Научная статья на тему '“ALPOMISH” DOSTONINI O‘QITISHDA TALABALARNI FAOLLASHTIRISH YO‘LLARI'

“ALPOMISH” DOSTONINI O‘QITISHDA TALABALARNI FAOLLASHTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
331
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
doston / interaktiv metod / zamonaviy texnologiya / arxaik soʻzlar / tarixiy soʻzlar / dialektizm / arab-fors soʻzlar / lingvistik sharh / tarixiy-milliy sharh. / Epic / interaktive method / modern technologies / archaic words / historic words / dialecticism / arabic-Persian words / lingvistic review / historic-national review.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azimova, Gulmira Nizomjon Qizi

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida qo‘llashga boʻlgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday boʻlishining sabablaridan biri: shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi. Oʻqituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega boʻlishlarini ta’minlaydi.Ushbu maqolamizda o‘quvchilarga “Alpomish” dostonini o‘qitishda “Sharhlab o‘qitish” usulining samaradorligi haqida fikr-mulohazalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO ACTIVATE STUDENTS IN TEACHING THE EPIC “ALPOMISH”

Today, the interest and attention to use of interactive methods, innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process is growing day by day. The main reson is that, until now in traditional education the students were taught ready-made knowledge, modern technologies teach them to search aquired knowledge by themselves, to study and analyze it independently, and even to draw their own conclusions. The teacher creats contiditions to improve, form, learn, upbring individually in this process, and at the same time, performs the functions of management and guidance. The student becomes the main figure in the education process. Pedagogic technologies and the pedagogical skills, experience, interaktive methods provide the students will be well-educated, sufficient qualificated. In this article, students are given feedback on the effectiveness of the "Interpretive Teaching" method in learning the "Alpomish" epic.

Текст научной работы на тему «“ALPOMISH” DOSTONINI O‘QITISHDA TALABALARNI FAOLLASHTIRISH YO‘LLARI»

om

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

"ALPOMISH" DOSTONINI O'QITISHDA TALABALARNI FAOLLASHTIRISH YO'LLARI

Azimova Gulmira Nizomjon qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti,

Filologiya fakulteti: filologiya va tillarni o'qitish(o'zbek tili) 4-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo 'llashga bo'lgan qiziqish, e 'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri: shu vaqtgacha an 'anaviy ta 'limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.Ushbu maqolamizda o'quvchilarga "Alpomish" dostonini o'qitishda "Sharhlab o'qitish" usulining samaradorligi haqida fikr-mulohazalar berilgan.

Kalit so'zlar: doston, interaktiv metod, zamonaviy texnologiya, arxaik so'zlar, tarixiy so'zlar, dialektizm, arab-fors so'zlar, lingvistik sharh, tarixiy-milliy sharh.

WAYS TO ACTIVATE STUDENTS IN TEACHING THE EPIC

"ALPOMISH"

ABSTRACT

Today, the interest and attention to use of interactive methods, innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process is growing day by day.

The main reson is that, until now in traditional education the students were taught ready-made knowledge, modern technologies teach them to search aquired knowledge by themselves, to study and analyze it independently, and even to draw their own conclusions.

The teacher creats contiditions to improve, form, learn, upbring individually in this process, and at the same time, performs the functions of management and guidance.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

The student becomes the main figure in the education process. Pedagogic technologies and the pedagogical skills, experience, interaktive methods provide the students will be well-educated, sufficient qualificated. In this article, students are given feedback on the effectiveness of the "Interpretive Teaching" method in learning the "Alpomish" epic.

Key words: Epic, interaktive method, modern technologies, archaic words, historic words, dialecticism, arabic-Persian words, lingvistic review, historic-national review.

O'qituvchi doston kompozitsiyasi haqida umumiy tushuncha berar ekan, eng avvalo, sa'j san'ati haqida ma'lumot berishi lozim. Sa'j xalq dostonlarida muhim epik komponent bo'lib, nasriy bayonni qofiyalangan holda, ma'lum vaznlarga solingan tarzda aytilishidir.Bu san'at dostonning nasriy kirish qismida, qahramonlar portreti, tabiat tasviri va xotimada keng qodlaniladi. O'qituvchi nazariy fikrlarni aytgach, sa'j san'ati bilan bog'liq dostonda qo'llaniladigan an'anaviy zachinni o'qib bergani ma'qul: "Biylarning ko'nglini xushlamadi, otini ushlamadi, ostiga libos tashlamadi [1.8-b] yoki "Xaloyiqlar ham ko'rdi: tarzi gul yuzli, shirin so'zli, bir siyosatli kishi qalandar bo'lib kelayotir", "Toychi viloyatinda, Qalmoq muzofotinda bir Surxayl degan Kampir bor edi".

