Научная статья на тему 'MUSIQA NAZARIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MUSIQA NAZARIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
927
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
San’at / vusiqa / musiqiy obraz / tovush / shovqin / tebranish. / Art / music / image / sound / noise / vibration.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — X.Shermatova

Ushbu maqolada musiqa nazariyasining o’ziga xos xususiyatlari, musiqaning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF MUSIC THEORY

This article discusses the specifics of music theory and the role of music in society.

Текст научной работы на тему «MUSIQA NAZARIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

X.Shermatova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining

Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa nazariyasining o'ziga xos xususiyatlari, musiqaning jamiyat hayotida tutgan o'rni haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: San'at, vusiqa, musiqiy obraz, tovush, shovqin, tebranish.

CHARACTERISTICS OF MUSIC THEORY

X.Shermatova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the specifics of music theory and the role of music in society.

Keywords: Art, music, image, sound, noise, vibration.

San'at mazmuni - hayot, atrofimizdagi voqelik, inson va uning ichki dunyosi-o'y-fikrlari, his-tuyg'ularidir. San'at inson faoliyatining boshqa turlaridan ko'ra badiiy obrazlarni yaratish orqali voqelikni o'zlashtiradi. U kishining hissiyoti va onggiga bevosita ta'sir qiluvchi shaklda olamni go'yoki yangidan yaratadi. Lekin,san'atkor hayotni, xodisalar va narsalarni nusha qilib ko'chirmaydi. U biror obrazga xos bo'lgan eng umumiy, tipik xususiyatlarni saralab olib, ularning hammasini tushunib olib, obraz qiuofasini o'zgartiradi, so'ng uni rasm, she'r, musiqa asari shaklida gavdalantiradi. Albatta, har qanday san'atkorning asari muallifning shahs asoratini o'z ichida saqlab qoladi. Chunki, tashqi dunyoning ob'ektiv materiali san'atkorning ongida alohida qayta ishlab chiqilib, original, o'ziga xos ijod bo'lib qayta vujudga keladi. Biroq, shu bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongining mahsuloti deb ham hisoblanadi. Negaki, u muayyan bir ijtimoiy psixologiya, mamlakat, tarixiy hodisa bilan bog'liq bo'ladi. Badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni shunda namoyon bo'ladiki, inson o'z zamondoshlari hamda xalqi o'tmishi va odamzod bilan aloqadorligini badiiy obrazlar orqali his etadi. Haqiqiy san'at abadiy badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, huddi avlodlarning uzluksiz bog'liqligini amaiga oshiradi.

Shunday qilib, san'at asarlari ham hayot, ham ijodning rasmidir. Ammo san'at turlari hayotning turli-tuman tomonlarini bir xil darajada tasvirlashga qodir emas. San'atning har bir turi o'ziga hos vositalar va ifodalash tamoyillari bilan ajralib turadi. Ho'sh, musiqa san'ati o'zi nima? Uning maqsadi, vazifalari nimadan iborat?

Musiqa - ohang (intonatsiya) san'ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o;ziga xos tarzda aks etib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o'zgartirishda yordam beradi. Malumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Musiqa - insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida. mehnat va dam olish chog'larida albatta ishtiroq etadigan alomat sifatida xizmat qilib, odamni ma'naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shahsning ma'naviy olamini, ahloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estetik tarbiya'ning samarali quroli deb odilonahisoblanadi. Musiqaning o'zi, uning varatuvchilari, ijrochilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir. Musiqa boshqa san'at turlari bilan yaqin munosabatlarda bo'lishi shubhasizdir. Ularning jonli aloqalari musiqaga hos intonatsion asosi adabiyot bilan yaqinligi, ritmik uyushqoqligi she'riyat va raqs san'atiga o'xshashligi, asarlarining mutanosib tuzilishi arxitektura shakllariga muvofiqligida ko'rinadi. Bunga qo'shib aytishlozimki, adabiyot, tasviriy san'at, xaykaltaroshlik asarlari ko'pincha musiqiy asarlar uchun asos sifatida hizmat qiladi. Musiqa musiqiy obrazlar orqali ochib beriladigan u yoki bu mazmunga ega bo'ladi. Bu tabiat manzaralari, ijtimoiy hayotdagi hodisalar va vaziyatlar, insonning ichki ma'naviy olamidir. Musiqa kishining hissiyoti, kayfiyatini ifodalashga qodir. Shu bilan birga uning tabiat manzaralarini tasvirlash, harakat obrazlarini gavdalantirish, hayotning samimiy ovozlari (qushlarning sayrashi, momaqaldiroqningguldirashi)ga taqlid qilishga ham layoqati bor.

