Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023
ZAMONAVIY DARSLIKLAR VA ULARNING OLDIGA QO'YILGAN
TALABLAR
Xaydarova Dilnoza Mamatqulovna
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institute O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "Ta'lim -tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo 'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko'ra "Maktabgacha, umumiy o'rta, professional va oliy ta 'lim o'quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta'minlash" vazifasi belgilangan.Qaror ijrosiga binoan adabiyot fani bo'yicha O 'zbekston Respublikasi "Uzluksiz ta 'lim dasturlari" majmuasi tasdiqlanib fanning kelgusidagi maqsad va vazifalari belgilandi.
Avvalo shuni ta^kidlash joizki, adabiyot ta'limi o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, unda ezgu ma'naviy sifat va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Buning uchun maktab o 'quvchilarini milliy va jahon madaniyatining eng sara asarlari bilan tanishtirish orqali ularda badiiy asar qahramonlaridagi turli ma'naviy-axloqiy sifatlarlarga faol hamda asosli mantiqiy va hissiy munosabat uyg'otish lozim bo'ladi. Ushbu maqolada zamonaviy darsliklar va ularning oldiga qo'yilgan talablar, bugungi kun adabiyot fani darsliklari qanday talablar asosida yaratilayotganligi haqida, bugungi kun adabiy ta'limining asoslari maqsad, vazifa hamda mazmuni haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar : zamonaviy ta'lim, adabiy ta'lim, badiiy adabiyot, ko'nikma, shaxslik sifati, uzviylik, uzluksizlik, didaktik talablar, ilmiy-metodik talablar, pedagogik-psixologik talablar, estetik talablar, gigienik talablar.
ABSTRACT
According to paragraph 4 of the annex to the decision of the President of the Republic of Uzbekistan No. PQ-4884 of November 6, 2020 "On additional measures to further improve the education system", "Pre-school, "The task of ensuring the continuity of general secondary, professional and higher education curricula and subjects" tasks were defined.
First of all, it is worth noting that literature education is of particular importance in educating students as well-rounded individuals, in developing good moral qualities and creative abilities. For this, by introducing schoolchildren to the best works of national and world culture, it is necessary to arouse in them an active and justified logical and emotional attitude to various spiritual and moral qualities of
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
the heroes of the artistic work. This article talks about modern textbooks and their requirements, what kind of requirements textbooks of literary science are created today, the basics of today's literary education, goals, tasks and content.
Key words: modern education, literary education, fiction, skills, personality quality, coherence, continuity, didactic requirements, scientific-methodical requirements, pedagogical-psychological requirements, aesthetic requirements, hygienic requirements.
Adabiyot bu - millatning ma'naviy qiyofasi va ruhiy qudratining ifodasi, ma'rifiy takomil, milliy til imkoniyatlarini namoyon qiladigan va uning boyliklarini saqlab qoladigan va boyitadigan vositadir. Badiiy adabiyot estetik va ma'naviy ta'sir orqali o'quvchilarda odamiylik, halollik, vatanparvarlik fazilatlarini shakllantiradi, ularning shaxsiyatiga tarixiy xotira, o'z xalqi va butun insoniyatga daxldorlik tuyg'ularini singdiradi.
Adabiyotni o'qitish o'quvchilarda bilish, kommunikativ, go'zallik va ezgulikni his etish, undan zavqlanish va yomonlikdan nafratlanish ko'nikmalarini tarbiyalaydi. Bu hol umumta'lim o'quvchilarida to'la ma'nodagi shaxslik sifatlari shakllanishiga olib keladi.
Adabiyot fanida adabiy ta'limning uzviyligi va uzluksizligi muhim sifat hisoblanib uning natijasi o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida go'zalikka bo'lgan ijobiy va ijodiy munosabatni shakllantiradi ,ularga: badiiy asarga - kitobga bo'lgan mehr va muhabbatni o'stiradi, bularning zamiri esa undagi badiiy-estetik didni takomillashtiradi.
