Научная статья на тему 'Navoiy asarlaridagi astronomik qarashlar'

Navoiy asarlaridagi astronomik qarashlar Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
996
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Atorud –Merkuriy / “Nodirai nuqta sanj”-Zuhra (Venera) / Mirrix -Mars / Mushtariy -Yupiter / Zuhal –Saturn / “Sa’di akbar” -yuksaklikdagi joy / Hut – kata baliq / Asad–arslon. / Atorud – Mercury / "Nodirai dot sanj" – Venus / Mirrix – Mars / Jupiter – Jupiter / Saturn – Saturn / "Sa'di Akbar" - a place on high / Hut is a big fish / Assad is a lion.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Nodirabegim Rahmonova

Navoiy ketma-ket, beshta dostonning barchasida juda ko`p bora, bir – biriga o`xshatishlarsiz, astronomik qarashlarni, osmon hodisalarini yulduzlarni, sayyoralarni lirik qolipga mohirona tarzda soladi. Bu esa bevosita shoirning buyuk, ko`p qirrali istedod sohibi ekanligini anglatadi. Navoiyning besh dostonining qadri ham manashu astranomik qarashlar bilan bog`liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASTRONOMICAL VIEWS IN NAVOI'S WORKS

Navoi successively, in all five epics, often, without any analogies, skillfully puts astronomical views, celestial phenomena, stars, planets in a lyrical pattern. This directly means that the poet has a great, multifaceted talent. The value of Navoi's five epics is also connected with these astronomical views.

Текст научной работы на тему «Navoiy asarlaridagi astronomik qarashlar»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

NAVOIY ASARLARIDAGI ASTRONOMIK QARASHLAR

Nodirabegim Rahmonova Toshkent viloyati, Oxford brookes universiteti nodirabegimraxmonova@gmail.com

Annotatsiya: Navoiy ketma-ket, beshta dostonning barchasida juda ko p bora, bir - biriga o'xshatishlarsiz, astronomik qarashlarni, osmon hodisalarini yulduzlarni, sayyoralarni lirik qolipga mohirona tarzda soladi. Bu esa bevosita shoirning buyuk, ko'p qirrali istedod sohibi ekanligini anglatadi. Navoiyning besh dostonining qadri ham manashu astranomik qarashlar bilan bog'liq.

Kalit so’zlar: Atorud -Merkuriy, “Nodirai nuqta sanj”-Zuhra (Venera), Mirrix -Mars, Mushtariy -Yupiter, Zuhal -Saturn, “Sa’di akbar” -yuksaklikdagi joy, Hut -kata baliq, Asad-arslon.

ASTRONOMICAL VIEWS IN NAVOI’S WORKS

Nodirabegim Rahmonova Tashkent Region, Oxford Brookes University nodirabegimraxmonova@gmail.com

Abstract: Navoi successively, in all five epics, often, without any analogies, skillfully puts astronomical views, celestial phenomena, stars, planets in a lyrical pattern. This directly means that the poet has a great, multifaceted talent. The value of Navoi's five epics is also connected with these astronomical views.

Keywords: Atorud - Mercury; ".Nodirai dot sanj” - Venus; Mirrix - Mars; Jupiter - Jupiter; Saturn - Saturn; "Sa'di Akbar" - a place on high; Hut is a big fish; Assad is a lion.

Allomalarimizning bizga qoldirib ketgan yuksak bilim manbayi bo’lmish kitoblari ilm-ma’rifat ahliga ulkan xazina vazifasini o’tab kelmoqda. Barchamizga ma’lumki, Buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiyning ko’p qirrali salohiyati, chuqur ilmi, uning yozgan asarlari butun dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Shoirlikdan tashqari uning astranomiya, fizika faniga oid ilmi qanchalar yuksak darajada ekanligini ilmiy nuqtayi nazardan bir tomonlama ko’rsatib berishimiz kerak hisobladim. Navoiy ijodini, uning asarlarini o’rgangan, o’qigan inson komillik sari odimlay boshlaydi. Uning asarlari go’yoki, bir dengiz bo’lsa, u dengizdan har kim istaganicha dur oladi. Bu sohada qalam tebratganlar Navoiy dengizidan ajoyib durlar qo’lga kiritdilar, lekin ancha qimmat durlar hamon dengiz tubida. Uning asarlarini

