Научная статья на тему 'IRIM-SIRIM BILAN BOG‘LIQ TIL BIRLIKLARINING O‘RGANILISH MASALALARI'

IRIM-SIRIM BILAN BOG‘LIQ TIL BIRLIKLARINING O‘RGANILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
627
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnik tushunchalar / etnografizm / leksik etnografik birliklar / semiotika / irim-sirimlar / madaniy kod / madaniy fenomen / milliy kolorit / lingvomadaniy ko‘rinish / bir ma’nolik / metaforik ko‘chimlar / kognitiv belgilar / lingvistik joziba / ethnic concepts / ethnography / lexical ethnographic units / semiotics / rituals / cultural code / cultural phenomenon / national color / linguistic and cultural appearance / ambiguity / metaphorical shifts / cognitive signs / linguistic attraction.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Turdaliyev, Obidjon Sodiqjon O‘g‘li

Irim-sirimlar etnografik jarayonlar bilan parallel ravishda til leksikasining shakllanishida asosiy elementlardan biri hisoblanib, unda xalqning muayyan qarashlari jamlangan. Irim-sirimlar kundalik hayotdan olingan turli xil qarashlarning avloddan avlodga yetkazish vositasi bo‘lgan. Irim-sirimlar xalq hayotidagi kundalik ish-harakati yoki odat tusiga aylanib qolgan. Irim-sirimlar xalq hayotiga turli xil asoslarda kirib kelgan, xususan, voqea-hodisalarni kuzatish asosida hosil qilingan turli xil xulosalar asosida; dastlabki diniy qarashlarga bog‘liq bo‘lgan axloqiy nizomlari yoki xayoliy qarashlarning saqlanib qolishi asosida; qadimgi rivoyatlardagi voqea-hodisalarning mazmuni singigan qarashlar asosida; insonlarning tabiat hodisalarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish asosida; shuning uchun irim-sirimlar mavzu doirasi keng. Chunki u ijtimoiy hayot qobig‘ida alohida ahamiyat kasb etadigan etnografik jarayondir. Dunyodagi har bir millat tilida ma’lum voqealar izohi, sirli tushunchalarga to‘qima yechim, yoki asotiriy qarashlarning turg‘unlashishi asosida shakllangan irim-sirimlarning mavzu doirasi juda ham keng. Garchand irim-sirimlar ma’lum ilmiy asoslarga ega bo‘lmasa-da, turli xil ilmiy aspektlarda o‘rganiladi. Jumladan, irim-sirimlar tarix, etnografiya, umumiy psixologiya, etnopsixologiya, mamlakatshunoslik, sotsiologiya, tilshunoslik sohalarida irim-sirimlar bilan bog‘liq tadqiqotlar keng ko‘lamli tarzda olib borilmoqda. Ushbu maqolada irim-sirimlar bilan bog‘liq til birliklariga doir Amerika, Yevropa, Yaponiya va O‘zbekiston tilshunoslari tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalari, yutuq va kamchiliklari tavsifiy usulda tadqiq etiladi. Maqoladan ko‘zlangan maqsad etnografik tushunchal bilan bog‘liq til birliklarining o‘rganilish ahamiyatini ochib berishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF LEARNING LANGUAGE UNITS RELATED TO SUPERSTITIONS

Superstition is considered one of the main elements in the formation of language lexical parallelically with ethnographic processes, in which certain views of the people are concentrated. Superstition was a means of bringing from generation to generation different views taken from everyday life. Superstition became a daily work-movement or habit in the life of the people. Superstition entered the life of the people on different grounds, in particular on the basis of various conclusions formed on the basis of observation of events; on the basis of moral statutes connected with the initial religious views, or on the preservation of imaginary views; on the basis of broken views on the content of events in ancient legends; on the basis of Because it is an ethnographic process that plays a special role in the shell of social life. In the language of every nation in the world, the scope of the topic of superstitions, formed on the basis of the interpretation of certain events, a tissue solution to mystical concepts, or stagnation of acutely views, is much broader. Although superstitions do not have a certain scientific basis, they are studied in different scientific aspects. In particular, superstition studies in the fields of history, ethnography, general psychology, ethnopsychology, country studies, sociology, linguistics are carried out in a large-scale way. In this article, the results of the analysis conducted by the linguists of America, Europe, Japan and Uzbekistan on the language units related to semiotics, achievements and shortcomings are studied in a descriptive way. The purpose of the article is to reveal the importance of the study of language units associated with ethnographic comprehension.

Текст научной работы на тему «IRIM-SIRIM BILAN BOG‘LIQ TIL BIRLIKLARINING O‘RGANILISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

IRIM-SIRIM BILAN BOG'LIQ TIL BIRLIKLARINING O'RGANILISH

MASALALARI

Turdaliyev Obidjon Sodiqjon o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponshunoslik fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasi yapon tili o'qituvchisi

Irim-sirimlar etnografik jarayonlar bilan parallel ravishda til leksikasining shakllanishida asosiy elementlardan biri hisoblanib, unda xalqning muayyan qarashlari jamlangan. Irim-sirimlar kundalik hayotdan olingan turli xil qarashlarning avloddan avlodga yetkazish vositasi bo'lgan. Irim-sirimlar xalq hayotidagi kundalik ish-harakati yoki odat tusiga aylanib qolgan. Irim-sirimlar xalq hayotiga turli xil asoslarda kirib kelgan, xususan, voqea-hodisalarni kuzatish asosida hosil qilingan turli xil xulosalar asosida; dastlabki diniy qarashlarga bog'liq bo 'lgan axloqiy nizomlari yoki xayoliy qarashlarning saqlanib qolishi asosida; qadimgi rivoyatlardagi voqea-hodisalarning mazmuni singigan qarashlar asosida; insonlarning tabiat hodisalarini o'rganishga bo'lgan qiziqish asosida; shuning uchun irim-sirimlar mavzu doirasi keng. Chunki u ijtimoiy hayot qobig'ida alohida ahamiyat kasb etadigan etnografik jarayondir. Dunyodagi har bir millat tilida ma'lum voqealar izohi, sirli tushunchalarga to'qima yechim, yoki asotiriy qarashlarning turg'unlashishi asosida shakllangan irim-sirimlarning mavzu doirasi juda ham keng. Garchand irim-sirimlar ma'lum ilmiy asoslarga ega bo'lmasa-da, turli xil ilmiy aspektlarda o'rganiladi. Jumladan, irim-sirimlar tarix, etnografiya, umumiy psixologiya, etnopsixologiya, mamlakatshunoslik, sotsiologiya, tilshunoslik sohalarida irim-sirimlar bilan bog'liq tadqiqotlar keng ko'lamli tarzda olib borilmoqda. Ushbu maqolada irim-sirimlar bilan bog'liq til birliklariga doir Amerika, Yevropa, Yaponiya va O'zbekiston tilshunoslari tomonidan o'tkazilgan tahlil natijalari, yutuq va kamchiliklari tavsify usulda tadqiq etiladi. Maqoladan ko 'zlangan maqsad etnografik tushunchal bilan bog 'liq til birliklarining o 'rganilish ahamiyatini ochib berishdan iborat.

