RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISHGA YO'NALTIRILGAN ELEKTRON TA'LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH
1Toshtemirov Doniyor Eshbayevich, 2Yuldashev O'lmasbek Abdubannapovich
1'2Guliston davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7991648
Annotatsiya. Maqolada raqamli texnologiyalar asosida elektron ta'lim resurslarini yaratish va ulardan foydalanish haqida so'z boradi. Elektron ta'lim resurslariniyaratish tartibi va talablari keltirilgan. Elektron ta'lim resurslarini yaratish va ulardan foydalanishga qo'yiladigan didaktik talablar ilmiy, tushunarli, muammoli, ko'rgazmalilik, tizimlashtirish, moslashtirish, interaktivlik, to'liqlik va uzluksizlikni o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, o'quv jarayoni, elektron ta'lim resurslari, elektron darsliklar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari, o'quv materiallari.
Hozirgi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunakatsiya tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta'lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo'ymoqda.
Raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan elektron ta'lim resurslari grafik, matnli, nutqli, musiqiy, video, audio, foto va boshqa axborotlarning to'pamidan tashkil topadi. Elektron ta'lim resurslari ixtiyoriy elektron tashuvchilarda aks etadi, kompyuter ekrani va tarmog'ida nashr etilishi mumkin [1], [2].
Elektron ta'lim resurslari ta'lim jarayonida elektron vositalar hisoblanib, bilimlarning mos ilmiy-amaliy sohasi bo'yicha tizimlashtirilgan, o'quvchilar tomonidan shu sohadagi bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy va faol egallashni ta'minlaydigan elektron nashrdan iborat bo'ladi [3].
Elektron ta'lim resurslari yuqori darajada bajarilishi va badiiy bezalishi, axborotning to'liqligi, uslubiy qurollarning sifati, sifatli texnik bajarilishi, ko'rgazmaliligi, mantiqiyligi va bayon qilish ketma-ketligi bilan ajralib turishi lozim. Elektron ta'lim resurslari vizual va audio axborotlarni keskin sifatini oshiradi, u yoriqroq, rangli va dinamik bo'ladi. Bunda multimedianing yangi texnologiyalarining imkoniyatlari katta o'rin egallaydi. An'anaviy ko'rgazmalilik o'rganilayotgan ob'ektning aniqligini hisobga ogan bo'lsa, kompyuter texnologiyasini foydalanish na faqat haqiqiy ob'ektlarning dinamik imkoniyatlarini ifodalash, balki ilmiy qonuniyatlarni, nazariyalarni, tushunchalarni ifodalash imkoniyatlari yaratiladi [4],
[5].
Elektron ta'lim resurslarning asosiy komponentlari bo'lishi mumkin bo'lgan ta'limga mo'ljallangan kompyuter vositalarining asosiy ko'rinishlari quyidagilardan iborat: umumiy mo'ljallangan xizmat dasturiy vositalar; o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va o'lchash uchun dasturiy vositalar; elektron trenajerlar; matematik va imitatsion modellashtirish uchun dasturiy vositalar; virtual laboratoriyalarning dasturiy vositalari; axborot-izlash ma'lumotnomali tizimlar; avtomatlashtirilgan o'qitish tizimlari; elektron darsliklar; ekspertli va intellektual o'qitish tizimlari; kasbiy faoliyatni avtomatlashtirish tizimlari va boshqalar [6], [7].
Bunda umumiy mo'ljallangan xizmat dasturiy vositalar - ko'plab hisoblashlarni avtomatlashtirish uchun, o'quv hujjatlarni tayyorlash, eksperimental tadqiqot ma'lumotlarini
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
qayta ishlash uchun qo'llaniladi. Ulardan laboratoriya, amaliy mashg'ulotlarini o'tkazishda, mustaqil ishlarni tashkil etishda va loyiha ishlarini amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.
O'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va o'lchash uchun dasturiy vositalar - nisbatan yaratilishi oson bo'lganligidan keng foydalanib kelinayotgan vositalar hisoblanadi. Bunda o'quvchining asosiy vazifasi taqdim etilgan javoblarning birini (to'g'risini) tanlash talab etiladi. Bunday dasturlar o'qituvchini individual nazorat vazifalarini berish, ularni tekshirish va baholash ishlaridan ozod etadi. Bu bilan o'qituvchida o'quvchilarni ko'p marotaba bilimlarini sinash, o'zini-o'zi sinash, o'quv materiallarini takrorlash, mustahkamlash imkoniyatini beradi.
