Научная статья на тему 'BOLALAR АQLIY FАОLYATINI RIVОJLАNTIRISHDА KОMPYUTЕR TЕХNОLОGIYALАRINING RОLI'

BOLALAR АQLIY FАОLYATINI RIVОJLАNTIRISHDА KОMPYUTЕR TЕХNОLОGIYALАRINING RОLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

23
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aхbоrоt tехnоlоgiyasi / internet / ijоdiy fаоliyat / ijtimоiy – iqtisоdiy shаrоit / kеlаjаk аvlоd / tаrbiya tizimi / tаrbiya tizimi / mаsоfаviy tа‟lim / vеrtikаl o„quv guruhi / kеys-tехnоlоgiya / аudiоvizuаl / iqtisоdiy tеjаmkоrlik. / информационные технологии / интернет / творческая деятельность / социально-экономические условия / будущее поколение / система образования / дистанционное обучение / вертикальная учебная группа / кейстехнология / аудиовизуальные средства / экономия.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Husniya Salоhiddinоvna Хоliqulоva

O„zbеkistоn tа‟lim tizimigа zаmоnаviy o„qitish tехnоlоgiyalаrini jоriy etish, o„quvchilаrdа bilish vа ijоdiy qоbiliyatlаrni rivоjlаntirish tа‟lim islоhоtlаrining аsоsini tаshkil etаshi, kеlаjаk аvlоdni bоy mа‟nаviy hаmdа ilmiy vа umuminsоniy qаdriyatlаr аsоsidа kаmоl tоptirishning tа‟sirchаn tаrbiya tizimini yarаtishdа kompyuter tехnоlоgiyasini rоli judа kаttа ekanligi, mаsоfаviy o„qitish, mаsоfаviy ta‟lim аn‟аnаviy tа‟lim turidаn хаrаktеrli хususiyatlаri bilаn fаrqlаnishi kabi masalalar ko„rilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ КОМПЬЮТЕРНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЕТЕЙ

Внедрение современных педагогических технологий в систему образования Узбекистана, развитие знаний и творческих способностей учащихся основа реформы образования, эффективного развития подрастающего поколения на основе богатых духовных, научных и общечеловеческих ценностей. Так же в данной статье рассматривается роль компьютерных технологий в создании образовательной системы, об отличии дистанционного обучение, который отличается от традиционного типа обучения.

Текст научной работы на тему «BOLALAR АQLIY FАОLYATINI RIVОJLАNTIRISHDА KОMPYUTЕR TЕХNОLОGIYALАRINING RОLI»

BOLALAR АQLIY FАОLYATINI RIVОJLАNTIRISHDА KОMPYUTЕR

TЕХNОLОGIYALАRINING RОLI

Husniya SalGhiddinGvna Хоliqulоya

Muhammad Al-Хоrazmiy nоmidagi Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari niversiteti

Annotatsiya: O'zbekiston ta'lim tizimiga zamonaviy o'qitish texnologiyalarini joriy etish, o'quvchilarda bilish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish ta'lim islohotlarining asosini tashkil etashi, kelajak avlodni boy ma'naviy hamda ilmiy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishning ta'sirchan tarbiya tizimini yaratishda kompyuter texnologiyasini roli juda katta ekanligi, masofaviy o'qitish, masofaviy ta'lim an'anaviy ta'lim turidan xarakterli xususiyatlari bilan farqlanishi kabi masalalar ko'rilgan.

Kalit so'zlar: Axborot texnologiyasi, internet, ijodiy faoliyat, ijtimoiy -iqtisodiy sharoit, kelajak avlod, tarbiya tizimi, tarbiya tizimi, masofaviy ta'lim, vertikal o'quv guruhi, keys-texnologiya, audiovizual, iqtisodiy tejamkorlik.

РОЛЬ КОМПЬЮТЕРНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЕТЕЙ

Аннотация: Внeдрeниe coBpeMeHHbix пeдaгoгичeскиx тexнoлoгий в систему oбрaзoвaния Узбeкистaнa, рaзвитиe зтаний и твoрчeскиx спoсoбнoстeй учaщиxся - ocHoBa рeфoрмы oбрaзoвaния, эффeктивнoгo pa3Brnrn пoдрacтaющeгo пoкoлeния Ha ocHoBe 6oraTbix fl.YxoBHbix, тучных и oбщeчeлoвeчecкиx ^HHocrea TaK жe в дaннoй craTbe рaccмaтривaeтcя рoль кoмпьютeрныx тexнoлoгий в coздaнии oбрaзoвaтeльнoй системы, o6 oтличии диcтaнциoннoгo oбучeниe, тгорый oтличaeтcя ot трaдициoннoгo типa oбучeния.

