Научная статья на тему 'Теоретические основы идеографического словаря на разных системных языках'

Теоретические основы идеографического словаря на разных системных языках Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
82
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
идеологические словари / аналоговые словари / тематические словари / иллюстративные словари. / ideological dictionaries / analog dictionaries / thematic dictionaries / illustrative dictionaries.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Севинч Содыкова

В статье рассматриваются не только идеографические тезаурусы, но и тематические, аналогичные (ассоциативные) словари, а также обобщаются и непосредственно применяются на практике идеологические (идеологические), иллюстративные (изобразительные) и идеографические словари.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Theoretical basis of ideographic dictionary in different system languages

This article deals not only with ideographic thesauruses, but also with thematic, analogical (associative) dictionaries, as well as ideological (ideological), illustrative (pictorial) and ideographic dictionaries are summarized and directly applied in practice

Текст научной работы на тему «Теоретические основы идеографического словаря на разных системных языках»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Theoretical basis of ideographic dictionary in different system languages

Sevinch SODIQOVA1

Languages National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

ideological dictionaries, analog dictionaries, thematic dictionaries, illustrative dictionaries.

This article deals not only with ideographic thesauruses, but also with thematic, analogical (associative) dictionaries, as well as ideological (ideological), illustrative (pictorial) and ideographic dictionaries are summarized and directly applied in practice.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Turli tizimli tillarda ideografik lug'at tuzishning nazariy asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

ideologik lug'atlar, analogik lug'atlar, tematik lug'atlar, illyustrativ lug'atlar.

Mazkur maqolada o'zaro sintagmatik munosabatdagi uch til, ya'ni ingliz, rus va o'zbek tillari doirasidagi nafaqat ideografik tezauruslar ustida, balki tematik, analogik (assosiativ) lug'atlar, shuningdek, ideologik (g'oyaviy), illyustrativ (rasmli) hamda ideografik o'quv lug'atlari yuzasidan umumlashma izlanishlar olib borilganligi va bevosita amaliy jihatdan natijaviyligi yoritilgan.

1 Department of English Language and Literature, Faculty of Foreign Languages National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, Tashkent, Uzbekistan.

Теоретические основы идеографического словаря на разных системных языках

"Til fikr, his-tuyg'u, istak kabilarni ifodalashda xizmat qiluvchi fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi, kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa, aralashuv va fikrlashuv quroli" sifatida olam va uning ontologiyasini o'zida to'la aks ettiradi.

Ma'lumki, "Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a'zolari ongida mavjud bo'lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo'lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat kiladigan birliklar hamda ularning o'zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig'indisidir".

Zero, akademik L.V. Sherba ta'kidlaganidek: "Milliy tillarning lug'atlari haqiqiy xazina, milliy tushunchalar, millat hayoti va aqlining o'ziga xos qomusidir".

1. Bundan o'zbek tili lug'atlari ham mustasno emas. O'zbek lug'atchiligi tarixini ko'zdan kechiradigan bo'lsak, undagi o'zgarishlarning ijtimoiy hayotdagi tub burilishlarga bog'lik holda kechganligini kuzatishimiz mumkin. Zeroki, milliy lug'atchiligimizning asoschisi, ilk va o'z davrida betakror turkiy lug'at namunasini yaratgan tilshunos olim Mahmud Qoshg'ariy asarida shunday deb yozadi: "Men turklar, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, yag'molar, qirgizlarning qishloq va shaharlarini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini to'ladim, turli xil so'z xususiyatlarini o'rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim" [1].

Manbalarda lug'atlarning ilk marotaba qanday paydo bo'lganligi haqidagi turli xil qiziqarli tarixiy hikoyalar keltirilar ekan, qadimgi grek va rimliklar matnlarda o'zlari tushunishmagan so'z va birikmalarning ma'nolarini izohlashga urinishgan. Lekin tildagi jamiki so'zlarni bir joyga to'plash mumkinligi, lug'at tuzish ishlari ularning hayoliga kelmagan edi.

