Научная статья на тему 'SURXONDARYO DEHQONCHILIK ETNOGRAFIZMLARINING LEKSIKSEMANTIK TAHLILI'

SURXONDARYO DEHQONCHILIK ETNOGRAFIZMLARINING LEKSIKSEMANTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

191
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnografizm / etnoleksemalar / etnografik tadqiqotlar / dehqonchilik etnografizmlarining tiplari / urf-odatlar. / ethnography / ethnolexemes / ethnographic studies / types of agricultural ethnography / traditions.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Zarnigor Shoyimqulova

Maqolada etnografizmlar va uning talqini masalasi va Surxondaryo dehqonchilik etnografizmlari leksik-semantik tahlil qilingan. Etnografizmlarni tadqiq etish bilan bog‟liq ishlar o‟rganilgan. Shuningdek, voha aholisining nutqidagi o‟ziga xos bo‟lgan va muomilada kam sonli aholi tomonidan ishlatilayotgan etnoleksik birliklar tadqiq etilgan. Xususan, dehqonchilik bilan bog‟liq etnografizmlar tiplarga bo‟linib tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the article, the issue of ethnographies and its interpretation and the lexicalsemantic analysis of agricultural ethnographies of Surkhandarya are analyzed. The works related to the research of ethnographisms have been studied. Also, ethnolexical units in the speech of the oasis residents, which are unique and used by a small number of residents in communication, were researched. In particular, ethnographies related to farming were studied by type.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO DEHQONCHILIK ETNOGRAFIZMLARINING LEKSIKSEMANTIK TAHLILI»

SURXONDARYO DEHQONCHILIK ETNOGRAFIZMLARINING LEKSIK-

SEMANTIK TAHLILI

Zarnigor Shoyimqulova

Termiz davlat universiteti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada etnografizmlar va uning talqini masalasi va Surxondaryo dehqonchilik etnografizmlari leksik-semantik tahlil qilingan. Etnografizmlarni tadqiq etish bilan bog'liq ishlar o'rganilgan. Shuningdek, voha aholisining nutqidagi o'ziga xos bo'lgan va muomilada kam sonli aholi tomonidan ishlatilayotgan etnoleksik birliklar tadqiq etilgan. Xususan, dehqonchilik bilan bog'liq etnografizmlar tiplarga bo'linib tadqiq etilgan.

Tayanch so'zlar: etnografizm, etnoleksemalar, etnografik tadqiqotlar, dehqonchilik etnografizmlarining tiplari, urf-odatlar.

ABSTRACT

In the article, the issue of ethnographies and its interpretation and the lexical-semantic analysis of agricultural ethnographies of Surkhandarya are analyzed. The works related to the research of ethnographisms have been studied. Also, ethnolexical units in the speech of the oasis residents, which are unique and used by a small number of residents in communication, were researched. In particular, ethnographies related to farming were studied by type.

Keywords: ethnography, ethnolexemes, ethnographic studies, types of agricultural ethnography, traditions.

KIRISH

Zamonaviy tilshunosligimizda alohida tadqiq obyekti sifatida o'rganilayotgan yangi yo'nalishlarda yuzaga kelgan ilmiy tadqiqotlar shu fanlar uchun yangi g'oyalarga asos bolib xizmat qiladi. O'zbek tilining barcha qatlamlari qatori leksikada ham yetarlicha tadqiqotlar olib borilgan. Etnografik tadqiqotlarda o'zbek tilining leksik sathiga turlicha nuqtayi nazardan yondashilgan. Leksik sathimizda shunday so'zlar borki, ular xalqimizga xos bo'lgan milliy madaniyatni, o'ziga xos mentalitetni aks ettiradi. "Agar zudlik bilan keksa avlod nutqida saqlanib kelayotgan noyob so'z va iboralar yig'ib olinmasa, barcha mas'ulyatni o'z zimmamga olib aytamanki, ular

March, 2023

452

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

hofizasidagi bir qism dialektizmlar umuman yo'qolib ketishi mumkin", degan edi akademik Sh.Shoabdurahmonov. Olimning aytgan fikri bugun ham ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Shu jihatdan biz ham tadqiqotimizda o'zbek milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi etno-leksik manbalarni o'rganishga e'tibor qaratdik.

