Научная статья на тему 'MUSIQIY TOVUSH VA UNING XUSUSIYATLARI'

MUSIQIY TOVUSH VA UNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
5912
213
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tovush / musiqa / balandlik / qattiqlik / tеmbr / cho‘zim / past / baland. / sound / music / pitch / hardness / timbre / length / low / high.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muhammadzoxid Xabibullo O‘g‘li Abduqodirov, Abror Axmadjon O‘g‘li Fayzullayev

Ushbu maqolada musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari, turlari va musiqa asboblarining chiqaradigan tovushlari haqida malumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSICAL SOUND AND ITS FEATURES

This article provides information about musical sounds and their properties, types, and sounds emitted by musical instruments.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY TOVUSH VA UNING XUSUSIYATLARI»

MUSIQIY TOVUSH VA UNING XUSUSIYATLARI

Muhammadzoxid Xabibullo o'g'li Abduqodirov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Musiqa ta'limi yo'nalishi 3- bosqich talabasi

Abror Axmadjon o'g'li Fayzullayev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Musiqa ta'limi yo'nalishi 3- bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari, turlari va musiqa asboblarining chiqaradigan tovushlari haqida malumot berilgan.

Kalit so'zlar: tovush, musiqa, balandlik, qattiqlik, tembr, cho'zim, past, baland.

MUSICAL SOUND AND ITS FEATURES

Muhammadzokhid Xabibullo ugli Abdukodirov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region, Faculty of Pedagogy, 3 year student of Music Education

rd

Abror Akhmadjon ugli Fayzullaev

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region, Faculty of Pedagogy, 3rd year student of Music Education

ABSTRACT

This article provides information about musical sounds and their properties, types, and sounds emitted by musical instruments.

Keywords: sound, music, pitch, hardness, timbre, length, low, high.

KIRISH

Biz yashayotgan olam turli tovushlarga to'ladir. Misol uchun: guvillagan, taqillagan, shitirlagan, g'ichirlagan va boshqa shunga o'xshash tovushlarning barchasi real voqеlikdagi tovushlardir. Bularni shovqinli tovushlar dеb atashadi. Kuylayotgan qo'shiqchining ovozi va musiqa asboblari - rubob, nay, chang, skripka, fortepiano, goboy, truba va boshqa cholg'u asboblaridan taraladigan tovushlar musiqiy tovushlar deb nom oldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Barcha tovushlar baland va past yoki uzoq va qisqa vaqt yangrashi, shu bilan birga o'ziga yarasha rang-barangligi bilan farqlanadi. Shovqinli bilan musiqiy tovushlar

o'rtasidagi farqi shundaki, har bir musiqiy tovush aniq belgilangan balandlikka ega bo'ladi. Shovqinli tovushlar esa bunday xususiyatga ega emas.

Musiqaning asosiy vositasi, ya'ni ifodalilik vositasi - musiqiy tovushlardir. Lekin zamonaviy musiqada shovqinli tovushlar ham keng qo'llaniladi. Tovushlar tizimi musiqiy fikrni ifodalash va badiiy obrazlarni gavdalantirish uchun xizmat qiladi.

Har bir musiqiy tovushning xarakteri to'rtta asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi. Ular balandlik, qattiqlik, tembr va cho'zim. Tovushning balandligi tebranayotgan jismning tebranish tezligiga bog'liq. Tebranish qanchalik tez bo'lsa, tovush shunchalik baland eshitiladi, va aksincha. Demak, tovushlar balandligi bo'yicha baland, o'rta va past tovushlarga ajratiladi. Baland tovushlar «nafis», «muloyim», «jarangli», «billur» kabi so'zlar bilan ta'riflanishi mumkin. Xor asarlardagi soprano ovozi partiyasi asosan o'z ichiga baland tovushlarni qamrab oladi. Skripka, fleyta, nay cholg'ular ham baland tovushlarni taratadi. Past tovushlar - «yo'g'on», «qo'polroq» «chuqur», «mayin» kabi so'zlar bilan ko'proq ta'riflanadi. Musiqa asboblaridan truba, kontrobas, fagot kabilar past tovushlarga ega. O'rta tovushlar xor ovozlari alt bilan tenor, cholg'ulardan violonchel, klarnet, valtorna, rubob, dutorga xarakterlidir. Ularga nisbatan «yumshoq», «qalin», «odam ovoziday» so'zlarni qo'llash mumkin.

