Научная статья на тему 'O'ZBEK TILINI O'QITISHDA NOAN'ANAVIY USULLARDAN FOYDALANIB O'QUV DARSINI TASHKIL QILISH'

O'ZBEK TILINI O'QITISHDA NOAN'ANAVIY USULLARDAN FOYDALANIB O'QUV DARSINI TASHKIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
295
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek tili / zamonaviy metodlar / savodxonlik / imlo qoidalari / til grammatikasi va h. k.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Sayidova Shaxlo Egamberganovna

Ma’lumki, Tilning o‘ziga xos nafosatini o‘quvchilarga yetkazish, his qildirish, sezish va undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda o‘zbek tili ta’limida an’anaviy usullardan tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Ushbu maqolada o‘zbek tilini o‘qitishda noan’anaviy usullardan foydalanib darsni tashkil etish haqida batafsil bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK TILINI O'QITISHDA NOAN'ANAVIY USULLARDAN FOYDALANIB O'QUV DARSINI TASHKIL QILISH»

O'ZBEK TILINI O'QITISHDA NOAN'ANAVIY USULLARDAN FOYDALANIB O'QUV DARSINI TASHKIL QILISH

Sayidova Shaxlo Egamberganovna

Bektemir tumanidagi 291-maktab o'zbek tili fani o'qituvchisi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7491089

Annotatsiya: Ma'lumki, Tilning o'ziga xos nafosatini o'quvchilarga yetkazish, his qildirish, sezish va undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda o'zbek tili ta'limida an'anaviy usullardan tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Ushbu maqolada o'zbek tilini o'qitishda noan'anaviy usullardan foydalanib darsni tashkil etish haqida batafsil bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, zamonaviy metodlar, savodxonlik, imlo qoidalari, til grammatikasi va h. k.

Tajribadan ma'lumki, o'quvchilarning aksariyati o'zbek tili darslarida imlo qoidalarini puxta o'zlashtirmaydilar. So'larni qanday aytilsa, shunday yozishga odatlanib qoladilar. Shuningdek, o'quvchilarning nutqidagi dialektal xatoliklar ularning savodxonligiga soya solidi. Bu esa bora-bora ulardagi savodxonlik darajasining qotib qolishiga, so'zlarning muntazam ravishda xato yozilishiga sabab bo'ladi. Masalan, o'quvchilarning og'zaki nutqida baho, bahor, bilan, yulduz, teatr, savol, orden, obod, marvarid, shanba, mas'ul, daryo kabi so'zlarni boho, bohor, blan, yuldiz, tiatr, sovol, ordin, obot, marvarit, shamba, ma'sul, dayra tarzida talaffuz qilish va shu asosda xato yozish amaliyotda uchraydi. Bu narsa ularning unli va undosh harflar imlosi bo'yicha o'zbek tili darslarida yetarlicha bilim va malakaga ega bo'lganliklarini ko'rsatadi. Bu kabi xatoliklarning oldini olish maqsadida "O'zbek tilining imlo qoidalari"dagi "Ayrim unlilar va undoshlar imlosi" yuzasidan tegishli nazariy ma'lumotlar mavzular o'tilgach, quyidagicha topshiriq beriladi: So'zlarni o'qing, xato yozilgan o'rinlarni topib, o'zbek tilning imlo qoidalariga mos ravishda ularni to'g'rilang va daftaringizga ko'chirib yozing. Bugalter, hayol, xayo, xolol, momila, xuqiq, rektir, kanferensiya, kampyuter, maylis va hokazo. To'g'ri yozilishi: buxgalter, xayol, hayo, halol, muomala, halol, huquq, rektor, konferensiya, kompyuter, majlis.

O'zbek tili o'qitish metodikasi - fani hozirgi kungacha boy tajriba to'pladi. U pedagogika fanlari sistemasidagi mustaqil fan sifatida shakllandi, rivojlandi, rivojlanishda davom etmoqda. Uning mazmuni o'zbek tili ta 'limining izchil sistemasini ishlab chiqish, o'zbek tili darslarini tashkil qilishga oid metodik tavsiyalami tanlash va amaliyotga joriy etishgina emas, balki metodika sohasining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til o'rganishning interaktiv metodlarini o'zida

