Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIGA TAALLUQLI NOADABIY SO‘ZLARNING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI'

TA’LIM JARAYONIGA TAALLUQLI NOADABIY SO‘ZLARNING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
305
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / jargon / psixolingvistika / nutq / lug‘at / ijtimoiy / muloqot / nutqiy faoliyat / leksika / tizim / milliy. / language / jargon / slang / linguistics / speech / society / study / communication / vocabulary / system / young people / research / layer / national / dictionary.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Axmedova, Muyassar Xadimatovna

Mazkur maqolada milliy til xususiyatlariga e’tibor qaratilib, u ilmiy tadqiq etilgan. Unda o‘zbek tilidagi o‘quv jarayoniga taalluqli bo‘lgan noadabiy so‘zlarning psixolingvistik xususiyatlari o‘rganilgan. Maqolada jamiyatning asosiy qatlami hisoblangan yosh avlod vakilllarining noadabiy so‘z hisoblangan jargon so‘zlari keltirib o‘tilgan. Bunda asosan ta’lim jarayoniga taalluqli bo‘lgan jargon so‘zlarining o‘ziga xos bo‘lgan psixolingvistik xususiyatlari ilmiy jixatdan tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLINGUISTIC FEATURES OF NON-LITERARY WORDS RELATED TO THE PROCESS OF EDUCATION

Nowadays it is important to study the features of speech, language, which are considered a means of communication. At present, attention is paid to the research of national language features from scientific point of view. This article explores the jargons used in in the daily process of communication in the Uzbek language. It is cited the words of the jargon of the younger generation, who are the main strata of society, and explains the importance and necessity of learning their jargon. The peculiar psycholinguistic features of jargon words have been scientifically analyzed.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIGA TAALLUQLI NOADABIY SO‘ZLARNING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

TA'LIM JARAYONIGA TAALLUQLI NOADABIY SO'ZLARNING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Axmedova Muyassar Xadimatovna

Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti, psixol.f.d. E-mail: muyassaraxmedova1968gmail.com Tel: 94-659-27-81

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada milliy til xususiyatlariga e'tibor qaratilib, u ilmiy tadqiq etilgan. Unda o 'zbek tilidagi o 'quv jarayoniga taalluqli bo 'lgan noadabiy so 'zlarning psixolingvistik xususiyatlari o 'rganilgan. Maqolada jamiyatning asosiy qatlami hisoblangan yosh avlod vakilllarining noadabiy so'z hisoblangan jargon so'zlari keltirib o'tilgan. Bunda asosan ta'lim jarayoniga taalluqli bo'lgan jargon so'zlarining o'ziga xos bo'lgan psixolingvistik xususiyatlari ilmiy jixatdan tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: til, jargon, psixolingvistika, nutq, lug'at, ijtimoiy, muloqot, nutqiy faoliyat, leksika, tizim, milliy.

PSYCHOLINGUISTIC FEATURES OF NON-LITERARY WORDS RELATED TO THE PROCESS OF EDUCATION

Ahmedova Muyassar Hadimatovna

Associate Professor Department of Psychology of the Tashkent State Pedagogical

University named after Nizami E-mail: muyassaraxmedova1968gmail.com Тел: 94-659-27-81

ABSTRACT

Nowadays it is important to study the features of speech, language, which are considered a means of communication. At present, attention is paid to the research of national language features from scientific point of view. This article explores the jargons used in in the daily process of communication in the Uzbek language. It is cited the words of the jargon of the younger generation, who are the main strata of society, and explains the importance and necessity of learning their jargon. The peculiar psycholinguistic features of jargon words have been scientifically analyzed.

Keywords: language, jargon, slang, linguistics, speech, society, study, communication, vocabulary, system, young people, research, layer, national, dictionary.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