O'zbek xalqining ko'p asrlik hayoti, madaniyati, turmushi, ijtimoiy va ma'naviy faoliyati bilan bog'liq bo'lgan va shu jarayonda yaratilgan har bir marosim, an'ana, udum va e'tiqodlarga oid so'z va terminlar borki, ular o'zbek tilinang lug'at tarkibida ma'lum leksik guruhni tashkil etadi. Bunday so'zlar guruhi o'zbek tilshunosligada "etnografik leksika ", "etnografik dialektizmlar", "etnografizmlar" kabi terminlar bilan nomlanib kelinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Izohli lug'atlar tarkibida xalqimiz turmush tarzi, madaniyatini aks ettiruvchi leksemalar ko'p bo'lsa-da, etnografizm sifatida izohlangan lug'aviy birliklar kamchilikni tashkil qiladi. Bunga bir qancha omillarni keltirish mumkin. Eng asosiysi, millatimizga xos bo'lgan urf-odatlar, an'analar; etnosning shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan sohalar (kasblar, turli tarmoqlar); kundalik etnomadaniy hayotimizni ifodalovchi predmet nomlari lingvistik aspektda chuqur o'rganilmaganidir. Bu esa lug'atlarda etnoleksemalarni berish va izohlashda bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Etnolingvistika tilshunoslikning nisbatan yangi yo'nalishi, unda tilning madaniyat bilan bog'liq holda shakllanishi, rivojlanishidagi lingvistik, etnik-madaniy, etno-psixologik omillarning o'zaro bog'liqligi va munosabatlari o'rganiladi. N.I.Tolstoy etnolingvistika haqida fikr bildira turib "kengroq ma'noda tadqiqotchini til va madaniyat, til va xalq mentaliteti, til va xalq san'ati, ularning o'zaro bog'liqligi va turli xil yozishmalarning o'zaro aloqalarini ko'rib chiqishga yo'naltiruvchi tilshunoslikdagi yo'nalish"- deydi. Uning ta'kidlashicha, etnolingvistikaning maqsadi dunyo xalqlarining folklor manzarasi, stereotiplarini ochib berishdir. Qozoq olimi E.Janpeisov shunday yozadi: "Etnolingvistika mohiyati va tabiati bo'yicha umumiy tarixiy kategoriya. Chunki u nafaqat etnik guruhning hozirgi holati, balki uning o'tmishi haqida ham o'ylaydi. Etnoslarning o'tmishi etnik-madaniy lug'atda to'liq va aniq aks ettirilgan" A.V.Kalinin "Etnografik dialektizmlar - bu mahalliy narsalarning mahalliy nomidir" - deb yozadi. Biror sheva vakilining o'ziga xos turmush va mehnat faoliyati bilan bog'langan so'zlar to'dasini M.Shanskiy ham "etnografik dialektizmlar "yoki "etnografizm" termini bilan bog'laydi.O.A.Nechaeva ham mahalliy shevaga xos bo'lgan bu xil qatlamni "etnografizm"- deb

ataydi.

March, 2023

ISSN: 2181-1З85 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: l,9 j ASI: 1,З j SJIF: 5,77l j UIF: 6,l

MUHOKAMALAR

Etnik aralashish jarayonida o'zaro madaniyatlar almashib, iqtisodiy rivojlanish boshlanadi. Dehqonchilik, chorvachilik va qisman bog'dorchilik bilan shug'ullanuvchi aholi o'rtasida o'zaro tavar ayirboshlash XX asrning so'ngi choragigacha davom etadi. Qiziqarli tomoni shundaki doimiy ravishda chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan ayrim urug'lar, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan aholidan dehqonchilik sirlarini o'zlashtirib, dehqonchilikda yuqori natijaga erishadi.

