Научная статья на тему 'MASOFAVIY TA'LIMNING BOSHQARUV TIZIMLARI VA XIZMATLARINING UMUMIY TUZILISHI'

MASOFAVIY TA'LIMNING BOSHQARUV TIZIMLARI VA XIZMATLARINING UMUMIY TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

3320
290
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
masofaviy ta’lim / internet / virtual xotira / pedagogic asos / foydalanuvchi / o’quvchi / ximoya / ma’lumotlar bazasi / o’qituvchi / aloqa / distance learning / internet / virtual memory / pedagogical framework / user / student / protection / database / teacher / communication

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. A. Temirov, D. S. Habibulloyev, G'. J. Gulomov

Ushbu maqolada masofaviy ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini keng joriy etish, onlayn masofaviy o’qitish kurslarining samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan internet va masofaviy ta’lim kurslarning funksiyalarini barcha darajalardagi institutlarning muvaffaqiyatga erishishi uchun bir xil yo’nalishda olib borish, xodimlar va rahbarlar muvaffaqiyati uchun kerakli ishlarni tushuntirishga aniq yondashuv kurslarini ishlab chiqish va ijtimoiy tarmoqda boshqaruv tizimlaridan foydalangan holda taqdim etish; oliy o’quv yurtlarida masofadan turib o’qitishning muhim omillariga asoslangan ta’lim texnologiyalari va kommunikatsiya markazlarini strategik boshqarishda ko’p bosqichli tadqiqotlar olib borish; oliy o’quv yurtlarida ta’lim texnologiyalari markazlarining tashkiliy funksiyasi o’rtasidagi izchillikni o’rganishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL STRUCTURE OF ONLINE TEACHING MANAGEMENT SYSTEMS AND SERVICES

In this article consists of the widespread introduction of information technology in the distance education system, proceeding functions of iinternet and online courses in the same direction for the success of institutions at all levels the importance of the Internet and distance learning courses, which are of great importance to increase the effectiveness of online learning courses , developing clear approach courses to explain the work required for the success of employees and directors and present them using management systems in the social network; conducting multi-stage research in the strategic management of educational technologies and communication centers based on the important factors of distance learning in higher education; to study the coherence between the organizational function of educational technology centers in higher education institutions.

Текст научной работы на тему «MASOFAVIY TA'LIMNING BOSHQARUV TIZIMLARI VA XIZMATLARINING UMUMIY TUZILISHI»

MASOFAVIY TA'LIMNING BOSHQARUV TIZIMLARI VA XIZMATLARINING UMUMIY TUZILISHI

A. A. Temirov

Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi [email protected]

D. S. Habibulloyev

Samarqand viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirish hududiy markazi hodimi doniyor211 @mail.ru

G'. J. G'ulomov

Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi g.jobirbek@ gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada masofaviy ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini keng joriy etish, onlayn masofaviy o'qitish kurslarining samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan internet va masofaviy ta'lim kurslarning funksiyalarini barcha darajalardagi institutlarning muvaffaqiyatga erishishi uchun bir xil yo'nalishda olib borish, xodimlar va rahbarlar muvaffaqiyati uchun kerakli ishlarni tushuntirishga aniq yondashuv kurslarini ishlab chiqish va ijtimoiy tarmoqda boshqaruv tizimlaridan foydalangan holda taqdim etish; oliy o'quv yurtlarida masofadan turib o'qitishning muhim omillariga asoslangan ta'lim texnologiyalari va kommunikatsiya markazlarini strategik boshqarishda ko'p bosqichli tadqiqotlar olib borish; oliy o'quv yurtlarida ta'lim texnologiyalari markazlarining tashkiliy funksiyasi o'rtasidagi izchillikni o'rganishdan iborat.

Kalit so'zlar: masofaviy ta'lim, internet, virtual xotira, pedagogic asos, foydalanuvchi, o'quvchi, ximoya, ma'lumotlar bazasi, o'qituvchi, aloqa.

