Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA O’QISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA O’QISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1479
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qish / yosh bolalar / to’g’ri o’qish / o’qish tezligi / ifodali o’qish / o’qish usullari. / reading / young children / correct reading / reading speed / expressive reading / reading methods.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nodira Abdimurodovna Sharipova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarining rivojlantirish usullari, o’qish darsining tarkibiy qismlari, bu qismlarning o’zaro bog’liqligi haqida fikr yuritiladi. Ifodali o’qishda olib boriladigan ishlarning mazmun va mohiyati izohlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF DEVELOPMENT OF READING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article discusses ways to develop students' reading skills in elementary school reading lessons, the components of a reading lesson, and the interrelationships of these parts. Explains the content and essence of the work done in expressive reading.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA O’QISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA O'QISH MALAKALARINI

RIVOJLANTIRISH USULLARI

Nodira Abdimurodovna Sharipova

Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani 61-maktab boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarining rivojlantirish usullari, o'qish darsining tarkibiy qismlari, bu qismlarning o'zaro bog'liqligi haqida fikr yuritiladi. Ifodali o'qishda olib boriladigan ishlarning mazmun va mohiyati izohlanadi.

Kalit so'zlar: o'qish, yosh bolalar, to'g'ri o'qish, o'qish tezligi, ifodali o'qish, o'qish usullari.

METHODS OF DEVELOPMENT OF READING SKILLS IN PRIMARY

SCHOOL STUDENTS

Nodira Abdimurodovna Sharipova

Primary school teacher, 61st school, Guzar district, Kashkadarya region

ABSTRACT

This article discusses ways to develop students' reading skills in elementary school reading lessons, the components of a reading lesson, and the interrelationships of these parts. Explains the content and essence of the work done in expressive reading.

Keywords: reading, young children, correct reading, reading speed, expressive reading, reading methods.

O'zbekistonning kelajagini buyuk davlat darajasiga ko'taradigan ijodkor shaxsni yaratishda boshlang'ich ta'lim poydevor vazifasini bajaradi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining asosiy maqsadi - o'quvchilarning bilimli, va fikrlash doirasi keng va chiroyli bo'lishini ta'minlash. Ularning ma'lumotlarini tahlil qilib, keng miqyosda foydalanilishiga erishish. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang'ich sinflarda o'qituvchilarning mahorati, ularning zamonaviy texnalogiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ilg'or pedagogik tajribalardan mohirona foydalana olishi, ta'lim berishning yangi yangi va zamonaviy usullarni ishlatishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o'qish darslarida amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi o'qish darslarining maqsadi o'quvchilarda ongli, to'g'ri, ravon, tez va ifodali o'qish malakasini paydo qilishdir. O'qish darslari

matematika, atrofimizdagi olam, odobnoma va boshqa fanlarga doir mavzularda beriladigan bilimlarni, mustahkam o'qib olishlarida katta rol o'ynaydi, chunki bola to'g'ri, ongli ravon o'qisagina matn mazmunini yaxshi anglab oladi. O'qish darsining o'zaro mahkam bog'langan to'rt asosiy tarkibiy qismi bor. Ular quyidagilardan iborat: ongli o'qish, ifodali o'qish, to'g'ri o'qish va tez o'qish. Bu qismlar orasida ongli o'qish yetakchi o'rinda turadi. Ongli o'qish jarayonida o'quvchilar quyidagilarga erisha olishlari kerak: o'qigan so'zlarining asl va ko'chma ma'nolarini, har bir gapning ma'nosini aytib bera olishlari, bo'limning mazmunini qisqacha bayon qilib bera olishlari, matnning to'liq mazmunini bayon qilib bera olishlari, o'qiganlariga nisbatan o'z munosabatlarini bildirishlari lozim. O'quvchida ifodali o'qish malakasini tarbiyalash uchun esa, uni o'qiganlarining ma'nosini to'xtamlarga rioya qilgan holda, so'z urg'ulariga ahamiyat berib, o'rtacha ovozda ta'sirli o'qishga o'rgatish va hokazolar talab qilinadi. To'g'ri o'qish malakasini o'stirish uchun shoshmasdan, harflarning o'rnini almashtirmasdan, so'z qo'shimchalarni to'liq holda talaffuz qoidalariga rioya qilib o'qilishi lozim. O'qish tezligini oshirish uchun o'quvchilarning ongli o'qishi katta ahamiyatga ega.

