Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-268-272
QASHQADARYO VA SURXONDARYO QIPCHOQ DIALEKT VA
ETNOGRAFIZMLARINI YAXLIT O'RGANISH MUAMMOLARI
B. A. Rahmonov
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Bilamizki, yurtimizda ilk rennesans davrida, til va adabiyot ancha rivojlandi. Respublikamiz hududlarining turli joylarida har xil shevaga xos so'zlar shakllana boshladi. Ushbu maqolada Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatining dialekt va etnografizmlarini yaxlit o'rganish va uning muammolari haiqda so'z borgan.
Kalit so'zlar: Dialekt, lingvokultrologiya, etnolingvistika, sheva, lahja.
ABSTRACT
We know that during the first Renaissance in our country, language and literature developed significantly. Different dialects began to appear in all regions of the country. This article deals with the integrated study of dialects and ethnography of Surkhandarya and Kashkadarya regions and its problems.
Keywords: Dialect, lingvokultrologiya, ethnolinguistics, "sheva", "lahja".
KIRISH
Bugungi zamonaviy tilshunoslikda quyidagi sohalar ustuvor va dolzarb bo'lib turibdi. Bular: psixolingvistika, antropolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika va lingvokultrologiya sohalaridir. Dialekt va etnografizmlarni keng ko'lamda ilmiy asosda o'rganish bevosita etnolingvistika va lingvokultrologiya yo'nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlarning samaradorligiga ham bog'liq. Sababi, hozirda dialekt va etnografizmlarni etnolingvistik va lingvomadaniy aspektda o'rganish muhim tadqiqot zaruriyati bo'lib turibdi.
O'zbek tili boshqa turkiy tillardan ko'p shevaliligi bilan farqlanadi. Prof. Y.D.Polivanov asrimiz birinchi choragidayoq o'zbek tili o'zining ko'p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishi haqida o'zining ilmiy ishlarida ma'lumot bergan edi1. O'zbek shevalari o'zbek tilining mahalliy ko'rinishlari bo'lib, uni o'rganish fan uchun nazariy ahamiyat kasb etsa, bo'lajak til va adabiyot o'qituvchisi
:Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O'zbek dialektologiyasi. T.: O'qituvchi,1978.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 268 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-268-272
uchun amaliy ahamiyatga molikdir. Hozirgi zamon jonli sheva va etnografizmlari yozma yodgorliklarda, shuningdek, hozirgi adabiy tilimizda ham uchramaydigan ko'pgina so'z va so'z formalari, lug'aviy birliklami o'zida saqlab qolganki, ularni asosli ravishda o'rganish tilning uzoq zamonlardagi holatini aniqlashda yordam beradi2.
"Agar zudlik bilan keksa avlod nutqida saqlanib kelayotgan noyob so'z va iboralar zudlik bilan yig'ib olinmasa, barcha ma'sulyatni o'z zimmamga olib aytamanki, ular hofizasidagi bir qism dialektizmlar umuman yo'qolib ketishi
"5
mumkin", degan edi akademik Sh.Shoabdurahmonov. Olimning aytgan fikri bugun ham ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Bizga ma'lumki, o'zbek tili qarluq, qipchoq, o'g'uz lahjalariga ajratiladi. Bu lahjalar leksik, morfologik, fonetik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Qipchoq lahjasi, asosan, "j" lovchi va "a"lovchi hisoblanadi. Qipchoq lahjasi hududiy jihatdan Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarini o'z ichiga oladi. Qipchoq shevasini A.SHermatov, T.Nafasov, A.Jo'rayev, A.Mamatqulov, A.Ishayev, A.Nosirov, Sh.Muhammadjonov, Q.Mamayev, S.Rahimov kabi olimlar o'rgangan. Ular o'z ilmiy izlanishlari orqali qipchoq lahjasining o'ziga xos xususiyatlarini yoritib bergan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Biz Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati shevalarini o'rganib shunga amin bo'ldikki, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Yakkabog', Chiroqchi tumanlarida yashovchi aholi shevasi bilan Surxondaryo viloyati aholisi Jarqo'rg'on, Qiziriq, Qumqo'rg'on shevasida o'xshashlik juda ko'p. Bunga sabablardan biri hududiy yaqinlik bo'lsa, yana bir sabab doimiy qarindoshlik aloqalari va tumush tarzidagi o'xshashlik hisoblanadi.
