Научная статья на тему 'О‘QISH SАVОDXОNLIGINI PIRLS TАLАBLАRI АSОSIDА RIVОJLАNTIRISH'

О‘QISH SАVОDXОNLIGINI PIRLS TАLАBLАRI АSОSIDА RIVОJLАNTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
100
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISА / PIRLS / o’qish savodxonligi / individual qobiliyat / tushunish ko’nikmalari / zamonaviy talablar / adabiy kiobxonlik / axborot matn.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qurbоnоvа Mаftunа Fаxriddinоvnа

Ushbu mаqоlаdа bоshlаng’ich tа’limdаgi muаmmоlаr, о‘qish sаvоdxоnligini oshirih usullаri vа PIRLS XBD tаdqiqоtlаriga raqobatdosh ta’lim muhitini yaratish hаqidа fikr yuritilgаn

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘QISH SАVОDXОNLIGINI PIRLS TАLАBLАRI АSОSIDА RIVОJLАNTIRISH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-207-211

O'QISH SAVODXONLIGINI PIRLS TALABLARI ASOSIDA

RIVOJLANTIRISH

Qurbonova Maftuna Faxriddinovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i, P.f.f.d.(Phd)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich ta'limdagi muammolar, o'qish savodxonligini oshirih usullari va PIRLS XBD tadqiqotlariga raqobatdosh ta'lim muhitini yaratish haqida fikr yuritilgan

Kalit so'zlar: PISA, PIRLS, o'qish savodxonligi, individual qobiliyat, tushunish ko'nikmalari, zamonaviy talablar, adabiy kiobxonlik, axborot matn.

Maktabning 15 yoshli o'quvchilariga qaratilgan PISA tadqiqotidan farqli o'laroq, PIRLS boshlang'ich sinfni tugatgan 10 yoshli bolalarning ish faoliyatini tekshiradi. Boshqa davlatlar boshlang'ich maktabda o'qish uchun asosiy ko'nikmalarni berish orqali umrbod o'rganish uchun zamin yaratadilar.

PIRLSning maqsadli o'qish qobiliyatiga ega bo'lish bilan cheklanmaydi. Tadqiqot o'quvchilarning o'qish ko'nikmalari (ijtimoiy kelib chiqishi, o'qish odatlari, o'qitish strategiyasi va boshqalar) bilan bog'liq ma'lumot to'playdi hamda maktab yoki sinfdagi individual va ijtimoiy sharoitlarni tushunishga yordam beradi. PIRLS xalqaro tadqiqotlariga qo'yilgan eng muhim talablardan biri qiyosiy tahlil qilish imkonini beradigan topshiriqlardan foydalanish hisoblanadi. Shu sababli topshiriqlarni shakllantirish jarayonida o'tgan yillarda foydalanilgan nazorat materiallari blokidan foydalanilgan. Shuningdek, asosiy e'tibor tadqiqot jarayonini standartlashtirishga qaratiladi. Shu sababli PIRLS tadqiqoti qat'iy belgilangan yagona instruksiya asosida amalga oshiriladi. Tadqiqotning konseptual g'oyalariga asosan badiiy va ilmiy-ommabop matnlarni o'qish darajasini baholashda 4 turdagi o'qish ko'nikmalari baholanadi:

-yaqqol ko'rinishda berilgan ma'lumotlarni topish;

- o'qilgan matn asosida xulosalarni shakllantirish;

- axborotlarni umumlashtirish va interpretatsiya qilish;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-207-211

-matnning strukturasi, tilga xos xususiyatlarni mazmunini baholash va tahlil

qilish.

Xalqaro baholash dasturi talablari asosida o'tkazilgan so'rovnomalar natijasiga ko'ra ta'lim sifatiga ta'sir qiladigan quyidagi omillar aniqlangan:

1. Darsga kiradigan o'qituvchi mutaxassisligi bo'yicha zamonaviy bilimlardan ortda qolgan.

2. Ta'lim asosan sinf ichidagi va o'qituvchi nazorati asosida olib boriladigan mashg'ulot sifatida baholanadi.

3. Sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda alternativ, variativ hamda shaxsga yo'naltirilgan usullardan foydalanilmaydi.

