Научная статья на тему 'MAKTABDA BIOLOGIYA DARSLARIDA MASALALAR YECHISH VA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI'

MAKTABDA BIOLOGIYA DARSLARIDA MASALALAR YECHISH VA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

175
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / kreativ / integratsiya / elektron ta'lim / intellektual / kompetentlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulsin Xushmamatovna Qo‘ldashova, Oysara Yandashevna Yulchiyeva

Ushbu maqolada ta'lim jarayoniga innovatsion, axborot yondashuvlarni joriy etish, integrativ yondashuvlar asosida o'quvchilarning zaruriy kompetentsiyalarini shakllantirish yuzasidan amaliy ishlarni amalga oshirish bo'yicha muhim bo'lgan masallar haqida yozilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABDA BIOLOGIYA DARSLARIDA MASALALAR YECHISH VA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI»

MAKTABDA BIOLOGIYA DARSLARIDA MASALALAR YECHISH VA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Gulsin Xushmamatovna Qo'ldashova Oysara Yandashevna Yulchiyeva

Toshkent stamatologiya instituti akademik litseyi o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayoniga innovatsion, axborot yondashuvlarni joriy etish, integrativ yondashuvlar asosida o'quvchilarning zaruriy kompetentsiyalarini shakllantirish yuzasidan amaliy ishlarni amalga oshirish bo'yicha muhim bo'lgan masallar haqida yozilgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, kreativ, integratsiya, elektron ta'lim, intellektual, kompetentlik.

KIRISH

Ta'lim tizimida ta'limni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlariga moslashtirish, tayanch va fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirish, bilim olishning intellektual tizimidan foydalanishga tayyorlash va kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish muhim yo'nalish sifatida qaralmoqda. Ta'lim jarayoniga innovatsion, axborot yondashuvlarni joriy etish, elektron ta'limni rivojlantirish, elektron manbalar, resurslar safini kengaytirish, aralash ta'lim imkoniyatlaridan foydalanish, integrativ yondashuv asosida o'quvchilarning zaruriy kompetentsiyalarini shakllantirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. [1]

Jahonda ta'limning globallashuv sharoitida o'qitishning elektron ta'lim resurslari bilan boyitish, ijtimoiy talablarga moslashtirish zaminida o'quvchilarni mustaqil faoliyatini tashkil etish, kompetentsiyaviy yondashuvni amalga oshirish, zamonaviy kasbiy faoliyat sohalariga tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari ta'lim tizimidagi ilg'or tajribalarni o'rganish uzluksiz biologik ta'lim jarayoniga kompetentsiyali yondashuvni tatbiq etish zarurligini ko'rsatdi. [2]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Integrativ yondashuv asosida o'quvchilarning tayanch kompetentsiyalarini shakllantirishni xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq integratsiyalash, jahon amaliyotiga asoslangan ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali

va fanga oid

November, 2022

401

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022

ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

integrativ texnologiyalar vositasida takomillashtirish masalalarining ilmiy yechimiga qaratilgan. Zamonaviy rivojlangan jamiyatga ilmli, ma'naviyatli, bar qaror rivojlanish talablariga javob beradigan, respublikamiz kelajagi uchun qayg'uradigan intellektual yetuk avlodlarni yetkazish zarur.[3]

Ta'lim tizimidagi bugungi ijtimoiy talablar axborotlashtirish jar ayonlarini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Maktab ta'limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan elektron ta'lim resurslarini takomillashtirish, o'quvchilarning elektron manbalar bilan faol muloqot ini ta'minlash, mustaqil ta'limni amalga oshirish va o'z - o'zini baholash, zaruriy ma'lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur nuqtai nazardan ta'lim sifati ko'rsatkichlaridan biri kompetentlik hisoblanadi. Kompetentlik faqatgina bilim va ko'nikmalar yig'indisi bo'libgina qolmay, o'quvchilarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va aniq vaziyatlarda tajribada qo'llay olishi bilan tavsiflanadi. Bundan ta'limning asosiy vazifasi kelib chiqadi: o'quvchilarni topshiriqlarni yechish faoliyatiga va hayot faoliyati doirasida turli muammolarni hal etishga o'rgatish.[4]

Biologik ta'lim mazmunini tanlash va metodik ta'minotini yaratishda o'quvchilarning qiziqishlarini orttirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, axloqiy, g'oyaviy-siyosiy, ekologik muammolarni hal etish, didaktik jihatdan qayta ishlangan o'zida o'quvchilarning avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llash, o'zlarining hayotiy tajribalari, kuzatishlari yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarishga imkon beradigan o'quv topshiriqlari bo'lishiga e'tibor qaratish lozim. Biologiya fanidan DTStalablari asosida tayyorlangan 9 - sinf dasturida har bob tugaganda mavzular kesimida amaliyotga yo'naltirilgan (kompetentlikka) va fanlararo bog'liqlikka doir masalalar (mantiqiy) yechishga katta e'tibor qaratilgan.

