Научная статья на тему 'MUSTAQIL TA’LIM OLISHNING SAMARALI VOSITALARI'

MUSTAQIL TA’LIM OLISHNING SAMARALI VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil ta'lim / samarali vositalar / kompyuter / proyektor / video va audiovizual vositalar / elektron darsliklar / internet texnologiyasi / masofaviy ta'lim

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ma’Mura Rashidovna G’Ofurova

Maqolada mustaqil ta'lim olishning samarali vositalari – kompyuter, proyektor, video va audiovizual vositalar, elektron darsliklar, internet texnologiyasi, masofaviy ta'lim va ularnng ustunlik va qulayliklari, ta'lim samaradorligidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQIL TA’LIM OLISHNING SAMARALI VOSITALARI»

MUSTAQIL TA'LIM OLISHNING SAMARALI VOSITALARI

Ma'mura Rashidovna G'ofurova

Mustaqil tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Maqolada mustaqil ta'lim olishning samarali vositalari - kompyuter, proyektor, video va audiovizual vositalar, elektron darsliklar, internet texnologiyasi, masofaviy ta'lim va ularnng ustunlik va qulayliklari, ta'lim samaradorligidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, samarali vositalar, kompyuter, proyektor, video va audiovizual vositalar, elektron darsliklar, internet texnologiyasi, masofaviy ta'lim.

Bugungi kunda axborot kommunikativ vositalar: kompyuter, proyektor, video va audiovizual vositalarni ishlatishni bilmaydigan, internet materiallaridan foydalanmaydigan o'quvchi va talabalar yo'q hisobida. Ma'ruza darslarida talabalarning ma'ruza matnlari va adabiyotlarning elektron variantlarini so'rashlari fikrimiz dalilidir. Shu bois har bir fan sohasida amaldagi darsliklar asosida yoki yangi elektron darsliklar yaratish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Oliy o'quv yurtlarining rus guruhlari uchun hammualliflikda yaratilgan va Oliy ta'lim qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengash tavsiyasi bilan chop etilgan "O'zbek tili" darsligi asosida yaratilayotgan elektron darslik tuzilmasi uning bosma shakldagi darslikdan afzallik tomoni elektron shaklda bo'lgani uchun emas, balki ularda materialni ham o'qish, ham ko'rish, ham eshitish orqali qabul qilish, ayrim mavzular bo'yicha qo'shimcha materiallar, videolavhalar, tarjima va imlo lug'atlarining mavjudligida. O'quvchi yoki talabalar elektron darslikdan foydalanish jarayonida har bir mavzu bo'yicha atroflicha ma'lumot olishlari, matnlarning to'g'ri o'qilishi, imlosi qiyin va ma'nosi tushunarsiz so'zlar bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar olishi, yangi grammatik shakllar yuzasidan qoidalar bilan tanishishi hamda ushbu grammatik shakllarni mustahkamlashga qaratilgan mashq va topshiriqlar bajarishi hamda test topshiriqlari vositasida mavzuni o'zlashtirish darajasini aniqlashi mumkin.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, mazkur elektron darslikdan o'zbek tilini mustaqil o'rganuvchilar ham foydalana oladilar. Har bir bo'lim oxirida bir nechta mavzular bo'yicha berilgan test topshiriqlari sinov vazifasini bajaradi. Mustaqil ta'lim oluvchi ushbu test topshiriqlarini topshira olmasa, keyingi bo'limga o'ta olmaydi. Bu har bir bo'lim bo'yicha beriladigan bilim, ko'nikma va malakalarni puxta egallash uchun muhim omilidir.

602

Yoshlarimizni ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, intellektual salohiyatli mutaxassis kadrlar etib tayyorlashda, avvalambor, o'quv jarayonini isloh qilish, ta'lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish, rivojlangan mamlakatlar o'quv jarayonidagi yangiliklar, yutuqlarni o'rganish va ularni ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda qo'llash zarurdir.

Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi, ta'lim jarayoniga yangi texnologiya masofaviy ta'lim tushunchasining kirib kelishi va bu ta'lim turidan foydalanish yoshlarimiz uchun bilimlar eshigining kengroq ochilishiga hamda mustaqil ta'lim samaradorligiga imkoniyat yaratdi.

