Научная статья на тему 'O'ZBEK LUG'ATCHILIGINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI'

O'ZBEK LUG'ATCHILIGINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

14868
1320
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksikografiya / Devonu lug'ati-t-turk / Badoyi al-lug'at / Abushqa / Sangloh.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilmurod Xurramovich Eshonqulov

Ushbu maqolada o'zbek lug'atchiligi tarixi, rivojlanishi va uning bosqichlari hamda o'zbek tilshunosligida yaratilgan ilk lug'atlar haqida tahliliy fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK LUG'ATCHILIGINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1088-1094

O'ZBEK LUG'ATCHILIGINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Dilmurod Xurramovich Eshonqulov

Termiz davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek lug'atchiligi tarixi, rivojlanishi va uning bosqichlari hamda o'zbek tilshunosligida yaratilgan ilk lug'atlar haqida tahliliy fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: leksikografiya, Devonu lug'ati-t-turk, Badoyi al-lug'at, Abushqa , Sangloh.

KIRISH

Lug'atchilik tarixi ya'ni, dunyo lug'atchiligi tarixi qadim mingyilliklarga borib taqaladi. Jumladan, o'zbek lug'atchiligi tarixi ham bir necha ming yillar avval shakllana boshlagan.

O'zbek lug'atchiligi shakllanishining ilk bosqichlari XI asrda buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'ati-t-turk" asari bilan boshlanadi.Mahmud Koshg'ariy "Devonu lug'ati-t-turk" asarini yaratib o'zbek lug'atchiligining shakllanishiga ilk tamal toshini qo'ygan desak mubolag'a bo'lmaydi.

"Devonu lug'ati-t-turk" asari turkiy tilshunoslikning bizga ma'lum bo'lgan ilk yirik, shuning bilan birga, tengi yo'q ulug' yodgorligidir. O'z zamonida asar arablarga, qolaversa, arab tili orqali Sharq-u G'arb xalqlariga qadimgi turklarning tili, madaniyati, urf-odatlari va tarixi to'g'risida to'liq ma'lumot beruvchi qomusiy kitob sifatida yaratilgan.

Asar arabchada "Divanu lug'ati-t-turki" deb atalgan. Ushbu atamada: divan-"devon" bu o'rinda so'zlarning muayyan izchillikdagi to'plami; lug'at- "so'zlar" degani; uning izohlovchisi bo'lmish turki -"turk ma'nosida bo'lib, o'sha zamondagi turkiy tilni bildiradi. "Divanu lug'ati-t-turki"ning so'zma-so'z tarjimasi "Turk so'zlari devoni" bo'ladi.(1; 3-b)

"Devonu lug'ati-t-turk" asari ikki qismdan iborat bo'lib, u muqaddima va lug'at qismlaridan tuzilgan.

Muqaddimada asarning yaratilish sababi, o'sha davrda turklar ishlatgan yozuv , ot yasalishi, otlar va fe'llardagi orttirmalar, lug'atning tuzilish usullari, turkiy xalqlarning bayoni, joylashuv o'rni, turkiy tilning xususiyatlari, laxchalardagi farqlar to'g'risida so'z yuritilgan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1088-1094

Asarda har bir so'zning ma'nolari ( polisemiya, omonim, antonim, arxaik so'zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so'zlarning etimologiyasi beriladi.

Tovushlar tahlili ancha mukammal. Unli va undosh fonemalar, cho'ziq va qisqa unlilar farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar ochib beriladi. Asarning muqaddima qismida shunday fikrni keltiradi.

Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so'zlar, sajlar,maqollar , qo'shiqlar rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. Qattiq joylarini yumshatdim , qiyin va qorong'u joylarini yoritdim. Bu ish ustida so'zlarni o'z joyiga qo'yish, kerakli so'zlarni osonlik bilan topish uchun bir necha yil mashaqqat tortdim. Nihoyat, kerakli so'zlarni joyida ko'zlaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir holga keltirdim.(2;15-b)

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Asarning lug'at qismi sakkiz bo'limdan iborat bo'lib, bo'limlarning har biri kitab deb atalgan. Morfologiya qismida so'zlar arab tilshunosligi an'analariga ko'ra uchga ajratiladi: fe'l, ism va bog'lovchi. So'zlarning yasalish va bog'lanish xususiyatlari haqida ham aytib o'tiladi.

