Научная статья на тему 'YOSH AVLODNI MUSIQIY RITM, ESLAB QOLISH VA ESHITISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

YOSH AVLODNI MUSIQIY RITM, ESLAB QOLISH VA ESHITISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1027
333
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ritm / musiqa / cholg’u / sozanda / musiqiy asar / ijro / Rhythm / music / instrument / musician / piece of music / performance

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N.Ortiqov

Ushbu maqolada yosh musiqaga ishtiyoqmand avlodni tarbiyalashda musiqiy ritm, eslab qolish va eshitish qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF DEVELOPING THE YOUNG GENERATION'S MUSIC RHYTHM, MEMORY AND HEARING

This article tells about the ways to develop musical rhythm, memory and hearing skills in educating a young generation passionate about music.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLODNI MUSIQIY RITM, ESLAB QOLISH VA ESHITISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

YOSH AVLODNI MUSIQIY RITM, ESLAB QOLISH VA ESHITISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

N.Ortiqov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining

Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh musiqaga ishtiyoqmand avlodni tarbiyalashda musiqiy ritm, eslab qolish va eshitish qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Ritm, musiqa, cholg'u, sozanda, musiqiy asar, ijro.

METHODS OF DEVELOPING THE YOUNG GENERATION'S MUSIC RHYTHM, MEMORY AND HEARING

N.Ortiqov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article tells about the ways to develop musical rhythm, memory and hearing skills in educating a young generation passionate about music.

Keywords: Rhythm, music, instrument, musician, piece of music, performance.

Ritm - musiqaning asosiy elementlaridan biri bo'lib, musiqa tovushlarining vaqt birligi ichida joylashuv qonuniyatini belgilab beradi. O'quvchida ritm tuyg'usini shakllantirish va rivojlantirish musiqa pedagogikasining eng zarur va muhim vazifalaridan biridir. Olimlarning fikricha, bu ishning qiyinligi musiqa tovushining vaqt birligi ichidagi cho'zimini uning balandligiga nisbatan aniq qayd etib bo'lmasligidadir. Shunga qaramasdan, olimlar o'quvchilardagi musiqa ritm tuyg'usini tarbiyalash mumkin, degan fikrni ilgari suradilar.

Ma'lumki, musiqa ritmi umuman musiqa asarining tashkiliy elementlaridan biri bo'lib, asarning mazmunini, uning obrazli mohiyatini aks ettiradi. Inson o'zining turli faoliyatida musiqa asarining mazmuni bilan tanishadi. Lekin faqatgina ijro paytida sozanda musiqa asarining mazmuni va ritmiga tobora chuqurroq tushunib boradi. Musiqa ijrosi davomida, uni eshitish paytida ochilmay qolgan fikr va tuyg'ular ijrochi uchun tushunarli bo'lib borishi mumkin. So'z bilan ifodalab bo'lmaydigan o'ziga xos musiqa ritmining mohiyati sozanda tomonidan ayni ijro paytida anglanadi. Ijro jarayoni sozandaga musiqa asarining ritmik tuzilishi bilan yaqindan tanishish va uni tushunish imkonini beradi. Aytish mumkinki, musiqa asarining ijrosi o'quvchilarda musiqa ritmi tuyg'usini tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beradi. Musiqa asarini