ifodalagan ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamdir. O'zbek tili o'qitish metodikasi, birinchi navbatda, falsafa va umumiy tilshunoslik hamda tilshunoslikning nazariy asoslari bilan chambarchas bogiliqdir. Yaxshi bilamizki, til va nutq ajralmas yaxlitlikni tashkil etadi. Shunga qaramay, ular ayni bir xil hodisa ham emas. Ular nutqiy faoliyatning asosini tashkil qiladi. Insonning nutqiy faoliyati zimmasidagi vazifalar nihoyatda ko'p. Shulardan biri kommunikativlik vazifasidir. Bu uning kishilar orasidagi aloqa, munosabat — muomalani ta 'minlashi bilan bogiliq. Bunda axborotlami boshqalarga yetkazish, o'zaro fikr almashish amalga oshadi. Uning vositalari esa turli ko'rinishlarga ega. Xususan, ogzaki, yozma, shuningdek, tilshunoslikda paralingvistik deb nom olgan vositalar bo'lishi mumkin. Oxirgi turkumga har xil imo-ishoralar, mimikalar kiradi. Bunda bevosita nutqning o'zi ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin. O'zbek tilini o'qitish tarixi ancha qadimgi davrlaiga borib taqaladi. Sharqda DC—XV asrlarda ijtimoiy - madaniy hayotda yuksalish, ilm - fanda taraqqiyot kuzatiladi. Bu davrda 0'rta Osiyoda yashab, ijod qlgan qomusiy olimlarimiz turli fanlar bo'yicha erishgan yutuqlari bilan jahon madaniyati, ma'rifati, ilmu fan rivojiga ulkan hissa qo'shdilar. Markaziy Osiyoni jahonga tanitgan Al-Xorazmiy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil Juijoniy, Marg'inoniy, Zamahshariy, Mahmud Koshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi ulkan mutafakkirlar bebaho kashfiyotlari bilan o'z xalqlarining shuhratini olamga yoydilar. Ular ta'lim va taibiya bobida ham o'chmas iz qoldirdilar. Chunonchi, buyuk mutafakkir A1 -Xorazmiy "Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo'lsa, mantiqiy bilish haqiqatdir", — deydi va bilim egallashda ijodiy faoliyatni asos qilib oladi. Sharqda "Ikkinchi muallim" deb tan olingan (Arastudan keyin) Abu Nasr Forobiyning "Ta'lim-tarbiya berish usullari" asaridagi "Bilim, ma'rifat, yaxshi axloq bilan bilimdon, ma'rifatli, yetuk, mukammal inson yetishadi. Buning uchun ta'lim jarayoni oiqituvchi tomonidan to'g'ri tashkil etilishi, boshqarilishi va ma'lum maqsadlarga yo'naltirishi lozim", — degan fikri "0'zbek tili o'qitish metodikasi"da ham asosiy, bosh mezon vazifasini o'taydi. Abu Rayhon Beruniy har bir ishning kishi ruhiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bo'lishiga alohida e'tibor beradi: "Bizning maqsadimiz talabani toliqtirib qo'ymaslikdir. Agar talaba bir masaladan boshqa bir masalaga o 'tib tursa, u xuddi turlituman bog'larda sayr qilgandek bo'ladi. Har bir yangi narsa o'iganuvchiga rohat bag'ishlaydi", — deydi buyuk alloma. Bu xulosa til hodisalarini o'rganishda, lisoniy materiallami joylashtirish va o'qitishda dasturulamal bo'lishi shubhasizdir.

Mustaqillik sharofati bilan ta'lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq yosh avlod tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratildi. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Davlat ta'lim standartlari"ning joriy qilinishi ushbu jarayonlardagi eng muhim bosqich sifatida xarakterlanadi. Bu hujjatlarda o'zbek tili ta'limi oldiga ham qator

talablar qo'yildi. Shu asosda o'zbek tili dastur va darsliklari ham yangilandi. Yangilangan o'zbek tili darsliklarining ikki avlodi nashr qilindi va o'qitishga joriy etildi. O'zbek tili o'qitishga bo'lgan qarashlar, talablar o'zgardi. Darsliklar ana shu talablar asosida tuzildi. O'zbek tili o'qitish metodikasi pedagogik fan sifatida boy tajriba to'plagan bo'lsa-da, bu fanning o'qitilishi bilan bog'liq bir qator muammolar ham yuzaga keldi. Buning sababi shundaki, ta'lim jarayoniga bir qator zamonaviy texnologiyalar kirib keldi va kirib kelmoqda, umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'zbek tili darsliklari yangilandi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar yaratildi. Bular bilan bog'liq qarashlar va tahlillar, uslubiy ko'rsatmalar o'zbek tili o'qitish metodikasining o'rganish obyektiga aylanishi kerak. Shu ma'noda bu fanning mazmunini quydagicha belgilash mumkin: o'zbek tili ta'limining izchil tizimini ishlab chiqish, o'zbek tili darslarini tashkil etishiga oid metodik tavsiyalarni tanlash va amaliyotga joriy etish, shu bilan birga metodika sohasining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til o'rgatishning interfaol metodlarini o'zida aks ettirgan ilmiy asoslarini ishlab chiqishdir. Bu fan egallangan bilimlarni pedagogik amalyotga joriy etish, ilg'or pedagogik texnologiyadan unumli foydalanishga yo'naltirilgan. O'zbek tili o'qitish metodikasi ijodiy tafakkur sohibini shakllantirishning didaktik asoslarini o'rganadi. O'zbek tili o'qitish metodikasi fani yosh avlodga o'zbek tilidan nimani?, qancha?, qanday? o'rgatish kerak degan savollarga javob beradi. Til o'qitish metodikasini o'rganish turli ta'lim bosqichlariga mos, qulay metodlarni izlash, tanlash, amaliyotda qo'llay bilishdir. O'zbek tili o'qitish metodikasining asosiy maqsadi til imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli va unumli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy — ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, o'quvchilarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish va talaba shaxsini ma'naviy boyitishdan iborat. Til o'qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarni erkin, ijodiy, mustaqil fikrlarini og'zaki va yozma shaklda, adabiy til meyorlari asosida to'g'ri ifodalay oladigan, bir ma'noni turli holatlarda berish ko'nikmasi shakllangan yetuk murabbiylarni tarbiyalab yetkazishdir.