MUHOKAMA

Tovushning qattiqligi jismning tebranish kengligi (amplitudasi) dan kelib chiqadi. Tebranish kengligi qancha keng bo'lsa, tovush shunchalik qattiq eshitiladi, va aksincha. Qattiqlikning darajasi (jaranglash kuchi) dinamika so'z bilan ataladi.

Tovushning cho'zimi jismning tebranishi davom etishiga bog'liqdir. Real vaqt soniya, daqiqa, soat va hokazolar bilan o'lchanadi. Musiqadagi vaqt muayyan tovush cho'zimi bilan o'lchanadi. Musiqada har bir tovush o'z cho'zimi bo'yicha undan oldingi va keyingi tovushlar bilan muayyan darajada aniq uyushtiriladi, vaqt bilan belgilanadigan munosabatga kirishadi. Mana shundan kelib chiqib, musiqaga xos bo'lgan aniq uyushtirilgan vaqtga bog'liq tuzilish (struktura) vujudga keladi.

XULOSA

Tovushning tembri deb uning rang-barangligiga deyiladi. Gap shundaki, har qanday tovush, ayniqsa musiqiy tovush, murakkab tarkibga ega. Tovush manbai (jism) butunligicha tebranib, asosiy tebranish tezligini, ya'ni eng yaxshi eshitiladigan past balandlikdagi tovushni hosil qiladi. Bu tovushga asosiy ton deb aytiladi. Biroq, shu bilan bir vaqtning o'zida jismning umumiy uzunligidan teng yarmi, uch qismdan bir, to'rtdan bir, beshdan bir va h.k. qismlari ham tebranadi. Har bir qismning tebranish tezligi o'ziga mos tovushni yaratadi. Bunday ikkinchi, uchinchi darajali marta balandroq eshitiladi. Chunki, jismning uzunligi qancha qisqa bo'lsa, shunchalik uning tebranish

tezligi oshadi va hosil bo'lgan tovushning balandligi yuqorilashadi. Ushbu qo'shimcha, tarkibiy tonlar oberton yoki garmoniklar deb ataladi. Asosiy ton jarangida obertonlarning qattiqlik bo'yicha o'zaro nisbati, ularning bor yoki yo'qligi tovushning individual sifatini, boshqa tovushlarga o'xshamasligini ta'kidlaydi. Masalan: qo'ng'iroqchani ko'rmay turib, uning jarangini shaqildoq jarangidan ajrata olamiz yoki onajonimizning ovoz tembri ko'p ovozlar ichida bizga «o'zgacha» bo'lib eshitiladi. Mazkur to'rtta sifat har bir tovushda, shuningdek, musiqiy fikr va obrazlar ifodalaydigan qator tovushlar birikmasida albatta namoyon bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ibraximjanova Gavxar va boshq. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya.

2. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.

3. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСЩА ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic research in educational sciences, (3).

4. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаeва, М. А. (2020). «ВЕЛИКИЙ ШЁЛКОВЫЙ ПУТЬ»: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ КУЛЬТУР ЗАПАДА И ВОСТОКА В КОНТЕКСТЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education, 1 (Special Issue 4).

REFERENCES

1. Ibraximjanova Gavxar va boshq. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya.

2. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.

3. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСЩА ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic research in educational sciences, (3).

4. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаeва, М. А. (2020). «ВЕЛИКИЙ ШЁЛКОВЫЙ ПУТЬ»: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ КУЛЬТУР ЗАПАДА И ВОСТОКА В КОНТЕКСТЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education, 1 (Special Issue 4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.