Научная статья на тему 'Diplomatik terminlarning ingliz va o’zbek tillaridagi o’ziga xos xususiyatlari'

Diplomatik terminlarning ingliz va o’zbek tillaridagi o’ziga xos xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
257
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Diplomatiya / terminalogiya / tilshunoslik / terminus / preambula / rekvizitsiya / person

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ma’rifat Palvonovna Ismoilova

Mazkur maqolada ingliz va o’zbek tillarida diplomatiyaga oid terminlarni qo’llashning nazariy xususiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, tilshunoslikda terminlarning qo’llanilishi haqida ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Diplomatik terminlarning ingliz va o’zbek tillaridagi o’ziga xos xususiyatlari»

Diplomatik terminlarning ingliz va o'zbek tillaridagi o'ziga

xos xususiyatlari

Ma'rifat Palvonovna Ismoilova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillarida diplomatiyaga oid terminlarni qo'llashning nazariy xususiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, tilshunoslikda terminlarning qo'llanilishi haqida ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Diplomatiya, terminalogiya, tilshunoslik, terminus, preambula, rekvizitsiya, person

Specific features of diplomatic terms in English and Uzbek

languages

Marifat Palvonovna Ismailova Urganch State University

Abstract: This article discusses the theoretical nature of the use of terms related to diplomacy in English and Uzbek languages. Information about the use of terms in linguistics is also provided.

Keywords: Diplomacy, terminology, linguistics, terminus, preamble, requisition, person

Terminologiyaning shakllanish va taraqqiy etish jarayoni tilga xos so'z yasalishi qonuniyatlari hamda tilning leksik fondi asosida sodir bo'ladi. Umumiste'molga oid leksikaning terminlashuvi tarixiy hisoblanadi. Bu hodisa til va terminologiya orasidagi ikki tomonlama munosabatning mavjudligini ko'rsatadi. Mazkur jarayon shuningdek, umumadabiy leksika va terminologik leksika o'rtasidagi jips aloqalarda yaqqol namoyon bo'ladi. Umumadabiy so'zlar so'zlashuv tili, dialektlar, lahjalar va sotsial jargon, argolaming leksik boyligi va meyorini tashkil qiladi. Ayni zamonda, umumxalq so'zlari har qanday milliy til terminologiyasini hamisha to'ldirib, kentaytirib boruvchi manbalardan biri tarzida e'tirof etiladi. Umumadabiy so'zlaming terminologik leksika tizimiga ko'chishi, ya'ni transterminlashuvning ikki turi mavjudligi aniqlangan.

Termin lotincha "terminus" - chek, chegara, chegara belgisi kabi ma'nolariga ega bo' lib, fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1654

ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so'z yoki so'z birikmasidir. A.Reformatskiy terminga quyidagicha ta' rif beradi: "Terminlar - bu maxsus so'zlardir". Terminga qo'yiladigan asosiy me'yoriy talablar dastlab terminologiya maktabi asoschisi D.S.Lotte tomonidan ishlab chiqilgan. Bu talablar quyidagilardir: tizimlilik, konkretga bog'liq emaslik, qisqalik, bir ma'nolilik, aniqlilik, oddiylik, tushunarlilik, tadbiq etilganlik darajasi va boshqalar. Vinokurning fikricha: har bir terminologik sohada boshqa terminologiya bilan yoxud umumadabiy so'zlar bilan bir xil bo'lgan terminlar mavjud. Mavzudan kelib chiqqan holda diplomatik terminlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Sof diplomatik terminlar;

2. Umumadabiy so 'zlar bilan yoki boshqa terminologik sohadagi terminlar;

3. Umumadabiy so'zlar;

4. Ikki tilli lug'atda keltirilgan, lekin diplomatik termin sifatida belgi qo 'yilmagan va diplomatik lug 'atlarga kiritilgan so 'zlar.