Elektron trenajyorlar - o'quvchilarning amaliy ko'nikma va malakalarini ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Bunday vositalar murakkab sharoitlarda amallar bajarish va hatto tasodifiy vaziyatlarda avariyaga qarshi harakatlarni ishlab chiqishda foydalanish samaralidir. Bir qancha sabablarga ko'ra real qurilmalarni, masalan, energiya ta'minotining o'chishi, katta hafli shuningdek, avariya vaziyatlarini yaratish imkoniyati bo'lgan joylarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari trenajerlar masalalar yechish ko'nikma va malakalarini ishlab chiqaishda foydalaniladi. Bunday hollarda, ular nazariyadan qisqacha ma'lumot olishni, turli darajadagi mustaqil ta'limni, mashq qilishni, nazorat va o'zini-o'zi nazoratini ta'minlaydi.
Matematik va imitatsion modellashtirish uchun dasturiy vositalar - eksperimental va nazariy tadqiqotlarning chegarasini kengaytirish, fizik eksperimentni hisoblash eksperimenti bilan to'ldirish imkoniyatini beradi. Bir hollatlarda tadqiqot ob'ektlari, boshqa holatlarda -o'lchash qurilmalari modellashtiriladi. Bunday vositalar qimmat baho laboratoriya jihozlarini xarid qilib olishning mablag'ini qisqartirishga imkoniyat beradi va o'quv laboratoriya xonalarida turli xavfsizlikni oz bo'lsada ta'minlaydi. Modellashtiruvchi dasturiy vositalar qatoriga aniq bir sinf model ob'ektlar bilan ishlash imkoniyatini ta'minlaydigan predmetga mo'ljallangan dasturiy vositalarni kiritish mumkin. Bunday dasturiy vositalar - o'qituvchi va o'quvchilarga turli-tuman axborotlarni kiritish, saqlash va uzatish uchun mo'ljallangan. Bunday tizimlar qatoriga materialni ierarxik tashkil etish va u yoki bu belgisiga ko'ra axborotni tezkor izlashni ta'minlaydigan turli gipermatnli va gipermedia dasturlarini kiritish mumkin. Shuningdek, ma'lumotlar bazalari keng tarqalib ketdi. Ma'lumotlarni boshqarish tizimlari axborotni izlash va saralashni ta'minlaydi. Ma'lumotlar bazasi o'quv jarayonida o'quv materiallarining mazmunini taqdim etish va uni tahlil qilishda foydalanish mumkin. O'quv ma'lumotlar bazasi o'quvchilarga zarur axbortni izlash va uni tahlil etish bo'yicha mustaqil ishi uchun tavsiya etiladi.
Avtomatlashtirilgan o'qitish tizimlari - odatda o'quvchilarni nazariy materiallar bilan tanishtirish, mashq qilish va bilim darajasini nazorat qilishni ta'minlaydigan nisbatan kichik hajmdagi o'qitish dasturlaridan iborat [8], [9], [10].
Elektron darsliklar - o'quv predmetini yoki uning katta qismini bevosita kompyuter yordamida mustaqil yoki o'qituvchi ishtirokida o'zlashtirish imkoniyatini ta'minlaydigan dastur - uslubiy majmuadir. Boshqacha aytganda, elektron darslik - kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim uslublaridan foydalanishga mo'ljallangan o'qitish vositasi bo'lib, undan mustaqil ta'lim olishda (bu muhim) va o'quv materiallarini har tomonlama samarali o'zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o'quv materiallari o'quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o'rinli foydalaniladi. Elektron darslik tushuncha,
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
ta'kid va misollarni tushunish va xotiraga olishni, talabaning miyasini ishlashini, eshitishini, emotsional xotirasini va hatto, kompyuterli tushuntirishdan foydalanishini ko'zda tutgan holda, maksimal osonlashtirilishi kerak [11].
Elektron darsliklar kompyuter texnologiyalari samaralaridan foydalanib eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish va yodda saqlashni maksimal darajada engillashtiradi. Elektron darslikni ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o'quv materialni bayon etish, amaliyot va teskari aloqa e'tiborga olinishi kerak.
