tomondagi barcha nazariyalarning "in'ikosi"), ma'naviy jarayonlarning nisbatan mustaqilligi nazariyasi to'g'risidagi taxmin foydasiga so'z yuritadi.

Shunday qilib, komparativistik usulning kelgusidagi ishlanmasi va tafsiloti birinchi navbatda u yoki boshqa falsafaning tayanch tamoyillarini belgilashni; falsafiy tizimlar va ta'limotlar rivojlanishining o'xshashliklarini aniqlashni; ularni qiyoslash va baholash uchun mezonlar tizimini ishlab chiqishni; kategoriyalarni bir falsafiy madaniyat tilidan boshqasining tiliga xolisona va mazmunli qilib o'tkazish shartlarini asoslab berishni talab qiladi. Turli faylasuflarning qarashlarini intensional bilrashtiruvchi u yoki bu mavzuning tadriji va tahliliga ongli ravishda yo'naltirilgan "mavzuga oid qiyoslash falsafasi" allaqachon sinovdan o'tkazilgan [10].

Komparativistik yondashuv, hech bo'lmaganda uning elementlari, Sharq va G'arbdagi qadimgi mutafakkirlar tadqiqotlarida uchraydi. Shubhasiz, komparativistik usul tarixiy-falsafiy bilish jarayonida rivojlangan. Qiyosiy tahlil metodologiyasi zamonaviy gumanitar fanlarda keng namoyon qilingan bo'lib, ushbu sohadagi, qiyosiy tilshunoslikdagi va adabiyotshunoslikdagi, qiyosiy huquqshunoslikdagi, tarixdagi va boshqalarda o'ziga xos ishlanmalarni qo'llash fikriga olib keladi.

Tarixiy-falsafiy tahlil metodologiyasi qiyoslash ob'ektlarini mazmundorlik va ko'lamdorlik (mikro- va makrokomparativistika) kabi ikki asosiy belgisiga ko'ra tasniflashni ko'zda tutadi.

Har qanday holatda ham yodda tutish joiz, zero, qiyoslash bu isbotlash emas, qiyoslash usuli esa yagona maqsad emas, biroq u tarixiy-fadsafiy tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish vositasi hisoblanar ekan, bilishga oid muayyan maqsadlarga xizmat qiladi. Falsafiy-tarixiy qiyosiy tahlilga K.Yaspersning "vaqt o'qi" tamoyili misol bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bashariyat tarixidagi ushbu davr belgilarini ajratar ekan, faylasuf komparativistika tushunchasini qo'llaydi, jumladan "takrorlanuvchanlik", "o'xshashlik", "parallellik", "turli", "bir xillik", "analogiya", "nisbatlash" va boshq. Yaspers turli tamaddunlarda ro'y berayotgan ruhiy jarayonlarning qandaydir ma'noga oid birligini topishga urinadi. Bashariyat, Yaspersning fikricha, yagona manbaga va umumiy maqsadga ega. Ruhni uyg'otish insoniyat tarixining umumiy ibtidosi sanaladi, binobarin unga qadar o'zaro bog'liq bo'lmagan, muayyan joydagi (lokal) madaniyatga bo'lingan. Yaspersning e'tirofiga ko'ra, xalqlar o'rtasidagi chinakam aloqa tug'ma-urug'doshlikka emas, balki ma'naviylikka asoslangandir. Yaspersning "Ma'naviy holati" - bu muayyan tarixiy sharoitlarda davlat va ijtimoiy institutlardagi insonlarning rahbarlik xulq-atvorini,

Scientific Journal Impact Factor

ijtimoiy ongi stereotiplarini, hayot tarzi va fikrlash tarzini belgilovchi mazkur tarixiy davr uchun dolzarb bo'lgan ma'naviy qadriyatlar tizimi, jamiyatning intellektual va badiiy yutuqlari yig'indisi, bu madaniyat rivojining vaqtinchalik kesigi, muayyan tarixiy davrdagi uning alohida birligi yoki bashariyat hayotining ma'naviy hayotidir. "Ma'naviy holat" mohiyatiga ko'ra, - kompleks qiyosiy tahlil natijasidir. "Ma'naviy holat" tasnifi "davr ruhini", insonlar xulq-atvori motivlarini va ma'naviy hayot xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga, tarixiy jarayonlarning gumanitar mazmunini va shu jumladan, madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik mazmunini ham belgilashga imkon beradi [12].

