Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA MASOFAVIY TA’LIM MUAMMOLARI VA YECHIMLARI'

TA’LIM JARAYONIDA MASOFAVIY TA’LIM MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

42
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
masofaviy ta’lim / pedagogika / pedagogik maxorat / ta’lim sifati / ta’lim nazariyasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maktuba Mahamadaliyevna Xonsaidova

Maqolada masofaviy ta’lim jarayonining muammolari va yechimlari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA MASOFAVIY TA’LIM MUAMMOLARI VA YECHIMLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

TA'LIM JARAYONIDA MASOFAVIY TA'LIM MUAMMOLARI VA

YECHIMLARI

Maktuba Mahamadaliyevna Xonsaidova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada masofaviy ta'lim jarayonining muammolari va yechimlari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: masofaviy ta'lim, pedagogika, pedagogik maxorat, ta'lim sifati, ta'lim nazariyasi.

Insoniyat yigirma birinchi asr boshlarida ham bir turkum muammolarga duch keldi, ular bevosita axborot telekommunikasiya sohasidagi jiddiy o'zgarishlar va rivojlanish bilan bog'liq. Ta'limga yangi axborot kommunikasiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog'ini rivojlanishi Respublikamiz ta'lim tizimida yangi yo'nalishlarning ochilishiga sabab bo'lmoqda va quyidagilarga turtki bo'ldi:

• o'quv muassasalarining texnik ta'minotini keskin o'zgartirish;

• dunyoviy axborot resurslarga yo'l ochish;

• o'qitishning yangi shakl va usullarini yaratish va boshqalar.

Respublikamizda axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi va

boshqa ba'zi bir kutilmagan sharoitlarning paydo bo'lishi(karantin) an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitish yaratilishiga va ta'lim jarayoniga kirib kelishini tezlashtirdi.

Masofaviy ta'limda ta'lim oluvchi va o'qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish oliy ta'lim axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi.

Masofaviy o'qitish barcha ta'lim olish istagi bo'lganlarga o'z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi va o'qitish jarayonida ta'lim oluvchi interaktiv rejimda mustaqil o'quv-uslubiy materiallarni o'zlashtiradi. O'qituvchining bevosita rahbarligida nazoratdan o'tadi, nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa ta'lim oluvchilar bilan muloqotda bo'ladi.

724

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik ^hirchiqdavlat^edagogika^niversitet^^^^

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik ^amvnaviyfttologiya^aJingvodMa^^

Masofaviy o'qitishda turli xil axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalaniladi. Masalan, an'anaviy bosma usuliga asoslangan o'qitish vositalari (o'quv qo'llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma'lum vaqt orasida o'zaro muloqotda bo'lishga, yelektron pochta to'g'ri va teskari aloqa o'rnatishga, ya'ni xabarlarni jo'natish va qabul qilishga mo'ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma'ruzalar ta'lim oluvchilarga ma'ruzalarni tinglash va ko'rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish ta'lim oluvchilarga o'zaro teskari aloqa orqali o'qitish imkonini beradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, ta'lim jarayoniga oid ayrim terminlar tavsifi va ta'riflarni keltirib o'tamiz.

Masofaviy ta'lim - masofaviy o'qitishga asoslangan ta'lim.

Masofaviy o'qitish - o'zaro ma'lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o'quv jarayonlari komponentlari - maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o'qitish usullariga asoslangan ta'lim oluvchi va o'qituvchi o'rtasidagi munosabat.

Masofaviy o'qitish tizimi - masofaviy o'qitish shartlari asosida tashkil yetiladigan o'qitish tizimi. Barcha ta'lim tizimlari singari masofaviy o'qitish tizimi o'zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga yega. Masofaviy o'qitishning pedagogik texnologiyalari - tanlangan o'qitish

konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta'limning o'quv-tarbiyaviy jarayonini ta'minlovchi o'qitish metodi va uslublar majmuasi.

April 23-24, 2024

725

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Keling, endi masofadan o'qitishning didaktik tizimidan foydalangan holda maqsadga o'taylik. Masalaning quyidagi qismlariga e'tibor beramiz va ular bo'yicha muammolarni va ularning yechimi topishga harakat qilamiz.

1. Masofaviy o'qitish maqsadi — masofaviy o'qitish jarayonining oldindan bashoratlanadigan natijasi va uning aniqlovchi komponenti hisoblanadi, maqsadlar asosan ta'lim mazmunini belgilaydi;

Muammo: Echim: Izoh

1. Talabalarning o'zlashtirish darajasi past Ta'lim mazmunidan kelib chiqqan holda yechish lozim. Masalan: ma'ruza va amaliy darslarning bo'linish proporsiyasi. 30/70 balkim 10/90. Fanlar bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish talab qilinadi.

2. Guruhlardagi o'zlashtirishda juda katta farq Guruh tarkibidagi iqtidor talabalarni guruhlarga to'g'ri taqsimlash. Tadqiqot o'tkazish talab qilinadi.

2. Masofaviy o'qitishni tashkil qilish.

Muammo: Echim: Izoh

1. Texnik ta'minot bo'yicha: Masalan: Xududda Muammoni hal qilish

Internet ishlamayapdi. tarmoq yo'q. mexanizmi ishlab chiqiladi.

2. Dasturiy ta'minot bo'yicha: Masalan: Ssilka Xabardorlik nazorati

Konfrensiyaga ulana olmadim. yuborilmagan olmagan. yoki kuchaytiriladi.

3. Tashkiliy, ijtimoiy, iqtisodiy... ... ...

3. Masofaviy o'qitish vositalar:

Masofaviy o'qitish jarayonida o'qitish vositalari o'quv mazmunini taqdim etish, ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish va boshqarishga xizmat qiladi.

Vositalar. bilim olish, ko'nikmalarni shakllantirish manbasi masofaviy o'qitish jarayonida hisoblanadi. Kengroq ma'noda o'qitish vositalari masofaviy o'qitish tizimida ta'lim maqsadlarigaerishishga yordam beruvchi barcha vositalar o'quv vako'rgazmali qo'llanmalar, o'quv materiallarininamoyish qilish uchun qurilmalar, texnik vositalarto'plami nazarda tutiladi.

Muammo: Echim: Izoh

1. Ma'lumotlarni qaerdan olish? Masalan: o'quv va ko'rgazmali qo'llanmalar bilan ta'minlash Muammoni hal qilish mexanizmi ishlab chiqiladi.

2. Ma'lumotlarni uzatish. o'quv materiallarini namoyish qilish uchun qurilmalar olish. Yillik rejaga kiritilishi lozim

726

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, masofaviy o'qitishning umumiy ustuvor maqsadlari ta'lim oluvchilarning intellektual va bilish faolliklarini rag'batlantirish, o'quv motivasiyasini kuchaytirish, mustaqil ta'lim olish qobiliyatlari va ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

REFERENCES

1. Madison, B. (2022). A new approach to teaching information technologies in education. Central Asian journal of education and computer sciences (CAJECS), 1(2), 73-78.

2. Jurayev, A. B., Yakubov, M., & Akhmedjonov, D. (2022). Methods of teaching to information technologies: problem type of learning. Central Asian journal of education and computer sciences (cajecs), 1(2), 57-60.

727

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.