GENERAL STRUCTURE OF ONLINE TEACHING MANAGEMENT

SYSTEMS AND SERVICES

ABSTRACT

In this article consists of the widespread introduction of information technology in the distance education system, proceeding functions of iinternet and online courses

in the same direction for the success of institutions at all levels the importance of the Internet and distance learning courses, which are of great importance to increase the effectiveness of online learning courses , developing clear approach courses to explain the work required for the success of employees and directors and present them using management systems in the social network; conducting multi-stage research in the strategic management of educational technologies and communication centers based on the important factors of distance learning in higher education; to study the coherence between the organizational function of educational technology centers in higher education institutions. Kalit so'zlar: masofaviy ta'lim, internet, virtual xotira, pedagogic asos, foydalanuvchi, o'quvchi, ximoya, ma'lumotlar bazasi, o'qituvchi, aloqa.

Keywords: distance learning, internet, virtual memory, pedagogical framework, user, student, protection, database, teacher, communication.

KIRISH

Masofaviy ta'limda internet tarmog'idan asosiy muloqot manba sifatida qo'llanilib o'qituvchi va o'quvchilar masofadan muloqotni amalga oshiradilar. Muloqotning asosiy vositalari sifatida dars uchun to'lov, o'quv materiallari, turli ko'rinishida topshiriqlar, ta'limni yakunlagani to'g'risida xujjat kabilar. Masofaviy ta'limning markazlashgan boshqaruv bilan birgalikda tizimlashtirilgan holda uchratishimiz mumkin. 1-rasmda masofaviy ta'limning umumiy tuzilishi keltirilgan[1].

Sr

Web sayt A

Ma'lumotlar bazasi

Tizim boshqaruvi

Professor Professor Professor o'qituvchi o'qituvchi o'qituvchi

O'quvchi

Markaziy boshqaruvchi

-

O'quvchi

Tekshiruvchi Tekshiruvchi

1-rasm. Masofaviy ta'lim tizimining markazlashgan boshqaruv modeli.

O'quv mashg'ulotlari uchun to'lov va o'quv kurslarda ishtirok etganligi, kurslarda berilgan topshiriqlarni bajargani uchun o'quvchi sertifikat, diplom kabi hujjatga ega bo'ladi. Hujjat olishda o'quvchi ikki turdagi xizmatdan foydalanadi.

1. Masofaviy o'qish uchun to'lovni oldindan to'lab so'ng o'quv mashg'uloti materiallari va topshiriqlarga ega bo'lish dars yakunida sertifikat yoki diplomni qo'lga kiritishi mumkin.

2. O'quv materiallari bepul tarqatiladi, lekin imtixonlar, topshiriqlar, sertifikat va diplom uchun to'lov talab qilianadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Masofaviy o'qitish bo'yicha ko'plab mutaxassislar va akademiklar o'qitish uslubining soddalashtirilgan versiyasi ekanligini tan olishadi [1,2,3]. Innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish an'anaviy sinf formatiga nisbatan masofaviy o'qitish samaradorligi to'g'risida savollar tug'iladi. Hozirda ko'plab tortishuvlarning mavzusi Internetda o'tkaziladigan kurslarning ko'payishi yoki yo'qligi va ushbu texnologiyadan foydalanish an'anaviy sinf formatidagi muhitiga aylantirganmi? Masofaviy o'qitishni o'rganishda tadqiqotchilar tashqi omillar (kompyuterning samaradorligi, texnologik omillar, o'qitishni loyihalashi va o'qituvchining saviyasi) va masofaviy ta'limda qabul qilish omillari deb tasniflanadigan narsalar (foydalanishda qulaylik va qabul qilinadigan foyda) o 'rtasida bog'liqlik borligini ta'kidlaydilar [3,5]. Texnik muammolar va talabalarning texnik ko'nikmalarining pastligi tadqiqotchilari onlayn o'rganishda eng katta to'siqlarni keltirib chiqaradigan omillardan ayrimlaridir.

Masofadan o'qitish bu yangi ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'lib akademik muassasalarda keng qo'llaniladigan o'quv yondashuv. O'qitishning aksariyati onlayn rejimida amalga oshiriladi. Masofaviy ta'lim texnologiyalari o'quv resurslarini o'qituvchilar tomonidan kurs o'rganuchilariga masofadan yetkazib berishga imkon beradi. Bu o'quv texnologiyalarining o'zi yoki onlayn pedagogik usullarda qo'llanilishi mumkin [2].

