Научная статья на тему 'ELEKTRON DARSLIKLAR INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TURI SIFATIDA'

ELEKTRON DARSLIKLAR INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TURI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1443
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / electron darslik / axborot texnologiyalari / motivatsiya / yutuq va kamchiliklar / masofaviy ta’lim / learning process / e-book / information technologies / motivation / advantages and disadvantages / distance learning.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botirbekova, Gulchehra Abdumutalovna

Mazkur maqola ta’lim jarayoni innovatsion texnologiyalarining bir qismi bo’lgan electron darsliklarga bag’ishlangan bo’lib, ularning yutuq va kamchiliklari, darslik yaratish jarayonida e’tiborga olinishi kerak bo’lgan jixatlarga to’xtalib o’tilgan. Electron darsliklardan foydalanish ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali bo’lishiga, o’quvchilarni mustaqil ishlashini rivojlantirishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ELECTRONIC TEXTBOOKS AS A TYPE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES

This article is dedicated to e-books, which are part of the innovation technologies in education process, and discusses the advantages and disadvantages of e-books, the aspects that need to be considered in their creation. Using of e-books in education helps to make the learning process more interesting and effective, develop students’ self-study.

Текст научной работы на тему «ELEKTRON DARSLIKLAR INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TURI SIFATIDA»

Scientific Journal Impact Factor

О

ELEKTRON DARSLIKLAR INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING

TURI SIFATIDA

Mazkur maqola ta'lim jarayoni innovatsion texnologiyalarining bir qismi bo'lgan electron darsliklarga bag'ishlangan bo'lib, ularningyutuq va kamchiliklari, darslik yaratish jarayonida e'tiborga olinishi kerak bo'lgan jixatlarga to'xtalib o 'tilgan. Electron darsliklardan foydalanish ta 'lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali bo'lishiga, o'quvchilarni mustaqil ishlashini rivojlantirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, electron darslik, axborot texnologiyalari, motivatsiya, yutuq va kamchiliklar, masofaviy ta 'lim.

This article is dedicated to e-books, which are part of the innovation technologies in education process, and discusses the advantages and disadvantages of e-books, the aspects that need to be considered in their creation. Using of e-books in education helps to make the learning process more interesting and effective, develop students' self-study.

Keywords: learning process, e-book, information technologies, motivation, advantages and disadvantages, distance learning.

Данная статья посвящена электронным учебникам, которые являются частью инновационных технологий образовательного процесса, и рассматриваются их достоинства и недостатки, а также аспекты, которые необходимо учитывать в процессе создания учебника. Использование электронных учебников помогает сделать процесс обучения более интересным и эффективным, а также развить у учащихся способность к самостоятельной работе.

Ключевые слова: учебный процесс, электронный учебник, информационные технологии, мотивация, сильные и слабые стороны, дистанционное обучение.

Botirbekova Gulchehra Abdumutalovna

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti tugmacha@mail .ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KIRISH

Zamon rivojlanishi natijasida kundalik hayotimizga turli xil innovatsion texnologiyalar hamda gadjetlar kirib keldi va ular yildan-yilga mukammallashib bormoqda. Bular inson hayoti mazmuniga aylanib qolganligi, ularsiz bir kunini ham tasavvur qila olmaydiganlarning mavjudligini ham inkor qilib bo'lmaydi. Albatta, ta'lim jarayonini innovatsion texnologiyalar bilan boyitish o'qitish sifatini oshirishga, qiziqarli, rang-barang qilishiga allaqachon amin bo'lganmiz va hozirda har bir o'qituvchi ulardan foydalanadi. Shu o'rinda, elektron darsliklarga to'xtalib, ularning yutuq va kamchiliklarini ko'rib chiqsak.