Tovush fizik hodisadir. O'z navbatida ''tovush" tushunchasi yana bir necha uzviy bog'langan turli hodisalar zanjirini o'z ichiga oladi. Tovush manbai birorta jism (masalan, simli tor)ning tebranish harakatlaridir. Bunday harakatlar natijasidahavoda to'lqinsimon tebranishlar, ya'ni tovush to'lqinlari yuzaga keladi. Ular esa eshitish organga ta'sir qilib, eshitish nervi orqali bosh miyaga o'tadi va tovush sezgisini vujudga keltiradi.

Tabiatda odam qulog'iga chalinadigan tovushlar cheksizdir. Ular shovqinli -taqillagan, shitirlagan, g'ichirlagan kabi tabiiy tovushlar, va musiqiy - kuylayotgan tovushlardir.

Shovqinli tovushlar musiqiy asarlarda ham qollaniladi. Masalan: doira, nog'ora, baraban, tarelka, qoshiqlar tovushlari. Odam ovozi, yangrayotgan cholg'u asbobning sadolari kabi sun'iy tovushlarga ajratiladi. Musiqiy tovushlar musiqa san'atining asosiy vositasi bo'lib, atrofdagi voqelikni aks ettirishda xizmat qiladi. Ular musiqa madaniyatining ko'p asrli taraqqiyot jarayonida saralab olinib. muayyan tizimga uyushtirlandi. Musiqiy ifodalilik elementlarining negizi musiqiy tovush o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar tebranilayotgan jismning tebranish tezligi, tebranish kengligi, tebranish davomiyligi va tarkibiy qismlari son va sifatidan kelib chiqadi. Tebranish tezligiga tovushning balandligi bo'g'liq. Tebranish tezligi qancha katta bo'lsa, shuncha tovush balandligi yuqoriroq, va aksincha, tebranish tezligi qancha

kichik bo'lsa, shuncha tovush balandligi pastroq bo'ladi. Shuning uchun, tovushlar ikki xil guruhga ajratiladi:

1) balandligi aniq belgilangan tovushlar - musiqiy tovushlar;

2) noaniq balandlikdagi tovushlar - shovqinli tovushlar.

Tebranish harakatining kuch-quvvati tebranish kengligi (amplituda)da ifodalanadi va tovush qattiqligini (fortepiano jarangini) ta'minlaydi. Tebranishlar amplitudasi qancha keng bo'lsa, shuncha tovush qattiq bo'ladi. Tebranishning davom etish muddati tovushning cho'zimi bilan bogliqdir. Tebranishlar amplitudasi qancha keng bo'lsa, shuncha tovush yangrashi uzoq vaqt davom etadi. Tovush manbai tebranishlarining tarkibi deganda quyidagini tushunish lozim. Tovush manbai bir vaqtning o'zida nafaqat butunligicha, balki bo'limlari bo'yicha ham tebranadi. Uning butunligicha tebranishi asosiy tebranish hisoblanib, eng yaxshi eshitiladigan tovushni xosil qiladi. Bu tovush asosiy ton deb ataladi. Har bir bo'lim (jismning umumiy uzunligidan teng yarimi, uch qismidan biri, to'rtdan biri, beshdan biri va h.k)ning tebranish tezligi o'z uzunligiga mos tovushni yaratadi. Bunday qo'shimcha tovushlar asosiy tondan ko'ra ikki, uch marta balandroq eshitiladi. Chunki, tovush manbaining uzunligi qancha qisqa bo'lsa, uning tebranish tezligi shuncha oshadi va undan xosil bo'lgan tovush balandligi shuncha yuqorilashadi. Ushbu qo'shimcha, tarkibiy tonlar oberton yoki garmoniklar deb ataladi.

