Научная статья на тему 'TERMINLARNING YASALISH USUL VA YO‘LLARI'

TERMINLARNING YASALISH USUL VA YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

13601
769
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„zlashma so„zlar / semantik / morfologik / sintaktik / affiks / iqtisodiyot / termin / ijtimoiy fanlar / qo„shma so„zlar / adjectives / semantics / morphology / syntax / affixes / economics / terminology / social sciences / compound words

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayyora Xolmirzayeva

Ushbu maqolada iqtisodiyotga oid terminlarning yasalish usul va yo„llari haqida ma‟lumot beriladi. Shu bilan birga iqtisodiyot terminologiyasida sodda terminlar asosida ko„plab yasama terminlar yasalishi haqida fikr yuritiladi va misollar bilan asoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides a brief overview of the formation and construction of economic terms. Moreover, the article considers economic terminology in terms of justification and construction based on simple terms and examples.

Текст научной работы на тему «TERMINLARNING YASALISH USUL VA YO‘LLARI»

TERMINLARNING YASALISH USUL VA YO'LLARI

Sayyora Xolmirzayeva

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzod

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada iqtisodiyotga oid terminlarning yasalish usul va yo'llari haqida ma'lumot beriladi. Shu bilan birga iqtisodiyot terminologiyasida sodda terminlar asosida ko'plab yasama terminlar yasalishi haqida fikr yuritiladi va misollar bilan asoslanadi.

Kalit so'zlar: o „zlashma so „zlar, semantik, morfologik, sintaktik, affiks, iqtisodiyot, termin, ijtimoiy fanlar, qo „shma so „zlar

This article provides a brief overview of the formation and construction of economic terms. Moreover, the article considers economic terminology in terms of justification and construction based on simple terms and examples.

Keywords: adjectives, semantics, morphology, syntax, affixes, economics, terminology, social sciences, compound words

Terminologiyaga bag'ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, asosan, nominativ funksiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. Hozirgi vaqtda terminologiya masalasining o'sib borishi, bir tomondan ilm-fan, qishloq xo'jaligi, iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi tufayli yangi tushunchalarning ko'payib borilishi deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakllanish jarayoni rivojlanishi va funksiyasi kabi masalalarni chuqurroq o'rganilishi zarurligi bilan izohlanadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Terminologik tizimilarning boyib borish yo'llari har xil bo'lib, uning asosiysi so„z yasashdir. Umumadabiy tildan farqli o'laroq, terminlarni yasalishida, asosan, quyidagi uch xil usuldan foydalaniladi:1.Semantik 2.Morfologik 3.Sintaktik

ABSTRACT

KIRISH

May, 2022

O'zbek tilshunosligida so'z ma'nosining o'zgarishi, ma'noning ko'chishi, polisemantik so'zlarning ba'zi ma'nolari orasidagi bog'lanish uzilib, ayrimlarining maxsuslanishi orqali yangi so'zning hosil bo'lishi semantik yoki leksik-semantik yo'l bilan yasash deb yuritiladi.

Ma'lumki, tilda so'zlarning ma'nolari har xil usullar bilan ko'chishi mumkin. Chunonchi, so'z semantikasidagi o'zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro'y beradi. Tilshunoslarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga qaraganda, semantik usul bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafor o'ynaydi. Chunki umumadabiy yoki jonli tildagi so'zlarning biror xususiyatini, masalan, shaklan o'xshashligini, rang-tusidagi bir xillikni asos qilib olish yo'li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi.

O'zbek tili iqtisodiy terminlarining semantik yoxud semantik-sintaktik usul bilan yasalishi sof o'zbekcha yoki o'zbek tilida avvaldan ishlatilib kelingan arabcha va fors-tojikcha so'zlarni yangi, iqtisodiy ma'noda qo'llashdan iboratdir.

O'zbek tilida nashr etilgan iqtisodga oid darsliklar, o'quv qo'llanmalar, terminologik hamda izohli lug'atlar va boshqa manbalardan to'plangan misollarni tahlil qilib chiqib, o'zbek tili leksikasining qator qatlamlaridan olingan leksik birliklar iqtisodiy terminlarga aylanganligining guvohi bo'lamiz. Bu o'rinda mazkur so'zlarning ma'nosi o'zgargan yoki ko'chma ma'noda qo'llangan.