Shuningdek, adabiyot inson ma'naviy dunyosini shakllantirish va axloqiy qiyofasini tarkib topdirishning eng samarali vositasidir. Turli davrlarda turli ijodkorlar tomonidan yaratilgan sara badiiy asarlar "Adabiyot" o'quv predmetining o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida adabiyot o'qitishdan bosh maqsad sog'lom e'tiqodli, keng dunyoqarashli, nozik didli, o'zga inson tuyg'ularini his qiladigan, o'z xatti-harakatlarini asoslay oladigan, mustaqil fikrga va keng dunyoqarashga ega shaxsning ma'naviy dunyosini shakllantirishdan iborat.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi zamonaviy talimda adabiyot fani o'quvchilarni milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini mustaqil tushunish va tahlil qilishga o'rgatadi hamda shu orqali o'quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini va o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
shakllantirish, ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko'nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish, olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bugungi zamonaviy talimda "Adabiyot" darsliklarining har bir sinf o'quvchilarida muayyan ma'naviy sifatlarni shakllantirish ko'zda tutilgan holda yaratilishini yo'lga qo'yishni, har bir o'quvchining o'rganilayotgan badiiy matn yuzasidan o'z mustaqil fikri bo'lishiga erishish uchun "Adabiyot" darsliklarida o'rganilgan asar haqida maqola berish tajribasidan voz kechish lozimligini ko'rsatmoqda.
"Adabiyot" darsliklarida badiiy matn yuzasidan beriladigan savol-topshiriqlar sonini ko'paytirish va ularning o'quvchilar xotirasini kuchaytirishga emas, balki asar jozibasini his etish va matn zamiridagi tagma'nolarni anglashga qaratilishiga erishishni talab qilmoqda va bunga erishilmoqda ham.
O'quvchilarning tavsiya qilinayotgan badiiy asarlar ustida ko'proq mustaqil ishlashlariga imkon yaratish uchun 5-8-sinflarda dastur va darsliklarda adiblarning umr yo'lini berish tajribasidan voz kechildi. Adabiyot bo'yicha barcha sinflar uchun darslik, o'qituvchi uchun metodik qo'llanma, darsliklarning multimediali ilov asi kabi o'quv-metodik yig'malar ishlab chiqildi va muntazam yangilab borilmoqda. Eng quvonarlisi, bugungi kun texnologiyalariga hamohang ravishda adabiyot o'quv faniga doir elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab olish maqsadida QR-kod yordamida sinflar kesimida darslik, o'quv va metodik qo'llanmalar, darsliklarning multimediali ilovalari kabi o'quv-metodik majmualarni joylashtirish tizimini yaratildi va to'g'ridan to'g'ri bu holat yangi 2022-yilda chop etilgan yangi nashr darsliklarida o'z ifodasini topdi. Buning natijasida o'quvchilar mobil qurilmalari vositasida matn va topshiriqlarning audiosini tinglab tushunish va asar asosida yaratilgan kinofilm va telespiktakllarni ham kuzatish, buning asosida xulosa chiqarish ko'nikmalarini ham o'zlashtirmoqda.
Bugungi kun adabiy ta'limining asoslari maqsad, vazifa hamda mazmun tushunchalarini o'z ichiga oladi.
Adabiyot o'qitishning maqsadi badiiy asarlar yordamida sog'lom e'tiqodli, mustaqil fikrli, o'tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan yetuk, o'zga insonning tuyg'ularini anglaydigan, o'z xatti-harakatlariga xolis baho bera oladigan shaxsning ma'naviy dunyosini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida adabiyot fanini o'qitishning asosiy vazifasi o'quvchilarda:
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Badiiy so'zdan ta'sirlanish, uning jozibasini his etish, haqiqiy badiiy asarni tanish va tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishdan;
O'qilgan badiiy asarni tushunish, undan hayotiy xulosalar chiqarish, badiiy asar o'qishni hayotiy ehtiyoj hisoblash tuyg'ularini tarbiyalashdan;
Yozma va og'zaki savodxonlik, nutqida adabiy til me'yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko'nikmasini shakllantirish hamda adabiyot o'quv fanining mazmunidan kelib chiqqan holda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan;
Uzliksiz ta'lim bosqichlarida badiiy asar mutolaasiga erkin yondashuv tamoyilini shakllantirishdan;
Ularda turli janrlardagi badiiy asarlarni o'qish, bitiklarning saviyasini ajrata bilish, qahramonlar tutumlariga aksiologik baho berish ko'nikmasini qaror topt2222irishdan iborat.