Basharti biz jahon falsafasi tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, u holda qadimgi dunyo falsafasidagi bir nechta yo'nalishlarni qiyoslash uslubiga murojaatlarini topamiz. Umumiy ko'rinishda ularni quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Bu eng avvalo mazmunni qiyoslash va uning tarixiy-falsafiy tahlilda qo'llanilishining to'g'riligi qiyoslash jarayonining o'ziga murojaatdir. Ushbu tezisimizni izohlash uchun ikki misolga murojaat qilsak: biri qadimgi Xitoydan, boshqasi - antik falsafadan.

Arastuning qadimgi yunon falsafasida birmuncha to'la va chuqur ishlab chiqqan va o'z o'tmishdoshlari ta'limotiga nisbatan haqiqiy qo'llagan komparativistik yondashuvni dalil keltirish o'rinli bo'lardi. Arastu birinchilardan bo'lib, "qiyoslash" tushunchasin muomalaga kiritgan. Uning "Metafizika"siga e'tibor qaratar ekanmiz, bu boradagi asosiy mulohazalaridan iborat bo'lgan dastlabki "katakcha"ni topamiz: u aniqlashni o'xshash va o'xshash bo'lmaganidan boshlaydi. "Tamomila bir xil bo'lgan, hamda turliga nisbatan ko'proq bir xillikka va bir xil sifatga ega bo'lgan narsa o'xshash deyiladi. Va o'zganing ko'plab yoki muhim qarama-qarshi xususiyatlariga ega bo'lgan va o'zgarishlarga yuz tutgani ham boshqasiga o'xshashdir. O'xshash bo'lmagani borasida o'xshash fikrlarga qarama-qarshi bo'lgan fikrlarda so'z yuritiladi [1]. Arastuda o'xshamaslik tushunchasi tafovutning "boshqacha"ligi tushunchasi bilan bog'liq. U ushbu tushunchalarni to'liq aynan bir xil deb qaramaydi. "Boshqa" yoki "boshqacharoq" deb shunday narsalarga aytiladiki, bunda agar ularning shakli, yoki materiyasi, yoki ularning mohiyatini aniqlash bittaga nisbatan qanchadir ko'proqni tashkil etadi; va umuman, o'xshash mazmunlarga qarama-qarshi bo'lgan ma'noda boshqacharoq xususida so'z yuritiladi [1, 159]. Binobarin Arastu uchun qiyoslash tartibi hamisha o'xshashliklarni va tafovutlarni aniqlashni ko'zda tutadi, ba'zan u tafovutning (turli) ma'nosini atayin bo'rttirib ko'rsatadi. "Bir xilda bo'la turib, ma'lum ma'noda, biroq faqat son jihatdan emas, balki yo ko'rinishi bo'yicha, yoki turi bo'yicha, yoki nisbatiga ko'ra (1) bir-

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

biriga o'xshash bo'lgan narsalami turli xil narsalar deya ataydilar (2), - deb yozadi u" [1, 158].

Qadimgi dunyo faylasuflarining hali endigina yuzaga kelayotgan komparativistik usulga murojaatining ikkinchi yo'nalishi shundan iboratki, bunda ular inson tafakkurining turli jabhalarida qo'llashga uringanlar. Xuddi o'sha, biz yuqorida e'tirof etgan kechki monizm tarafdorlari uning qo'llash sohasini to mantiq, etika, naturfalsafa, falsafiy va diniy-tasavvufona tasnifiga qadar kengaytirganlar. Arastu borasida so'z yuritadigan bo'lsak, unda komparativistik uslubni (hozircha usul sifatida) qo'llashi uni fanlar tasnifida, ya'ni fanlarning tizimiy o'rnini qiyosiy o'rganishda yaqqol aks etadi. Arastu fanlarning o'xshashligidan, umumiy jihatlarini belgilashdan boshlaydi, qiyosiy tahlildagi muayyan fikrlash tartibi sifatida o'xshashlikning o'rnini ifodalaydi, so'ngra fanlar orasidagi tafovutni aniqlaydi va oxir-oqibatda ularning ierarxiyasini belgilaydi.