Kalit so'zlar: etnik tushunchalar, etnografizm, leksik etnografik birliklar, semiotika, irim-sirimlar, madaniy kod, madaniy fenomen, milliy kolorit, lingvomadaniy ko'rinish, bir ma'nolik, metaforik ko'chimlar, kognitiv belgilar, lingvistik joziba

Tel:+998903437193

[email protected]

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ABSTRACT

Superstition is considered one of the main elements in the formation of language lexical parallelically with ethnographic processes, in which certain views of the people are concentrated. Superstition was a means of bringing from generation to generation different views taken from everyday life. Superstition became a daily work-movement or habit in the life of the people. Superstition entered the life of the people on different grounds, in particular on the basis of various conclusions formed on the basis of observation of events; on the basis of moral statutes connected with the initial religious views, or on the preservation of imaginary views; on the basis of broken views on the content of events in ancient legends; on the basis of Because it is an ethnographic process that plays a special role in the shell of social life. In the language of every nation in the world, the scope of the topic of superstitions, formed on the basis of the interpretation of certain events, a tissue solution to mystical concepts, or stagnation of acutely views, is much broader. Although superstitions do not have a certain scientific basis, they are studied in different scientific aspects. In particular, superstition studies in the fields of history, ethnography, general psychology, ethnopsychology, country studies, sociology, linguistics are carried out in a large-scale way. In this article, the results of the analysis conducted by the linguists of America, Europe, Japan and Uzbekistan on the language units related to semiotics, achievements and shortcomings are studied in a descriptive way. The purpose of the article is to reveal the importance of the study of language units associated with ethnographic comprehension.

Keywords: ethnic concepts, ethnography, lexical ethnographic units, semiotics, rituals, cultural code, cultural phenomenon, national color, linguistic and cultural appearance, ambiguity, metaphorical shifts, cognitive signs, linguistic attraction.

KIRISH

Amerika va Yevropa olimlari irim-sirimlarning psixologik xususiyatlari va uning inson ongiga ta'siri haqida ko'plab tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Xususan, L.Dey va J.Meltbi1, E.J.Hamerman va S.K.Morevej2 o'zlarining ilmiy izlanishlarida irim-sirimlarnmg insonning psixik dunyosiga ta'sirini chuqur tahlil etganlar va irim-sirim bilan bog'liq til birliklarining lingvopsixologik xususiyatlari alohida tadqiqot obyekti ekanlini ta'kidlab o'tganlar. Shuningdek, irim-sirimlarni alohida xalq

1 Day, L., & Maltby, J. (2003). Belief in good luck and psychological well-being: The mediating role of optimism and irrational beliefs. The Journal of Psychology, 137, 99-110

2 Hamerman, E. J., & Morewedge, C. K. (2015). Reliance on luck: Identifying which achievement goals elicit superstitious behavior. Personality and Social Psychology Bulletin, 41, 323-33

223

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tafakkur mahsuli sifatida qaralib, ulaming mavzu ko'lami, ma'no mohiyati, pragmatik va kognitiv xususiyatlari va psixik omillari haqida bir necha ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Ulardan biri Lisan Damich tomonidan tadqiq etilgan "Keep your fingers crossed. The influence of superstition on subsequent task performance and mediating mechanism3" nomli ilmiy monografiyadir. Ushbu ilmiy tadqiqotda irim-sirimlarning inson xatti-harakatiga ta'sirining psixologik omillari emprik usulda tahlil etilgan bo'lsa-da, ilmiy tadqiqotning birinchi nazariy qismida irim-sirimlar bilan bog'liq etnik tushunchalarning o'zaro tarqalishi, ma'lum ijtimoiy guruhlar shuningdek, yosh, jins, ijtimoiy qatlam vakillari orasida qay tarzda namoyon bo'lishi haqidagi ilmiy kuzatuvlar tilshunoslik uchun ham muhim manba sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun dunyo tilshunoslari irim-sirimlar bilan bog'liq til birliklarini lingvistik tahliliga alohida e'tibor qarata boshladilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'tgan asrda tilshunoslikda antroposentrik pradigma nazariyasining tug'ilishi orqali fanda yangi farazlar yaratildi. Tilni alohida hodisa emas, balki kompleks birlik sifatida qarash va unda inson markaziy vazifa o'tashi tadqiqotlar asosini tashkil etdi. Bu orqali esa lingvomadaniyat, etnolingvistika va kognitiv lingvistika kabi tilshunoslik tarmoqlarida irim-sirimlar bilan bog'liq etnografik til birliklari o'rganila boshlandi. Bunday ilmiy izlanishlarning amaliy samarasi o'laroq Amerika tilshunoslari Iyona Opiy va Moira Tatem tomonidan 1996-yil Oksford universiteti nashriyotida "Irim-sirimlar4" lug'ati bosmadan chiqdi va ushbu lug'atning qayta tahrirlangan elektron shakli 2003-yilda fan olamiga taqdim etildi. Ushbu lug'at hozirgi bizning davrga qadar saqlanib qolgan xalq e'tiqodlarining keng doirasini o'z ichiga olgan. Lug'atning tilshunoslikdagi muhim o'rni shundaki, kitobda har bir irim-sirimlarning asrlar davomida shakllanishi iqtiboslar bilan yoritilgan. Irim-sirimlar o'zida har bir xalqning madaniy kodini saqlaydi. Shuning uchun irim-sirim bilan bog'liq til birliklarini o'rganish shu xalqning madaniy olami haqida tasavvur uyg'otishga xizmat qiladi. Shu tufayli tilshunoslar tomonidan irim-sirimlar orqali til va madaniyatni o'rganish masalalari bo 'yicha bir necha o'quv qo'llanmalar, darsliklar, lug'atlar yaratildi. Amerikada 1998-yilda Garri Kollis tomonidan "101 Amerika irim-sirimlari5" nomli kitob chop etildi. Ushbu kitobda Amerikada keng tarqalgan irim-sirimlar orqali ingliz tili va xalq madaniyatini o'rganish asosiy maqsad

3 Lysann Damisch(2008) "Keep your fingers crossed. The influence of superstition on subsequent task performance and mediating mechanism

4 Iona Opie and Moira Tatem (1996) "Dictionary of Superstitions" Oxford University PressPrint Publication.

5 Harry Collis(1998) "101 American superstitions: understanding language and culture through superstitions" February 9,1998.McGraw-Hill Education ISBN-10.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilib olingan. Kitobda 101 irim-sirimlarning mazmuni, kelib chiqishi va ularning madaniy omillari tahlil etilgan.

