Научная статья на тему 'BIOLOGIYA DARSLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL QILISHDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH'

BIOLOGIYA DARSLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL QILISHDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
366
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Integratsiya / zamonaviy o‘qitish tizimi / uzluksiz ta’lim tizimi / biologiya fani / o‘quv jarayoni / fanga oid tushunchalar / bilim / ko‘nikma / malaka / video darslar / aqlli doska / taqdimot materiallari / tabiiy fanlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ergasheva Nazokat Alisherovna

Ushbu maqolada biologiya darslarida integratsiyalashgan darslarni tashkil qilishda AKT dasturlarining o‘rni , elektron darsliklarni ishlab chiqishga qo‘yilgan bir nechta talablar va elektron darslikdan foydalanish, avzalliklari , ta’lim jarayonida elekron darsliklarning ijobiy tomonlari haqida yoritilgan. Hamda biologiya fani darslari uchun ishlab chiqilgan elektron darsliklar asosida ishlashda bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga harakat qilingan. Zamonaviy ta’lim jarayonida uzluksiz ta’lim tizimini axboratlashgan ta’lim muhitiga aylantirishda, o‘quv fanlariga mo‘ljallangan multimediyali ilovalarni keng joriy etish va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi avlod o‘quv metodik adabiyotlar bazasini xalqaro ta’lim standartlariga, ta’lim sifatini baxolashning xalqaro dasturlari tizimiga moslashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “ Ta’limda multimediya mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining biologik savodxonligini oshirishiga katta yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA DARSLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL QILISHDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

BIOLOGIYA DARSLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL QILISHDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH Ergasheva Nazokat Alisherovna

Qo'qon davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10035340

Annotatsiya. Ushbu maqolada biologiya darslarida integratsiyalashgan darslarni tashkil qilishda AKT dasturlarining o'rni, elektron darsliklarni ishlab chiqishga qo'yilgan bir nechta talablar va elektron darslikdan foydalanish, avzalliklari, ta'lim jarayonida elekron darsliklarning ijobiy tomonlari haqida yoritilgan. Hamda biologiya fani darslari uchun ishlab chiqilgan elektron darsliklar asosida ishlashda bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirishga harakat qilingan. Zamonaviy ta'lim jarayonida uzluksiz ta'lim tizimini axboratlashgan ta'lim muhitiga aylantirishda, o'quv fanlariga mo'ljallangan multimediyali ilovalarni keng joriy etish va umumiy o'rta ta'lim maktablarining yangi avlod o 'quv metodik adabiyotlar bazasini xalqaro ta'lim standartlariga, ta'lim sifatini baxolashning xalqaro dasturlari tizimiga moslashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Chunki, O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida " Ta'limda multimediya mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo'llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko'rish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu esa umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining biologik savodxonligini oshirishiga katta yordam beradi.

Kalit so'zlar: Integratsiya, zamonaviy o'qitish tizimi, uzluksiz ta'lim tizimi, biologiya fani, o'quv jarayoni, fanga oid tushunchalar, bilim, ko'nikma, malaka, video darslar, aqlli doska, taqdimot materiallari, tabiiy fanlar.

Abstract. This article covers the role of ICTprograms in the organization of integrated classes in biology lessons , several requirements for the development of electronic textbooks and the positive aspects of electronic textbook use, advantages , elecron textbooks in the educational process. Also, an attempt was made to form knowledge, skills, qualifications in working on the basis of electronic textbooks developedfor classes in biology. In the transformation of the system of continuing education into an informed educational environment in the modern educational process, the widespread introduction of multimedia applications aimed at educational subjects and the adaptation of the new generation of educational methodological literature base of general secondary schools to international educational standards, the system of international programs for the quality of education is one of the urgent tasks. Because in the concept of development of the public education system of the Republic of Uzbekistan until 2030, such priorities as " the development of multimedia products in education and the implementation of measures for the systematic organization of the process of their application" are established. This greatly contributes to the increase in biological literacy of students of general secondary education schools.

Keywords: integration, modern teaching system, continuing education system, biology science, educational process, concepts related to science, knowledge, skills, qualifications, video lessons, smart whiteboard, presentation materials, natural sciences.

