Научная статья на тему 'DIPLOMATIK MULOQOT : TIL, LINGVOKULTUROLOGIYA VA CHOG‘ISHTIRMA LINGVOKULTUROLOGIYA MASALALARI'

DIPLOMATIK MULOQOT : TIL, LINGVOKULTUROLOGIYA VA CHOG‘ISHTIRMA LINGVOKULTUROLOGIYA MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
264
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diplomatiya tili / diplomatik muloqot / madaniyat / lingvokulturologiya / diaхronik lingvokulturologiya / qiyosiy lingvokulturologiya / chog'ishtirma lingvokulturologiya. / language of diplomacy / diplomatic communication / culture / linguoculturology / diachronic linguoculturology / comparative linguoculturology / hybrid linguoculturology

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — U. Khamroyev

Mazkur ilmiy maqolada tilning madaniyat ko‘zgusi, хazinasi va quroli sifatida madaniyat bilan birga rivojlanib borishi, lingvistik masalalar asosida olib borilgan lingvokulturologik tadqiqotlar, qiyosiy, chog‘ishtirma va diaхronik lingvokulturologiya haqida muhim ma‘lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIPLOMATIC COMMUNICATION: ISSUES OF LANGUAGE, LINGUOCULTUROLOGY AND MIXED LINGUOCULTUROLOGY

This scientific article provides important information about the development of language as a mirror, treasure and weapon of culture along with culture, linguistic-cultural studies conducted on the basis of linguistic issues, comparative, comparative and diachronic linguo-cultural studies.

Текст научной работы на тему «DIPLOMATIK MULOQOT : TIL, LINGVOKULTUROLOGIYA VA CHOG‘ISHTIRMA LINGVOKULTUROLOGIYA MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

DIPLOMATIK MULOQOT : TIL, LINGVOKULTUROLOGIYA VA CHOG'ISHTIRMA LINGVOKULTUROLOGIYA MASALALARI Uyg'un Safarovich Xamroyev

Mustaqil izlanuvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7057553

Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada tilning madaniyat ko'zgusi, xazinasi va quroli sifatida madaniyat bilan birga rivojlanib borishi, lingvistik masalalar asosida olib borilgan lingvokulturologik tadqiqotlar, qiyosiy, chog'ishtirma va diaxronik lingvokulturologiya haqida muhim ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: diplomatiya tili, diplomatik muloqot, madaniyat, lingvokulturologiya, diaxronik lingvokulturologiya, qiyosiy lingvokulturologiya, chog'ishtirma lingvokulturologiya.

ДИПЛОМАТИЧЕСКОЕ ОБЩЕНИЕ: ВОПРОСЫ ЯЗЫКА, ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ И СМЕШАННОЙ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ

Аннотация. В данной научной статье представлены важные сведения о развитии языка как зеркала, сокровища и оружие культуры, наряду с культурой, лингвокультурологических исследований, проводимых на основе лингвистических проблем, сравнительных, сопоставительных и диахронических лингвокультурологических исследований.

Ключевые слова: язык дипломатии, дипломатическое общение, культура, лингвокультурология, диахроническая лингвокультурология, сравнительная лингвокультурология, гибридная лингвокультурология.

DIPLOMATIC COMMUNICATION: ISSUES OF LANGUAGE, LINGUOCULTUROLOGY AND MIXED LINGUOCULTUROLOGY

Abstract. This scientific article provides important information about the development of language as a mirror, treasure and weapon of culture along with culture, linguistic-cultural studies conducted on the basis of linguistic issues, comparative, comparative and diachronic linguo-cultural studies.

Keywords: language of diplomacy, diplomatic communication, culture, linguoculturology, diachronic linguoculturology, comparative linguoculturology, hybrid linguoculturology.

KIRISH

Dunyodagi deyarli barcha xalqlar o'z tillari va madaniyatlari bilan yaqinlashayotgan bugungi kunda, xorijiy tillarni o'rganish bilan birga, boshqa turli xil madaniyatlarga ham qiziqish ortib bormoqda. Albatta, o'ziga xos xalqaro, madaniyatlararo muloqot - diplomatiya tili masalalari barchaning e'tiborini tortishi tabiiy. Diplomatik muloqot jarayonida ijtimoiy-madaniy me'yorlarning, odob-axloq qoidalarining buzilishi muayyan madaniyat vakilining kamsitilishi yoki haqoratlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Aytish joizki, kommunikativ xatolar o'zga shaxsga madaniy shok holatni yuzaga chiqarib, shaxslararo va millatlararo muloqotning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi yoki "geosiyosiy oqibat"lar deb atalmish jiddiy to'qnashuvga olib kelishi hech gapmas. Bir so'z bilan aytganda, globallashuv, integratsiyalashuv standartlashuv kabi madaniyatlararo aralashuv yuz berayotgan bugungi davrda madaniyatlararo muloqot muammolarni o'rganib, ularni tadqiq etish masalasi dolzarb bo'lib qolmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ma'lumki, til - madaniyatning ko'zgusi bo'lib, unda nafaqat insonni o'rab olgan real borliq, uning real yashash sharoitlari, balki xalqning ijtimoiy o'zini o'zi anglashi, uning mentaliteti, hayot tarzi, an'analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlar yig'indisi va dunyoqarashi kabi milliy xarakterini aks etadi.