Electron darsliklar maxsus qurilma yoki dasturiy ta'minot bo'lib, ta'lim jarayonida an'anaviy qog'oz kitob o'rnini bosadi. Bugungi kunga kelib electron kitob tushunchasiga turlicha ta'riflar mavjud. Ayrim manbalarda ular an'anaviy qog'oz kitoblarning electron ko'rinishi deyilsa, boshqalarda matnlardan tashqari, o'quvchilarga taqdim qilish uchun ta'limiy multimediya materiallariga hamda markaziy manba tomonidan yangilanib turuvchi, bilimlarni nazorat qiluvchi interaktiv blokga ega elekrton qurilmalardagi murakkab dasturlar yig'indisi deya ta'riflanadi. Electron darsliklarning so'nggi vakillari ustida qayta ishlash jarayonlari olib borilayotganligi sababli zamonaviy electron darsliklar asosan tasvirli matnlardan iborat. Deyarli barcha o'qituvchilar ularning o'quvchilar tomonidan oson qo'llanilishi, texnik qurilma yordamida fanga bo'lgan qiziqish va motivatsiyaning ortgani, darsda va uyda maroq bilan foydalanishlari haqida ta'kidlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri turli fanlar sohasini o'z ichiga olgan bilimlar omborini yaratishdir. Ya'ni, yangi axborot texnologiyalarini ta'limga tatbiq etish ta'limda an'anaviy o'qitish jarayonidan o'quvchining o'zi ta'lim jarayonini borishini aniqlaydigan yangi jarayoniga o'tishni ta'minlaydi. Bu orqali, bir qancha iqtidorli o'quvchilar o'z qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Electron darsliklarning maqsadi an'anaviy qog'oz kitoblar o'rnini bosish emas, balki keng imkoniyatga ega ta'lim quroliga aylantirish. Bu darsliklarning asosiy ustunligi - interaktivligida. Electron darsliklar bilan ishlovchi qurilma texnologiyasi matnlardan tashqari o'quvchilarga audiofayllar, videoroliklar, turli xujjatlar nusxasi, ensiklopediya va boshqa manbalardagi ma'lumotlarni ochish imkonini beradi. Bundan tashqari, dars jarayonida o'quvchilarning electron qurilmalarini yagona tizimga birlashtirish mumkin bo'lib, bu orqali o'qituvchi o'z qurilmasidan har bir

talabaning ishiga munosabat bildirishi, vazifalar berishi va tekshirish imkoniga ega

799

Scientific Journal Impact Factor

bo'ladi. Bulardan tashqari, ularning ixchamligi, bir qurilma bir nachta kitobni o'z ichiga olishi, internetga ulanish imkoni bo'lganda istalgan ma'lumotni tortib olish imkoniyati, qog'ozga allergiyasi bo'lgan kishilarning foydalanishi uchun qulayligini sanab o'tish mumkin.

Shu o'rinda, elekton darsliklarning o'ziga yarasha kamchilik va noqulayliklari mavjud ekanligini ta'kidlab o'tish joiz. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: - bunday electron qurilmaning yangi modellari juda qimmat turadi; - an'anaviy qog'oz kitoblardan ko'ra tashqi ta'sirga chidamsizligi; - electron darslik qurilmalarining akkumulyatorini muntazam zaryadlab turish lozim.

Yana bir muammo tug'iladi. Yaxshi electron darslik yaratishda nimalarga e'tibor qaratish lozim? Qanday qilsa u ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradi? Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponentga e'tibor qaratish lozim. Bular: o'quv materialni bayon etish, amaliy mashg'ulotlar bajarish va teskari aloqa (o'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni). Elektron darslik to'laligicha bir faylda bo'lishi maqsadga muvofiq emas. Har bir bob alohida hujjat sifatida tayyorlanishi kerak, bu narsa darslikni kompyuterga yuklashdagi tezlikni kamayishi va materialni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarga barham beradi.

Yaxshi elektron darslik ma'ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg'ulotlarida repititor, mustaqil ta'lim olishga vosita, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida uslubiy yordamchi, o'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirishini nazoratchisi, amaliy mashg'ulotlar uchun masala va mashqlar bilan ta'minlovchi bo'la oladi deyish mumkin.

Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo'ljallangan. O'quvchi o'zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. Elektron darslik o'quvchini bilim olishini vaqt bo'yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham o'quv materialni o'zlashtirish vaqti o'quvchining xohishiga ko'ra qisqarishi yoki uzayishi mumkin.

Eng yaxshi electron darsliklar o'z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari uchun vazifalar, testlarni, bir vaqtni o'zida bilim berish va ularni o'zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi dasturiy ta'minotga ega bo'lishi kerak. Boshqacha aytganda unda kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilish tashkil etuvchisi; olingan bilimlarni mustahkamlashga mo'ljallangan mashqlar, o'quvchilarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini beradigan test va topshiriqlar bo'lishi zarur.

Scientific Journal Impact Factor

O

Elektron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini printer orqali chop etish va o'quvchilar hohlagan paytda uni o'qish imkoniyati ham bo'lishini nazarda tutish kerak. Chunki matnni ekrandan ko'p o'qish o'quvchilar ko'ziga salbiy ta'sir etishi mumkin.

Ta'lim muassasalarida elektron darsliklardan foydalanish orqali o'quv-tarbiya jarayoni jadallashadi. O'quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: bir maqsadga yo'naltirilganlik ko'rsatgichini oshirish; o'quvchilarning motivasiyasini kuchaytirish; o'quv mazmunining axborotli hajmini kengaytirish; o'quvchilarning o'quv-bilish harakatini faollashtirish; o'quvchilarning o'quv amaliy darajasini tezlashtirish.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, biron bir fandan to'laqonli elektron darslik yaratish juda mushkul ish. Hozirgi kunda yaratilgan va yaratilayotgan elektron o'quv adabiyotlar soni uncha katta emas. Ushbu ishni jadal odimlar bilan amalga oshirish va ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga joriy etish hozirgi kunda zaruratga aylangan. Qo'yilgan vazifani amalga oshirish uchun respublikadagi salohiyatli va tajribali o'qituvchi, uslubchi, olim va tizimli dasturchilarni birlashtirib maxsus elektron darslik yaratuvchi guruhlar, imkoniyatdan kelib chiqqan holda xatto markazlar tashkil etilmoqda. Bu bilan mustaqil respublikamiz kelajagini ta'minlaydigan yosh avlodni yangi axborot texnologiyalardan foydalangan holda o'qitib, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va rivojlangan chet davlatlarining yoshlari bilan raqobatdosh kadrlar tayyorlashga zamin yaratilmoqda.

Lekin, hozirgi kunda ta'lim muassasalarining barchasida ham kompyuterli ta'lim sharoiti mavjud deya olmaymiz. Elektron darslik yaratish borasida anchagina ishlar qilanayotgan bo'lsada, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo'lishdek ochiq tizimlar mavjud emas. Albatta, ta'lim tizimi rivojdanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo'qolib boradi.

Xulosa o'rnida aytib o'tish joizki, so'nggi 2 yil ichida respublikada elektron o'quv adabiyotlaridan foydalanishga mo'ljallangan axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o'qitishni tashkil etish bo'yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. Shunday ekan, tez orada ta'lim tizimida electron darsliklardan foydalanish oddiy darsliklar kabi kundalik ehtiyoj bo'lib qoladi.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

REFERENCES

1. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi //Karimov A.A., Imomov E.Z. va boshqalar.-T.: SHarq. 2002.-15 b.

2. Umumiy o'rta ta'lim konsepsiyasi //Xalq ta'limi, 1992, 2-son.

3. Роль компьютера в процессе обучения иностранному языку//Г.А Ботирбекова, И.К Ёкубов - Наука и образование сегодня, 2018, 11 (34)

4. Describing language learning and teaching//Irgasheva U.R.-современные проблемы филологии: вопросы теории и практики. - Материалы международной научно-практической конференции, 2020.-453-456ст.

5. http://uz.infocom.uz/2010/12/20/elektron-kitoblar-endi-ozbekistonda/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.