INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337
INFОRMАTIKА VА АХBОRОT TEХNОLGIYАLАR FАNINI О'QITISHDА ELEKTRОN-
TА'LIM RESURSL АRINING АHАMIYАTI Jo'raboyev Nabijon Muhammadsulaymon o'g'li
Andijon davlat univerisitetining pedagogika instituti Ta'limda axborot texnolgiyalar yo'nalishi
magistiranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6845424 Annotatsiya. Bugungi kunda informatika va axborot texnologiyalar fanini o'qitishda elektron talim resurslarini shakllantirish, zaшоnaviy ta'liш vоsitalari vo portallar yaratish hamda ta 'limni yanada axborotlashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Maqolada informatika va axborot texnologiyalar fanini o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan, elektron-talim resurslaridan foydalanishning asosiy omillari va samaradorligi yoritilgan.
Kalit so 'zlar: kompyuter, multimediali elektron qo 'llanmalar, internet, elektron ma 'lumotlar
bazasi.
ЗНАЧЕНИЕ ЭЛЕКТРОННО-ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ В ОБУЧЕНИИ ИНФОРМАТИКЕ И ИНФОРМАЦИОННЫМ ТЕХНОЛОГИЯМ Аннотация. На сегoдняшний день фoрмирoвaние электрoнныx o6pa3oeamenbHbix pecypcoe, создание coвременных oбрaзoвaтeльныx инструмeнтoв и порталов, дальнейшая инфopмamизaция oбpaзoвaния является актуальным eonpocoM в oбучeнии инфopмamикe и инфopмaциoнным mexнoлoгиям. В статье выделены основные фaкmopы и эффeкmивнocmь иcnoльзoвaния coвpeмeнныx mexнoлoгий и элeкmpoнныx oбpaзoвameльныxресурсов в oбучeнии инфopмamикe и инфopмaциoнным mexнoлoгиям.
Ключевые слова: koмпьютер, мультимедийные элeкmpoнныe noco6ия, Интернет, элeкmpоннaя база дaнныx.
THE VALUE OF ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES IN TEACHING
COMPUTER SCIENCE AND INFORMATION TECHNOLOGY Abstract. Today, the formation of electronic educational resources, the creation of modern educational tools and portals, the further informatization of education is an urgent issue in teaching computer science and information technology. The article highlights the main factors and the effectiveness of the use of modern technologies and electronic educational resources in teaching computer science and information technology.
Keywords: computer, multimedia electronic aids, Internet, electronic database.
KIRISH
Axborot jamiyatiga o'tish zaruriyati jahon iqtisodiyotida yangi texnologik tartib shakllanishi va ustuvorligi, axborot resurslarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy resurslariga o'tishi, jamiyatni axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo'lgan talabini qondirish, ijtimoiy ishlab chiqish tizimida axborot kommunikatsion infrastruktura ahamiyatini oshishi, xalqaro axborot almashinuvlar asosida maorif, ilmiy-texnik va madaniy sohalarning takomillashuvi, «global axborot afzalliklarini» teng huquq asosida ishlatish bilan shartlanadi. Oxirgi yillarda elektron ta'limning an'anaviy ta'limga qaraganda afzallik jihatlari ko proq aniqlanmoqda. So nggi vaqtlarda ta'lim oluvchilar va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337
o'qituvchilar an'anaviy ta'limning ba'zi turlariga qaraganda onlayn ta'limning afzalliklari koproq degan xulosaga kelmoqdalar. Sababi, ta'lim tizimida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan raqamli o'qitish platformalari ko'paymoqda, bunda an'anaviy va onlayn ta'limning eng yaxshi tomonlari birlashtirilib aralash ta'lim tizimi shakllantirilmoqda. Aralash ta'lim narxining pastligi, moslashuvchanligi, bepulligi, bundan tashqari ta'lim jarayonida murakkab texnologiyalarni qollash afzalligi ushbu alternativa uchun sabab boladi. Bu tendensiyaga bo'lgan qiziqish ta'lim jarayonida talabalarga ta'sir etadi va ta'lim sifatini oshiradi. Kopgina tadqiqotlar onlayn ta'lim talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga sabab bo'lishini ko'rsatgan, ya'ni talabalarning mustaqil ta'lim olishiga, individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda o'quv jarayoniga moslashtirish qobiliyatini shakllantirishga asos boladi. Elektron ta'limning rivojlanishini talabalarning raqamli dunyoda ozini erkin tutishi, ya'ni kerakli ma'lumotlarni yuklab olishi, tahlil qilishi, onlayn kontentlardan erkin foydalana olish qobiliyatida korishimiz mumkin. Vaqt o'tgan sayin ushbu tendensiyaga texnologiyalarni qollash asosida an'anaviy ta'limning hohlagan turi, metodi, ta'lim berish usulini kiritishimiz mumkin.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ma'lumki, birgina shaxsiy kompyuterlarning paydo bo'lishi va ulardan barcha sohalarda keng foydalanish ta'lim tizimi imkoniyatlarini tubdan o'zgartirdi, shu bilan birga Internet tarmog'i ta'lim tizimiga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni tatbiq etish bo'yicha yanada katta imkoniyatlar yaratmoqda. Shuning uchun ham ta'lim tizimini takomillashtirish eng avvalo, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta'lim va tarbiya tizimiga tatbiq etish bilan bog'liq bo'lib kompyuterli ta'limning shakllanishiga imkon beradi. Ta'lim tizimida ta'lim dasturlari bilan ta'minlangan kompyuterlarni deyarli barcha didaktik masalalarni, shu jumladan axborotni yig'ish, saqlash va uzatish, o'quv-tarbiyaviy jarayonini boshqarish, talabalar bilimini nazorat va tahlil qilish, mashqlarni bajarish, o'quv jarayoni rivojlanishi haqida ma'lumotlarni to'plash kabi boshqa masalalarni hal etishda tatbiq etish mumkin.