"Devonu lug'ati-t-turk" ning lug'at qismida 7500 so'z sakkiz bo'limda izohlanadi. Mahmud Koshg'ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo'lib qoldi.

A.Navoiy asarlariga tuzilib bizgacha yetib kelgan lug'atlarning eng qadimiysi "Badoyi al-lug'at" idir. Bu lug'at muallifi Tole al- Imoniy al-Haraviy haqida deyarli ma'lumotlar yo'q.Ushbu lug'at qo'lyozmasi bilan tanishgan kishi Tole Haraviyning o'qimishli kishi bo'lganiga ishonch hosil qiladi. Uning fors, turk va arab tillarini bilgani adab ilmlarini egallagani lug'at kirishining qofiyali saj bilan yozilganidan ko'rinib turibdi. (3;4-b)

Haraviy lug'atni Husayn Boyqaro topshirig'i bilan 1500- yillarda tuzgan. Bu haqida muallif asarning muqaddima qismida ma'lumot berib o'tadi.Hozircha lug'atning ikki nusxasi ma'lum bo'lib biri Eronda , Sipohsolar kutubxonasida , ikkinchisi Sankt-Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda.

Lug'atning Sankt- Peterburg shahridagi qo'lyozmasi 1750- yillarda ko'chirilgan bo'lib, 1960- yilda A.K. Borovkov tomonidan nashr qilingan. "Badoyi al-lug'at" uch qismdan iborat bo'lib, kirish, lug'at teksti,va zayl ya'ni qo'shimchalarni o'z ichiga oladi.

Kirish epistolyar janr namunasi. U qofiyali proza- saj bilan yozilgan. Orada she'riy parchalar ham keltiriladi. Muqaddimadan ma'lum bo'lishicha, Tole Harayiy

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1088-1094

Navoiy she'rlarini tushinish uchun zarur ba'zi qiyin eski o'zbek so'zlarini o'z ichiga oluvchi qisqa lug'at tuzish kerak bo'lgan.

"Badoyi al-lug'at" Navoiy asarlarida uchraydigan avvalo turkiy va mo'g'ulcha so'zlarni, so'ng esa juda kam miqdorda arabiy so'zlarni ham o'z ichiga olgan lug'atdir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Shuning bilan birga lug'atni tashkil qiluvchi bu so'zlarning ma'nolari fors tilida izohlangani yoki tushintirilgani uchun "Badoyi al-lug'at" ikki tilli lug'atlar turiga ham kiradi.O'sha davrga ya'ni XV asrga kelib , bunday ikki tilli lug'atlarni tuzishda katta tajriba yig'ilgan edi. Arabcha-forscha, forscha-turkcha, shuningdek,turkcha-arabcha lug'atlar ko'plab tuzilgan bo'lib, katta izohli lug'atlar qatori tarjimali lug'atlar tuzish bo'yicha hamboy leksikografik traditsiyaning mavjudligi "Badoyi al-lug'at" ni yaxshi leksikografik saviyada tuzish imkonini berdi. Lug'atdan jami 854 so'z o'rin olgan bo'lib, ular 24 bobga joylashtirilgan. Har bir so'z o'zining ma'nolari va shu ma'nolar tasdiqi uchun keltirilgan misollar ilyustratsiyalar bilan birga mustaqil lug'at maqolani tashkil qiladi, hamda qo'lyozmada uning bosh so'zi sifatida lug'at tekstidan ajratilib, qizil siyoh bilan bitilgan, ba'zan ustiga chiziq ham tortib qo'yilgan.

"Badoyi al-lug'at" tuzilishidagi eng muhim shartlardan biri- so'zlarning ma'nolarini tasdiqlovchi misollarning keltirilishidir. Tole Haraviy bu uslubni lug'atning kirish qismidayoq ta'kidlab o'tgan. Bu misollar "shohid", deb ataladi va ular, asosan, Alisher Navoiy "Xamsa"sining "Hayrat ul- abror", "Farhod va Shirin" , "Layli va Majnun", "Sabbai sayyor", "Saddi Iskandariy", va "Lison ut- tayr" dostonlari, "Mahbub ul-qulub" , "Majolis un-nafois" asarlaridan olingan.Bundan tashqari Tole Haraviy misollarning "Chor devon"dan olinganini ham ta'kidlab o'tadi.Lug'atda Lutfiy, Husayn Boyqaro, she'rlaridan va Mir Haydarning "Maxzan ul-asror" asarlaridan ham misollar olingan. Shuningdek Suhayliy vaAzraqiy she'rlaridan bittadan misollar keltirilgan.

