Научная статья на тему 'ETNOGRAFIZMLAR HUDUD MAISHIY VA MADANIY HAYOTINING IN’IKOSI SIFATIDA'

ETNOGRAFIZMLAR HUDUD MAISHIY VA MADANIY HAYOTINING IN’IKOSI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

129
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnografik leksika / etnografik-dialektal leksika / chorva leksikasi / ethnographic lexicon / ethnographic-dialectal lexicon / livestock lexicon.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Zarnigor Shoyimqulova

Ushbu maqolada etnografizmlar haqida qisqacha fikr yuritildi.Surxondaryo vohasidagi dehqonchilik va chorvachilikka oid yetnografizmlarning leksik-semantik tabiati va lingvokulturologik tadqiqi haqida ma‟lumotlar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ETHNOGRAPHISM AS A REFLECTION OF THE DOMESTIC AND CULTURAL LIFE OF THE REGION

In this article, a brief discussion of ethnographies was given. Information was given about the lexical-semantic nature and linguistic-cultural research of ethnographisms related to agriculture and animal husbandry in the Surkhandarya oasis.

Текст научной работы на тему «ETNOGRAFIZMLAR HUDUD MAISHIY VA MADANIY HAYOTINING IN’IKOSI SIFATIDA»

ETNOGRAFIZMLAR HUDUD MAISHIY VA MADANIY HAYOTINING

IN'IKOSI SIFATIDA

Zarnigor Shoyimqulova

Termiz davlat universiteti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada etnografizmlar haqida qisqacha fikr yuritildi.Surxondaryo vohasidagi dehqonchilik va chorvachilikka oid yetnografizmlarning leksik-semantik tabiati va lingvokulturologik tadqiqi haqida ma'lumotlar berildi.

Kalit so'zlar: etnografik leksika, etnografik-dialektal leksika,chorva leksikasi.

ETHNOGRAPHISM AS A REFLECTION OF THE DOMESTIC AND CULTURAL LIFE OF THE REGION

ABSTRACT

In this article, a brief discussion of ethnographies was given. Information was given about the lexical-semantic nature and linguistic-cultural research of ethnographisms related to agriculture and animal husbandry in the Surkhandarya oasis.

Keywords: ethnographic lexicon, ethnographic-dialectal lexicon, livestock lexicon.

KIRISH

Til etnos hamda madaniyatning yaxlit tizim ekanligini isbotlagan zamonaviy tadqiqotlarning ilmiy tahlil va xulosalari, shuningdek, ularda o'rinli qo'llanilgan ilmiy-nazariy konsepsiyalarning mohiyati turkiy tillarning etnografik leksikasi, shu jumladan, Surxondaryo vohasidagi dehqonchilik va chorvachilikka oid ma'no mazmun-mohiyatini o'zida ifodalovchi dialektal etnografizmlarning leksik-semantik tabiati va lingvokulturologik tadqiqini amalga oshirishga ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy jihatlardan metodik va metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

Mustaqillik xalqimizga erkin va ozod yashash uchun, o'zining azaliy qadriyat, urf-odat, udumlarini saqlab, ularni yosh avlodga singdirish uchun katta imkoniyat va shart-sharoitlar eshigini ochdi. Chunki davlatimiz mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda yashayotgan barcha xalqlarning tili, moddiy hamda ma'naviy madaniyati, folklori,