Ekspertli va intellektual o'qitish tizimlari - bunday tizimlar ekspertlarning yetarlicha murakkab masalalrni yechishdagi faoliyatini modellashtiradi. Bu tizmlar yangi bilimlar egallash, o'quvchining savollariga javob va aniq bir predmet sohasidagi masalalarni yechishni ta'minlaydi.
Kasbiy faoliyatni avtomatlashtirish tizimlari - amaliy dasturlar paketi shaklida o'qitishning elektron vositalari nafaqat o'rganish ob'ekti sifatida, balki kasbga yo'naltirilgan masalalarni yechishda ham foydalaniladi. Bu tushunchalar va ularning tavsiflaridan, ko'rsatilgan vositalar o'qitishning elektron vositalari yoki ularning elementlariga misol bo'la olishi ko'rinib turibdi.
Ta'limda qo'llaniladigan har qanday elektron vositalarini yaratishga va ulardan ta'lim tizimida foydalanishga o'ziga xos pedagogik, psixologik va ergonomik talablar qo'yiladi. Elektron ta'lim resurslariga qo'yiladigan ilmiy talab ta'lim resursidan foydalanishda o'quv materialini bayon qilishning ishonchliligi, shunindek eng oxirgi ilmiy yutuqlarni hisobga olinganligini ifodalaydi. O'quv materialini egallash jarayoni zamonaviy ilmiy bilish uslubi, tajriba, taqqoslash, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, aniqlashtirish, induktsiya va deduktsiya, tahlil va sintez, modellashtirish uslubi, tizimli tahlil usubi asosida qurilishini ko'zda tutadi.
Elektron ta'lim resurslariga qo'yiladigan tushunarlilik talabi o'quv materialini o'rganishni nazariy qiyinligi va chuqurligi o'quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlariga mos kelishini ko'zda tutadi. O'quv materialini egallash o'quvchi kuchiga mos ya'ni, juda murakkabligi va yuklanganligi e'tiborga olinishi zarur.
Elektron ta'lim resurslariga qo'yiladigan muammolik talabi o'quv--biluv faoliyat mazmuni va tabiatiga bog'liq bo'lishi lozim. Muammoli vaziyatga duch kelgan o'quvchining aqliy faolligi ko'tariladi.
Elektron ta'lim resurslariga qo'yiladigan ko'rgazmalilik talabi o'rganilayotgan ob'ekt, maket yoki modellarning sezish orqali tushunish va o'quvchilar tomonidan shaxsan kuzatishni ko'zda tutadi.
Elektron ta'lim resurslariga qo'yiladigan o'qitishning tushunarlilik, o'quvchi faoliyatining mustaqilligi va faollashtirish talabi o'quv axborotlarni oxirgi maqsadlar va o'quv faoliyatning masalaalarini aniq tushungan holda o'quv material bilan o'quvchilarning mustaqil harakatlarini ko'zda tutadi. Bunda o'quvchilar uchun o'quv faoliyat yo'naltirilgan mazmun hisoblanadi. Elektron ta'lim resurslari asosida faoliyatli yondashuv yotishi kerak. Shunig uchun, mos axborot ashyolarida o'quvchi faoliyatining aniq modeli ko'rinishi lozim. O'qitishning faolligini ko'tarish uchun elektron ta'lim resurslari turli o'quv vaziyatlarni generatsiya qilishi, turli-tuman savollarni ifodalashi, o'quvchilarga o'qishning u yoki bu traektoriyasini tanlash imkoniyatini berishi, hodisalar borishini boshqarish imkoniyatini berishi lozim.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
Elektron ta'lim resurslaridan foydalanishda o'qitishning tizimliligi va ketma-ketliligi talabi predmet sohasida o'rganiladigan materiallarni egallash ketma-ket bo'lishini ta'minlashdir. Bilim, ko'nikma va malakalar aniq bir tizimda, mantiqiy tartibda shakllanishi lozim.
