INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
DIPLOMATIYA LEKSIKASI LINGVISTIK TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA
Uyg'un Safarovich Xamroyev
Mustaqil izlanuvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7057591
Annotatsiya. Ushbu maqolada diplomatiya va siyosiy leksik birliklarni fransuz, ingliz va o'zbek tillarida tadqiq qilishning o'ziga xos lingvistik ko'rinishlari haqida so'z boradi. Diplomatik munosabatlar va immunitetlar masalalari bo'yicha Vena konvensiyasi, diplomatiya va siyosiy leksik birliklarning asosiy negizi grekcha va lotincha so'zlar-terminlardan iborat ekanligi, keyinchalik aynan shu tillar asosida paydo bo'lgan fransuz va ingliz tillariga xos sohaga oid leksika va leksik birliklarning xalqaro miqyosda keng qo'llanilishi, ularni tasniflash va tavsiflash, lingvistik tahlil qilish kabi masalalar undan joy olgan.
Kalit so'zlar: diplomatiya leksikasi, leksik birliklar, diplomatik munosabatlar, immunitet, Vena konvensiyasi, diplomatik korpus, konsul, diplomat, attashe.
ЛЕКСИКА ДИПЛОМАТИИ КАК ОБЪЕКТ ЛИНГВИСТИЧЕСКОГО
ИССЛЕДОВАНИЯ
Аннотация. В данной статье говорится о специфических языковых проявлениях изучения дипломатии и политических лексических единиц во французском, английском и узбекском языках. Венская конвенция о дипломатических отношениях и иммунитетах гласит что основу дипломатических и политических лексических единиц составляют греческие и латинские слова-термины, а интернациональная лексика и лексические единицы, относящиеся к области, характерной для французского и английского языков, появившиеся позднее на основе этих языков включает такие вопросы, как их широкое использование, классификация и описание, а также лингвистический анализ.
Ключевые слова: лексика дипломатии, лексические единицы, дипломатические отношения, иммунитет, Венская конвенция, дипломатический корпус, консул, дипломат, атташе.
LEXICS OF DIPLOMACY AS AN OBJECT OF LINGUISTIC RESEARCH
Abstract. This article deals with specific linguistic manifestations of the study of diplomacy and political lexical units in French, English and Uzbek languages. The Vienna Convention on Diplomatic Relations and Immunities states that the main basis of diplomatic and political lexical units consists of Greek and Latin words-terms, and the international lexicon and lexical units related to the field specific to French and English, which later appeared on the basis of these languages. It includes issues such as their widespread use, classification and description, and linguistic analysis.
Keywords: lexicon of diplomacy, lexical units, diplomatic relations, immunity, Vienna Convention, diplomatic corps, consul, diplomat, attache.
KIRISH
Diplomatiya va siyosiy leksik birliklarni fransuz, ingliz va o'zbek tillarida tadqiq qilish o'ziga xos lingvistik qarashlarga egadir. Bugungi shiddat bilan o'sib borayotgan globallashuv davrda ko'pgina davlatlar bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarni tiklashda o'z positsiyasini aniq va ravshan ifoda etish maqsadida o'zlarining ona tillarida diplomatiya va siyosiy leksik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
birliklarni mukammallik darajasigacha olib chiqishlarini taqozo qilmoqda. O'z navbatida diplomatiya va siyosiy leksikonlarni standartlashtirish borasida 1961-yil 18 aprelda Vena shahrida "Diplomatik munosabatlar va immunitetlar masalalari bo'yicha" BMT konferensiyasida Vena konvensiyasi ishlab chiqildi. 