O
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023
O'QISH DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI, TA'LIMIY-
TARBIYAVIY AHAMIYATI
Ikromova Ominaxon Elmurod qizi
Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi [email protected]
Isheryakova Joanna Rinatovna
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 2-bosqich talabasi [email protected]
Abdullajonova Muslimaxon Alisher qizi
Andijon davlat universiteti Mexanika va matematik modellashtirish
yo'nalshi 1-bosqich talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bolalarda o 'qish darslarining ta 'limiy-tarbiyaviy ahamiyati va ularga kerakli bilim ko'nikmalarni yetkazib berish yo'llari haqida ma'lumotlar yoritilgan. O 'qish darslari orqali bolalarning fikrlash usullarini yuksaltirish haqida ma 'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: DTS, analitik, sintetik bosqichlar, tez o'qish, ongli o'qish, innotatsiya.
ABSTRACT
In this article, information about the educational and educational importance of reading lessons for children and ways to provide them with the necessary knowledge and skills is covered. Information is provided on how to improve children's thinking through reading lessons.
Key words: SES, analytical, synthetic stages, fast reading, conscious reading, annotation.
KIRISH
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. O'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standarti (DTS) talablari
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma-malakalarida hamda bilimlami egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda „O'qish kitobi" darsliklariga ona tabiat, atrofímizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinclilik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy ommabop asarlar kiritiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'qish darslari savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'in, so'z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o'qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o'qish texnikasi egallangandan so'ng o'qish muayyan mavzular bo'yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang'ich sinf „O'qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to 'g'ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, o'qish darslarining yetakchi xususiyati o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash bilan birga, o'quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko 'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o'qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'lib, 2-sinf „O 'qish kitobi"dagi „Ona yurtim-oltin beshigim" bo'limiga kiritilgan, "O'zbekistonim" {H. Imonberdiyev), "Istiqlol" (J.Jabborov), "O'lka" (E.Vohidov), "Yur tog'larga" (U .Nosir), 3-sinfda "Ona bitta, Vatan yagona" bo'limidagi "Vatan haqida she'r" (A.Avloniy), "O'zbegim" (E.Vohidov), "Vatan mo'tabardir" (X .Davron), "Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi" (T. Malik), 4-sinfda "O'zbrkiston — Vatanim manim" bo'limidagi "Serquyosh o'lka" (Z. Diyor), „Iqboli buyuksan" (A. Oripov), „Toshkentnoma" (M .Shayxzoda), ,,Xarira" (N .Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o'tmoshini, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar tomonidan amalga
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o'tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo'lsada, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog'liq H. Imonberdiyevning, "O'zbekistonim", J. Jabborovning „Istiqlol11(2-sinf), A. Rustamovning „Bayroq nima?", A. Obidjonning "O'ktam" (3-sinf), S. Barnoyevning „Mangulikka tatigulik kun", E. Malikovning „Assalom, Neksiya!" (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. Tabiatga oid mavzular yordamida o'quvchilar tabiatdagi o'zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o'quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to'g'ri munosabatga bo'lishga o'rgatadi. Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag'riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o'rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. Umuman, „O'qish kitobi" darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim -tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to'g'ri shakllantirish va nutq madaniyatini o'stirishga ham qaratiladi. Amaldagi „O'qish kitobi" darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o'rgatiladigan „Ajdodlarimiz — faxrimiz", „Hr ~ aql chirog'i ", „Zumrad bahor", „Kumush qish " kabi mavzular 2—4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o'quvchilarning oldingi bilimlarini to'ldiradi va boyitadi. Uzluksiz ta 'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta 'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy-ahloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o'quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi. O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib yetishishlariga erishish o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha DTS va „Ona tili" o'quv
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
dasturida o'qish ta'limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Umuman olganda, o'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat: 1. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qishlarini shakllantirish. 2.O'quvchilarni kitobdan foydaydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur m ulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko 'tarish. 3. O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga m uhabbat ruhida tarbiyalash. 5. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o'stirish. 6. O'quvchilarning xayolot olamini boyitish. 7. Elementar adabiy tasavurlarini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo'lib, ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi.