Rus tilshunoslaridan biri L.Boyko o'zining "Madaniyatlararo belgilar va irim-sirimlar: rus, ingliz va fransuz tillarining lingvomadaniy an'analari6"(2020) nomli maqolasida uch tildagi irim-sirimlar bilan til birliklarining lingvomadaniy xususiyatlarini kognitiv belgilari orqali madaniy jozibasi chog'ishtirma usulda tahlil qilgan. Ilmiy maqolaning amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda ilmiy asosga ega bo'lmagan, ammo barcha madaniyatlarda o'ziga xos tarzda namoyon bo'luvchi irim-sirimlar bilan til birliklarining uch til ,ya'ni rus, ingliz va fransuz tillaridan olingan misollar orqali germenevtik va konseptual tahlil qilinganligidadir. L.Boykoning fikricha irim-sirimlarning tadqiq etishda tilning lingvistik jozibasi asosiy omil vazifasini o'taydi va irim-sirimlarni lingvistik jihatdan tahlil etish orqali madaniyatning o'ziga xos xususiyatlarini yaratishda tilning funks ional vazifalarini ochib berish imkoniyatini yaratadi. Tadqiqot orqali uch tildagi harakat orqali ifoda etiladigan va belgi ifoda etuvchi rus, ingliz va fransuz tillaridan olingan irim-sirimlar bilan bog'liq leksik etnografizmlarning o'ziga xos ko'rinishlari tadqiq etilgan. Tahlil natijasidan shu aniq bo'lganki, irim-sirimlar bilan bog'liq etnik tushunchalar turli tillarda kelib chiqish va mavzu yo'sinlari o'zaro o'xshash bo'ladi, ammo ularning kognitiv xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Bu xalqlarning e'tibor fokusi bilan aloqador bo'lib, madaniy qadriyatlar yo'sinini belgilab beradi. Shuning uchun irim-sirim bilan bog'liq til birliklarini lingvistik tahlil etish aynan shunday birliklar tilning shakllanishida qanday aloqa mavjud ekanligini izohlashga yordam beradi. Chunki madaniy kodga ega irim-sirimlar tillarning o'ziga xos farqli jihatlarini o'zida namoyon etadi. Irim-sirimlarni inson tafakkuri mahsuli sifatida chuqurroq tahlil qilish madaniyatlararo muloqot vositasining aspektlaridan biridir deyish mumkin7. L.Boyko maqolasida yana shuni ta'kidlaydiki, irim-sirimlarning madaniy va lingvistik xususiyatlariga doir chuqur mulohazalar yetishmasligi biron bir tilda mukammal egallashning to'siqlaridan biridir. Darhaqiqat, irim-sirimlar ma'lum bir xalqdagi axloqiy me'yorlarni shakllanishida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Xalq tafakkurining bir qismi bo'lgan irimlar bilan bog'liq til birliklarining lingvomadaniy jozibasini o'rganish esa boshqa bir tilni tez va sifatli o'zlashtirish imkoni beradi. Shu

6 L.Boyko (2020) Signs and superstitions across cultures: Russian, English, and French linguocultural traditions. European Proceedings of Social and Behavioural Sciences EpSBS www.europeanproceedings.com e-ISSN: 23571330

7 L.Boyko (2020) Signs and superstitions across cultures: Russian, English, and French linguocultural traditions. European Proceedings of Social and Behavioural Sciences EpSBS www.europeanproceedings.com e-ISSN: 23571330

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sababli bunday birliklarni qiyosiy tarzda o'rganish dolzarb masaladir. Bu borada rus tilshunoslari tomonidan bir qancha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirganlar. Irim-sirimlarning madaniy va ijtimoiy kod va signal ifoda etishiga e'tibor qaratilgan holda qiyosiy tahlillar amalga oshirilgan. Bu borada qilingan ilmiy ishlar orasida ayniqsa qiyosiy tadqiqot asosida olib borilgan Svetlana Konstanovna Strasuova va Viktor Nikitovich Strasuov8lar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar ahamiyatga molikdir. Ushbu ilmiy maqolada irim-sirimlar bilan bog'liq til birliklarining semiotik tasnifini hosil qilish masalalari qiyosiy tahlil asosida yoritilgan. Mualliflar fikricha, bugungi kunga qadar irim-sirimlar bilan bog'liq etnik tushunchalarning nutq diskursida qanday namoyon bo'lishi haqida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, ularda etnografik qatlamga tegishli birliklarning tasnifi faqat yuzaki ma'nolar asosida amalga oshirilgan. Lekin irim-sirimlar bir necha semiotik belgilardan tashkil topadi. Ularning mazmuniy bo'yoqdorligi turli madaniyatlar va jamiyatga bog'liq kodlar bilan sug'orilgan. Har xil turlarga mansub xurofiy tushuncha ifoda etuvchi irim-sirimlar turli madaniyatlarda turlicha madaniy kod va madaniy funksiya ifoda etib,bir semiotik modelga ega bo'ladi. Irim-sirim bilan bog'liq leksik etnografizmlarni semiotik tahlil qilish orqali semiotik tizimni yaratishga xizmat qiladi9.Shuning uchun bunday birliklarni qiyosiy tahlil qilishda, nafaqat belgi va

Uning mazmuniy munosabati, balki undagi madaniy kod va madaniy makon omillarini mazmuniy birlik sifatida tahlil etish tilning lingvokulturologik jozibasini tahlil etish imkonini yaratadi. Bu borada Tatyana Petrova va Tao Yang10ning o'zaro hammuallifligida yozilgan rus va xitoy tillaridagi irim-sirim bilan bog'liq til birliklarini chog'ishtirma usulda tahlil etilgan ilmiy maqola e'tiborga molikdir. Ushbu tadqiqot ishida rus va xitoy madaniyatida irim-sirimlar va omad ma'nosini ifoda etuvchi signal so'zlarning semantikasi,tuzilishi,funksiyasi nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Tadqiqot davomida 50 nafar rus va 27nafar xitoy tilida so 'zlashuvchi yoshlari o'rtasida so'rovnoma amalga oshirilgan. So'rovnomaning asosiy savollari ikkita bo'lib "Siz irim-sirimlarga ishonasizmi?", "O'z tilingizda keng tarqalgan irim-sirimlar bilan bog'liq til birliklarini yozing" tarzida ifoda etilgan. So 'rovnoma orqali rus tilida so'zlashuvchi respondentlar tomonidan yozilgan javoblar orqali 368ta, xitoy

8 Svetlana Konstantinovna Strausova and Victor Nikitovich Strausov(2013)" Semiotic Patterns of Superstitious Discourse (Comparative Research)" Middle-East Journal of Scientific Research 16 (9): 1230-1237, 2013

ISSN 1990-9233 © IDOSI Publications, 2013 DOI: 10.5829/idosi.mejsr.2013.16.09.12009

9 Svetlana Konstantinovna Strausova and Victor Nikitovich Strausov(2013)" Semiotic Patterns of Superstitious Discourse (Comparative Research)" Middle-East Journal of Scientific Research 16 (9): 1230-1237, 2013 .1231 b.

10 Tatiana Petrova , Tao Yang "Knowledge, man and civilization"russian and chinese superstitions: the dialog of two linguistic cultures European Proceedings of Social and Behavioural Sciences Ewww.europeanproceedings.com e-ISSN: 2357-1330