TADQIQOT NATIJALARI
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'lim tizimining quyidagi asosiy yo'nalishlarini aniqlashga imkon beradi:
— ta'lim tizimida o'qitiladigan barcha fanlar bo'yicha o'zlashtirish darajasini oshirishni ta'minlash;
— ta'lim tizimida o'quvchilarning qobiliyati, iqtidori, mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni shakllantirish, fanlar bo'yicha bilim egallashni rivojlantirish, malaka va ko'nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e'tiborni kuchaytirish;
— talabalar bilimini nazorat qilish uchun pedagogik va axborot texnologiyalaridan avtomatlashtirilgan test sinovlari o'tkazish, baholash va boshqarishda keng foydalanish, ya'ni pedagogik jarayonning samaradorligini oshirish.
Pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta'lim tizimining sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
— ta'lim tizimiga tatbiq etilayotgan axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalarining
sifati;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337
— axborot texnologiyalari vositalarining zamonaviy dasturiy vositalarining sifati.
Zamonaviy telekommunikasiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo'lib,unga ma'lum bo'lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet kabi tushunchalardan tashqari, qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar misol bo lishi mumkin. XXI asr axborotlashtirish asrida ta'lim sohasiga elektron ta'limni joriy etish, har bir ta'lim muassasasida: o'qitish va o'qish jarayonining; ta'lim muassasasi boshqarilishining; ta'lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Ta'lim muassasida ET muhitini tashkil etish bosqichlari psixologik axborot muhitini yaratishdan boshlanadi. Texnologik va ilmiy natijalar, yaratilgan dasturiy mahsulotlar asosida zamonaviy vositalar va metodlardan foydalanishga ehtiyoj shakllantiriladi. Bunda har bir ta'lim muassasasida individual va maslahat mashg'ulotlar asosida pedagoglarni mustaqil va kompyuter ta'limi tizimini tashkil etish kerak. Ta'lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta'limda foydalanishga mamlakatimizda alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim tizimiga ETni joriy etish, birinchi navbatda, jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta'lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta'lim resurslarini ishlab chiqishiga bog'liq. Ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o'qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida ETdan foydalangan holda talabalar oqishini jadallashtirish ana shunday muhim vazifalar sirasiga kiradi. Oquv jarayonini ET asosida tashkil etish, shu jumladan, o'quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma'lum o zgartirishlar kiritish kerak boladi. AKTni ta'lim jarayonida qollash asosan ikki xil korinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti, bu texnik jihozlar bo'lsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta'minotlar bilan ta'minlanganligidir.
MUHOKAMA
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o'qitish tizimi, hozirgi kunda, kompyuter va axborot texnologiyalari asosida keng qo'llaniladigan ta'lim yo'nalishidan biri bo'lib kelmoqda. Maksimal samaradorlikka erishish uchun o'qitiladigan barcha fanlar bo'yicha avtomatlashtirilgan o'quv kurslar, elektron darsliklar, qo'llanmalar, ya'ni elektron axborot resurslari bazasini yaratish kerak bo'ladi. Ushbu elektron axborot resurslari CD-ROM yoki fleshka disklarda yozilgan bo'lib, kompyuter tarmoqlariga joylashtirilgan bo'ladi. Ulardan turli ta'lim yo'nalishlarida bilim olayotgan talabalarning mustaqil bilim olishida, o'tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o'rgatuvchi, axborot-ma'lumotli, nazorat qilish dasturlarining qo'llanilishi axborot va kompyuter texnologiyalari asosida o'qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun ana shu funktsiyalarning hammasini o'zida mujassamlashtiruvchi elektron o'quv darsliklarni yaratish, hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. XULOSA
Elektron o'quv darsliklar biron bir fan, ya'ni aniq sohaga yoki ta'lim yo'nalishiga mo'ljallangan bo'lib, o'qitish jarayonida ulardan qanday bilim olish va o'rganishda foydalanadilar.
UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Talabalarning mustaqil bilim olishida, o'tilgan mavzuni takrorlashda hamda olgan bilimlarini tekshirishda trenajyor, ma'lumotli, o'yin, nazorat qilish dasturlarini qo'llash, ularni o'rganilayotgan mavzu bo'yicha amaliy bilim va malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi hamda o'quvchilarningamaliy qobiliyatlari va malakalarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Pedagogik va axborot texnologiyalari vositalaridan ta'lim tizimida foydalanishning samaradorligi o'qituvchilarning o'quv jarayoniga shu texnologiyalarni qo'llashga oid bilim hamda malakalarining darajasi va tajribasiga ham bog'liq bo'ladi. Boshqacha aytganda, ta'lim tizimida pedagogik va axborot texnologiyalaridan mukammal foydalanish uchun asosiy e'tibor, eng avvalo, o'qituvchiga va o'quvchiga zarur bo'lgan sharoitni yaratish hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy elektron axborot va uslubiy resurlaridan samarali foydalanishga qaratilishi lozim.
REFERENCES
1. «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari» to'g'risida O'zbekistonRespublikasi Prezidentining qarori, 24 aprel 2017 yil, Toshkent.
2. Abduqodirov A.A., Pardaev А.Х. O'qitish nazariyasi va amaliyoti. -Toshkent: Fan, 2019 . -145 b.
3. Bolotov V.A. О distantsionnom obrazovanii// Informatika i obrazovanie, №1, 2018 g.
4. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: "Fan" 2017.
5. Hamidov Y.Y. Ta'lim samaradorligini oshirishda elektron ta'lim resurslarining o'rni // Мoлoдoй ученый. - 2019. -№ 21 (259). 611-612-b.