г<м

312

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

o’rganganimiz sari, dengiz qari qanchalar chuqur, ya’ni o’rganilmay qolgan qanchadan qancha sirlar yashiringanini ko’rgandek bo’lamiz. Har bir shaxsning tushunchasi turlicha, men ham “Xamsa” asarini o’z qarashim bilan o’rgandim. Bolaligimdan she’riyat va fizika faniga qiziqishim tufayli Navoiy “Xamsa” sida astranomiya bilan lirika o’rtasidagi bog’liqliklar e’tiborimni tortdi. Navoiy o’z ijodining eng yuksak cho’qqisini, shubhasiz “Xamsa” asariga kirgan dostonlari tashkil etadi. “Xamsa” orqali o’zbek adabiyoti jahon adabiyotidan eng yuqori o’rinlardan birini egalladi. Uning bebaho istedodi avvalo shunda ko’rinadiki, u 50 mingga yaqin misradan iborat bu buyuk asarni kundalik ishlardan, xususan davlat ishlaridan uzulmagan holda juda qisqa bir muddat ichida yozib tugallagan. “Xamsa” yaratish g’oyasi Navoiyda juda erta, u hali Nizomiy, Xusrav Dehlaviy dostonlarini o’qib yurgan yoshlik yillaridan yuzaga kelganini, bunda shu ikki shoir asosiy madadkor bo’lganini Navoiyning o’zi “Saddi Iskandariy” dostonida e’tirof etadi. “Xamsa”ni yaratilish jarayoni ham juda xarakterlidir. Navoiy deyarli har dostonning oxirida o’zining mazkur asarni yozish jarayonida bir kun bo’lsa ham tinch o’tirib ishlay olmaganidan zorlanadi. Uning tinchligini buzganlar vazir Navoiydan insof va adolat, haqiqat va madad so’rab kelgan kishilar edi. Ularning keti uzulmadi. Shoirning vijdoni ularga uzr aytib, qabul qilmay, ularning arz-dodlarini tinglamay jo’natib yuborishga yo’l qo’ymasdi. Navoiy “Xamsa”ni yozishga har tomonlama kamolga yetganda kirishdi. Bu shoirning estetik qarashlari bu davrda jahon miqyosida yuqori saviyaga ko’tarilgandan, uning bu sohada g’oyat ilg’or nuqtayi nazarda turgandan ham yaqqol ko’rinib turibdi. “Xamsa” ning yuzaga kelishi XV asrda juda katta tarixiy voqea bo’ldi. Bu o’zbek xalqi madaniyatining jahon adabiyoti saviyasida, o’zbek ziyolisining esa yetuklik darajasiga ko’tarilganidan darak berardi. Shunday bir buyuk asarni o’zbek tilida vujudga kelgani chindan ham alohida ahamiyatga ega bo’lgan edi. Chunki, Navoiy davrida o’zi O’zbek bo’laturib, asarlarni o’z ona tilida emas, balki fors tilida yozuvchilar ko’p edi. Bu hol o’zbek xalqining ma’naviy taraqqiyotiga madaniyatning rivojlanishiga asosiy yo’l bo’la olmas edi. Olimlarimiz bu asarni o’rganish va tekshirishda, uning hali bizga noma’lum tomonlarini, g’oyalarini, san’atlarini ochishda, tadqiq etishda yana ham ko’p ishlarni amalga oshiradilar, deb o’ylaymiz. «Xamsa»ning yaratilishi jarayoniga diqqat bilan nazar solinsa, asar voqealari Navoiyning kundalik hayotidagi ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalar bilan bog‘liqligi, ularning uzluksiz ravishda shoir kayfiyatiga, ijodiga o‘z ta’sirini turli shakllarda ko‘rsata borishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Shoirning astronomiya hodisalari haqidagi fikrlari uning dostonida aks etishi asarni qimmatini yanada oshirganini oddiy ko'z bilan o'qib sezish qiyn. Agar e’tibor beradigan bo'lsak shoir ketma-ket, beshta dostonning barchasida juda ko'p bora, bir - biriga o'xshatishlarsiz, astronomik qarashlarni, osmon hodisalarini, yulduzlarni, sayyoralarni lirik qolipga mohirona tarzda soladi. Bu esa bevosita shoirning buyuk,

313

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ko'p qirrali istedod sohibi ekanligini anglatadi. Endi esa, Navoiyning beshta dostonining har biridagi lirik qolipga joylashtirilgan va betakror tarzda qo’llanilgan so’zlarni taxlil qilib ko’ramiz

Alisher Navoiyning yuksak istedodi, ko’p qirrali salohiyati shuni ko ’rsatadiki, u o’z lirikasini yanada jonlantirish maqsadida astranomik hodisalar, tushunchalarni o’zi egallagan tarixiy bilimlar bilan uyg’unlashtiradi. Navoiy ushbu dostonni yozishga kirishar ekan, hatto osmondagi yulduzlar turkumi - nasri toyir ham himmat qanotini qoqib gardun qorong’uligida sayr qila boshladi, deydi.

