Научная статья на тему 'Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish'

Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7969
547
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
komil inson / pedagogik texnologiya / didaktik o’yinlar / o’qish motivlari / erkin va mustaqil qobiliyat / perfect person / pedagogical technology / didactic games / learning motives / free and independent ability

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sayyora Sultanovna Nizamova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o’quvchilar bilimini oshirishda pedagogik texnologiyalarning o’rni, pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash usullari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL IN PRIMARY SCHOOL CLASSES USE OF TECHNOLOGIES

This article describes the use of pedagogical technologies in primary school lessons, the role of pedagogical technologies in improving students' knowledge, methods of applying pedagogical technologies in the classroom.

Текст научной работы на тему «Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish»

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Sayyora Sultanovna Nizamova Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, 59-maktab

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qish darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o'quvchilar bilimini oshirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni, pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo'llash usullari yoritilgan.

Kalit so'zlar: komil inson, pedagogik texnologiya, didaktik o'yinlar, o'qish motivlari, erkin va mustaqil qobiliyat.

PEDAGOGICAL IN PRIMARY SCHOOL CLASSES USE OF

TECHNOLOGIES

Sayyora Sultanovna Nizamova Tashkent region, Orta Chirchik district, School №59

Abstract: This article describes the use of pedagogical technologies in primary school lessons, the role of pedagogical technologies in improving students' knowledge, methods of applying pedagogical technologies in the classroom.

Keywords: perfect person, pedagogical technology, didactic games, learning motives, free and independent ability.

O'zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o'zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta'lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o'z ta'sirini ko'rsatayotganligi barchamizga ma'lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasn emas. Pedagoglar o'z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo'lga kiritishga urinmoqdalar.

XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalar asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda

rivojlanayotgani, jumladan, ta'lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an'anaviy o'qitish usullaridan ko'ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko'zda tutilganidek, pedagogik va axborot texnologoyalari, komputerlashtirish va komputer tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta'minlash rivojlanib bormoqda.

Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang'ich ta'lim shubhasiz mustahkam poydevor yo'lini o'taydi. Boshlang'ich ta'lim standartida o'quvchilarning o'qish malakalarining sifatlari va ijodiy fikrlay olishlari, o'z-o'zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini o'zlashtirishlari, husnixat bilan savodli yozish ko'nikmalarini egallashlari alohida qayd etilgan.

Yurtimizda ta'lim mazmuniga alohida e'tibor qaratib, DTS o'quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o'tkazilmoqda, pedagogik texnologiyalar asosida o'quv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda. Boshlang'ich sinfda "o'qish" fani o'quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrlarini yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikmasi va malakalarga xizmat qiladi. Sinfda o'qish darslariga qo'yilgan vazifalar:

1. O'qish malakasini takomillashtirish. O'quvchilarda yaxshilik darajasi sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish.

2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg'otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o'rgatish, ya'ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.

3. O'quvchilarda atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.

4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

5. O'quvchilar nutqi ( asosan,og'zaki nutqi) ni va tafakkurini o'stirish.

6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.

Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarining mazmuni:

1. Ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash va ulardan o'rinli foydalanish - ta'lim samarasini ta'minlashga yordam beradi.

2. Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi faoliyat doirasini aniq belgilab beradi.

3. O'qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O'qitish usullari ta'lim jarayonidagi o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini qanday bo'lishini, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.

O'qitish usullari har ikkala faoliyatning:

a) o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish;

b) o'quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish faoliyatida qo'llanadigan yo'llarni o'z ichiga oladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini oson o'zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O'qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko'pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog'chadan so'ng maktabning dastlabki davrlari muhim o'rin tutadi. Shu bois, boshlang'ich ta'lim davri ta'lim jarayonidagi eng ma'suliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o'stirishga qaratilgan har bir mashg'ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun bu davrda, avvalo, ta'lim jarayonini qiziqarli, ta'sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. Chunki, bu muddat bolaning o'yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya'ni o'quv faoliyatiga o'tganligi bilan harakterlanadi. Bolaning o'quv faoliyatini rivojlantirishda turli o'yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o'yin orqali o'z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o'zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta'lim jarayonida qo'llanadigan didaktik o'yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o'yinlar ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta'lim jarayonida o'quvchilar faolligini, o'qish motivlarini rivojlantiradi. O'qish motivlari ta'lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o'rin tutadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o'qish darslari jarayonida erkin va mustaqil qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o'quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o'rganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish ko'nikmalari shakllanadi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta'limning mazmunini belgilash, ta'lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o'quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma'naviy fazilatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta'limning natijasi va o'zlashtirish darajasini aniqlash, ularni obektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishni samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta'lim berishda pedagogik texnologiyalardan to'g'ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta'lim sohasidagi yangiliklarni o'rganish, amaliyotda

foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi uchun ta'lim samaradorligi pedagog va o'quvchi faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga, ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Azizxo'jayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T.: 2006

2. Avliyoqulov N.X. Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent., 2008

References

1. Azizxo'jayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T.: 2006

2. Avliyoqulov N.X. Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent., 2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.