Bir so'z bilan aytganda bu jarayonda o'quvchilarga bilimlar tayyor holda uzatilmaydi, balki muammo tarzida qo'yiladi, o'quvchilar qo'yilgan muammoni o'zlari mustaqil yechadilar. O'quv topshiriqlarini mukammal bajarishga yo'llash ularning bilish faoliyatini faollashtirish hamda kompitentligini rivojlantirish imkonini beradi.[5-6]

O'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda ta'limga faol va interfaol yondashilishi kerak. Passiv yondashuvda o'qituvchi mavzuni bayon etadi. O'quvchi ularni tinglaydi va tegishli qismlarini yozib oladi. Uy vazifalarini qo'llanma, darsliklardan o'qib o'rganadi. Bu jarayonda o'quvchi bilan o'qituvchi orasida bir tomonlama aloqa o'rnatiladi. O'quvchi o'zdarajasida, ya'ni qobiliyati, qiziqishi, istagi, xohishi darajasida

November, 2022

402

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

o'zlashtiradi. Unda ta'lim mazmunini o'zlashtirish kafolatlanmaydi. O'quvchilarda kompetensiyalar o'qituvchi tomonidan tayyor aytib berilgan ma'lumotlar bilan shakllanmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJAR

O'qituvchi ta'lim mazmunini bayon etish uchun bor kuchini, mahoratini ishga solib dalil, ko'rgazmali qurol, didaktik tarqatma materiallar yordamida tushuntirishga harakat qiladi. O'qituvchi o'quvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashadi, ijodiy ishlar, amaliy topshiriqlar beradi. O'quvchilar uy ishlarini mustaqil ishlash, takrorlash orqali bajaradilar.[1] Bu jarayonda o'quvchi bilan o'qituvchi orasida ikki tomonlama aloqa o'rnatiladi. Ta'lim mazmunini birmuncha o'zlashtirishga erishiladi. Bunday yondashuvda o'quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarning elementlari to'liq bo'lmasada, shakllanadi. Bunday deyilishiga sabab shuki, kommunikativ kompetensiyaning "kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida guruh a'zolarining javoblarini tinglay olish", "hayvonlar haqidagi ma'lumotlarni o'z o'rtog'iga tushuntirish" yoki ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining "tirik organizmlarning o'ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o'zidankichik bo'lgan yoshlarga o'rgatish jarayonida faol ishtirok etishi", milliy va umumadaniy kompetensiyaning "insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, sahiylik, o'zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi" kabi elementlari shakllanishi o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati tashkil etilgandagina amalga oshadi. Faol yondashuv esa o'qituvchi va yakka holdagi o'quvchining muloqoti ko'rinishida bo'ladi.[7]

O'quvchilarning o'zaro fikr almashishlariga imkon beriladi: yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar, vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Bir-birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Ta'lim mazmunini to'la o'zlashtirishga erishiladi. Interfaol yondashuv o'quvchilarda kompetensiyalarning to'liq shakllanishiga imkon beradi. [8]

Kompetensiyalarni shakllantirishda qo'llaniladigan ko'pgina usul, metod va texnologiyalar mavjud. Ulardan yuqori samara beradigan metodlar, texnologiyalardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Loyihalash metodi o'quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'ladigan o'qitish tizimidir. Ta'lim oluvchilar muammoli masalalar bilan bog'liq loyihalarni bajaradilar.

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XULOSA

Xulosa qilsak, o'qituvchi ta'lim jarayonida o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda, avvalo, mavzu mazmunidan kelib chiqib, biologiya fanining o'quv dasturi keltirilgan qaysi kompetensiyalarning elementlarini shakllantirishini belgilaydi, so'ng shu kompetensiyalar elementlarini shakllantirishda eng samarali natija beradigan pedagogik texnologiyalardan birini maqsadli ravishda tanlaydi . [9]

REFERENCES

1. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Biologiya ta'limi texnologiyalari. Metodik qo'llanma "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent, 2002.

2. Abdushukurov A. K., To'rayeva H.T Talabalarga spirtlar mavzusini klaster usulda olib borish jarayonini o'rganish. "Pedagogik mahorat" ilmiy jurnal. Buxoro №3.

3. Shaxmurova G.A., Azimov I.T., Raxmatov U.E. Biologiyadan masala va mashqlar yechish. O'quv qo'llanma.

4. Zunnunova A, Avliyoqulov A. Pedagogik tadqiqot usullari. -T.: 2002 yil.

5. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta'limda innovatsion tâxnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). -T.: Iste'dod, 2008-yil, 180-b.

6. Tolipova J.O. Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun darslik. Toshkent, 2014.

7. To'rayeva H.T. Oliy o'quv yurtlarida kredit modul tizimini klaster usulida olib boorish. "Tafakkur ziyosi" ilmiy jurnal.Jizzah №2. 06. 2022

8. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Biologiya ta'limi texnologiyalari. Metodik qo'llanma "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent, 2002.

9. Bozorov E.B., Musurmonova O.A. O'qituvchi ijodkorligi davr talabi.-T.:O'qituvchi.1991. 5. Yo'ldoshâv J.G'., Usmonov S.A. Pädagogik tâonologiya asoslari.-T, 2001

06.2022.

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.