Аннотация. В данной статье освещается роль ИКТ-программ в организации интегрированных уроков на уроках биологии , несколько требований к разработке электронных учебников и использование электронного учебника, преимущества , плюсы электронных учебников в образовательном процессе. На основе электронных учебников,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

разработанных для уроков биологии. В современном образовательном процессе одной из актуальных задач является преобразование системы непрерывного образования в информативную образовательную среду, широкое внедрение мультимедийных приложений к учебным предметам и адаптация базы учебно-методической литературы нового поколения общеобразовательных школ к международным образовательным стандартам, системе международных программ оценки качества образования. Так, в концепции развития системы народного образования Республики Узбекистан до 2030 года определены такие приоритетные задачи, как " принятие мер по системной организации процесса разработки и применения мультимедийных продуктов в образовании". Это во многом способствует повышению биологической грамотности учащихся общеобразовательных школ.

Ключевые слова: интеграция, современная система обучения, система непрерывного образования, биологические науки, учебный процесс, концепции науки, знания, навыки, компетенции, видеоуроки, умная доска, презентационные материалы, естественные науки.

KIRISH.

Biologiya darslarida integratsiyalashgan darslarni tashkil qilishda AKT dasturlarining o'rni zamonaviy o'qitish tizimida alohida ahamiyatga ega. Uzluksiz ta'lim tizimida tashkilnadigan o'qitish jarayonining samaradorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg'un foydalanish muhim vazifa sifatida belgilangan. Tabiiy fanlar va uning tarkibiga kirgan barcha fanlarni integratsiyalashgan holda biologiyani o'qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish uchun biologiya ta'limi mazmunining o'zigaxos xususiyatlarini e'tiborga olish zarur: tirik ob'ektlar bilan ishlash, ularda kechadigan hayotiy jarayonlarni kuzatish, tajriba qo'yish, tabiat hodilarini yaxlit tushuncha holida tasavvur qilib tushuntirish va boshqalar. Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko'p. Odam tanasining uch o'lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur qiling. Bunday taqdimotlarni o'quvchilar uzoq vaqt esda saqlaydilar. Hujayraning tuzilishini darslikdan o'qib tushunish birmuncha murakkab. Ko'rgazmali tasvirlardan foydalanilsa, tasavvurlar yanada yorqin va tushunarli bo'ladi. AKTdan foydalanish kundalik hayotimizning dolzarb talabi hisoblanib, jamiyatni globallashtirishda muhim rol o'ynaydi. O'quvchilar yangi tushunchalar haqida rasmiy bilimlarni to'plamasdan, balki ularni tushunib, tasavvur qilib olishlari juda muhim. Ayniqsa biologiya darslarini boshqa tabiiy fanlar bilan integratsiya asosida tashkillanishi tabiat haqidagi tushunchalarni umumiy yaxlit holda o'zlashtirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta'lim jarayonida biologiya fanini o'qitish yanada samarali bo'lishi uchun o'quv mashg'ulotlari davomida o'qituvchilar AKT asosida turli ishlanmalar ishlab chiqishlari va undan foydalanishlarini talab qilmoqda. Biologiya fani o'qituvchilari dars o'qitish uchun samarali AKT yaratishlari uchun Ms Word, Ms Excel, Ms Power Point, Flash, Movie Maker kabi turli dasturiy ta'minotlardan va boshqa "Veb" vositalardan foydalanishlari mumkin.

Biologiya fanini o'qitishda foydalaniladigan axborot texnologiyalari quyidagi vazifalarni bajaradi:

Ta'limiy: o'quvchilarga o'rganiladigan mavzu bo'yicha asosiy va qo'shimcha materiallar, asosiy tushuncha va ularning izohlari, turli jadvallar, diagramma, murakkab ilmiy va ishlab

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

chiqarish xarakteridagi tajribalar to'g'risida keng qamrovli bilim berish imkoniyati vujudga keladi;

O'quvchilarning o'quv faoliyatini yo'naltirish-:o'quvchilar axborot texnologiyalari mahsullari bo'lgan ta'lim beruvchi, modellashtirilgan va nazorat dasturlari, shuningdek, animatsiyalar vositasida ishlash barobarida, mazkur dasturlar o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni ham o'zida mujassamlashtiradi, ya'ni o'quvchilarni chuqur va mustahkam bilim olishga yo'naltiradi;