Masofaviy ta'limning qo'llanilishi bir qator ustunlik va qulayliklarga ega. Jumladan:

- o'quvchi va talabalarning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanadi;

- yoshlarda texnika qurilmalari bilan ishlash, kompyuter, internet, elektron pochta xizmatidan foydalanish ko'nikmasi rivojlanadi;

- ko'p sonli o'quvchi va talabalarning bir vaqtning o'zida bir nechta axborot manbalariga (elektron kutubxonalar, ma'lumotlar banki, tayanch bilimlar va hokazo) murojaat qilishi, aloqa tarmoqlari orqali o'zaro yoki o'qituvchi bilan muloqotda bo'lishidir.

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi yoshlarimizning ma'naviy barkamol avlod bo'lib shakllanishlariga qaratilayotganligini yaqqol ko'rishimiz mumkin. Yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarimizga berilgan ishonchni his qilgan holda ulardan unumli foydalanishlariga va ta'limning sifat samaradorligini oshirishga erishishda esa biz pedagoglarning oldiga katta ma'sulyatli vazifalarni yuklaydi. Shunga ko'ra ta'lim jarayonida qo'yidagilarga e'tibor qaratmog'imiz lozim.

- internet tarmog'ini milliy qadriyat va an'analarimizni o'ziga aks ettiruvchi veb sahifalar bilan boyitish;

- ta'lim muasasalarini internet tarmog'iga ulashda odob-ahloq qoidalariga muvofiq bo'lmagan veb sahifalaridan foydalanishga cheklovlarni joriy etish;

- yosh avlodni tarbiyalovchi pedagoglarni zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng so'nggi yutuqlar va bu sohada to'siq bo'lib to'rgan muammolar, yechimlar bilan tanishtirish va bilimlarni doimiy ravishda yangilab borish;

- ta'lim muassasalarini mantiqan fikrlashga undaydigan ta'limiy dasturiy mahsulotlar bilan boyitish;

603

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

- o'quvchilarning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan to'garaklarni tashkil etish;

- o'quvchilarda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish.

Ona tili darsliklari o'quvchilar bilim samaradorligini oshirishda asosiy manba

hisoblansa-da, undan tilni o'rgatishda foydalanish, bilim olish, ko'nikmalarni hosil qilish va malakalarini oshirishda o'qituvchidan interfaol usulda yondoshishni talab qiladi. Darslik va dasturlar bir xil bo'lsa-da, dars jarayonida o'qituvchilar o'z malaka va mahoratlariga tayangan holda undan foydalanadilar.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim-tarbiya jarayoniga kirib kelishi boshqa fanlar qatori ona tili fanidan ham elektron darsliklarning yaratilishiga sabab bo'ldi. Elektron darsliklar o'quvchilar bilimini oshirishda juda qo'l kelmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'qituvchi va o'quvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Shu imkoniyatlardan biri elektron darsliklarning yaratilishi bo'ldi.

Ona tili fanidan yaratilgan elektron darsliklarning afzalliklaridan biri unda tushuntirish va izohlarning nutqiy faoliyatda berilganligi, tasvirlarning namoyish etish orqali berilishidir. Bu o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini orttirishi bilan birga, mavzuni kengroq va chuqur o'zlashtirishiga sabab bo'lmoqda. O'qituvchilar uchun vaqt tejaladi. O'quvchilar bilan individual ishlashda imkoniyatlar paydo bo'lmoqda. O'quvchilar faqat darslikda berilgan materiallar bilan chegaralanib qolmay, mavzuni mustahkamlashda elektron darsliklardan foydalanmoqda.