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tilida so 'zalshuvchi respondentlar tomonidan esa 185ta irim-sirim bilan bog'liq til birliklari qayd etilgan. Mualliflar yig'ilgan irim-sirimlar bilan bog 'liq til birliklarining mavzu doirasi asosida tematik guruhlarga ajratishgan. Ilmiy tahlilga asosan rus tilidagi mavjud irim-sirim bilan bog 'liq etnografizmlar quyidagi o'n ikki asosiy guruhlarga ajratilgan: Shuningdek, xitoy tilida mavjud irim-sirimlar tematik guruhlargan11. Tadqiqot natijalari esa shuni ko'rsatdiki, ikki tildagi mavjud mavzu jihatdan o'xshash irim-sirimlar bo'lsa ham, ular madaniy maydonning madaniy kodlari orqali bir-biriga to'liq mos kelmaydi. Ularning lingvomadaniy olamini shakllanishida xalqning dunyoqarashi, shaxs va borliq orasidagi munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi shuning uchun mavzu va shaklning uyg'unligi mavjud bo'lsa, ham anglashilgan ma'no har xil bo'ladi. Barcha tillar kabi yapon tilida ham irim-sirimlar xos etnik tushunchalar tilning lisoniy jozibasi va xalq tafakkurini o'zida namoyon etadi. Shuning uchun yapon tiliga xos irim-sirimlar ham turli fan doiralarida o'rganilgan. Fuon Zan o'zining "Yaponlarning irim-sirimlari haqida tadqiqot" nomli ilmiy ishida irim-sirimlarning diniy aqidalardan farqi, tarixiy ahamiyati, etnografik xususiyatlari haqida fikr ilmiy qarashlarni o'rtaga qo'yadi. Fuon Zanning fikriga ko'ra "Irim-sirimlarning ilm-fan zamonida ham kundalik turmush tarzida yashab kelishining asosiy omili- ijtimoiy transformatsiya hisobalanadi.Farzand tug'ilishi bilan irim-sirimlar bilan bog'liq bilimga ega bo'lmaydi. Oila, ijtimoiy muhit orqali irim-sirimlar, turli etnografik bilimlarni egallaydi. Bu esa davrdan davrga, avloddan avlodga turli ijtimoiy-madaniy an'analar singari irim-sirimlarning saqlanib qolishiga zamin yaratadi12" Fuon Zan shuningdek ilmiy tadqiqotda irim-sirimlarning grammatik strukturasiga to'xtalib o'tib, irim-sirimlarning maxsus qoliplari va ularning semantik-sintaktik xususiyatlani ham qisman tahlil etadi 13 . Fuon Zanning ilmiy tadqiqot ishida irim-sirimlar madaniyatshunoslik sohasining predmeti sifatida tahlil etilgan. Shuningdek yapon tadqiqotchilaridan biri Kotani Midori o'zining " Yaponlarning o'lim bilan bog'liq irim-sirimlar va diniy harakatlar14" nomli tadqiqot ishida 20 yoshdan 84 yoshgacha bo'lgan erkak va ayollar o'rtasida anketa so'rovnomasini o'tkazgan. Natijaga ko'ra yapon xalqining juda ko'p qismi o'lim bilan bog'liq irim-sirimlarga ishonch bildirganligini qayd etib,irim-sirimlarning bugungi zamonaviy davrda sotsiologik

11 Tatiana Petrova , Tao Yang "Knowledge, man and civilization"russian and Chinese superstitions: the dialog of two linguistic cultures European Proceedings of Social and Behavioural Sciences Ewww.europeanproceedings.com e-ISSN: 2357-1330, 2402 b.

12 .Fuon

13 Fuon Zan(2015) y?

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ahamiyati haqida fikr yuritadi. B.A.Ritrego o'zining "Yaponiyadagi mashhur xurofiy ishonchlar" nomli tadqiqot ishida yapon tilidagi mavjud irim-sirimlar haqida atroflicha fikr yuritadi. Ilmiy ishning ahamiyati shundaki, unda yapon tilida mavjud irim-sirimlarning madaniy omillari, diniy e'tiqod bilan bog'liqlik xusususiyatlari, irim-sirimlar bilan bog 'liq til birliklari va etnografik harakatlarni kelib chiqish etimologiyasi atroflicha tahlil etilgan. Shuningdek, yapon tilidagi mavjud irim-sirimlar bilan bog'liq etnik tushunchalar mavzu doirasi asosida guruhlarga ajratilgan va bugungi zamonaviy Yaponiyada ular qanday ahamiyatga ega ekanligi so'rovnoma orqali aniqlangan. Shu bilan bir qatorda o'zbek tilshunosligida ham irim-sirimlar bilan bog'liq til birliklari etnolingvistikaning tadqiqot obyekti sifatida o'rganilgan. Irim-sirimlar bilan bog 'liq til birliklari leksik etnografizmlar qatorida tahlil etilgan. N. Mirzayev 15 tomonidan etnografizmlar izohiga asoslangan lug'at tuzilgan. Shunindek, Buxoro davlat universiteti filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun Kasimova Ra'no Rahmatulloyevna tomonidan taqdim etilgan "O'zbek to'y va motam marosimlari folklori materiallarining inglizcha tarjimasida etnografizmlarning berilishi"nomli dissertatsiyasida etnografizmlarning semantik, tematik, uslubiy-funksional va morfologik xususiyatlari haqida atroflicha fikr yuritiladi. Shuningdek, irim-sirimlarning leksik etnografik birlik sifatida qaralishi haqida ilmiy mulohazalar o'rtaga tashlanadi.Xulosa qilib aytish mumkinki, irim-sirim bilan bog'liq til birliklari o'zida madaniy kod, milliy kolorit, madaniy konnotsiya belgilarini namoyon etadi va milliy belgini ifodalaydi. Tilda madaniy joziba hosil qiladi va boshqa tillardan o'ziga xosligi bilan ajratib turuvchi indikatorlik belgisi mavjud. Shuning uchun qiyosiy tarzda bunday leksik birliklarni o'rganish amaliy ahamiyatga molikdir.

NATIJALAR.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasi o'laroq bugungi kunda ilm-fan sohasida ko'plab yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Ko'plab fan sohalari qatori mamlakatimizda umumiy va xususiy tilshunoslikda yangi yo'nalishdagi keng qamrovli ilmiy izlanishlar yuzaga kelib, til va madaniyat, til va mamlakat, til va jamiyat, til va psixologiya, til va etnografiya, til va etnopsixologiya, til va falsafa munosabatlarini o'rganishga bo'lgan e'tibor sezilarli darajada ortdi. Bu esa o'z o'rnida yangi tilshunoslik maktablarini yuzaga kelishiga imkoniyat yaratdi. Yangi izlanishlar asosida esa milliy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar, xalq tafakkuri

15 Mirzayev.N. O'zbek tili entografizmlarining izohli lug'ati.Toshkent -Fan 1991

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

mahsuli bo'lgan folklorlar va ularda namoyon bo'luvchi lingvomadaniy faktorlar tadqiqotlarning asosiy obyektiga aylanib bormoqda.

Shunisi ma'lumki, keyingi yillarda davlat tili maqomiga ega milliy til - o'zbek tilini boshqa rivojlangan sharq va g'arb tillari bilan qiyoslab tadqiq etish orqali uning o'ziga xos jihatlari, madaniy konseptual asoslari, madaniy makon omillari,leksik-semantik xususiyatlari, uslubiy imkoniyatlarini namoyon etish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi ham ushbu maqsad bilan amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, til bu madaniyatning asosiy ko'zgusidir. Tilda xalq tafakkurining barcha elementlari o'zaro tarkib topadi. "Til - madaniyat xazinasi, sandig'i, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, folklor, badiiy va ilmiy adabiyot, og'zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi"16.

Shuning uchun ham til madaniyatdan ayro tarzdagi hodisa emas. Til va madaniyat o'zaro parallel bir-birini to'ldiruvchi egiz faktor deyish mumkin.

Oxirgi yillarda til va madaniyat masalalarini lingvokulturologiya fani o'rganishga kirishdi. Lingvokulturologiya tilshunoslikning mustaqil yo'nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, "lingvokulturologiya" (lot. lingua "til"; cultus "hurmat qilish, ta'zim qilish"; yunon. "ilm, fan") termini V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi (Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorobyev, V.Shaklein, V.A.Maslova) tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog'liq ravishda paydo bo'lgan 17 . V.V.Vorobevning yozishicha, "bugungi kunda lingvokulturologiyani muayyan yo'l bilan saralangan madaniy qadriyatlar majmuyini o'rganadigan, nutqni yaratish va uni idrok qilishdagi jonli kommunikativ jarayonlarni, lisoniy shaxs tajribasini va milliy mentalitetni tadqiq etadigan, olam manzarasining lisoniy tasvirini tizimli ravishda beradigan, ta'limning bilim olish, tarbiyaviy va intellektual vazifalarining bajarilishini ta'minlaydigan yangi filologik fan sifatida qayd qilish mumkin. Demak, lingvokulturologiya madaniyat va tilning o'zaro aloqasi va o'zaro ta'sirini va bu jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy) birliklarning bir butun strukturasi sifatida aks ettiradigan kompleks fandir18".

