Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
DIPLOMATIK TERMINLAR TASNIFI
Zoxid Otaboyevich Jumanizoyov
filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Urganch davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Maqolada diplomatik terminologiyaning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixi, xalqaro munosabatlar tizimining shakllanishi, diplomatik terminlarning o'zlashish orqali tilga kirib kelishi, diplomatik tilning terminologik tizimiga XX asrda xalqaro til maqomini olgan ingliz tilining ta'siri haqida gap boradi. Diplomatik terminologiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borgan olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari hamda ularning diplomatik terminlarni tadqiqiga tasnifiy va tavsifiy yondashuvlari yoritib berilgan.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются историческое возникновение и этапы развития дипломатической терминологии, становление системы международных отношений, внедрение дипломатических терминов в язык посредством заимствований, а также влияние английского языка, получившего статус международного языка в ХХ века, о терминологической системе дипломатического языка. Освещены научно-теоретические взгляды ученых, проводивших научные исследования в области дипломатической терминологии, их классификация и описательные подходы к изучению дипломатических терминов.
ABSTRACT
The article discusses the historical emergence and development stages of diplomatic terminology, the formation of the system of international relations, the introduction of diplomatic terms into the language through borrowing, and the influence of the English language, which received the status of an international language in the twentieth century, on the terminological system of the diplomatic language. It covers the scientific and theoretical views of scientists who conducted scientific research in the field of diplomatic terminology, their classification, and their descriptive approaches to the study of diplomatic terms.
Keywords: field of diplomacy, lexical units of diplomacy, diplomacy term, terminology, language of diplomacy, vocabulary, borrowed words, term.
361
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
m
Ma'lumki, diplomatiya qadimgi davrlarda davlat ijtimoiy institut sifatida rivojlanishi bilan birga paydo bo'lgan. Qadimiy siyosatning diplomatik faoliyati qizg'in muzokaralarda, elchilar almashinuvida, davlatlararo yig'inlar chaqirilishida, mudofaa va hujum ittifoqi shartnomalarini tuzishda namoyon bo'lgan. [1;84]. Diplomatiya tashkilotlari, usul va vositalari shu tarzda sekin asta rivojlanib bordi, uning tili va maxsus terminologiyasini ham shular qatoriga qo'shish mumkin.
Asta sekinlik bilan "muzokaralar", "sulh", "tinchlik shartnomasi" singari ko'plab maxsus "xalqaro" atamalar ham paydo bo'la boshladi va ular shartnoma tuzayotgan taraflar tomonidan bir xil tushunilishi kerak edi. Bu esa xuddi hamma sohada kuzatilgani singari, diplomatiya sohasiga oid terminlarning ham tilshunoslik nuqtai nazaridan chuqur o'rganilishini talab qilar edi.
Diplomatik terminologiyaning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixi, xalqaro munosabatlar tizimining shakllanishi va diplomatiyaning paydo bo'lishi kabi ekstralingvistik kategoriyalar bilan bog'liq.
Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, diplomatik nutqdagi terminlar davlatchilik paydo bo'lgan paytdan boshlab, urushlar olib borish, shartnomalar va bitimlarni imzolash jarayonida paydo bo'la boshladi.
Xalqaro munosabatlar sohasidagi terminologiya tilning o'zi rivojlanib borishi bilan doimo takomillashib bordi. Vaqt o'tishi bilan, diplomatiyaga oid terminlarning tasnifi ham yaxshilanib bormoqda.
Diplomatiyaning dastlabki tili lotin tili bo'lganligi sababli, diplomatiya sohasidagi xalqaro terminlarning aksariyati lotin yoki fransuz tilidan kelib chiqqan.
XX asrda diplomatik tilning terminologik tizimiga o'sha paytda xalqaro til maqomini olgan ingliz tili ta'sir eta boshladi. Tildagi diplomatik tizimning rivojlanishi, faktlarining davomiyligidan nemis, rus va o'zbek tillari ham mustasno emas. Demak, mazkur tillardagi diplomatik terminlarning aksariyati yuqoridagi tillardan olingan o'zlashmalarni anglatadi. Diplomatiya tilidagi o'zlashmalarni ikki turga bo'lish mumkin: Xususiy o'zlashmalar; kalkalangan so'zlar [2;30].
Diplomatik amaliyotda lotin va fransuz tillaridan olingan xususiy o'zlashmalar orasida bugungi kunda quyidagi leksemalar mavjud: attashe (Attache), diplomat (Diplomat), demarsh (Demarche), agreman (Agrement), kommyunike (Kommunique), konsul (Konsul) va hakozo.