O'zbek iqtisodiy terminlarning ma'lum qismini tashkil qiluvchi bunday birikma terminlar boshqa sohalarda bo'lganidek, tushunchalarni mantiqan to'g'ri, mazmunan va grammatik jihatdan to'g'ri ifodalashda birikmaning semantik transformatsiyaga uchragan ikkinchi qismining ahamiyati kattadir.

Shu narsa ayon bo'ldiki, iqtisodiyot terminologiyasida butun nomini anglatuvchi terminlarga qaraganda, uning qismlarini anglatuvchi terminlar kamroq ekan.

Ma'lumki, muayyan terminologik tizim yoxud umumiste'moldagi ma'nosi ko'chirilgan leksemalar boshqa sohaning "mulki"ga aylanar ekan yakka holatda ham, ma'lum

May, 2022

427

so'zlar qurshovida (ya'ni birikma tarkibida) ham shu sohaga doir tushunchalarni ifodalay oladi. Masalan, shunday bir tushunchani olib ko'raylik: "qimmatbaho qog 'ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja chayqovchilari ".

O'zbek tilida yetuk so'zidan yetuklik yasalgan. Bu "jismoniy jihatdan to'la rivojlanganlik, kamolatga yetganlik, bilimli, ilmlilik" ma'nolarini anglatadi. Iqtisodiyotda esa yetuklik maxsus termin sifatida quyidagi defirinitsiyaga ega: "Tovarni sotish sur'atlarining asta-sekin pasayish davri". To'g'ri, bu kabi terminlar kam miqdorni tashkil etadi. Biroq, iqtisodiyot terminologiyasida semantik va sintaktik usul bilan yasalgan, ya'ni birikma terminlar tez-tez qo'llanib turilishi mumkinligini tasdiqlovchi misollar mavjud. Fikrimizning tasdig'i uchun ayrim misollarga murojaat etamiz.

1. Matematik terminlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan: chorak reja, normativ qiymat, differentsial renta, yig 'ma ko 'rsatkich, ish haqi darajasi, daromadning qoldig'i, iqtisodiy integratsiya, bozor hajmi, nisbiy daraja, narx darajasi, foyda miqdori, qiymat o 'lchovi, bo 'linma, qiymat solig'i.

2. Texnika vositalari va ularning qismlari hamda atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan: amortizatsiya fondi, mashinalashgan hisob, kreditning elastikligi, talabning egiluvchanligi, bozor mexanizmi. Moliyaviy mexanizm har bir soha va bo 'g 'inlar bir butun yaxlitlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.

3. Fizikaviy terminlar bilan aloqador so'zlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan: bozor muvozanati, mehnat sig'imi, kapital sig'im, nisbiy daraja, pul massasi, tebranuvchi talab, o'zgaruvchan xarajat, doimiy xarajat, o 'zgaruvchan narx, mutloq daraja, talabning egiluvchanligi, fond sig'imi.

4. Qishloq xo'jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar: agrar krizis, sohibkorlik, qiymatning o'sishi, tovar xo'jaligi, o'sim, qarz o'simi, undirilgan pul, pul undirish, unumsiz chiqim, unumsiz xarajat, undiriladigan soliq, iqtisodiy o 'sish, talabni o 'stirish, agrobiznes, agrosanoat.

5. Ijtimoiy fanlar va ularning atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan: moliya oligarxiyasi, qadrli mablag', ixtisoslashtirilgan sarmoya, avtonom byudjet, absolyut renta, ta'sischilik aksiyalari, mutlaq naf, erkin savdo, tovar moddiy qadriyatlar, to 'lov qobiliyatsizligi, yetakchi valyuta, tovar turkumi, bozor unsurlari, daromad samarasi, ixtiyoriy ishsizlik, shiddatli inflyatsiya, o'rinbosar tovarlar, xayriya fondi, vaqf fondi, iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy tanazzul,

pulning qadrsizlanishi, muomala fondlari.

May, 2022

6. Zoologiya terminlari ham iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. Masalan: o „rmalovchi inflyatsiya, suzib yuruvchi inflyatsiya, yuguruvchi inflyatsiya.

Qisqasi, keltirilgan materiallar o'zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida semantik va semantik-sintetik usul, ya'ni leksik birliklarning ma'nosini ko'chirish yo'li bilan ko'plab terminlar hosil qilinganini yaqqol tasdiqlaydi. Bu jarayonda metaforaning o'xshatish prinsipi muhim rol o'ynaydi.

