Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDA SELEKSIYA VA URUG‘CHILIKKA OID BIRIKMA TERMINLARNING HOSIL BO‘LISH MODELLARI'

O‘ZBEK TILIDA SELEKSIYA VA URUG‘CHILIKKA OID BIRIKMA TERMINLARNING HOSIL BO‘LISH MODELLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
469
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Birikma termin / seleksiya va urug‘chilik terminologiyasi / minimal element / strukturali birikma terminlar. / concatenated terms / terminology of breeding and seed production / minimal element / structural concatenated terms.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirmuhsin Xamidov

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi seleksiya va urug‘chilikka oid terminlar hamda ularning sintaktik usul bilan yasalishi o‘rganib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODELS OF FORMATION OF COMPOUND TERMS ON SELECTION AND SEEDS IN UZBEK LANGUAGE

This article studies the terms of selection and seed production in the Uzbek language and their formation in a syntactic way.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDA SELEKSIYA VA URUG‘CHILIKKA OID BIRIKMA TERMINLARNING HOSIL BO‘LISH MODELLARI»

O'ZBEK TILIDA SELEKSIYA VA URUG'CHILIKKA OID BIRIKMA TERMINLARNING HOSIL BO'LISH MODELLARI

Mirmuhsin Xamidov ToshDAU "Tillar" kafedrasi katta o'qituvchisi mirmuhsinagrar@yahoo. de

Annotatsiya: Ushbu maqolada o 'zbek tilidagi seleksiya va urug 'chilikka oid terminlar hamda ularning sintaktik usul bilan yasalishi o 'rganib chiqilgan.

Kalit so'zlar: Birikma termin, seleksiya va urug'chilik terminologiyasi, minimal element, strukturali birikma terminlar.

Аннотация: В данной статье изучается термины селекции и семеноводства в узбекском языке и их образование синтаксическим способом.

Ключевые слова: соединённые терминов, терминология селекции и семеноводства, минимальный элемент, структурные соединённые термины.

Annotation: This article studies the terms of selection and seed production in the Uzbek language and their formation in a syntactic way.

Key words: concatenated terms, terminology of breeding and seed production, minimal element, structural concatenated terms.

KIRISH

Sintaktik usul bilan ko'p miqdorda birikma shaklidagi terminlar yasaladi. Termin yasashning bu usuli o'ta sermahsul (1,204). Shuning uchun har qanday soha terminologiyasida birikma terminlar soni boshqalariga nisbatan salmog'i jihatidan birinchi o'rinda turadi (1,131). Birikma terminlar ko'pgina terminologik sistemalarda bo'lganidek, o'zbek tili seleksiya va urug'chilik terminologiyasining ham asosini tashkil etadi. Tadqiqot ob'ekti sifatida tanlab olingan 1182 ta seleksiya va urug'chilikka oid terminlarning 884 tasi, ya'ni deyarli 75 foizi birikma terminlardir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek tili seleksiya va urug'chilik terminologiyasi asosan ikki va uch komponentli birikma terminlardan tashkil topgan. To'rt, besh, hattoki to'qqiz komponentli birikmalar ham uchrab turadi.

Terminologiyaga oid manbalarda bir so'zga teng terminlar sistemaning

minimal elementlari, ikki va undan ortiq so'zlardan tuzilgan birikma shaklidagi

terminlar esa maksimal elementlari sifatida talqin etiladi. Minimal elementlarga ayni

sohaning tayanch yoki asos tushunchalarini ifodalovchi asosiy terminlar sifatida ham

qaraladi (2,23). Bildirilgan fikrlar ko'p jihatdan o'zbek tili seleksiya va urug'chilik

terminologiyasiga ham mos keladi. O'rganilgan seleksiya va urug'chilik terminlari

orasida shunday minimal elementlar borki, ular (urug', nav, ekin, o'simlik, tanlash,

416

ko'payish, urchish kabilar) shu sohaga oid asosiy o'zak tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi. Bunday minimal elementlar ishtirokida birikma shaklidagi terminlar yasalishi hodisasi ancha faol.