Elektron vositalarga an'anaviy didaktik talablardan tashqari, elektron ta'lim resurslarini yaratish va ishlab turishiga zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalarni ustunligida foydalanishda kelib chiqadigan maxsus didaktik talablar ham qo'yiladi. Elektron ta'lim resurslariga adaptivlik (moslanuvchanlik) talabi o'quvchilarning individual qobiliyatiga moslashishini ifodalaydi. U o'qitish jarayonini o'quvchining bilim va malakalar darajasiga, psixologik xususiyatlariga moslashishni bildiradi.
Elektron ta'lim resurslarini o'qitishning interfaollik talabi o'quvchilarni o'qish mobaynida elektron ta'lim resurslari bilan muloqotda bo'lishi kerakligini anglatadi. Elektron ta'lim resurslari komponentalari va tizimostilari muloqot va teskari aloqani ta'minlashlari lozim. Muloqot tashkil etishning muhim tarkibiy qismlaridan biri elektron ta'lim resurslari komponetalarini foydalanuvchi harakatiga reaktsiyasidir. Teskari aloqa o'quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va uning harakatlarini to'g'rilaydi, keyingi ishlari bo'yicha tasiyalar beradi, doimiy ravishda ma'lumotnomalarga va tushuntiruvchi axborotlarga kirish imkoniyatini beradi.
Elektron ta'lim resurslari bilan ishlashda o'quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish talabi fikrlash stilini (algoritmik, ko'rgazmali-obrazli, nazariy) shakllantirish, maqbul yechim yoki murakkab vaziyatlarda variativ yechimlar qabul qilish ko'nikmasini, axborot qayta ishlash (ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi, axborot-izlash tizimlarini, ma'lumotlar bazasini va boshqalarni foydalanish orqali) ko'nikmasini shakllantirishni ko'zda tutadi.
Elektron ta'lim resurslari didaktik sikl o'qitishning to'liqlik va uzluksizligini ta'minlash talabi, elektron ta'lim resurslarining diaktik siklning barcha bo'g'inlarini bajarish imkoniyati ishlashning bir seansi doirasida axborot va telekommunikatsion texnika bilan ishlashni amalga oshirish imkoniyatini ifodalaydi.
Elektron ta'lim resurslaridan foydalanishning uslubiy talablari: Texnik tizim va qurilmalarning turli tuman bo'lganligi va ularning ishlashini murakkabligi elektron ta'lim resurslarida o'quv materialini taqdim etish tushanchalar, obrazlar va fikrlashning harakatli komponentalarining o'zaro aloqasi va o'zaro ta'siriga tayangan holda qurilishi lozim. Elektron ta'lim resurslari o'quvchiga ularning bilimlarini predmet ichki abstraktsiyalash darajasini, algoritmik va evristik faoliyatni amalga oshirish uchun etarlicha o'zlashtirish darajasiga ko'tarish maqsadida turli-tuman nazorat qiluvchi mashqli harakatlar imkoniyatini taqdim etishi lozim.
Elektron ta'lim resurslaridan foydalanishning psixologik talabalari: Elektron ta'lim resurslari komponentalarida o'quv materiallarini taqdim etish nafaqat verbal-mantiqiy, balki sensorli-pertseptiv va kognitivli jarayonning taqdim etish darajasiga ham mos bo'lishi kerak. Bu idrok qilish (ko'rish, eshitish, sezish ustunligida), diqqat (uning mustahkamligi, kontsentratsiya, o'tuvchanlik, taqsimlanish va diqqat hajmi), fikrlash (nazariy tushunchaviy, obrazli nazariy, amaliy ko'rgazma-obrazli, amaliy ko'rgazma-harakatli), tasavvur, xotira (oniy, qisqa vaqtli, tezkor, uzoq vaqtli, qisqa vaqtli hotirada axborotni almashtirish hodisasi) kabi psixik bilish xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilishi lozim.
Elektron ta'lim resurslari komponentalarida o'quv materiallarini taqdim etish aniq yoshli kontengentga va o'quvchilarning tayyorgarligiga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Elektron ta'lim resurslari o'quvchilarning bilimlar tizimiga va til bilishini hisobga olgan holda qurilishi kerak.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
O'quv materialini bayon qilish aniq yoshli o'quvchilar kontengentiga tushunarli bo'lishi, lekin juda sodda bo'lishi ham mumkin emas, chunki bu diqqatni pasayishiga olib kelishi mumkin. Elektron ta'lim resurslari obrazli ham, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishiga ham yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Elektron ta'lim resurslaridan foydalanishning ergonomik talabalari: Ergonomika (qadimiy grekcha. spyov — ish va vopo^ — «qonun») — an'anaviy tushunishda -lavozim majburiyatlari, mexnat ishchi o'rinlari, predmet va ob'ektning, shuningdek kompyuter dasturlarining inson organizmining fizik va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishchining eng xavfsiz va samarali mehnatini moslashtirish haqidagi fan [12].