Shunday qilib bu lug'at o'zidan keyin tuzilgan lug'atlar uchun ajoyib manba vazifasini o'tadi. Hozirgi kunda esa tilshunos, adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar uchun unutilgan yoki unitilayozgan , lekin Haydar Xorazmiy , Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi ulug' allomalar iste'molida bo'lgan so'zlarni o'z sahifalarida saqlab turgan bebaho xazinadir. Navoiy asarlariga tuzilgan yana bir lug'at "Abushqa" lug'atidir.

Lug'at bundan 450 yil muqaddam ilgari tuzilgan bo'lib uni o'zbek tilida yaratilgan birinchi izohli lug'at deyish mumkin. Ushbu lug'atning fanda o'ndan ortiq nusxalari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1088-1094

bo'lib, ularning eng qadimgi nusxalari chet el xazinalarida . Lug'atning 1552-yilda kitob qilingan Vena nusxasidan foto ko'chirma olingan edi. Endi Tehron nusxasidan ham ko'chirma olindi. Foto nusxasidan ko'rinib turibdiki, qo'lyozma to'liq va yaxshi saqlangan.

Lug'at yirik nasta'liq xatida yozilgan. Hajmi 201 varaq, ya'ni 402 betdan iborat. Har bir betda to'rttadan sakkiztagacha so'z misollar bilan izohlangan . Lug'atning bu nusxasi Tehrondagi Malak kutubxonasida "Farhangi devoni Alishe Navoiy" nomli qo'lyozma tarkibida saqlanmoqda. Hozirgacha bu lug'at muallifi noma'lum edi.

Vena va Tehron nusxalarini solishtirish natijasida uning muallifi Turk olimi Mustafo Binni Sodiq ekanligi ma'lum bo'ldi. Ammo uning tartib berilgan yili hali ham noma'lum. Hozircha lug'atning bizga ma'lum eng qadimgi Vena shahridagi nusxasi 1552- yilgi tarixga ega. Lug'atda so'z ma'nosi, asosan 2 xil usulda ochib berilgan. Birinchi usulda lug'atshunos so'z ma'nosini bir so'z bilan lo'nda ifodalaydi.

Chunonchi, ko'kumtul so'zi ko'm-ko'k deb izohlangan. Ikkinchi usulda so'z ma'nosi tushuntirish yo'li bilan ochib berilgan. qirov-qirag'u demakdurki, savuq ayyomda gecha ila havodan era dushar eri ag'arduri "Navodir - ush-shabob" da kelur,bayt.

Xullai kofurg'un ul xil'ati xuzro uza, Sabzai xuzroya go'yo tushti rahmatdir qirov.

Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan lug'atlardan "Abushqa" o'zining leksik materialni qamrab olishi jihatidan "Badoyi al-lug'at" ga nisbatan boyligi va keng o'quvchilar ommasi foydalanishi uchun qulayligi tufayli uning qo'lyozma nusxalari keng tarqalgan. Bu esa lug'atni ilmiy muomalaga kiritish ishini birinchi navbatda amalga oshirishning omili bo'ldi. Natijada "Abushqa" navoiyshunoslar, turkologlar va o'zbek klassik adabiyoti mutaxassislari uchun tez-tez murojaat qilib turiladigan kitobga aylanishiga olib keldi.

Shunday qilib "Abushqa" lug'ati ham boshqa lug'atlar kabi Navoiy asarlariga yaratilgan mukammal asarlardan biridir.

"Abushqa" lug'ati Navoiy davridan boshlab hozirgi kunga qadar Navoiy asarlarini o'rganishda qimmatli manba hisoblanadi.

"Abushqadan so'ng ikki asr davomida Alisher Navoiy asarlariga bag'ishlangan katta lug'at tuzilgani ko'zga tashlanmaydi. Bu davr ichida Navoiy asarlari qo'lyozmalari hoshiyalariga bitilgan kichik lug'atlargina shu qo'lyozmalar bilan birga bizgacha yetib kelgan.

Eski o'zbekcha - forscha lug'atnavislik an'analarining XVIII asrdagi ravnaqi Mirza Muhammad Mahdiyxon nomi bilan bog'liq , lekin uning hayot yo'li haqida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1088-1094

ma'lumot juda kam. Mirza Mahdiyxon Navoiy asarlariga bag'ishlab o'zining "Sangloh" lug'atini tuzgan.