53 moddadan iborat bo'lgan bu huquqiy hujjat davlatlar boshliqlari huzuridagi diplomatik vakolatxonalar maqomi va vazifalarini belgilab, davlatlar o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish tartibi, diplomatik vakolatxona rahbarlarini ta'minlash va chaqirib olishga, mazkur vakolatxona xodimlarining diplomatik maqomlariga, ular va ularning oila a'zolariga beriladigan imtiyoz va daxlsizliklarga, ular vazifa olgan davlatlarga chiqishi va kelishiga, qabul qiluvchi davlat hududida o'zlarini qay shaklda tutishlariga oid qoidalardan tarkib topgan. Oxirgi davr xabarlaridan ma'lum bo'lyaptiki, serqirra diplomatiya sohasi xalqaro muzokaralarni muvaffaqiyatli darajada olib borishda lingvodidaktik jihatdan qandaydir qiyinchilikka duch kelib, buning pirovardida ba'zi davlatlar o'rtasidagi vaziyatni keskinlashuvi kabi ziddiyatlarga duch kelyapti.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ma'lumki, har qanday tilning leksik qatlami dunyo haqidagi bilimlarning deyarli barcha sohalarini qamrab olishni nazarda tutadi, leksik birlik esa ko'proq xalqaro miqyosdagi terminlarning tilimizda ravon aks ettirishga xizmat qiladi va bu orqali ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini ochib beradi. Sohalarga oid terminlarni tasniflash va tavsiflash, ularni turli tizimli tillar kesimida lingvistik tahlil qilish, terminlarning tarjima qilish usullarini, xususiyatlarini, metod va metodologiyalarini aniqlash hamda ishlab chiqish dunyo tilshunoslari oldida turgan muhim masalalardan biridir [1; 4-b.].
Ta'kidlash joizki, diplomatiya leksikasi o'zbek tilida faol rivojlanishi uchun shaxsning diplomatiya va tashqi davlat munosabatlari bilan bog'liq aqliy faoliyati natijalarini belgilash mantiqan to'g'ri keladi. Bugungi kunda o'zbek tilida diplomatiya leksikasini, leksik birliklarni, xorijiy tillarida qaytadan ko'rib chiqish tendensiyasi olimlar va ilmiy izlanuvchilar tomonidan ancha nazariy va ilmiy ishlar olib borilayotganligi tahsinga loyiqdir. Umuman olganda, bunday astoydil harakatlar o'zbek tilining sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga qaratilganligi bilan ajralib turadi, shuningdek sohaga oid leksik birliklar jamlanmasining taraqqiy etishida o'zbek tili bilan birgalikda boshqa tillarning salmoqli o'rni, leksik birliklarlarning yasalish qoliplari, ularning tuzilishi, mazmuni, etimologiyasi va nutqda qo'llanilishini nazarda tutadigan terminologik izlanishlar olib borishni taqozo qiladi [2; 2-b.].
Aytish joizki, diplomatik atamalar asosan lotin, ingliz, fransuz tillarida yaratilgan yoki vositachi til sifatida ingliz va fransuz tillari orqali o'zlashtirilgan [3; 216-223-b.]. Dadaboyevning yozishicha, [4; 4-13-b.] VII-XIV asrlar yozma yodgorliklari matnlarida qayd etilgan dushmanlik, elchi, sulhnoma, elchilik, elchixona, yorliq, sulh, xabar, josus, tashrif, ijozat, qabid, noma, muhr, nishon va boshqa asl o'zbekcha (turkiy) hamda o'zlashma so'z va so'z birikmalari zamonaviy o'zbek diplomatik terminologiyasi tizimida keng ishlatilmoqda. Ayni chog'da, hozirgi o'zbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini uning tarkibiga kirib kelayotgan, bugungi jahon diplomatiyasi sohasida mavjud tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi leksemalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Hozirgi o'zbek diplomatik terminologiyasi genetik jihatdan turli-tumandir. Uning safida azaldan qo'llanishda bo'lgan umumturkiy terminlar qatori, sharq va Yevropa (rus, ingliz, nemis) tillaridan turli zamonlarda kirib kelgan o'zlashmalar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ham o'z aksini topgan. "O'zbek tilining izohli lug'ati" materiallari asosida qilingan statistik tahlil diplomatik terminlarning umum o'zbek adabiy tilida qo'llanish darajasi chastotasining pastligini ko'rsatdi. Xususan, nomi tilga olingan izohli lug'atdan o'rin olgan 60.000 so'zlarning atigi 410 tasi, ya'ni 0,7% ini diplomatik terminlar tashkil qiladi, xolos [5; 160 b.].