16 Robins R. Н. General Linguistics. An Introductory Survey. -London, 1971. -Р. 27; Верещагин Е. М., Костомаров В. Г. Язык и культура. -М., 1990. -С. 26.

17 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. -М.: Школа "Языки русской культуры", 1996

18 Воробьев В. В. О статусе лингвокультурологии // IX Международный Конгресс МАПРЯЛ. Русский язык, литература и культура на рубеже веков. Т. 2. -Братислава, 1999.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, quyidagi masalalarni tadqiq etilganini ko'rish mumkin: 1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda miflar, xalq og'zaki ijodiga xos janrlar tili o'rganilgan; 2)muayyan uslubda yozilgan asardagi lingvomadaniy konseptning ifodalanishi tadqiqi. Bunda asosan badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan; 3) qiyosiy yo'nalishdagi tadqiqotlar. Bunda ko'proq rus tilidagi birliklar ingliz, nemis,fransuz tillari bilan qiyoslangan; 4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog'liq jihatlari. Bunda ijtimoiy fanlarda o'quvchi va talabalarga lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish maqsad qilib olingan 19. Ushbu tadqiqot ishida lingvomadaniyatning qiyosiy yo'nalishida yapon va o'zbek tillaridagi irim-sirim bilan bog'liq til birliklari tadqiqi orqali ikki tilning madaniy konseptual xususiyatlari, madaniy konnotatsiya xususiyatlari aniqlanishi maqsad qilingan.

Irim-sirimlar har bir xalq hayotida uchraydigan etnografik harakterga ega leksik birlikdir. Etnik guruhlar orasida bir qator irim-sirimlar mavjud. Irim-sirimlarning ildizi ma'lum mamlakatda yashovchi xalqlarning madaniyati, tarixi, diniga borib taqaladi. Irimlar xalqlarning atrof -muhit haqida qanday fikrlashini ko'rsatadi. Ular, shuningdek, madaniyat va shu madaniyat vakilining xos ko'rsatkichidir, chunki turli tillardagi irimlar tarkibidagi ramzlar bir xil bo'lsa ham, ularning ma'nosi va madaniy ko'rsatkichi madaniyatdan madaniyatga farq qiladi. Garchi irim-sirimlar ilmiy asoslarga ega bo'lmasa-da, ular tarix, psixologiya, siyosat, folklor, din va boshqa fanlarning ba'zi sohalarida o'rganiladi.

"Irim-sirim" so'zi O'zbekiston milliy ensiklopediyasida quyidagicha izohlanadi. "Irim - biron niyat bilan qilinadigan ish, xatti-harakat. Irim kishining o'z ishlariga rivoj tilash, o'zini ehtiyot qilish, birovlarga yaxshilik tilash, zarar yetkazish va boshqalar niyatlarda qilinadi. Masalan, to'ydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib ketish, dard-baloni qaytarish, ziyon-zahmatdan, ko'z tegishdan saqlanish uchun boshdan o'girib tashlash, chaqaloqqa har xil ins-jinslar yo'lamasin degan ma'noda beshikdagi chaqaloq yostig'i tagiga pichoq yoki non qo'yish, sigirning bo'yniga taqib qo'yish va hakazo. Irim-sirimlarning turlari juda ko'p va jahondagi deyarli hamma xalqlarda, turli kasb-hunar sohalarida uchraydi. Ba'zi irimlar qandaydir ko'zga ko'rinmas, sirli kuchlarning borligiga ishonishga va ulardan madad kutishga asoslanadi20 " Shuningdek, O'zbek tilining izohli lug'atida "irim-sirim" so'zi quyidagicha izohlanadi. "Biror maqsad, niyat bilan qilingan xurofiy tadbir"

19 Xudoybergenova Z. "Tarjimaning lingvomadaniy masalalari" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. Toshkent-

20 O 'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti,2002.212b

2016..

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

To'ydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib ketish, dard-baloni qaytarish, ziyon-zahmatdan, ko'z tegishdan saqlash uchun biror narsani boshdan o'girib tashlash, yangi oilada g'am-anduh o'lishi uchun to'y kuni olov atrofida aylanish va boshqalar21" Yapon tilida irim-sirimlar (feV^L^) "meishin" atamasi bilan

yuritiladi. ^¡SSfpïiA (Yangi tartiblangan yaponcha lug'at)da Yapon tilida irim-sirim ma'nosini ifoda etuvchi (fe^L^) atamasiga quyidagicha izoh beriladi:

Tarjimasi :yanglish ishonch,e'tiqod. Asossiz afsonalarga ishonish23

Tarjimasi: Insonlar ishonadigan narsalar ichida ma'lum asosga ega bo'lmagan narsa. Umuman olganda jamiyat hayotida ma'lum narsalarga yaxshilik qilish yoki zarar yetkazishga asoslangan e'tiqod irim-sirim deyiladi25.

Yapon va o'zbek tillaridagi berilgan izohlarni o'zaro qiyoslasab tahlil qilinsa, har ikki tildagi irim-sirim bilan bog'liq jarayonlarni ifoda yo'siniga qarab asosiy ikki guruhga bo'lish mumkin.

Birinchi - etnografik harakatlarga asoslangan irim-sirimlar. Bunday irim-sirimlarda maxsus leksik qoliplar emas, balki ma'lum shaxs tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakat alohida ahamiyat kasb etadi. Yozma nutqda uni ifoda etish uchun esa izohlash usulidan foydalaniladi. Bunday irim-sirimlar izohi asosan so'z birikmasi, ba'zan sodda yoki qo'shma gap orqali beriladi. Masalan: chaqaloqqa har xil ins-jinslar yo'lamasin degan ma'noda beshikdagi chaqaloq yostig'i tagiga pichoq yoki non qo'yish (so'z birikmasi shaklida), sigirning bo'yniga taqib qo'yish(so'z birikmasi shaklida).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ikkinchi - ma'lum shakily qolipga ega, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi yaxlit til birligi shaklidagi irim-sirimlar. Bunday irim-sirimlar leksik-semantik harakterga ega bo'lib, ko'pincha o'z ma'nosida emas, balki ma'lum axborot signali sifatida qo'llaniladi, o'zida madaniy konnotatsiya belgilarini namoyon etadi. Bunday irim-sirimlar so'z, sodda gap va qo'shma gap shaklida bo'ladi.

2121"O'zbek tilining izohli lug'ati" E.Begmatov,A.Madvaliyev, N.Mahkamov,N.Mahmudov, T.Mirzayev, N.To'xliyev, E.Umarov, D.Xudoyberganova, A.Hojiyev (Abduvahob Madaliyev tahriri ostida) "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti,2020

22 mmmmim-M^-y^ k®

23 Muallif tarjimasi

24 https://ja.m.wikipedia.org/wiki/

25 Muallif tarjimasi

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

# (kushi)- taroq ( so'z shaklida)26, siniq oynaga qarama27 (sodda gap shaklida). Qo'shma gap shaklidagi etnografik harakterdagi birliklar yapon tilida asosan Tfàl it ^ V (tewaikenai), " fà l t ^ l (dewaikenai) (qilish taqiqlanadi) kabi grammatik birlik bilan qo'llaniladi. Misol uchun:

yoru, sentaku wo shite wa ikenai

kecha(si) kir ni yuvib bo'lmaydi.(to'g'ridan to'g'ri tarjima28)

O'zbek tilida odatda gap shaklidagi irim-sirimlar kesimi ikkinchi shaxs birlik buyruq mayli bilan ifoda etilib, "yomon bo'ladi" shaklidagi sintaktik qolip ishlatiladi. Masalan: kechasi tirnoq olma, yomon bo'ladi.

