TA'LIMDA INTEGRATIV TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Yuldasheva Inobat Ashuraliyevna
Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti, katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7930620
Annotatsiya. Integrativ yondashuv asosida o'quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari yoritilgan.
Kalit so^zlar: integrativ yondashuv, o'quvchilar, tayanch va fanga doir kompetentsiyalar, bilish faolligi, ta'lim tizimi, axborotlashtirish.
O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2G3G yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida «O'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish» vazifalari belgilangan.
Bu borada o'quvchilarda tayanch va fanga doir kompetentsiyalarni shakllantirishning biologik va informatsion tarkibiy asoslarini aniqlashtirish, integrativ yondashuvga asoslangan tarix fanini o'qitishning «komp'yuterli ta'lim metodi»ni ta'lim amaliyotiga joriy etish mexanizmini takomillashtirish, xususiy kompetentsiyalarni shakllantirishning metodik tizimini ishlab chiqish ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo hamjamiyati tomonidan ta'limni barqaror taraqqiyot, globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlariga moslashtirishda ijtimoiy fanlar, jumladan, tarix fanining ta'lim oluvchilarda sog'lom turmush madaniyati, valeologik va ekologik kompetentlilikni rivojlantirishdagi ta'siriga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bu esa oliy ta'limning kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan texnologiyalashtirilgan shakllari, o'qitishning amaliy birligini ta'minlash imkoniyatlariga yo'naltirilgan simulyatsion tizimlar, mustaqil tadqiqotchilik ko'nikmalarini rivojlantiruvchi virtual laboratoriyalarga bo'lgan qiziqish va talabni kuchaytirmoqda.
Respublikamizda ta'lim tizimini axborotlashtirish, pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalash, o'qitish jarayoniga elektron va masofaviy ta'limni joriy qilish A.A.Abduqodirov, M.M.Aripov, U.Sh. Begimqulov, R.X.Djuraev, N.I.Taylaqov, Sh.Abduraimov, D.N.Mamatov; tarix o'qitish metodikasini takomillashtirish, o'quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirish: A.T.G'ofurov, J.O.Tolipova, M.Lutfullaev, G.S.Ergasheva, A.K.Raximov, I.Azimov, N.J.Toshmanov kabilar tomonidan tadqiq qilingan.
Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlarida o'quvchilarning bilish faolligini oshirish, integrativ ta'lim yondashuvlari, tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirish muammolari: S.L.Atanasyan, L.G.Axmetov, V.P.Bespalko, G.A.Berulova, L.O.Bilimxanova, M.M.Bondaruk, O.V.Berejnaya, Z.I.Valieva, O.YU.Marchukova, I.V.Nikishina, L.V.Pivovarova, N.Z. Smirnova, N.F.Radionova, A.P.Tryapitsina, L.I.Svetkova, A.V. Shutenko,
A.I.Yudin, A.V.Xutorskoy kabi olimlar tomonidan o'rganilgan.
Xorijiy davlatlarda oliy ta'lim jarayoniga integrativ texnologiyalarni joriy qilish, pedagogik va axborot texnologiyalarni rivojlantirish, o'quvchilarning bilish va tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish sohasida C.Veld, S.H.Irons, A.A.Levesque, S.R.Simonson, S.E.Shadle, D.F.Slish, M. K.Smith, C.Trujillo, A.Sorgo, B.J.Tewksbury, M.P.Shaver, J.H.Hageman, S.Hennessy, J.D.Walker kabilar tadqiqot olib borgan.
Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda ta'limda integrativ texnologiyalardan foydalanish, o'quvchilarning tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarini shakllantirish sohasida nazariy va amaliy ahamiyatga ega ayrim yondashuvlar ilgari surilgan bo'lsa-da, tarixni o'qitishda elektron ta'lim resursidan foydalangan holda integrativ yondashuv asosida o'quvchilarning tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarini shakllantirish metodikasi maxsus tadqiq qilinmagan.