Arastu "Qalb haqidagi risola"sida qiyoslash (taqqoslash)ning quyidagi tartibini: dastlab - izchillikdagi bayonini, so'ngra esa uning davrida tarqalgan barcha qalb tabiati to'g'risidagi ta'limotlarning asosiy tanqidlarini qo'llaydi.

Bunda u eng qadimgi yunon faylasuflarining o'zlari tomonidan aytilgan barcha g'oyalarni qiyoslaydi va tahlil qiladi [2]. Natijada risolaning turli boblarida u bayon qilgan ushbu faylasuflarning qalb haqidagi tushuncha shakllanadi. Arastu tomonidan qiyoslashning taxminan shunga o'xshash tartibi o'z o'tmishdoshlarining falsafiy qarashlarini tahlil qilishda va metafizika kabi, fizika, mantiq, ritorika, siyosat va h.k. kabi boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham qo'llaniladi.

Yuqoridagi keltirilgan komparativistik uslubning nazariy-metodologik asoslari qisqa ko'rinishda ko'rib chiqildi. Endigi bajaradigan vazifamiz, aynan antik davr mutafakkirlarining erkinlik to'g'risidagi qarashlarini komparativistik tahlildan o'tkazish sanaladi. Aytilganidek, bu usul antik davrda ham qo'llanilib, uning alohida nazariy ildizlari yaratilgan. Shunday ekan, o'sha davr erkinlik tushunchasini qiyosiy tahlildan o'tkazish qiyin kechmaydi.

Biz o'rganayotgan davrda erkinlikni ilk tasvirlari insonlar ongida shakllana borgan. Erkinlikni ilk tushunchasi qonun, polis, fuqaro tushunchalari bilan bog'langan. Ammo keyinchalik bu atama kengroq ko'lamga yoyilgan hamda unga bo'lgan munosabat o'zgarib, qiziqish ortib borgan. Erkinlik polis chegaralagan doiradan tashqariga chiqib, sof falsafiy tushunchaga sofistlar qo'lida aylangan. Uni inson bilan bog'lagan holda, unga polis qonunlaridan mustaqil ko'rinishda ham erishish mumkinligi haqidagi fikrlar ilgari surilgan.

Agar yunon mumtoz falsafasi vakili Suqrot fikrlarini undan oldin yashab o'tgan faylasuflar qarashlari bilan taqqoslasak, Suqrotning spesifik hech kimga

Scientific Journal Impact Factor

o'xshamagan yondashuvini ko'rishimiz mumkin. U ilk bora axloqiy tanlovni erkinlik sifatida qo'llaydi. Ya'ni avvalgidek inson faqat polis fuqarosi yoki hech qanday majburlovlarsiz ish ko'rishi orqali erkin hisoblanmay, axloq normalaridan chetga chiqmagan holda, faoliyat olib borishi orqali erkinligini aytib o'tgan. Erkinlik o'z xirslarini qondirish faoliyati emas, balki ana shu xirsdan voz kechgan holda, ezgulikka intilishdir.

Yana bir komparativistik tahlilni Suqrot va Aflotun qarashlarini solishtirganda ko'rish mumkin. O'zining falsafîy qarashlarining boshida Suqrotning fikrlariga qo'shilgan holda, inson qalbi o'z taqdirini erkin ravishda tanlaydi va unga hech qanday to'siqlar qo'yilmaydi hamda hech qanday aralashuvlar uni erkin tanlovini o'zgartirolmaydi. Qalb tanlovdan so'ng barcha xotiralarni unutib, o'sha tanlagan qismati bilan yashaydi. Suqrotning erkinlikka erishish to'g'risidagi fikrlarida Aflotun faylasuflargina unga yetishgan holda, soyalar olamidan chiqishlari mumkinligi haqida fikr yuritadi. Biroq faoliyatining so'nggi davrlarida Aflotun erkinlikka inson uchun zararli va kerak bo'lmagan narsa sifatida qaray boshlaydi. U o'zining "Davlat" [7] ida erkinlik inson qo'lida vayronkorlikka olib borishi to'g'risidagi salbiy fikrlarni ilgari suradi. Erkinlik faqat davlatga xosdir. Barcha davlat uchun xizmat qilishi darkor.