o'zlashtirish davomida shu asarning ritmik shaklini o'quvchi tobora yaxshiroq tushunib bordi, Bu esa o'z navbatida musiqa ritmi tuyg'usini mustahkamlash yo'llaridan biri sanaladi. Cholg'u ijrochiligi ta'limining dastlabki paytlaridan boshlab, nota cho'zimlarini vaqt birligiga nisbatan o'rgatib, boriladi. Nota cho'zimlari xaqidagi bilimlar ijrochilik san'atini egallashda asosiy bilimlardan hisoblanadi. Har qanday musiqa asarini ijro etishda nota cho'zimlarini anglashning cholg'uchilik mahorati asoslaridan biridir. O'quvchilardan musiqa ritmi tuyg'usini tarbiyalash ishiga ta'limning dastlabki paytlaridan kerakli darajada e'tibor berish haqiqiy sozandani shakllantirish uchun zamin yaratadi. O'quvchi musiqa ritmi, o'zlashtirmasdan turib, kelajakda sozanda sifatida shakllanishi mumkin emas. Taniqli pedagog va kompozitorlarning ta'kidlashicha, musiqa ritmining nota yozuvi orqali ko'rsatilishi uning mohiyatini to'la ochib bera olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, musiqa ijrochiligidagi ritm o'zining tabiati bo'yicha ijodiy xarakterga egadir. Yuqorida aytib o'tilganidek, bevosita ijro paytidagina musiqa ritmining tub mohiyati va ma'nosiga tushunib etish mumkin. Musiqadan tashqarida, undan uzilgan holda musiqa ritmi tuyg'usi xosil bo'lishi va rivojlanishi mumkin emas. Yosh sozandaning musiqa ritmi tuyg'usini shakkillantirish va rivojlantirishda qo'shimcha imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarning ba'zilarini quyida ko'rib chiqamiz. Ijro etilayotgan musiqa asarini sanash. Ijro paytida musiqa asarining ritmik sanab chalinishi tuzilishni osonroq tushunishga yordam beradi. Umuman ijro paytidagi sanash musiqa ritmini his etishda va mustahkamlashda foydalidir. Ba'zi o'quvchilar ijro paytida ovozlarini baralla chiqarib sanashga odatlanib qoladilar va bu odatni tark etish kelajakda ancha qiyin bo'ladi. Ayni shu fikrni oyoq bilan sanashga o'rganib qolgan o'quvchilar xususida ham aytish mumkin. Asar ijrosi paytidagi bunday sanashlar, albatta o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Shuning uchun ham tarbiya jarayonida bunday kamchiliklarni asta -sekinlik bilan yo'qotish choralari ko'riladi. Tajriba ortib borgan sari o'quvchida nota cho'zimlarining ritmik ijrosiga nisbatan ichki tuyg'u rivojlanib, bunday sanoqqa hoj at qolmaydi. Ijrochilar ichida keng tarqalgan usullardan biri dirijyorlik qilishdir. Sozanda dirijyorlik qilish orqali musiqa asari ritmik tuzilishini tushunish bilan birga, shu asarning kechinma va tuyg'ularni sezishi va unga o'zining munosabatini bildirishi mumkin. O'quvchilar orasida tez-tez uchrab turadigan kamchiliklardan biri asar ijrosi davomida tezlashib yoki sekinlashib ketishdir. Bunday kamchilikni bartaraf etish uchun odatda musiqa pedagogikasida quyidagi chora qo'llanadi: o'quvchi ijro paytida barcha harakatlarini to'xtatadi, bir-ikki taktni faqat ovoz chiqarib (ijro etmasdan), sanaydi, so'ng ijroni yana davom ettiradi. Bundan tashqari, o'quvchida asarning ritmi jihatdan yaxshi va to'g'ri ijro etilayotgan bo'laklar kamchiligi bo'lgan qismlar bilan taqqoslanishi ham yaxshi natija berishi mumkin. O'quvchilarda musiqa ritmi tuygusini shakllantirishda o'qituvchining xizmati juda kattadir. Uning o'quvchi bilan birgalikda sanani, chapak va turli harakatlar bilan yordam berishi o'quvchi uchun foydali.