Xullas, tovush tarkibiga kirgan obertonlar tovushning rang-barangligini, ya'ni tembr xususiyatini vujudga keltiradi. Tembr tovushning individual sifatini, boshqa tovushlarga o'xshamasligini ta'kidlaydi. Mazkur to'rtta xususiyat har bir musiqiy tovushda albatta namoyon bo'lib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. H. Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.

2. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi - Rubob navolari T. 1993.

3. R. Qosimov - An'anaviy rubob ijrochiligi O'zbekiston 2000.

4. Sh. Raximov - Dutor .T. 2005. 5. B. Raximjonov - Dutorchilar ansambli T. 2002 y.

5. R.Hamroqulov - Rubob taronalari to'plami. Samarqand.- 2003y.

6. U. Boltaboyeva - Sahna nutqi -Toshkent "Innovatsion ziyo" - 2019.

7. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №№. 3.

8. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

9. EornaSoeBa Y. HyTK caHtaTHHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

10. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

11. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.

12. YCMOHOB m. CAXHA^A TAmKH KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

13. Ycmohob m. Hhm gaproxura 6up Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

14. YMapoBa X,., Ycmohob m. CaHtaTra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

15. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

16. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №. Conference. - C. 4-4.

17. A6gyHasapoB 3. MHT-THH YHHH.TAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEP.TAPHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

18. A6gyHa3apoB 3. THMCO.T.TAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148-152.

20. ro^garneBa C. KHTo6-KyHrun nuporu //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

21. rongarneBa C. KHTO6 MyTonaacuHH maKHnnaHTHpumga KyTySxoHanunHK ^aonuflTH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

22. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 121-124.

23. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

24. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

26. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

27. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

28. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

29. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

References

1. H. Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.

2. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi - Rubob navolari T. 1993.

3. R. Qosimov - An'anaviy rubob ijrochiligi O'zbekiston 2000.

4. Sh. Raximov - Dutor .T. 2005. 5. B. Raximjonov - Dutorchilar ansambli T. 2002 y.

5. R.Hamroqulov - Rubob taronalari to'plami. Samarqand.- 2003y.

6. U. Boltaboyeva - Sahna nutqi -Toshkent "Innovatsion ziyo" - 2019.

7. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №. 3.

8. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.

9. Болтабоева У. Нутк санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

10. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

11. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - С. 125.

12. Усмонов Ш. САХНАДА ТАШ^И ^ИЁФАГА АКТЁРНИНГ МУНОСАБАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

13. Усмонов Ш. Илм даргохдга бир назар //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

14. Умарова Х,., Усмонов Ш. Санъатга багишланган умр //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

15. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 3. - С. 91-95.

16. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - Т. 5. - №2. Conference. - С. 4-4.

17. Абдуназаров З. МИЛЛИЙ УЙИНЛАРИМИЗ ИШТИРОКИДА ЁШ АКТЁРЛАРНИ ТАСАВВУРИ ВА ДЩ^АТИНИ ЧАРХЛАШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

18. Абдуназаров З. ТИМСОЛЛАР СИЙМОСИНИ ЯРАТИШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №№. 1. - С. 148-152.

20. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

21. Юлдашева С. Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

22. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

23. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

24. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

26. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

27. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

28. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

29. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.