Научная статья на тему 'O'QUVCHILARDA KOGNITIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH'

O'QUVCHILARDA KOGNITIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1010
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron vositalar / o'quvchilar / zamonaviy yondashuv / kognitiv kompetentsiyalar / bilish faolligi / ta'lim tizimi / mediata'lim

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Babayeva Xulkaroy Usmonning Qizi

Ta'lim jarayonini takomillashtirishda elektron vositalarni zamonaviy yondashuv asosida ishlab chiqishning pedagogik-psixologik asoslari, mediata'lim resurslaridan foydalanishning nazariy asoslari, kognitiv kompetentsiyalarni shakllantirishning metodik ta'minoti yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILARDA KOGNITIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH»

O'QUVCHILARDA KOGNITIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH

Babayeva Xulkaroy Usmonning qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7930867 Annotatsiya. Ta'lim jarayonini takomillashtirishda elektron vositalarni zamonaviy yondashuv asosida ishlab chiqishning pedagogik-psixologik asoslari, mediata'lim resurslaridan foydalanishning nazariy asoslari, kognitiv kompetentsiyalarni shakllantirishning metodik ta'minoti yoritilgan

Kalit so^zlar: elektron vositalar, o'quvchilar, zamonaviy yondashuv, kognitiv kompetentsiyalar, bilish faolligi, ta'lim tizimi, mediata'lim

Uzluksiz ta'lim tizimiga joriy qilinayotgan innovatsiyalar o'quvchilarda bilim, ko'nikma, malakalar bilan bir qatorda kognitiv kompetentsiyalarni shakllantirish muammosini metodik, pedagogikpsixologik jihatdan tahliliy o'rganish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Mazkur zarurat o'qitish jarayoniga zamonaviy yondashuvni joriy etishning didaktik omillarini aniqlash, metodik tizimni multimediali ta'lim vositalari, pedagogik texnologiya va elektron ta'lim muhitini integratsiyalash orqali takomillashtirishni talab etadi.

Ta'lim jarayonini takomillashtirishda elektron vositalarni zamonaviy yondashuv asosida ishlab chiqishning pedagogik-psixologik asoslari, axborot resurslarini yaratish talablari va tarkibiy strukturasi, multimediali elektron ta'lim resursi mazmuni, foydalanish metodikasi, mediata'lim resurslaridan foydalanish orqali o'quvchilarning kognitiv kompetentsiyalarini shakllantirish metodikasi muhim ahamiyatga ega.

Zamonaviy yondashuvlar asosida ta'lim mazmuniga mos keladigan darslik va o'quv-uslubiy qo'llanmalar, elektronta'lim resurslarini ishlab chiqishga qo'yiladigan didaktik talablar o'rganildi.

Elektron darslik quyidagi talablar asosida ishlab chiqiladi: darslikning davlat ta'lim standartlariga muvofiqligi, taqdim qilinayotgan materialning ilmiy asoslanganligi,

zamonaviy qarashlarga mosligi, nazariy xatolikka yo'l qo'yilmaganligi va mukammal shakllantirilganligi,

matnning to'liqligi, grammatik va orfografik xatolardan xoliligi, darslikning uslubiy ishlab chiqilganlik darajasi,

pedagogik texnologiyalarning qo'llanilganligi, milliy va ma'naviy qadriyatlarga mosligi, bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlarning mavjudligi, nazorat materiallarining (topshiriqlar, mashqlar, jumboq va o'yinlar) ishlab chiqilganligi, statik va dinamik tasvirlar, illyustrativ (foto, video, animatsiya va b.) materiallarning etarliligi,

o'quvchilar yoshining psixologik va pedagogik xususiyatlari hisobga olindi. Elektron darslikning ergonometrik talablarga javob berishi,

rang, shrift, monitor ekrani va shu kabilarga qo'yilgan talablarga mosligi, elektron darslikni komp'yuterga o'rnatishning qulayligi, darslik bilan ishlash va boshqarishning qulayligi va boshqalar.

Elektron darslikda umumiy didaktik va metodik jihatlar ham inobatga olinadi, ya'ni: ta'lim maqsadlarini tahlil qilish asosida mazkur o'quv predmeti mazmuni aniqlanadi; o'quv predmeti axborot tuzilmasi ishlab chiqiladi va u o'quv elementlari tizimi ko'rinishida ifodalanadi;

kompetentsiyaviy yondashuv asosida o'quvchilarning kognitiv kompetentsiyalarini shakllantirish hamda o'quv elementlarini o'zlashtirish darajasi avvaldan tashxislanadi.