Musiqani eslab qolish qobiliyati ma'lum musiqiy materialni kerakli vaqt ichida ijrochi ongida saqlanib qolishini ta'minlaydi. Musiqa fanida ijrochi uchun eng zarur bo'lgan uchta sifat birligi xaqida gap yuritiladi: eshitish qobiliyati, musiqa ritmi tuyg'usi va eslab qolish qobiliyati (xotira). Eslab qolish tuzilish jihatidan murakkab qobiliyat bo'lib, xotiraning bir necha turini o'z ichiga oladi. Masalan, ijrochi o'z faoliyati davomida eshitish va harakat bilan bog'liq bo'lgan xotira turlaridan foydalanadi. Y ana ko'rish orqali xotira turini keltirish mumkin. Tajribadan ma'lumki, har kimning xotirasi o'zining shaxsiy tipologik xususiyatiga ega. Shu bilan birga musiqa xotirasini rivojlantirishda, olimlarning fikricha, ayniqsa musiqa ijrochiligi uchun obrazli -eshitish xotiraning foydasi kattadir. Haqiqatan ham, musiqa eshitish orqali qabul qilinib, taassurot olinadigin san'at turi bo'lganligi tufayli, musiqa xotirasi birinchi navbatda eshitish xotirasidir. Maxsus izlanishlar natijasida ma'lum bo'ldiki, o'quvchilarning musiqa eshitish qobiliyati, ritmik tuyg'usining rivojlanish tuyg'usi bilan musiqa xotirasining sifatlari o'rtasida bevosita bog'liqlik bor. O'quvchida musiqiy eshitish qobiliyati va ritm tuyg'usi qanchalik rivojlangan bo'lsa, unda musiqiy xotirasi (yodda saqlab qolish) shunchalik sifatli bo'ladi va aksincha, undagi eshitish qobiliyati va ritm tuyg'usining sifati past bo'lishi musiqa xotirasining rivojlanishiga xalaqit beradi. Sozandaning xotirasi turli faoliyatda qatnashib ma'lum darajada takomillashib boradi. Musiqa asarini tinglashdan tortib, to uning ijorosigacha bo'lgan faoliyatda musiqiy xotira qatnashadi. Shu bilan birga, musiqiy xotiraning to'g'ri shakllanishi va rivojlanishi uchun eng qulay shart - sharoit musiqa ijrochiligida yaratiladi. Musiqa asarini yod olishni o'z oldigi maqsad qilib qo'yadi. Ijrochi faoliyatining asosiy va o'ziga xos xususiyatlaridan biri ham shudir. Chunki asar yod bo'lsa, ijrochilikning har taraflama erkinligi uchun imkon bo'ladi. O'quvchi o'z ongini musiqa asarini yodlashga qaratganligi unig mehnat qobiliyatini birmuncha yaxshilash va faollashtirish bilan bir qatorda, musiqa xotirasining samaradorligini ham oshiradi. Sozanda aniq ijro harakati orqali musiqa asari bilan tanishadi. Mana shuning o'zi ham musiqa xotirasining rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, musiqiy asarning ijrosi paytida sozandaning faolligi musiqa xotirasining faollashishiga ham yordam beradi. Haqiqatan ham, musiqa asarini tinglash va uni bevosita ijro etish bir-biridan farq qiladi. Tajribadan ma'lumki, musiqa asarini tinglashdan ko'ra uni ijro etish vaqtida eslab qolish osonroq ko'chadi. Sozandaning ijro harakati ham uning musiqiy xotirasini rivojlantirishga va mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shunday qilib, musiqa qo'llanmalarini eslab qolishda yagona ko'rsatma berib bo'lmasligiga va bu ishga har xil yondashish mumkinligiga ishonch hosil qildik. Eslab qolishni qaysi yo'l bilan amalga oshirish hal qiluvchi ahamyatga ega emas. Hamma gap musiqani eslab qolish ishining mazmuni, xarakteri va uslubidadir. Tushunib yod olingan materialning sifati anglamasdan yod olingan materialning sifatiga qaraganda ancha ustun bo'ladi. Xuddi shu qonuniyatni musiqa ijrochiligi sohasida ham ko'rishimiz mumkin. Agar