Bu lug'at Navoiy asarlari bo'yicha tuzilgan eng katta lug'at hisoblanadi. "Sangloh"ning o'zidan oldingi lug'atlarga nisbatan beqiyos katta hajmi ko'zga tashlanadi.6181 lug'at maqolani o'z ichiga olgan bu lug'at "Badoyi al -lug'at" va "Abushqa" dagi hamma so'z va so'z formalarini birga qo'shib sanaganda ham ulardan ko'ra bir necha marta ko'p o'rin egallashi aytilgan. Mirza Mahdiyxon turkiy xalqlarning afshar urug'idan bo'lib, u Eron shohi Nodirshohning kotibi bo'lgan.

Lug'at tuzishdan maqsadi Navoiy asarlarida uchraydigan qiyin so'zlar ma'nosini forsiyzabon xalqlarga ochib berish edi.Shuning uchun u lug'atni "Sangloh", ya'ni toshli yer,toshloq deb atadi. Lug'at 1759-1760-yillarda yozib tugallangan. Mahdiyxon kitobni umumiy nom -" Sangloh" bilan atagan. Bu haqda muallifning o'zi lug'atning kirish qismida o'zbek tili va Navoiy leksikasi va iboralarining salobati va so'zlarining qiyin (qattiq)ligi sababli kitobga "Sangloh" deb nom qo'yganini aytadi. (4;33-b)

Bu haqda "Badoyi al-lug'at" asari oxiriga ilova qilingan 180 so'z boshlanishidagi biz yuqorida tarjimasi bilan bergan jumladagi "Sangloh" ma'nosi to'g'ri ekanini yana bir bor qayd qilish mumkin.

Hozircha lug'atning uch nusxasi aniqlangan bo'lib, ular Angliya qo'lyozma xazinalari fondida saqlanadi.

"Sangloh" lug'ati1960-yilda mashhur ingliz olimi Djerard Kloson tomonidan turli sharh va izohlar bilan Londonda nashr ettiriladi.

Lug'atshunos so'z ma'nolarini ochish uchun asosan Alisher Navoiyning poetik asarlariga murojaat qiladi. Ayrim hollarda qo'shimcha ravishda Bobur, Husayn Boyqaro, Lutfiy kabi shoirlar ijodidan ham misollar keltiriladi. Ushbu lug'atning boshqa mumtoz lug'atlardan farqi shuki, "Sangloh" da birinchi marta nasriy asarlardan ham misollar keltirilgan.

Lug'atda Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan juda ko'p nodir so'zlar ma'nosi ochib berilgan. Bunday so'zlar boshqa lug'atlarda uchramaydi. Shulardan biri qadam tashlash, yurish ma'nosidagi "Mangish" so'zidir.

Bu so'z ma'nosi Mahdiyxon tarafidan quyidagicha izohlanadi: mangish- kun ustida sukun, forsiy "k" (ya'ni "g") kasrali, ma'nosi xirom va raftor qadam tashlamoq, chunonchi, "Layli va Majnun" da uchraydi. Bir- bir mangishda yuz latofat, Yo'q- yo'qki sochib jahonga ofat.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-6-1G88-1G94

Mahdiyxon lug'atning fonetik tuzilishini bayon qilish chog'ida XVIII asr Astrobod o'zbeklarining tili haqida noyob ma'lumotlar yozib qoldirgan. Bu ma'lumotlarga ko'ra o'sha davr tilida 9 ta unli ( ulardan 6 tasi fonologik ahamiyatga ega), 28 ta undosh tovush bo'lganligi haqida ma'lumot beradi.

Muallif so'z ma'nolarini izohlar ekan , ularning ko'chma ma'nolarini alohida qayd qilib o'tadi. Chunonchi, etak so'zini izohlar ekan, uning asosiy ma'nosi forscha doman ekanligini ko'rsatadi, shu bilan uning majozan tog' etagi ma'nosini anglatishini quyidagicha yozadi: tak- (forscha) ma'nosi doman , arabcha zayl, majozan tog'ning etagi.