Ma'lumki, lotin tilidan kelib chiqqan leksika nafaqat nemis tilida, balki boshqa tillarda ham ko'pchilikni tashkil qildi. Ushbu terminlar asosan verbal notalar matnlarida o'z ifodasini topadi, bunda kalkalash yaqqol ko'zga tashlanadi. Shu jumladan, de-fakto (defacto), persona non grata (persona non grata), status kvo (status quo), modus vivendi (modus vivendi) - bu terminlar kalkalash paytida
362
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdavatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Я
assimilyasiya qilinmaydi. Ba'zi terminlaming nemischa va ruscha variantlari mavjud, masalan,Veto huquqi (право на вето, Vetorecht), memorandum (меморандум, Denkschrift), diplomatik korpus (дипломатический корпус, das diplomatische Korpus) va hakozo.
Shuni aytish joizki, zamonaviy nemis tilida o'zlashgan so'zlarni haqiqiy nemischa, ruscha va o'zbekcha terminlar bilan almashtirish tendensiyasi mavjud: Lettre de creance - Beglaubigungsschreiben; верительная грамота; ishonch yorlig'i, Ambassadeur - Botschafter; посоль; elchi va boshqalar. Shu munosabat bilan biz diplomatik terminologiyaga xos bo'lgan sinonimiya mavjudligini alohida ta'kidlaymiz. Masalan, Memorandum - Denkschrift.
Ko'pincha lug'atlarda ma'lum bir terminning muayyan bir faoliyat sohasining terminologik tizimiga tegishli ekanligi to'g'risida aniq ta'rif berilmaydi, bu ular orasidagi chegaralarning xiralashganligini ko'rsatadi. Bunga muzokaralar natijasida yaratilgan hujjatlarni misol tariqasida keltirish mumkin, masalan: shartnoma, bitim, protokol va hak.
Diplomatiya va xalqaro munosabatlar tili tizimining leksik-semantik tarkibiy qismi bu maxsus lug'at (Fachwörter) bo'lib, u aslida terminologik va terminologik bo'lmagan (masalan, professional lug'at yoki faqat ma'lum bir kontekstda ularning terminologik ma'nosini oladigan yarim) terminlarga bo'linadi.
K.Hellerga ko'ra, maxsus diplomatik terminologiya quyidagilarga bo'linadi: umumiy qo'llaniluvchi (Diplomatie, Diplomat, Botschaft usw); tor mutaxassis likka doir (Exquatur, Botschafterebene, Empfangsstaat usw.); o'tish guruhi (Zeremoniell, Konsularagent, Agreement usw)[3].
Har qanday jonli til tizimida bo'lgani kabi, ushbu toifadagi diplomatik terminlar o'rtasida aniq chegaralar mavjud emas.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, diplomatik soha terminlari va tushunchalari fanning boshqa sohalari bilan taqqoslaganda deyarli o'zgarishsiz qolishiga qaramay, diplomatik terminologiya umuman statik emas.
L.G.Farafonova o'z ishida diplomatik terminologiyani paradigmatik tamoyliga ko'ra bo'linishini keltiradi va quyidagi terminologik sinflar yoki quyi tizimlarni ta'kidlaydi: Rasmiy lavozimga ega shaxslar, diplomatik vakillar (Gesandter, Gesandschaftsrat, der 3..,2..,1.. Sekretär, Attache usw.); tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar nomlari (Auswärtiges Amt, Mission, Gesandtschaft, Botschaft usw.); hujjatlar nomlari va ularning tarkibiy qismlari (Note, Verbalnote, Konzeption, Artikel usw.); diplomatik amaliyotdagi jarayonlarni bildiruvchi terminlar (akkreditieren, abberufen, bestellen, Beglaubigungsschreiben); diplomatik protokol terminlari (Sitzordnung, Tischordnung, Empfang usw.)[4; 203].
363
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^MrcMq^avlat^edagogika^niViBiiiBH
Tadqiqotchilar konsullik terminologiyasini tildagi diplomatik tizim bilan bir qatorda faoliyat ko'rsatadigan mustaqil terminologik tizim deb hisoblashadi. Ushbu fakt xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq shakllangan maxsus konsullik xizmati institutining mavjudligi bilan bog'liq [5].
Shunday qilib, konsullik terminologiyasi uchun xuddi shunday quyi tizimlarga bo'linish xarakterlidir: rasmiy lavozimga ega shaxslar, konsullik darajalari: (Konsul, Generalkonsul, Vizekonsul usw.); konsullik vakolatxonalari nomlari (Konsularabteilung, Konsulat, konsularische Vertretung usw.); hujjatlarning nomlari (Visum, Exequatur, Ernennungsschreiben usw.); konsullik amaliyotidan olingan leksika (konsularischer Schutz, Konsulargericht, Konsulargebühr usw.).