o'quvchiga ma'lum mantiqiy tartibda joylashgan tovush qatorini yodlash uchun berilsa, u vazifani unchalik qiynalmasdan bajarishi mumkin. Keyin esa shu tovush qatorning mantiqiy tartibini buzib qaytadan berilsa, o'quvchining bu tovushlari yig'indisini yodlashi ancha qiyin bo'ladi. Shunday qilib, musiqa asarini chuqurroq tushunish, uning badiiy mohiyatini, shaklini, xullas, asar muallifi nima demoqchi ekanligini to'laroq anglash musiqa asarini yodda mustahkam saqlanib qolishining asosiy shartlaridan biridir. Albatta, mohir sozandalarning kundalik mashg'ulotlarida ma'lum bir parchani o'n (xatto yuz) martalab takrorlash hollarini kuzatamiz. Lekin bunday takrorlashlar biri ikkinchisining aynan nusxasi bo'lmasdan, balki har bir takrorlash o'ziga xos badiiy yoki texnik izlanish bilan ajralibturadi. Mohir sozandalarning takroriy mashqlari ma'lum darajada ijodiy harakatga ega va har bir takrorlashda bu mashqlar o'zining sifati bo'yicha yangi pog'onaga ko'tarilib boradi. Cholgu ijrochiligi sohasida natija inson faolligi, ongli mehnati va faoliyatning maqsadga qaratilganligiga bog'liqdir. Musiqa ijrochiligiga o'rgatish musiqa xotirasini rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Musiqa xotirasini mustahkamlash ustida o'quvchining muntazam ishlashi xotiraning takomillashishini ta'minlaydi. Yirik musiqa asarlari yod olishda umumiydan xususiyga qarab xarakat qilish kerakligini ko'plab mashxur cholg'uchi -o'qituvchilar aytib o'tishgan. Boshqacha aytganda, musiqa asarining umumiy shakli va ma'nosini anglab olgandan so'ng alohida qismlarni o'zlashtirishga kirishish kerak. Bunday qismlarni o'zlashtirishga kirish kerak. Bunday qismlar nisbatan tugallangan va mustaqil bo'lishi zarur. Ijrochilik bo'yicha qiyin bo'lgan qismlarga ko'proq vaqt va e'tibor berish kerak bo'ladi. Yod olish uchun ajratib olinayotgan qismlar o'zining hajmi jihatidan juda katta bo'lmasligi zarur. Ijrochilik va pedagogik tajriba ko'rsatadiki, asarni yod olishda undagi «ma'nodor» xarakterli o'rinlarga tayanish yaxshi natija berishi mumkin. Shuningdek, musiqiy fikr (fraza)ning boshlanishi va tugashini aniqlab olish, o'ziga xos bezakli o'rinlarga e'tibor berish ham mustahkam yod olishga yordam beradi. O'quvchilarning ba'zilarida ko'rib eslab qolish qobiliyati rivojlangan bo'lsa, boshqalarda eshitib yodda saqlab qolish qobiliyati ustun turadi. Bu ikki salohiyat bir maromda rivojlangan o'quvchilarni ham ko'rish mumkin. Asarni yod olishda qaysi usuldan foydalanishdan qat'iy nazar, muhimi, xotirada mustahkam saqlanib qolishidir. Quyida endi biz musiqiy asarlar ijrosi ustida ishlash haqida to'xtalib o'tamiz.

Asarning xarakteri, tonalligi, badiiy obraz yo'nalishi, kulminatsiyasi va umumiy tuzilishini anglab olish to'laqonli ijroga yordam beradi. Bularni aniqlashda o'qituvchining yordami zarur. Asar nazariy jihatdan o'zlashtirilgandan so'ng uning amaliy ijrosiga o'tiladi. Musiqa asarlari boshidan ohirigacha bir xil texnik qiyinchilikda bo'lmasdan, balki uning ba'zi qismlari boshqalariga nisbatan murakkabroq bo'lishi mumkin. Bunday paytda shu qiyin o'rinlar alohida ajratilib, ularning ijrosi ustida maxsus mashqlar o'tkazish tavsiya etiladi. Lekin bunday ishlash