Ko'rgazmalilik: boshqa o'qitish vositalaridan farq qilib, axborot texnologiyalari mahsullari bo'lgan animatsiyalar biologik jarayonlarni harakat va dinamik tasvirlaydi, shu sababli, o'qitish jarayonida uning o'rni beqiyos;

Nazorat:biologiya ta'limining barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari darslarda, shuningdek, darsning barcha bosqichlarida o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash, nazoratning haqqoniyligi, muntazamliligi, keng qamrovliligi, takrorlanuvchanligini amalga oshiradi;

Rivojlantiruvchi:o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish dasturlaridagi o'quv topshiriqlarning qiyinlik darajasiga ko'ra: reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy xarakterda bo'lishi o'quvchilarning topshiriqlarni bilimi, ehtiyoji va qiziqishiga mos holda keyingi bosqich topshiriqlarini bajarishga bo'lgan intilishini orttiradi, fan asoslarini mustahkam o'zlashtirishiga zamin yaratib, shaxs sifatida rivojlanish imkoniyatini vujudga keltiradi;

Tarbiyaviy:o'quvchilarning axborot dasturlari bilan ishlashi natijasida o'quv va aqliy mehnat ko'nikmalari rivojlantiriladi;

Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish:tabiat va undagi ob'ektlarni o'rganish ikkita olam (makro va mikroolam)ga ajratilib, biologiya fani o'zining mazmuniga ko'ra, aksar hollarda mikroolam: hujayrada boradigan jarayonlar, masalan, modda va energiya almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi, biotexnologiya va gen muhandisligiga doir o'quv materiallarini animasiyalar orqali o'rgatib, o'quvchilarning abstrakt tafakkuri va ilmiy dunyoqarashini rivojlantiradi. Biologiya fanini o'qitishda axborot texnologiyalarining yuqorida qayd etilgan vazifalarini e'tiborga olgan holda, ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish yo'llarini belgilash va amaliyotga joriy etish bugungi kunda dolzarb vazifa sanaladi. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilarning oldidagi muhim vazifalardan biri o'quvchilarning fan asoslarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish asnosida ularning barkamolligini ta'minlash sanaladi.

Ushbu muammolarni hal etishda axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanilgan darslar axborotlarga boy, ko'rgazmali, interfaol bo'lib, vaqtdan unumli foydalanish, har bir o'quvchining o'z tempi bo'yicha bilim olish, o'qituvchida esa, o'quvchilar bilan tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan ta'limni amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi, shu bilan bir qatorda o'qitishda natijalarini nazorat qilish va baholash uchun zamin yaratadi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo'llanilishi o'quvchilarning hujayra, to'qima, kimyoviy elementlar, atom, molekulaning tuzilishi, modda va energiya almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi kabi jarayonlar haqida tasavvur qilishlari, abstraksiyalash va xotirada saqlash imkonini kengaytiradi; o'quvchilarning motivlari va o'zlashtirish darajasi e'tiborga olingan holda zarur hollarda takroran o'rganish va o'quvchilarning bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish imkonini beradi; biologik jarayonlarni animatsiyalar tarzida virtuallashtirish o'quvchilarning ko'rgazmali-