O'qish malakalari deganda badiiy asar matnini to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qish tushuniladi. O'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O'qish malakasining sifatlari o'zaro bog'liq bo'lib, ularning asosi ongli o'qish hisoblanadi. O'quvchi matnni tez va to 'g 'ri o 'qisa-yu, anglab o'qimasa yoki uning tez o'qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to'g'ri o'qisa-yu, o'ta sekin o'qisa, nutq birliklari orasida to'xtamlarga e'tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to'g'ri o'qish ongli o'qishga xizmat qiladi, to'g'ri, tez va ongli o'qish esa ifodali o'qishning asosi hisoblanadi. Analitik bosqich savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi, bunda so'zni bo'g'in -harf tomonidan tahlil qilish va bo'g'inlab o'qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so'zni sidirg'a o'qish xarakterlidir; bunda so'zni ko'rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so'z ma'nosini anglash bilan asosan mos keladi. O'qish so'z ma'nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o'tadilar. Bundan keyingi yillarda o'qish avtomatlasha boradi. O'qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o'qish malakalarini takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lsin. To'g'ri o'qish. To'g'ri o'qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o'qish tushuniladi, ya'ni to'g'ri o'qish so'zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan, so'zdagi tovush yoki bo'g'inni tushirib qoldirmay,
O'qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
boshqa tovushni qo'shmay, harflar o'rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so'zga urg'uni to'g'ri qo'yib o'qish hisoblanadi. M .Odilova va T.Ashrapovalar „Adabiy talaffuz me'yorlariga qo'yilgan barcha talablar to'g'ri o'qish ko'nikmasiga ham taalluqlidir", — deb ta'kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to'g'ri o'qishga quyidagicha ta'rif bergan: „To'g'ri o'qish — bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko'chirishdir". Demak, to'g'ri o'qish so'zning tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me'yorlar asosida o'qishdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o'rtasida puxta sintez yo'q bo'lgani uchun ular o'qishda xatoga yo'l qo'yadilar. Bu esa matn m azmunini tushunishni qiyinlashtiradi. To 'g'ri o'qish so'zning uzun-qisqaligiga, o'quvchining so'z boyligiga, ya'ni so'zning leksik ma'nosini qanchalik bilishiga hamda so'zning bo'g'in va morfemik tarkibiga bog'liq. O'quvchilar ko'pincha quyidagi sabablarga ko'ra xatoga yo'l qo'yadilar:
1. So'zni talaffuz qilish bilan uning ma'nosini tushunish o 'rtasida puxta sintez bo'lm agani uchun bola so'zning oldin tovush tomonini ko'radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So'zning ma'nosini esa e'tibordan chetda qoldiradi.