Turkiy tillarda leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo'llaridan biri affikslar orqali so'z yasashdir. Bu usulning terminlar yasash ko'lami keyingi davrlarda yanada kengaydi, terminologik tizimga mansub terminlarning ayni shu usul bilan yasalayotganligi shundan dalolat beradi.

Terminologiyaga oid tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, biror terminologik tizimda affiksatsiya usuli bilan terminlar yasash bir qadar faol bo'lsa, boshqasida esa kammahsuldir. Masalan, o'zbek tilining texnika, musiqashunoslik, terminologiyalarida termin yasashda ko'plab affikslar ishtirok etgani holda, kasalliklar, dorishunoslik, ximiya terminologiyalarida termin yasovchi affikslarning miqdori ancha cheklangan.

Hozirgi bosqichda iqtisodiyot sohasida qo'llanayotgan tub terminlarning soni yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga asli o'zbekcha (ba'zilari umumturkiy) yoki o'zlashma (ular o'zi doir tilda yasama yoki qo'shma bo'lishidan qat'iy nazar, o'zbek tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi)terminlar kiradi. Mana shunday tub, ya'ni noyasama iqtisodiy terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, daromad, narx, qarz, raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond, poshlina, bank va b. Misollardan ko'rinib turibdiki, hozirgi bosqichda o'zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida tuzilishi jihatidan sodda, yaxlit o'zak -negiz sifatida qaraladigan tub terminlar ham ancha o'rinni egallar ekan.

Shu bilan birga iqtisodiyot terminologiyasida sodda terminlar asosida yuzlab yasama terminlar yasalganligini ko'rish mumkin.

Iqtisodiyot terminologiyasida quyidagi affikslar ishtirokida ayni shu sohaning terminlari hosil bo'lganligini ko'rish mumkin.

1. O'zbek tilida juda faol bo'lgan -chi qo'shimchasi birinchi galda, turli kategoriyalarga oid shaxs nomlarini yasab keladi. Iqtisodiy terminologik tizimida ham u iqtisodning biror sohasida ish olib boruvchi shaxs ma'nosidagi ko'plab terminlarni yasab keladi: iqtisodchi, xazinachi, saralovchi, ijarachi, iste 'molchi, soliqchi, ta 'minlovchi, pudratchi, sanoatchi,

May, 2022

429

hisobchi, nazoratchi, moliyachi, omonatchi, raqobatchi, buyurtmachi, kafolatlovchi va boshqalar.

2. -ma affiksi o'zbek tilida xilma-xil ma'noni ifodalovchi leksemalar yasaydi. Uning ayrimlari terminologik tizimlarda birmuncha faol ekanligini qator ilmiy ishlar misolida ko'rish mumkin. Bu affiks yordamida, garchi kam miqdorda bo'lsa ham, har holda ayrim iqtisodiy terminlar yasalganki, quyidagi misollar fikrimizni tasdiqlay oladi: g'amlama, ustama, uyushma, birlashma, tuzilma, buyurtma, bo'linma, undirma va boshqalar.

3. -kor affiksi ishtirokida:

Mazkur affiks asosdan anglashilgan narsa-predmetni yetishtirish bilan shug'ullanuvchi shaxs otini yasasa (paxtakor, g'allakor kabi), iqtisodiy terminologik tizimda mavhum otlarga qo'shilib, ulardan anglashilgan ish-harakat bilan shug'ullanuvchi shaxs oti yasaydi: chorakor, tadbirkor, tejamkor, sohibkor va boshqalar.

4. -dor affiksi ishtirokida:

Bu affiks asosdan anglashilgan narsa-predmetga ega bo'lgan shaxs nomini hosil qiladi. Masalan, mulkdor, xaridor, qarzdor, nasiyador, sarmoyador, hissador va boshqalar.

5. -noma affiksi ishtirokida:

Bu affiks iqtisodiy terminologik tizimda asosdan anglashilgan narsani ifodalovchi matn, xat va shu kabilarni bildiradi. Masalan, omonatnoma, shartnoma, yo 'riqnoma, ruxsatnoma, so 'rovnoma, topshiriqnoma va boshqalar.

6. -ot (-at, -yot, -yat) affiksi ishtirokida:

Aslida arabiy leksemalar tarkibidagina lug'aviy birliklarni yasab kelgan mazkur so'z yasovchi qator terminologik tizimlarda bir qadar faolligi bilan ishtirok etib kelmoqda. Buni quyidagi iqtisodiy terminlar misolida yaqqol ko'rish mumkin: taqsimot, hisobot, iqtisodiyot, qadriyat, ta 'minot, mahsulot, raqobat va boshqalar.

