Научная статья на тему 'MUSIQIY ISTILOHLAR VA BADIIY OBRAZLAR IFODASI'

MUSIQIY ISTILOHLAR VA BADIIY OBRAZLAR IFODASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

425
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqiy istiloh / navo / soz / qo‘shuq / tasavvuf / mug‘anniy / mutrib / badiiy obrazlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Murodxoja Muxtorov

Ushbu maqola she’riyat sultoni Alisher Navoiyning nazmiy va nasriy asarlarida uchrovchi musiqaga oid so‘z va istilohlar vositasida badiiy obraz yaratish sanati nechog‘lik axamiyat kasb etganligi haqida muhim hulosalar chiqarish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY ISTILOHLAR VA BADIIY OBRAZLAR IFODASI»

MUSIQIY ISTILOHLAR VA BADIIY OBRAZLAR IFODASI

Murodxoja Muxtorov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat muzeyi mustaqil tadqiqotchisi,

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola she'riyat sultoni Alisher Navoiyning nazmiy va nasriy asarlarida uchrovchi musiqaga oid so'z va istilohlar vositasida badiiy obraz yaratish sanati nechog'lik axamiyat kasb etganligi haqida muhim hulosalar chiqarish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: Musiqiy istiloh, navo, soz, qo'shuq, tasavvuf, mug'anniy, mutrib, badiiy obrazlar

ABSTRACT

This article allows us to draw important conclusions about the importance of the art of creating an artistic image through the words and terms of music in the poetic and prose works of the Sultan of Poetry Alisher Navoi

Keywords: musical terminology, melody, word, song, mysticism, singer, mutrib, artistic images

KIRISH

Buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiyning (1441-1501) badiiy va ilmiy asarlari Yunonu Rum, Xindu Chin, Eronu Arab, Movarounnahru Xuroson xalqlarining musiqa tarixi nazariyasi, estetikasi, cholg'u sozlari va o'z davrida qaror topgan kuy shakllari, ijrochilik uslublari, tinglovchilik ananalari musiqaga daxldor so'z va istilohlarning ma'naviy xazinasidir. Shoir she'riyati va nasriy merosida uchrovchi musiqaga oid so'z va istilohlar o'sha davr san'ati musiqa madaniyati haqida, Navoiy yashagan davr o'zbek tilining boy leksikasi haqida bu so'zlarni musiqaga munosabatida, hamda so'z va istilohlar vositasida badiiy obrazlar yaratish san'ati nechog'lik ahamiyat kasb etganligi haqida muhim xulosalar chiqarish imkonini beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Navoiy ijodini o'rganuvchilarning ko'pchiligi bu ulug' zotni she'riyatdan musiqa va ilmiy musiqiyda tengsiz bir siymo bo'lgan deb ta'kidlaydilar. Ba'zi musiqashunoslar jumladan, Zaynulobiddin Husayniy (XV) ishora bilan, Z.X.Karimova to'g'ridan-to'g'ri bu ulug' zotning taxalluslari Navoiy bo'lishiga ham musiqaga

yaqinliklaridan deb yozadilar. Z. M. Bobur (1483-1530) "Boburnoma"da "yana musiqiyda yaxshi nimalar bog'labdur, yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordir" deydi. Ya'ni, Navoiyni ham musiqa nazariyotchisi, ham bastakor sifatida tanitadi. Abdurauf Fitrat "o'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" asarida "Navoiyning o'ziga ham musiqada bir risola yozgan, deb so'ylanmakdur" so'zlarini bitib "Qari Navo" kuyi... Navoiy asari bo'lg'oni ehtimoli kuchlanib qolur" deydi. Alisher Navoiy Abu Nasr Farobiy (870-950) va Abu Ali ibn Sino (980-1037) musiqiy qarashlarini rivojlantirib, musiqiy ilmni o'rganishni asosan ikki qismga bo'ladi: ilmi-ta'lif (musiqiy tovushlar-nag'malarni o'rganuvchi fan) hamda i'qo (ya'ni, musiqiy ritm, musiqiy vaznlarni o'rganuvchi fan deyish mumkin). Bayt: Ilmi advoru fanni musiqiy, Mendin kl ilm ahli tahqiqiy Elga ta'lim etmoq virdim, Kimki ustodi qavm-shogirdim.

Bu she'riy misoldan bilsak bo'ladiki, "ilmi advor fanni musiqiy" - musiqashunoslik ilmi haqiqatini izlovchi ilm ahillari mening shogirdlarimdir. Elga ta'lim bermoqlik mening burchim, vazifamdir, deydi ulug' Navoiy bobomiz.