Onlayn ta'lim internet texnologiyalari bilan bevosita bog'liq bo'lib inson bilan kompyuterning o'zaro ta'sirida yuzaga keladigan tarkib va ta'lim vositalaridan foydalanish imkoniyatini beradigan yaxshi bajarilgan bo'lsa, onlayn konferensiya va elektron pochta orqali aloqada bo'lgan o'qituvchi batafsil va murakkab tushunchani rivojlantirishni rag'batlantirishi mumkin.

Masofaviy ta'lim afsalliklari:

1) 24 soat davomida ma'lumot olish;

2) zamonaviy materiallar;

3) o'z-o'zini o'rgatish;

4) o'z ixtiyoriga ko'ra moslashtirilgan kurslar;

5) iqtisodiy samaradorlik;

Masofaviy ta'lim hozirgi kunda oliy o'quv yurtlarning Internetda o'rganish strategiyasining bir qismi sifatida muvaffaqiyatga erishish omillari borligini tushuntirishga yordam beradi.

Masofaviy ta'lim uchun materiallar muvaffaqiyatga muhtoj bo'lgan muassasalar uchun juda muhimdir. Muvaffaqiyatli va barqaror qabul qilish, pedagogika, texnologiyalar, resurslarni boshqarish vaboshqa omillar bilan samarali kombinatsiyani talab qiladi.

Masofadan o'qitish tizimlarining o'rganib chiqilgan xususiyatlari

1) intellektual mulkni ximoya qilish;

2) elektron o'quv muhitiga mosligi;

3) elektron ta'limni yaratish kabi fakultet va universitetlarga onlayn muhitni rivojlantirishda yordam beradigan ba'zi o'quv resurslarni taklif qilish.

4) elektron ta'lim kursining mazmuni;

5) elektron o'quv kursini ta'minlash;

6) elektron ta'limning virtual maydonchasi;

7) elektron o'quv kursining muvaffaqiyatini o'lchash va baholash. Pedagogik asos yaratish yoki muvaffaqiyatli bo'lish uchun zarur shartlarni

yaratish uchun elektron ta'lim sifat ko'rsatkichlari.

1) Elektron ta'limni amalga oshirish;

2) institutsional qo'llab-quvvatlash;

3) kurslarni rivojlantirish;

4) o'rganish va ta'lim berish;

5) kurslar tarkibini o'rganish;

6) oquvchilarni qo'llab-quvvatlash va baholash

7) o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlash va baholash Onlayn ta'lim sifatini baholash omillari quyidagilari

1) kirish;

2) o'rganish va samaradorlik;

3) talabalarni qo'llab-quvvatlash;

4) iqtisodiy samaradorlik;

5) fakultetning qoniqishi;

O'uvchilarning tushunchalariga ko'ra elektron ta'lim ko'rsatkichlari.

1) o'qituvchilarning xususiyatlari (o'qitish uslubi, o'quvchilarga munosabat, texnologiyani boshqarish va boshqalar);

2) talabalarning xususiyatlari (motivatsiya, texnik salohiyat, tarkib, idrok etish, o'zaro aloqada hamkorlik va boshqalar);

3) texnologik infratuzilma (kirish qulayligi, internet tezligi, ekran dizayni va boshqalar);

4) institutni qo'llab-quvvatlash (texnik qo'llab-quvvatlash, kompyuterning mavjudligi, o'quv materiallariga kirish va bosib chiqarish va boshqalar).

Elektron ta'limni qo'llab-quvvatlovchi manbalarga quyidagilar kiradi:

1) inson resurslari;

2) kompyuter va internet texnologiyalari;

3) elektron ta'lim mazmuni manbalari;

Elektron ta'lim tizimining muvaffaqiyat ko'rsatkichlari

1) ommaviy axborot vositalari va texnologiyalar;

2) muassasa va menejment;

3) o'qitish dizayni;

4) qo'llab-quvvatlovchi omillar;

5) baholash komponentlari.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Masofaviy ta'lim tizimida mavjud bo'lgan boshqaruvchilar, mehmon foydalanuvchilar, o'qituvchilar, kurs o'rganuvchilari va kurslarni yakunlagan o'rganuvchilarni ro'yxatga olish yagona ma'lumotlar bazasiga ega bo'lgan tizim sifatida yig'ish, qayta ishlash, tizim foydalanuvchilariga kerakli formatda taqdim etishdan iborat. Jadvaldagi ma'lumotlar qancha ko'p bo'lsa statistika olish shuncha oson bo'lsa ro'yhatdan o'tish qiyinchiligini tug'diradi. 1 -jadvalda talabalarning kerakli bo'lgan ma'lumotlarini olish jarayoni keltirilgan.

