Научная статья на тему 'DARS SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

DARS SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7679
770
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zamonaviy axborot texnologiyalari / mustaqil ta’lim / texnologiyalar / Modern information technology / independent learning / technology

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tojiev Nuriddin Shukur O‘g‘li, Adilov Axror Ablaqul O‘g‘li

Ta’lim sohasida pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalardan, internet axborot ta’lim resurslaridan hamda konferensiya usulidan foydalanish o‘quvchilarining olayotgan bilimlarni yuqori saviyada bo‘lishida samarali yordam beradi va ularning kelgusida malakali mutaxassislar bo‘lib chiqishiga imkoniyat yaratadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES TO IMPROVE LESSON QUALITY

The use of pedagogical and information-communication technologies, Internet information educational resources and conference methods in the field of education effectively helps students to acquire a high level of knowledge and allows them to become qualified professionals in the future

Текст научной работы на тему «DARS SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

Scientific Journal Impact Factor

DARS SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIYAXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Tojiev Nuriddin Shukur o 'g'li Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti o 'qituvchisi Adilov Axror Ablaqul o'g'li Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqandfiliali o 'qituvchisi

Annotatsiya: Ta 'lim soxasida pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalardan, internet axborot ta'lim resurslaridan hamda konferensiya usulidan foydalanish o 'quvchilarining olayotgan bilimlarni yuqori saviyada bo'lishida samarali yordam beradi va ularning kelgusida malakali mutaxassislar bo 'lib chiqishiga imkoniyat yaratadi.

Kalit so'zlar: Zamonaviy axborot texnologiyalari, mustaqil ta'lim, texnologiyalar

Abstract: The use of pedagogical and information-communication technologies, Internet information educational resources and conference methods in the field of education effectively helps students to acquire a high level of knowledge and allows them to become qualified professionals in the future.

Keywords: Modern information technology, independent learning, technology

Аннотация: Использование педагогических и информационно-коммуникационных технологий, информационных образовательных ресурсов Интернета и методов конференций в сфере образования эффективно помогает студентам получить высокий уровень знаний и позволяет им в будущем стать квалифицированными специалистами.

Ключевые слова: современные информационные технологии, самостоятельное обучение, технологии.

Bugungi kunda faqatgina ma'ruzaga asoslangan an'anaviy darslar vaqti o'tdi. Axborot oqimi sur'ati tezlashgan bir paytda o'tilayotgan har bir dars rang-barang bo'lmasa, o'quvchi e'tiborini bilimga jalb etish mushkul. Buning uchun o'qituvchi tinmay izlanishi, ijodkor bo'lmog'i darkor. Bunday xolda, ayniqsa darsni o'yinlar asosida ko'rish tizimiga asoslanib o'tish sezilarli samara beradi. O'yinlar esa o'quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, tanlangani ma'qul. Birinchi bo'lishga undash uslubi doimo o'zini oqlaydi. Chunki bolalar hamisha o'zini ko'rsatgisi, tengdoshlaridan bir qadam oldinda yurgisi keladi.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Darslarda ham yangi ma'lumotlarni etkazishdan avval o'qituvchi ularning dastlab olgan bilimlarini, tasavvurlarini aniqlashtiradi, bir tizimga soladi, olingan bilimlar har xil ko'rgazmali vositalar, slaydlar, multimediya, tarqatma materiallar, qo'shimcha adabiyotlar bilan mustaxkamlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Darsda olib boriladigan ta'lim- tarbiya ishlarining asosiy elementlaridan biri, o'quvchilarning o'zaro faollik asosida mustaqil, erkin fikrlash o'quv va amaliy topshiriqlarini bajarishlari, xayotda albatta yetuklikka yetaklaydi. Darslarda foydalaniladigan har qanday interfaol usullar ta'lim xarakteriga ega bo'lib, o'quvchilar bilimining mustaxkamlanishiga, aniqlashtirilishi va kengayishiga, ularni umumlashtirishga va tizimga solishga yordam beradi.

Mazkur maqolani tadqiq qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, izchillik, tarixiylik hamda obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Kasbiy terminologik lug'at boyligini o'rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning roli obyektiv ochib berildi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. N.I. Taylaqovning "Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarinijoriy etishning istiqbollari" nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba qilib olindi.