KIRISH

Bugungi kunda haqiqiy aloqa doirasida til birliklarining ishlashini o'rganish ahamiyatlidir. Ayni paytda jamiyatining tili va madaniyatining ajralmas qismi noadabiy hisoblangan jargon so'zlari so'zlashuv nutqida mavjud. U hozirgi vaqtda tez rivojlanmoqda va kundan kunga uning lug'at boyligi oshib bormoqda. Chunki insoniyat bir joyda turmagan. Yangi texnologiya va moslamalar yaratilgani sari jargonizmlar bizning leksikondan mustahkam joy olmoqda. Agarda zamonaviy tendensiyalarni hisobga oladigan bo'lsak, u holda bir necha yuz yildan so'ng milliy tilni tanib bo'lmaslik ehtimoli inkor etilmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ijtimoiy jihatdan rivojlangan odamlar jamoasiga xizmat qiluvchi har bir til lingvistik va psixolingvistik jixatdan tahlil qilinishicha, turli xil ko'rinishlar shaklida taqdim etiladi. Bunda asosiy til adabiy til bo'lib, unda nutq, umumiy nutq va hududiy dialektlar mavjud; ikkinchi darajali til esa, ijtimoiy dialektlar (argo, jargon, sleng), professional til hisoblanadi. Jargon nutqning mo'tadilligini buzadi, uni yashiradi va jamiyatning til ongiga zarar yetkazadi. Shu bilan birga, jargon milliy tildan farqli o'laroq unga bog'liq bo'lgan boshqa bir tilni shakillantirmasligi lozim. Milliy tilning lingvistik lug'ati "jargon"da asosan barqaror ijtimoiy guruh tomonidan og'zaki muloqotda ishlatiladigan nutqning bir turini ko'rsatadi. Jargon (fr. jargon ma'lum bir guruhga oid so'z). Biror bir ijtimoiy yoki professional guruhga xos, faqat ularni o'zi tushunadigan va adabiy tildan farq qiladigan so'z va iboralar, deb ta'rif beriladi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da[11.74].

Tilda sodir bo'layotgan o'zgarishlarga qarab, jargon ham o'zgarib boradi. Yangi kasblar paydo bo'lishi, yangi ro'zg'or predmetlari yaratilishi, odamlar turlicha xordiq chiqarishlari va shunga yarasha turli xilda guruhlarga birlashishlari kabilar muloqot jarayonining o'ziga xos jixatlarini yaratadi. Bu jarayon jargonlarning yangilanishiga, ko'payishiga sabab bo'ladi.

Mazkur joyda, ilmiy tadqiqot natijalari asosida shakllantirilgan milliy tildagi o'quv jarayonini ifodalovchi jargon so'zlariga e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. Bunga ta'lim muassasalarida faoliyat yurituvchilarning jargonlari va ularning ta'riflari misol qilib keltirildi. Ya'ni kundalik hayotdagi ta'lim jarayoniga taalluqli bo'lgan jargon so'zlar quyidagilardan iborat.

Akno - darslar orasidagi bo'sh vaqt. Bu jargon rus tilidagi "okno" so'zidan olingan. "Okno" so'zining rus tilidan o'zbektiliga tarjimasi "deraza, darcha, oyna" ma'nosini anglatadi[9.478]. Mazkur jargon ham pedagogik faoliyatga aloqador bo'lganligi sababli, asosan oliy talim jarayonga aloqador bo'lgan barcha odamlarning o'zaro muloqoti davomida qo'llanilishi kuzatiladi. Bu jargon emotsional

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

bo'yoqdorlikka ega emas, u neytral ma'nodagi so'z. Masalan: Aknom bor kuniga chaqirsam bo'ladi. Menda ikkita akno bo'lib qoldi.

Maxraj xafta - juft xaftalar. Bu jargon "maxraj" va "hafta" so'zlaridan tuzilgan ibora. "Maxraj" matematika faniga oid so'z. Oddiy kasrda butunning nechaga bo'linganligini ko'rsatuvchi, kasr chizig'i ostiga yoziladigan raqam, deb ko'rsatadi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da [11.M xarfi.561]. "Hafta" yetti kun, yetti kecha-kunduz. Dushanbadan yakshanbagacha bo'lgan yetti kecha-kunduzni o'z ichiga olgan vaqt o'lchov birligi, deb ta'rif keltiradi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da [11.H xarfi.516]. U oliy ta'lim jarayoniga taalluqli jargon bo'lib, dars jadvalida birinchi xaftada bir fan qo'yilsa, ikkinchi haftada boshqa fan qo'yiladi. Ya'ni fanlar almashtirib o'tiladi. Ushbu jargon ham emotsional bo'yoqdorlikka ega emas, neytral ma'nodagi so'z hisoblanadi. Masalan: Bu xafta maxraj xafta darsim yo'q. Maxrajdagilar bayramga to'g'ri keldi, shuning uchun darslarni ulgurmadik.