Haqiqatan, etnografizmlar hudud maishiy va madaniy hayotining in'ikosi bo'lib, qator jabhalarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Jumladan, kasb-hunar bilan bog'liq marosim nomlari ham shevalarda keng uchraydi. Qaysi kasb egasi bo'lmasin, qandaydir niyatda shu kasbni e'zozlab, nimadir qiladi. Masalan, dehqonchilik kasbi bilan shug'ullanuvchi shaxslar egishgä cho'shti, xirman toyi, toldi palav kabi marosimlarni o'tkazish bilan o'z tilidagi marosim leksikasi tarkibiga anchagina dialektizmlarni kiritadi.

Bundan tashqari, keyingi davrlarda davlatimiz tomonidan belgilangan kasb bayramlari ham shu kasb egalari orasida marosim sifatida shakllanib, adabiy dialektal xarakterdagi marosim nomlarining shakllanishiga zamin yaratdi. Shu o'rinda turli xil bazm va bayramlarni ifodalovchi atamalarga e'tibor qarataylik. Bunday dialektizmlar ham shevalar leksikasi tarkibida mavjud bo'lib, yerli aholi shevasida mustahkam o'rnashib qolgan. Ziyäpät - ziyofat, qarluq shevalari leksikasida gäp deb yuritiladi. Navro'z, hayit, yangi yil, mustaqillik bayramlari ham xalq shevalari leksikasida keng qo'llanilib, ularga alohida tayyorgarlik ko'rilib, keng miqyosda o'tkaziladi.

Etnografizmlarning shakllanishida tub va yasama so'zlardan yasalgan etnografizmlarga nisbatan so'z qo'shish usuli asosida paydo bo'lgan etnografizmlar ancha ko'p va turlicha ekanligi ko'zga tashlanadi. Urf-odat va dasturlar bilan bog'liq tushunchalarni ifodalashda «ot-ot», «ot-fe'l» tipidagi qo'shma atamalar katta ahamiyatga ega. «Ot va fe'l» shaklidagi otlarning turli grammatik shakllarda kelishiga ko'ra ular, tushum kelishigidagi ot va fe'l, jo'nalish kelishigi shaklidagi ot va fe'l hamda chiqish kelishigi shaklidagi ot va fe'l turi deya uchga bo'lib o'rganildi.

Moddiy madaniy etnografizmlar xalqning qadimiy yashash tarzi, tirikchiligi bilan aloqador, bevosita ishlab chiqarishning moddiy ko'rinishida namoyon bo'ladi. Shu jarayonda hosil bo'lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ish qurollari, zargarlik buyumlari, turli predmetlar bilan bir qatorda unga aloqador urf-odatlar, an'analar, irim-sirimlar ham kiradi. Xususan, etnografizmlar tematikasi ko'lamini belgilash eng muhim omillardan biri sanaladi. Besh jildli izohli lug'atda

izohlangan etnografizmlar, asosan, bevosita yoki bilvosita din

March, 2023

(e'tiqod) bilan bog'liq marosim nomlari (to'y, aza va ular bilan aloqador urf-odatlar, irim-sirimlar) va tushunchalar hisoblanadi.