4. O'quvchilarning bilimi sayozligini ota-onalar tomonidan o'qituvchilarni ayblagan holda ya'ni o'qituvchilarda yetarli tajriba, pedagogik mahorat va bilim pastligini ro'kach qilib o'z farzandi ta'limi va tarbiyasini nazorat qilmasligi.

5. O'qituvchilarning oylik maoshi kam ekanligi o'qituvchining kasbiy kompetentligiga salbiy ta'sir qiladi.

6. Maktablardagi pedagogik jamoa har qanday yangilik va islohotlarni qabul qilish hamda amalga oshirishga tayyor emasligi.

7. O'quvchilarning darsdan tashqari bo'sh vaqtida mustaqil ta'lim olishga yo'naltirish mexanizmi yo'q.

8. O'qituvchilar ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishga xohishi yo'q.

9.Ta'lim tizimida nazariya va amaliyot uzviylikka ega emas.

O'quvchilarning bugungi kunda globallashuv davrida yashayotgan bugungi kun

o'quvchisining o'qituvchi nazoratisiz, ota-ona nazoratisiz mustaqil bilim olishga erishishimiz zaruratini paydo qilmoqda. Chunki o'qituvchi bolani 4-5 soat nazorat qilishi mumkin. Ota-ona esa kundalik mehnat faoliyatidan ortgan holatda 2 soatgina farzandiga vaqt ajratishi mumkin. O'quvchini qiziqtirish, dars qilishga va mustaqil bilim olishga yo'naltirish esa zamonaviylik belgisidir. O'quvchini mustaqil o'z ustida ishlashi, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirishda o'qituvchi ota-ona bilan hamkorlikda ishlashi hamda bunday hamkorlikda birinchi navbatda o'quvchini qaysi sohalarga qiziqishini aniqlab olishi, darsdan bo'sh vaqtlarda uyda nimalar bilan mashg'ul bo'lishini aniqlash ta'lim samaradorligini oshiradi

PIRLS tadqiqotlarida darsda o'quvchilar tomonidan eng ko'p qo'llaniladigan o'qishning quyidagi ikki turi o'rganiladi:

1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o'qish.

2. Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi o'qish.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-207-211

O'quvchilarga ikki xil topshiriq beriladi:

1. Adabiy o'qish tajribasini o'rganish;

2. Axborotni ishlab chiqish va undan foydalanish.

O'qish savodxonligining asosi matnlar bilan to'liq ishlash uchun zarur bo'lgan o'qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o'quvchi tomonidan kerakli ma'lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma'lum qismi bo'yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash.

PIRLS ning asosiy vazifalaridan biri o'qish sifati dinamikasini o'rganishdir. O'qish uchun zarur shart bu har bir qismda matnlar va ularga berilgan topshiriqlarning bir qismini qayta ishlatishdir.[2]

Matnni o'qish jarayonida o'quvchilarning ehtiyoji ham ahamiyatlidir. O'quvchining savodxonligini oshirgan sari uning maqsadlari ham o'zgara boshlaydi. Oldin shunchaki matnni o'qigan bo'lsa, endi bu ehtiyoj yanada murakkablashadi, ya'ni qahramonning hatti - harakatlarini anglab tushunish, uning maqsadlarini aniqlash va hattoki keyingi harakatlarini taxmin qilish kabi jarayonlar yuzaga keladi. O'quvchining yoshini inobatga olgan holda illyustrtiv matnlardan foydalanish o'quvchi tasavvurini boyitish, rasmlar orqali matn mazmun - mohiyatini tez anglab olish kabi qobiliyatlarini yanada yaxshilashga, uning qiziqishi orttirishga erishish mumkin.