1-jadval. kurslarning birini o'rganish uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlar

Tizim tomonidan so'ralayotgan savol Tanlovlar Erkin tanlovlar

Familiya ishmi sharifi. - Passport bo'yicha kiritish talab etiladi.

Jins 1. (Erkak) 2. (Ayol) -

Tug'ilgan faqti - Tug'ilgan yili, oyi, kuni

Tillarni bilishi - So'zlasha oladigon tillarni yozishi talab etiladi

Moliyaviy axvoli 1. Kambag'al 2. O'rtahol 3. Boy 4. O'ta boy -

Kasbi o'qisa o'qish joyi - Ish joyi ko'rsatiladi

Yuqorida aytib o'tilgan tafsilotlardan ko'rinib turibdiki, onlayn ta'limni amalga oshirish muvaffaqiyatiga ta'sir qiluvchi ko'plab omillar mavjud bo'lib, ular oliy o'quv yurtlariga onlayn o'qitish jarayonini qabul qilish samaradorligini oshirishda yordam berishi mumkin.

Institutsional boshqaruv Muayyan boshqaruv darajasining muvaffaqiyati uchun institutsional boshqaruv muhim ahamiyatga ega. Bu biznesga asoslangan jarayonlar bo'lib, ular istiqbolga ega va tashkilotga ta'sir qiladigan masalalarga (masalan: biznes ma'muriyati, o'quv ishlari, o'quvchilarga xizmat ko'rsatish va boshqalar)ga qaratilgan [5,6].

Onlayn o'qitish kurslari quyidagi elementlarni o'z ichiga olgan holda o'quv dasturlarini diqqat bilan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega.

Ta'lim muhiti. Onlayn o'quv muhiti deganda o'quvchilar onlayn-resursga kirish, onlayn kurs va aloqa uchun tizimlardan foydalanish, o'qituvchidan yordam olish va baho olish joylari tushuniladi. Odamlar qo'llab-quvvatlaydigan, tasalli beradigan va tasodifiy bo'lgan o'quv muhitida eng yaxshi bilimlarni o'rganadilar. Shunday qilib o'quv muhiti jismoniy, ishonch, hurmat, yordam va erkinlik kabi har tomonlama qulay bo'lishi kerak. Shu bilan birga, onlayn o'qitish muhiti ta'lim natijalariga katta ta'sir ko'rsatmaydi, ammo onlayn o'quv kursida tegishli o'quv muhitini yaratish imkoniyatiga ega.

Kurslarni boshqarish tizimi - o'quvchilarni ro'yxatdan o'tkazishni, onlayn o'qitish kurslari tarkibini yetkazib berishni, kuzatishni hamda testlar o'tkazishni osonlashtiradi. Shuningdek o'qituvchilar tomonidan olib boriladigan o'quv mashg'ulotlarini boshqarishga imkon berishi mumkin. O'qituvchiga onlayn kurs tarkibini nisbatan osonlik bilan yaratishga imkon beradigan va keyinchalik ushbu kursni o'qitish va boshqarishga imkon beradigan vositalar va namunalar to'plamini taqdim etadi, shu jumladan kursda o'rganuvchilar bilan turli xil o'zaro aloqalarni ta'minlashni o'z ichiga oladi.

Texnik infratuzilma - o'quv jarayoni natijalarini ta'minlashda texnologiya muhim rol o'ynaydi, chunki talabalar onlayn o'rganish muhitida ko'proq o'zaro

aloqalarga ega bo'lib, muvaffaqiyatli bo'lishlari kerak. Universitetda onlayn kurslar uchun zamonaviy va mos keladigan transfer ma'lumotlariga ega bo'lgan qo'llab-quvvatlovchi sifatli texnologiyalar mavjud bo'lishi kerak [3,6]. O'rganuvchilar ishi yengillashtirilishi uchun eng sodda va eng oson o'qishga kirishni ta'minlash zarur.

