Научная статья на тему 'XALQARO BAHOLASHDA O’QUVCHILARNING FIZIKA VA KIMYO FANLARIDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH'

XALQARO BAHOLASHDA O’QUVCHILARNING FIZIKA VA KIMYO FANLARIDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1170
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO BAHOLASHDA O’QUVCHILARNING FIZIKA VA KIMYO FANLARIDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

XALQARO BAHOLASHDA O'QUVCHILARNING FIZIKA VA KIMYO FANLARIDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH

D. Q. Turdiyeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Xalqaro ta'lim

tadqiqotlari" kafedrasi o'qituvchisi

Pisa tadqiqotining tabiiy-ilmiy fanlar yo'nalishida o'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi baholanadi.

Tabiiy-ilmiy savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid tushunchalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog'liq muammoli vaziyatlarni hal qila olishi tushuniladi.

Tabiiy-ilmiy savodxon bo'lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan bo'ladi [1]:

• Hodisalarni ilmiy j ihatdan tushuntirish;

• Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash;

• Ma'lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish;

Pisa tadqiqotida muntazam ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan Singapur davlatida tabiiy yo'nalishdagi fanlarni o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarnng tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish etib belgilangan. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarining ko'nikmalarini tarkib toptirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalari bir qator ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Jumladan, hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasiga quyidagi ko'nikmalar kiradi:

• Tabiiy yo'nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish;

• Izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish;

• Tegishli pragnozlar qilish va asoslash;

• Izohlovchi farazlarni taklif etish;

• Ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish;

Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasiga oid ko'nikmalar quyidagilardir:

• Berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash;

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

• Ma'lumotlaming ob'yektivligi va ishonchliligini ta'minlashda olimlar ;tomonidan qo'llniladigan usullarni tavsiflash va baholash;

• Ilmiy tadqiq etilishi mumkin o'lgan savollarni farqlash;

• Berilgan muammoni ilmiy tadqiq qilish usulini taklif etish;

• Berilgan ilmiy tadqiqotda o'rganilayotgan muammoni aniqlash; Ma'lumotlani va dalilarni ilmiy talqin qilish kompetensiyaga oid ko'nikmalar quyidagicha:

• malumotlarni tahlil va talqin qilsh hamda tegishli xulosalar chiqarish;

• ma'lum bir ko'rinishdagi ma'lumotlarni boshqa ko'rinishda ifodalash;

• ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo'lmagan qarashlardan farqlay olish;

• ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash;

• turli manbalar(masalan,gazeta jurnal,internet) dan olingan ilmiy mulohazava dalillarni baholash .

• O'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish uchun quyidagi bilimlar zarur:

• Fizik sistemalar (fizika va kimyo fanlari), tirik sistemalar (biologiya fani), yer va fazo sistemalari (geografiya, geologiya, astronomiya)ga oid fanlarining mazmunini bilish;

• Ilmiy ma'lumot (bilim)lar olish uchun qo'llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari,shuningdek ,standart tadqiqot jarayonlarini bilishga doir metodologik bilimlar;

• Epistemik bilimlar,ya'ni bizning ilmiy tasavvurlarimiz ilmiy tadqiqot metodlari imkoniyatlarini tushunishimiz natijasi ekani, shuningdek ,faraz, gipoteza va kuzatish kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini bilish.

PISA topshiriqlarida ifodalangan real, hayotiy muammoli vaziyatlar mansub bo'lgan mavzu sohasi (kontekst) quyidagilarni qamrab oladi.: salomatlik, tabiiy resurslar, atrof-muhit, xavf-xatar, ilm-fan va texnologiya sohasidagi yangi bilimlar. O'z navbatida, kontekstlar uchta darajada bo'ladi: shaxsiy , mahalliy/milliy, global. Shaxsiy darajadagi kontekslar o'quvchi , uning oilasi, o'rtoqlari bilan bog'liq muammoli vaziyatlarni aks ettirsa, mahalliy/milliy darajadagi kontekstlar biror mamlakat, hududga aloqador bo'ladi.