Adabiy ta'lim mazmunini esa badiiy matnlar orqali o'quvchilarda ezgu ma'naviy fazilatlar hosil qilishga yetarli vaqt ko'zda tutilgan o'quv rejasi va darslikni ko'zda tutadi.
Zamonaviy darsliklar xalqaro, jumladan, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya ta'lim tizimi va dasturlarini o'rgangan holatda uzluksiz ta'lim tizimida adabiyot fanidan uzviyligi ta'minlagan holda tayyorlandi va darsliklar ishlab chiqildi.
Adabiyot fani bo'yicha sinflar kesimida maktab darsliklarini ishlab chiqish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda: darslik tayyorlashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga tayanildi, o'quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, ruhiy xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlarini hisobga olindi, o'quv-metodik darsliklarlarda o'quvchilarda adolat, milliy g'urur va vatanparvarlik hissini shakllantirishga ustuvorlik taminlandi, yaratilgan yangi darsliklar o'quvchilarda mustaqil, tanqidiy va mantiqiy fikrlash hamda kreativlik qobiliyatini shakllantirishga yo'naltirildi, yangi zamonaviy darsliklar o'quvchilarning ma'naviy va aqliy ehtiyojlaridan kelib chiqib tayyorlandi hamda ta'lim sifati samaradorligini oshirishda innovatsion ta'lim texnologiyalariga tizimli yondashuv asoslari ishlab chiqildi va an'anaviy va noan'anaviy ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish darsliklarni yaratishda inobatga olindi.
Zamonaviy talimda bugungi kun adabiyot fani darsliklari quyidagi talablar asosida yaratilmoqda:
a) didaktik talablar:
Zamonaviy darsliklarda berilgan o'quv materiallarining o'quvchi tomonidan to'liq o'zlashtiriladigan yo'sinda bo'lishi, berilgan badiiy matnlar axborot berishga
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
emas, balki hayotning mohiyatini anglashga xizmat qilishi, o'quvchilarga taqdim qilinayotgan materiallarning qiziqarli, tushunarli va hayotiy bo'lishi lozim. Berilgan matnlar o'quvchida ilmiy dunyoqarashni, milliy g'urur, vatansevarlik va millatlararo totuvlik tuyg'ularini shakllantiradigan materiallardan tarkib topishi, darsliklar ta'limning kundalik hayot va amaliyot bilan bog'liq bo'lishiga, o'quvchil arda olgan bilimlarini hayotda qo'llay olish layoqatini shakllantirishga yo'naltirilishi ko'zda tutilgan. Biz bolani testga emas hayotga tayyorlashimiz, uni shaxs sifatida erkin fikrlashiga o'z fikrini erkin bildira olishiga o'rgatishimiz lozim. Shuningdek, bugungi kun adabiyot darsliklari metodik vositalar turli ko'rinishdagi illyustratsiya, jadval va fotosuratlar bilan bezatilgan. O'qituvchi dars jarayonida o'quvchilarni faollashtiradigan, o'zi va o'rganuvchi uchun qulay bo'lgan yo'llarni, usul va uslublarni, o'qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlashi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga suyanib, o'quv jarayonining samaradorligini oshirishiga katta yordam beradi. Adabiyot darsliklaridagi o'quv materiallari o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatib, o'quv jarayonining yuqori sifati va samaradorligiga erishishga qaratilgan.