Ma'lumotlarga qaraganda, lotin va grek tillarining ahamiyati insoniyat tamaddunining dastlabki davrlarida yuksak mavqega ega bo'lgan. Ushbu tillar orqali diplomatiya leksikasi rivojlanishining dastlabki bosqichida xalqaro ziddiyatlarni osoyishta tamoyil asosida hal qilishning muhim vositasi sifatida diplomatik til vazifasini bajargan [6; 13-b.]. Bir so'z bilan aytganda, fan-texnika taraqqiyot qilgan hozirgi davrda nafaqat diplomatik leksikasining, balki terminologiyaning asosiy negizi grekcha va lotincha so'zlar-terminlardan iborat ekanligi buning isbotidir. Keyinchalik aynan shu tillar asosida paydo bo'lgan roman tillariga xos leksika va leksik birliklar sohalarda xalqaro miqyosda keng qo'llanilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.
Jumaniyozovning yozishicha, [7; 773-777-b.] strukturaviy tasnifga ko'ra ushbu grekcha va lotincha terminlar ikkiga bo'linadi: so'z - terminlar va so'z birikma terminlar. Grek tilidan kirib kelgan terminlar asosan so'z terminlar sirasiga kiradi, misol uchun ¡uovapxog, avapxia.
TADQIQOT NATIJALARI
Lotin va grek tillaridan kirib kelgan terminlar tarkibida ham so'z termin ham so'z birikma terminlar uchraydi. Masalan: lotin tilida a) so'z termin - acclamatio, consul; so'z birikma termin - persona grata, modus prosedendi.
Fransuz tilida a) so'z termin- valise, doyen; b) so'z birikma termin - Letters de rappel, charge d'Affaires ad interim.
Jumaniyozovning kuzatishlaridan shunga amin bo'ldikki, lotincha terminlar nafaqat nom-terminlar, atoqli otlar, balki ravish, sifat, sifatdosh, ko'makchi va asosan fe'l so'z turkumlaridan tashkil topgan.
Lotin terminlari orasida quyidagilar mavjud:
a) ot: nuntius (elchi) - nunsiy (Vatikanning diplomatik vakili), nota (belgi, eslatma) -nota; jus (huquq) - de yure - tan olish (davlatlar o'rtasida bir-birini rasmiy tan olishning shakllaridan hisoblanib, to'liq, har tomonlama munosabatlar o'rnatish imkonini paydo qiladi); corpus (jamlanma, umumlashma) - (diplomatik) korpus (mazkur davlatda akkreditasiya qilingan xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining majmui); persona grata (maqbul shaxs) -persona grata (qabul qilinuvchi davlat tomonidan maqbul shaxs deb topilish); persona non grata (istalmagan, nomaqbul shaxs) - persona non grata (nomaqbul shaxs deb e'lon qilinish);
b) fe'l: accredere (ishonch bildirmoq) - akkreditlashtirish, conventio - konvensiya (kelishish); insurrectio (qo'zgalish, qo'zg'olon) - insurreksiya (diplomatning o'z vazifasini bajarishdan bo'yin tovlashi); currerre (yugurmoq) - kuryer (elchi); acclamatio (xitob, na'ra qilish) -aklamasiya (qarorni ovozga qo'ymay qabul qilish), alternare (navbatma-navbat) -alternat, visus (ko'rib chiqilgan) - viza, consul (conculere - maslahat bermoq) - konsul; requirere, recvisitum (talab qilmoq) - rekvisisiya (konsullik muassasalari lavozimli shaxslari va ularning oila a'zolariga tegishli mulkni haq to'lash asosida yoki ma'lum muddatga ixtiyoriga o'tkazish); immunos (soliqlardan xoli) - immunitet, modus prosedendi (harakat tarzi) - modus prosedendi (diplomatik amaliyot atamasi hisoblanib, olingan u yoki bu majburiyatni yoki harakatni qay tarzda va qay tartibda amalga oshirishni ko'rsatadi); cumulus (yig'ish) -