7. -xona affiksi ishtirokida: bojxona, zarbxona va boshqalar.

8. -lik affiksi ishtirokida:

O'zbek tilshunosligida mazkur affiksning so'z yasash xususiyatlari xususida qator maqolalar, hatto nomzodlik ishi ham himoya qilingan. Bu ishlarda uning asosiy vazifalaridan biri mavhum otlar yasashdan iborat ekanligi alohida ta'kidlangan. Iqtisodiyot ham ko'proq abstrakt tushunchalar bilan ish ko'rganligi boisidan uning terminologik tizimida -lik affiksi yordamida ko'plab terminlarning yasalganligini quyidagi misollar yaqqol tasdiqlay oladi: taqchillik,

tanqislik, mulkchilik, foydalilik, boqimandalik, manfaatdorlik,

May, 2022

mahsuldorlik, rentabellik, xojalik, ustuvorlik, samaradorlik, yetuklik, alohidalik, mustaqillik va boshqalar.

9. -be affiksi ishtirokida: behisob, bebaho, bepul, befoyda, bevosita va boshqalar.

10. -siz affiksi ishtirokida: hisobsiz, bahosiz va boshqalar.

Bunda be- affiksi bilan -siz affiksi sinonim holda qo'llangan: behisob-hisobsiz.

11. -xo 'r affiksi ishtirokida:

Aslida fors-tojik tillaridan o'zlashtirilgan yaxlit leksemalar tarkibida mavjud bo'lgan mazkur affiks hozirgi bosqichda ko'plab asosdan anglashilgan narsani doim iste'mol qiluvchi, shuni yaxshi ko'ruvchi ... ma'nosidagi shaxs nomlarini yasab kelganki, u iqtisodiyot atamashunosligida ham qator terminlar tarkibida o'z "vazifa"sini ado etib kelmoqda. Quyida keltirilgan misollar shundan dalolat beradi: foydaxo „r, sudxo „r, nafaqaxo „r, merosxo „r va boshqalar.

12. -sh (-ish) affikslari ishtirokida:

Hozirgi o'zbek tilida, xususan, uning terminologik tizimlarida -sh (-ish) affiksi faollashib ketganligi leksikologiya, terminologiyaga bag'ishlangan qator tadqiqotlarda alohida ta'kidlangan. Ularda bayon etilgan fikrlarning qay darajada to'g'ri va haqli ekanligini faktlar ham yaqqol tasdiqlay oladi. Chunki o'zbek tilining iqtisodiy terminologiyasida mazkur affiks yordamida hosil qilingan yuzlab terminlar o'z vazifasini bajarib kelmoqda.

Keltirilgan misollarning ayrimlari tegishli manbalarda ishlatilgan va "Izohli lug'at"dan o'rin olgan bo'lsa-da, ba'zilari, masalan, xususiylashtirish, barqarorlashtirish, sog „lomlashtirish, himoyalash, aksionerlashtirish, tijoratlashtirish kabilar yangi leksik birliklar sifatida qaralmog'i kerak.

13. Hozirgi iqtisodiyot terminologiyasida, qayd etilgan affikslardan tashqari, garchi kam miqdorda bo'lsa-da, yana ayrim affikslar ishtirokida terminlar hosil qilingan. Shunday affiksli iqtisodiy terminlar jumlasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:

a) -m (-im) affiksli terminlar: boqim, bitim, kirim, chiqim.

b) -v (-ov) affiksli terminlar: to „lov, o „lchov.

v) -q (-iq) affiksli terminlar: soliq, sotiq.

g) -gar affiksli terminlar: savdogar.

Iqtisodiy terminologik tizimda, qayd etilganlardan tashqari, ayrim murakkab affikslar ishtirokida ham termin yasash ancha faollashganligi kuzatildi. Mana shunday affikslar jumlasiga quyidagilarni

keltirish mumkin.

May, 2022

1. Iqtisodiy terminlarning -chilik affiksi bilan yasalishi.

Iqtisodiyotga oid terminologik tizimda -chilik affiksi biror narsa bilan bog'liq bo'lgan holatni anglatuvchi terminlarni yasaydi: tijoratchilik, mulkchilik, kasanachilik.