b) ilmiy-metodik talablar:
Zamonaviy adabiyot darsliklari fan-texnikaning so'nggi yutuqlari asosida tayyorlanishi, ularda o'quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi aks etgan. Shuningdek, mavzular adabiy til qoidalariga to'liq rioya etilgan holda sodda, tushunarli va ravon bayon qilingan. o'quv-metodik yig'malarda mantiqiy ketma-ketlik va izchillikka amal qiliningan,ularmilliylikka zid bo'lmagan illyustratsiyalar bilan bezatilgan. Berilgan savol va topshiriqlar aniq ifodalangan. O'quvchilarni mustaqil fikrlashga, qarashlarini yozma ifodalashga o'rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan. Eng muhimi, o'quv darsliklarida bir tushunchaning ikki xil atalishi hamda sanalarni keltirishda mavhumlikka yo'l qo'yilmagan.
Ushbu darsliklar og'zaki va yozma nutqni rivojlantirish, yozma savodxonlikka oid matnlar va rasmlar, izohli lug'at, badiiy ijodkorlik va mantiqiy tafakkurni o'stirishga qaratilgan topshiriqlarni qamrab olgan bo'lib, empirik (sezgi a'zolari orqali bilim berish), kognitiv (atrofdagi olam to'g'risidagi bilimlar doirasini kengaytirgan holda tabaqalash, ya'ni tarkibiy qismlarga ajratib o'rgatish tafakkurini shakllantirish), evristik (yo'naltiruvchi savollar berish yo'li bilan ta'lim berishdir, bu esa topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o'quv-izlanish ta'lim metodi), kreativ (tadqiqot xarakteriga ega bo'lib, o'quvchilarda maqsadga yo'naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi), inversion (axborotlarni turli tomondan o'rganish, o'rnini almashtirish xususiyatiga ega bo'lib, ntafakkur tizimini rivojlantiradi),
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
integrativ (axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko'p kichik qismalming o'zaro ajralmas bog'liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to'g'ri xulosani aniqlash) kabi pedagogik texnologiyalar asosida bilim berishni nazarda tutadi.
v) pedagogik-psixologik talablar:
Bugungi kunning adabiyot darsliklari ilmiy asoslangan ma'lumotlarga tayanib, o'quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va hayotiy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug'ullanishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan bo'lib, darsliklardagi mavzularning o'quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda, fakt, tushuncha va qoidalar fanlararo bog'liqlik hisobga olingan holda tuzilgan. Shu asnoda, o'quvchining tayyorgarlik darajasi, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlari, gigiyenik talablari inobatga olingan bo'lib bu o'quvchiga ham o'qituvchiga ham qulaylik beradi.
g) estetik talablar:
Zamonaviy adabiyot darsliklari yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bezalgan bo'lib, darslikdagi matnlar o'quvchiga ijobiy-hissiy ta'sir o'tkazib, unda o'quv faniga qiziqish uyg'otadi. Darslikdagi bo'lim, bob, paragraf, mavzu va matnlar o'zaro mutanosib turli shakl va ranglar bilan ajratilgan, rasm va tasvirlar badiiy talablar asosida aniq va tiniq ifodalangan.
d) gigienik talablar:
Matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos ravishda bo'lib, didaktik vositalarning qulayligi, sifati va shu kabilar tibbiyot, fiziologiya, ekologiya talablariga, insonparvarlik va xalqparvarlik g'oyalariga muvofiq bo'lgan ilmiy talablarga mos keladi. Darsliklarda harflarning kattaligi va qog'ozning sifati (og'irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida tayyorlangan.
REFERENCES
1. HrnMyxaMMegoB P., MngomeB M. TatnHM Ba TapSnaga HHHOBamnoH negarorHK TexHonoraanap. - T.: «Hnxon» HampnëTH,2013.
2. Adabiyot : 7-sinf uchun darslik / Z. I. Mirzayeva, K. Q. Djalilov. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2022. - 224 b.
3. Adabiyot : 6-sinf uchun darslik / Z. I. Mirzayeva, K. Q. Djalilov. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2022. - 224 b.