Elektron darsliklar matnlarning bir qancha ko'rinishda bo'lishi bilan bosma matnlardan farqlanadi. Bu o'quvchilarning mavzuni samarali o'rganishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Elektron oquv mambaar tarkibiy qismlardan iborat:

1) elektron interfaol darslik;

2) mustaqil ishlash uchun topshiriqlar (mustaqil ish topshiriqlari elektron interfaol doskada ishlash uchun ham mo'ljallangan);

3) mavzularga mos filmlardan lavhalar ;

4) mualliflar haqida.

Bu kabi innovatsion asosga ega bo'lgan ta'limiy texnologiyalar o'quvbilish faoliyatining jadallashuvi va integratsion jarayonlarning vujudga kelishi, mediata'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi.

Mediata'lim resurslaridan foydalanishda o'qituvchi o'quvchilarning quyidagilarni amalga oshirishiga e'tibor qaratishi lozim:

har qanday kontekstda berilgan va turli shakldagi axborot resurslaridan foydalanish; izlanayotgan mediata'lim resurslarining nomi, mavzusi va darslik yo'nalishiga mos kelish yoki kelmasligi, bularga berilgan izoh, tavsif va qo'shimcha didaktik materiallardan foydalana olish kompetentsiyasiga ega bo'lish;

mediata'lim resurslaridan olinayotgan material va manbalar, ya'ni barcha materiallarni darslikdagi mavzular bo'yicha tizimlashtirib foydalanishga o'rganish, berilayotgan verbal tarzdagi (matnli ko'rinishdagi) materiallarni vizual holatga o'tkazish kompetentsiyasini shakllantirish, ya'ni berilgan matn asosida ko'rsatmali manbalar yaratish;

berilayotgan vizual (chizma, surat, rasm ko'rinishidagi) materiallarga ishlov berish kompetentsiyasini shakllantirish; berilgan mediata'lim resursi materiallarini transformatsiya qilish, ya'ni berilgan materiallarning hajmi, mazmuni va shaklini darslik materialiga moslashtirish, qisqartirish yoki o'zgartirish holatlariga e'tiborli bo'lish;

berilayotgan informatsion (axborot) oqimning (yo'nalishlari)ni tahlil etish hamda kommunikatsion maqsadlarini bilish;

mediata'lim resurslaridan olingan materiallarni o'z so'zi bilan aytib berish, asoslash (argumentlash) orqali kommunikativ kompetentliligini shakllantirish.

Agar berilgan mediata'lim axborotlar resursi materiallarini argumentlash qobiliyatiga ega bo'lmasa, o'quvchi hech qachon berilgan resurs materiallarini darslik materiallariga uyg'unlashtira olmaydi.

Mediata'limning bir turi Internet tarmog'idan foydalanishdir.

Internet tarmog'ining ta'lim berish sohasida qo'llanilishi axborot texnologiyalaridan foydalanishning barcha imkoniyatlarini to'liq ochib beradi, sinf -dars tizimida mavjud bo'lgan kamchiliklar bartaraf qilinadi.

Kognitiv kompetentsiyalarni shakllantirishning metodik ta'minoti, zamonaviy texnologiya bosqichlarida virtual laboratoriyalar, o'quv videomuloqot - videokonferentsiyalarni tashkil etish o'qituvchilarning axborot madaniyatini rivojlantirish, o'quvchilarning ta'limiy-dasturiy vositalar bilan ishlash layoqatini shakllantirish imkoniyatini yaratadi.

O'quvchilarda fanga oid (xususiy) kompetentsiyalarni shakllantirish bevosita fanga oid ob'ekt, hodisa va jarayonlarni tushunish, tanish va izohlash, ular ustida kuzatish va tajribalar o'tkazish, o'qitish shakllari (dars, darsdan tashqari mashg'ulotlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar,

ekskursiyalar)ni uzviy tizimlashtirish, o'qitish vositalari va metodlarini o'zaro integratsiyalash, sog'lom turmush tarzi va ekologik bilimlarni egallash orqali amalga oshadi.

Zamonaviy yondashuv asosidagi kompetentsiyaviy ta'limni tashkil etish jarayoni bilan an'anaviy o'qitish jarayonini taqqoslab, kompetentsiyaviy ta'limni joriy etish orqali samarali natijalarga erishish mumkin.