Til - madaniyat xazinasi, sandig'i, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, folklor, badiiy va ilmiy adabiyot, og'zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi [1, C.27, 26]. Til - madaniyat tashuvchisi bo'lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Yosh avlod ona tili barobarida ajdodlarning boy madaniy tajribasini ham o'zlashtishi tabiiy.

Shuningdek, til - madaniyatning quroli, vositasidir. U xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi. Demak, til "bizning hayot tarzimizni tavsiflovchi ijtimoiy meros qilib olingan malaka va g'oyalar majmuyi [2, C.185] sifatida madaniyatdan tashqarida mavjud bo'lolmaydi. Til inson faoliyatlarining biri sifatida madaniyatning tarkibiy qismi hisoblansa-da, tafakkur shakli va muloqot vositasi sifatida madaniyat bilan bir qatorda turadi.

Lingvokulturologiya tilshunoslikning mustaqil yo'nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, "lingvokulturologiya" (lot. lingua "til"; cultus "hurmat qilish, ta'zim qilish"; yunon. "ilm, fan") termini V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi (Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorobev, V.Shaklein, V.A.Maslova) tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog'liq ravishda paydo bo'lgan [3, C.38].

XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi etakchi yo'nalishlardan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o'z aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o'rganadi. U birinchi navbatda, muayyan madaniyatning mif, afsona, urf-odat, an'ana, udum, taomil, ramzlarini tadqiq etadi. Mazkur konseptlar madaniyatga taalluqli bo'lib, ular tilda maishiy va taomil muomalasi shaklida mustahkamlanadi.

V.N. Teliyaga ko'ra, lingvokulturologiya, avvalo, jonli kommunikativ jarayonlarni va ularda qo'llaniladigan til ifodalarining sinxron harakatdagi xalq mentaliteti bilan aloqasini tadqiq qiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Demak, lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida o'rganuvchi fan bo'lib, o'zaro aloqadorlikda bo'lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil qiladi. Binobarin, V.N. Teliya bu haqda shunday yozadi: "Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog'i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni anglatadiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo'lgan inson to'g'risidagi antropologik paradigmaga xos bo'lgan yutuqlar majmuasidir" [3, C.38].

G.G. Slishkinga ko'ra, "Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog'i, insondagi madaniyat omiliga yo'naltirilgan. Lingvokulturologiyaning markazi madaniyat fenomenidan iborat bo'lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi" [4, C.55].

N. Alefirenko lingvokulturologiyani quyidagicha tavsiflaydi:

- lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog'langan bo'lib, u sintezlovchi xususiyatga ega;

- lingvokulturologiyaning asosiy e'tibori tilda izohlanadigan madaniy dalillarga qaratiladi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- lingvokulturologiya tilshunoslik fanlariga kiradi, shuning uchun uning tadqiqot natijalaridan ona tili va chet tillari o'qitish jarayonida amaliy foydalanish mumkin;

- lingvokulturologiya tadqiqotlarining asosiy yo'nalishlari: a) lisoniy shaxs; b) til madaniy qadriyatlarning semiotik gavdalantirish tizimi hisoblanadi [5, C.21].

Lingvokulturologiyada bugungi kunga qadar bir qancha yo'nalishlar shakllangan:

1. Muayyan ijtimoiy guruhlar, xalqning ko'zga ko'ringan davrdagi madaniy munosabatlari lingvokulturologiyasi, ya'ni aniq lingvokulturologik holatlarning tadqiq etilishi.

2. Xalqning muayyan davriga tegishli bo'lgan lingvomadaniy o'zgarishlarni o'rganadigan diaxronik lingvokulturologiya.

3. O'zaro aloqada bo'lgan turli xalqlarning lingvomadaniy ko'rinishlarini tadqiq qiladigan qiyosiy lingvokulturologiya.

4. Chog'ishtirma lingvokulturologiya. U endi rivojlanishga boshlagan bo'lib, ayrim tadqiqotlarda o'z aksini topgan. Masalan, M.K. Golovanivskaya "Rus tili sohibi nuqtayi nazaridan fransuz mentaliteti" nomli tadqiqotida fransuz mentaliteti xususiyatlarini rus tili va madaniyati sohibining nuqtayi nazaridan o'rgangan. Tahlil materiali sifatida rus va fransuz tillaridagi taqdir, xavf, omad, jon, vijdon, fikr, g'oya va h.k. mavhum otlar xizmat qilgan.

5. Geografik lug'atlar (qarang: Amerikana. Anglo-russkiy lingvostranovedcheskiy slovar / Pod red. N.V.Chernova. - Smolensk, 1996; Malseva D. G. Germaniya: strana i yazik:

Lingvostranovedcheskiy slovar. - M., 1998; Muravleva N.V. Avstriya: Lingvostranovedcheskiy slovar. - M., 1997 va h.k.)ni tuzish bilan shug'ullanadigan lingvomadaniy leksikografiya.