NATIJALAR

Malumki, Navoiy yoshligida zullisonayn-ikki tilli shoir bo'lib, forsiy va turkiy tillarda ijod qilgan. Dastlabki turkiyda yozilgan:

Orazin yopg'och ko'zimdin sochilur har lahzayosh, Bo'ylakim, paydo bo'luryulduz, nihon bo'lg'och quyosh

matl'ali g'azalini eshitgan keksa yoshdagi Mavlono Lutfiy yuksak e'tirof etib, shu paytgacha yozgan forsiy va turkiyda yozilgan barcha g'azallarimni shu baytga almashar edim, degan ekanlar. Shoir forsiyda bitilgan asarlariga va tasavvuf ta'limoti singdirilgan. "Lison ut-Tayr" dostoniga "Foniy" tahallusini qo'llaydi. "Foniy" (o'tkinchi, boqiy emas) tasavvufda Haq yo'lida o'zlikdan kechishdir. "Navo" so'zi esa boqiylikka, abadiylikka daxldor bo'lganligi uchun ham, turkiyda bitilgan asarlariga "Navoiy" tahallusini qo'llaydi. "Navo"- Navoiyning eng sevgan so'zi. Uni shoir ham ko'p ishlatadi, ham unga ko'p-ko'p ma'nolar yuklaydi. Jumladan, Navo

1. Kuy, ovoz, sado, tovush, musiqa, ohang, un:

Savti noqusu navoyi org'anun, Shayh dini motamig'a tortib un. (L. T)

2. Navo nomli maxsus kuy, "Shashmaqom" bo'limlaridan birining nomi:

Mug'anniy kelu chert turkona soz,

Maqomi "Navo" yo'qsa "Turkiy Hijoz"

3. Boylik: Benavo- navosiz, yo'qsil, bechora, bahrsiz,

Navobaxsh -g'amxo'rlik qilish, hojatbaror:

Navosiz ulusning navobaxshi bo'l,

Navoiy yomon bo'lsa sen yaxshi bo'l

4. Nasib, bahra: Navo topmoq - bahra topmoq, bahralanmoq

5. Navo tuzmak - kuylamoq, sayramoq

6. Navo chekmak - kuylamoq

7. Hush navo-hushnavoz, yaxshi, kuylovchi

8. Navo naqshi - Navo kuyi

9. Navovu soz - uy jihozlari

10. Navogoh - Navo joyi, sayrash joyi:

Anga sidra shahi navogoh o'lub,

Munga rovza bog'i chorogoh o'lub (S.I)

11. Navogo' -Ashulachi: kuychi, allachi, yallachi

12. Navozanda - navo qiluvchi, kuylovchi, siylovchi, hurmat ko'rsatuvchi

13. Navoiy - kuyga, maqomga va ohanga tegishli, kuychi

14. Navolig' - bahramand, tilagiga erishgan

MUHOKAMA

Alisher Navoiy zamonasining mashxur musiqashunosi Xoja Yusuf Burxondan taxsil oladi. Bu xaqda "Majolus un - Nafois"da shunday yozdi; "Xoja Yusuf Burxon -musiqiy ilmin ham yaxshi bilur erdi va faqir musiqiy fanida aning shogirdimen. Ko'proq o'z she'riga musiqiy bog'lar edi" Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnomada" ta'kidlashicha "Alisherbek... musiqada yaxshi nimalar bog'labdur. Yaxshi naqshlari va peshravlari bordir" deydi. Navoiy ijodini o'rgangan olimlarimizning ma'lumotlariga qaraganda san'at ahllariga homiylik qilish barobarida, o'zi ham ko'p qirrali iste'dod sohibi bo'lib, xattotlarga ham, san'atkorlarga ham oqilona maslahatlar berish bilan cheklanib qolmay o'zi ham musiqiy asarlar (Navo, Qari Navo, Xoqoniy, Faryobiy (balki, Forobiydir), Isfaxoniy) yozgani, "Zanjirlangan sher" kabi rasmlar chizgani, kitoblarni ko'chirishga tayyorlagani, do'stlari davrasida qo'shiqlar aytgani ma'lum;

Hush ulki, bazmda, oylar teparda arg'ushtak,

Shax anda tanbura chalib, Navoiy desa qo'shiq. ("Badoyi ul- vasat")

bu baytni o'qir ekanmiz ko'z oldimizda shox saroyidagi bazm, oydek go'zallarning raqsga tushayotganliklari, yoshlikdan birga o'sgan ikki qadrdon do'stlarning soz chalib, qo'shiq kuylayotganliklari ko'z oldimizda namoyon bo'ladi. SHu bilan birga, Farg'ona vodiysida yashagan qadimiy arg'u qabilasining nomi bilan bog'liq "Arg'ushtak" raqs usuli (xuddi "Andijan polka"ga o'xshash) haqida ma'lumotga ega bo'lamiz.