O'qitishda zamonaviy yondashuv asosida o'quvchilarda kognitiv kompetentsiyalarni shakllantirish muammosi bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, pedagogika sohasida yaratilgan metodik qo'llanmalar va tavsiyalar mazmuni bilan nazariy tanishib chiqish asosida amaliy tajriba-sinov ishlarini samarali, maqsadga muvofiq tashkil etish bo'yicha ishlab chiqilgan dastur doirasida olib borilganligi, tajriba-sinov maydonlarida pedagogik sharoitlar mavjudligi, sifat darajasini belgilovchi mezonlarning ishlab chiqilishi olingan natijalarning matematik-statistik tahlili bilan ta'minlanadi.

Zamonaviy yondashuv asosida o'quvchilarning kognitiv kompetentsiyalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyat mazmuni ishlab chiqish lozim.

Bunda:

zamonaviy yondashuvga asoslangan o'qitishning «komp'yuterli ta'lim metodi» raqamli didaktik vosita, avtomatlashgan ta'lim tizimlari, multimedia dasturlari asosida o'quvchilar tomonidan individual imkoniyat doirasida o'zlashtiradigan bilimlarning zamonaviy motivlar bilan qabul qilinishi (interoektsiya), fizika, kimyo, biologiya tabiiy fan sohalarida o'zaro aloqador bo'lgan tabiiy-ilmiy g'oya, qonuniyat va tushunchalar asosida kompetentsiyalarni

tarkib toptirish (sinektika), fanga doir xususiy kompetentsiyalarga asos bo'ladigan tushunchalar ilmiy-kognitiv jihatdan maqsadga muvofiq mantiqiy (kogerentlik) ketma-ketlikda o'zlashtirilishiga zamin yaratadigan elektron axborot-ta'lim resursi ishlab chiqiladi.

o'qitishda o'quvchilarning kognitiv kompetentsiyalarini shakllantirish jarayonida elektron ta'lim resursi zamonaviy texnologiya bosqichlari (motivatsion, maqsadni belgilash, empirik va nazariy modellashtirish, ijodiy, nazorat va baholash) asosida o'quv jarayoniga moslashtirildi va komp'yuterli ilmiy-metodik videokonferentsiyani qo'llash asosida o'qituvchilarning axborot madaniyatini rivojlantirish, o'quvchilarning ta'limiy-dasturiy vositalar bilan ishlash layoqatini integrallashgan testlar vositasida korrektsiyalash orqali takomillashtiriladi.

O'quvchilarda bilim, ko'nikma, malaka, fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirish maqsadida zamonaviy yondashuvlarga asoslangan zamonaviy elektron ta'lim resursidan o'qitishning asosiy shakllari bo'lgan dars, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar tadqiqot davomida tayyorlangan uslubiy qo'llanmada o'z ifodasini topadi.

Elektron ta'lim resurslari bilan o'qitish zamonaviy yondashuvga asoslanib o'quvchilarning kognitiv kompetentsiyalarini shakllantirishni tashkil etish bo'yicha o'tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari tadqiqotning belgilangan maqsad va vazifalariga muvofiqligini tasdiqladi va ta'lim samaradorligini orttirishga imkon yaratadi.

REFERENCES

1. Даниленко В.П. Русская терминология: Опыт лингвистического описания. - М.: Наука, 1977. - c. 246; Espersen O.A. Modern English Grammar. - London, - p. IV.

2. Victoria N. Webster's New World Dictionary / N. Victoria. Third college Edition, 1988. - p. 1048.

3. Нелюбин Л.Л. Толковый переводоведческий словарь / Л.Л. Нелюбин. - М.: Изд-во МПУ "Народный учитель", 2001. - с. 132.

4. Циткина Ф.А. Терминология и перевод // К основам сопоставительного терминоведения. - Львов: 1988. - с. 213.

5. П.П. Тимофеев, М. Н. Алексеев, Т. А. Софиано Англо-русский геологический словарь: Ок. 52 ООО терминов /Под редакцией П. П. Тимофеева и М. Н. Алексеева.— M.: Рус. яз., 1988. - С. - 414

6. Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка. Учебное пособие для вузов / И.В. Арнольд. - 2-е изд., перераб. - М.: Просвещение, 2012. - с. 270.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.