March, 2023

309

madaniy fondini bezavol saqlab qolish, ularning madaniy va ma'naviy merosini yanada rivojlantirish, qadriyatlarini ilmiy asoslarda tadqiq va targ'ib etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kungacha tilshunos olimlar tomonidan yaratilgan ikki va ko'p tilli lug'atlar, shuningdek, izohli, etimologik va terminologik lug'atlarning yuzaga kelganligi, o'zbek tili shevalarining leksik, morfologik va fonetik xususiyatlarining atroflicha o'rganilganligi, o'zbek xalq shevalariga oid etnografik-dialektal leksikaning areal-hududiy xususiyatlarini mukammal talqin etib, ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy tahlil qilishga asosdir. Chunki dialektal leksika tarkibida xalq, urug' va qabilalarning turmush tarzi ko'rinishlarini ifodalovchi etnografik leksikaning o'ziga xos o'rni, mavqei, mohiyati va shu bilan birga ijtimoiy, ta'limiy-tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati ham bor. Etnografik leksika kattta hajmdagi leksik birliklarni o'zida jamlagan bo'lib, faqat uning bir bo'lagi - dehqonchilik va chorvachilik etnografizmlari hisoblanadi.

Shu bois Surxondaryo vohasida yashovchi xalqlarga xos asosiy moddiy va ma'naviy belgilarini madaniyatida saqlagan, uzoq davrlar mobaynida hududiy-areal xususiyatlar kasb etgan ushbu hududdagi dehqonchilik va chorvachilikka oid etnografizmlarining leksik-semantik tabiati va lingvomadaniy xususiyatlarini o'rganilayotgan joyga xos madaniy jarayon, madaniy makon, mentalitet, madaniy an'ana, madaniy meros va madaniy fond tushunchalariga tayanilgan holda tadqiq qilishning obyektiv zarurati sezilmoqdaki, ushbu masalani monografik tadqiqot sifatida o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Surxondaryo vohasida aholining asosiy mashg'uloti chorvachilik, dehqonchilik va qisman bog'dorchilik bo'lgan. Chorvachilikning asosini qo'y-qo'zi, ot va tuya tashkil qilgan. Mayda shohli chorva mollari mahalliy aholining kundalik hayotida asosiy iqtisodiy omil hisoblanadi. Otdan o'zoq qo'shni ovullarga borib kelishda transport vositasida foydalanishgan. Ayrim chorvadorlarda 80-100 tagacha tuya bo'lgan. To'ya ham aholining iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.

Etnik aralashish jarayonida o'zaro madaniyatlar almashib, iqtisodiy rivojlanish boshlanadi. Dehqonchilik, chorvachilik va qisman bog'dorchilik bilan shug'ullanuvchi aholi o'rtasida o'zaro tavar ayirboshlash XX asrning so'ngi choragigacha davom etadi. Qiziqarli tomoni shundaki doimiy ravishda chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan ayrim urug'lar, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan aholidan dehqonchilik sirlarini o'zlashtirib, dehqonchilikda yuqori natijaga erishmoqda.

March, 2023

310

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Haqiqatan, etnografizmlar hudud maishiy va madaniy hayotining in'ikosi bo'lib, qator jabhalarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Jumladan, kasb-hunar bilan bog'liq marosim nomlari ham shevalarda keng uchraydi. Qaysi kasb egasi bo'lmasin, qandaydir niyatda shu kasbni e'zozlab, nimadir qiladi. Masalan, dehqonchilik kasbi bilan shug'ullanuvchi shaxslar egishgä chysht', xirman toyi, toldi palav kabi marosimlarni o'tkazish bilan o'z tilidagi marosim leksikasi tarkibiga anchagina dialektizmlarni kiritadi.

Bundan tashqari, keyingi davrlarda davlatimiz tomonidan belgilangan kasb bayramlari ham shu kasb egalari orasida marosim sifatida shakllanib, adabiy dialektal xarakterdagi marosim nomlarining shakllanishiga zamin yaratdi. Shu o'rinda turli xil bazm va bayramlarni ifodalovchi atamalarga e'tibor qarataylik. Bunday dialektizmlar ham shevalar leksikasi tarkibida mavjud bo'lib, yerli aholi shevasida mustahkam o'rnashib qolgan. Ziyäpät - ziyofat, qarluq shevalari leksikasida gäp deb yuritiladi. Navro'z, hayit, yangi yil, mustaqillik bayramlari ham xalq shevalari leksikasidakeng qo'llanilib, ularga alohida tayyorgarlik ko'rilib, keng miqyosda o'tkaziladi.

