Научная статья на тему 'LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING YUZAGA KELISH TARIXI'

LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING YUZAGA KELISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5324
507
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturologiya / tilshunoslik / madaniyatshunoslik / sistema / madaniyat / til / lingvokulturologiya ning yo'nalishlari va atamasi. / cultural linguistics / linguistics / cultural studies / system / culture / language / directions and term of cultural linguistics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Alimardon Alisher O‘g‘li Odilov

Lingvokulturologiya – “til va madaniyat”ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o‘zida aks ettirgan hodisalar – til-madaniyatni birgalikda o‘rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF LINGVOCULTUROLOGY

Cultural linguistics is a separate branch of science that studies language and culture together, phenomena that reflect the inextricable link between “language and culture”, its formation and development. The article examines this direction of modern linguistics and its history.

Текст научной работы на тему «LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING YUZAGA KELISH TARIXI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING YUZAGA KELISH TARIXI

Alimardon Alisher o'g'li Odilov

ADU Lingvistika yo'nalishi 1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Lingvokulturologiya - "til va madaniyat"ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o'zida aks ettirgan hodisalar - til-madaniyatni birgalikda o'rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi.

Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, tilshunoslik, madaniyatshunoslik, sistema,, madaniyat, til, lingvokulturologiya ning yo'nalishlari va atamasi.

HISTORY OF LINGVOCULTUROLOGY

Alimardon Alisher ugli Odilov

1st year master's degree in linguistics at ASU

ABSTRACT

Cultural linguistics is a separate branch of science that studies language and culture together, phenomena that reflect the inextricable link between "language and culture", its formation and development. The article examines this direction of modern linguistics and its history.

Keywords: cultural linguistics, linguistics, cultural studies, system, culture, language, directions and term of cultural linguistics.

KIRISH

Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bog'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Bir tomondan lingvokulturologiya insoniyatning madaniy til faktoridagi o'rni, ikkinchi tomondan esa, til faktoridagi insonning o'rnini o'rganadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Lingvokulturologiya o'rganish obyektiga ko'ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o'rganish obyektiga bo'lgan yondashuviga ko'ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo'lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog'liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalarni o'rganadi hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o'ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shug'ullanadi.

Ma'lumki, madaniyat tushunchalar sistemasi, muayyan xalqning hayot obrazi, milliy xarakter, milliy mentalitet sifatida keng etnografik mazmun kasb etadi. N.S.Trubetskiyning yozishicha: "Madaniy konnotatsiyalarsiz biror so'z bo'lishi mumkin emas, ya'ni qiyosda, solishtirishda qandaydir umumiy qismlar bo'lishi shart"[1]. Til va madaniyatning ana shunday o'zaro yaqinligi va aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda o'rganish imkonini berdi. Ya'ni, til va madaniyat.

MUHOKAMA

"Til va madaniyat" muammosining o'rganilishida bir qancha yondashuvlarni belgilash mumkin: birinchi yondashuv faylasuf olimlar (S.A.Atanovskiy, G.A.Brutyan, E.S.Markaryan)lar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda madaniyatning tilga bir tomonlama ta'siridan borliqning o'zgarishi natijasida milliy-madaniy tipiklashtirish va tilda o'zgarish yuz beradi, degan g'oya yotadi .

Ikkinchi yondashuvda esa bu ta'sirning aks tomoni, ya'ni hozirgi kungacha ochiq qolib kelayotgan va munozarali masala - tilning madaniyatga ta'siri masalasini o'rganish maqsad qilinadi. Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish bu yondashuvning asosiy g'oyasi sanaladi. Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish (V.Gumboldt,A.A.Potebnya) asosida Sepir-Uorfning lingvistik aloqadorlik gipotezasi, ya'ni har bir xalq borliqni o'z ona tilisi orqali ko'radi, his etadi, his etganini belgilaydi, degan g'oya yotadi. Bu g'oya keyinchalik, I.L.Vaysgerberning tilni "O'tkinchi dunyo", ya'ni "borliqni anglash", muayyan "mavjudlik va tafakkur" sifatida qaraluvchi g'oyalarida ilgari surilgan. Uning bu gipotezasi ko'pchilik olimlar tomonidan inkor etilgan bo'lsa-da, biroq ular boshqa usullar bilan tushuntirilishi murakkab bo'lgan hodisalarni anglashga yordam berdi. Xususan, N.I.Tolstning etnolingvistik maktabi vakillarining ishlari, E.Barminskiy va izdoshlarining lingvoantropologik yo'nalishdagi ishlari buning isbotidir [2].