Diplomatiya tilida jamiyat hayotining boshqa sohalaridagi terminlardan ham foydalanish kuzatiladi, ya'ni diplomatik terminlar umumiy lug'at bilan bog'liq. Diplomatik terminologiya tizimi polisemantikligi bilan ajralib turadi: termin ma'lum bir kontekstda ishlatilgandagina diplomatiya tilida ma'lum ma'noga ega bo'ladi. N.L. Konstantinova bu hodisani semantik konversiya, ya'ni umumiy adabiy tilda so'zlarning terminologiyasi deb ataydi [6;86-92]. Masalan, odob-axloq so'zlari terminologiyasi: Frühstück (nonushta), Tischordnung (o'tirish tartibi), Protokoll (protokol), Verordnung (pozitsiya) o'z-o'zidan termin emas. Ushbu leksemalar terminologik komponentni faqat diplomatik protokolda ishlatilganda oladi.
M.D.Stepanova zamonaviy nemis tili diplomatik terminlarining tasnifini taqdim etadi, ular muallifning fikriga ko'ra sodda, yasama va murakkab turlarga bo'linadi [7;234].
Sodda terminlar tarkibiga so'z yasovchi otlar yoki tub so'zlar kiradi: Diplom, Visum, Attache, Protokoll, Konsul. Qo'shimcha qo'shish yordamida hosil qilingan yasama so'zlar tarkibida quyidagi kabi terminlar mavjud: Diplomat, Diplomatie, Konsulat. Murakkab termin yoki kompozitsiyalar so'z birikmalari yordamida yaratilgan quyidagi so'z birikmalar qatori bilan ifodalanadi: Diplomatenpass, Diplomatenausweis, Dollardiplomatie, Geheimdiplomatie; Einreisevisum, Ausreisevisum, Durchreisevisum; Militärattache, Presseattache, Luftattache; Protokollabteilung.
Diplomatiya tili leksik tizimining xarakterli elementi bu qisqartmalardan foydalanishdir. Masalan: BMT, SHXHT va shu kabilar.
Xalqaro munosabatlarning jadal rivojlanishi, ichki siyosiy rejimlarning o'zgarishi, davlatlarning tashqi siyosiy maydondagi pozitsiyalari, geosiyosiy vaziyatning o'zgarishi, boshqa narsalar qatori, diplomatik tilda yangi leksik birliklarning paydo bo'lishiga olib keladi.
364
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
So'nggi davrda diplomatiya tilida quyidagi terminologik birliklar paydo bo'ldi: sanksiya, sanksiyalar tahdidi, ayirmachi (separatist), qochqinlar ko'chkisi, davlatga qarshi tashviqot va boshqalar.
Xalqaro aloqalar munosabatlarning bir necha sohalarini qamrab oladi. Natijada, biz boshqa sohalardagi terminlarga duch kelamiz.
H.A.Saidov bu effektni "terminlarni takrorlash" deb ataydi [8].
T.A.Volkova klishe va klishelarni belgilash uchun "nutq formulasi" tushunchasini kiritadi, diplomatik matnlardagi klishe terminlar va xalqaro huquq, iqtisodiyot va boshqa faoliyat sohalari nomenklatura nomlari bunga misol bo'la oladi.
Guvohi bo'lganimizdek, diplomatiya sohasi terminologiyasi kelib chiqishi, mavzuiy tegishliligi va xarakteristikasiga ko'ra juda katta miqyosga ega umumiy qo'llaniladigan va tor ixtisoslik atamalaridan iborat, biroq ular muayyan tizimli aloqaga va munosabatga ham ega, bu esa ushbu leksikani diplomatiya tili deb atashimizga imkon beradi.
REFERENCES
I. Беляков М.В. Терминология дипломатии: лексикографические проблемы. -Вестник РУДН, серия теория языка. Семиотика. Семантика. 2012, №2, - C.84.
2. Пономарёва Е.В. Лексико-стилистические аспекты перевода дипломатических текстов (на материале сайтов МИДа России и Германии). - Санкт-Петербург, 2017. - C.30.
3. Heller K. Der Wortschatz unter dem Aspekt des Fachwortes-Versuch einer Systematik. // Wissenschaftliche Zeitschrift der Karl-Marx Universität, Leipzig, 1970/4
4. Фарафонова Л.Г. Система дипломатического подстиля и ее исследование на уровне текста: на материале современного немецкого языка: диссертация ... кандидата филологических наук. - Москва, 1977. - C.203.
5. (Konsullik munosabatlari to'g'risida. Vena konvensiyasi. Vena, 1963 -yil 24-aprel. 22 b.
6. Константинова Н. Л. Иноязычные заимствования и система языка (на материале англоязычной лексики в финансово-экономической терминологии немецкого языка) // Филологические науки. -1999. № 2. -С. 86-92.
7. Степанова М.Д. Методы синхронного анализа лексики. - М.: Высшая школа, 1968. -C. 234.
8. Саидов Х.А. Дипломатическая терминология в таджикском и английском языках: диссертация доктора филологических наук. - Душанбе, 2013. 366 с.
365