Etnografizm sifatida moddiy madaniyatimizni belgilovchi birlik nomlari qisman uchraydi. Dehqonchilik bilan bog'liq etnografizmlarni quyidagi kichik tematik guruhlarga bo'lishimiz mumkin:

1) ish qurollari nomini ifodalovchi etnografizmlar: dulob,kurak,omoch, do'l,keli, bo'yinturug', tirkish, mola, tish, arqon, qop, shoxa, g'albir, chig'il, surug', pushta, xo'rjin, o'q;

2) oziq-ovqat va milliy taom nomlarini ifodalovchi etnografizmlar; gilagay, chakki, g'ulun, qag'anoq, kuvi-guppi, do'rda, atala, ko'ksomsa, chuchvara, yupqa, to'ntarma, kesgan osh, o'moch osh, tobanon, shirguruch;

3) dehqonchilik bilan bog'liq urf-odatlarni ifodalovchi etnografizmlar: shoxmoylar, darveshona, loy tutish, tulki qochdi, galagov, xo'ppi, tob tortmoq;

Etnografizmlar til sathining qadimiy leksik qatlami, ularning ma'nosini izohlash asosiy muammo sanaladi. Chunki hududiy etnografik dialektizmlar etnografik jarayonlarning funksional-semantik xususiyatiga ko'ra qisman yoki to'liq farqliligi, ilm-fan, texnikaning rivojlanishi natijasida shu faoliyat turining arxaiklashuvi tufayli til egalarining barchasi uchun ham tushunarli bo'lavermasligi mumkin. Bu esa etnografizmlarda mavjud informatsiya (xabar, ma'lumot)ni to'liq izohlashni talab qiladi. Etnografizmlarni tahlil qilish jarayonida uning tag zamiriga e'tibor bergan holda tahlil qilishga harakat qilindi. Dehqonchilik bolan bog'liq etnografizmlarni o'rganish jarayonida ularni tematik jihatdan bo'lib tahlil qilindi. Xususan, ish qurollarini ifodalovchi etnografizmlarni oladigan bo'lsak,aholi orasida keng muomalada bo'lgan va hozirda muomaladan chiqayotgan so'zlarni ham uchratishimiz mumkin.

Masalan: KURAK-yong'oq,tut,tol daraxtlaridan tayyoralgan bug'doy yanchadigan asbob hisoblanadi.

KERKA - qattiq, belkuraklar kuchi yetmaydigan yerni kovlash uchun ishlatiladigan mehnat quroli.

DO'L - bug'doy solinadigan jihoz

MOLA - haydalgan yerning kesaklarini maydalab tekislash va zichlash uchun ishlatiladigan qishloq xo'jalik asbobi, boronaning yog'ochdan yasalgan jaydari turi.

Dehqonchilik bilan bog'liq etnografizmlarning oziq-ovqat,milliy nomini taomlarni ifodalovchi etnografizmlarni keltirish jarayonida aholining leksikasida hozirda muomalada yo'q bo'lgan etnografizmlarni uchratishimiz mumkin. Dehqonchilik mahsulotlaridan taomlar tayyorlash keng rivojlangan bo'lib,o'z davrida o'simliklardan tayyorlanadigan

March, 2023

455

ISSN: 2181-1З85 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,З j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

taomlari xilma-xilligi bilan o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan. Arpa un, jo'xori un,bug'doy un,makkajo'xori unlaridan turli xildagi nonlar hamda taomlar tayyorlangan.

BODROQ HOLVA - jo'xorini qovurib, shakarga aralashtirib tayyorlangan holva turi.

DUMBUL SHO'RVA - makkajo'xorini dumbuli sutli vaqtida sho'rvaga solingani.

DO'RDA - xom va pishgan qaymoq qozonda kuydirilgani tayyorlanadigan

taom.

Surxon vohasida "YUPQA" bug'doy unidan tayyorlangan. Yupqa uchun tayyorlangan tayyorlangan xamir shaftoli kattaligida bo'lakchalarga bo'linib, bo'lakcha xamirlarga un sepib, xamir yupqa qilib yoyiladi. Pishirishdan oldin yupqalardan un qoqib tashlanadi, qozon ichki devorlari ozgina yog'lanib, qizdiriladi. Avval birinchi yupqaning ikki tomoni ypoliadi, so'ngra unung ustiga ikkinchi yupqa qo'yiladi va qozonning qizigan yuzasiga ag'dariladi.