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

obrazli fikr yuritish va o'quv materialini to'liq o'zlashtirishga zamin tayyorlaydi; biologiya darsida animatsiyalardan foydalanish darsning barcha bosqichlarida o'quvchilarning bilish-faoliyatini faollashtirishga olib keladi. Biologiya fanini o'qitishda quyidagilardan foydalanish mumkin: har bir mavzu mazmuniga asosan ko'rgazmalilikni amalga oshirish, ya'ni multimediali taqdimot materiallari; biologik jarayonlarning animatsiyasi; virtual laboratoriya va amaliy ishlar; ishlab chiqarish korxonalariga virtual ekskursiya; biologik jarayonlarning modellashtirilgan dasturlari; biologik jarayonlarning ta'limiy dasturlari; o'quvchilarning mavzular bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun nazorat dasturlari; o'quvchilarning mustaqil ta'limi va ishi uchun o'quv-axborot saytlari; didaktik o'yinga asoslangan animatsiyalar; qiyinchilik darajasi turlicha bo'lgan ijodiy topshiriqlar dasturi; XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. "Elektron" hukumat, "elektron" uy, "elektron" tijorat, "elektron" ta'lim kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol bo'lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot manbai sifatida emas, balki interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo'ymoqda. Bu jadal yangilanib borayotgan axborot kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida foydalanish, ma'lumotlarni qayta ishlashni talab qiladi. Bunday "aqlli", inson bilan muloqot qiluvchi va o'rgatuvchi elektron resurslarni yaratish o'ta dolzarb va mashaqqatli ish bo'lib, uni yaratishga butun dunyoning eng malakali mutaxassislari imkoniyatlarini birlashtirishni taqozo qiladi. Bu yo'nalishda qo'yilgan salmoqli qadamlardan biri ta'lim sohasida dunyo bo'yicha amalga oshirilishi boshlangan Smart education loyihasini keltirish mumkin. Smart education (aqlli ta'lim) ochiq axborot resurslari yordamida interfaol virtual muhitda amalga oshiriladigan moslashuvchan va induviduallashtirilgan yangi global ta'lim texnologiyasidir. Uning eng asosiy xususiyati uning butun dunyo miqyosida amalga oshirilishi va hammaga birdek axborot olish va keng ta'lim olish imkoniyatlarining yaratilishidir. Smart education ta'lim muhiti, o'z navbatida, uning qatnashchilaridan butun ta'lim jarayonini, foydalanilayotgan metod va texnologiyalarni yangilash va bir tizimga keltirishni taqozo etadi. Xuddi shu maqsadda yevropa Ittifoqi davlatlari o'z ta'lim tizimlarini bir xil standartga keltirish yo'lidan borishmoqda va dunyoning boshqa davlatlarini ham bunga da'vat etishmoqda. Kelajak ta'limi muhiti sifatida e'tirof etilayotgan Yagona yevropa universiteti loyihasi bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan salmoqli qadamlardan biridir. Kecha ta'lim olishning yagona manbai o'qituvchi bo'lib, o'quvchi ta'lim olish uchun sinfxonaga kelishi va o'qituvchi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi yoki kitob o'qishi hamda tushunmaganlarini o'qituvchidan so'rab o'rganishga majbur edi. Bugunga kelib, axborot kommunikasiya texnologiyalarini puxta egallagan o'quvchi bilimni nafaqat sinfxonada o'qituvchidan, balki istalgan joyda, internetdagi boshqa bilim manbalardan ham olish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Shu bilan birga, hozirda qo'llanilayotgan ta'limning pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari o'qituvchining ta'lim jarayonidagi rolini o'zgartirmoqda. O'qituvchining roli endi faqat bilim manbai emas, balki bilim olishga yo'naltiruvchi va bu jarayonni boshqaruvchisi sifatida namoyon bo'lmoqda. Bu o'rinda interfaol texnologiyalarning qo'llanishi o'quvchilarning o'zi ham bilimlarni bir-birlariga uzatish va yangilarini shakllantirish manbai sifatidagi rolini oshirmoqda. Bundan tashqari, so'nggi yillarda o'quvchi yoshlarning Twitter, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarni ishg'ol qilganliklari va turli qiziqishlar, xususan, ta'lim olish bo'yicha o'z uyushmalarini tuzib, faol muloqot qilayotganliklari, ya'ni o'zaro keng muloqot ta'lim muhitining yaratilganligi mazkur ta'lim tizimiga bo'lgan qiziqishni orttirmoqda. Smart education ta'lim