Dostonda qofiya bilan kelgan so'zlar ajratib ko'rsatiladi va talabalarga nasriy qofiyaning o'ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha beradi. O'qituvchi "Alpomish" dostonining kompozitsiyasini talabalarga o'qitishda, avvalo, ularni doston sujeti bilan qiziqtirishi hamda ularda doston haqida umumiy tasavvur uyg'otishi lozim. So'ngra dostonning baxshilar tomonidan kuylangan variantlarini qo'yib berish orqali ularning diqqatini yanada ko'proq darsga jalb qilish imkoni paydo bo'ladi. Shu orqali o'qituvchi dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan o'rinli foydalanishi mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Alpomish" dostonining matni ustida ishlashda o'qituvchi doston yaratilgan davr tili va bugungi adabiy til o'rtasida farq borligini talabalarga tushuntirmog'i lozim. Shuning uchun, o'qituvchi darslikda berilgan "Alpomish" dostonining matnini talabalarga o'qish uchun vazifa qilib berar ekan, o'zlari uchun notanish bo'lgan so'zlarning ro'yxatini tuzib kelishni topshiriq qilib beradi.Tabiiy ravishda o'qituvchining o'zi ham doston matni uchun alohida lug'at tuzib olishi maqsadga muvofiqdir. Bu lug'at "O'zbek tilining izohli lug'ati" yoki "Alpomish" dostonining izohli lug'ati"[2.15-b] asosida tuziladi. Bundan tashqari, 9-sinf adabiyot darsligida berilgan dostondagi so'zlarning izohli lug'ati ham dars jarayonida o'qituvchiga asosiy dasturulamal bo'lib xizmat qiladi[3].

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

"Alpomish" dostonining matai ustida ishlash o'qituvchidan katta mas'uliyatni talab qiladi. Chunki, o'qituvchi birgina shu doston misolida butun o'zbek xalq dostonchiligi, uning mazmun-mohiyati, badiiy adabiyotda tutgan o'rni, xalqimiz ma'naviyatiga ta'siri, talabalarning komil inson bo'lib yetishishlaridagi ulkan vazifasi, bir so'z bilan aytganda, dostonchilikka xos bo'lgan badiiy estetik funksiyasi haqida ma'lumot bermog'i lozim.

Qalmoq elida talash bo'layotgan yori haqidagi xabarni eshitib, uni qutqarish uchun yo'lga otlangan Alpomishning holati talabaning ko'z o'ngida namoyon bo'lar ekan, o'qituvchi talabalarga aynan o'sha o'rinlarni o'qib, shu tasvirlar orqali qahramonning ruhiy olamini talabaga uqtirishi mumkin: Siltab yuradi Boychibor, Yaqin bo'lar uzoq yo'llar, Yo'l yurar davlatli shunqor, Qalmoq yurtini axtarar, Yolg'iz ketdi bunda shunqor. Hakimbek qildi g'ayratdi, Qiladi otga shiddatdi, Izhor cho'lni to'zon tutdi, Yo'lning tanobini tortdi[4.82-b].

Qahramonning yo'l taassurotlari shoir tomonidan bayon etishda she'r vaznining o'ynoqi va yengil bo'lishiga ahamiyat beradi. Xuddi, ot yo'rtib yoki chopib borayotganidek, qahramonning ruhiyati ham shu kayfiyatda bo'ladi. She'rdagi bo'g'inlar va turoqlar soni shunga qarab o'zgarib boradi. Otlar chopishi, jang manzaralari, personajlarning tezkor va shiddatli harakatlari aks etgan o'rinlar yetti-sakkiz bo'g'inli she'rlar bilan ifodalanadi. Biz bunday holatni barcha xalq dostonlari uchun tipologik hodisa hisoblangan qahramonning mardligi, jasurligi, botirligini namoyon qiluvchi musobaqalarda, jang lavhalarida ham ko'rishimiz mumkin. Doston qahramonlari hamma vaqt adolat uchun, yurtning ozodligi va elning farovonligi uchun, or-nomus, iymon va din uchun jangga kiradilar. Shu sababli dostonlarda ro'y beradigan bunday lavhalar adabiyotning boshqa janrlaridagi lavhalardan farq qilib, talabada og'ir taassurot qoldirmaydi. Tushkun kayfiyat uyg'onmaydi. Aksincha, talaba dostondagi kurash va jang lavhalarini zavq-shavq bilan, qahramonga havas qilib tinglaydi yoki o'qiydi. Shuning uchun dostondagi ana shunday lavhalarni o'qituvchining ohang bilan rolga kirishib o'qib bermog'i maqsadga muvofiqdir.