Ona tili fanini o'qitishda axborot texnologiyalardan samarali foydalanish bir qancha qulayliklar yaratgan bo'lsa-da, shu bilan birga, ayrim muammolar ham keltirib chiqardi. Bu muammolar nimalardan iborat? Birinchidan, darslik o'quvchi yoki o'qituvchidan mutolaa uchun ma'lum bir tayyorgarlikni talab etmaydi. U ko'rish va o'qish malakasiga ega bo'lsa bas. Elektron darslik esa kompyuter texnikasi bilan ishlay olish malakasini talab etadi. Aks holda o'zgalar yordamiga ehtiyoj tug'iladi. Ikkinchidan, o'quvchi mavzu doirasida materiallardan samarali foydalanadi. SHu bilan birga kompyuterning boshqa dasturlariga kirib ketishi yoki mavzuga bog'liq bo'lmagan tasvirli namoyishlarni ko'rishga o'tishi kuzatilmoqda. Shuning uchun o'qituvchidan doimiy nazorat talab etiladi. Uchinchidan, o'qituvchi elektron darslikdan foydalanib dars o'tishda alohida tayyorgarlik ko'rishi kerak. To'rtinchidan, o'qituvchi o'zi kompyuter texnikasi bilan ishlash malakasini mukammal egallagani holda har bir o'quvchini kompyuter texnikasi yoki boshqa shu kabi texnik vositalar bilan ishlash ko'nikmasini oshirib borishi zarur bo'ladi.

604

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

cjrcwq^avlat^edagogika^niVi^

Xulosa qilib aytganda, axborotlarning globallashuvi jarayonida olib borilayotgan islohotlar yoshlarimizni ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog'lom bo'lib shakllanishiga qaratilgan bo'lishi eng zaruriy masalalardandir. Ta'lim tizimiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi ta'lim samaradorligining ortishiga, o'quvchi va talabalarning o'z ustlarida mustaqil ishlashlarini ta'minlashga katta yordam beradi. REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 5-bo„lim. //O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. 1997-yil 9-son.

2. Sobirova, M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423

3.Sobirova, M. (2023). Obuchenie yazbikovbi m yavleniyam na osnove analiza teksta. "Etnokulbturnbiy i sotsiolingvisticheskiy aspektbi v teorii i praktike prepodavaniya yazbikov v negumanitarnbix vuzax" mavzusidagi Ill xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Minsk, 30 mart 2023 y., - B. 299-302. https://rep.bntu.by/handle/data/130394

4.Sobirova, M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423

5. Barkamol avlod orzusi. / Tuzuvchilar: Qurbonov Sh., Saidov Sh., Axliddinov R. -T.: Sharq, 1999. - B.14.

6. Sobirova, M. (2023). Obuchenie yazb kovb m yavleniyam na osnove analiza teksta. "Etnokulbturnbiy i sotsiolingvisticheskiy aspektbi v teorii i praktike prepodavaniya yazbikov v negumanitarnbix vuzax" mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Minsk, 30 mart 2023 y., - B. 299-302. https://rep.bntu.by/handle/data/130394

7. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) OI:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.

8. Sobirova, M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-111.html -P.36-39.

605

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

9. Sobirova, M. (2022). In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip- linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 - 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. - P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

10. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. https://www.int-jecse.net /abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756 /INTJECSE/V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages.

11. Sobirova, M. & Shermatova, D. (2021). Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) SKOPUS 52885295 http://thedesignengineering. com/index.php/ DE/issue/ view/31.

12. Sobirova, M. (2021). The use of integrated technology in the teaching of humanism in language education. POLISH SCIENCE JOURNAL (ISSUE 1(34) -Warsaw: Sp. z o. o. "iScience", 2021. Part 3 - 234 p. https://sciencecentrum.pl/wp-content/ uploads/2021/01/PQLISH%20 SCIENCE%20JQURNAL%20 %E2% 84%9634%20-%203%20%28web%29.pdf str. 98-105

13. Djurayev R.X., Ne'matov Sh.X. Darsliklarning tarixiy taraqqiyot yo'li va bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni. - T.: Sano-Standart, 2010. - B.25.

14. Sobirova, M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( DOI:10.15863/TAS Published: 18.12.2020.

15. Sobirova, M.Y. (2019). About the history of speech culture and art of oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42657439

16. Sobirova, M.Y. (2023). The role of educational tools in anthropocentric relationship education. European Journal of Education and Applied Psychology 2023, No 4. https://doi. org/10.29013/EJEAP-23-4-52-58.

17. Tursunov Q., Normamatova N. Darslik tuzilishiga qo'yiladigan zamonaviy metodik talablar. //Xalq ta'limi, 2015-yil, 2-son. - B. 83.

606

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.