Научная статья на тему 'YADRO FIZIKASIDA TABIIY FANLAR BO‘YICHA FANLARARO INTEGRATSIYASINI AYRIM JIHATLARI'

YADRO FIZIKASIDA TABIIY FANLAR BO‘YICHA FANLARARO INTEGRATSIYASINI AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

231
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YADRO FIZIKASIDA TABIIY FANLAR BO‘YICHA FANLARARO INTEGRATSIYASINI AYRIM JIHATLARI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

YADRO FIZIKASIDA TABIIY FANLAR BO'YICHA FANLARARO INTEGRATSIYASINIAYRIM JIHATLARI

R. V. Qosimjonov

Qo'qon davlat pedagogika instituti, Qo'qon, O'zbekiston r.qosimjonov88@mail.ru

Har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta'minlaydigan yosh avlodning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishi hal qiluvchi o'rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko'lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.

Agar tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo'lganini ko'ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo'lmaydi.

Fizika bo'yicha Ahmad Farg'oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi tashkil etiladi. Shuningdek, fizika yo'nalishida ilmiy izlanishlar ko'lami va sifatini oshirish, yosh olimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Hozirgi davrda ta'lim va tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Buni keyingi yillarda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish borasida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ko'plab farmonlar va qarorlarda ko'rishimiz mumkin [1].

Tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, ular o'rtasida integrallashgan fanlarning vujudga kelishi, uzluksiz ta'lim tizimi turli bosqichlarida o'qitiladigan fizika o'quv fani mazmunini ham integrativ takomillashtirishni taqozo etmoqda. Fizika fanini o'qitishda fanlarning o'zaro aloqadorligi, ya'ni fanlararo aloqadorlik printsipi natijasida bir toifa bilimlarning ikkinchi guruh bilimlarga qo'shilishi sodir bo'ladi. Bunday hamkorlik alohida fanlarning o'z taraqqiyot darajasiga bog'liq bo'ladi va bir-birini taqazo qiluvchi ikki jarayon - differensatsiya va integratsiya hodisalarining tabiiy-ilmiy bilimlar tizimida beto'xtov kechishi tufayli yuzaga chiqadi. Masalan, fizika bilan kimyoning orasida keskin chegara emas, balki oraliq bo'g'in bo'lib, aynan shu bo'g'inda ularning aloqadorligi kuzatiladi. Atom, elektron va elementar zarrachalar fizika va kimyo uchun bir xil o'rganish ob'ekti bo'lib xizmat qiladi. Shu

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

sababli bu fanlar orasiga qat'iy chegara tortib bo'lmaydi. Xulosa qilib aytganda ushbu fanlarda mavjud metodologik muammolarga to'g'ri yechim topish asosiy muammodir.

Radioaktivlik va elementar zarrachalar (masalan, elektron) moddaning kimyoviy emas, balki fizikaviy o'zgarishlari bilan bog'liq ekanligi aniqlangach, modda va uning o'zgarishlari haqidagi tasavvurlarda burilish yasaldi. Fizikadagi kashfiyotlar materiyaning ikki asosiy ko'rinishida - modda va maydon ko'rinishida mavjudligini isbotladi. Modda ko'rinishidagi materiya tinchlikdagi massasiga ega bo'lib, bular jumlasiga proton, neytron, elektron va pozitronlarni, ulardan tashkil topgan atom va molekulalarni kiritish mumkin. Molekulalardan tarkib topgan makroskopik jismlar hozirgi zamon fani bergan ma'lumotlarga qaraganda har xil agregat holatda bo'lishlari mumkin: gaz, suyuq, qattiq va plazma. Materiyaning maydon ko'rinishi modda ko'rinishidan harakatdagi massaga ega bo'lishi va yorug'lik tezligiga yaqin tezlikbilan harakat qilishi orqali farq qiladi. Kuchli maydon (yadro maydoni), elektromagnit maydon, kuchsiz maydon, gravitatsion maydon -bular materiyaning maydon ko'rinishidir. Demak, kimyo ham, fizika ham moddaning o'zgarishlarini o'rganadi. Biroq, yuqorida ta'kidlab o'tganimizday, moddaning fizik va kimyoviy turlari farq qilinadi. Bu moddadagi sifat o'zgarishlarning ko'lami bilan o'lchanadi. Yadro yoki subatom fizikasi atomlarning parchalanishida elementlarning o'zgarishlarini o'rganadi.