O'zbek tilida so'zlar darajalanishi lug'ati, o'zbek tilida butun-qism munosabatli (oartonimik) so'zlar lug'ati, universal o'quv lug'ati, uyadosh so'zlar lug'ati, ideografik lug'at kabi o'quv lug'atlarining bir qancha yangicha turlari ta'lim bo'g'ini uchun tayyorlab berilishi zarur bo'lib turibdi. Shunisi diqqatga sazovorki, hamma zamonlarda ham xalqning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro'y bergan tub o'zgarishlar eng avvalo lug'atlarda o'z aksini topib boradi. Ilk ideografik lug'atlarning nazariy g'oyalari nemis olimi Yogan Trirning ilmiy tadqiqotlarida o'z aksini topdi. U semantik maydon tushunchasini tilshunoslikka olib kirib, uning nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqdi. Keyinchalik "maydon nazariyasi" Porsig va uning izdoshlari tomonidan rivojlantirildi va takomillashtirildi. Tilshunoslikda "semantik maydon" tushunchasini aynan Porsig nomi bilan bog'lashadi.

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

идеологические словари, аналоговые словари, тематические словари, иллюстративные словари.

В статье рассматриваются не только идеографические тезаурусы, но и тематические, аналогичные (ассоциативные) словари, а также обобщаются и непосредственно применяются на практике идеологические (идеологические), иллюстративные (изобразительные) и идеографические словари.

Leksikani ideografik nuqtai nazardan o'rganishning asosiy maqsadi - bu so'zning turli ma'nolarini bus-butun, yaxlitligicha o'rganish va ularni o'z o'rnida qo'llashni o'rgatishdir. Masalan, talabalar uchun ota, ona, o'g'il, qiz, aka-uka, opa-singil yoki shamol, yomg'ir, bulut, quyosh, oy, yulduz kabi so'zlarni alohida o'rganib (xorijiy tillarni o'rganish nazarda tutiladi), mag'zini chaqishdan ko'ra ushbu so'zlarni ma'lum bir tematik guruhga jamlab, qiyoslab o'rganish ancha qulay va osonroq kechadi. Chunki turli tematik guruhlarga jamlangan so'zlarni (mas., ota-ona yoki qor-yomg'ir) tartibsiz o'rganish o'quvchini chalg'itishi mumkin va o'zlashtirish jarayonini murakkablashtirishi ehtimoldan xoli emas [2].

Tematik tahlil qilish faqatgina ot so'z turkumiga xos bulgan jarayon. Boshqa so'z turkumlarining tahlili semantik jihatdan o'rganishga asoslanadi. So'zlar tahlilining bu shkala usuli bir-biridan farqlansa - da, ularning o'xshash jihatlari ham bor. Ba'zida ular uyg'unlashib ketishi ham mumkin. Masalan, rang va maza-ta'mni bildiruvchi sifatlar (oq-qora; achchiq-nordon; shirin-sho'r), psixologik xususiyatlar (yovuz, rahmdil, badjahl, xushmuomala). Bu so'zlar bir tomondan antonimik juftliklar hosil qilsa (leksik - semantik guruh), ikkinchi tomondan ma'lum bir tematik guruhlarni tashkil etadi. Shunday bo'lsa-da, S.I. Ojegov gapiga e'tibor beramiz: "Lug'at - so'zlarning o'zi yoki boshqa tilga tarjimasi berilgan alifbo tartibidagi to'plam". Haqiqatan ham, bu o'zi bizning lug'at haqidagi tasavvurimizga to'la mos keladi.

Xo'sh, so'zlar lug'atda qaysi tamoyil asosida joylashmog'i lozim? Til - tizim. U ongimizda ham shu tartibda o'z aksini topgan. Shu yerda mashhur olim N.V. Krushevskiyning so'zlarini yodga olamiz: "Hech qachon tilning asosiy xususiyatini unutmaslik lozim. So'z - narsaning belgisi. So'z va narsa hakidagi tasavvur assosiasiya haqidagi qonun asosida juftlik hosil qilgan. Shunday ekan, so'zlar bizning ongimizda ham o'zi anglatadigan jismlar guruhi kirishi kerak".

Bizningcha, V.I. Dalning ta'nali fikrida jon bor. Alifbo tartibidagi lug'atlarga qarama-qarshi tartibli, ya'ni so'zlarning ma'noviy yaqinligi asosida birlashish tamoyili ideografik lug'atlartuzilishiga olib keladi [3].

3. O'quv tematik lug'ati. Leksikografiya tarixida ingliz, fransuz, nemis, ispan tillari materiali asosida tuzilgan lug'atlar talaygina.

