Научная статья на тему '“O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA LEKSIKOGRAFIYANING LEKSIKSEMANTIK XUSUSIYATLARI”'

“O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA LEKSIKOGRAFIYANING LEKSIKSEMANTIK XUSUSIYATLARI” Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

696
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Leksika / leksikografiya / leksik birliklar / frazeologiya / frazeologik birliklar / terminlar / lug‟atlar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qarshiyeva Shaxnoza Toxirovna, A A. Yo’ldoshev

Ushbu maqolada o‟zbek va ingliz tillarida leksikografiyaning o‟rni, tillardagi faol leksik birliklar va ularning leksik-semantik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi haqida ma‟lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA LEKSIKOGRAFIYANING LEKSIKSEMANTIK XUSUSIYATLARI”»

"O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA LEKSIKOGRAFIYANING LEKSIK-

SEMANTIK XUSUSIYATLARI"

Qarshiyeva Shaxnoza Toxirovna

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

A. A. Yo'ldoshev

Ilmiy rahbar, Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD

Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tillarida leksikografiyaning o'rni, tillardagi faol leksik birliklar va ularning leksik-semantik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Leksika, leksikografiya, leksik birliklar, frazeologiya, frazeologik birliklar , terminlar, lug'atlar

Muayyan til leksikasida bo'lgani kabi, uning terminologik tizimida ham o'z va o'zlashgan qatlam farqlanadi. Bu holat terminologik qatlamlar ijtimoiy ongda alohida-alohida tizimlar sifatida mavjud bo'lmasa-da, ammo ularning o'zaro variativ, sinonimik, omonimik, qolaversa, paronimik munosabatlarda ekanligi, shu bilan birgalikda, leksik, stilistik va frazeologik terminlarga qo'yiladigan aniqliq talabi, ayniqsa, termin o'zlashtirishning umumiste'mol leksikadan farqli ravishda ko'pincha subektiv va individual xarakterga egaligi kabi qator muammolar mavjudligini ko'rsatadi. Bu esa o'zlashmalarning shakliy, ma'noviy va grammatik xususiyatlarida ba'zan soxtaliklar vujudga kelishiga, chalkashlik, noaniqlik va boshqa salbiy holatlar yuz berishiga ham sabab bo'ladi. Shuning uchun bu holatlarni jiddiy tadqiq qilish, vujudga kelgan muammolarni hal etish, terminologik mukammallikka erishish katta ahamiyatga ega. Leksik birlik bu- narsa, hodisalar, ularning belgilari va boshqalarni bildira oladigan so'z, so'z birikmasi yoki tilning boshqa birligidir. Leksik birlik semantik birlik, so'zlarning bir so'z yoki ibora orqali ifodalangan sodda yoki murakkab tushuncha bo'lib, bu birlikning ma'nosini o'zgartirmasdan, hech biridan voz kechib bo'lmaydi.

ANNOTATSIYA

KIRISH

April, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

So'zlarning biror maqsadda to'planib, tartibga solingan yig'indisi lug'at deyiladi. Lug'at tuzishning nazariy va amaliy tamoyillari haqidagi soha leksikografiya (grekcha lexicon - lug'at va grapho - yozaman) deyiladi. Lug'at tuzuvchi mutaxassislar leksikograflar deyiladi. Lug'at tuzish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqish, leksikograflar ishini tashkil qilish, lug'at tuzish uchun asos bo'ladigan kartotekalar tuzish, ularni sistemalashtirish va saqlash leksikografiyaning vazifasidir.

Lug'at - so'z xazinasi, undan o'rinli va maqsadga muvofiq foydalanish inson bilimini kengaytirish, lug'at boyligini oshirishda hamda fikrni to'g'ri va ravon ifodalashda muhim omildir. XX asrning ikkinchi yarmi XI asr boshlarida o'zbek va ingliz lug'atlarini o'rganishga yondashuvlar muammolarni hal qilishda biz tanlagan uchta sohada aks ettirilgan. Agar lug'atlar ma'lum darajada konservativ bo'lsa, ular o'ziga hos kamchiliklarini va qadr-qimmatini belgilaydi. Chunki I. R. Galperin yozganidek, "leksikografiya hamma narsani o'z ichiga olishi kerak, u o'z qudratini, qadrini va nutqda qo'llanish qobiliyatini yo'qotmagan tilda yashaydi, shuningdek, so'nggi paytlarda tug'ilgan, hayotiy va barqaror bo'lib chiqqan barcha yangi narsalarni aks ettira oladi".

Talaffuz lug'atlari yozishda qat'iy bo'lmagan, ammo talaffuzda namoyon bo'ladigan morfologik o'zgaruvchanlik darajasining mavjudligini ko'rish mumkin. Talaffuzda yozma ravishda standart sifatida belgilangan bir qator fe'llar o'zgaruvchan paradigmatik dizayndagi fe'llar bo'lib chiqadi. Misol uchun, leaned /lent/ u /li:nd/, leaped - /lept/ u /li:pt/, learned - /ld:nt/ u /ld:nd/, dreamed - /dremt/, /drempt/ u /dri:md/ talaffuz qilinishi mumkin.

Talaffuz lug'atlarini tahlil qilish jarayonida leksik birliklarning nostandart paradigma shakllari mavjudligini yaqqol ko'rish mumkin. Chunki nostandart orfografik shakllar faqat "nostandart" deb talaffuz qilinadi va standart orfografik shakllar ingliz tilida ikkita (yoki undan ko'p) "standart" va "nostandart" talaffuz qilinadi. Ayniqsa Amerika talaffuziga hos ingliz tilida buni yaqqol ko'rish mumkin.