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

muhiti vositalari ham kun sayin o'zgarib bormoqda. Endi istalgan joydan internetga ulanish imkoniyatining yaratilganligi, mobil kommunikasiya vositalari, "aqlli" doska, "aqlli" ekran va ta'limning boshqa "aqlli" texnik vositalarining paydo bo'lishi va kun sayin takomillashib borishi Smart education ta'lim muhitida faol bilim olish imkoniyatini yanada oshirmoqda. Bu, o'z navbatida, bilim manbai sifatida kitob bilan bir qatorda ancha afzalliklarga ega bo'lgan faol, qulay va mobil ta'lim mazmuniga bo'lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Buni birgina kitob va internetda joylashtirilgan ma'lumotlar, ta'lim mazmuni hajmlarini taqqoslash orqali ham anglab yetish mumkin. Internetda joylashtirilgan va kun sayin, soat sayin karralab oshib borayotgan veb resurslardagi ma'lumotlar, yangi bilimlar xazinasidan oqilona foydalanish, internet qulayliklari va texnik imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylangan. YUNESKO tashkiloti tomonidan e'lon qilingan XXI asrda "Life Long Learning" -"Butun hayot davomida o'rganish", "Barcha uchun ta'lim" ta'lim tamoyillarini amalga oshirish uchun Smart-ta'lim orqali shart- sharoitlar yaratiladi. SMART-ta'lim "har doim, har joyda va istalgan vaqtda" ta'lim olish imkoniyatlarini oshiradi. Ta'lim jarayonida SMART-texnologiyalari turli xil texnik vositalar: smartfon, planshetlar va boshqa shunga o'xshash qurilmalar yordamida o'quvchilarga bilimlarni yetkazish hamda intellektual virtual o'quv muhitini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. Smart education barcha ta'lim jarayonlarini, shuningdek, ushbu jarayonlarda qo'llaniladigan usullarni va texnologiyalarni keng qamrovli modernizasiya qilishni o'z ichiga olgan konsepsiyadir. Ta'lim sohasidagi aqlli ta'lim konsepsiyasi Smartdoska, Smart-ekran va har qanday joydan Internetga kirish kabi texnologiyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni rivojlantirish, uni yetkazib berish va uni yangilash jarayonini yaratish uchun yangi usullarni taqozo etadi. O'quv jarayoni nafaqat sinfda, balki uyda, muzeylar, kafelar, jamoat joylari kabi istalgan joyda ham amalga oshirilishi mumkin. O'quv jarayonini bir-biriga bog'laydigan asosiy element faol ta'lim mazmuni bo'lib, uning asosida vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni olib tashlashga imkon beruvchi yagona birlashtiriladigan "omborlar" yaratiladi. Cmartfonlar, mobil telefonlar, planshetlar va boshqa aqlli qurilmalar sizga qanday yordam berishi mumkin? Bu erkin ravishda keng qamrovli bilim olish imkoniyatini beradi. Ta'lim olishdagi bir qancha muammolarga chek qo'yadi. Maktab o'quvchilarining ta'lim amaliyotida mobil texnologiyalar quyidagi yo'nalishlarda qo'llanilishi mumkin: internet ensiklopediyalaridan ma'lumotlarni olish; kerakli ma'lumotlarni izlash; tarjimon orqali so'z yoki iboralarni tarjima qilish; axborotni vizuallashtirish; video ma'ruzalarni tomosha qilish; internetda onlayn rejimida test topshirish yoki anketa savollariga javob berish; turli laboratoriya ishi va tajribalarini o'tkazish. Faqat "aqlli" qo'shimchasi bilan yangi texnologiyalarni qo'llash yangi turdagi ta'limning barcha xususiyatlarini aniqlab bermaydi. Ta'lim sohasidagi aql-idrokka mos keladigan turli xil texnologik yechimlarni tahlil qiladigan bo'lsak, biz Smart texnologiyalari deganda quyidagilarni inobatga olamiz: aqlli-doskalar, aqlli-o'quv qo'llanmalari, aqlli- proyektorlar, interfaol va kommunikativ xatakterdagi o'quv materiallarini yaratish va tarqatishning dasturiy ta'minotlari. Facebook ijtimoiy xizmatlar, Google xizmatlari va vositalari, Wiki vebsayti, internetda ovozli fayllar yoki videolarni tarqatish uchun podkastlar, bloglar, YouTube video xosting, bulutli texnologiyalar - bularning barchasidan ta'lim olishda foydalanish mumkin. Bloglar o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida qaytar aloqa vositasi sifatida ta'limga qo'shildi. YouTubeda siz video ma'ruzalarni o'rnatishingiz va namoyish qilish, Google xizmatlaridan foydalanib, o'quv jarayonini moslashuvchan va qiziqarli qilish mumkin. Smart-ta'limning keng tarqalishi, birinchi navbatda, internet texnologiyalarini takomillashtirish, ikkinchidan, Wi-Fi, 3G, 4G kabi simsiz texnologiyalarning rivojlanishi va