"Alpomish" dostoni xalqimizning asrlar davomida badiiy sayqal topgan adabiy merosi bo'lishi bilan bir qatorda xalqimizning muqaddas urf-odatlarini, milliy qadriyatlarini, umuminsoniy fazilatlarini mujassamlashtirgan ulkan epik obidadir.

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Shuning uchun, o'qituvchi dostondagi milliy urf-odatlar tasviri berilgan o'rinlami aytib o'tishi, shuningdek, hozirgi kundagi urf-odatlar bilan solishtirib tushuntirishi mumkin.

Dostonda betakror an'analar, ota-bola munosabati, farzand tarbiyasi, yoshlarning ishq-muhabbatga qarashi, taqdir tadbiri, do'stlik va unga turfa xil munosabat kabi g'oyalar badiiy lavhalarda kuylangan. Dostonning didaktik ahamiyati esa mana shu voqealarga qahramonlarning munosabati, ishq-muhabbat va do'stlikni qadrlashi, farzand tarbiyalash va uni tushuna bilish, taqdirga bosh egish va ayni paytda hayot uchun kurash kabi umuminsoniy va ayni paytda sof milliy xususiyatlarda namoyon bo'ladi. O'qituvchi ushbu dostonni o'tish paytida mana shu xususiyatlarga alohida e'tibor berishi, uni hayotiy voqealar bilan qiyosiy tarzda tushuntirib bermog'i, shu yo'l bilan yosh avlodning ongi va qalbiga milliy an'ana va qadriyatlarimizga mehr-muhabbat tuyg'ularini uyg'ota olishi kerak. Shundagina ushbu mavzuni o'tishda ko'zlangan maqsadga erishiladi.

Hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.

Interfaol usullarni qo'llash natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

Bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar tarbiyasi barchaning birdek diqqat-e'tiborida turgan dolzarb masalardan biridir. O'qituvchi tomonidan o'quv jarayonida yoshlarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar, zamonaviy uslublarning qo'llanishi, yoshlarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan foydalanishga, eng asosiysi, o'qishga, fanga va o'zi tanlagan kasbiga bo'lgan qiziqishlarini, shuningdek pedagogik faoliyatga nisbatan hurmatini kuchaytiradi.

Ta'limning bugungi vazifasi o'quvchilarni kun sayin takomillashib borayotgan axborot-ta'lim muhiti sharoiti mustaqil ravishda faoliayt ko'rsata olishiga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o'rgatishdan iboratdir[5.4-b]. Ta'lim islohotlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlarning tezkorligi, ta'lim mussasalariga qo'yilayotgan yangi, yanada yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog'liq dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. Bunday sharoitlarda ta'lim muassasasini rivojlantirish va zamon talablari darajasida faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qaratilgan tadbirlar salmog'i uzluksiz ortib boradi. Qo'yilayotgan vazifalarning deyarli barchasi, tamoyil jihatidan, yangi talablarni keltirib chiqaradi va ularni hal qilishda jamoaning faqatgina mavjud tajriba asosida ish ko'rishi yetarli bo'lmay qoladi. Alpomish dostoni sharq xalqlarining uzoq o'tmishi tarixi, turmushi, orzu -armonlarining badiiy ifodasidir. Shu boisdan dostonning tili boy, sodda, jozibali va ravondir. Unda tushunilmaydigan so'zlar u qadar ko'p emas. Lekin bu asarda xalq donishmandligining ifodasi bo'lmish maqollar, tasviriy vositalar va mubolag'alardan keng foydalanilgan, o'zbek xalqining qadimiy urf - odatlari, an'analari go'zal badiiy vositalar bilan tasvirlangan. Agar o'qituvchi asarni sharhlash orqali o'quvchilarga ana shularni yetkazsa, ilm toliblari o'quv materialidan to'liq xabardor bo'ladilar. Tajribali o'qituvchilarning fikricha, sharhlab o'qish orqali, biror bir asar matnini izohlash jarayonida o'quvchilar notanish so'z ma'nosi bilan, ayrim so'zlarning ko'chma ma'nosi yoki bir so'zning bir necha xil ma'nolari bilan tanishadilar. Sharhlab o'qitish usuli quyidagicha amalga oshiriladi.