MUHOKAMA.

Yapon va o'zbek tillaridagi leksik birlik sifatida namoyon bo'luvchi irim-sirimlar tilda tayyor holda uchrashi, nisbiy mantiqiy tugallikka egaligi, morfologik va sintaktik xususiyatlarni o'zida namoyon etishi 29 bilan etnografizmlarning tarkibiy qismiga kiradi. Kasimova Ra'no Rahmatulloyevnaning doktorlik dissertatsiyasida e'tirof etilishicha "Tilshunoslikda leksik etnografizmlar" o'rganiladi. Leksik etnografizmlar deganda, inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o'tkaziladigan, xalq orasida qat'iy an'anaga kirib qolgan xatti -harakatlarning, ya'ni insonning tug'ilishidan tortib vafotiga qadar oila davrasida yoki jamoat orasida tashkil qilinadigan marosimlar, ular tarkibiga kiruvchi udum va rasm-rusumlar, irim-sirimlarning nomlari, shuningdek,xalq e'tiqodiy qarashlari va qadimgi tasavvur-tushunchalari bilan aloqador lug'aviy birliklar anglanadi30. Bundan kelib chiqadiki irim-sirimlar til sathining etnografik qatlamida namoyon bo'ladi, ammo irim-sirimlarni etnografizmlarning bir qismi sifatida umumiy qilib emas, balki alohida leksik hodisa sifatida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki irim-sirimlar ma'lum belgilari ya'ni tayyor holda uchrashi, nisbiy mantiqiy tugallikka egaligi, morfologik va sintaktik xususiyatlarni o'zida namoyon etishi bilan etnografizm deb e'tirof etilsa-da, ba'zi bir semantik, funksional-uslubiy, sintaktik, morfologik, leksik xususiyatlari bilan boshqa turdagi etnografizmlardan ajralib turadi. Masalan, etnografizmlarda ma'nodoshlik, uyadoshlik, zid ma'nolik, paronimlik, variatsiya va

26 Yapon tilida taroq omadsizlik belgisi sifatida qaraladi, ayniqsa taroqni sindirish omadsizlikning yaqqol signali deb qaraladi.

27 O'zbek tilida siniq oynaga qarash omadsizlik belgisi hisoblanadi.

28 Muallif tarjimasi

29 Kasimova Ra'no Rahmatulloyevna. Qo'lyozma huquqida UO'K:39 (=512,133):811.111'25. "O'zbek to'y va motam marosim folklori matnlarining inglizca tarjimasida etnografizmlarning berilishi. Toshkent-2018. 23b

30 Kasimova Ra'no Rahmatulloyevna. Qo'lyozma huquqida UO'K:39 (=512,133):811.111'25. "O'zbek to'y va motam marosim folklori matnlarining inglizca tarjimasida etnografizmlarning berilishi. Toshkent-2018. 13b

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

dublikatlik hodisalari keng kuzatiladi. Ammo irim-sirimlar bunday leksik xususiyatlarni o'zida to'liq namoyon etmaydi. Irim-sirimlarda so'zning shakl va mazmun munosabati emas, uning qanday axborot tarzda inson ongida shakllanishi alohida ahamiyat kasb etganligi bois so'zning madaniy konnotatsiyaviylik xususiyati asosiy faktorga aylanadi. Masalan. o'zbek xalqida "ko'zmunchoq"- "ko'z tegmasin" uchun (odatda, yosh bolaning qo'li, kiyimi va sh. k. ga) taqib qo'yiladigan munchoq31. Bunda "ko'zmunchoq" bezak berish vositasi emas, ma'lum maqsadni ifoda etadi. Shuningdek, ko'z tegmaslik uchun qilinadigan boshqa bir xurofiy ishlar ham bor "isiriq tutatish", "yon-atrofga tuf-tuf qilish" va hakazo. Lekin ushbu guruhni o'zaro sinonimik qator deya olmaymiz. Chunki ushbu birlikda mazmun emas, balki ish yo'nalgan maqsad bir xil hisoblanadi. Bunday irim-sirimlar qatorini sinonim irim-sirimlar emas, harakatdan anglangan maqsadlar uyg'unligiga ega irim-sirimlar deyish maqsadga muvofiqdir. Irim-sirimlar boshqa etnografik leksik birliklardan aynan maqsadga yo'nalganligi bilan ajralib turadi, shu tufayli ulardan anglashilgan maqsad mazmuni nutqning suppozitsiyasida namoyon bo'ladi. Shu tufayli irim-sirimlarda asosiy signal ifoda beruvchi leksik birlikni ma'lum belgilar bilan almashtirish orqali asosiy fikr so'zlovchi va tinglovchining nutqiy aktida mavhumlikka aylanadi. Masalan, nonni ezma, yomon bo'ladi. Ushbu birlik o'zbek tilida non so'zining predmetlik mazmunidan tashqari, ma'lum nomaqbul ishdan qaytarish maqsadi yotadi va nutqiy jarayonda tinglovchiga hissiy ta'sir etadi. Agar ushbu irim-sirim bilan bog'liq til birligidagi asosiy axborot signalini ifoda etuvchi "non" leksik birligini boshqa predmet bilan almashtirilsa, misol uchun "don", "guruch" va hakazo bilan almashtirilsa, gapning sintaktik, semantik-strukturaviy shakllari saqlanadi, ammo etnografik leksik belgilik maqomi yo'qoladi. Shuning uchun irim-sirimlarni so'zning mazmun munosabatidagi doirasida emas, balki niyat yo'nalgan maqsad doirasida tadqiq etish lozim.

Kasimova Ra'no o'zining doktorlik dissertatsiyasida etnografizmlarning shakily, mazmuniy, tarkibiy munosabatlari haqida fikr yuritar ekan etnografizmlarning termin darajasiga ko'tarilganligi va o'zida aniq bir marosim yoki udum tushuncha ma'nosini ifodalab kelgani uchun asosan bir ma'noda qo'llanilishini ta'kidlab o'tadi. Etnografizmlar aniq harakterga egaligi uchun terminologik mohiyat kasb etishi va ular asosan o'z ma'nosida qo'llanilishini izohlaydi32. Bu jihatdan irim-

31 31 "O'zbek tilining izohli lug'ati" E.Begmatov,A.Madvaliyev, N.Mahkamov,N.Mahmudov, T.Mirzayev, N.To'xliyev, E.Umarov, D.Xudoyberganova, A.Hojiyev (Abduvahob Madaliyev tahriri ostida) "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti,2020

32 Kasimova Ra'no Rahmatulloyevna. Qo'lyozma huquqida UO'K:39 (=512,133):811.111'25. "O'zbek to'y va motam marosim folklori matnlarining inglizca tarjimasida etnografizmlarning berilishi. Toshkent-2018. 21b

233

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sirimlar boshqa etnografik leksikalarda farq qiladi. Irim-sirimlar gapda mazmun-ma'no munosabatida o'z ma'nosida emas, balki ma'lum signal mazmun bilan izohlanadi va ba'zan ko'chma ma'noda qo'llaniladi.