O'zbek terminologiyasida birikma shaklidagi terminlarning yasalishida sistemalashtiruvchi minimal elementlarning o'rni katta. Ayniqsa, ikki komponentli birikma shaklidagi terminlarni yasashda bunday sistemalashtiruvchi minimal elementlardan keng foydalaniladi. O'zbek kitobatchilik terminologiyasida birgina nashr so'zi ishtirokida qirqdan ortiq birikma shaklidagi termin yasalgan (3,164) bo'lsa, seleksiya va urug'chilik terminologiyasida urug' so'zi yordamida oltmishdan ortiq birikma shaklidagi terminlar hosil qilinganini ko'ramiz:

Sotiladigan aralashmasi

saralangan yetishtirish

kondision dorilovchi

duragay qalinligi

tuksiz yo'g'onligi

tukli tayyorlash

mayda nazorati

maysa partiyasi

eski urug'(i) tozaligi

ochiq yetilishi

yopiq o'lchami

yangi qobig'i

gul fondi

puch turi

to'q eni

asl quti

sara vazni

uzum po'sti

zig'ir rangi

moyli mag'zi

qattiq sifati

asosiy o'lchami

o'simlik tahlili

chirigan namligi

standart uzunligi

ko'kargan namunasi

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

boshlang'ich sinflari

unmaydigan hisoblagich

muzlatilgan sertifikati

sertifikatlangan unuvchanligi

Ko'rilgan misollarda urug' leksemasi birikma shaklidagi terminning aniqlanmish komponenti sifatida qatnashmoqda va urug'ning turlariga ko'ra tabaqalanishini ifodalamoqda. Bu leksema birikma shaklidagi terminning aniqlovchi komponenti ham bo'lib kela oladi va bunda minimal elementning turlari yoki turlariga ko'ra tabaqalanishi hodisasi ro'y bermaydi.

Shuni aytib o'tish joizki, mazkur leksema yordamida uch va undan ortiq komponentli birikma shaklidagi terminlar ham yasaladi.

Birikma terminlar miqdor jihatidan ko'p va ularning yasalishi xilma-xil. To'plangan materiallardan ma'lum bo'lishicha, ikki komponentli birikma terminlar eng mahsuldor ekanligi bilan ajralib turadi. Tadqiq etilgan 884 ta seleksiya va urug'chilikka oid birikma terminlardan 631 tasi ikki komponentli birikmalardir. Bunday birikma terminlar ko'p bo'lganligi bois, ularni chuqurroq tahlil qildik. Ikki komponentli birikma terminlar asosan quyidagi modellar asosida yasaladi: ot + ot, sifat + ot.

1. Ot+ot modelidagi birikma terminlar (N+N). O'zbek tilida ot+ot tipidagi birikmalar izofa orqali birikib keladi. Izofa hodisasi aslida fors-tojik tillariga xos bo'lib (4,41), turkiy tillarda, jumladan, o'zbek tilida aniqlovchi-aniqlanmish munosabatidagi so'z birikmalarga nisbatan qo'llanadi. O'zbek tilida izofani ifodalovchi so'z birikmalari komponentlarining tartibi fors-tojik tiliga xos bo'lgan izofa konstruksiyalari komponentlarining tartibidan farq qiladi (5,18).

So'z birikmalari komponentlarining o'zaro birikish usuliga ko'ra izofaning uch xil ko'rinishi mavjud.

Birinchi tip izofali birikmalarning komponentlari hech qanday grammatik belgilarsiz bitishuv yo'li bilan qo'shiladi, ya'ni bunday birikmalarning o'zaro bog'liqligi so'z tartibi va birlashtiruvchi intonatsiya bilan belgilanadi (6,99): barg kurtak, bosh poya, ona hujayra, erkak hujayra, ona organizm, urug'lik don, bo'yoq modda, chang donacha, urug' quti, urug' hisoblagich, donor gen, ota organizm, urug ' dorilovchi, mo 'm parda, duragay nav, duragay urug 'lar - irsiyati har xil navlar, turlar va turkumlarni chatishtirishdan olingan urug'lar (O'zME, 3-jild, 384). Bunday tipda yasalgan birikma terminlar o'zbek tili seleksiya va urug'chilik terminologiyasida unchalik ko'p emas.