“Hayratul-abror’’ning boshlanish qismi bir necha kirish boblaridan tashkil topgan. “Hayratul-abror’’ dostonida asosan Navoiy garchi dunyoda ko’p go’zal narsalar yaratilgan bo’lsa ham, shu bilan birga, olamda, kishini tasavuriga sig’maydigan darajada voqealar yuz berib turadi. Masalan, yulduzlar olami turli holatlarga tushsa, buning sirlarini bilmoqchi bo’lganlar bunga erisha olmasalar ham, bundan xudoga hech bir ziyon va hech bir tashvish yo’q. Chunki ular hammasi xudoning irodasi bilan harakatda va o’zaro bir-biriga muvofiq holda harakat qiladi. Sayyoralar ham uni izmida. Dengiz to’fonlari yuz berishi, zilzila turib, tog’larni osmonga chiqib ketishi-bular hammasi uning buyukligi deydi Navoiy. O’z asarida tabiat hodisalarini shunday moxirona tasvirlab beradiki, lol qolmay iloj yo’q.

Shoir mohirona tarzda sayyoralarga murojaat eta boshlaydi: “U(ko’ngil) yana bir (osmon) bog’iga kirib, joy oldi. Unda kumush badanli bir maxbuba turardi”. Klassik poetikada tashxis degan san’at bor. Bu san’at shoirga borliqdagi jonsiz narsalarni jonlantirib, insoniy sifatlarda shaxslantirib tasvirlash imkonini beradi. Bunda Navoiy xuddi shu usulni qo’llagan. Chunki shoir “buti siminbadan” qandaydir “qoshi fusungar, ko’zi tannoz” bir malak emas, balki ikkinchi osmonda joylashgan Atorud “(Merkuriy) sayyorasidir. Navoiy keyingi “Nodirai nuqta sanj”-Zuhra (Venera), Mirrix (Mars), Mushtariy (Yupiter), Zuhal (Saturn) planetalari xususida ham tashxis usulida mulohaza yuritgan. Dostonning bu va shunga o’xshash astranomiyani lirikaga bog’lash fantaziyasining roli nihoyatda katta.

“Osmonni to’qqiz qutisi bo’lib, hammasi zar bilan ishlangan, ularning ichida yuz minglab qimmatbaho durlar bor. Undagi har bir durning yorug’ligiga farog’at shamidir, oddiy dur emas, sham ham emas, ko’chani yorituvchi durdir” deya yulduzlarga beqiyos lirik o’xshatish bergan. Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida fizik-lirik qarashlarni chetlab o’tmadi. U ushbu dostonni mukammallashtirish maqsadida ham oz ilmiga tayangan holda astranomik qarashlarni ilgari surdi va soz o’yinlarida foydalandi.

Chu tortib Zuhra lahni Borbadni

Olib Bahromvashlardin xiradni.

O ’kush Farhodu Shirin aylasang jam,

Shabistonda birparvonau sham ’,

314

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Va gar ming Besutundek qilsang idrok,

Yo'lida bir kesak, bal bir ovuch xok.

Bu yerda Zuhra - Venera, Sharqda esa erta tongda, G’arbda kechqurun porlab ko’rinadigan yorqin yulduz. Qadimgi yunonlarda muhabbat ma’budasi sifatida tasvirlangan. Zuhra ba’zan Nohid nomi bilan ham ataladi. Zuhra go’zallik, muhabbat hamda musiqa homiysi hisoblanadi.

Bahrom - Mirrix - Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar homiysi sanalgan. Besutun - Behistun - Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100 km g’arbda tog’ oralig’idagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda kopincha Farhod nomi bilan vobasta holda tilga olinadi. Farhod shu tog’ etaklarida kanal qazigan, shu tog’ni kesib yo’l ochgan qahramon sifatida tasvirlanadi.

Atorud bodpoyidin bo 'lub shod,

Berib avroqu ajzosini barbod.

Yeturgach Zuhraga davlad rikobi,

Difin yirtib qudumi ehtisobi.