Yevropada ideografik lug'atlarga qiziqish uyg'otgan, "Ingliz so'zlari va iboralari tezaurusi" ("Teuzarus angliyskix slov i virajeniy") muallifi L.M. Roje o'z lug'ati so'z boshisida shunday yozadi: "Biz aytmokchi bo'lgan fikrimizni qanchalik aniq tasavvur qilmaylik, ba'zan biz shunday bir vaziyatga tushib qolamizki, bizga so'z yetishmay qoladi. O'z fikrimizni aniq ifodalash uchun bitta so'z o'rniga bir necha ijobiy va salbiy, kuchli va kuchsiz, ba'zan esa keraksiz so'zlarni ishlatib yuboramiz. Bu lug'atning eng muhim xususiyati shundaki, bir fikrning barcha qirralarini ochib beruvchi so'z va iboralarning boy to'dasini tortiq qiladi". Rojening tezaurusi ingliz madaniyatining muhim bir bo'lagi. U matn tuzuvchi yoki tahrirlovchi har bir kishining - o'quvchi, talaba, jurnalist, yozuvchi va keng ommaning - yaqin yordamchisi [4].

Yana bir ingliz ideografik lug'at muallifi Dj. Roudel lug'ati quyidagicha tuzilgan. Lug'atdagi har bir maqola bosh so'z va bu so'z bilan birikishi mumkin bo'lgan so'zlar qatoridan tashkil topgan. Otlar oldida faqat sifat va fe'llar berilgan. Fe'l va sifatlar oldida esa ravishlar keltirilgan. Nemis tilidagi ideografik lug'atlar orasida nisbatan G.Bekker tahriri ostidagi stilistik lug'at qiziqarli sanaladi. Lug'at qurilishi juda oddiy. Unda 5 ta bosqich bor: 1) Stidvord - bosh so'z vauning grammatik ta'rifi; 2) Sinn - so'z o'zi;

3) Vord - so'z yasalish uyasi; 4) Satz - so'zning grammatik alokasi (M.: agar bosh so'z ot bo'lsa: Fat - bosh so'z predikativ aloqada bo'la oladigan fe'llar); 5) Bild - bosh so'z qaysi frazeologizmda asosiy ma'noli so'z bo'la oladi. Yu. Lakruaning maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan ideografik lug'atida bo'lsa, har bir otdan so'ng ular boshqaradigan fe'llar, keyin predikativ aloqada bo'laoladigan fe'llar va shu so'zning aniqlovchisi (sifat) berilgan. A. Roym lug'ati tuzilishi yuqoridagilardan farqli. Har bir so'z nemis tiliga tarjima qilinadi. So'zning sinonim va antonimlari sanab o'tiladi. Keyin frazeologik birikmalar, maqollar, yasama so'zlar keltiriladi. Ot so'z turkumining quyidagi aloqalari beriladi: a) nisbatan ko'p qo'llanuvchi sifatlar; b) ot bilan predikativ birikma xosil qiluvchi fe'llar; v) ot orqali boshqariluvchi fe'llar; Fe'l so'z turkumi esa: a) fe'l bilan qo'llanuvchi ravishlar; b) fe'lga bog'lanuvchi otlar sanab o'tiladi. Yuqoridagi qiyosdan tematik va ideografik lug'atlar orasida quyidagi farqlar mavjudligini sezdik: - tematik lug'atlar mavzuviy guruhlar asosida tarkib topgan bo'lib, til leksikasi mana shu guruhlar bo'yicha tasnif etiladi, shu guruhlarga birlashadi. Ideografik (tezaurus) lug'atda esa ma'lum bir so'z (tushuncha)ning vazifadoshlari, ma'nodoshlari, antopimlari, predikativ aloqa hosil kiluvchi (fe'l) so'zlari bir guruhga birlashadi.