1. Lingvistik sharh. Tushunilishi qiyin so'zlar, ma'nosi notanish va noaniq so'zlar izohi. Sharhning bu turini quyidagi so'zlar qamrab oladi: arxaik so'zlar, tarixiy so'zlar, dialektizm, arab-fors so'zlari izohi. So'zlarni shu tarzda izohlash uning qaysi tilga mansubligi haqida ham ma'lumot beradi.

2. Tarixiy - milliy sharh. Bu xil sharhda qadimiy milliy urf -odatlar,an'analar,udumlar bilan bog'liq bo'lgan so'zlar izohlanadi.

3. Tarixiy - adabiy sharh. Bunda adabiy asarlardagi tarixiy davr bilan bog'liq so'zlar izohlanadi. Bundan tashqari asarlarni sharhlashda yana quyidagi turkum so'zlar izohi bo'lishi mumkin:

- jo'g'rofik j oy nomlari ;

- badiiy asarlardagi tarixiy shaxslar. Ular haqidagi qo'shimcha ma'lumotlar;

- xalq maqollari, iboralar va tasviriy vositalar;

- qahramonlarning ismi, tashqi qiyofasi, kiyim - boshi, buyumlari;

- son bilan ifodalangan so'z va iboralar va hakozolar.

Sharhlab o'qitishda dastlab o'qituvchi dostondagi ayrim so'zlarni quyidagicha izohlaydi: muzofot - oblast, viloyat; qorsak - ayyor, tulki; alp - bahodir, polvon, qahramon; emikdosh - sut emishgan aka, opa; tal'at - yuz, bet, husn, ko'rinish, go'zallik; sadoq - o'qdon; zakot - soliq.

So'ng u:

Ostingda irg'iydi bu arg'umoqing.

Egaring qoshida oltin sadog'ing.

Borganda tegadi bodom qovog'ing. degan satrlarda qovoq sadoqqa, kipriklar o'qqa o'xshatilishini ko'rsatadi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

"Alpomish" dostonidagi izohtalab so'zlar jumlasiga sheva bilan bog'liq so'zlar ham kiradi. Ular asosan Samarqand viloyatining Bulung'ur, Jomboy nohiyalari, Jizzax viloyatining G'allaorol, Baxmal nohiyalarida yashovchi o'zbeklar tiliga xosdir. Ayrim o'quvchilar bu so'zlarning ma'nosini tushunmasliklari mumkin. Shuning uchun ularni quyidagicha sharhlash lozim: bo'ymi - bo'lmasmi; jo'n o'tirsang - jim, tek o'tirsang; jiyarman - yig'arman; tuyildi - tuguldi; uy dema -unday dema; chechinib - yechinib; checha - yanga, kelin - oyi; ulim - o'g'lim; kay -keyin; tushmas - tushunmas. "Alpomish" asarini sharhlashda o'zbek xalqining qadimiy urf - odatlarini aks ettirgan, qurol - aslaha, soliq turlarini ifodalovchi so'zlarga duch kelinadi. Masalan, parli yoy - uzoq masafadagi ov yoki dushmanni halok qilish uchun mo'ljallangan qush pati o'rnatilgan o'qli yoy.

Yiqolmasang, to'ra, navbat tilayin,

Erkak libosini o'zim kiyayin Ushbu baytda qo'llangan yiqolmasang so'zi adabiy tilda yiqita olmasang tarzida qo'llanadi. Bu misrada yiqita olmasang so'zining sheva varianti bo'lib kelgan. Misrada qo'llangan to'ra so'zi O'zbek tilining izohli lug'atida quyidagicha izohlangan. l.To'ra - yuqori tabaqaga mansub kishi; zodagan, oqsuyak. 2.To'ra xonlar davrida va chor Rossiyasi davrida Turkistonda katta amaldor, hokim. 3.To'ra - hurmat yuzasidan yoki ulug'lab, kishilarning nomiga, unvoniga, mansabiga, shuningdek, ko'chma ma'noda ba'zi narsalarni bildiruvchi so'zlarga qo'shib ishlatiladigan so'z. Bu baytda Barchinoy Alpomishga nisbatan to'ra so'zini ishlatib, uning yuqori tabaqaga mansub kishi, zodagon oilaning vakili ekanligiga ishora qilgan.