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

uchinchidan, internetda onlayn ta'lim resurslarining keng tarqalganligi bilan bog'liq. Interfaol jihoz, masalan, Smart boards interfaol doskasi yordamida axborotlarni uzatish ma'ruzachiga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: maxsus rangli markerlar bilan yozish, o'quv materialini namoyish qilish, ekrandagi tasvir ustiga yozma sharh berish va h.k. Shu bilan birga, Smart boards interfaol doskasida yozilgan hamma narsa o'quvchilarga berilishi, ma'lumotlarni saqlashning turli vositalarida saqlanishi, chop etilishi, darsda qatnashmagan o'quvchilarning elektron pochtasiga yuborilishi mumkin. Smart boards interfaol doskasida ma'ruza davomida yaratilgan o'quv materiallari doska ichida o'rnatilgan video yozuvchi moslama yordamida yozib olinishi, saqlanishi va qayta-qayta namoyish etilishi mumkin. Bu zamonaviy bilim olish jarayonida juda ko'plab fanlarni integratsiyalashgan holda tashkillashda katta zamin yaratadi.

Smart Classroom Suite interfaol o'quv dasturi kompyuterlashtirilgan sinflarda o'qituvchilar va o'quvchilar uchun mo'ljallangan maxsus dasturiy paket hisoblanadi. Ushbu paket quyidagilarni o'z ichiga oladi: Smart Notebook™ - hamkorlikda ta'lim olish dasturiy ta'minoti; Smart Notebook™ CE o'quvchilar uchun dasturiy ta'minoti; Smart Sync™ sinfni boshqarish dasturiy ta'minoti; Smart Response™ -interfaol so'rovlarni amalga oshirish dasturiy ta'minoti. Smart Classroom Suite dasturi bilan o'qituvchilar sinfda o'rganish jarayonini samarali boshqarishlari va darslarni o'tkazishlari mumkin. Foydalanish oson bo'lgan vositalar o'qituvchilarga qiziqarli multimedia darslarini tayyorlashga yordam beradi. Asboblar panelini ishlatish orqali o'qituvchilar bir tegish bilan Smart Exchange™ veb-saytiga boshqa o'qituvchilar tomonidan yaratilgan darslarni topishlari yoki o'z tajribalarini boshqalar bilan baham ko'rishlari mumkin. Elektron darsliklarni ishlab chiqishga quyilgan talablar. XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. Elektron hukumat, elektron uy, elektron tijorat, elektron ta'lim kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol bo'lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot manbasi sifatida emas, balki interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo'ymoqda. Bu jadal yangilanib borayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida foydalanish, ma'lumotlarni qayta ishlash va qaysidir ma'noda odam o'rnida o'ylashga majbur qilishni talab qiladi. Bunday aqlli, inson bilan muloqot qiluvchi va o'rgatuvchi elektron resurslarni ishlab chiqish o'ta dolzarb va mashaqqatli ish bo'lib, virtual o'quv laboratoriya, elektron darslik asosida darslarni tashkil etish darslar samaradorligini ta'minlash omili hisoblanadi. Agar o'qituvchi doimiy ravishda Internetdan foydalanib boradigan bo'lsa, u bugungi kundagi eng yangi ma'lumotlarni tarmoqdan olib, shu asosida ma'ruzani tayyorlab, dars o'tishi mumkin. Elektron darslik o'qitish va nazoratga asoslangan, DTS talablari asosida tayyorlangan qo'llanmadir. Chunki o'quvchiga tushunarli bo'ladigan axborot berishdan tashqari, test savollari, o'zini-o'zi tekshirish uchun barcha topshiriqlar kiritiladi. Elektron darslik quyidagi talablar asosida ishlab chiqiladi. Ta'limiy maqsadlar uchun ishlanmaning amaliy muhimligi. Resursning davlat ta'lim standartlariga muvofiqligi, taqdim etilayotgan materialning ilmiy asoslanganligi, zamonaviy qarashlarga mosligi, nazariy xatolikka yo'l qo'yilmaganligi va mukammal shakllantirilganligi. Matnning to'liqligi, Grammatik va orfografik xatolardan xoliligi. Resursning uslubiy ishlab chiqilganlik darajasi (uslubiy maqsadlarni amalga oshirishga imkon berishi). Ilg'or pedagogik texnologiyalarning qo'llanilganligi. Milliy g'oya va qadriyatlarga mosligi. Bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlarning mavjudligi. Nazorat materiallarining to'liqligi (topshiriqlar, mashqlar, test savollari, jumboq va o'yinlar). Statik va dinamik tasvirlar, illyustrativ (foto, video,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