Demak, hozirda o'zbek tilshunosligida keng qamrovli olib borilayotgan tizimli tadqiqotlar natijasida ideografik lug'atlar yaratish uchun o'ziga xos zamin paydo bo'ldi. Bu jarayonni quyidagilar bilan izoh qilish mumkin[5]:

• Mustaqillik tufayli yurtdoshlarimizning ma'naviy dunyosida tub o'zgarishlar sodir bo'lmokda, olamning cheksizligi, son-sanoksiz unsurlardan tashkiltopganligi haqidagi dunyoqarash shakllanishi kuchayib, olamni bilishda induktiv bilish usuli bilan birga dsduktiv metodning afzalligi hakidagi fikr-mulohazalar tobora qat'iylashib bormoqda;

• ilm-fan va texnikaning nihoyat darajada rivojlanib ketishi va barcha soxalarning komp'yuterlashuvi natijasida o'zbek tilidagi so'zlarga avtomatik ishlov berish, ularni boshqa tillarga sinxron tarjima kilish, qo'llanish chastotalarini aniqlash maqsadlari yuzaga kelmoqda;

• mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining joriy kilinishi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning talablaridan kelib chiqqan holda raqobatbardosh, yetuk shaxslarni tarbiyalab, voyaga yetkazish uchun faqat yodlash, esda saqlab qolishga emas, balki fikrlashga, mulohaza qilishga, xulosalar chiqarishga yordam beradigan zamonaviy lug'atlar yaratish lozimligi ayon bo'lmokda;

• hayotimizda yangi iqtisodiy munosabatlarning qaror topishi natijasida bozorning boshqa turlari qatori intellektual bozor shakllanmoqda. O'zbek tilida yaratilajak ideografik (tezaurus) lug'atlar esa bunday bozordagi eng sertalab mahsulotlardan bo'lishi tabiiy.

O'zbek tili lug'atshunosligi haqida gap ketganda, albatta, professor A. Sobirovning ilmiy izlanishlari va ularning salmoqli natijasi to'g'risida fikr yuritish lozim. Xususan, u o'zining "O'zbek tilining leksik sathini sistema sifatida tadqiq etish" nomli dissertasiya ishida semantik maydon nazariyasi, makro-, medio- va mikroqurilmalar, olamning muayyan semantik maydonlarga bo'linishi, o'zbek tilining leksik sathini maydon nazariyasi orqali sistemali tahlil etish, shuningdek, o'zbek tilida inson va unga bog'liq bo'lgan semantik maydonlar tahliliga keng to'xtaladi. Jumladan, inson bilan bog'liq 30 ta semantik maydon, inson va jamiyat o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatuvchi 77 ta, inson va olam o'rtasidagi esa 24 ta mikromaydonlarga ajratib, ularni tadqiq etadi va shu tariqa tilning sistemalar sistemasidan iborat murakkab qurilma ekanini isbotlab beradi [6].

Olimning ta'kidlashicha, "har bir milliy tilda leksemlar muayyan qonun-qoidalar asosida bir yerga jamlanib, to'dalanib boradi. Tilning o'ziga xos tarixiy taraqqiyoti jarayonida mazkur leksik-semantik guruhlar sifat va miqdor jihatidan tinmay o'zgarib turadi". Aytish joizki, o'zbek tili leksikasining har bir sohasida yuqoridagi kabi tahlillarni o'tkazish mumkin va A. Sobirov dissertasiya ishi ham aynan ana shu jihatdan alohida ahamiyatga molikdir [7].

Albatta, o'zbek tilida ideografik lug'atni yaratish tajribasi mavjud bo'lsa-da, ushbu lug'atlarni mukammal deb aytish qiyin. Shuning uchun yuqorida aytilganlardan xulosa qiladigan bo'lsak, bugungi kun kishisi uchun nihoyatda zarur bo'lgan ideografik lug'atni mukammal qilib yaratish o'zbek leksikografiyasi oldida turgan kechiktirib bo'lmas vazifalardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. Toshkent: UzME Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. - B. 105.

2. Ne'matov X. Rasulov R. O'zbek tili system leksikologiyasi asoslari. Toshkent: "O'qituvchi", 1995. - B. 72.

3. Щерба Л.В. О словарях живого литературного языка. // Современная русская лексикология. М.: "Наука". 1966. - С. 74-75.

4. Ne'matov X. So'z va uning til va nutqdagi o'rni. // O'zbek tili va adabiyoti. 1988. -6-son, - B. 23-27.

5. Васильев Л.М. Современная лингвистическая семантика. - М.: Высшая школа, 1990 - С. 154-155.

6. Ne'matov X, Bozorov О. Til va nutq. Т.: "O'qituvchi", 1993. - B. 3.

7. А. Sobirov "O'zbek tilining leksik sathini Sistema sifatida tadqiq etish" dissertatsiya ishi, ^shkent - 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.