INFORMATIKA FANINI O'RGATISHDA MASOFADAN O'QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ASOSIY
OMILLARI VA SAMARADORLIGI
Pahlavon Qurbanov
Samarqand davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Hozirgi kunda qarori masofaviy ta'lim tizimini yangi axborot texnologiyalari vositalari asosida shakllantirish, zamonaviy ta'lim axborot resurslari va portallar yaratish hamda ta'limni yanada axborotlashtirish dolzarb masala xisoblanadi. Makolada masofaviy masofaviy ta'lim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning asosiy omillari va samaradorligi yoritilgan.
Kalit so'zlar: kompyuter, multimediali elektron qo'llanmalar, internet, elektron ma'lumotlar bazasi, masofadan o'qitish.
ABSTRACT
Currently, a decision has been made to form an education system based on new information technologies, create modern educational information resources and portals, as well as further informatization of education. The article describes the main factors and the effectiveness of the use of modern technologies in the distance education system.
Keywords: computer, multimedia electronic applications, Internet, electronic database, distance learning.
KIRISH
Masofaviy masofaviy ta'lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida o'quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta'minlash, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni paytda masofaviy ta'limga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, o'quv yurtlaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Chunki masofaviy ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etiladigan darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
- fanning ilg'or yutuqlari, pedagogik va axborot texnologiyalardan foyda-lanish, darsni o'quv-tarbiyaviy jarayonning zamonaviy qonuniyatlari aso-sida tashkil etish;
May, 2022
567
- darsda pedagogik va axborot texnologiyalar yordamida barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta'minlash;
- pedagogik va axborot texnologiyalar asosida o'quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o'zlashtirilishi uchun zarur shart sharoitlarni yaratish;
- pedagogik va axborot texnologiyalar asosida o'quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog'liqliklarni o'rnatish;
- ilgari o'rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o'quvchilarning ri -vojlanish darajasiga tayanish;
- pedagogik va axborot texnologiyalar shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
- pedagogik va axborot texnologiyalar asosida o'quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlari mantiqiyligi va emotsionalligini oshirish;
pedagogik va axborot texnologiyalar vositalardan samarali foydalanish; pedagogik va axborot texnologiyalar asosida zarur bilim, ko'nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;
- pedagogik va axborot texnologiyalar asosida mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
- pedagogik va axborot texnologiyalar asosida har bir darsni puhta loyi-halashtirish, rejalashtirish, tashhis va tahmin qilish.
Ma'lumki, birgina shaxsiy kompyuterlarning paydo bo'lishi va ular-dan barcha sohalarda keng foydalanish masofaviy ta'lim tizimi imkoniyatlari tubdan o'zgartirdi, shu bilan birga Internet tarmog'i masofaviy ta'lim tizimiga yangi peda-gogik va axborot texnologiyalarni tatbiq etish bo'yicha yanada katta imkoniyat-lar yaratmoqda. Shuning uchun ham masofaviy ta'lim tizimini takomillashtirish eng avvalo, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta'lim va tarbiya tizimiga tatbiq etish bilan bog'liq bo'lib kompyuterli ta'limning shakllanishiga imkon beradi. Masofaviy ta'lim tizimida ta'lim dasturlari bilan ta'minlangan kompyuter larni deyarli barcha didaktik masalalarni, shu jumladan axborotni yig'ish, saqlash va uzatish, o'quv-tarbiyaviy jarayonini boshqarish, talabalar bilimini nazorat va tahlil qilish, mashqlarni bajarish, o'quv jarayoni rivojlanishi haqida ma'lumotlarni to'plash kabi boshqa masalalarni hal etishda tatbiq etish mumkin.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish ta' -lim tizimining quyidagi asosiy yo'nalishlarini aniqlashga imkon beradi:
- masofaviy ta'lim tizimida o'qitiladigan barcha fanlar bo'yicha o'zlashtirish daraja-sini oshirishni ta'minlash;
- masofaviy ta'lim tizimida o'quvchilarning qobiliyati, iqtidori, mustaqil fikr-lash, kommunikativ malakalarni
May, 2022
568
shakllantirish, fanlar bo'yicha bilim egallashni rivojlantirish, malak va ko'nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e'tiborni kuchaytirish.
- talabalar bilimini nazorat qilish uchun pedagogik va axborot texnolo-giyalaridan avtomatlashtirilgan test sinovlari o'tkazish, baholash va boshqarishda keng foydalanish, ya'ni pedagogik jarayonning samaradorli-gini oshirish.
Pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali masofaviy ta'lim tizimining sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
- masofaviy ta'lim tizimiga tatbiq etilayotgan axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalarining sifati;
- axborot texnologiyalari vositalarining zamonaviy dasturiy vositalarining sifati;
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shuning uchun ham bugungi kunda respublikamizda axborot-kommunika-tsion texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim tizimi sifatini oshirish uchun elektron ta'lim resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish va ta'lim jarayoniga joriy etish maqsadida ko'plab multimediali umum ta'lim dasturlari yaratilmoqda. Bundan tashqari ta'lim muassasalari texnik imkoniyatlari keng zamonaviy dasturiy vositalar, ya'ni ilg'or kompyuter texnologiyalari, grafik va video tahrir qilish dasturlari bilan ishlash imkonini beradigan kompyuter sminflari bilan jihozlanmoqda. Bu esa ta'lim tizimini etishning zamonaviy texnologiyalaridan, shu jumla-dan multimedia va masofadan o'qitish texnologiyalaridan foydalanish imkonini bermoqda.
Keyingi yillarda masofaviy ta'lim tizimini axborot texnologiya-lari asosida tashkil etishda masofadan turib o'qitish texnologiyasi keng rivojlanmoqda. Masofaviy o'qitish texnologiyasiga ko'ra o'quvchi qaerda va qanday holatda bo'lishidan qat'iy nazar muayyan ta'lim muassasasi ta'lim dasturini o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Masofadan o'qitish tizimi, hozirgi kunda, kompyuter va axborot texnologiyalari asosida keng qo'llaniladigan ta'lim yo'nalishidan biri bo'lib kelmoqda. Masofaviy ta'lim tizimida masofadan o'qitish tizimini qo'llash uchun o'qitiladigan barcha fanlar bo'yicha avtomatlashtirilgan o'quv kurslar, elektron darsliklar, qo'llanmalar, ya'ni elektron axborot resurslari bazasini yaratish kerak bo'ladi. Ushbu elektron axborot resurslari CD-ROM yoki fleshka disklarda yozilgan bo'lib, kompyuter tarmoqlariga joylashtirilgan bo'ladi. Ulardan turli ta'lim yo'nalishlarida bilim olayotgan talabalarning mustaqil bilim olishida, o'tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o'rgatuvchi, axborot-ma'lumotli, nazorat qilish dasturlarining qo'llanilishi axborot va kompyuter texnologiyalari asosida masofadan o'qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun ana shu funktsiyalarning hammasini o'zida mujassamlashtiruvchi elektron
May, 2022
569
o'quv darsliklarni yaratish, hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.
XULOSA
Elektron o'quv darsliklar biron bir fan, ya'ni aniq sohaga yoki ta'lim yo'nalishiga mo'ljallangan bo'lib, o'qitish jarayonida ulardan qanday bilim olish va o'rganishda foydalanadilar. Talabalarning mustaqil bilim olishida, o'tilgan mavzuni takrorlashda hamda olgan bilimlarini tekshirishda trenajyor, ma'lumotli, o'yin, nazorat qilish dasturlarini qo'llash, ularni o'rganilayotgan mavzu bo'yicha amaliy bilim va malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi hamda o'quvchilarning amaliy qobiliyatlari va malakalarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Pedagogik va axborot texnologiyalari vositalaridan masofaviy ta'lim tizimida foydalanishning samaradorligi o'qituvchilarning o'quv jarayoniga shu texnologiyalarni qo'llashga oid bilim hamda malakalarining darajasi va tajribasiga ham bog'liq bo'ladi. Boshqacha aytganda, masofaviy ta'lim tizimida pedagogik va axborot texnologiyalaridan mukammal foydalanish uchun asosiy e'tibor, eng avvalo, o'qituvchiga va o'quvchiga zarur bo'lgan sharoitni yaratish hamda ta'lim -tarbiya jarayonlarida zamonaviy elektron axborot va uslubiy resurlaridan samarali foydalanishga qaratilishi lozim.
REFERENCES
1. «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari» to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24 aprel 2017 yil, Toshkent.
2. Abduqodirov A.A., Pardaev A.X. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. -Toshkent: Fan, 2009 . - 145 b.
3. Bolotov V.A. O distantsionnom obrazovanii// Informatika i obrazovanie, №1, 1998 g.
4. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: "Fan" 2007.
5. Hamidov Yo.Yo. Ta'lim samaradorligini oshirishda elektron ta'lim resurslarining o'rni // Молодой ученый. - 2019. -№ 21 (259). -С. 611-612.
• О
May, 2022|
©
О
©
570