O'zbek tili o'qitish metodikasi fani o'zining nazariy asoslariga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Bular quyidagilar:

1. Kuzatish. Tilshunos va metodist olimlar ilmiy anjumanlarda, vaqtli matbuotlarda, berib borilayotgan uslubiy maqolalarni, pedagogik o'qishlarda o'qilayotgan ma'ruzalarni o'qib va eshitib, kuzatib boradilar, zamonaviy dars namunalarini kuzatib, ulardan tegishli xulosalar chiqaradilar. Bu usul orqali o'zbek tili o'qitish bilan bog'liq muammolar o'rgatiladi, yangicha qarashlar va metodlar aniqlanadi.

2. Tajriba o'tkazish. Metodist — olimlar o'z ilmiy tadqiqotlari yuzasidan erishilgan natijalar haqida ilmiy anjumanlarda o'rtoqlashadilar, o'zlari ilgari surayotgan, qo'llamoqchi bo'lgan metodlarini asosli va ishonchli mezonlar asosida

ma'lum maktab yoki akademik litseylarda tajribadan o'tkazadilar. Natijalarni tahlil qiladilar. Bu usul tavsiya qilinayotgan ilmiy va uslubiy farazlarning ishonchliligini, asosli ekanligini isbotlashga zamin yaratadi.

3. Test o'tkazish. Bu usul orqali o'quvchilarning nazariy bilimlari, ko'nikma va malakalari o'rganiladi. Test savollari o'tkazish o'quvchi va talabalarning bilimi, egallagan amaliy ko'nikmalari haqida umumlashgan xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.

4. Anketa va savol varaqalari tarqatish. Bu usul orqali o'qituvchi va o'quvchilarning fanga bo'lgan munosabati, qiziqishlari va istaklari o'rganiladi.

5. Metodik merosni o'rgatish. O'zbek tilini o'qitish tarixi qadimgi davrlarga borib taqalsa-da, uni o'qitish metodikasi uzoq tarixga ega emas.

O'zbek tili o'qitish metodikasi birinchi navbatda falsafa va umumiy tilshunoslik bilan, tilshunoslikning nazariy asoslari bilan chambarchas bog'liq. Maktablarda o'qitiladigan o'zbek tili predmetining ilmiy asosini va mazmunini, dastavval til haqidagi fan belgilab beradi. O'zbek tili o'qitishning to'g'ri tashkil etilishi va samarali bo'lishi til to'g'risadagi lingivistik xulosalarning ilmiy va aniq bo'lishiga bog'liq. O'zbek tili o'qitish metodikasini va uning taraqqiyotini tilshunoslik fanisiz tasavvur etib bo'lmaydi. O'zbek tili o'qitish metodikasi pedagogika va psixologiya fanlari bilan ham bog'liq holda ish olib boradi. Pedagogika ta'lim — tarbiya prinsplarini belgilab beruvchi fandir. O'zbek tili darslarida ham ta'lim prinsplari qo'llanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. O'zbek tili. Adabiyot. O'zbek tili (ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) . Toshkent. "Sharq" nashriyot—matbaa konserni. 1999-yil, 1-maxsus son.

2. O'zbekiston Pespublikasining "Ta'lim to'g'risidagi Qonuni". 1997B. To'xliyev, M. Shamsiyeva, T. Ziyadova. "O'zbek tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2006-y.

3. A. G'ulomov, M. Qodirov "O'zbek tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Universitet" nashriyoti. 2001-y.

4. "O'zbek tilining asosiy imlo qoydalari" Toshkent. "O'qituvchi" nashriyoti 1995-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.