Misol uchun: Yaxshi niyat bilan to'ydan u-bu narsa olib ketmoq.

Boshqa millatlar qatori to'y o'zbek xalqining kundalik hayotida alohida ahamiyatga ega marosim hisoblanadi. Shu sababli ushbu marosimga borgan odamlar to'ydan shirinlik, meva yoki biron-bir kichik narsa olib ketishga harakat qiladi. Bunda to'yda tortilgan yegulik, yoki ishlatilgan biron mahsulot yana to'yni chaqiradi degan qarash insonlar ongida saqlanib qolgan. Buning asosida to'yning maroqli marosim ekanligi sababli shunday marosim uyushtirish uchun olingan narsa ko'makchi vazifasini o'taydi degan qarash yotadi. Ushbu irim-sirim leksik birlikning ifodadagi har-bir so'z o'z ma'nosida qo'llanilgan. O'zbek tilining etnografik harakterga ega leksik qatlamida to'y bilan bog'liq bir qancha irim-sirimlar mavjud. Ularda xalqning orzu-umidi, yaxshilikka xizmat qiluvchi g'oyalar ma'lum bir badiiy bo'yoq asosida shakllanib, insonlar ongida ijtimoiy harakat, marosim darajasiga chiqib kelgan. Bu irim-sirim tarkibidagi barcha so'zlar o'z ma'nosida qo'llanilgan bo'lsa-da, termin darajasiga ko'tarila olmaydi.

"Kampir, mehmonlar chiqib ketishi bilan, suyukli kuyoviga isiriq soldi".

S. Zunnunova, "Go'dak hidi"

Misolda keltirilgan "isiriq solmoq" irim-sirimi orqali ma'lum tadbir bilan yig'ilgan Insonlar davrasidagi odamlarning nazari tushgan joy, narsa, shaxsni ma'lum yomon oqibatlardan saqlaydi degan ishonch bilan ushbu harakat amalga oshiriladi. Bunda "isiriq" o'simligining "turli kasalliklarda tutatib foydalanish" harakati faollashib, etnografik harakter kasb etgan. Bunda o'simlikning mikrobli kasalliklarga qarshi qo'llaniluvchi xususiyati "odamlar nazaridan saqlash" funksiyasi mavjud degan qarashni shakllantirishga xizmat qilgan va ko'chma mazmun hosil qilgan.

Shuning uchun ham etnografizmlarning mazmuniy munosabatlari haqida fikr yuritilar ekan ularning terminologik birlik sifatidagina qarab, ko'chma ma'noda qo'llanilmaydi degan nazariy qarash unchalik to'g'ri bo'lmaydi. Etnografik leksikalarni terminologik xususiyatlariga egalik va ega emaslik jihatidan ikki turga bo'lish mumkin, ya'ni 1) termin darajasiga ko'tarilgan etnografizmlar; 2) terminlik xususiyatiga ega bo'lmagan etnografizmlar. Termin darajasiga ko'tarilgan etnografizmlar asosan so'z shaklida bo'lib, xalq hayotidagi urf-odat, marosim,qurilish nomlari, uy-ro'zg'or predmetlari, kiyim-kechak, bezak nomlari, milliy taom va ichimlik nomlari bilan bog'liq etnografizmlar kiradi: supra, to'n, tandir, sandal va boshqalar.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Terminlik xususiyatiga ega bo'lmagan etnografizmlar esa so'z, so'z birikmasi, gap shaklida uchraydi. irim-sirimlar shu jihatdan termin darajasiga ko'tarila olmagan etnografik leksika hisoblanadi. Bunday birliklar asosan talqin va tasvir shaklida uchraydi. Masalan: "xodaning ustiga isiriq bog'lamoq" deb atalgan lingvistik irim-sirim mavjud. Ushbu birlikda irim-sirimning tub mohiyati "isiriq" so'ziga borib taqaladi. "Isiriq -siriqdoshlar oilasiga mansub ko'p yillik yovvoyi o't o'simlik -Tarkibida alkaloidlar bo'lib, xalq tabobatida shifobaxsh vosita sifatida turli yo'llar bilan (jumladan, tutatib) foydalanib kelinadi33 ". Ushbu o'simlik o'zbek xalqini kundalik hayotida alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun hatto bu o'simlik etnografik harakter darajasiga ko'tarilgan. Isiriq - odamlar ishonishicha nafaqat mikrobli kasalliklarga qarshi davo sifatida, balki ins-u jinsni haydash, yomon ko'zdan asrash funksiyasi mavjud o'simlikdir. Shu sabab ma'lum narsalarga, darvoza, yoki eshik ustiga isiriq bog'lash go'yoki odamlar nazaridan saqlash vazifasini o'taydi deb ishonilgan. Ushbu o'simlik bilan bog'liq bir qancha etnografik jarayonlar mavjud. Odamlar nazaridan saqlaydi degan maqsadda " uy bo'ylab isiriq tutatish" , "odamning boshi uzra isiriq tutatish" kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Irim-sirimlar etnografik xususiyatlar o'zida namoyon etishi va ma'lum millat leksik qatlamining asosiy uslubiy-funksional bo'yog'i sifatida kela olganligi sababli badiiy adabiyotda ham asosiy til uslubini hosil qilishda ishtirok etadi. Badiiy asarlarda irim-sirimlar ma'lum xalqning kundalik turmush tarzidagi o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarni ochib berishda qo'llaniladi. Irim-sirimlar asarda etnik qatlamlarning ham o'ziga xos ifoda ko'rsatkichi, madaniy belgisini ko'rsatib beradi. Bu esa asar ta'sirchanligini, xalqchilligini ta'minlaydi. Irim-sirimlar asarda badiiy-etnografik kontekst hosil qilishda qo'llaniladi. Badiiy-etnografik kontekstda irim-sirimlar orqali asar yozuvchisi o'zining hissiy munosabatini ifoda etadi. Bu orqali asarning badiiy-ekspressivlik xususiyati ortadi. Matnning o'ziga xos stilistik qoliplarini yaratishda, shuningdek, matnning madaniy makonini belgilashda asosiy omillardan biri bo'ladi.

Irim-sirim bilan bog'liq leksik birliklarni ma'lum niyat bilan yo'nalgan maqsadni ifoda etishiga ko'ra uch turga bo'lib tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

1. Ijobiy maqsadga yo'nalgan irim-sirim bilan bog'liq til birliklari. Bunday irimlar xalq tomonidan ishonilgan ma'lum voqea-hodisa orqali ezgulikni ko'zlash, yaxshi tadbirni amalga oshirish, ma'lum yomon tashqi omildan o'zini

33 33"O'zbek tilining izohli lug'ati" E.Begmatov,A.Madvaliyev, N.Mahkamov,N.Mahmudov, T.Mirzayev, N.To'xliyev, E.Umarov, D.Xudoyberganova, A.Hojiyev (Abduvahob Madaliyev tahriri ostida) "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti,2020

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

himoya qilish, ma'lum ijtimoiy ta'qiqni bajarishdan qaytarish yoki tarbiya vositasi tarzida namoyon bo'ladi. Bunda xayoliy voqealar asosida yaxshi maqsad ko'zlanadi. O'zbek tilining etnografik til qatlamida ijobiy bo'yoqqa ega irim-sirimlar juda ham ko'p. Irim-sirmlar hayotning ma'lum bir muammoli vaziyatlardagi aktual yechim sifatida paydo bo'lmasa-da, unda kundalik hayotida egallagan bilimlari asosida xalqning badiiy ijodkorligi namoyon bo'ladi. Irim-sirimlarning paydo bo'lishi so'zning leksik ma'nolarining ma'lum bir ko'rinishi faollashishi bilan ham bog'liq jarayondir.