Quyoshga chun surub gardin xiromin,

Uyotdin yer quyi aylab maqomin.

Chopib Bahromg’a raxshin chu yaksar,

Bo'lub ulNahsiAsg’arSa’diAkbar.

Tushub chun Mushtariy sori mururi,

Quyoshni yoshurib har lam ’a nuri.

Atorud - Utorid- Merkuriy Sayyorasi. Forscha Dabir ham deyiladi. U yozuvchilarning, san’atkorlarning, umuman donishmandlikning homiysi hisoblanadi.

Mushtariy - Yupiter - forscha Birjis ham deyiladi. Ilmi nujumda Mushtariyni “Sa’di akbar” (yuksaklikdagi joy) va “Falak qozisi” deb ham yuritadigan joyi, oltinchi falakda emish.

Qaro tun gar nishon aylab Suhoni,

Falakcha novakig’a ul nishoni.

Debon Turki falak otqonda zihlar,

Tavahhum toridin ochib girihlar.

Suho- Hulkar turkumidagi xira korinadigan yulduzning nomi. Bu yerda shoir Farhodning merganligini ta’riflab, shunday xira yulduzni ham nishonga ola bilar edi, - deydi.

Turki falak - maj. Mirrix - Mars sayyorasi. Mirrix Sharq adabiyotida urush, jangchilik, homiysi ma’nosida Bahrom ham deyiladi. Shoir Farhodning jangovarlik yarog’larini mohirlik bilan egallaganini maqtab, u o’q otganda Mirrix ham ofarin o’qiydi demoqchi.

Yeti gardung’a ofat shashparidin,

315

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Bo’lub suv Hut bag’ri xanjardin.

Asad bo ’ynin uzub sarpanja birla,

Zabuni bir asad har panja birla.

Hut - aynan: kata baliq; on ikkinchi oftob burjining nomi, fevral-mart oylariga to'g’ri keladi.

Asad - aynan: arslon oftob burjlaridan beshinchisining nomi, iyul-avgust oylariga to'g’ri keladi.

Bu va oldingi baytlarida Navoiy yana o'sha ig'roq san’atini, aqlga nomuvofiq, hayotda mumkin bo’lmagan mubolag'ani ishlatadi. Farhod xanjarining zarbidan Hutning bag'ri ezilib, suvga aylanib ketishi, panjasi bilan Asadning bo'ynini uzib olishi mumkin, deb ta’riflanadi.

Yig'ochi soyasida charx koxi Quyiroq shoxasidin Sidra shoxi.

Urub tig'i falak jismig'a suhon,

O'tub uljismidin andoqki ko'hon.

Sidra -yettinchi osmondagi muhtasham daraxt.

Bo'lub g'orida har dun ankabuti,

Bir usturlobi gardun ankabuti.

Falakdek tab ’i soyir, jismi sokin,

Layli va Majnun asarida Navoiy Muhammad payg'ambarning sayyoralar, yulduzlar, on ikki burj aro ko'kka ko'tarilishi tasviri ajoyib manzara kasb etadi. Navoiy ilmi nujumdan yaxshi ma’lumotga ega bo'lganligi sababli sayyora, yulduzlarning nomlaridangina emas, ularning xususiyatlarini ham ko'zda tutadi va tashxis san’atidan foydalanib, koinotdagi jonsiz narsalarni insoniy sifatdan jonlantiradi va Me’roj tunining mo'jizaviy holatini tasvirlaydi.

Bahrom ko'rub biyik janobin,

Tashlab qilichin, o 'pub rikobin.

Birjisqa chun yetib rikobi,

Ish anga saodat iktisobi.

Soyislig'iga Zuhal urub fol,

Gaz dasta bila qo 'lida g'arbol.

Savru Hamal aylabon fig'onlar,

Qurboni aning qilurg'a jonlar...

Ushbu asardagi Bahromni Mirrix ham deydilar; Forslarda Bahrom, yunonlarda Mars sayyorasi. Uni urush homiysi hisoblaganlar. Qadimgi ilmi nujumga ko'ra Bahrom beshinchi falak sayyorasi bo'lib, yerdan kichik, to’rtinchi o'rinda turadi.

Birjis - Mushtariy(Yupiter) sayyorasining forscha nomi. Ilmi nujumda bu sayyora “Sa’di akbar” va “Falak qozisi” ham deb yuritiladi, joyi beshinchi falakda

г<м

316

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

deydilar. Shoir bu baytda Muhammad paygambar otining uzangisini Bahrom o'pdi, keyin Birjisga rikobi yetishti va bundan u g'oyat saodatmand bo'ldi deydi.