jarayoni juda uzoq davom etmasligi kerak. Shu qiyin qismning ijrochi tomonidan mustaqil ravishda bekami - ko'st ijrosiga erishilsa ham, ko'p hollarda asarni boshidan oxirigacha ijro etganda xuddi ana shu qism asarning umumiy yo'nalishi bilan qo'shilmasdan, aloxida ajralib qolishi mumkin. Shu sababli qiyin qismlarni takrorlashda shu qismdan bir necha takt oldinga va keyingilarini qo'shib ijro etish tavsiya etiladi. Asar o'zlashtirilayotgan paytda ijrochining imkoniyatlariga mos bo'lgan tezlikni tanlash va ijroning bir maromda bo'lishga erishish kerak bo'ladi. Muzika asarining ustida to'g'ri ishlay bilish ijro mahoratini oshirishning omillaridan biridir. Cholg'u ijrochiligi sinflarining tajribasida ba'zi musiqa asarlarini o'zlashtirish ishi konsert yoki yakuniy nazoratgacha etib bormaydi. Bu asarlar sinf ishi sifatidagina o'zlashtiriladi. Sinf ishidan asosiy maqsad musiqa asarining umumiy mazmuni bilan tanishish, unda ishlatiladigan ijro ko'nikmalarini o'zlashtirish va shular asosida bayon qilinmoqchi bo'lgan musiqaviy kechinmalarni cholg'u yordamida talqin eta bilishdir. Musiqa pedagogikasida bunday sinf ishlariga alohida e'tibor beriladi va u o'quv jarayonining maxsus shaklini tashkil etadi. Sinf ishi sifatida o'qitiladigin musiqa asarini o'zlashtirish uchun ajratiladigan vaqtning chegaralanganligi shu asar ustida ishlash jarayonini jadallashtirishni anglatadi. Bunda o'quvpedagogik jarayonning o'zi tezlashadi; o'quvchi oldida ma'lum materialni qisqa, chegaralangan vaqt ichida o'zlashtirish vazifasi turadi. Buning hammasi o'quvchidan yangidan-yangi qo'llanmalar bilan tanishish, bir joyda turib qolmaslik, oldingi o'tilgan qo'llanmani bir xil ravishda takrorlayvermaslikni talab qiladi. Sinf ishi uchun ajratilgan musiqa asarlari ustida ishlash bilan notaga qarab chalish kabi mashg'ulotlarning foydali tomoni ko'p. Bu ikki holda ham o'quvchi xilma-xil musiqa asari bilan qisqa vaqt ichida tanishish imkoniyatiga ega. Ayni paytda, sinf ishi bilan notaga qarab chalish mashg'uloti ma'lum darajada bir-biridan farq qiladi. Notaga qarab chalishda o'quvchi material bilan bir marta epizodik tanishish imkoniyatiga ega bo'lsa, sinf ishi jarayonida u asar bilan to'laroq va asosli tanishib, o'zlashtirishi mumkin. Sinf ishi bilan shug'ulanadigan o'quvchi, musiqa asarini bir necha bor takrorlashi tufayli o'zi uchun shu asarning mohiyati, mazmuni, tuzilishi va boshqa sifatlarini to'laroq ochishi mumkin. Shu asosda asarning ijodiy g'oyasi va unda bayon etilayotgan badiiy fikrlar o'quvchiga tobora tushunarli bo'lib boradi. Sinf ishi uchun tanlanadigan repertuar o'zining xarakteri, tuzilishi, mazmuni va boshqa ko'rsatkichlari jixatidan rangbarang bo'lishi zarur. Bundan tashqari, repertuardan o'rin olgan asarlarning shakli, unda bayon etiladigan histuyg'ularning boyligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi, sinf ishi uchun tanlangan asarlar o'quvchilarga yoqishi, ularda katta qiziqish uyg'otishi kerak. Agar asosiy repertuar o'quvchi uchun majburiy bo'lsa, sinf ishi uchun asarlarni o'quvchining xohishiga qarab tanlash mumkin. Shu boisdan ham bu erda o'qituvchi o'quvchining istagiga qarshi emas, balki unga nisbatan xayrixoh bo'lishi maqsadga muvofiq. Sinf ishida foydalaniladigan musiqa asarlarining murakkabligi esa