Interfaol ta'lim - samarali onlayn o'qitish muhiti talabalar hamda o'quvchilar va o'qituvchilar o'rtasida o'zaro va hamkorlikning ba'zi shakllarini talab qiladi. O'zaro munosabatlarning uchta turini ajratib ko'rsatadi:

1) o'quvchilar bir-birlari bilan o'zaro ta'sir;

2) o'quvchilar va o'qituvchilarning o'zaro aloqalari;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3) o'quvchilar va tashqi muhitning o'zaro ta'siri.

Shu bilan birga, interfaol ta'lim, o'quvchilarning ta'lim faoliyatida ishtirokini oshirish uchun ko'rsatma maqsadiga mos bo'lishi kerak masalan, yuqori interaktiv ta'limni yetkazib berish uchun multimediyadan to'g'ri foydalanish.

Kirish va navigatsiya (interfeys dizayni) - bu onlayn kursning aloqa va o'quv faoliyatini yengillashtirish uchun texnik yordam. Talabalar onlayn muhit sharoitida o'quv tajribasini yaxshilash uchun osonlik bilan kirishlari mumkin, masalan, veb-saytga tezkor kirish. Kursga kirish uchun talablar tizim siyosatiga rioya qilishdir. Bundan tashqari, navigatsiya o'quvchilarga dasturlar va tarkibni tezda topishda yordam beradigan virtual tuzilishga taalluqlidir, onlayn kurs dizayni izchil, ekranli navigatsiya tizimiga ega bo'lishi va oson bo'lishi kerak. Bular onlayn o'rganishning tashqi ko'rinishi va hissiyotlari bilan bog'liq bo'lib, ular foydalanuvchilarga qulay interfeys dizaynlarini talab qiladi, masalan, foydali ma 'lumotlarga olib boruvchi ko'rsatgichlar yoki markalar [4,5,6].

Ta'lim bo'yicha loyihalash. Onlayn o'qitish uchun pedagogik kayfiyatni ko'taradigan o'rganish va o'qitishga qaratilgan topshiriqlar, topshiriq variantlari, interaktiv kurs, o'quv uslublari, multimedia vositalari, texnologiyalar va boshqalar. O'qituvchi sifatida kurs o'rganuvchilarining majburiyatlari bo'yicha yordamchi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:

Maqsadlarga aniqlik kiritish - har qanday boshqa yondashuv singari onlayn o'qitishning maqsadi ham o'quv maqsadlariga erishishdir. Shuning uchun, onlayn o'qitish kursining dastlabki bosqichida aniq o'quv maqsadlari va vazifalari bo'lishi kerak. Talabalar o'quv dasturlariga osongina kirish imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak, dastur mazmuni va vositalaridan foydalanish tamoyilini aniqlaydigan dastur to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, aniq belgilangan o'quv yo'li talabalarga o'z yo'lini tanlashi va o'quv ehtiyojlarini aks ettirishi uchun zarur tuzilishdir. talabalarning mahoratlari va yutuqlari bilan bog'liq, uslublarni baholash va

shartlar, talabalar nimani o'rganishni istashlari va kurs oxirida nimalarga qodir bo'lishlari.

Tarkib sifati - tarkib masalasi kuchli pedagogik asosdir. Yaxshi ishlab chiqilgan va tanlangan kurslarning mazmuni va o'quv materiallari onlayn o'quv materiallarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mazmunli ta'lim tajribalarini osonlashtiradi (masalan, aniqlik, to'liqlik, tushunishning qulayligi, o'z vaqtida, dolzarbligi va izchilligi). Yozish, tasvir, video yoki boshqa ko'rinishning mazmun sifati umumiy qabul qilingan semantika, uslub, grammatika va bilim standartlariga javob beradi.

Ta'lim strategiyalari - Ta'lim muassasalarida o'qitish va o'qitishni qo'llab-quvvatlovchi keng strategiyalar mavjud. Ayniqsa, o'qituvchi "talabalarga yo'naltirilgan" tamoyilini qo'llab-quvvatlaydigan masofaviy o'qitish kurslari samaradorligi va muvaffaqiyatini yaratishda asosiy rol o'ynaydi. Masalan, o'quvchi ekran ma'lumotlarini foydalanuvchi tomonidan o'zi boshqarishidir, shuningdek, o'quv faoliyatini amalga oshirganda ma'lumot kiritadi. Shu sababli, tizimlar o'qituvchilarni onlayn kursda o'qitishni rag'batlantirish uchun turli xil usullar bilan tayyorgarlik ko'rishlari zarur.