Ключевые слова: инфoрмaциoнныe тexнoлoгии, интeрнeт, твoрчecкaя дeятeльнocть, coциaльнo-экoнoмичecкиe уcлoвия, будущee пoкoлeниe, ^creMa oбрaзoвaния, диcтaнциoннoe oбучeниe, вeртикaльнaя учeбнaя группa, гейс-тexнoлoгия, aудиoвизуaльныe cрeдcтвa, экoнoмия.

THE ART OF MUSIC IN UZBEK CULTURE LOCATION AND

SIGNIFICANCE

Abstract: The article describes how a person behaves in society, neighborhood, family, life, words and deeds, art, sports, strengthening the ties of friendship between

countries, the work of Uzbek folk singers and the use of their work. The repertoires they performed, their socio-pedagogical significance were first included in the research and comprehensive analysis, the role of culture and art, in particular, the art of singing in inculcating the idea of patriotism in citizens. data are given.

Keywords: spiritual wealth, values, media, imagination, internet, great artist, respect for art, Uzbek music, political culture, unique talent, attitude, imagination, human attitude.

Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog'ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shunga ko'ra, ta'lim tizimidagi o'rta maktablarda, maxsus internat maktablarda, oliy o'quv yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari fanlarining o'qitilishi - davr talabi bo'lib qolmoqda.

O'zbekiston ta'lim tizimiga zamonaviy o'qitish texnologiyalarini joriy etish, o'quvchilarda bilish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish ta'lim islohotlarining asosini tashkil etadi.

O'rta maxsus o'quv yurtlari o'quvchilarining faol va samarali bilish va ijodiy faoliyatini tashkil etishning yoshlarni hozirgi ijtimoiy - iqtisodiy sharoitda axborot texnologiyasi islohoti davrida madaniyatli, ma'naviyatli bo'lishini tashxis qilish istikbolini belgilash, uning samarali shakllari, metod va vositalarini ishlab chiqish, kelajak avlodni boy ma'naviy hamda ilmiy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishning ta'sirchan tarbiya tizimini yaratishga kompyuter texnologiyasini roli juda kattadir.

Respublikamizda yangi rivojlangan "masofaviy ta'lim" deb nomlangan ta'lim turi o'zining ijobiy tomoni bilan o'quvchilarni qiziqtirib kelmoqda. Bu ta'lim turini paydo bo'lishiga asosiy sabab informatsion va kommunikativ texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va ular asosida prinsipial yangi ta'lim texnologiyalar (internet texnologiyalar) yaratilishini hisoblash mumkin. Internet texnologiyalaridan foydalanish bizga o'quv materiallarini cheksiz va juda arzon tarqatish va ko'paytirish va uni o'quvchilarga tezkor va aniq yetkazish imkoniyatlarini yaratib beradi. Shu bilan birga ta'lim interaktiv bo'lganligi sababli, o'quvchining o'z ustidan mustaqil ishlashning o'rni juda katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Masofaviy ta'lim - masofaviy o'qitishga asoslangan ta'limdir.

Masofaviy o'qitish - o'zaro ma'lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o'quv jarayonlari komponentlari - maqsad,

mazmun, metod, tashkiliy shakillar va o'qitish usullariga asoslangan o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi munosabatdir.

"Masofaviy o'qitish" - eng yaxshi an'anaviy va innovatsion metodlar, o'qitish vositalari va o'qitish formalarini o'z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta'lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta'lim formasidir.

"Masofaviy o'qitish" - bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalarga asoslangan ta'lim tizimidir. U ta'lim oluvchiga ma'lum standartlar va ta'lim qonun - qoidalari asosida o'quv shart - sharoitlari va o'quvchi bilan muloqotni ta'minlab berib, o'quvchidan ko'proq mustaqil ravishda shug'ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o'qish jarayoni ta'lim oluvchining qaysi vaqtda va qaysi joyda bo'lishiga bog'liq emas.

"Masofaviy ta'lim" - masofadan turib o'quv axborotlarini almashuvchi vositalariga asoslangan, o'qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta'lim oluvchilarga ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi ta'lim kompleksidir.

Demak masofaviy o'qitish masofaviy ta'lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy o'qitish va masofaviy ta'limning o'ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.

"Masofaviy o'qitish"ni keng targ'ib qilishdan maqsad ta'lim muassasalarida ta'lim berishning sifat darajasini oshirish, uzluksiz ta'lim imkoniyatlarini yaratish, ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojni qondirish va ta'lim muhitini kengaytirish, ta'lim sifatini saqlagan holda yangi printsipal ta'lim darajasini ta'minlash imkonini yaratib beradi.