Ushbu misollardan ko'rinib turibdiki, dispersiya darajalari mavjud bo'lib, xorijiy tilda so'zlashuvchilar ingliz tilida leksikografik tahlil yordamida aniq topishlari mumkin, chunki bu xususiyat yozma matnlarda o'z aksini topmaydi, balki og'zaki nutqda tahlil qilish mumkin bo'ladi. Lug'atlarni o'rganish zarur bo'lgan ikkinchi soha - lug'at va semantik tahlil katta va kichik vaqt oralig'ida siljishlar. Masalan, tarixdan shuni kuzatish mumkinki,

turli nashr etilgan yillardagi neologizm lug'atlari va turli nashr

April, 2022

etilgan zamonaviy izohli lug'atlarni o'rganish orqali yangi so'zlar va ma'nolarni ishlab chiqishga erishib kelingan. Ko'rsatilgandek, yangi so'zlar

1) dastlab lug'atlarda qayd etilgan so'zlar o'z holicha ma'nolarda uzoq vaqt saqlanib qoladi;

2) so'zlar semantik va stilistik jihatdan rivojlanadi;

3) asta-sekin lingvistik periferiyaga o'tish yoki lug'atni tark etishi mumkin;

4) qo'llanishda keskinlikni boshdan kechirgan holda, tilda davom etaveradi, istorizmga aylanadi, shuningdek, metaforik tarzda qayta ko'rib chiqiladi. \

XX asrning o'rtalaridan boshlab ingliz neologizmlari lug'atlari, XXI asr boshlarida esa ingliz tilining izohli lug'atlari olindi. Misol qilib olinsa, "Smog" so'zi 1955 yilda lug'atda neologizm sifatida ro'yxatga olinganligi ko'rsatilgan "Dictionary of New Words" va 2005 yilda ham bir xil qiymatlarni saqlab qoldi ("polluted air that is a mixture of smoke and fog" - 1955 [Ibidem] va "polluted air that is a mixture of smoke and fog"-2005 asosan quyidagi ma'nolarni berishi tahliliy misollardan ko'rish mumkin. Huddi shu ta'rif: "a form of air pollution that is or looks like a mixture of smoke and fog, especially in cities " jumlasida ham berilgan. Xuddi shu kabi belgilangan neologizm sifatida 1955 yilda Meri Reyferning lug'atida VIP qisqartmasi misolida ham ko'rsatilgan.

So'z shakli, o'zaro bog'langan so'zlarning semantik tuzilishi va ularning nutqda ishlatilishi turli tillarda turlicha ekanligi tarjima jarayonida hisobga olinishi zarur. Masalan, Vebsterning Ingliz tili uchinchi xalqaro yangi lug'atida "eye" so'zining 20 ta o'zbek tilining izoqli lug'atida (2006), rus tili lug'atida (1981) esa "ko'z" so'zining muhim ma'nolari ko'rsatilgan.

Ingliz va o'zbek tillarida o'zaro bog'langan so'zlar turli xil yasama so'zlarni hosil qiladi: eyeglass, eye witness, eyeful, eyeless, to close ones eyes, up to ones eyes, in a pies eye, ko'z - ko'z qilmoq, ko'z olaytirmoq, ko'zi ochilmoq. Ko'rinib turibdiki, ikki tildagi muvofiq so'zlar ma'noviy, valentlik va qo'llanish ko'lamiga ko'ra o'xshash va farqli jihatlarga ega bo'lishi mumkin ekan.

Ma'lumki, leksik birliklar va frazeologik birliklar har bir tilning lug'at boyligini tashkil etuvchi til birligi sanaladi. Ular til birligi sifatida nutqgacha tayyor holatda bo'ladi. Shuningdek , har bir tilda leksik birliklar o'ziga xos lingvistik xususiyatga ega. Ammo barcha tillarda leksik hamda frazeologik birliklar til boyligi bo'lib xizmat qiladi. Polisemantik fraeologik

XULOSA

birliklar tilning lug'aviy tarkibini va nutqni boyitishga xizmat

April, 2022

qiladi va hissiy bo'yoqdorlik ma'nolarini mujassamlashtiradi. Shuning uchun biz tarjima qilayotgan vaqtimizda leksik hamda frazeologik terminlarni to'g'ri qo'llay bilishimiz kerak. Ana shundagina, leksikografiya hamda tarjimonlik sohasida katta yutuqlarga erishsak bo'ladi.

REFERENCES

1. Abdulaziz.A, Sodiqov.N, Bashakov.N, Umumiy tilshunoslik T., 1979

2. Rahmatullayev.Sh . Hozirgi o'zbek adabiy tili. 1978

3. Oxford dictionary of idioms Published in the United States by Oxford University Press Inc., New York © Oxford University Press 1999, 2004

4. Isayeva, M. A. (2014). RELIGIOUS AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF FAMILY FUNCTIONS. The Way of Science, 90.

5. Raxmatullayev Sh. O'zbek tilining frazeologik lug'ati. - T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1982.

6. Smirnitskiy A.I. Ingliz tilining leksikologiyasi. - M., 1996 yil.

7. Vinogradov V.S. Tarjimashunoslikka kirish. - M., 2001 yil.

8. Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка.-М. 1986.

9. Narimonova Z. Frazeologik iboralarning tarjimasi haqida.-T.:O'zMU to'plami.

2007.

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.