O'zbek tilshunosligida etnografizmlar tahliliga bag'ishlangan tadqiqotlardan biri M.Kaxarovaning "O'zbek etnografizmlarining sistemaviy tadqiqi" mavzusidagi dissertatsiyasidir. Olima o'zbek tilidagi urf-odatlar, marosimlar bilan bog'liq tushunchalarni ma'lum mikromaydonga birlashtirish va ularni ma'no jihatdan tahlil qilish ahamiyatga ega ekanligini e'tirof etadi48 va muayyan maydonga mansub leksemalar o'z ichida yana bir necha mikromaydonga ajratilishini urf-odat mikromaydoni mazmuniy xususiyatlariga ko'ra dehqonchilik va chorvachilik mikromaydoni, motam marosimlari mikromaydoni, bayram marosimlari mikromaydoni, mehnat marosimlari mikromaydoni kabi maydonchalarga ajralishi asosida ko'rsatib bergan49. Tadqiqotchi til vositalarini ma'lum kichik guruhlarga ajratgan holda ularning xususiyatlarini yoritib berish ularning tuzilish asosini izchil tahlil qilishdagi muhim vosita ekanligini shu tarzda asoslab bergan.

Etnografizmlarning sistemaviy tadqiqiga bag'ishlangan M.Kaxarova nomzodlik dissertatsiyasining mazkur sohani tadqiq qilishda alohida o'rni borligini ta'kidlab o'tish joizdir. Tadqiqotchi sohaga oid ko'plab ishlar bilan tanishib chiqqan va o'z ilmiy ishida o'rinli tahlillarni amalga oshirgan. Etnografizmlarning til sistemasida tutgan o'rni xususida fikr yuritilar ekan, etnografizmlarning o'zbek umumleksikasidagi sohaviy leksika sifatida o'rganish muhimligi ta'kidlab o'tilgan. Shuningdek, o'zbek tilshunosligida til sistemasining maydon sifatida o'rganilish darajasi haqida so'z yuritilib, I.Qo'chqortoyev, A.Nurmonov, A.Abduazizov, H.Ne'matov, R.Rasulovlarning bu boradagi ishlari

e'tirof etilgan.

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Janubiy Surxondaryo viloyati etnografiyasi bo'yicha izlanishlar olib borgan N.Tursunovning tadqiqotida57 ham mazkur mavzuga qisqacha e'tibor berilgan.

Professor S.Ibrohimov fan texnika sohasida erishilgan yutuqlar ishlab chiqarish usulini tubdan o'zgartirib yuborganligini, o'tmishdan qolgan kustarchilikka - qo'l mehnati va sodda ishlab chiqarishga asoslangan ko'pgina tarmoqlar (to'qimachilik, temirchilik, duradgorlik, kulolchilik, zargarlik, chevarlik kabi) mexanizatsiyalashib, takomillashib borganligi sababli, ayrim kasblar (egarchilik, kavshdo'zlik, mahsido'zlik kabi) inqirozga yuz tutganligi va bularga doir qo'llanadigan til vositalari - professional leksika asta-sekin unutilganligi yoki unutilib borayotganligi - passiv dialektal qatlamga aylanganligi, endilikda buni o'rganish, saqlab qolish kechiktirib bo'lmaydigan dolzarb masala ekanligini ta'kidlagan. Akademik SH.Shoabdurahmonov ham shevaning, shuningdek,passiv,dialektal so'z qatlami deb qaraladigan vositalarning adabiy til taraqqiyotidagi ahamiyatiga yuqori baho bergan.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, bugungi kunda qo'l mehnati - kustarchilik va kasanachilikka hukumat darajasida alohida e'tibor berilayaptiki, bu mazkur sohalarning rivojlanishi bilan birga ularning leksikasini maxsus o'rganishga imkon yaratmoqda.