Ongli o'qish - matnni to'la va aniq tushunib o'qishdir. Ongli o'qish yuzasidan qilinadigan ishlar o'quvchilarni o'qilayotgan matn mazmunini chuqur anglab olishga, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi, ularning fikr va malakalarini kengaytiradi. Ongli o'qish malakasini oshirish maqsadida, darslik matnlari oxirida savol va topshiriqlar berilgan . bu savol va topshiriqlar o'quvchilarni matn mazmunini qayta hikoya qilishga hamda o'qituvchining savollariga mustaqil ravishda javob qaytarishga va o'z hayotiy tajribalari asosida ijodiy so'zlab berishga o'rgatadi. O'quvchilar matnni qismlarga bo'lib, unga mos sarlavha qo'yishga, har bir qism mazmunini ochuvchi rasmlar chizishga savollar topa bilishga ham asta sekin o'rgatilib boriladi. Avval hajmi kichik va mazmunan soda so'ngra esa hajmi katta va mazmuni murakkabroq matnlar bilan ish olib boriladi. O'qishning ongli bo'lishiga yordam beradigan vositalardan biri bu to'g'ri o'qishdir. O'qiganda xato qilmay, so'zlarni buzmay, tovush va bo'g'inlarni tushirib qoldirmay yoki o'rnini almashtirmasdan oxirgi bo'g'inlarni ya'ni qo'shimchalarni to'g'ri talaffuz etish, orfoepiya qoidalariga rioya qilish to'g'ri o'qishni ta'minlaydi. To'g'ri o'qish malakasini hosil qilish o'qishning hamma jarayonida olib boriladi. O'qish ongli bo'lsagina to'g'ri va tez o'qish malakasi hosil bo'ladi. O'qish jarayonida bolalarni doimo o'z-o'zini kuzatib borishga o'rgatish, hatosiz, tez va to'g'ri o'qishga intilish hislarini paydo qilish, ayniqsa birinchi sinfdagi o'qish darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. O'qish tezligi ongli, ravon o'qishga bog'liqdir. O'qish tezligini oshirishga ko'p bo'g'inli va imlosi qiyin so'zlarni matndan tashqarida bo'g'inga bo'lib o'qish yordamida erishiladi. O'qish tezligini oshirish bosma va yozma harflar bilan yozilgan so'z va gaplarni ovoz chiqarib o'qishni, xor bo'lib o'qishni, ichda o'qishni, matnlarni rollarga bo'lib o'qishni ko'proq mashq qildirish yo'li bilan ta'minlanadi. Bola qancha

ko'p o'qisa, o'qish tezligi shuncha ortib boradi. O'qish darsida berilgan bilimlar bolaning sinfdan tashqi vaqtlarda ko'proq kitob o'qishini yo'lga qo'yish bilan chuqurlashtiriladi. O'quvchilarning o'qish tezligini oshirish uchun dars davomida quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. O'qituvchi dars boshlangunga qadar doskaga bugun o'qiladigan matndagi ayrim gap va so'zlarni bosma harflar bilan yozib, ustini vaqtincha yopib qo'yadi. O'quvchilar kitoblarini ochib bugungi o'qiladigan matnni ko'zdan kechiradilar va doskada yozilgan so'z yoki gaoni matndan tez topishga harakat qiladilar. Partalarga avvaldan savol yoki topshiriqlari bor kartochkalar tarqatiladi. O'qituvchining ruxsati bilan bolalar kartochkalarda yozilgan savol - topshiriqlarni o'qiydilar va matn ichidan shu savol topshiriqqa mos javob izlaydilar.