Ta'lim psixologiyasi - Onlayn ta'lim tizimidagi amaliy tajribalar orqali o'quvchilarning bilim olish ko'nikmalarini oshirish uchun talabalar o'zlari yoki o'qituvchilar ko'rsatmalariga binoan g'ayratli va sodiq bo'lishlari kerak. Bundan tashqari, talabalar, avvalambor, o'rganish uchun motivatsiya bo'lsa, yaxshiroq o'rganadilar. Bundan tashqari, mustahkamlash tushuncha hosil qiladi masalan, talabaning sa'y-harakatlari natijasida olingan mukofotlar bu talabani xatti-harakatlarini takrorlashni xohlaydi. Transmissiya to'g'ridan-to'g'ri ish joyida qo'llanilishi mumkin bo'lgan yangi o'quv ko'nikmalariga ega bo'lgan talabalarning ishlashiga bog'liq. O'qituvchining fikr-mulohazalari talabalar onlayn aloqada bo'lishga urinishganidan keyin darhol va yetarli darajada bo'lishi kerak.

Ta'limni baholash - ma'lum bir muassasada onlayn ta'limni amalga oshirish natijasida hosil bo'lgan natijalarni baholash va o'lchashdir, ular kursni tamomlagandan so'ng amalga oshiriladi. Talabalar kognitiv rivojlanish va o'quv yondashuvlarini rivojlantirish orqali samarali o'rganishlari mumkin. Baholash usuli ishonchli, moslashuvchan va adolatli bo'lishi kerak (masalan, test ishlari, topshiriqlar va boshqalar).

Xizmatlarni qo'llab-quvvatlash xizmat sifati o'quvchilar va o'qituvchilarga qoniqish, o'qitish va o'rganishdan olingan natijalar sezilarli darajada ta'sir qiladi. Xizmatlar, shuningdek, onlayn o'qishni qabul qilishning muhim omillaridan biri bo'lgan uskunalar uchun qulaylik va kompyuter o'qitishni o'z ichiga olgan qo'llab-quvvatlashni ham o'z ichiga oladi [5,6]. Bundan tashqari, xizmatlarga boshqaruv,

moliyalashtirish, texnik xizmat ko'rsatish va resurslarni etkazib berish kabi ma'muriy muammolar kiradi.

Trening - bu omil barcha manfaatdor tomonlarning onlayn ta'lim olishda samarali bo'lishiga imkon beradigan vakolatlar va sheriklarning shaxsiy rivojlanishi bo'yicha treninglar orqali, ayniqsa manfaatdor tomonlarning guruhlari, xususan o'quvchilar va o'qituvchilarning xususiyatlarini rivojlantirishdir. Odamlarning qobiliyatini yaxshilaydigan trening texnologiya va boshqacha interaktiv ta 'lim bilan bog'liq. Kursni rivojlantirishda onlayn ta'limni amalga oshirishning asosiy omillari hisoblash qobiliyatlari, texnik ma'lumot, o'quv dasturlari va boshqalar. Bundan tashqari, o'qituvchilar talabalarni rag'batlantirish, o'quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish va onlayn rejimida o'rganish uchun amaliy ko'nikmalarini (masalan, elektron pochta, taqdimot va ijodiy fikrlash) rivojlantirish uchun g'ayratli bo'lishlari tavsiya etiladi.

Aloqa vositalari - Aloqa resurslari o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni qo'llab-quvvatlash uchun ishlatiladi (masalan, elektron pochta, suhbat xonasi, veb-kamera va boshqalar). Yengillashtirilgan aloqa kutilayotgan ta'lim natijalariga muvofiqlikni ta'minlashga yordam beradi. Biroq, ishlatiladigan vositalar strategik maqsadlarga, maqsadli auditoriya profiliga, har bir vositaning turli xil afzalliklari, kamchiliklariga va aloqa sifatiga bog'liq. Shu sababli, onlayn o'qitishda mos vositalarni tanlash uchun jamoat vositalari variantidan qanday foydalanishni bilish muhimdir.

