Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TAʼLIM TIZIMIDA O’ZBEK TILINI O’QITISHNING TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALARI'

ZAMONAVIY TAʼLIM TIZIMIDA O’ZBEK TILINI O’QITISHNING TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
281
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy taʼlim / o’zbek tili / texnologiya / innovatsiyalar / metodika / kompetensiya / talabalar / kommunikativ savodxonlik. / modern education / Uzbek language / technology / innovations / methodology / competence / students / communicative literacy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahmatjonov, Shahzodxon Shodiboyzoda

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi. Shuningdek ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kun sayin kuchayib bormoqda. Ushbu maqolada, zamonaviy taʼlim tizimida o’zbek tilini o’qitish texnologiya va innovatsiyalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY AND INNOVATIONS OF TEACHING THE UZBEKI LANGUAGE IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM

Currently, modern teaching methods are widely used in the educational process. The use of modern teaching methods leads to high efficiency in the teaching process. It is appropriate to choose these methods based on the didactic task of each lesson. While preserving the traditional form of the lesson, enriching it with various methods that activate the activity of learners, leads to an increase in the level of learning of learners. Also, the interest and attention to the use of innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process is growing day by day. In this article, there are thoughts and opinions about the technology and innovations of Uzbek language teaching in the modern education system.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TAʼLIM TIZIMIDA O’ZBEK TILINI O’QITISHNING TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMIDA O'ZBEK TILINI O'QITISHNING TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALARI

Rahmatjonov Shahzodxon Shodiboyzoda

Chirchiq davlat pedagogika unversiteti Gumanitar fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 3-bosqich talabasi

+998 93 633 44 12

ANNOTATSIYA

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An 'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta 'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasi o'sishiga olib keladi. Shuningdek ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o 'quv jarayonida qo 'llashga bo 'lgan qiziqish, e'tibor kun sayin kuchayib bormoqda. Ushbu maqolada, zamonaviy ta 'lim tizimida o 'zbek tilini o 'qitish texnologiya va innovatsiyalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim, o'zbek tili, texnologiya, innovatsiyalar, metodika, kompetensiya, talabalar, kommunikativ savodxonlik.

Currently, modern teaching methods are widely used in the educational process. The use of modern teaching methods leads to high efficiency in the teaching process. It is appropriate to choose these methods based on the didactic task of each lesson. While preserving the traditional form of the lesson, enriching it with various methods that activate the activity of learners, leads to an increase in the level of learning of learners. Also, the interest and attention to the use of innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process is growing day by day. In this article, there are thoughts and opinions about the technology and innovations of Uzbek language teaching in the modern education system.

Key words: modern education, Uzbek language, technology, innovations, methodology, competence, students, communicative literacy.

В настоящее время в учебном процессе широко используются современные методы обучения. Использование современных методов обучения приводит к высокой эффективности учебного процесса. Эти методы целесообразно выбирать исходя из дидактической задачи каждого урока. При сохранении

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

традиционной формы урока, обогащении его различными методами, активизирующими деятельность учащихся, происходит повышение уровня обученности учащихся. Также с каждым днем растет интерес и внимание к использованию инновационных технологий, педагогических и информационных технологий в образовательном процессе. В этой статье есть мысли и мнения о технологии и инновациях преподавания узбекского языка в современной системе образования.

Ключевые слова: современное образование, узбекский язык, технология, инновации, методика, компетентность, обучающиеся, коммуникативная грамотность.

Til millatimizning borlig'i, qalbimizning quyoshidir. Til adabiyotni yashnatadigan, millatning ruhiy boyligini oshiradigan ijtimoiy hodisadir. Til yashasa millat ham, adabiyot ham yashaydi. Har qanday tilni o'rganish uchun avval shu tildagi so'zlarni bilib olish kerak bo'ladi. Buning uchun esa shu tildagi gap tuzish, so'zlarni bog'lash, qonun qoidalarni bilish kerak. Tildagi tovushlar talaffuzini yaxshi o'zlashtirib, so'zlarni to'g'ri aytish ham til o'rganishda juda muhimdir. Ona tilim menga g'urur va iftixor tuyg'usini bag'ishlaydi. Xalqlar o'rtasidagi birlik, ahillik hurmat tilni bilishdan boshlanadi. Til bilan ko'ngilni doimo bir tutish kerak. Chunk i har bir millatning tili yaxshi insonlar qatoridan suv ichib turadi.