Arastu va Aflotun qarashlari tahlil qilinganda, ularning farqlarini anglash qiyin kechmaydi. Arastu Aflotunning fikrlarini yoshlik davrida yoqlaydi, ulardan ilhomlanadi, hayratlanadi. Ammo vaqtlar o'tib o'z ustozining kamchiliklarini anglab, o'z fikrini o'zgartirib boradi. U erkinlikni salbiy tusda ko'rmaydi, yana uni mavhumlik bilan ham bog'lamaydi. Erkinlik har bir insonda erkin faoliyat yuritish o'zboshimchalik bilan ifodalanadi. Inson ko'pincha aql bilan emas hissiyotlar, ehtiroslar bilan ish tutadi. Shunda uning erkin tanlovi yuzaga chiqadi. Mustaqil xatti-harakat qilar ekan, har bir faoliyatining keltirib chiqaruvchi oqibatlariga ham o'zi ma'suldir. O'zboshimchalik tagida qilmishlariga javobgarlik, ma'suliyat kabi faktorlarga ham bog'lanib ketadi. Har bir inson yo u, yoki bu qilmishni tanlash imkoniga ega va bu tanlovda u mustaqil. Tanlovining oqibatiga o'zidan boshqa hech kim javobgar emas. Ko'rinib turganidek, erkinlik Arastu yondashuvida determinizm bilan uyg'un holda keladi.

Neoplatonizm vakillari ijodida erkinlik o'ziga xos ko'rinish kasb etadi. Unda inson erkinligi haqida gap ketar ekan, u bir vaqtning o'zida ham erkin, ham erkin emas. Neoplatonchilar qarashlarini Suqrot, Aflotun va Arastu ishlari bilan solishtiradigan bo'lsak, bir tomondan barchasining sintezi, boshqa tomondan ularga umuman o'xshamagan yondashuvni guvohi bo'lamiz. Bunda, qiyosiy tahlil o'z ishining natijasini ko'rsatadi. Ular fikricha, insonlarning o'zi emas ularning qalblarigina erkin bo'lishi mumkin va mutlaq tugal erkinlik Yagonalikda [3] o'z

Scientific Journal Impact Factor

o'mini topadi. Е'йЫг beradigan bo'lsak, ulaгgacha bo'lgan faylasuflaMa absolyut eгkinlikka eгishish to'g'гisida so'z boгmaydi. Plotin va uning izdoshlari aynan absolyut eгkinlik Yagonalikda o'z aksini topishi hamda u insonga Yagonalikdan Aql, Qalb bosqichlari o^ali o'tishini ta'kidlydilaг. Biгoq inson tanasi eгkin bo'lolmaydi, chunki u tabiat va jamiyat qonunlaгiga bo'y sunishga majbur Aynan shu tomondan inson e^in emas. Lekin inson qalbiga quloq solib, moddiy dunyo lazzatlarini ortda qoldiгsagina eгkinlik hissini tuya oladi. Bu qarash^ ko'гinishi Suqratning гuhiy eгkinlik to'g'гisidagi fikrlaгi bilan aynanlashadi.

Mana eгkinlik fenomenini Ыг davming o'zida biг necha bor tгansfoгmatsiyaga uchraganini guvohi bo'ldik. Ushbu atamaning antik davr falsafasining yirik vakillaгini meгos qoldiгgan qimmatbaho qarashlarida o'zgaгib yangicha shakllaгga kiгishi keyingi paragraflarimizda kengгoq yoгitilgan.