Navoiyning "Mahbub ul-qulub", "Majolis un-nafois", "Mezon ul-avzon" kabi o'lmas asarlarida ham musiqa ilmi, musiqashunoslar, mutriblar, juda ko'p soz nomlari, ularning tuzilishi, ularda hosil bo'ladigan tovush tuslariga oid kimmatli ma'lumotlar ko'p uchraydi: ud, nay, tanbur, chag'ona, rud, naqqora singari musiqa asboblari ularning sadolari hakida ko'p va xo'b aytilgan. Jumladan "Mahbub ul-kulub" da mutrib va mug'anniylar zikrida keltirilgan "Otashin yuzlig' mug'anniyki, xalqidin muloyim surud chikorg'ay, hol ahlining kuygan bag'ridin dud chiqorg'ay deydi". Navoiy asarlarida keladigan "Nay" istilohi -nolaning ifodasi, uning sadolari hamma vakt mahzun, his tuyg'ularning g'amgin ifodachisi sifatida ko'rinadi.Jaloliddin Rumiyda ushbu istiloh majoziylikdan hakikiylik darajasiga ko'tariladi .. Bishnav az nay che hikoyat mekunad, Az judoyiho shikoyad mekunad. ... tingla nay qanday hikoyatlarni so'zlagay, u firoqdan g'urbatdan shikoyat qilayotir. 1. "Nay" istilohidan muddao, maqsad oriflik va oqillik martabasiga noil bo'lgan insoni komildir. Bu komil insonning og'zidan hamisha oshiqona, lazzatbaxsh va purma'no so'zlar zuhur etadi. 2."Ayriliqdan shikoyat aylagay" ...misrasining mazmuni: orif yoki komil inson ruhoniy dunyodan (ya'ni asl vatanidan, barqaror ruhi hali bu foniy dunyoga inmagan chog'dagi makonidan) judo bo'lgandan so'ng, aziyatlar va yozug'lar to'la zaminga tushganidan achchik shikoyatlar kiladi.Bu shikoyat mahzunlikning birdan-bir sababi uning o'z olamidan ayrilishidir... Navoiy ham bu musiqiy istilohni zarur maksadlarda istefoda etganlar. Devonlaridan birida "nay"bevosita so'fiyona ma'noda ishlatilganini ko'ramiz:

May o'tining lam 'asi o'rtab vujudim xirmanin Ko'llarin nay nag'masi bir damda nobud ayladi. (H.M. 649) Navoiy "nay" istilohini orifning ko'ngli ma'nosida ishlatib, nay nag'masi nafaqat insonni balki, butun eru ko'kni kuydirishga qodir degan mavhumni ilgari surmoqda va "nay" bilan barobar ishlatilgan "may" so'zi, undan paydo bo'lgan lam'a (cho'g',otash) shunday xulosa kilishimizga imkon beradi. YAna bayt: Otashin may birla ,ey soqiy, qizitgil bazmni, Mutribo, ul o'tni tez etmakka ol og'zinga nay. (H.M. 446)

Bu va yuqoridagi bayt mazmunan bir-birini to'ldiradi.CHunki, har ikkala baytda ham botiniy tasavvuf - orifning ko'ngil kurtaklari tahlilga olingan. Nay o'zining o'tli nolasi bilan orif ko'ngli kabi o'rtanadi, buning uchun mutrib uni qo'liga olib, o'z san'atini namoyish etishi kerak.

Hazratning fikricha, ko'ngil otining jilovi doim egasining qo'lida bo'lmog'i kerak, mug'anniy va mutrib nolasi me'yoridan oshsa, hol ahlini shavqdan chikaradi, soz va qo'shiq uning ko'nglini bo'lmasin. Aks holda, umr bo'yi misqollab to'plagan Iymonni bir zumda boy berish hech gap emas. Bayt: Ey Navoiy, koriding, go'sha tut, toat kil, Bo'lmayin xor desang, aylama bazmoroliq. (H.M.)

XOLOSA

Badiiy va ilmiy asarlari qudrati, balog'ati tufayli mumtoz musiqamiz ohanglariga yangicha bir shuur, yangicha navo ato etgan Navoiy bobomiz o'zining barcha hayrli va savobli ishlarini beminnat ado etganlar.

Hazrat Navoiyning bebaho badiiy durdonalari zamirida, musiqaga oid so'z va istilohlar vositasida badiiy obrazlar yaratish san'ati va tasavvuf ta'limotidagi uyg'unligini o'rganish va ilmiy tahlil etish hozirgi avlodlar oldidagi muhim vazifalardandir.

REFERENCES

1. G'anieva, S., Ne'matov, H. (1993) Alisher Navoiy g'azaliyotida tasavvuf ohanglari. Alisher Navoiyning adabiyo mahorati masalalari. (to'plam) Toshkent,

2. Shamsiev P., Ibraximov S. (1977) Navoiy asarlari lug'ati. Toshkent.

3. A. Navoiy MAT (1990) 20 toplik, Toshkent. Fan,

4. A. Navoiy. (1960) Xamsa. Nashrga tayyorlovchi. P. Shamsiev-Toshkent. O'zFAN

5. Rahimov. V. (1983) O'zbek klassik adabiyoti asarida qisqacha lug'at. O'qituvchi 5. Matyoqubov O. (1991) Navoiy navolarini izlab. O'zb.tili va adabiyoti.

7. Kariomva Z. G. (1968) Navoiy o muzike. Toshkent Adabiyot va san'at.

8. Ibrohimov O. (2009) Hazrat Navoiy va maqomlar. Musiqa ijobiyoti masalalari. Toshkent

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.