Uchinchi yondashuv to'g'ridan-to'g'ri til va madaniyatning o'zaro ta'siri va aloqadorligi g'oyalariga asoslanadi. Til milliy mentalitetning spetsifik qirralarini o'zida namoyon etadi. Boshqa tomondan "madaniyat tilda" joylashgan, ya'ni u matnda to'laligicha o'z ifodasini topadi.

NATIJA

"Lingvokulturologiya" atamasi dastlab frazeologik maktab asoschisi V.N.Teliya va V.V.Vorobyov, V.A.Maslova va boshqalarning ishlarida ko'rindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.F.Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar[3]. Ushbu

adabiyotlarda bu sohaning rivojlanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbiskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning fikrlari muhim rol o'ynaganligi ta'kidlanadi [4]. Ana shu g'oyalar asosida ming yillarda chet elda yangi fan - lingvokulturologiya vujudga keldi va XX asrning 90-yillarida maxsus soha sifatida shakllandi. Lingvokulturologiya bugungi kunda bir necha yo'nalishlarda namoyon bo'ladi:

1. Lingvokulturologiya yorqin madaniy aloqalarni, lingvomadaniy holatlarni, aniq ilmiy izlanishlarni o'z ichiga oladigan alohida sotsial guruh.

2. Diaxronik lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatning etnos holatidagi aniq o'tish vaqtining o'zgarishlarini o'rganadi.

3. Qiyosiy lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatda paydo bo'ladigan turli xil etnoslarning ikki tomonlama qiyoslash bilan shug'ullandi.

4. Tavsifiy lingvokuturologiya. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar barmoq bilan sanarli. Ular orasida M.K.Golovanivskaning "Rus tilida so'zlashuvchilar nuqtai nazarida fransuz mentaliteti" nomli ishi katta ahamiyatga ega. Ishning obyekti sifatida rus va fransuz tillaridagi abstrakt tushunchalar: taqdir, xavf, omad, qalb, ong, tafakkur, g'oya va boshqalar olingan.

5. Lingvokulturologik leksikografiya. Lingvoo'lkashunoslik lug'atlarini tuzish bilan shug'ullanadi. Llingvokulturologiyaning bu yo'nalishi hozirgi kunda boshqa yo'nalishlarga qaraganda jadal rivojlanib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida D.G.Maltsevaning lingvoo'lkashunoslik lug'atini keltirishimiz mumkin. Bu lug'at 25 bobdan iborat. Unda Germaniya realiyalarida ifodalanuvchi til birliklari, iqlim xususiyatlari, hayvonot va o'simlik dunyosi, mamlakatlar tarixi, qadimiy urf-odatlar, an'analar; qadimiy afsonalar, son va rangni ifodalovchi simvollar; to'y, marosimlar, bayramlar; diniy marosimlar; valyuta tizimining rivojlanishi; uzunlik, og'irlik, hajm, yuza; savdo-sotiq ishlari, fan, texnika, tibbiyot; pochta xizmati, shaharlar qurilishi va arxitektura tarixi kabilar obyekt sifatida olingan. Shuningdek, lug'atda berilgan ma'lumotlar ichidan til, kitobatchilik, hattotlik san'ati, talaba va talabalar hayoti, maktab, milliy kiyimkechak spetsifik elementlari, milliy taomlar, milliy o'yinlar, milliy raqslar, an'anaviy ko'rishish usullari va tilaklar, etiketga xos jumlalar, shaxsiy ism va familiyalar, milliy imo-ishoralar, badiiy ijod namunalari, aforizm, milliy xarakter kasb etuvchi olmon qo'shiqlari joy olgan.

XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bunday lingvoo'lkashunoslik lug'atlarini yaratishda til va madaniyat munosabati xarakterini to'g'ri belgilash o'ta muhim sanaladi

REFERENCES

1. Трубецкий Н.С. Поведения и мышления к языку. - М.,1960.

2. Маслова В.В. Лингвокультурология в системе гуманитарного знания / Критика и семиотика. - М.,1987.

3. V.Gumboldtning til va shaxs haqidagi fikrlari to'g'risida qarang: Nurmonov A. Ovrupoda umumiy va qiyosiy tilshunoslikning maydonga kelishi. Nurmonov A.Tanlangan asarlar.2- jildlik.- Toshkent: Akademnashr, 2012.

4. Маслова В.В. Лингвокультурология в системе гуманитарного знания / Критика и семиотика. - М.,1987.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.