animatsiya va boshqa) materiallarning yetarliligi. O'quvchilar yoshining psixologik va pedagogik xususiyatlarini hisobga olinganligi. Rang, shrift, monitor ekrani va shu kabilarga qo'yilgan talablarga mosligi. Elektron darslikni kompyuterga o'rnatishning qulayligi. Elektron darslikni boshqarishning qulayligi. Misol uchun quyida 8-sinf odam va uning salomatligi darsligidan ba'zi ko'rinishlarini keltiramiz: Ko'rib turganingizdek quyidagi rasmda 8-sinf odam va uning salomatligi darsligining mundarijasi berilayapti. Darslikning boblariga kirish uchun sichqoncha kursorini kerakli bob nomi ustiga olib kelib chap tugmasini bir marta bosish etarli. Elektron darslikdan foydalanish affzalliklari. Elektron darslik o'zlashtirish imkoniyatini kengaytiradi. O'qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri har bir o'quvchiga rejalashtirilgan o'quv materiallarini yetkazib berish va uni o'zlashtirish darajasini oshirishdan iborat. Ta'lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy yo'nalishlaridan biri ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog'liq. Biologiya darslarini loyihalashda zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish, unga muvofiq ta'lim vositalarini qo'llashni taqazo etadi. Biologiya darslarida mavzu mazmuniga muvofiq, og'zaki (audiovizual, dasturli multimediali, gipermediali) ta'lim vositalaridan foydalaniladi. Ma'lumki, ta'limning zamonaviy vositalari deganda, o'quv matni, axborot tashuvchilar, qog'oz, slayd, disk apparat va ta'limni amalga oshiruvchi vositalar (proyektor, magnitofon, EHM) va hakazolar tushuniladi. Demak, matn tashuvchi apparat ayni vaktda har qanday darajadagi o'quvchi uchun ta'lim vositasi hisoblanadi. Biologiya ta'limi jarayonida intellektual ta'lim tizimining imkoniyatlari chegaralanmagan. O'quvchilar bilan suhbat, ular bilimlarini taqqoslash, o'quvchilar faoliyatining tahlili, to'plangan ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazish (ommaviy ta'lim), gipermatnli ko'rinishdagi darslarni tashkil etish, ma'lumotlar ta'minoti manbaini belgilash va boshqalarning ahamiyati shundaki, ular intellektual ta'lim vositalari muammosini hal etadi. Biologiya ta'limi vositalari sifatida o'quv matnlari asosiy o'rinni egallaydi. O'quv matnlari ayni vaqtda ta'limning yangi vositalari (elektron darsliklar, videofilmlar, audio darslar, audio va videokassetalar, videodisk va boshqa axborot texnologiyalari) da ifodalanadi. Biologiyadan yaratilgan elektron darslik biologiya fani yoki uning biror bulimini kompyuter yordamida mustaqil yoki o'qituvchi hamkorligida uzlashtirish imkoniyatini ta'minlaydigan majmuadir. Biologiyadan yaratilgan elektron darslik mazmuni o'quv materiallar matni, multimediali qo'llanmalar, ovozli video animatsiya va qisman matn shaklida ifodalanadi. Videofilm biologiya o'quv kursining biror bo'limi yoki mavzusini televizor orqali ko'rsatishga moslashtirilgan videosiyomka asosida yaratilgan metodik vosita hisoblanadi. Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanilganda quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi: -har bir mavzu yakunida savollar ro'yxati mavjud; -foydalanish sodda va oson; -darslik dasturining muloqotli shaklda tuzilganligi;

- video va audio ma'lumotlar bilan boyitilganligi; -matn qismi avtomatik harakat qilib yaratilganligi; -o'quvchilar bilimini nazorat qilish bo'limi mavjudligi;

- elektron darslikdan foydalanish qoidalari ham yoritilganligi.