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
kumulirlashtirish: 1. Bir shaxsning bir necha davlatlar - o'z davlati va ayrim boshqa davlatlarning uchinchi davlatda vakillik vazifalarini o'tashi; 2. Bir shaxsning o'z davlati vakilligini bir necha davlatlarda o'tishi; 3. Bir davlatning o'z apparati orqali ikkinchi davlatda xalqaro vakillik vazifalarini ado etishi; missio (jo'natish, yuborish, uzatish,) - missiya; notificare (ma'lum qilmoq) - notifikasiya (u yoki bu siyosiy faktlar va voqealar to'g'risida rasmiy xabar berilgan nota yoki hujjat); exsequare (aniqlik o'rnatish) - konsullik ekzekvaturasi (chet el konsulini qabul qiluvchi davlatning hukumati tomonidan tan olinishini tasdiqlovchi rasmiy hujjat); retorte, retorquere - retorsiya (nodo'stona harakatlarga javob tariqasida belgilangan, ammo xalqaro huquqni buzmaydigan siyosiy choralar);
c) sifat: mutatis, mutandis - tegishli, zarur o'zgarishlar bilan; ad honorary - sharafli; ad interim - vaqtinchalik;
d) sifatdosh: praeambulus (oldinga yuradigan); prae - oldinga, ambulare - yurmoq) -preambula (konvensiyaning maqsadlarini yoritgani sababli, uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi);
e) ko'makchi: via - vositasida (birovning) vositachiligida, orqali;
f) ravish: a priori - tajribadan oldin, spekulyativ ravishda; e.g. (exempli gratia) -masalan; id est qisq. i.e. - ya'ni; in status quo - ayni paytdagi holati; nolens-volens - zarurat tufayli; videlicet (viz) - aynan, ya'ni, masalan; factum (haqiqatda) - de facto tan olish (bir davlat tomonidan ikkinchi davlatni rasmiy tan olish shakllaridan biri);
Grekcha diplomatik terminlar esa asosan bosh so'z turkumlari hisoblanmish ot va fe'ldan
iborat:
a) ot: ôinXwpa - (ikki qat qilib buklangan, yozma hujjatga nisbatan) - diplomatiya; np&roç, npmxÔKollov - protokollon: birinchi, KoXXarn — yelimlayman, protokol (diplomatik); avrôç — o'zi, u + Kpdroç - kuch, hokimiyat (avtokratiya); pôvap/oç — monos-bir, arxos-hukmdor = monarx demakdir.
b) fe'l: ôiaanopa — diaspora - tarqataman
Fransuzcha leksik birliklar asosan ot so'z turkumi, so'z birikmasi va fe'lli so'z birikmalari (qisqartma shakli)dan iborat bo'ladi. [8; 1, 4, 178 -b.]. Misol tariqasida,
a) ot: valise - diplomatik kuryerning plombalangan pochta qopi (to'rva, qog'oz xalta konvert); diplomat - diplomat (tashqi aloqalar idorasi xodimi); doyen - duayen (diplomatik korpusning protokol jihatidan oqsoqoli); agréer - agreman, rozilik; attaché — attashe, diplomatik xodimning lavozimi yoki rangi;
b) ot so'z turkumli birikma: Lettres de récréance - qoyib yuborish yorlig'i; lettres de rappel - chaqirib olish yorlig'i; étiquette (mahkam qadamoq) - etiket; lettres de créance -ishonch yorlig'i; charge d'affaires par interim - muvaqqat ishlar vakili; charge d'affaires -ishonchli vakil;
c) fe'lli so'z birikmalari (qisqartma shaklida): p.f. - (pour féliciter) tabriklashda; p.r. -(pour remercier) - minnatdorchilik bildirishda; p.p.c. - (pour prendre congé) - xayrlashuv belgisi sifatida;p.c. (pour condoléance) - hamdardlik bildirishda.