Mirqosim Abdiyev yuqoridagi g'oya bilan uyg'un quyidagicha fikr yuritgan: «O'lkamizda sho'rolar hokimiyati o'rnatilishi natijasida ishlab chiqarishni yoppasiga sanoatlashtirish bahonasi bilan, boshqa sohalarda bo'lganidek, hunarmandchilikda ham inqiroz boshlandi: bozorlarda, ko'cha-ko'yda, maydonlarda joylashgan kasb-hunarmandchilik rastalari, do'konlari yopildi, uy-joylarda yakka tartibda rivoj topib kelgan hunarmandchilik faoliyatlari to'xtatildi. Bu - kasb-hunarmandchilikka oid minglab til birliklari, jumladan, terminlar ham tarixga aylandi degan gap. ...Bunday maxsus til birliklarini to'plash va ularni lisoniy nuqtai nazardan tadqiq qilish, qator leksemalarning oydinlashuviga olib keladi» va bu haqdagi qarashlarini doktorlik ishida yana rivojlantirgan.

«Afsuski, hozirgi o'zbek adabiy tilimiz, - deb yozadi Bosim To'ychiyev, -yaylov, qishlov, o'tov, keraga kabi chorvachilikka doir bo'lgan ko'plab so'zlarni chetlab o'tdi. Hozirgi adabiy tilimiz bilan mumtoz tilimiz oralig'iga katta to'siq qo'yilganidek, bunday to'siqlar adabiy til bilan umumxalq tili hamda xalq og'zaki ijodi namunalari tili orasiga ham juda sezilmaydigan qilib qo'yildi. Natijada, adabiy tilimiz ularning ko'pchiligidan mahrum bo'lib qoldi». Shuningdek, muallif hozirgi o'zbek adabiy tili uch manbaga: 1) mumtoz til; 2) umumxalq tili; 3) xalq og'zaki ijodi - topishmoq, maqollar, iboralar, ertak va dostonlar tiliga

suyanishi kerakligini ham to'g'ri ta'kidlagan.

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Dehqonchilik va chorvachilikka oid leksik qatlamini, uning xususiyatlarini, lingvopoetikasi tadqiq qilishdan boshlash ilmiy va amaliy ahamiyatga molik ekanligi ta'kidlab o'tildi.

Chorvadorlar hayoti, yashash tarzi, mashg'ulotlari bilan bog'liq muomala vositalari, dunyoqarashi aks etgan badiiy asarlar, mahalliy matbuot, radio, televideniye axborotlari, ilmiy etnografik manbalar, folklor asarlari (doston, xalq kitoblari, terma, yor-yor, alla, motam-marosim qo'shiqlari, maqol-matal, hikmat, hadis, topishmoq, latifa, aforizm kabi) tilidan, baxshi, yor-yorchi, yallachi, laparchi, allachi, go'yanda, cho'pon, bakovul, roviylarning jonli aytishuvlari va muloqotlarida xususan, Hisor va Ko'hitang tog' tizmalarida joylashgan Sariosiyo, Denov, Boysun, Sherobod tumanlaridagi yuzdan ortiq dehqonchilik va chorvadorlikka qo'llanadigan etnografizm materiallarning tahlil natijalari tahlil qilindi.

REFERENCES

1. Shoabdurahmonov SH. O'zbek shevalarida leksik moslik va ularning adabiy tilga munosabati («O'zbek shevalari leksikasi»). - T.: Fan, 1966. - B. 16-17;

2. Shoabdurahmonov SH. O'zbek adabiy tili va o'zbek xalq shevalari. - T.: Fan, 1962. -B. 202-205.

3. Abdiyev M. Ko'rsatilgan dissertatsiya avtoreferati. - B. 14-15.

4. To'ychiyev B. Yaylov, qishlov, keraga va oltin so'zlarining shakllanishi // O'zbek tili va adabiyoti, 2000, №3, - B. 68.

XULOSA

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.