2. Iqtisodiy terminlarning -korlik murakkab affiksi bilan yasalishi. Fors-tojikcha -kor affiksiga asli o'zbekcha -lik yasovchisining qo'shilib ketishidan hosil bo'lgan

-korlik affiksi ham ko'plab iqtisodiy terminlar yasashda ishtirok etib kelmoqda: tejamkorlik, tadbirkorlik.

3. Iqtisodiy terminlarning -lilik affiksi bilan yasalishi. Tadqiqot obyektimizda ayni shu affiks ishtirokida yasalgan qator terminlar iqtisodiyot sohasida keng qo'llanmoqda: tejamlilik, unumlilik, likvidlilik.

4. O'zbekcha -lik va forsiy -dor affikslarining birikuvidan tashkil topgan mazkur murakkab affiks iqtisodiy terminlar tarkibida ishtirok etmoqdaki, buni quyidagi misollar tasdiqlay oladi: mahsuldorlik, mulkdorlik, aksiyadorlik, samaradorlik, unumdorlik.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi o'zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida morfologik usul bilan terminlar hosil qilish anchagina faoldir, chunki bu jarayonda xilma-xil affikslardan yoki affiksoidlardan keng foydalanib kelinmoqda. Demak, bozor iqtisodiyotining o'tish davrida yangi-yangi terminlarning kirib kelishi iqtisodiyot terminologiyasining boyib borishiga sabab bo'ldi.

O'zbek tilining iqtisodiyot terminologiyasida(atamashunosligida), boshqa terminologik tizimlarda bo'lganidek, iqtisodiy tushunchalarni birikma vositasida ifodalashning o'ziga xos bir yo'li qaror topdi. Bu hol o'zbek tilida yuzlab iqtisodiy terminlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Barcha terminologiyada ham ikki va undan ortiq komponentli birikma terminlardan foydalanilmoqda.

Bu sohada ikki komponentli terminlar miqdor jihatdan ko'pligi bilan ajralib turadi. Yana "Ishbilarmon" lug'ati"ga murojaat qilamiz. Lug'atda, yuqorida qayd etilganidek, jami birikma terminga izoh berilgan bo'lib, uning ko'p qismi ikki komponentlarni tashkil etadi: tijorat hisobi, taftish dalolatnomasi, oltin g'amlamasi, omonat guvohnomasi, soliq imtiyozlari, tirikchilik qiymati va boshqalar.

Shu bilan birga, mazkur lug'atda komponentli (narxning tashkil topishi, mas'uliyati cheklangan shirkat kabi) to'rt va undan ortiq komponentli (vekselni xatlab olish protsenti, o'zaro to'lovlarni hisobga olish, mumkin qadar qulaylik berish tartibi va boshqalar) terminlar mavjud. Iqtisodiy terminologiyaning ko'p qismini ikki komponentli

May, 2022

432

birikmalar tashkil etishi boisidan quyida bu kabi birikmalarning grammatik jihatdan tarkib topish usullarini ko'rib chiqish lozim, deb topildi (uch va undan ortiq komponentli birikmalarning yasalishi ayni shu omildan kelib chiqishi tufayli ularga alohida to'xtab o'tilmaydi).

Ma'lumki, turkiy tillarda, jumladan, o'zbek tilida ham ikki qismli terminologik birikmalar til materialiga qarab, asosan ot+ot yohud sifat+ot modeli asosida yasalgan bo'ladi. Shunga ko'ra quyida mana shu birikmalarni alohida-alohida qarab chiqamiz.

I. Ot+ot modelida yasalgan birikma terminlar.

Boshqa turkiy tillarda bo'lganidek, o'zbek tilida ham ot+ot tipidagi birikmalar izofa orqali birikib keladi.

Bunday izofa 3 xil ko'rinishga egadir.

1) Birinchi tip izofa vositasida hosil bo'lgan birikmaning har ikkala qismining o'zaro bog'liqligi so'z tartibi va birlashtiruvchi ohang bilan belgilanadi. Iqtisodiyot olamida bu kabi birikmalarning barmoq bilan sanarli darajada kam. Ular jumlasiga quyidagilar misol bo'ladi: yer renta, bozor narx kabi.

2) Ikkinchi tip izofali birikma biror predmet, narsa, voqea-hodisaga qarashliligini, mansubligini anglatadi.

Bu xildagi birikmalarning qaratqich komponenti -i yoxud -si egalik qo'shimchasi bilan shakllantiriladi, qaralmish komponenti esa grammatik qo'shimchalarga ega bo'lmaydi. Shu xildagi iqtisodiy terminlar jumlasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: sotish ustamasi, bojxona boshqarmasi, savdo vakili, talab ko„lami, qarz tilxati, pul muomalasi, tannarx ko„rsatkichlari, davlat qarzi va boshqalar.

Misollardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ikkinchi tip izofali birikmalar o'z o'rnida ishlatilmoqda, ya'ni tushunchalarni to'g'ri ifodalamoqda.

3) Birikma terminlarning bu xili boshqa terminologik tizimlarga qaraganda izofaning haqiqiy bo'lmish uchinchi tipi asosida shakllantirilgan birikmalar o'z o'rnida qo'llanilgan. Masalan: pulning qadrlanishi, daromadning taqsimlanishi, hamkorlikning rivojlanishi, tovarning qiymati, mahsulotning bahosi, fondlarning samaradorligi, kreditning qaytarilishi, so „mning qiymati.

Yuqoridagi misollardan o'zbek tilining iqtisodiyot terminologiyasida izofa birikma terminlar o'ziga xos o'rinni egallab kelayotganligi ma'lum bo'ladi.

May, 2022

II. Sifat+ot modelida yasalgan birikma terminlar.

O'zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida sifat+ot modeli asosida yasalgan terminlar salmoqli o'rinni egallaydi. Bunday birikma terminlarning aniqlovchi komponenti aniqlanmish komponentining belgisi, xossasi, xususiyati kabi ma'nolarni ifodalab keladi.

Ularni lisoniy materialiga ko'ra ikki xilga ajratish mumkin:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

a) aniqlovchi qismi asliy sifatdan iborat birikmalar;

b) aniqlovchi qismi nisbiy sifatdan tashkil topgan birikma terminlar.

Asliy sifat+ot modeli asosida yasalgan birikma terminlar iqtisodiyot terminologiyasida unchalik ko'p emas. Shunday bo'lsa-da, ularni lisoniy dalil tarzda keltirib o'tish lozim bo'ladi. Bunday birikmalar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: yalpi mahsulot, mavhum mehnat, sof daromad, muqobil savdo, muxbir bank, ulgurji narx, chakana narx, xufiya iqtisodiyot, erkin bozor, tashqi audit, ustuvor yo 'nalish va boshqalar.

Nisbiy sifat+ot modeli asosida yasalgan birikma terminlar esa miqdorning ko'pligi bilan ham ajralib turadi. Hisob-kitoblarga qaraganda bu kabi birikmalarning soni 200 tadan ham oshib ketadi. Mazkur tipdagi birikma terminlarning aniqlovchi komponenti xilma-xil sifat yasovchi qo'shimchalar bilan ifodalanishini alohida ta'kidlab o'tamiz.

Sifat+ot modelida yasalgan birikma terminlar

asliy sifat+ot

tashqi audit sof daromad yalpi mahsulot

nisbiy sifat+ot

tovarlashgan xizmat maqsadli auditoriya an'anaviy iqtisodiyot

Qayd etish lozimki, o'zbek tilining iqtisodiyot terminologiyasida ham boshqa terminologik tizimlarning mulki

May, 2022

bo'lmish aniqlovchili birikmalarni hosil qiluvchi sifat yasovchi qo'shimchalar ishtirok etadi.

Biroq bu o'rindagi farq shundan iboratki, ayrim sifat yasovchi affikslar nihoyatda sermahsul bo'lsa, boshqalari bir qadar kammahsuldir.

Demak, iqtisodiyotga aloqador birikma terminlar ichida sodda birikma terminlar ko'pligi bilangina emas, balki iqtisodiy tushunchalarni to'g'ri, aniq va ixcham tarzda ifodalab kelishi bilan ham o'ziga xos afzalliklarga egadir.

REFERENCES

1. Ergashev T. Iqtisodiy atamalarning o'zbekcha-inglizcha-ruscha lug'ati. "Sharq" nashriyoti. T., 2001.

2. Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalar izohli lug'ati. "Fan" nashriyoti, T.,

3. Qosimova M. Jabbarova Sh. "Iqtisodiy terminlarning qo'llanilishi: muammolar va yechimlar" Iqtisodiy va innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. 5-son. 2017. 1-8 betlar.

4. Qosimova M. Jabbarova Sh. Ziyatova M. O'zbek tilida iqtisodiyotga oid atamalarni qo'llanilishi. ". Iqtisodiy va innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. 4-son. 2020. 1-6 betlar.

5. O'zbekiston qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlar atamari lug'ati. T., 2007.

2004.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.