Masofaviy ta'lim kompleksini ta'lim muassasalarida joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Respublikamizni barcha ta'lim muassasalari kompyuter, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan yaxshi ta'minlangan, ularni barchasi Internet tarmog'iga ulanganlar. Internet global kompyuter tarmog'ini rivojlanishi butun dunyo ta'lim tizimini takomillashtirshning yangi yo'nalishlarini ochilishiga sabab bo'ldi. O'quv muassasalarining texnik ta'minotini keskin o'zgarishi, dunyoviy axborot resurslariga keng yo'l ochilishi o'qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitish jarayonini yaratilishiga omil bo'ldi.

Masofaviy ta'limda o'quvchi va o'qituvchi fazoviy bir - biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakillari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jahon axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkoniyatini beradi, integratsiya va o'zaro aloqa tamoyiliga ega bo'lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.

Masofaviy o'qitish barcha ta'lim olish istagi bo'lganlarga o'z malakasini uzliksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o'qitish jarayonida o'quvchi talabalar interaktiv rejimda mustaqil o'quv-uslubiy materiallarni o'zlashtiradi, nazoratdan o'tadi, o'qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa "vertikal o'quv guruhi" o'quvchilari bilan muloqatda bo'ladi.

Masofaviy ta'lim an'anaviy ta'lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:

Moslashuvchanlik - Ta'lim oluvchiga o'ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta'lim olish imkoniyati mavjudligi.

Moduallilik - Bir biriga bog'liq bo'lmagan mustaqil o'quv kurslari to'plamidan - moduallardan individual yoki guruh talabiga mos o'quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi.

Parallеllik - O'quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.

K^ng qamrovlilik - Ko'p sonli o'quvchilarning bir vaqtning o'zida katta o'quv (elektron kutubxona, ma'lumotlar va bilimlar ba'zasi va boshqalar) zahiralariga murojat qila olishi. Bu ko'p sonli o'quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o'zaro va o'qutuvchisi bilan muloqotda bo'lish imkoniyatidir.

Iqtisodiy tеjamkorlik - O'quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o'quv materiallaridan samarali foydalanish, o'quv materiallarini bir joyga yig'ish, ularni tartiblangan ko'rinishga keltirish va bu ma'lumotlarga ko'p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.

Ijtimoiy tеng huquqlilik - Ta'lim oluvchining yashash joyi, sog'ligi va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori teng huquqli ta'lim olish imkoniyatini beradi.

Yana bir yangi usullardan biri Keys-texnologiya - masofaviy ta'limda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o'quv uslubiy materiallar majmuasi qo'llanishga asoslanadi. TV-texnologiya - masofaviy o'qitish - u o'quvchilarga o'quv-metodik ma'lumotlarni televideniye vositasi yordamida yetkazishga xizmat

qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan o'rnatishga asoslanadi.

Masofaviy ta'limning asosi INTERNETdir.

Masofaviy o'qitish INTERNET kompyuter tarmog'i shakillanishiga qadar ta'lim tizimining shakli sifatida rivojlanib kelingan. Daslab o'quv-metodik materiallar maxsus jamlanib talabalarga mustaqil o'qishlari uchun yetkazib berilgan. Mashg'ulotlar o'tkazish va ma'ruzalar o'qish uchun televideniya texnologiyalaridan foydalanildi. Vaqt o'tishi bilan qog'ozdagi darsliklar va qo'llanmalar o'rnini SD, DVD-ROM disklar egallamoqda.

INTERNET tizimining paydo bo'lishi bilimlani tarqatish texnologiyalarining rivojlanishiga,talaba va o'qituvchilarga elektron darsliklar va kutubxonalardan foydalanishga, bilimlarni testlar orqali, yangi o'zaro muloqot vositasini shakillanishiga asos bo'ldi. INTERNET ta'lim muhitida axborot madaniyatini oshishiga zamin yaratdi.

REFERENCES

1) Nishonova E.T. Bolalar psixik taraqqiyoti muammolari bo'yicha psixologik maslahatlar berish. T., 1997.

2) Yusupov. B. "O'qituvchilarda bilim olish layoqatini shakllantira olish"2003

3) Фoмичeвa Ю.В., Шмeлeв А.Г., Бурмиcтрoв И.В. Пcиxoлoгичecкиe кoррeляты увлeчeннocти кoмпьютeрными игрaми // Becrarn МГУ. Сeр Пcиxoлoгия. 1991. №3. С. 27-39.

4) Шлпкин С.А. Кoмпьютeрнaя игрa: нoвaя oблacть пcиxoлoгичecкиx иccлeдoвaний // Пcиxoлoгичecкий журнaл, 1999, том 20, №1, c 86-102.

5) Эль^нин Д.Б. Пcиxoлoгия игры. М., 1978. http: //www.buro-dv.ru/literatura/literator.htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.