MUHOKAMA
Umuman olganda, ushbu tadqiqot ishimizda diplomatiya leksikasi va leksik birliklarni chog'ishtirilayotgan fransuz, ingliz va o'zbek tillarida quyidagi asosiy 1) sifat + ot; 2)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
sifatdosh + ot; 3) ot + ot; 4) ot + ot + ot; 5) sifat + ot + ot; 6) sifat + sifat + ot; 7) ot + sifat + ot; 8) sifatdosh + ot + ot; 9) fe'l + ot tuzilishlar orqali o'rganib chiqishni maqsad qildik. Misol tariqasida:
sifat + ot
Fransuz tili Ingliz tili O'zbek tili
Demande Statement Bayonot
- politique étrangère - a foreign-policy - tashqi-siyosiy
- commun - a joint - qo'shma
- verbal - a verbal - og'zaki
- écrit - a written - yozma
- mal fondé - an unfounded - asossiz
déclaration declaration deklaratsiya
- solennel - a solemn - tantanali
- politique - a political - siyosiy
- de doune - customs - bojxonaga oid
traité treaty shartnoma
- fondamental a basic - asosiy
obligé - a binding - majbur
collectif a collective - jamoaviy
international - an international - a - xalqaro
de paix peace - sulh
acte act akt
final final - yakuniy
juridique - legal - huquqiy
inimitié - unfriendly - noxayrixohlik
- illégal - unlawful - g'ayriqonuniy
hostile - hostile - dushmanlik, adovatli
constituant - constituent - ta'sis
XULOSA
Xulosa sifatida mazkur tadqiqot ishimizda ona tilimizdagi diplomatiya leksikasi asosiy negiz sifatida dastlab lotin va grek tillaridan, keyinchalik fransuz va ingliz tillaridan kelib chiqqanligi, o'zlashgan leksik birliklar yetarlicha mavjud ekanligi va bu soha leksikasini qaytadan isloh qilish davr talabi ekanligiga ishonch hosil qilindi. Shuningdek, ushbu diplomatiya leksik birliklari morfologik nuqtai-nazardan qaysi so'z turkumiga qarashliligi aniqlanib, chog'ishtirilayotgan fransuz, ingliz va o'zbek tillarida guruhlarga ajratilib tasnif qilinadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. O.S.Axmedov. Ingliz va o'zbek tillaridagi soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari. Филол.фанлари номзоди.. .дис.-Т.: 2016.-255 б.
2. Hamidulla Dadaboyev. O'zbek terminologiyasi. - Toshkent- 2019
3. Саидов Х.А. Дипломатическая терминология и ее особенности в разносистемных языках. // Вестник университета права, бизнеса и политики 1-2 Худжанд, 2012. №3 (51). - С.216-223.
4. Dadaboyev, Hamidulla. O'zbek Terminologiyasi: o'quv qo'llanma / Hamidulla Dadaboyev. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 136 b
5. Абдуллаева А. Лексика сферы международных отношений (на материале русского и узбекского языков). Автореф. дисс. канд. филол. наук.-Ташкент, 2003.
6. Криворот В.В. О некоторых особенностях дипломатической терминологии в английском языке. - Минск, Электронная библиотека БГУ: Общественные науки, Языкознание, 2017.
7. Дадабаев X. Старотюркская дипломатическая терминология в XI-XIV вв. Историко-лингвистический анализ лексики старописьменных памятников. -Ташкент: Фан, 1994. -С.4-13.
8. Jumaniyozov Z.O. Diplomatiya sohasidagi ayrim o'zlashma terminlar haqida. International Scientific and Practical Conference. www.myscience.uz
9. Соссюр Фердинанд де. Курс общей лингвистики // Соссюр Ф. де. Труды по языкознанию. Перевод с франц. - М., 1977. - 274 с.
10. Cambridge English Dictionary. http//www//dictionary.cambridge.org.
11. http://www//vocabulary.com.
12. http://www//uz.m.wikipedia.org.