O'quvchilar elektron darslikdan internet orqali yoki CD lar orqali foydalanishlari mumkin. Biologiya darslari uchun ishlab chiqilgan elektron darsliklar asosida ishlash hozirgi zamon talabi hisoblanadi. Bugungi kun o'qituvchisi nafaqat, elektron darslikdan foydalanish, balki tahlil qilishni bilishi uni o'z metodikasiga mos ishlab chiqish, o'z darslarida qo'llash malakalariga ham

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ega bo'lishini davr taqozo qilmoqda. Biologiya bo'yicha elektron darsliklardagi o'quv materiallarini taqdim etish, anglash (kognitiv) jarayonning verbal -mantiqiy, sensor-pertseptiv (his qilish, sezish) va ifodalanish darajasiga mos kelish kerakligi kognitivkontseptual modellar asosida logik-falsafiy modelini mazkur darslikka nisbatan ishlab chiqish xususiyatiga ega bo'lindi. Shuningdek, anglash bilan bog'liq psixologik jarayonlarga axborotlarni qabul qilish (asosan, ko'rish hamda eshitish, his qilish), e'tibor qilish (uning turg'unligi, jamlanishi, bir narsadan ikkinchisiga o'tishi, taqsimlash) fikrlash (nazariy tushuncha, amaliy ko'rgazmali va amaliy harakatli), tasavvur qilish xotira (bir soniyalik qisqa va uzoq muddatli, qisqa muddatli xotirada ma'lumotlarni joylashtirish hodisasi) va boshqalar kabi jarayonlarning ta'lim jarayonidagi xususiyatlari ham e'tiborga olinib umumlashtirib borildi; - mazkur elektron darslikdan foydalanuvchilar uchun qulay, fanni o'zlashtirishga ijodiy yondashish va salomatlikni saqlash nuqtai nazaridan maqbul o'quv sharoitlarini ishlab chiqish kabi asosiy talablar kiradi. Biologiya fani bo'yicha elektron darsliklar tuzilishiga nisbatan tavsiya etilayotgan elementlar quyidagilardan tashkil topdi:

-darslikning muqovasi;

-darslikning mundarijasi;

-elektron darslik materiallarining to'liq bayoni;

-elektron darslikning qisqacha bayoni (ular chizma va sxema ko'rinishida); -darslikda beriladigan asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati; -o'quvchilar bilimini nazorat qiladigan mexanizmi XULOSA

Umumiy qilib aytganda, nafaqat biologiyani integratsiyalashgan darslarida balki, bashqa fan sohalarida ham kinestetik, visual, audial, diskret sezgilari orqali o'quv-bilish faoliyatini faollashtirish dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan, hamda biologiya ta'lim jarayoniga tadbiq etilgan didaktik model va metodik tizim bevosita o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishlari qiyin bo'lgan, bevosita ko'z bilan kuzatish imkoniyati bo'lmagan biologik jarayonlarni elektron ta'limiy resurslar asosida tizimli materiallar shaklida namoyish qilish imkonini beradi. Umumiy olingan hulosalar natijasida ishlab chiqilgan hamda biologiya ta'limi jarayoniga tadbiq etilgan didaktik model va metodik tizim bevosita o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishlarini juda ham qulaylashtiradi. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning o'z- o'zini baholash va nazorat qilishlari uchun barcha kerakli multimediya ilovalari, o'quv dasturlari, turli topshiriqlar tayyorlanib boriladi. Biologiyadan mavzularni o'zlashtirish davomida ularning bilim ko'nikmalarini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Demak, biologiyani o'qitishda elekton talimiy resurslardan tizimini takomillashtirish va uni keng miqyosda tadbiq etish orqali o'quvchilarda mustaqil faoliyatni amalga oshirish, biologic jarayonlarni idrok etish, bilim o'zlashtirish darajasi ko'rsatkichlarining dinamikasiga keng imkoniyat yaratiladi.

REFERENCES

1. Ergasheva N.A. Biologiya darslarida elekton darsliklardan foydalanish. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari -2022y. 171-180-betlar

2. Isabayeva M. M. Umumta'lim maktab biologiya o'qituvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish. NamDu., 2021y, - 4son., 490-494betlar

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

3. Джураев Р. Х., Карахонова Л. М. Медиаобразование как фактор повышения качества обучения школьников //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2. - С. 322-323.

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Integratsiya

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.