Qalin bergan mening qancha qo'yim bor,

O 'ylasam ko'nglimda qancha vayim bor.

Parchasida o'zbeklarning qadimgi urf - odatlaridan biri qalin berish udumi o'z aksini topgan. Dostonda o'zbek xalqining to'y marosimlari, udumlari mukammal bayon etilgan. Chunonchi, nikoh o'qish marosimi, chimildiq tutish, chimildiqqa kuyov kirishidan oldin xotinlarning "kampir o'ldi", "it irillar" rasmlari, kuyovnavkarlar oldiga qo'y to'shini pishirib qo'yish, ularga sarpolar tarqatish kabi udumlar juda chiroyli tasvirlangan. Shuningdek, dostonda kelinni kigizga solib ko'tarish, "soch siypatar", "qo'l ushlatar", "kuyov tovoq", "kuyov uloq" kabi udumlar, to'yda aytiladigan "yor - yor"lardan namunalar berilganki, ular orqali yoshlar ajdodlarimiz rasm - rusumlaridan xabardor bo'ladilar. Bu urf - odat va udumlarning ko'pi hozir ham xalq orasida saqlanib qolgan. Ularga beriladigan izohlar o'quvchilar tomonidan o'rganilishi muhim ahamiyatga ega.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Asardagi urug' va elatlar nomini ifodalovchi so'zlarni izohlash ham zarur. Jumladan, qo'ng'irot so'zini olib qaraylik. Bu so'zning lug'aviy ma'nosi qo'ng'ir ot, yoki ko'ng - qo'ng'ir, - g'ir esa uchar ot degani. Qo'ng'irot o'zbek qabilalaridan biri bo'lib, qabila ahli X asrdan boshlab O'rta Osiyoga ko'chib kelgan va turli tomonga tarqalgan. XVI - XIX asrlarda Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklarida tarqoq holda yashagan. "Alpomish" dostonida bu qabila haqida anchagina ma'lumot berilgan. Qalmoqlar esa qadim zamonlardan Orol dengizi bo'ylarida ko'chmanchi bo'lib yashaganlar va chorvachilik bilan tirikchilik qilganlar.

Biy qabilasi ham turkiy qabila bo'lib, uning nomi urug' oqsoqollari nomiga biy so'zi qo'shib aytilishidan kelib chiqqan. Dostonda bir necha geografik nomlar ham borki, ularning ayrimlari hozir ham mavjud. Lekin ba'zilari o'zgarib ketgan.

Qo'ng'irot - Amudaryoning chap qirg'ogida joylashgan qishloq.Shuningdek, Andijon viloyatidagi, Xorazm viloyatining Urganch, Yangiariq nohiyalariga qarashli qishloqlar nomi.

Bobotog' - Termiz shahrining shimoliy qismida joylashgan qishloq.

Boysun - Surxandaryo viloyatidagi tumanlardan biri.

Ashtarxon - Astraxon. Qalmoq eliga aloqador joy nomlari quyidagilar:

Qalmaqon - Shofirkon tumaniga qarashli qishloq.

Qalmoqlar - Oxunboboyev tumanidagi qishloq.

Qalmoq - Quva tumanidagi qishloq.

Qalmoqqir - Toshkent viloyatidagi joy nomlari.

Bu joy nomlarining saqlanib qolganligining boisi qalmoqlarning ko'chmanchi bo'lib yashaganliklari, keyinchalik o'troq bo'lib qolganliklaridir. Shu tufayli qalmoqlar yashagan joylar ularning nomi bilan atalgan. Dostondagi hozir saqlanmagan yoki o'zgarib ketgan joy nomlari (jumladan, Chilbir cho'li, Oyna ko'li, Toychi viloyati, Asqar tog'i kabilar) ayrim tog', ko'l, viloyatning qadimiy nomi bo'lishi yoki ular baxshilar tomonidan topib kuylanganligi ehtimoldan holi emas. Fozil baxshi kuylagan "Alpomish" dostonida tarixiy shaxslarning nomlari uchraydi. Binobarin, dostonchilikda tarixiy voqea va hodisalar bayon etilgan va aniq tarixiy shaxslar ishtirok etgan asarlar ham yaratilgan. Masalan: "To'lg'onoy", "Namoz", "Matkarim palvon", "Jizzax qo'zg'oloni", "Ochil dov" kabi dostonlar shular jumlasidandir.