Atomning kvant modeli davriy qonunning mazmunini tushuntirgan bo'lsa (fizikaning kimyoga yordami), kimyo fanining rivojlanishi davomida atom -molekulyar ta'limot va davriy qonun kabi bo'limlarga tegishli ma'lumotlar atomining murakkab tuzilishi haqidagi zamonaviy ta'limot uchun g'oyaviy va eksperimental asos vazifasini o'tadi (kimyoning fizikaga yordami). Umuman, moddiy dunyoning mikrostukturasini bilib olish fizika va kimyoning samarali hamkorligi tufayli mumkin bo'ldi. Shu bilan birga, kimyoning fizikadagi miqyosi (fizikaviy kimyo va kimyoviy fizika) ham keskin ortib ketdi. Yadro kimyosi, elementar zarrachalar kimyosi shunday yangi yo'nalishlardir.

Atom yadrosi va atomlarni o'rganish bilan fiziklar ham kimyogarlar ham bir vaqtda shug'ullanmoqdalar. Bunda har ikkala fanning yutuqlari ularning bir - birini to'ldirmoqda. Moddalar molekulasining tarkibi va tuzilishiga bog'liq holda ularning fizik - kimyoviy xossalarini o'rganish keng quloch yoymoqda.

Fanlarning o'zaro hamkorligi va integratsiyasi umumiy ob'ektiv jarayon bo'lib, jonli va jonsiz tabiatdagi o'zgarishlarning tugal manzarasini yaratishga xizmat qiladi. Tabiat haqidagi fanlarning maktabda joriy etilgan o'quv fanlari - tabiatshunoslik,

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

biologiya, tabiiy geografiya, fizika, kimyo, astronomiya va boshqalar ilmiy faktlar, tushunchalar, qonunlar, nazariya va uslublardan iborat tabiiy-ilmiy ta'lim tizimini shakllantiradi. Fanlarning integratsiyasi evaziga shakllangan va oliy ta'lim tizimi tarkibiga kiruvchi o'quv fanilari (biologik kimyo, fizikaviy kimyo, astrofizika va boshqalar) ning dasturida bevosita, tabiiy fanlar ruknidagi boshqa o'quv fanlarida bevosita yo'l bilan fanlararo aloqa amalga oshiriladi. Fanlararo aloqa - tabiatda mavjud bo'lgan ob'ektiv dialektik bog'lanishlarning fanlar yordamida o'rganilgan qismining o'quv fanlarida aks etishidir. Shu boisdan uni fanlararo aloqaning bir ko'rinishi deb ham hisoblash mumkin. O'quv jarayonida turli tarzdagi fanlararo aloqani amalga oshirishning uslubiyotiga oid tadqiqotlar va turli tavsiyalar yaratish zamon talabi darajasida davom etmoqda. Fizikani o'qitish jarayonida uning kimyo, biologiya, astronomiya, geografiya, tabiatshunoslik, matematika, boshlang'ich harbiy ta'lim, ekologiya kabi o'quv fanlari bilan aloqasini amalga oshirish yo'llari ko'rsatilgan. Fanlararo aloqa mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari himoya qilingan va uni amalga oshirishning umumiy masalalari ham atroflicha yoritilgan.

Fanlararo aloqaning mezonlari xilma-xil bo'lib, ulardan eng asosiysi vaqt (xronologik) mezonidir. O'qitilayotgan fan uchun oldinroq amalga oshiriladigan, joriy va istiqbolli aloqalar bo'lishi mumkin. Axborot berish mezoni faktlar, tushinchalar va nazariyalar bilan belgilanadi. Fanlar orasidagi munosabat kabi fanlararo aloqada ham o'quv fanlari bir-birini boyitib va to'ldiribboradi. Fizika bilan kimyoda amal qiladigan umumiy qonunlar - modda massasining saqlanish qonuni va davriy qonun, terminologiya, bir xil o'lchov usuli va umumiy foydalaniladigan tushunchalarning mavjudligi bu ikki o'quv fanini chambarchas bog'laydi.

Fizika bilan boshqa o'quv fanlari orasidagi fanlararo aloqaning bosh maqsadi -talabalar ongida Olamning yaxlit zamonaviy ilmiy manzarasini yaratishdir. Biroq bunday tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirishga ikkita asosiy to'siq halaqit beradi:

1) talabalarning barcha o'quv fanlaridan bilim darajasi bir xilda yuqori bo'lmasligi;

2) fan o'qituvchisining tor doirada fikrlashi, o'z sohasidan boshqa ilm manbalaridan bexabarligi (yoki kam xabardorligi).