O'qish bevosita og'zaki nutq bilan bog'liq bo'lib, ifodali o'qish ko'nikmasini shakllantirishga, o'quvchilar orasida matndagi ma'lumotlarni o'zaro muhokama qilish, tahlil qilish orqali muloqotga kirishga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda mantiqiy fikrlash kattalardagidek rivojlanmagan shuning uchun ular ko'proq vizual tasavvurni ishga solishadi. Matnda uchraydigan narsa-buyum, hayvonlar yoki predmetlar haqida vizual tushunchaga ega bo'lib, so'ngra muntazam shular haqida fikr yuritish orqali o'quvchilarlarda mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi.

O'qish ko'nikmasini rivojlantirishda to'rt sifatni ko'zdan qochirmaslik kerak: to'g'ri va xatosiz o'qish, ravon o'qish, anglab o'qish va ifodali o'qishdir.[3]

To'g'ri o'qish deganda so'z ma'nolarini buzmasdan, adabiy normalarga rioya qilib o'qishdir; ravon o'qishda - matnni o'qish tezligi tushuniladi, odatda bir daqiqada nechta so'z o'qilishi nazarda tutiladi; anglab tushunish - bu tinglovchiga matnning asosiy mazmunini yetkazib berish va o'z munosabatini bildirishdir; ifodali o'qish -pauza va intonatsiyalar bilan tinish belgilarga rioya qilgan holda o'qishdir. O'quvchilarda asar qahramonlarini emotsional holatlarini namoyon qila olish qobiliyati, muayyan bir his tuyg'uni ifodalay olish, masalan xafa bo'lish, xursand

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-207-211

bo'lish kabi holatlarni ifodalashda ko'rgazmali qurollar, rasmlar juda katta yordam beradi. Ertak qahramonlarining holati, hatti - harakatlarini o'xshatish, topishmoqlarni chaqqonlik bilan topishlari yoki hikoyalarni o'qiganlarida bo'lgan voqeadan ta'sirlanishlari ham o'quvchilarning emotsianal holatiga bog'liqdir.

PIRLSga o'quvchilarni tayyorlashda o'rganilayotgan obyektlar bilan integratsiyalashgan yondashuv va aloqalar, o'rganishdagi aqliy faoliyatni faollashtirish, vizual in'ikoslarni rivojlantirish, xulosalar, qo'shimcha ma'lumotni nafaqat o'quv materiallari bo'yicha, balki kundalik hayotda ham topish muhim ahamiyatga ega. PIRLS tadqiqoti bo'yicha o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir. O'qish savodxonligining bu ko'rinishi konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko'plab o'qish nazariyalarini aks ettiradi.[4]

Interaktiv jarayon bu - o'quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o'quvchi va matn orasidagi muloqot orqali ma'lumot yaratish.

Konstruktiv jarayon berilgan nostandart ko'rinishdagi matnlar asosida o'quvchi ma'noni yaratadi. konstruktiv so'zi inglizchadan olingan bo'lib «construct» - yaratmoq degan ma'noni bildiradi. O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi. PIRLS yosh o'quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o'qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma'lumot olish va ulardan foydalanish uchun o'qishdir.

O'qituvchining asosiy vazifasi-bolani vaziyatdan chiqib ketishga o'rgatish, axborotning mo'l-ko'lligini to'g'ri yo'naltirish, kerakli ma'lumotlarni olish va ulardan foydalanish. O'qituvchi o'quvchilarni haqiqiy hayotga, to'g'ri fikrlashga, xulosaga tayyorlashi kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining - O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagill 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-207-211

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining — Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2018-yil 8- dekabrdagi 997-sonli qarori.

3. А. Ismoilov, D. Norboyeva, K. Kucharova, Z. Qosimova, N. Amino va. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonligini baholash. (o'quv qo'llanma) - T.: Sharq NMAK, 2019. -94 b.

4. Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash (Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma) «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent - 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.