Zuhal - Saturnning arabcha nomi, Kayvon ham deyiladi. Joyi oltinchi falakda ekan. Shoir bu baytda Zuhal sayyorasi Muhammad payg'ambarga otboqar bo'lishni orzu qilganini ta'riflaydi.

Savr- eski astralogiyada osmondagi o'n ikki burjning ikkinchisi. Quyosh yili hisobida birinchi oy nomi mart oyiga to'g'ri keladi.

Hamal- on ikki burjning birinchisi, unga quyosh mart oyida kiradi. Quyosh yili hisobida birinchi oy nomi mart oyiga tog'ri keladi

“Sab’ai Sayyor” Alisher Navoiyning to'rtinchi dostoni bo'lib, Dostonning birinchi bobida shoir sayyoralar olami, kosmologik mifologiya bilan bog'liq holda dunyoning yaratilishi haqidagi o'z falsafiy qarashlarini ifodalaydi. Uning koinot sirlari va burjlarga aloqador falsafiy fikrlari bayon etilgan. Navoiy dostonni yozar ekan, hikoyatlar misolida Nizomiy boshlab bergan yettilik garmoniyasini takomilga yetkazdi. Yetti kecha va unda aytiladigan yeti hikoyat foniga haftaning yeti kuni, unga homiylik qiladigan yeti sayyora, u bilan bog'liq yeti iqlim, yeti qasr, yeti go'zal, yeti rang, yeti sayohatchi motivlarini shunday mahorat bilan joylashtirdiki, natijada hafta kunlari, sayyoralar, ranglar, iqlimlar, musofirlar, go’zallar, xullas hamma motivlar o'zaro uyg'un holda markaziy qahramon va hikoya atrofida xuddi o'sha davrdagi koinot haqidagi tasavvurlar bo'yicha yer atrofida aylangan yeti sayyora kabi harakat qildilar. Bu bilan Navoiy sayyoralar misolida olam muvozanati haqidagi o'z fikrini bayon etmoqda. Demak, Navoiyning yettilik garmoniyasidan, yana aniqrog’i, “Sab’ai sayyor” dostonidan kelib chiqadigan dastlabki xulosasi olam muvozanati masalasidir.

“Saddi Iskandariy”

Bu asar dunyodagi buyuk siymolardan biri, uch sohibquronning eng mashhuri janongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib, “Xamsa”ning yakunlovchi dostonidir. Navoiy ushbu bobda tasavvuf talimoti asosida olamning yaratilish tarixiga to'xtalib o'tadi. 9 qavat osmon, sayyoralar, yulduzlar turkumining har biriga alohida ta'rif beradi. Yaratganning buyukligigga hamdu sano aytadi. Bularning barchasidan maqsad eng oliy zot Odamni yaratish ekanligini ta’kidlaydi.

Yettinchi qavat ustida sakkizinchi osmon bo'lib, undan turg'un yulduzlar joy olgan. Moviy gumbazlar harakati janubiy-birinchi va sharqiy - ikkinchi harakatlarga bo'linadi. Janubiy harakatlar natijasida kecha va kunduz yuzaga keladi. Janubiy yulduzlar harakati osmonda hech ham sezilmaydi.

“Yana bir falakni qatl qiladigan joy qilib bunyod etdingki, uning orom oluvchisi do'st atalmish - qotildir. Bu Mirrix - (Mars) planetasi bo'lib, beshinchi falakda joylashgan. Kishilar uning tig'idan hech qachon omonlik topa olmaganlar. Uni yaltiroq tig’i balo chaqmog'i bo'lib, undan oqadigan suv xalqni g’arq qiluvchi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

г<м

317

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ofatdir. El boynini kesmoq, o'tkir qilich bilan boshni uchirmoq unga hamishalik odatdir. U shunchalik qonxo’rki, kesilgan boshning kosasini qadah qilib may o'rniga qon ichadi, qon emas, qatra-qatra zahar yutgandek qahr bilan nur sochadi.

Sen yana bir pok, toza gulbog' - Jannat ham bunyod etdingki, uning maqom qiluvchisi hurdan ham afzaldir. U osmon mulkining shohi quyosh bo'lib, oromgohi feruza rangli osmon taxtidir. U ko'k ahlining yarashiqli bezagi, ko'rar ko'zi, balki ko'z qorachig'idir. Porloq chaqmoqlar unga ko'zgu bo'lib, da’volariga guvoh zarralardir. Baland ko'pik peshtoqidagi quyoshmonand zarrin naqshlar singari ular yeri ham ko'kda aylanuvchi moviy gumbazlar arodir.