O'qituvchi shaxsi maktabda, umuman, o'quv jarayonida bosh ob'ekt ekanligi azaldan ma'lum. Lekin bugungi kun o'qituvchisi juda ko'p sohalardan boxabar, zamonaviy fan asoslarini yaxshi biladigan, tom ma'nodagi olim-o'qituvchi bo'lishi talab etiladi. Fanlararo aloqagina emas, balki maktabning barcha hayoti, maorif usulining bosh bo'g'inidagi asosiy maqsadning amalga oshirilishi, umuman, ta'lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyati sifatli o'qituvchi tayyorlash ishiga bog'lanadi. Shu boisdan ham fanlararo aloqadorlik printsipi ta'lim tizimining ilmiy, ilmiy-uslubiy

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

tomonlariga va hattoki ijtimoiy hayotiga ham dahldordir.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida predmetlararo aloqaning ikki jihati muhimdir:

1) bunday aloqalar talabalarni o'qitish samaradorligini oshiruvchi omillardan biri sifatida yuzaga keladi;

2) oliy ta'limning yo'nalishini kuchaytirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Zamonaviy fizikaning bor qudrati molekulyar biologiya, kosmikkimyo, biologikkimyo kabi chegaradosh fanlarning ravnaqida namoyon bo'lmoqda. Biroq ularning safida fizikkimyo fizika va kimyo fanlarining har taraflama va chuqur qovushishiga yaqqol misol bo'lib qolaveradi. Masalan, fizikadagi bir nechta saqlanish qonunlari (energiyaning saqlanish qonuni, impuls momentining saqlanish qonuni, massa sonining saqlanish qonuni va barion zaryadining saqlanish qonuni) kimyo fanida ham amal qiladi. Fizikada yadroviy reaksiyalarda massa sonining saqlanishi, barion zaryadining saqlanishi va reaksiya natijasida qanday energiya ajralib chiqishi o'rganilsa, kimyoda esa reaksiya natijasida qanday elementlar reaksiyaga kirishib ulardan yana qanday elementlar hosil bo'lishi o'rganiladi. Misol uchun quyidagi yadroreaksiyalarni ko'rib o'taylik:

ЦА1 + in= UNa + 2He, 147N + \He = 1780 + \H, \Be + A2He = 126C + 0n. Bu yadroviy reaksiyalarda fizika nuqtai-nazaridan energiya, impuls, impuls moment, massa soni barion zaryadi va izotop spin saqlanish qonunlari amal qilishi o'rganilsa, kimyoviy nuqtai- nazardan massa soni saqlanishi va bu reaksiyalar natijasida boshqa bir elementlar hosil bo'lishi o'rganiladi.

Shunday qilib, yadro fizikasidan amaliy mashg'ulotlarda yadroviy jarayonlar bo'yicha masalalar yechishda bu jarayonlarning kimyodagi jarayonlar bilan o'xshashligini eslatib, ularni qiyosiy tahlil qilish Yadro fizikasi bo'limining talabalar tomonidan samarali o'zlashtirilishiga xizmat qilishi shubhasiz.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyayev. Oliy majlisga murojaatnoma. Toshkent - 2020 yil 29-dekabr.

2. Омонов Х,.Т., Мирвохддова М.Н. Кимё методологияси ва методикасининг баъзи муаммолари.// - Тошкент, ТДПУ, 2002. -52 б.

3. Mo'minov T.M., Xoliqulov A.B., Xushmurotov Sh.X. Atom yadrosi va zarralar fizikasi. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009, -296 b.

4. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлонова. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE. Academic research in educational

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.

5. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.

6. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-13852021- 00193. Стр. 265- 273.

7. А.В. Кабулов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. Стр. 6-8

8. АЖ Сейтов, БР Ханимкулов, М Гаипов, О Хамидуллаева, НК Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.

9. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хрсил булишига атмосфера ёгинлари ва хдво хдроратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.

10.A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 1679016797.

11.A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 1717717185.

12.Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами.

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.

13.Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической конференции «Инновационные идеи в разработке информационно -коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.

14.Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131. 14. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.

15.А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.

16.Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 160 www.ares.uz

17.А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.

18.Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)

19.А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.