UMOCH OSH - elangan un idishga solinib,unga oz-ozdan sho'r suv sepilib, bug'doy donlaridek bo'lgunga qadar idishda qo'l bilan ishqalanadi. So'ngra ular elab undan ajratib olinib qaynab turgan suvga solib, yana qaynatiladi. Qatiq kuyib ketmasligi uchun biroz sovutilgach, u bilan aralashtirilib iste'mol qilinadi.

Bu etnografizmlar hozirda ham Surxondaryo viloyati qishloq aholisi nutqida uchraydigan, qadimiy leksik qatlamida saqlanib,biroq muamaladan chiqayotgan so'zlardir.

Har bir millat madaniyatini uning urf-odat,an'ana va qadriyatlaridan ajratgan holda tasavvur etib bo'lmaydi.Surxondaryo hududi qadimdan madaniyat va san'at o'choqlaridan biri bo'lib kelgan.Vohada dehqonchilik bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina urf-odat, irim-sirimlar borki, ular o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.

BOBODEHQON - to'g'ri so'z, birovining haqidan hazar qiladigan, halol mehnat bilan yashaydigan dehqonlarning hosiliga qut beradigan dehqonchilikning piri hisoblangan.

Voha aholisi dehqonchilik qilishda kunning "o'ng" yoki "chap" ligiga,"xosiyatli" yoki "xosiyatsiz' li bo'lishiga katta e'tibor qaratganlar. Ota-bobolarimiz qadimdan hafta kunlariga bog'liq bo'lgan shunday dastur-amallar yaratganlarki, bu manbalarda xar bir kunida qanday ishlarni qilish mumkinligi yoki mumkin emasligi ko'rsatib o'tilgan.

LOY TUTISH- Vohada dastlab ekin ekishdan avval ariq,shox ariqlar hamda kanallar qazilgan.Shu vaqtda

dehqonchilik marosimlaridan biri "Loy tutish"marosimi

March, 2023

o'tkazilgan.Bunda ariq qaziyotgan odamlar oldidan biror yo'lovchi o'tib qolsa, o'tayotgan yo'lovchiga ariq qaziyotgan odamlardan bittasi bel yoki ketmonda loy tutishgan. Yo'lovchi tutilgan loyni uzatilgan asbobi bilan birga olishi shart bo'lgan, shu jarayonda yo'lovchi o'zining birinta hunarini ko'rsatib, vaziyatdan chiqib ketishi mumkin bo'lgan. Xususan,baxshi dostondan terma kuylashi, hofiz qo'shiq aytishi, hunarmand esa ariq qazuvchilarning asbobini ta'mirlab berishi lozim bo'lgan. Agarda bu holatdan chiqib keta olmasa,ariq qazuvchilarni mehmon qilishi yoki ular tomonidan ko'rsatilgan ariqni tozalab berishi lozim bo'lga.

Navro'z bayrami arafasida "Yil boshi oshi","Yil ayrilish oshi " marosimi o'tkazilagan. Bu marosimni "Darveshona" deb ham atashgan. Yoshi ulug' keksalar bir kunni belgilashib,qishloq ahlini oshga chaqirganlar. Yoshi ulug' keksalarimiz bunday nomlanishiga quydagicha izoh berishgan: "darveshlar bir yerga yig'ilishganida yana bir bor salomat ko'rishib turishgani uchun bir-birlarini qutlashgan va shuni nishonlaganlar. Olloh bergan ne'matlariga shukronalik keltirganlar. "Shuning uchun ham har yangi yil boshida osh qilib, dasturxon yozib, aholi bir-birlarini ko'rib xuddi darveshlardek qutlaydilar.