"Tez o'qish musobaqasi" ni o'tkazish bolalarga alohida huzur bag'ishlaydi. Bunda har qaysi bolaning matnni bir vaqtda o'qishga boshlashi, matnni oxirigacha ma'lum vaqtda ichlarida o'qib tugatish lozimligi aytiladi. Birinchi bo'lib o'qib bo'lgan bolalar belgilab boriladi va o'qiganlarini og'zaki gapirib berishga tayyorlanib o'tiradi. Musobaqada g'olib bo'lganlar yulduzcha bilan taqdirlanadi.

Ifodali o'qish - so'zlarni to'g'ri talaffuz qilib, asarning mazmunini tushunib, asarda ifoda etilgan his tuyg'uni, qahramonlarning ichki kechinmalarini, ruhiy kayfiyatlarini anglab o'qishidir.Yosh bolalar ta'sirchan bo'ladilar. O'qituvchining asarni his hayajon bilan hikoya qilib berishi, uning bolalarga chuqur ta'sir etishiga erishishi, ayrim hollarda yodlarida yaxshi saqlab qolishlariga muvaffaq bo'lishi, asar mazmuni va unda ishtirokchilarning ishlari ular uchun xuddi hayot qoidasidek tuyuladi. Asar mazmunini o'quvchilarga to'la anglatish uchun o'qituvchining o'zi uni ifodali o'qish va hikoya qilib berishga puxta tayyorgarlik ko'rishi lozim. Ifodali o'qish ongli o'qishning ko'rsatkichidir, chunki matnning ma'nosini anglab o'qiy olgan o'quvchi, albatta, ifodali o'qish malakalarini ham egallagan bo'ladi. Ongli o'qish ifodali o'qish malakalarini o'stirish va mustahkamlashga yordam beradi. Ongli, to'g'ri va ravon o'qish malakasi paydo qilingan sari, ta'sirli o'qish malakasi ham o'sib boradi. Ta'sirli o'qish o'quvchida his - tuyg'u uyg'otishga, voqea - hodisalarni tasavvur etishga, estetik zavq bag'ishlashga xizmat qiladi. Ifodali o'qishda olib boriladigan ishlarning mazmun va mahorati 4 asosiy shart bilan izohlanadi: o'quvchilar o'qiganlari yuzasidan nimalarni aytib berishni (qanday fikrni, qanday mazmunni bayon etishni) yaxshi tushinib olishlari zarur; o'quvchilar asarda o'qiganlari yuzasidan jonli va ishonarli munosabatda bo'lishlari lozim; badiiy asar o'quvchilarning ma'lum maqsadga qaratilgan holda o'qishlarini, mazmunni bayon etishdagi moyilliklarini (fikr, misol, tabiatning tasviri) taqozo qiladi; eshituvchilarning matnni o'qiyotgan o'quvchi fikrini tushunib bilishi talab etiladi; Bularning barchasi ifodali o'qishning o'sib borishiga yordam beradi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1. Muhabbat Umarova "Uchinchi sinf o'qish darslari" Toshkent 2004. "Ijod dunyosi" nashriyot uyi

2. Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6694-6701.

3. Makhmudov, K. (2020). Ways of Forming Intercultural Communication in Foreign Language Teaching. Science and Education, 1(4), 84-89.

4. Makhmudov, K. (2020). Current Problems of Teaching English and New Approaches to Resolve in Secondary Education Schools. Modern Trends in Linguistics: Problems and Solutions, 271-273.

5. Makhmudov, K. (2020). Integrating a Mother Tongue while Teaching a Foreign Language: Problems and Solutions. Literature and History, (1), 89-91.

6. Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and Form. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 250-257.

7. Shaykhislamov, N. (2020). Main Directions and Interactive Methods of Student Speech Growth in Uzbek Language Classes. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(7), 115-120.

9. Shaykhislamov, N. (2020). The Significance and Significance of Modern Linguistic Trends in Uzbek Linguistics. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 16-18.

10. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarida o'quvchilar nutqini o'stirishning asosiy yo'nalishlari. Science and Education, 1(4), 174-179.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.