Surat hafta - toq haftalar. Ushbu jargon ham yuqorida keltirilgan maxraj xafta -jargoni singari "surat" va "hafta" so'zlaridan tuzilgan ibora. "Surat" so'zi matematika faniga oid termin. Unga "oddiy kasirda chiziq ustidagi son", deb ta'rif beriladi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da [11.S xarfi.590]. Bu so'z ham oliy ta'lim jarayoniga taalluqli jargon. Lekin u mahraj haftaning aksi bo'ladi. Ya'ni dars jadvalida surat xaftasi bo'lganda biror bir fan qo'yilsa, ikkinchi hafta maxraj hafta hisoblanib, unga boshqa fan qo'yiladi. Ya'ni fanlar almashtirib turadi. Ushbu jargon ham emotsional bo'yoqdorlikka ega emas va u neytral ma'nodagi so'z hisoblanadi. Masalan: Surat haftadagi o'qituvchi bilan gaplashishimiz kerak, soatlari to'g'ri keladimi? Bu surat hafta, sen adashibsan.

Nolavoy, nolyovka - o'quv jadvalidagi dars vaqti (nolevoy para, dars). Nolavoy, nolyovka so'zi rus tilidagi nol, nulevoy, nolevoy so'zlaridan olingan. "Nol" matematikada har qanday sonlarni nolga qo'shish yoki ayirishda shu sonni o'zi o'zgarmay qoladi, deb izohlaydi rus tilining izohli lug'atida[8.1044]. "Nulevoy" -nolga barobar bo'lgan[9.447]. Hisobda bir raqamidan oldingi son "0", ya'ni yo'q, ahamiyatsiz, bo'sh joy, bo'sh hajim kabi ma'nolarni anglatadi. Odatdagi tartib bilan belgilangan darslardan oldin qo'yiladigan dars soatlari nolevoy para yoki nolyovka deb aytiladi. Bu jargon Oliy ta'lim jarayoniga taalluqli so'z hisiblanib, udan oliygoh xodimlari, pedagog va talabalar ko'p foydalanadi. Mazkur jargon ham yuqorida keltirilgan o'quv jarayoniga taalluqli bo'lgan jargon so'zlariga o'xshab emotsional bo'yoqdorlikka ega emas va u neytral ma'nodagi so'z hisoblanadi. Masalan: Darsingizni faqat nolevoy paragagina qo'yish mumkin. Nolevoy para borligi butunlay esimda yo'q.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Yiqilmoq - imtixondan o'ta olmaslik. F'elidan yasalgan jargon so'zi bo'lib, "tik holatini yo'qotib, yer tomon tushmoq"; "qulamoq" ma'nolarini beradi, "O'zbek tilining izohli lug'ati"da [11.Y xarfi.271]. Bu jargon salbiy ma'noni anglatuvchi so'z hisoblanadi, lekin unda emotsional bo'yoqdorlik yo'q. Bu so'z keng omma tomonidan qo'llaniladi. Lekin udan ko'proq talaba va maktab o'quvchilari foydalanadi. Masalan: Nargiza meditsinaga topshirgan ekan, yiqilibdi. Dushanbada topshirganlami hammasi yiqilibdi.

Yaxladi - imtihondan qaytmoq; imtihondan o'ta olmaslik. Bu jargon ham yaxlamoq f'elidan yasalgan. Yaxlamoq so'zi "muzga aylanmoq, muzlamoq" ma'nosini bildiradi, deb ko'rsatadi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da [11.Ya xarfi.123]. Mazkur jargon so'zini o'quvchi yoki talabalar muloqot jarayonida qo'llaganida emotsional bo'yoqdorlik xususiyati kuzatilmaydi. Lekin neytral so'z hisoblanmaydi. Chunki imtihondan qaytish yoki imtihondan o'ta olmaslik ijobiy natijani ko'rsatmaydi aksincha, salbiy ma'noni anglatadi. Masalan: Feruza bugun o'qishga borib yaxlab keldi. Spes bugun hammani yaxlatdi.