o'quvchining xaqiqiy imkoniyatlariga qaraganda ma'lum darajada qiyinroq bo'lishi mumkin. Bu asarlar konsertda yoki yakuniy nazoratlarda ma'lum darajada ijro etilmasligini hisobga olsak, o'qituvchi yuqorida aytilgan prinsipni qo'llashi to'g'ri bo'ladi. Sinf ishi dastlabki paytda albatta o'qituvchining ishtiroki va nazorati ostida o'tishi kerak. Keyinchalik o'quvchining tajriba va ko'nikmalari ortib borgan sari o'qituvchining ishtiroki kamayib boradi va xatto musiqa asarlari bilan tanishish o'quvchining mustaqil mashg'uloti paytida amalga oshiriladigan bo'lishi ham mumkin. Bunda o'qituvchi o'quvchiga umumiy ko'rsatmalar berishi bilan chegaralanadi. O'qituvchi uchun muhimi, sinf ishi hamda musiqa asari bilan tanishish o'quvchi tomonidan to'g'ri tashkil etilishidir. Sinf ishi uchun asarlarni o'zlashtirish asosiy repertuardagi asarlar ustida ishlashdan farq qiladi. Asosiy repertuardagi qiyin o'rinlar o'quvchi bir necha bor takrorlasa va nihoyat uni yod olsa, sinf ishidagi asarlar ijrosida u o'z e'tiborini musiqa asaridagi badiiy obrazlarni yaxlitligicha talqin qilishga, asar shaklini o'z ijrosi bilan umumlashtirishga qaratishi kerak. Bunda albatta, asardagi barcha ko'rsatma va belgilarga to'la rioya qilishga e'tibor berish kerak. Xuddi mana shunday ijro o'quvchining rivojlanishiga yordam beradi. Sinf ishida o'quvchining umumiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadigan imkoniyatlar shunday ko'pki, bunday mashg'ulot bilan muntazam ravishda shug'ullangandagina shu imkoniyatlar to'la ochilishi mumkin O'quvchi sinf ishi uchun tanlangan asarlar ijrosiga muntazam ravishda vaqt ajratgan holdagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. O'qituvchining musiqiy dunyoqarashini, eshita olish tajribasini va professional jihatlarini kengaytirishda sinf ishlaridan samarali foydanish muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, ta'lim jarayonida sinf ishlaridan foydalanish o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishi uchun asosiy omillardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. H.Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.

2. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi - Rubob navolari T. 1993.

3. R.Qosimov - An'anaviy rubob ijrochiligi O'zbekiston 2000.

4. Sh.Raximov - Dutor .T. 2005.

5. B.Raximjonov - Dutorchilar ansambli T. 2002 y.

6. R.Hamroqulov - Rubob taronalari to'plami. Samarqand.- 2003

7. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №№. 3.

8. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

9. EornaSoeBa Y. HyTK caHtaTHHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

10. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

11. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.

12. YCMOHOB m. CAXHA^A TAmKH KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

13. Ycmohob m. Hhm gaproxura 6up Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

14. YMapoBa X,., Ycmohob m. CaHtaTra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

15. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

16. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №. Conference. - C. 4-4.

17. A6gyHasapoB 3. MHT-THH YHHH.TAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEP.TAPHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

18. A6gyHa3apoB 3. THMCO.T.TAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148-152.

20. ro^garneBa C. KHTo6-KyHrun nuporu //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

21. rongarneBa C. KHTO6 MyTonaacuHH maKHnnaHTHpumga KyTySxoHanunHK ^aonuflTH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

22. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 121-124.

23. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

24. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

26. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

27. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

28. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

29. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

References

1. H.Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.

2. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi - Rubob navolari T. 1993.

3. R.Qosimov - An'anaviy rubob ijrochiligi O'zbekiston 2000.

4. Sh.Raximov - Dutor .T. 2005.

5. B.Raximjonov - Dutorchilar ansambli T. 2002 y.

6. R.Hamroqulov - Rubob taronalari to'plami. Samarqand.- 2003

7. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №. 3.

8. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.

9. Болтабоева У. Нутк санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

10. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

11. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - С. 125.

12. Усмонов Ш. САХНАДА ТАШ^И ^ИЁФАГА АКТЁРНИНГ МУНОСАБАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

13. Усмонов Ш. Илм даргохдга бир назар //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

14. Умарова Х,., Усмонов Ш. Санъатга багишланган умр //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

15. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 3. - С. 91-95.

16. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - Т. 5. - №2. Conference. - С. 4-4.

17. Абдуназаров З. МИЛЛИЙ УЙИНЛАРИМИЗ ИШТИРОКИДА ЁШ АКТЁРЛАРНИ ТАСАВВУРИ ВА ДЩ^АТИНИ ЧАРХЛАШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

18. Абдуназаров З. ТИМСОЛЛАР СИЙМОСИНИ ЯРАТИШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 148-152.

20. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

21. Юлдашева С. Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

22. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

23. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

24. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

26. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

27. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

28. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

29. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.