Kuzatishlar va o'rganishlar natijasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati etnografizmlarini quyidagi tematik guruhlarga bo'lish mumkin:
1) milliy urf-odatlar, marosimlar, an'analar va qadriyatlarning nomlarini anglatuvchi etnografizmlar: oshxudayi, darvishona, xatim, pitro'za, dangana, toqson kirsa, to 'rg 'ay qadamicha kun uzayar;
2) urug'-qabila nomlarini bildiruvchi etnografizmlar: tortuvli, qo'ldovli,
oboxli,saroyi,qoraqasmoq,kal, ko'sa, rayimto'da, arab, mo'nkaovul kabi;
2Rahimov S. Surxondaryo o'zbek shevalari lug'ati. Toshkent, 1995.
3 SHoabdurahmonov SH. O'zbek adabiy tili va o'zbek xalq shevalari. Toshkent, 1962.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 269 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-268-272
3) oziq-ovqat va uy-ro'zg'or buyumlari nomlarini anglatuvchi etnografizmlar: jalama, nonbosti, tondirgo'sht, shirkadi, piyoba, yaxna, cho'poncha, lochiri, jupqa, nonto'shama, g'ilmindi, chopqi, daskala, juvaldiz va boshqalar;
4) kiyim-kechak hamda taqinchoq nomlarini bildiruvchi etnografizmlar: charchi, lachak, kurta, massi, digdika, ciroz, so'zana, mo'kki;
5) chorvachilik va dehqonchilik bilan bog'liq etnografizmlar: to'l, to'la, uvuz, gilagay, qog'anoq, ko'nargi, tomizg'i, uyutma, iydirma, enchi, chagana, kuvi(kubi), tuvcha, to'xli, shishak, chibich, boyidi.
TADQIQOT NATIJALARI
Quyidagi jadval orqali Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qo'llaniladigan dialekt va etnografizmlarning o'xshashligini ko'rish mumkin.
Qashqadaryo viloyatida qo'llaniladigan Surxondaryo viloyatida qo'llaniladigan
dialekt va etnografizmlar (B.Jo'rayev dialekt va etnografizmlar (S.Rahimov
"Yuqori Qashqadaryo o'zbek shevalari" "Surxondaryo o'zbek shevalari lug'ati"
kitobi asosida) kitobi asosida)
shibirdamoq - pichirlamoq shibirdamoq - pichirlamoq
shirvoz - emadigan (hali sutdan shirboz - olti oylik sutdan ayrilmagan
ayrilmagan qo 'zi) qo 'zi;
Shirbirich - shirguruch (sutda shirbirich - sutda pishirilgan guruch;
pishiriladi)
ovloq—pana, chekka joy ovloq—pana, chekka joy
chunoq - xasis chunoq - xasis
chinoq - qulog 'i kertik mol chinoq - qulog 'i kertik mol
ayna - murojaat uchun ishlatiladigan ayna - murojaat uchun ishlatiladigan
so 'z so 'z
oyg 'oq - shatta, janjalkash ayg 'aq - shatta, janjalkash
ural - boshning tarki birikkan joyda ural - boshning tarki birikkan joyda
o 'sgan kokil o 'sgan kokil
alag 'alay - qandaydir, allaqanday alag 'alay - qandaydir, allaqanday
aptap - quyosh aptap - quyosh
chuvoq - issiq chuvaq - issiq
atqamar - uch tomoni berk joy atqamar - uch tomoni berk joy
oxmoy - paxta yog 'i axmay - paxta yog 'i
arqayin - bamaylixotir arqayin - bamaylixotir
ottaba - oftoba attaba - oftoba
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-268-272
tutandiriq - quruq o'tin tutantiriq - quruq o'tin
Uvuz - yangi tug'gan mol suti uvuz - yangi tug 'gan mol suti
uchunmoq - qo 'rqmoq uchunmoq - qo 'rqmoq
to'rsalak - lo 'ppi, semiz to 'rsalak - lo 'ppi, semiz
tuyato 'pon -sabziga o 'xshagan yovvoyi tuyato 'pon - sabziga o 'xshagan yovvoyi
o'simlik o 'simlik
to 'bal - qashqa to 'bal - qashqa
allamchi - aldoqchi, yolg 'onchi allamchi - aldoqchi, yolg 'onchi
taxtay - sabzi to 'g 'raydigan taxtacha taxtay - sabzi to 'g 'raydigan taxtacha
boybicha -xotin-qizlarga murojaat baybicha - baycha, xotin-qizlarga murojaat
baqimti - qo 'ldan kelgancha baqimti - qo 'ldan kelgancha
tobaq - milliy kurashda polvonlar tabaq - milliy kurashda polvonlar
uchun qo 'yiladigan sovrin uchun qo 'yiladigan sovrin
berman-narman - nari-beri berman-narman - nari-beri
siyirmoq - shilmoq siyirmoq - shilmoq
vo 'pka - hovliqma vo 'pka - hovliqma
boyinsa - tengqur boyinsa - tengqur
siyir - sigir siyir - sigir
Kuzatishlar jarayonida Qashqadaryo va Surxondaryo "j" lovchi shevalari leksik va fonetik sathida tojik tili ta'siri sezilarli ekanligini ko'rish mumkin. Bu o'ziga xoslik Yakkabog', Dehqonobod Sariosiyo, Denov va Boysun shevalari da yaqqol ko'zga tashlanadi.. Bu shevaga xos xusussiyatlardan biri ular "o„" va "i" tovushlarini cho'zib talaffuz qiladi. Masalan, jilon, jo'l, jilamoq so'zlarida "o„"va "i" tovushlari cho'ziq hamda urg'u bilan aytiladi.