Diplomatik terminologiya esa (diplomatik terminlar yig'indisi), har bir tilda spetifik (o'zgacha)dir. Unda diplomatik til asos olgan va unda huquqning predmeti sohasidagi ma'lumotlar to'planib boradi. Diplomatik terminlarga quyidagi xususiytalar xos:

1. Keng tarqalganlik;

2. Sistemaviylik;

3. Ichki yaxlitlik

4. O'zaro uzviylik;

5. Turg ' unlik.

Diplomatik terminlarni tasniflash ularni sof Diplomatik terminlarga va umumiste'mol tildagi terminlarga bo'linishiga asoslanadi. Bu tasnif ularni o'z navbatida ikkiga bo'ladi: sof diplomatik terminlar va ikki taraflama terminlar, ya'ni, ham diplomatik termin, ham umumadabiy so'z. Misol tariqasida ko'radigan bo'lsak:

PERSON. (inglizcha. persona - kerak, maqbul shaxs) Diplomatik termin bo'lib, qabul qiluvchi davlat tayinlanishiga va kelishiga rozi bo'lgan diplomatik vakil tushuniladi. Elchi yoki konsullik vakolatxonasi rahbariga nisbatan agreman yoki ekzekvatura olish protsedurasi qo'llaniladi. Boshqa diplomatik xodimlar uchun mamlakatga kirish vizasi berilishining o'zi ulaming persona grata hisoblanishlarini bildiradi.

PREAMBULA. (inglizcha pre'ambule - so'zboshi) Xalqaro shartnomaning kirish qismi. Konvensiyaning maqsadlarini yoritib beruvchi tushuncha bo'Iib, uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Preambulada, odatda, shartnoma imzolayotgan tomonlar sanab o'tiladi, shartnomani imzolashga undagan narsa, undan maqsad bayon etiladi Bundan tashqari preambuladan konvensiyaga izoh berishda ham foydalaniladi.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1655

Preambula xalqaro hukumatlararo va boshqa tashkilotlar va konferensiyalar qarorlari (rezolyutsiyalari)da ham bo'lishi mumkin.

REKVIZITSIYA. Konsullik muassasalari, konsullik muassasalari mansabdor shaxslari va ulaming oila a'zolariga tegishli mulkni haq tolash asosida yoki ma'lum muddatga davlat ixtiyoriga majburiy o'tkazish.

Ayni chog'da, hozirgi o'zbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini uning tarkibiga kirib kelayotgan, bugungi jahon diplomatiyasi sohasida mavjud tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi leksemalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Hozirgi o'zbek diplomatik terminologiyasi genetik jihatdan turli-tumandir. Uning safida azaldan qo'llanishda bo'lgan umumturkiy terminlar qatori, sharq va Yevropa (rus, ingliz, nemis) tillaridan turli zamonlarda kirib kelgan o'zlashmalar ham o'z aksini topgan. "O'zbek tilining izohli lug'ati" materiallari asosida qilingan statistik tahlil diplomatik terminlarning umum o'zbek adabiy tilida qo'llanish darajasi chastotasining pastligini ko'rsatdi. Xususan, nomi tilga olingan izohli lug'atdan o'rin olgan 60.000 so'zlaming atigi 410 tasi, ya'ni 0,7% ini diplomatik terminlar tashkil qiladi, xolos.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ingliz va o'zbek tilida diplomatic terminlarga oid terminlar umumadabiy tilda ham qo'llanilsada, diplomatic sohada ular chuqurroq ma'noga ega bo'ladi. Shuningdek, so'zlashuv uslubida qo'llanilmaydigan sof diplomatik so'zlar ham bo'lib ulardan foydalanayotganda ehtiyotkorlik zarur va albatta diplomatik terminlar lugatidan foydalangan ma'qul.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kobrin B.N., Golovin R.Y.Linguistic foundation of the doctrine of terms.-M. Higher.sh.k., 1987.- P.104

2. Khizhnyak S.P. Legal terminology: Formation and composition .-Saratov, 1997. P.137

3. В.А Татаринов, Теория терминоведения. Теория термина: история и современное состояние, Москва, 1996

4. Narxodjayeva X. 0 'zbek tilida jarayon anglatuvchi terminlaming lingvistik xususiyatlari. Filol.fan.bo'yicha.fals. dok.diss.avtoref.-Toshkent, 2017.

5. Odilov Yo. O'zbek tilida enantiosemiya. Dok. diss. avtoref. -Toshkent, 2016.

6. Ismailov G'. O'zbek tili terminologik tizimida semantik usulda termin hosil bo'lishi. Filol.fan.nomz.diss.avtoref.-Toshkent, 2011.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1656

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.