2. So'z ko'p bo'g'inli bo'lib, bola uni oldin eshitmagan bo'lsa, xatoga yo'l qo'yadi.
3. So'zning ma'nosini bilmaslik tufayli xatoga yo'l qo'yadi.
4. Tez o'qiyman deb xatoga yo'l qo'yadi.
5. To'g'ri o'qish yorug'likka va yorug'likning tushishiga ham bog'liq.
6. Undosh tovush so'zning o'rtasida va oxirida kelgan yopiq bo'g'inli so'zlarni o'qishda qiynaladilar. Tez o'qish. Tez o'qis me'yoriy tezlikda o'qish bo'lib, bunda o'qish sur'ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O'qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o'sib borishi lozim. O'qilayotgan asar mazmunini o'zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta'minlaydigan o'qish tez o'qish deyiladi. O'qish tezligi bir daqiqada o'qiladigan so'zlar soni bilan belgilanadi. 2005-yilda e'lon qilingan o'qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida o'qish sur'ati 20—25 so'z (notanish matnni o'qish tezligi ham 20— 25 so'z); o'quv yili oxirida 25—30 so'z; 2-sinfning 1-yarim yilligida matnni o'qish tezligi 30—35 so'z; 2-yarim yilligida 40—50 so'z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60— 70 so'z; 2-yarim yilligida 70—80 so'z; 4-sinfning 1-yarim yilligida ichda ovozsiz 110—130 so'z, ovozli o'qishda 90—100 so'z deb belgilangan. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so'zli matnni o'qisa, undagi 200 ta so'zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo'g'inlab o'qisa, uning diqqat markazida so'z emas, bo'g'in bo'ladi. Natijada u so'zlarni eslab qola olmaydi. Bu 4-sinf o'quvchilarining o'qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so'zdan 100 so'zni eslab qoladi. Bu esa yuqori
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
ko'rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-sinfda bir daqiqada 170—180 ta so'z o'qiydigan o'quvchilar ham bor. Ongli o'qish. Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o'qish o'qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g'oyaviy yo'nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o'qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o'z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o'qish o'z navbatida, o'quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so'zning leksik ma'nosini, gapda so'zlarning bog'lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog'liq. Hozirda ongli o'qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma'noda: birinchidan, o'qish jarayonini egallashga nisbatan o'qish texnikasi ma'nosida, ikkinchidan, keng ma'nodagi o'qishga nisbatan o'qish sifatlaridan biri ma'nosida qo'llanadi. Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og'zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg'u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig'indisidir. Maktabda o'qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va shivirlab (pichirlab) o'qishdan ichda o'qishga o'tilsa, 3-4-sinflarda ichda o'qishdan ovozli o'qishga o'tiladi. 3-4-sinflarda o'qish turlaridan foydalanishda chegara qo'yilmaydi. Boshlang'ich sinflarda o'qishning hamma turiga bir xil talab qo'yiladi, ya'ni o'qish to 'g 'ri bo'lishi, tez, ongli va ifodali bo'lishi zarur.
Bugungi kunda yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida bir qator qo'lamli ishlar amalga oshirilmoqda, shu bilan birga, shuni ta'qidlash lozimki, O'zbekistonda har yili yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli va kitobdga bo'lgan mehrlarini yanada uyg'otish maqsadida Respublika bo'ylab turli xil tanlovlar o'tkazilmoqda, shulardan biri "Yosh kitobxon" tanlovidir. Bu tanlov orqali bir qator yoshlar 50, 60 dan ziyod kitoblarni o'qib Spark va bir qator qimmatbaxo sovg'alarni qo'lga kiritishmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev takidlaganlaridek "Kitob o'qi Spark yutib ol, ota-onangni xursand qil", bu degani qancha kitob o'qisak, bizning bilimimiz, dunyo qarashimiz va tassavurimiz kengayadi.
REFERENCES
1. A. Zunnunov va boshq. Adabiyot o'qitish metodikasi. — T.: „O'qituvchi41,
2. A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi. — T.: 2003.
3. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - T.: „O'qituvchi", 1992.
4. B. Ma'qulova, T. Adashboyev. Kitobim - oftobim (1 -sinf uchun sinfdan tashqari o'qish kitobi). — T.: „O'qituvchi", 1999.
5. B. Ma'qulova, S. Sa'diyeva. Sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari (1-sinf o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma). — T.: ,,0 'qituvchi", 1997.
XULOSA
1992.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
6. B. Ma'qulova, S. Matchon. Kitobim-oftobim (2-sinf uchun sinfdan tashqari o'qish kitobi). — T.: „O'qituvchi", 2000.
7. B. Ma'qulova, D. Nasriddinova. Kitobim — oftobim (1-sinfdan tashqari o'qish kitobi). — T.: „O'qituvchi" NMIU , 2008.
8. Boshlang'ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari / Tuzuvchilar: Q. Abdullayeva, M. Ochilov, K. Nazarov, S. Fuzailov, N . Bikboyeva. — T.: 1994.
9. J. G '. Yo'ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. — T.: „O'qituvchi", 2004.
10. Y. Abdullayev. Eski maktabda xat-savod o'rgatish. - T.: „O'qituvchi", 1960.
11. K. Qosimova. Boshlang'ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o'rgatish. — T.:
12. K. Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne'matova. Ona tili (2-sinf uchun darslik). — T.: Cho'lpon, 2005. 13. K. Qosimova, A. Ne'matova. 2-sinfda ona tili darslari. — T.: Cho'lpon, 2004.
1964.