Ta'lim sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar xaqida gap ketganda, ta'lim berish jarayonini ezgulik ko'prigiga o'xshatamiz, bu ko'prikdan o'quvchilarimizni bilimli, dunyoqarashi keng qilib olib o'tish ustozni, ya'ni o'qituvchilarni vazifasi deb bilamiz. Darslarning nazariy va amaliy qismida o'quvchilarning qiziqishini oshirish uchun pedagogik texnologiyaning samarali usullaridan foydalanib, kichik guruhlarga bo'lingan xolda olib boriladi. Mashg'ulotlarni olib borish jarayonini kuzatib borish va kerakli maslaxatlar berish kichik guruhlarda darslarni samarali o'tilishiga yordam beradi. O'z kasbini ustasi bo'lgan axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari sohasining yetuk mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish, ular xaqida o'quvchilarga so'zlab, savollarga xayotiy misollar keltirish bilan javob beriladi. Buning uchun faqat o'qish, o'rganish kerakligi xaqida maslaxat beradi. Bunday malakali mutaxassislar bilan uchrashuvlar, baxs- munozaralar tashkil etish ham o'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishlarini orttiradi. Ota-onalarda farzandini yuksak ma'naviyatli, bilimli, komil inson etib voyaga yetkazish istagini yanada kuchaytirish zarur.

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari o'qitishning yangi shakl va metodlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyat yaratildi. SHu bilan birga,

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

axborot kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o'rgatish, o'quvchilarni katta xajmdagi ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va mustaqil ishlash muammosi yuzaga kelmoqda. Maktabdan kasb-xunar kollejiga o'qishga kelgan ko'p o'quvchilar mustaqil fikrlash va ishlash bo'yicha yetarlicha ko'nikmaga ega emas. Ayrimlari bilim olishga qiziqishlari juda past. Qobiliyatli, izlanuvchan hamda ijodkorlikka ishtiyoqi bor farzandlarimizni o'zi qiziqqan axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishida chuqurlashtirilgan saboq olishi, ularni kelajakda albatta yuksak malakali mutaxassislar bo'lib yetishshishlarida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Ma'lumki, Respublikamizning barcha ta'lim muassasalari o'quv jarayonida o'qitishning zamonaviy shakllari va uslullarini qo'llash, ta'lim tizimida axborot texnologiyalardan unumli foydalanish, ular yordamida ta'lim tizimini talab darajasiga etkazish ustida bir qancha ishlar olib borilmoqda.

O'quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning quydagi imkoniyatlarini keltirish mumkin:

o O'qituvchiga o'quv materiallarini ta'lim oluvchilarga etkazib berishda birmuncha engillashtirilishi;

o Dars jarayonida berilayotgan o'quv materiallarning takroriy holda namoyish qilish imkoniyatining mavjudligi;

o Ta'lim oluvchilar o'zlashtirish darajasining yuqori bo'lishigaerishish;

o Multimediali elektron darsliklar tarkibida ko'rgazmali virtualstendlar tashkil qilish imkoniyati;

o Amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini video, audio va animatsiyali vositalar orqali qiziqarli tashkil qilish imkoniyati;

o Tavsiya qilingan o'quv materiallaridan ommaviy tarzda foydalanish, ya'ni tarmoq texnologiyalari yordamida bir yoki bir nechta auditoriyada va guruhlarda foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

o O'quv materiallari ma'lumotlar bazasini tezkor ravishda o'zgartirib, yangi axborot zaxiralarini kiritish imkoniyatining mavjudligi;

o Amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari mobaynida ma'ruza materiallariga o'tish imkoniyatining yaratilishi;

o Masofadan o'qitish uchun asosiy vositalardan biri sifatida foydalanish imkoniyati;

o Ta'lim oluvchilarning individual bilimlarini baholash, nazorat qilish va boshqalar.

Bunday imkoniyatlarga ega bo'lgan o'quv materiallarini o'quv jarayoniga tadbiq etish, bir vaqtning o'zida ta'lim oluvchilarga o'quv materiallarini ko'rish, o'qish,

Scientific Journal Impact Factor

eshitish, mulohaza qilish va qayta-qayta takrorlab o'z bilimlarini oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llanilishi, ayniqsa multimediali vositalardan foydalanish o'quv jarayoninig didaktiv ko'rinishda tasvirlash uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi.

O'quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishda elektron darsliklarning alohida o'rni mavjud. Elektron darslik -kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o'quv uslubini qo'llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o'quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama samarador o'zlashtirilishiga mo'ljallangan elektron o'quv adabiyoti hisoblanadi.

Ta'lim tizimida o'quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanilsa ta'lim-tarbiya jarayoni jadallashtiriladi. Ta'lim-tarbiya jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin:

❖ maqsadga yo'naltirilganlik;

❖ o'quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish;

❖ ta'lim mazmunining axborotli hajmini kengaytirish;

❖ o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini faollashtirish;

❖ o'quvchilarning o'quv-amaliy darajasini mustahkamlash va boshqalar.

O'quv jarayonida mustaqil ta'lim mashg'ulotlarini samarali tashkil qilishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. Kompyuterning dasturiy vositalari asosida yaratilgan o'quv- uslubiy materiallar va elektron darsliklardan foydalanishdan asosiy maqsad zamonaviy axborot - ta'lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo'llash orqali ta'lim jarayonining samaradorligi, sifati va unimdorligini oshirish, uzluksiz ta'lim tizimida zamonaviy o'quv manbalari elektron o'quv darsliklarini keng qo'llash, ularning ma'lum ma'noda kutubxonalarini tashkil etish, ta'limning masofadan o'qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o'quv tizimiga kirishdan iborat.