SHOXMOYLAR - Ekin ekishning ilk kuni dalaga qo'sh chiqarish "Shoxmoylar" udumi bo'ib, dehqonchilik kasbiga oid eng muhim marosimlardan biri hisoblanadi. Chunki dehqonchilikka aloqador marosimlarning deyarli barchasi mazkur udum yo'l ochib beradi,bu marosimga qishloq aholisining barchasi ishtirok etgan. "Shohmoylar"udmi erta bahorda asosan Navro'z kunlari o'tkazilib,dehqonchilik taqvimiga asosan dushanba,chorshanba yoki juma kunlaridan biriga to'g'ri kelishi lozim bo'lgan. Marosim o'tkaziladigan joyda qishloq ahli tomonidan pishirib kelingan tanavul qilingan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, etnografizmlar qo'llangan asarning milliy ruhi, poetik kuchi, estetik ta'sirchanligi kuchli bo'ladi. Ular vositasida ma'lum bir xalqning milliy o'zligi aks ettiriladi. O'sha xalqning madaniyatiga hurmat ko'rsatish tuyg'ulari targ'ib etiladi. Etnografizmlar obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi muhim leksik vositalardan biri sanaladi. Kelib chiqishi jihatidan har biri o'ziga xos tarixga ega bo'lib, aksariyati qadimiyligi bilan e'tiborni tortadi. Yosh kelajak avlodlarni o'z ajdodlarining qadriyatlarini e'zozlashga o'rgatib kelingan.Bu qadimiy urf-odatlar,irim sirimlar voha aholisining qishloq hududlarida saqlanib qolgan. Shundan kelib chiqib ularning leksik-semantik xususiyatlarini o'rganilishi,o'zbek tili etnografizmlarining boyish manbasi hisoblanadi. Surxondaryo aholisi dehqonchilik bilan bog'liq

March, 2023

457

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

e'tiqodlari, marosimlari, urf-odatalari hamda irim-sirimlari ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan. Surxon vohasining dehqonchilikka oid etnografizmlarini o'rganish jarayonida bu marosimlarni hozirda kam o'tkazilayotganini hisobga olib,ularni o'rganish,yozib olish va kelgusi avlodlarga yetkazib berish juda muhim.

REFERENCES

1. Amonturdiyev N.R. Surxondaryo etnografizmlarining lyeksikografik xususiyatlari. Fil. fan. bo'yicha fals.dok. (PhD) dis. -Termiz, 2021.

2. Allayarova, S. (2017). Germenevtika. O'quv qo'llanma.

3. Dala yozuvlari 1997-2003-yillar Denov, Oltinsoy, Qumqo'rg'on, Sho'rchi, Sariosiyo tumanlari

4. Dala yozuvlari. 1990-yil Oltinsoy tumani Jobu qishlog'i

5. Жанпеисов E. H. Этнокультурная лексика казахского языка. Автореф. дисс. докт. фил. наук. Алма-Ата, 1990

6. Omonturdiyev A., Rahmonov B. Surxondaryo dialektal-etnografik maqollarining izohli lug'ati. Toshkent, 2019.

7. Qosimova R. O'zbek to'y va motam marosim folklori matnlarining inglizcha tarjimasida etnografizmlarning berilishi. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dis. -Toshkent, 2018.

8. Reshetov V.V., Shoabdurahmonov SH. O'zbek dialektologiyasi. Toshkent, 1978.

9. SHoabdurahmonov SH. O'zbek adabiy tili va o'zbek xalq shevalari. -Toshkent,

10. Usmonova Sh. Lingvokulturologiya -Toshkent, 2019.

11. Qosimova R. O'zbek to'y va motam marosim folklori matnlarining inglizcha tarjimasida etnografizmlarning berilishi: Fil.fan.bo'yicha fals.dok. (PhD) dis. -Toshkent, 2018.

12. Нечаева О.А. Этнографическая лексика как источник обогащения русского литературного языка II Развитие литературных языков народов Сибири в Советскую эпоху. -Улан-Удэ, 1965.

13. Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. -Toshkent, 2019.

1962.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.