Xullas, yuqorida keltirib o'tilgan hozirgi vaqtdagi ta'lim jarayoniga taalluqli bo'lgan jargon so'zlarning psixolingvistik tahlili natijalari bir qator ma'lumotlarni aniqlash imkonini beradi. Dastlab jargon va adabiy so'zlarning ma'nosi aniqlanadi. Ulardagi o'ziga xoslik, qiyosiylik, ko'chma ma'noda qo'llanishning mohiyati anglanadi. Shuningdek, jargon so'zi qanday yasalganligi: qanday tildan olinganligi, qisqartma so'zligi kabilar ma'lum bo'ladi. Kimlar tomonidan qo'llanilishi: yoshi, jinsi, guruhi, ijtimoiy holati, salohiyati, faoliyati kabilar namoyon bo'ladi. Jargon so'zning emotsional bo'yoqdorlikka xosligi anglanadi. Bundan tashqari jargonlar davrga, millatga, elatga bog'liq xususiyatlarni ham o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi mumkin.

Demak, jargonlar so'zlashuv davomida eng keng tarqalgan va tashqi dunyo bilan zaif aloqaga ega bo'lgan muayyan me'yorlar va xulq-atvor bilan ajralib turadigan bir ta'limdir. Ijtimoiy ma'noda jargonlar inson uchun tabiiy bo'lgan madaniy (sivilizatsiya) muhitni yaratish, nutqda tez-tez uchraydigan tushunchalar va ramzlar doirasi tomonidan belgilanadigan maqom, yo'nalish va talablar tizimini shakllantirishdir.

Ijtimoiy muhit tilga, kundalik nutqqa ta'sir qilishi inkor etilmaydi va bular o'z navbatida kishining saviyasini pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Biroq yuqori saviyali, sof, toza, ma'naviyatli til ham, o'z navbatida, muhitga uning shakllanishi, yaxshilanishi, ma'naviy boyishi va o'zgarishiga ta'sir qilishi mumkin va zarur.

XULOSA

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Shuning uchun milliy til xususiyatlarini imkon qadar chuqurroq tadqiq etib, adabiy tilni to'g'ri va aniqroq shakllantirish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Hozirgi zamon yoshlar nutqidagi jargonlar. O'zMU xabarlari. 2022. 1/9. B. 255259.

2. Axmedova M.X. Psixolingvisticheskiye xarakteristiki jargonizmov v natsionalnom yazike. Vestnik integrativnoy psixologii. Buxara - Yaroslavl. 2022. Vipusk 26. S. 22-25.

3. Vejbitskaya A. Yazik. Kultura. Poznaniye. / Per. s angl. / Otv. red. M.A.Krongauz. - M.: Russkiye slovari, 1996.

4. Leontev A. N. Deyatelnost. Soznaniye. Lichnost. - M.: Politizdat, 1977. -304 s.

5. Mirtojiyev M.M. O'zbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi (O'quv qo'llanma). Toshkent, 2000.

6. Morkovkin V. V. Opit ideograficheskogo opisaniya leksiki (analiz slov so znacheniyem vremeni v russkom yazike). — M.: Izd. Mosk. unta, 1977. -168 s. S.78.

7. Nebolsina P.A. Yazikovaya kartina mira: opredeleniye ponyatiya. - M.: Izd-vo PSTGU, 2005. - 438 s.

8. Ojigov S.I., Shvedova N.Ya. Tolkoviy slovar russkogo yazika. M. 2012.

9. Ruscha-o'zbekcha slovar. R.Abduraxmonov taxririda. Chet til va milliy tillar lug'atlari davlat nashryoti. M. 1954.

10. To'raxo'jayeva A. Hozirgi o'zbek adabi tili (Leksikologiya, frazeologiya, lug'atshunoslik)dan o'quv uslubiy qo'llanma) Qo'qon. 2006.

11. O'zbek tilining izohli lug'ati. A.Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Elektrn kutubxona.

12. Akhmedova Muyassar Khadimatovna. Psycholinguistic Features Of Slang Vocabulary In The National Language. Eurasian Scientific Herald. Apr 23, 2022 №7. Р. 205-208.

13. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

14. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХРТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

15. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In

S. 140.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

16. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

17. Абдурашидова, Нилуфар Абдурашидовна, & Хасанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁКАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКДИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 1226-1235.

18. Ramatov, J. S., Valiev, L. A., & Xasanov, M. N. (2022). XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII-FALSAFIY JARAYONLAR.

19. Кушаков, Ф. А., Хдсанов, М. Н., Баратов, Р. У., Раматов, Ж. С., & Султанов, С. Х. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ХУКУКЛАРИ ВА СУЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 803-810.

20. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. Х., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

21. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.