Shuningdek, o'quvchilarning tabiiy fanlarga nisbatan munosabati (tabiiy fanlarga qiziqishi, tadqiq etilayotgan masalaga ilmiy yondashuv, atrof-muhit bilan bog'lq

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

masalalardan xabardorlik) ularda tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirishda muhim sanaladi [2].

O'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonligi kompetensiyalarni shakllantirishda ta'limga faol va interfaol yondashilishi kerak. Passiv yondashuvda o'qituvchi mavzuni bayon etadi. O'quvchi ularni tinglaydi va tegishli qismlarini yozib oladi. Uy vazifalarini qo'llanma, darsliklardan o'qib o'rganadi. Bu jarayonda o'quvchi bilan o'qituvchi orasida bir tomonlama aloqa o'rnatiladi. O'quvchi o'z darajasida, ya'ni qobiliyati, qiziqishi, istagi, xohishi darajasida o'zlashtiradi. Unda ta'lim mazmunini o'zlashtirish kafolatlanmaydi. O'quvchilarda kompetensiyalar o'qituvchi tomonidan tayyor aytib berilgan ma'lumotlar bilan shakllanmaydi [3].

Faol yondashuv. O'qituvchi ta'lim mazmunini bayon etish uchun bor kuchini, mahoratini ishga solib dalil, ko'rgazmali qurol, didaktik tarqatma materiallar yordamida tushuntirishga harakat qiladi. O'qituvchi o'quvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashadi, ijodiy ishlar, amaliy topshiriqlar beradi. O'quvchilar uy ishlarini mustaqil ishlash, takrorlash orqali bajaradilar. Bu jarayonda o'q uvchi bilan o'qituvchi orasida ikki tomonlama aloqa o'rnatiladi. Ta'lim mazmunini birmuncha o'zlashtirishga erishiladi. Bunday yondashuvda o'quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarning elementlari to'liq bo'lmasada, shakllanadi. Bunday deyilishiga sabab shuki, kommunikativ kompetensiyaning "kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida guruh a'zolarining javoblarini tinglay olish", "elementlar haqidagi ma'lumotlarni o'z o'rtog'iga tushuntirish" yoki ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining "fizik sistemalarga oid o'ziga xos jihatlarini bilishi, ularning asosiy jihatlarini, tomonlarini o'zidan kichik bo'lgan yoshlarga o'rgatish jarayonida faol ishtirok etishi", milliy va umumadaniy kompetensiyaning "insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, sahiylik, o'zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi" kabi elementlari shakllanishi o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati tashkil etilgandagina amalga oshadi. Faol yondashuv esa o'qituvchi va yakka holdagi o'quvchining muloqoti ko'rinishida bo'ladi [4].

Interfaol yondashuv. O'quvchilarning o'zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi: yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar, vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Bir-birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Ta'lim mazmunini to'la o'zlashtirishga erishiladi. Interfaol yondashuv o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishga to'liq imkon beradi.

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

REFERENCES

1. O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan axborotnoma

1.//Toshkent 2020-yil// "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa bo'limi

2. O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan axborotnoma 2//Toshkent 2020-yil// "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa bo'limi

3. B.Ziyomuhamedov "Pedagogik texnologiyaning o'zbek innovatsion modeli asosida o'quv mashg'ulotlarini loyihalash metodikasi" Toshkent 2014 yil

4. H.T.Omonov, N.X.Xojyev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat" Toshkent iqtisod-moliya 2009

5. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлонова. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE. Academic research in educational sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.

6. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.

7. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-13852021- 00193. Стр. 265- 273.

8. А.В. Кабулов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham jAmIYET. Стр. 6-8

9. АЖ Сейтов, БР Ханимкулов, М Гаипов, О Хамидуллаева, НК Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 197 www.ares.uz

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

10. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хосил булишига атмосфера ёгинлари ва хаво хароратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.

11. A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 1679016797.

12. A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 1717717185.

13. Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами. Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.

14. Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической конференции «Инновационные идеи в разработке информационно-коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.

15. Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131.

16. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.

17. А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.

18. Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series:

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 198 www.ares.uz

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810.

19. А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.

20. Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)

21. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.