Elektron ta'lim resurslariga ergonomik talablar o'quvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda quriladi va ular o'qishga motivatsiyani ko'tarishni ta'minlaydi, axborotni taqdim etishni belgilaydi. Ergonomik talablar o'quvchiga nisbatan elektron ta'lim resurslarini tashkil etishda va uning do'stona interfeys komponentalarida insonparvarlik munosabatlarini ta'minlash, o'quvchilar tomonidan erkin ketma-ketlikda va ish tempida zarur eslatma va ko'rsatmalarni foydalanish imkoniyatlarini ta'minlaydi va bu bilan o'quvchilar psixikasiga salbiy ta'sir qilmaslikni ta'minlaydi, mashg'ulotlarda yaxshi muhit yaratadi.
Elektron ta'lim resurslarini ishlab chiqishdagi sog'liqni saqlash va ergonomik tabiatidagi talablar kompyuter texnikasida ishlashning gigienik va sanitariya me'yorlariga mos keladi. Elektron ta'lim resurslarini tahlil qilishda video-displeyli terminallar va shaxsiy kompyuterlar bilan ishlashdagi mehnat va dam olish tartiblari katta ahamiyat kasb etadi: Elektron ta'lim resurslari shunday yaratilishi kerakki, u ishlaganda sanitar me'yorlari kompyuternikidan oshib ketmasligi lozim.
Estetik talabalar ergonomik talablar bilan juda bog'liq va ular elektron ta'lim resurslarining vazifalik belgilanishiga estetik rasmiylashtirishni, o'quv muhitining tartiblanganligini, grafik va tasviriy elementlarini mosligini, rang koloritini elektron ta'lim resurslariga mosligini belgilaydi. Elektron ta'lim resurslariga asoslangan electron o'quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurlarini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo'shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashga mo'ljallangan bo'lib, ko'proq chuqurlashtirib o'qitiladigan fanlar bo'yicha yaratilishi lozim. Uzluksiz ta'lim tizimidan fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmuni tez o'zgaruvchan, chuqurlashtirib o'qitiladigan, umumkasbiy va maxsus fanlar bo'yicha asosan kam adadli elektron o'quv adabiyotlari tayyorlanadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni, "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasi.
2. Abduqodirov A.A., Pardaev A.X. Masofali o'qitish nazariyasi va amalieti. Monografiya. T.: Fan. 2009. -146 b.
3. Abduqodirov A.A., Tursunov S.Q. Ta'limda axborot texnologiyalari, Toshkent, 2019. - 340 b.
4. Abduqodirov A.A., Toshtemirov D.E. Ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Monografiya. Guliston: "Universitet", 2019. - 232 b.
5. Abduraximov D.B., Toshtemirov D.E. Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi. O'quv
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
qo'llanma. - Guliston, 2020. - 332 b.
a'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. - Toshkent: Fan, 2007. - 160 b.
7. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. -Toshkent: Iste'dod, 2008. - 180 b.
8. Toshtemirov D.E. Ta'lim portali: yaratish tamoyillari, mazmuni va foydalanish metodikasi. Monografiya. Guliston sh. 2015. - 156 b.
9. Toshtemirov D.E., Niyozov M.B., Yuldashev U.A., Irsaliev F.Sh. Resource support of distance course information educational environment// Journal of Critical Reviews Vol 7, Issue 5, 2020 p. 399-400, http://www.jcreview.com/fulltext/197-1586441254.pdf?1603174386
10. Toshtemirov D.E., Niyozov M.B. Ta'lim jarayonida veb texnologiyalarning o'rni // Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar. 2(46).2020. B.114-120
11. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi. Toshkent: Sharq, 2002. - 20 b.
12. «O'zbekiston milliy entsiklopediyasi», Toshkent, 2003. - 441 b.