Yordam xizmati - o'quvchilarga yordam berish punktini yaratish eng yaxshi usul hisoblanadi. Onlayn kurs foydali manbalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bunga oflayn va onlayn manbalar kiradi. Qo'llab-quvvatlash nafaqat elektron qo'llanma, balki terminologiya va lug'at kabi to'g'ridan-to'g'ri yordam so'ragan talabalarga yordam berish imkoniyatidir. Bundan tashqari, texnik yordam va maslahat berish uchun inson resurslari, masalan, mutaxassis foydalanuvchilar, murabbiylar bo'lishi kerak [7,8].

Kursni baholash - bu onlayn tarzda amalga oshirishda muvaffaqiyatni baholash. Barcha bosqichlar onlayn sifat kafolati o'lchovini ta'minlaydi.

Baholash - bu sifatli onlayn o'qitishning va jarayonning rejasi baholashning muhim omilidir. Kursni baholash loyihani boshqarishda shakllantiruvchi bahoni va amalga oshirish rejasida summatik baholashni o'z ichiga oladi. Masofadan o'qitish tizimlari kurs maqsadlariga erishishini ta'minlash uchun baholash jarayoni onlayn kursning barcha jihatlarini qamrab olishi kerak [9]. Bu onlayn ta'lim dasturlarini o'rganish uchun to'siq bo'lmasligini ta'minlash uchun so'nggi qadamdir.

XULOSA

Jadal ravishda butun dunyo bo'ylab masofaviy ta'lim talabalar orasida mashhur o'quv uslubiga aylanib bormoqda. Ushbu tendentsiya maktablar va universitetlarda ham ko'rinadi, uning o'quv faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun onlayn ta'limdan foydalanadigan bir nechta oliy ma'lumotli masofaviy ta'lim muassasalari paydo bo'ldi. Tashkilot muvaffaqiyat qozonishni istasa, amalga oshirilishi kerak bo'lgan onlayn kurs yo'nalishini aniqlash uchun zarurdir.

REFERENCES

1. O.S. Radjabov, A.A. Temirov, M.R. Avezova Kriterii otsenki delovoy aktivnosti predpriyatiya // "Globallashuv jarayonida korporativ boshqaruv: muammo va yechimlar" ilmiy maqolalar to'plami (Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to'plami). Toshkent-2019. -S. 248-250

2. Temirov A., Sohobiddinov A. "Mamlaktimiz ta'lim tizimida axborot kommunikatsiya va innovatsiyon texnologiyalardan foydalangan holda bilim olish" // "WORLD SOCIAL SCIENCE" // 15-16 bet.

3. Abidova F. Sh., Xamrokulova G. T., Temirov A. A. ALGORITM BblSTROGO STROKOVOGO SOPOSTAVLENIYa SETEVbIX SISTEM OBNARUJENIYa VTORJENIY //Mirovaya nauka. - 2019. - №. 4. - S. 170-177.

4. Belozubov A.V. Sistema distansionnogo obucheniya Moodle: Uchebno metodicheskoe posobie SPb.: SPbGU ITMO, 2007. — 108 s.

5. A.A. Temirov, H.R. Salimova. Pedagogik kadrlarni tayyorlashda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish // "Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sharoitida innovatsiyalar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman ma'ruzalar to'plami. Qarshi -2019. -B. 170-171

6. Galuzo I.V. Metodika realizatsii obuchayuщey funksii testov v srede MOODLE / I.V. Galuzo, V.V. Nebbishines, P.A. Stashulènok // Sovremennoe obrazovanie Vitebщinы. — 2013.— № 1. — S. 76-80.

7. Galuzo I.V. Struktura distansionnogo obucheniya shkolnikov i metodicheskoe soprovojdenie uchebnogo protsessa v srede MOODLE. Mogilev: MGU imeni, 2013.

— 96-98 c.

8. Gilmutdinov A.X. Elektronnoe obrazovanie na platforme MOODLE. Kazan, KGU.

- 2008.-169 s.

9. Engel V. Moodle dlya novichkov. Obzor vozmojnostey Moodle v voprosax i otvetax / V. Engel. - Moodle Center, 2012 — 18 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.