Biz yuqorida keltirgan lug'atlar eski o'zbek lug'atlarining eng asosiylari hisoblanadi. Bulardan tashqari o'nlab lug'atlar bor. Ular jumlasiga " Kitobi lug'ati atrakiya" , "FaAangi Hazrati Alisher mullaqab ba al-Navoiy" kabi lug'atlaT ham kiradi.(5; 22-b)

O'zbek lug'atchiligi taгixida XXasг alohida o'гin tutadi. Bu davráa tuгli maqsadlami ko'zda tutgan ko'plab teiminalogik lug'atlaг, o'quv va imlo lug'atlaгi, ikki va uch tilli so^^hgichto yaгatildi. Bunda ayniqsa, mscha- o'zbekcha va o'zbekcha- mscha, shuningdek o'zbek tilini boshqa yevrapa va xorijiy shaгq tillari bilan qiyoslab o^ganishga mo'ljallangan lug'atlaг alohida o'rin tutadi.

Ularning eng muhimlari sifatida E.D.Polivanovning "Qisqacha rnscha-o'zbekcha lug'at"i(Toshkent, Moskva,1926), Ashuгali Zohiгiyning 2jildli "Ruscha-o'zbekcha mukammal lug'ati" (34 ming so'z; Toshkent 1927-28), K.K.Yudaxinning " Qisqacha o'zbekcha-гuscha lug'ati"(aгab grafikasida, Toshkent 1927), U.Axmadjonov va B.Ilyozovning "O'zbekcha-mscha lug'at"i (lotin grafikasida, Toshkent 1931), S.Rahmatiy va Abdulla Qodiriylaming "Ruscha-o'zbekcha to'la so'zlik" (2-jild, 34 ming so'z; Toshkent- qozon,1934, lug'atning 1-jildi nashr etilmay qolgan), V.V.Reshetovning" Qisqacha o'zbekcha-гuscha lug'ati"(Toshkent, 1935) kabilami ko'гsatish mumkin. 40-yillarning boshlarida 17-ming so'zli "O'zbekcha -гuscha lug'at" (Toshkent 1941) va 30 ming so'zli "Ruscha - o'zbekcha lug'at" (Toshkent 1942) yaratildi va nashr etildi. Professor T.N.Qori-Niyoziy va professor A^Borotov^ tahriri ostida tayyoriangan ushbu lug'ati so'zligining taгkibi jihatidan ham, lug'at maqolalarining to'laligi jihatidan ham avval nashr etilgan lug'atlaráan ancha mukammal edi.

O'zbekiston Fan^ akademiyasi Til va adabiyot instituti leksikograflarining гespublikadagi tajгibali ta^mon^ bilan hamkoriikda yaгatgan 5 jildli "Ruscha-o'zbekcha lug'at"ning bosilib chiqishi (78 ming so'z Toshkent 1950-55), 50 ming so'zli 1 jildli "Ruscha - o'zbekcha lug'at" (M. 1954) va 40 ming so'zli 1 jildli

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1088-1094

"O'zbekcha - ruscha lug'at" (M. 1959) kabi lug'atlarning nashr qilinishi o'zbek leksikografiyasining tarixida muhim voqea bo'ldi. Mazkur lug'atlar, ayniqsa, 1959 -yilda nashr etilgan "O'zbekcha - ruscha lug'at" o'zbek tilining dastlabki, birinchi izohli lug'ati tuzish uchun asos bo'ldi va uning ilmiy bazasini yuzaga keltirdi. Ushbu lug'atlarda o'zbek leksikografiyasining tajribalari umulashtirilgan, hozirgi zamon o'zbek tilining leksik- semantik tizimi va XX asrda shakllangan meyorlari birinchi marta keng tavsif etilgan edi.

XULOSA

Ushbu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki , o'zbek lug'atchiligi tarixi uzoq tarix va boy an'anaga ega.

Xullas, o'zbek lug'atchiligi tarixida yaratilgan lug'atlar o'sha davrda yaratilgan buyuk allomalarimizning noyob asarlari haqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi asarlardir.

REFERENCES

1. Mahmud Qoshg'ariy. Devonu lug'at-t-turk. 3-bet

2. Mahmud Qoshg'ariy. Devonu lug'at-t-turk. 15-bet

3.H. Botirov.Javohir xazinalari.-T:"G'afur G'ulom",1989.4-bet.

4. H. Botirov.Javohir xazinalari.-T:"G'afur G'ulom",1989.33-bet.

5.A. Omonturdiyev, O'. Xoliyorov, G.Qorjovova. Zamonaviy o'zbek leksikografiyasi: Tahlil va tadqiq. Termiz .2016. 22-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.