Ona-bola darvozadan chiqayotganda esa, irimini qilib, qo'lidagi oyna ustiga obdastadan suv yugurtirib, Latofat bilan kelini ko'zdan g'oyib bo'lguncha qarab qoldi. S. Karomatov "Hijron" .

Ushbu misolda "oyna ustiga obdastadan suv yugurtirmoq" degan irim qatnashgan bo'lib, ushbu leksik birlikda "oyna" va "suv" so'zlari orqali ifodalanadigan ramziy obrazlar asosida irim-sirim paydo bo'lgan. "oyna" so'zi fors tilidan olingan so'z bo'lib "qarshisidagi narsalarni aks ettiradigan, odatda kishi o'z aksini ko'radigan, orqasi sirlangan maxsus shisha; ko'zgu34" ma'nosini ifodalaydi. Oynaning ramziy ma'nosi "ravonlik, ezgulik" hisoblanib, uning silliq yuzasida suv erkin harakat qilishi asosida uydan biron ish yoki majburiy jarayon orqali yo'lga otlangan insonning manziliga eson-omon yetib borishiga ko'makchi sifatida shunday harakat amalga oshirilgan.

2. Salbiy maqsadga yo'nalgan irim-sirim bilan bog'liq til birliklari. Ma'lum narsa, voqea va hodisa yoki harakat orqali insonning hayotiga omadsizlik, tashvish, kasallik, axloqiy nuqsonlik kabi yomon oqibatlar keltirishiga ishonilgan irim-sirimlar salbiy bo'yoqqa ega irim-sirimlar hisoblanadi. Yomon oqibatlarga olib keluvchi irim-sirimlar turli xil xususiyatlari mavjud. Birinchidan, ma'lum vosita bilan qo'rqitish orqali tarbiya jarayonini yengillashtirishga, hissiy ta'sir kuchini oshirish xususiyatiga egalik. Bunday irim-sirimlarda asosan taqiq bosh o'rinda bo'lib , ma'lum xato harakatni bajarish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi xayoliy obraz va to'qima jarayonlar misolida hikoya qilinadi. Bunday irim-sirimlar izohining alohida leksik qolipi mavjud bo'lib, deyarli barcha irim-sirimning izohi sifatida shu birlik qaytariladi: "yomon bo'ladi" . Ko'pincha mazkur harakatning qanday oqibatlari yomon ekanligi ahamiyatga ega emas. Bunda tinglovchiga ta'sir etish holati nutqning asosiy maqsadiga aylanadi. Ikkinchidan, salbiy bo'yoqqa ega irim-sirimlar ma'lum

34"O'zbek tilining izohli lug'ati" E.Begmatov,A.Madvaliyev, N.Mahkamov,N.Mahmudov, T.Mirzayev, N.To'xliyev, E.Umarov, D.Xudoyberganova, A.Hojiyev (Abduvahob Madaliyev tahriri ostida) "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti,2020

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

narsaning, predmetning tabiiy xususiyatlari: ta'm, rang, hid kabi ma'nolarini bo'rttirish orqali ma'lum to'qima xayoliy vosita yaratish oqibatida yuzaga keladi. Bunday irim-sirimlar tarkibidagi so'zning ma'lum belgisi irim-sirim tarkibidan anglashilgan ma'lum xususiyatga egalik jihati mavjud bo'lsa ham, xalqning nuqtayi nazaridagi salbiy oqibatlar bilan bog'langan ma'lum aloqa umuman ko'zga tashlanmaydi.

Boyo'g'li sayrayotgan paytda tishingni ko'rsatma , yomon bo'ladi.

"Boyo'g'li" leksemasi - "O'zbek tilining izohli lug'ati"da quyidagicha izohlangan: "yapaloqqushlar turkumiga mansub, tunda ov qiladigan bir turli yirtqich qush nomi" bo'lib, ushbu so'z o'zbek tilida , shuningdek, nutq tarkibida ko'chma "bexosiyat, mash'um odam" ma'nolarida qo'llaniladi. Shuning uchun bu qushga xayrixoh bo'lishni istamagan shaxslar hattoki qushning sayrashi ham bexosiyat belgi deb tasavvur qilishib, o'zlarini ulardan himoya qilishadi va nasihat tarzida ushbu irim-sirim paydo bo'lgan. Ushbu irimning paydo bo'lishida so'zning o'z ma'nosi emas, balki so'zning ko'chma ma'nosining faollashishi alohida ahamiyat kasb etgan.

3-Ijobiy yoki salbiy axborot belgisini ifoda etuvchi irim-sirim bilan bog'liq til birliklari. Bunday irim-sirimlar ma'lum maqsadga yo'nalmaydi. Ular bir narsa-predmet, hayvon, raqam, rang kabi birliklar orqali anglanadigan ijobiy yoki salbiy belgiga ega irim-sirim bilan bog'liq til birliklaridir. Bunday irim-sirimlarda tavsifiy matn ishtirok etmaydi balki nutq suppozitsiyasida uning belgisi anglaniladi.Misol uchun: taqa- omad belgisi, siniq oyna- baxtsizlik belgisi va hakazo.

XULOSA:

Birinchidan, irim-sirimlar bilan bog'liq til birliklari orqali xalq madaniyatining ma'lum belgilari namoyon bo'ladi. Bunday til birliklarida madaniy konnotatsiya, madaniy konseptlar assossatsiyasi, madaniy makon omillari yaqqol namoyon bo'ladi;

Ikkinchidan, irim-sirimlar bilan bog 'liq til birliklarining leksik tahlilida so 'zning mazmuniy munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi;

Uchinchidan, irim-sirimlar bilan bog'liq ilmiy izlanishlarga bag'ishlangan tadqiqotlarda qiyosiy usulda tahlil etish xalqlarning madaniy kodini ifoda etish bilan bir qatorda, so'zlarning madaniy konseptual assassatsiyasining o'ziga xos semiotik bog'lanishini ko'rsatib beradi. Shuning uchun irim-sirimlar bilan bog'liq til birliklarining lingvomadaniy tahlil qilish orqali tilning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil etish dolzarb masala hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J). SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Day, L., & Maltby, J. (2003). Belief in good luck and psychological well-being: The mediating role of optimism and irrational beliefs. The Journal of Psychology

2. Hamerman, E. J., & Morewedge, C. K. (2015). Reliance on luck: Identifying which achievement goals elicit superstitious behavior. Personality and Social Psychology Bulletin

3. Lysann Damisch(2008) "Keep your fingers crossed. The influence of superstition on subsequent task performance and mediating mechanism

4. Iona Opie and Moira Tatem (1996) "Dictionary of Superstitions" Oxford University PressPrint Publication.

5. Harry Collis(1998) "101 American superstitions: understanding language and culture through superstitions" February 9,1998.McGraw-Hill Education ISBN-10.

6. L.Boyko (2020) Signs and superstitions across cultures: Russian, English, and French linguocultural traditions. European Proceedings of Social and Behavioural Sciences EpSBS www.europeanproceedings.com e-ISSN: 2357-1330

7. Fuon

8. . zh^^ o

9. Mirzayev.N. O'zbek tili entografizmlarining izohli lug'ati.Toshkent -Fan 1991

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.