Mustaqil ta'lim mashg'ulotlari uchun yaratilgan elektron o'quv-uslubiy materiallar avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar yordamida faoliyat olib boradi. Avtomatlashtirilgan o'quv-uslubiy materiallar ta'lim oluvchilarga kerakli mavzular bo'yicha ma'lumotlarni tavsiya etadi va bilimlarni nazorat qiladi. Bilimlarning nazorati natijasiga qarab ta'lim oluvchilarga turli saviyadagi topshiriqlar tavsiya qilinadi. Avtomatlashtirilgan o'quv-uslubiy ta'lim vositalari yordamida ta'lim oluvchilar o'qituvchining yordamisiz ham o'z bilimlarini oshirib takomillashtirib borishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

O'quv jarayonida masofali o'qitish tizimini tashkil qilishning asosiy talablaridan biri o'quv materiallarini o'quvchilarga taqdim etish vositalari hisoblanadi. Bunda masofali o'qitish tizimining asosini tashkil etuvchi o'quv materiallarining elektron versiyalarini yaratishga bir qator talablar qo'yiladi.

O'quv materiallarini elektron ko'rinishda taqdim etganda uning o'quvchilar tomonidan tushunish darajasiga alohida e'tibor berish kerak. Elektron shaklda taqdim etilayotgan materiallar talim oluvchilar uchun qulay va yaxshi o'zlashtira oladigan bo'lishi kerak. Tavsiya etilayotgan o'quv materiallarida kerakli ta'riflar, tayanch iboralar, kalit so'zlarga murojaat qilish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari yaratilishi kerak.

Fanlardan amaliy va laboratoriya ishlarini virtual stendlar ko'rinishida imitatsiya qilish orqali tashkil qilish masofali o'qitish tizimida quyidagi imkoniyatlarni ta'minlaydi:

• virtual stendlar uchun maxsus jihozlangan xonalar talab qilinmasligi;

• laboratoriya ishlarini animatsiyalar bilan ta'minlanish va ob'ektlar ustida olib borilayotgan jarayonlarni to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilish;

• yaratilgan virtual stendlardan ko'p marotaba foydalanish.

Fanlardan amaliy va laboratoriya ishlarini virtual stend tarzida tashkil qilish masofali o'qitish tizimida juda katta ahamiyatga ega. Masofalio'qitish tizimini tashkil qilish natijasida ko'rgazmali o'quv materiallaridan uzoq mintaqalardagi ta'lim muassasalarida o'quv jarayoni uchun kerakli o'quv jihozlari etarli bo'lmagan holda ham ta'lim oluvchilar amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish imkoniyati yaratiladi.

Elektron o'quv materiallarini yaratish, ulardan qulay va samarali foydalanish uchun elektron o'quv materiallari pdf formatiga o'tkaziladi. Bu formatda tayyorlangan materiallardan foydalanishning afzalliklari quydagilardan iborat:

• ma'lumotlar xotiradan kam joy egallaydi;

• ma'lumotlar himoyalangan bo'ladi (o'zgartirishlar, viruslar ta'siridan holi qilish va boshqalar);

• ma'lumotlarni qidirish va chop etishni tezlashtirish;

• ma'lumotlarni ifodalovchi yuqori sifatli shriftlarningmavjudligi;

• ixcham tasvirli ma'lumotlarni yaratish;

• ma'lumotlarning zarur sahifalariga tez o'tishni ta'minlash vaboshqalar.

Bu kabi ko'rsatkichlar masofali o'qitish jarayonida foydalaniladigan o'quv materiallarining asosiy talablarini tashkil qiladi.

XULOSA:

O'quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

Scientific Journal Impact Factor

> o'quv jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o'zlashtirish;

> ta'lim olishning yangi shakllarini joriy qilish;

> dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtnitejash imkoniyati;

> olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib qolinishi va uni amaliyotda qo'llash mumkinligi.

> o'quvchilarda ma'lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaligi;

> mashg'ulotlarda bajariladigan topshiriqlar sonining oshishi;

> kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o'quvchi ta'lim sub'ektiga aylanishi;

> o'quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo'lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyatining hosil bo'lishi va boshqalar.

1. Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalar va tizimlar.O'quv qullanma.Dadabaeva R.A.,Nasridinova Sh.T., Shoaxmedova N.X., Ibragimova L.T., Ermatov Sh.T., "Sano-standart",2017. -552b.

2. Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalar va tizimlar.O'quv qullanma.Kenjabayev A.T., Ikramov M.M., Allanazarov A.Sh., O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2017-408b.

3. Taylaqov N.I. Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarinijoriy etishning istiqbollari // Ta'lim va tarbiya -T 2002

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.