O'zbek tilining imkoniyatlari shu qadar kengki unda nasr va nazm uchun kerakli bo'lgan go'zal va nafis uslublarni topish mumkin. Tilga bo'lgan muhabbat tuyg'usi ona suti bilan qonga kiradi. Tilimiz bizning ruhiy boyligimiz, ma'naviy borligimizdir. Millatni yashnatib, uni dunyoga tanitadigan asosiy vosita til desak adashmagan bo'lamiz. Tilga bo'lgan muhabbat tuyg'usi har bir insonning qalbida josh urib to'lqinlanib turmog'i lozim

Olamning gultoji bo'lgan insonga tuhfa qilingan til uning mislsiz boyligi hisoblanadi. O'zbek tilining borlig'i, boyligi, bo'y-basti-yu butunligini ko'rsata olgan filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov ta'kidlaganlaridek, "Odamni, olamni va Ollohni tanimoqday mashaqqatli, sharafli yo'lning avval-oxir charog'boni shu tildir. Dunyoda o'zining kimligini anglash, qavmining hamiyati va hurligini ko'rish tuyg'usi ham, avvalo, til tufayli poydordir. Ona tilining inson va aqliy va ma'naviy-ruhiy dunyosining tayanchi ekanligidan iborat haqiqatni hushi o'zida bo'lgan odamlarning barchasi e'tirof etadi".

Har qanday milliy til o'zida shu tilda so'zlovchi xalqning estetik, axloqiy-badiiy va falsafiy, diniy-etnografik, tarixiy va ijtimoiy, mafkuraviy va ma'naviy qarashlarini, ular haqidagi tushunchalar, tasavvurlar, kategoriyalar, mushohadalarni o'zida ifoda

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

etadi hamda buyuk merosni avloddan avlodga olib o'tuvchi, ularni asrovchi va saqlovchi ma'naviy qurolga, xazinaga aylanadi. Shu sababli ham tilni shunchaki aloqa quroli deb bilish va baholash mantiqqa mutlaqo to'g'ri emas. O'zbek tili -o'zbek xalqining milliy tili. Unda o'zbek xalqining o'zligi, tabiati, saviyasi, tafakkur tarzi o'z tajassumini topar ekan, demak, mazkur tilni asrab-avaylash, uning nufuzini, obro'-mavqeyini ko'tarish shu tilda so'zlovchi har bir shaxsnning insoniy burchi va huquqidir

Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchini faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari izlab topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi ta'lim jarayoni vaqtida interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv darslari jarayoni mobaynida foydalanishga bo'lgan intilish, e'tibor kundan - kunga ortib bormoqda. O'qituvchi ushbu jarayonda o'quvchining shaxsiy takomillanishi, rivojlanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga muhit yaratadi va shuning bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funktsiyasini ham bajaradi.

Innovasion texnologiyalar ta'lim sifati va samaradorligini yanada takomillashtirib, ta'lim jarayonining markaziga o'quvchi va talabalarning o'quv bilish faoliyatini oshirishga yordam beradi, ta'lim jarayoni yaxlitligini ta'minlaydi. O'quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko'rsatkichi, o'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish, iroda va faoliyatning o'quvchi ongining predmetiga aylanishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun, dastlab, ta'lim beruvchi maqsadga eltuvchi texnologiyalarni tanlay bilishi, o'quv tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta'minlashi zarur.

O'qituvchi dars vaqtida boshqa ma'lumotni taqdim qilish bilan bir qatorda internet ma'lumotlari, multimedia dasturlari, jadvallar va shunga o'xshash mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlarni ko'rsatib o'tsa, bu nafaqat o'quvchilarning darsga bo'lgan intilishini oshiradi, balki o'quvchilarning erkin o'qishini talab darajasida rivojlantirishiga, mavzuni imkon darajasida to'la o'zlashtirishiga ham yordam beradi. Innovatsion texnologiyalarni qo'llash natijasida o'quvchilarning erkin fikrlash, tahlil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qilish, xulosalar chiqarish, o'z g'oyasini bayon etish, uni asoslangan tarzda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish malakalari takomillashib, shakllanib boradi.

Pedagogik innovatsiyalar - bu maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan ta'lim sohasidagi yangiliklarni ishlab chiqish, joriy etish, sinovdan o'tkazish va baholash jarayoni. Ular orasida: ta'lim jarayoni vaqt o'tishi bilan o'zgaradi, mehnat bozori bo'lajak xodimlarga yangi talablarni qo'yadi va o'qitish o'zgartiriladi, yangi maqsadlarga moslashtiriladi, bunga erishish uchun yangi pedagogik usullar, uslublar va usullar zarur. Ta'limdagi innovatsiyalar quyidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi:

1. Ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish;

2. Talabalarning kognitiv faolligini faollashtirish;

3. Ta'lim va tarbiya ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish;

4. O'quv materialining metodika va didaktika nuqtai nazaridan o'zgartirishlari.

Pedagogik jarayonga faol joriy etilayotgan yangi yondashuvlar belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Ular ta'lim muassasalarida ishning yangi uslub va uslublarini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ta'limga yondashuv - bu yangi texnologiyalar uchun asos bo'lgan asosiy tamoyil, talablar va maqsadlar to'plami. Zamonaviy ta'limning talabi o'quvchilarga imkon qadar ko'proq bilim berish emas, balki ularni o'z-o'zidan o'rganishga, nafaqat bilishga, balki olingan ma'lumotlar bilan ishlay olishga o'rgatishdir. Pedagogik innovatsiyalar ikkita asosiy yondashuvga asoslanadi:

1. Talabaga yo'naltirilgan yondashuv o'quv jarayonini har bir o'quvchi -talaba shaxsiga yo'naltirishni nazarda tutadi. Zamonaviy pedagogika har bir o'quvchining o'ziga xos tajribasi va xarakterini hisobga olishi, uning individualligi va iste'dodini rivojlantirishi kerak. Ushbu yondashuvni amalga oshirish tanlov tamoyillariga tayanishni o'z ichiga oladi (talabalar o'zlari xohlagan sohalarni tanlashlari mumkin), ishonch (o'qituvchilar tomonidan avtoritar bosimning yo'qligi), ijodkorlik va muvaffaqiyat, sub'yektivlik, individuallik;

2. Kompetensiyaga asoslangan yondashuv o'zbek maktabi uchun yangi, u asosiy e'tiborni o'rganish natijasiga qaratadi, natijada esa bilimlar yig'indisi emas, balki ko'nikmalar yig'indisi, o'quvchining muammolarni, konfliktlarni hal qilish, turli vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatidir.

O'zbek tili o'qitish metodikasining asosiy maqsadi til imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli va unumli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy -ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, o'quvchilarda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish va talaba shaxsini ma'naviy boyitishdan iborat. Til o'qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarni erkin, ijodiy, mustaqil fikrlarini og'zaki va yozma shaklda, adabiy til me'yorlari asosida to'g'ri ifodalay oladigan, bir ma'noni turli holatlarda berish ko'nikmasi shakllangan yetuk murabbiylarni tarbiyalab yetkazishdir.

Erkin, mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash davlat siyosati darajasidagi vazifa sifatida e'tirof etilayotgan hozirgi kunda nutq madaniyatining ahamiyati juda katta. Zero ta'lim va tarbiya berishda asosiy vosita, qurol til sanaladi. Nutq madaniyatini o'stirish faqat filologiya sohasidagi ta'limiy-tarbiyaviy ish bo'lmasdan, g'oyaviy-siyosiy, ma'rifiy ishlarning ham eng muhim tomonlaridan birini tashkil etadi. Har bir inson uchun o'z milliy tilini o'rganish hayotiy ehtiyojdir. Ma'lumki, har bir shaxsda nutq madaniyatining yuksalishi milliy til sirlarini o'rganish, adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda to'g'ri gapirish va yozish, tilning leksik va grammatik birliklaridan o'rinli va maqsadga muvofiq tarzda foydalana olish omillariga bog'liq.

O'zbek tilining me'yorlari mukammal shakllanganligi o'zbek xalqi madaniyatining ulkan yutug'idir. Mazkur tilni yuksak darajada asrab-avaylash maqsadga muvofiq. Millatimizning millatligini ko'rsatuvchi, "borligi, birligi, va butunligidan iborat boqiy baxtining bukilmas taxti" hisoblanuvchi raso va ravon tilimizning buguni va ertasi uchun har birimiz mas'ulmiz. Xullas, tilning rivojini ta'minlash, avvalo, jamiyatda til haqidagi tushunchalarning barqarorligiga, til egalarining bebaho boylikka hurmat-ehtiromiga bog'liq.

O'zbek abadiy tili-har qaysi xalq va millat ma'naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan, uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o'zlikni anglashda muhim vosita bo'ladigan buyuk ijtimoiy hodisa. Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan, lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o'zida mujassam etib, sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma'qul me'yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir. Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o'zgarib, takomillashib boradi. Masalan, Alisher Navoiy davridagi o'zbek adabiy tili hozirgi zamon o'zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma'naviy hayotimizdagi o'rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim tizimining hozirgi holati noan'anaviy ta'lim texnologiyalarining roli ortib borayotgani bilan tavsiflanadi. Talabalar tomonidan ulaming yordami bilan bilimlarni o'zlashtirish an'anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

xarakterini o'zgartiradi, o'rganilayotgan fanlaming mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o'qitish usullarini qo'llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta'lim olish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga asoslangan avlodning yangi davlat ta'lim standartlari joriy etish talabaning tobora faol ishtirok etishi asosida bir qator fanlarni, shu jumladan o'zbek tilni o'qitish uslublarida sezilarli o'zgarishlarni nazarda tutadi. ta'lim jarayonining to'liq ishtirokchisi, uning katta mustaqilligi, aniq amal iy natijaga qaratilgan mashg'ulotlardir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Abduraxmonov G, Shukurov Sh. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. 2018.

2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. 2022 yil.

3. Turdieva K, Axmedova D. O'zbek tili. 2007.

4. O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqidagi" gi qonuni " O'zbek tilining yangi qonunlari" -To'plam 1998, 20-30 bet.

5. Shodmonov E., Rafiev A., G'oyipov "O'zbek tili" (darslik) 1995.

6. Rasulov R., Mirazizov A. "O'zbek tili". 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.