Jahonda ijtimoiy fanlar, jumladan, tarixni o'qitish jarayonida o'quvchilarning ijtimoiy-ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, umumiy o'rta ta'lim tizimida fanlarni integratsiyalab o'qitish mexanizmlarini yaratish, pedagogik va didaktik asoslarini aniqlash hamda amaliyotga tatbiq etish, biologik bilimlarni kundalik va hayotiy faoliyatda qo'llay olish layoqatini oshirish, bilimlarni to'liq o'zlashtirish texnologiyasini takomillashtirish, vitagen ta'limni qo'llash borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Mazkur tadqiqotlar darslarda pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini integrativ yondashuv asosida qo'llash, o'quvchilar kompetentsiyalarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish, ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta'lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o'qitish jarayoniga xalqaro tajribalarni samarali tatbiq etish, o'quvchilarning tabiiy-intellektual qobiliyatini rivojlantirishda integrativ ta'lim texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshiradi.
Shu sababli integrativ yondashuv asosida o'quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirish metodikasini elektron ta'lim resurslaridan foydalanish asosida takomillashtirish lozim.
O'quvchilarda tayanch va fanga doir kompetentsiyalarni shakllantirishning pedagogik va informatsion tarkibiy asoslarini aniqlashtirish; integrativ yondashuvga asoslangan o'qitishning ta'lim amaliyotiga joriy etish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek o'quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirishning metodik tizimini ishlab chiqish kerak.
Ilmiy izlvnishlar asosida ta'limda integrativ yondashuvni qo'llash orqali:
o'quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarga (kogerentlik, sinektika, introektsiya) asoslangan elektron axborot-ta'lim resursi ishlab chiqish;
integrativ yondashuv asosida o'quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirishning axborot-metodik ta'minoti yaratish;
shaxsga yo'naltirilgan ta'lim asosida tarix fanidan virtual laboratoriyalarni tashkil etish metodikasi ishlab chiqish;
elektron ta'lim muhitida o'quvchilarning tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarini shakllantirishga xizmat qiladigan metodik tavsiyalar ishlab chiqish natijasida ta'lim samaradorligiga hissa qo'shish mumkin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risidagi" O'RQ 637-sonli qonuni (Law of the Republic of Uzbekistan on Education), available at: https://lex.uz/docs/-5013007
2. Allamova SH.SH.: Oliy ta'lim tizimida aralash ta'lim texnologiyalarini tahlili. Замонавий таълим/ Современное образование, 2022, 11 (120)
3. Ashurova D.: Аралаш таълим моделлари. Узбекистонда хорижий тиллар, 2021, №. 1(36),115-127
4. Mingbaeva B.U. "Aktual'nye problemy doshkol'nogo i nachal'nogo obrazovaniya" (Actual problems of preschool and primary education), interuniversity scientific and practical conference, Bukhoro, 2019, pp. 305.
5. Stacey E., Gerbic P. Success Factors for Blended Learning avaible at: http://www.ascilite.org/conferences/melbourne08/procs/stacey.pdf (reqest date:5.06.2020)
6. FriensenN. Blended Learning, Avgust 2012, avaible at: https://www.normfriesen.info/papers/Defining Blended LearningNF.pdf (request date:21.06.2020)
7. Babaxodjaeva L.G. Talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonida aralash ta'lim modelini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari, avtoreferat. — T.: CHDPU, 2021. — 16 b.
8. Костина, Е. В. Модель смешанного обучения (Blended Learning) и ее использование в преподавании иностранных языков // Известия высших учебных заведений, 2010. № 2(1). C. 14
9. R.Mavlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. -T.:"Fan va texnologiya ", 278 bet.
10. Staker H., Horm M. B. Classifyying K-12. Blended Learning. A vaible at: https://www.christenseninstitute.org/wp-content/uploads/2013/04/Classifying -K-12-blended-learning.pdf
11. Graham C. R. Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions. In: Bonk C. J., Graham C. R. The handbook of blended learning: Global perspectives, local designs. San Francisco, CA: Pfeiffer Publishing; 2006. p. 3-21