Har bir ilmiy ishning zaminida ma'lum bir uslub va metodlar yotadi. Bulardan eng ko'p uchraydigan va ishni mazmunini ochishda yordam beradigan usul komparativistikadir. Uning tarixi bevosita antik davr bilan bog'lanadi. Shuning uchun ham ishimizda uning o'rni beqiyos. Qiyosiy tahlil yordamida asoslarni jamlab taqqoslagan holda, yangi bir xulosaga kelish mumkin. Erkinlik haqidagi qarashlarning farqlari va o'xshashliklari, ushbu atamaning vaqt davomida bir joyda qotib qolmay, zamon va makonga qarab o'zgarib borganini komparativistik analiz orqali anglab yetamiz.

Tadqiqot doirasida, ushbu tahlildan ijtimoiy-falsafiy tafakkurni kengaytirishda, monografiyalar, o'quv qo'llanmalarning tegishli bandlarini yozishda, mustaqil fikrni shakllantirishda, falsafa tarixiga, bilish nazariyasiga bo'lgan ijobiy munosabatni shakllantirishda foydalanish mumkin. Hozirgi kunda turli ta'limotlarni o'rganib, atroflicha tahlil qilib, zamonamiz talabiga binoan to'g'ri xulosa chiqarish va ulardan yoshlarimizni ilmiy-ma'naviy dunyoqarashlarini kengaytirishda, barkamol inson qilib yetishtirishda foydalanishda namoyon bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1. Аристотель. Сочинения. Т. 1. Метафизика. - М., 1976, - 158-159 б.

2. Аристотель. Сочинения. T. 1. О душе. - М., 1976 . Т. 2, 3, 4.

3. Берестов И.В. Свобода в философии Плотина. - СПб.: Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2007.

4. Брагин Г. М. Компаративистика в историко-философском исследовании: Проблема конституирования. - Екатеринбург, 1992; Петякшева Н. И. Философская компаративистика: Материалы к спецкурсу. - М., 2000.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

5. Можейко М.А. Свобода.//Новейший философский словарь: 3 - е изд., испр. Минск: Книжный Дом. 2003. с. 880.

6. Овсянников В. Г. Методология и опыт сравнительного анализа социального развития // Россия и Китай: Социальные и политические проблемы развития. - СПб., 2003. - 7-8 б.

7. Платон. Сочинения в четырех томах /Под общ. ред.А.Ф. Лосева, В.Ф. Асмуса. - СПб.:2007.

8. Raximdjanova D.S. Yunon mumtoz falsafasidagi Arastu falsafiy qarashlarida erkinlik fenomeni // ACADEMIC RESEARCh IN EDUCATIONAL SCIENCES. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723. VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021, ISSN: 2181-1385 Academic Research, Uzbekistan, February 2021

9. Raximdjanova D.S. Antik faylasuflar tomonidan erkinlik fenomenini turlicha talqin qilinishi // "Uchinchi renesans: ilm-fan va ta'lim taraqqiyoti istiqbollari" mavzusidagi №1-sonli ko'p tarmoqli, ilmiy onlayn konferensiya. ISSN 2181-1784, Uzbekistan: www.oriens.uz. 2021, January.

10. Sidorov I. H. Filosofiya tematicheskogo sravneniya: Problema yasnosti idei v ucheniyax Rene Dekarta i Charlza S.Pirsa // Komparativistika: Almanax sravnitelnix sotsiogumanitarnix issledovaniy. - SPb., 2001. - 78 b.

11. Smirnov L. V. Velikiy sheyx sufizma. - M., 1993. - S. 10.

12. Yaspers K. Duxovnaya situatsiya vremeni / Yaspers K. Smisl i naznachenie istorii. - M., 1991. - 288-419 b.

13. Masson-Oursel P. La philosophie compar?e. - Paris, 1923. - R. 55.

14. Rakhimdjanova D.S. Transformation and development of the phenomenon of freedom in ancient philosohy // International scientific journal "XII Global science and innovations 2021: Central Asia" Nur-Sultan, Kazakhstan February 2021.

15. Rakhimdjanova D.S. Aflotun qarashlarida erkinlik tushunchasining tasnifi // Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences. Scientific journal VOLUME 1 | ISSUE 1, ISSN 2181-1784 Tashkent, February 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.