1 Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, Qashqadaryo va Surxondaryo dialekt va etnografizmlarini taqqoslash asosida ilmiy tadqiqot olib borish zarur.
2 Ushbu hududda yashovchi qipchoq dialekt va etnografizmlarini o'rganish barobarida boshqa viloyat qipchoq vakillari nutqini keng asosda o'rganishga zamin yaratadi (Samarqand, Jizzax qipchoq shevalari).
3 Qashqadaryo va Surxondaryo dialekt va etnografizmlarini "Janubiy O'zbekiston" nomi ostida yaxlit dialektal etnografizmlar lug'atini yaratish (bunga viloyatlar kesimida bajarilgan ishlarni yanada boyitish lozim).
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-268-272
4 Janubiy O'zbekiston hududida amalga oshirilgan dialektologik tadqiqotlarni davom ettirish va ularni etnolingvistik va lingvokultrologik aspektda o'rganishni rag'batlantirish kerak. Masalan, N.Mirzayevning "O'zbek tili etnografizmlarining izohli lug'ati" hajmini bir necha barobar oshirish mumkin. ADABIYOTLAR TAHLILI
S.Rahimovning "Surxondaryo o'zbek shevalari lug'ati" da 3500 sheva so'zlari berilgan. Bu ham juda kam va buni taxminan 20000ga yetkazish mumkin. Qolaversa, bu lug'atdagi ko'pchilik shevaga oid so'zlar etnografizm darajasiga kelib qolgan.
Shu bilan birga, 2019 yilda ustozimiz A.Omonturdiyev bilan hamkorlikda nashr etilgan "Surxondaryo dialektal etnografik maqollarining izohli lug'ati" kitobi ham mazkur yo'nalishdagi muhim manbalardandir. Unda jamlangan minga yaqin maqol va iboralarning aksariyati Qashqadaryo qishloqlarida ham qo'llaninlishini ko'rish mumkin.
XULOSA
Maqolamiz so'ngida shuni aytmoqchimizki, obyektimiz hududida amalga oshirilgan tadqiqotlarning aksariyat qismi sobiq ittifoq davrida olib borilganligini hisobga olsak, ularning ilmiy izlanishlarida etnografizmlar masalasini yoritishga deyarli e'tibor qaratilmagan (bu sobiq ittifoq mafkurasi ta'siri bilan bog'liq).
REFERENCES
1. Reshetov V.V., Shoabdurahmonov SH. O'zbek dialektologiyasi. Toshkent, "O'qituvchi", 1978.
2. To'ychiboyev B., Hasanov B. O'zbek dialektologiyasi. Toshkent, 2004.
3. Jo'rayev B. Yuqori Qashqadaryo o'zbek shevalari. Toshkent, 1969.
4. Rahimov S. Surxondaryo o'zbek shevalari lug'ati. Toshkent, 1995.
5. Omonturdiyev A., Rahmonov B. Surxondaryo dialektal-etnografik maqollarining izohli lug'ati. Toshkent, 2019.
6. Хасанова, Г. И. К (2021). БОЛАГА ЙУНАЛТИРИЛГАН ТАЪЛИМНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ТАРБИЯЧИНИНГ КАСБИЙ КОМПЕТЕНТСИЯСИНИНГ АXАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 1051-1056.