Yana bir yuksak falakka serjilva Zuhra (Venera- Cho'lpon) yulduzini joylading. Sozanda va xonandalar homiysi hisoblangan quyosh chehralik bu “barbad” chaluvchi o'z sozini chalganda go'yo jon iplari unga tor bo'ladi. Sarguzashtlar uning toriga guzorish beradi, tirnog'lari esa bag'rlarga - horish. U qachon yoqimli kuy bunyod etsa, buyuk aql sohiblari ham faryod chekmay qola olmaydi. Barbatning ovozi yetib brogan joyda na dilig'ashlik qoladi, na g'am-tashvish. U go’yo doira ichidagi qo'ng'iroqchalar singari ko'k tokida xotiri jamlik bilan ohang tuzadi.

Yana birini kutubxona qilib yaratding (Utorud - Merkuriy sayyorasiga ishora) va u yerga kitobat ishlarida oqilu donolarni to'plading. Ular yashirin fikr va mazmunlarni diqqat bilan tekshiruvchi nuqtadonlar orasidagi nozik hunar egalaridir. Asosiy qismning so'nggi bobida yeti faylasuf hakim: Aflotun, Suqrot, Balinos, Buqrot, Hurmus, Farfinyus va Arastu Iskandarning onasiga ta’ziya bildirgani keladilar va shu bilan Iskandar voqeasi poyoniga yetadi.

Doston boshqa dostonlardan farq qilib, kattagina xotima bilan yakunlanadi. Xotima “Saddi Iskandariy” dostonini tugallash bilan muayyan ma'noda “Xamsa” ga ham yakun yasaydi.

Dostonni so'nggi bobida Navoiy unga baxt-davlat rahnamolik qilib, nihoyat “Xamsa” ni yakunlaganini yozar ekan, “Hayratul-abror” dostonini yozishdan boshlab, “Saddi Iskandariy” yakunlangunicha bo'lgan jarayonni birma-bir eslab o'tadi. Navoiy tong otib kech kirguncha el-yurt tashvishi bilan band bo'lgani holda salaflari uzoq muddat yozgan “Xamsa”ni juda qisqa muddatda- ikki yilda yakunlaganini, agar bevosita faqat yozish uchun ketgan vaqtni hisoblab chiqilsa, olti oyga ham bormasligini faxriya tarzda bayon qiladi.

Biz aynan manashu qarashlarni ilmiy nuqtai nazardan to’laligicha bayon qilib kitob holiga keltirib, dunyo ahliga yetkazishimiz va Navoiyning yana bir ilm xazinasidan parchani namoish qilishimiz va shu bilan kelajak avlodimiz adabiyotlarini boyitishimiz lozim.

Navoiy asarlarining sehrli tilsimining kaliti ham mana shunda. Kimki bu tilsimni tushuna olsa sehrli mamlakat darvozasini ochganday bo’ladi go’yo.

318

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Navoiyning besh dostonining qadri ham manashu astranomik qarashlar bilan bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O’zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik. 2-jild (XV asrning ikkinchi yarmi).-T.:Fan, 1977.

2. Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. Mukammal asarlar to'plami. 20 jildlik.-fan, 1993. 11-jild.

3. Erkinov A.S. Navoiy - peyzaj ustasi, - T.:Fan, 1988.

4. Navoiy Alisher. Sab’ai sayyor:.T.: Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.

5. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami: Xamsa: Hayratul-abror. T.:Fan , 1991.

6. Xasanov S. Navoiyning yeti tuxfasi. Toshkent: G’.G'ulom nomidagi nashriyot- matbaa birlashmasi, 1991. B. 151-161.

7. Ziyotov. Z. Shumerlar va Turon qavmlari. Toshkent: Mumtoz so’z: 2012.

8. Komilov N. Najmiddin Kubro./Tasavvuf.- Toshkent: Movorounnahr-O’zbekiston, 2009. B

9. Muhiddinov M. Nurli qalblar gulshani. Toshkent. Fan - 2007

10. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. Mukammal asarlar to'plami.-fan, 1977

11. Alisher Navoiy. Layli va Majnun; Sab’ai Sayyor. G’.G’ulom nomidagi nashriyot- matbaa birlashmasi, 2012

319

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.