Qayd qilinganlar orasida oxirgi yo'nalishning faol rivojlanganligini ko'rish mumkin. Masalan, D. G. Malsevaning lug'ati 25 mavzuiy bo'limni o'z ichiga oladi. Ularda Germaniyaning geografik realiyalari, iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi, tarixi, urf-odatlari, an'analari, afsonalari, aforizmlari, turli bayram va marosimlari, diniy aqidalari, pul birligi, o'lchov birligi, sanoati, savdosi, fan va texnikasi, san'ati, ta'limi, milliy taomlari, me 'moriy obidalari, milliy xarakteri va h.k. ni ifodalaydigan til birliklari aks etgan. Bunday lug'atlar asosida til va madaniyatning o'zaro aloqasini atroflicha o'rganish mumkin.

MUHOKAMA

Z.N. Xudoyberganovaning yozishicha, lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, quyidagi masalalarni tadqiq etilganini ko'rish mumkin:

1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda miflar, xalq og'zaki ijodiga xos janrlar tili o'rganilgan;

2) muayyan uslubda yozilgan asardagi lingvomadaniy konseptning ifodalanishi tadqiqi. Bunda asosan badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan;

3) qiyosiy yo'nalishdagi tadqiqotlar. Bunda ko'proq rus tilidagi birliklar ingliz, nemis, fransuz tillari bilan qiyoslangan;

4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog'liq jihatlari. Bunda ijtimoiy fanlarda o'quvchi va talabalarga lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish maqsad qilib olingan.

O'zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlar oxirgi yillarda paydo bo'la boshladi. Jumladan, Z.I.Solievaning nomzodlik ishida o'zbek va ingliz tillaridagi sentensiya, ya'ni axloqiy-ta'limiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlari yoritilgan [6, C.22-23]. R.S.Ibragimovaning nomzodlik dissertasiyasida ayol konseptining o'zbek va fransuz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tillarida ifodalanish yo'llari tadqiq etilgan [7, C.25]. D. Xudoyberganovaning "Matnning antroposentrik tadqiqi" nomli monografiyasining alohida bobi o'zbek tilidagi matnlarning lingvokulturologik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan [8, C.44]. Shuningdek, professor N. Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab..." nomli maqolasida lingvokulturologiyaning mohiyati va bu sohadagi muammolar ko'rsatib berilgan [9, C.27, 26].

XULOSA

Biz ushbu ilmiy ishimizda tilshunoslikda o'rganilgan va tadqiq etilgan lingvistik masalalar asosida lingvomadaniyat tushunchasini kiritib, fransuz, ingliz va o'zbek tillarida mavjud diplomatiya leksik birliklarni lingvomadaniyatning bizga ma'lum yo'nalishi "Chog'ishtirma lingvokulturologiya" da ko'rib chiqish, tahlil qilish, tarjimalarda xato yoki kamchiliklar bo'lsa, o'rniga mos tavsiyalarimizni berish bilan muammoning mohiyatini ochgan bo'lamiz. Zero, diplomatiya leksikasining chog'ishtirma tadqiqiga ijtimoiy-madaniy me'yorlar, odob-axloq qoidalar, madaniyatlararo muloqot muammolar, til, madaniyat, lingvokulturologiya, diaxronik lingvokulturologiya, qiyosiy lingvokulturologiya, chog'ishtirma lingvokulturologiya kabi tadqiq etilgan masalalarni o'rganib chiqish bilangina erishiladi degan farazga keldik.

REFERENCES

1. Robins R. Н. General Linguistics. An Introductory Survey. -London, 1971. -Р. 27; Верещагин Е. М., Костомаров В. Г. Язык и культура. -М., 1990. -С. 26.

2. Сепир Э. Язык. Введение в изучение речи // Избранные труды по языкознанию и культурологи. -С 185.

3. Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. - М.: Школа "Языки русской культуры", 1996.

4. Слышкин Г.Г. От текста к символу. Лингвокультурные концепты прецедентных текстов в сознании дискурса. -М.: Издательский центр «Академия», 2000.

5. Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка. Учебное пособие. - М.: Флинта, Наука, 2010. -С. 21.

6. Xudoyberganova Z.N. "Tarjimaning lingvomadaniy masalalari" moduli bo'yicha o'quv uslubiy majmua -Toshkent, 2016. 22-23-b.

7. Салиева З.И. Концептуальная значимость и национально-культурная специфика сентенции в английском и узбекском языках: Афтореф. дисс...канд.филол.наук. -Ташкент, 2010. -С.25.

8. Ibragimova R.S. Fransuz va o'zbek tillarida Ayol konseptining lingvokognitiv tadqiqi: Filol. fanlar nomzodi... dis.avtoref. -Toshkent, 2012.

9. Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. -Toshkent: Fan, 2013.

10. Mirtojiev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. -Toshkent: O'zbekiston, 1992. -110 b.

11. Mahmudov N. "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab..."// O'zbek tili va adabiyoti. -Toshkent, 2012. -№ 5. -B. 3-16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.