Ma'lumki og'zaki adabiyotga xos bo'lgan maqol, mubolag'a va xalq iboralari dostonlarda ko'p uchraydi. Buni "Alpomish" misolida ham ko'rish mumkin.

Maqollardan namunalar:

Ot chopsa gumburlar tog'ning darasi,

Urushda bilinar mardning sarasi.

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Sozandalar sozin chertar qo 'l bilan, Yomon odam kuydiradi til bilan. Kuchuk bosmas yo'lbars - sherning izini, Esi bor biladi gapning tuzini.

Mubolag'alardan namunalar:

Tikilsam quriydi daryoning guli, Na'ra tortsam qo'rg'onning timi. Odam tushmas buning aytgan tiliga, Besh yuz quloch arqon yetmas b liga. Oh ursa olamni buzar tovushi, To'qson molning terisidan kovushi, To'qson norning go'shti bo 'lmas nahori, Har iziga ketar ancha bahori. Olmish qarich olachadan qalpog'i, To'qson qo'yning terisidan telpagi, To'rt yuz to'qson quloch qo'lda hassasi, Sarhavuzday katta edi kosasi.

Shuningdek, asarda "bu elda sel bo'ldi mening ko'z yoshim", "guldayin tanam", "achchig'ing chillali muzlagan qishday", "jamoling o'xshaydi osmonda oyga", "qarchig'ay changalli" kabi obrazli iboralar ko'plab uchraydi.

Agar dars jarayonida bu xil maqol, mubolag'a va orazli iboralar sharhlab berilsa, dostonning g'oyaviy mazmuni oydinlashadi. Bu bilan o'quvchilarni tilimiz boyligi va go'zalligiga oshno qilgan bo'lamiz. Dostonda qahramonlarning tashqi qiyofasi mohirona aks ettirilgan. Barchinning go'zalligi " gul yuzli dilbar", "Barchin suluv","aqling olur jodu ko'zi", "zulfakdor", "gajakdor"kabi o'xshatishlar bilan tasvirlanadi. Alpomishning tashqi ko'rinishi esa alp Rustamdek bahodir, Yusufdek tal'atli, "Aslim sherman, o'zim yo'lbars izlayman" tarzida bayon qilinadi. Shuningdek, dostonda to'qson qalmoq alpi "to'qson molning terisidan kovushi", "to'qson norning go'shti bo'lmas nahori", "olmish qarich olachadan qalpog'i" kabi mubolag'ali o'xshatishlar orqali tasvirlanadi.

Doston sinchiklab o'qilsa, o'zbek xalqi milliy kiyim - kechak va matolarning nomlari o'quvchi e'tiborini o'ziga tortadi: chakman - ustki kiyim turi; chopon -paxtalik to'n; taqya - bosh kiyim; qalpoq - bosh kiyim; tumog'i - bosh kiyim; adras - matoning nomi; kimxob - matoning nomi; kovushim - kalishim; kavush - oyoq kiyimi;choriq - oyoq kiyimining bir turi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

O'qituvchi bu so'zlarni izohlab bersa, o'tmish ajdodlarimiz kiygan va ishlatgan kiyim - kechak va matolar o'quvchilar ko'z o'ngida namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Yo'ldoshev Q., Qodirov V., Yo'ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf uchun darslik, 1- qism. - Toshkent. 2014-yil, 8-bet.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Mirzayev T., Jabbor Eshonqul, Selami Fidokor. "Alpomish" dostonining izohli lug'ati. - Toshkent: Elmus-Press-media, 2007.15-bet.

3. Muhiddinov M.Q. Komil inson - adabiyot ideali. Toshkent: Ma'naviyat. 2005

4. Yo'ldoshev Q., Qodirov V., Yo'ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf uchun darslik, 1-qism. - Toshkent. 2014-yil.

5. Mirzayev T., Zaripov H. - Alpomish. Toshkent: O'zbekiston, 1992-yil. 82-b.

6. HmMyxaMegoB P.,ro^gomeB M. TaMHM Ba TapÖHaga ннновaцнон negarorHK TexHo^orn^nap.-T.: «HHXOÏÏ» HampHëTH,2013-HH^, 4-6eT.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.