Научная статья на тему 'TALABA SHAXSIGA YO’NALTIRILGAN VA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVLARNI TAKOMILLASHTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR'

TALABA SHAXSIGA YO’NALTIRILGAN VA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVLARNI TAKOMILLASHTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
52
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA SHAXSIGA YO’NALTIRILGAN VA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVLARNI TAKOMILLASHTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TALABA SHAXSIGA YO'NALTIRILGAN VA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVLARNI TAKOMILLASHTIRISHGA TA'SIR

ETUVCHI OMILLAR

Xidirbayev Sherali Yeraliyevich

Guliston davlat universiteti, Filologiya fakulteti, "Fakultetlararo chet tillar"Kafedrasi o'qituvchisi

Annontatsiya: Mazkur maqolada bugungi kundagi talabalarda shaxsga yo'nalatirilgan va kompetentsiyaviy yondashuvlar asosida ulardagi rivojlanadigan pedagogik kompetentsiyalarga ta'sir etuvchi omillar haqida qisqacha fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: ta'lim, texnologiya, kompetentsiya, ijodkorlik, salohiyat, yo'naltirish, erkinlik, demokratiya

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7713715

Аннотация: В данной статье кратко рассматриваются факторы, влияющие на формирование педагогических компетенций у современных студентов на основе личностно-ориентированного и компетентностного подходов.

Ключевые слова: образование, технология, компетентность, творчество, потенциал, направление, свобода, демократия.

Abstract: This article briefly discusses the factors affecting the pedagogical competences developed in today's students on the basis of person-oriented and competence-based approaches.

Key words: education, technology, competence, creativity, potential, direction, freedom, democracy

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - ta'lim jarayonining asosiy obyekti o'quvchi (talaba, tarbiyalanuvchi) bo'lib, uning shaxsi, qadr-qimmatini yuqori o'ringa qo'yadigan, asosiy e'tiborni intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini boyitish, ma'naviy- axloqiy tafakkurini rivojlantirishga qaratdigan pedagogik faoliyat turi.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning muammoli ta'lim, modul ta'limi dasturiy ta'lim, rivojlantiruvchi ta'lim, o'yin texnologiyalari, interfaol ta'lim, hamkorlik ta'limi, tabaqalashtirilgan ta'lim, individual ta'lim, masaofaviy ta'lim, mustaqil ta'lim va innovatsiya ta'lim kabi turlari mavjud.

Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub'ekt sifatda namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina «ob'ekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. An'anaviy

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi.

An'anaviy o'qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo'ravonlik pedagogikasi, o'qitishning tushuntiruv-ko'rgazmali usuli, ommaviy o'qitish.

An'anaviy o'qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo'ladi: o'quvchi bu hali to'la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limda esa o'quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim tizimining milliy modeliga alohida e'tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish. Bu erda ta'lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o'rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta'lim tizimi, shu jumladan, o'qitish shaxsga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo'ladi:

• pedagogik jarayonda shaxs ob'ekt emas, sub'ekt hisoblanadi;

• har bir o'quvchi qobiliyat egasi, ko'pchiligi esa iste'dod egasi hisoblanadi;

• yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• o'quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

• o'quvchining erkin tanlab olish huquqi;

• xatoga yo'l qo'yish huquqi;

• o'z nuqtai nazariga ega bo'lish huquqi

• pedagog va o'quvchilar munosabati zayli:

• taqiqlamaslik;

• boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Respublikamizda xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o'rta ta'limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlari hamda fan o'quv dasturlari ishlab chiqildi, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me'yoriy asoslari yaratildi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishida umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish vazifalari belgilib berilgan.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bu ta'lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta'minlash, ularni o'zlashtirib borishning maqbul yechimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi[1].

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarni o'zlashtirilgan axborotlarni o'quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida qo'llay olishga tayyorlashi bilan harakterlanadi.

Maktab ta'limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan elektron ta'lim resurslarini takomillashtirish, o'quvchilarning elektron manbalar bilan faol muloqotini ta'minlash, mustaqil ta'limini amalga oshirish va o'z-o'zini baholash, zaruriy ma'lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan ta'lim sifati ko'rsatkichlaridan biri kompetentlilik hisoblanadi. U faqatgina bilim va ko'nikmalar yig'indisi bo'libgina qolmay, o'quvchilarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va aniq vaziyatlarda tajribada qo'llay olishi bilan tavsiflanadi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'qitishning asosiy mohiyati kasbga yo'naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni o'z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirish sanaladi. O'quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo'lishi lozim[2].

O'quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar. O'quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiya, faqat o'quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi.

Ma'lumki, umumiy o'rta ta'lim maktablari zimmasiga ta'lim-tarbiya jarayoni orqali o'quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan[5].

Zamonaviy yondashuvlar o'qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zaro integratsiyalash orqali o'quvchilarda tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta'lim, umumta'lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo'g'inlaridagi o'zgarishlarga ta'siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil ravishda ta'lim natijalariga erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga yo'naltirilgan, ijtimoiy va ma'lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

O'qituvchilarning kompetentligini oshirishning o'quv-metodik ta'minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg'ulotlarning virtual shakllarini joriy

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

etish, kasbga yo'naltirilgan fanlarni o'qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog'liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg'ulotlar asosida o'qitish ta'limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda[6].

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida - uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o'qitish metodikasini takomillashtirish, asosiy fanlarni chuqur o'rganishga e'tiborni qaratish, davlat ta'lim standartlarida ko'zda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan[2].

Bu esa ushbu fanlar misolida o'qitish metodikasini takomillashtirishga yo'naltirilgan ta'lim mazmuni va o'quvchilarning kompetentligini rivojlantirishdagi zaruriy tayanch va fanga oid kompetensiyalar tarkibini aniqlashtirish, tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o'quvchilarning kompetentligini rivojlantirish modeli va metodlarini takomillashtirish zaruratini asoslaydi.

Yevropa tajribasiga tayangan holda O'zbekiston ta'lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi, shakllantiriladigan ta'lim kompetensiyalarini tanlash va ularni ta'lim tizimiga singdirish orqali respublikamizda ta'lim tizimi samaradorligini oshirish mumkin. Kompetentlik haqida gap ketganda «bilim darajasi» sifatida «u yoki bu ob'yektning mohiyatan realligini tafakkur qila olish» masalasining nazariy jihatlarini o'zlashtirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Barakaevich, K. S. (2020). Improvement of Vocational Training of Pupils in Secondary Schools. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(1).

2. Qoraev, S. (2016). Specific features of interdisciplinary coherence and interoperability. "Education, Science and Innovation," 2 (2), 45-50.

3. Qoraev, S. (2016). Fanlararo uzviylik va uzaro aloqani ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari. "Ta'lim, fan va nnnovatsiya", 2(2), 45- 50.

4. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.

5. Qoraev, S. B. (2020). Professional ta'limda yquv amaliyotlarini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 12811286.

6. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.

7. Karaev, S. B. (2018). Sovremennwe puti sovershenstvovanm uchebnoproizvodstvennwx kompleksov, spesializirovannwx na professionalnoy podgotovke ucha^ixsa. In Psixologm i pedagogika na sovremennom etape (pp. 3036).

8. Janbayeva, M. S. & Qorayev, S. B. (2021). Modern principles of organization of extracurricular activities in primary schools. Ekonomika i sotsium, 5-2, 837-843.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

9. Adbujalilova, Sh. A. (2020). Talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 813-823.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.