Scientific Journal Impact Factor

R

O'zbek tili seleksiya va urug'chilik terminologiyasida ot+ot tipidagi ikki komponentdan iborat birikma shaklidagi terminlar orasida II tip izofadagi birikmalarning salmog'i ancha yuqori. Bu tip izofada aniqlovchi komponent bosh kelishikda, aniqlanmish komponent esa egalik affiksi (-i / -si) bilan keladi. Ikkinchi tip izofadagi birikmalar biror predmet, narsa yoki hodisaga qarashliligini, mansubligini anglatadi: paxta momig'i, g'o'za tupi, barg bandi, tuproq holati, tola rangi, dala ekini, maysa urug'i, boshoq qipig'i, urug' qobig'i, urug' o'lchami, chang naychasi, ko'sak shakli, nav nazorati - navning haqiqiyligini belgilash hamda urug'lik ekinlarining nav tozaligini aniqlash (O'zME, 6-jild, 224).

Tadqiq etilayotgan soha terminologiyasida ikkinchi tipdagi birikma terminlar keng qo'llanadi. Bunday birikmalarning grammatik xususiyatlari va ifoda ko'rinishlari turlicha bo'lib, komponentlarning bog'lanishida so'z yasovchi (-lik, -chilik) affikslar qatnashadi. Masalan: onaliknafi, onaliktizmasi, urug'chilikxojaligi, urug'chilik kompleksi, to 'qimachilik tolasi.

Uchinchi tip izofada har ikkala komponentning grammatik belgisi bo'ladi. Birikmaning strukturasi "ot + qaratqich kelishigi qo'shimchasi + ot + egalik qo'shimchasi" modelida ifodalanadi. Bunday tipdagi izofali birikmalar ikkinchi tipdagi izofadan grammatik jihatdan qaratqich kelishigining formal ifodalanishi bilan farq qiladi (5,19). Masalan: turlarning buzilishi, turning tozaligi, o'simliklarning bepushtligi, o'simliklarning o'zgaruvchanligi, o'simliklarning tarqalishi, yadroning bo'linishi, chigitning tolaliligi, o'simliklarning zaharliligi, o'simliklarning urug'sizlanishi - o'simlik onalik tumshuqchasining shu gulning o'z changi bilan changlanishi natijasida mevada urug' hosil bo'lmasligi (7,218).

Shunday qilib, o'zbek tili seleksiya va urug'chilik terminologiyasida uchala tip izofali birikma terminlar uchraydi. Ularning ichida ikkinchi tip izofali terminlar eng mahsuldor hisoblanadi.

2. Sifat + ot modelida yasalgan birikma terminlar (A+N). Bunday modelda yasalgan birikma terminlarning aniqlovchi komponenti sifat, aniqlanmish komponenti esa ot turkumidagi so'z bilan ifodalanadi. Aniqlovchi komponentda ifodalanayotgan sifatning turiga ko'ra yuqoridagi birikma terminlarning ikki turi mavjud: a) aniqlovchi komponenti asliy sifat bo'lgan birikmalar; b) aniqlovchi komponenti nisbiy sifat bo'lgan birikmalar.

Asliy sifat + ot shaklidagi birikma terminlar seleksiya va urug'chilik terminologiyasida ancha salmoqli hisoblanadi: eski urug'lik, oddiy bo'linish, muqobil genlar, zich ekin, toza ekin, mayda urug', sara ekin, nam don, katta xo'jalik, qattiq urug', yupqa po 'st, kichik hujayra, kech yetilish.

Scientific Journal Impact Factor

R

Nisbiy sifat + ot shaklidagi birikma terminlar seleksiya va urug'chilik terminologiyasida ko'p uchraydi. Bunday tipdagi birikmalarning aniqlovchi komponenti -li, -liq -siz, -dor, -aro, -chi, -iy (viy) affikslari yordamida shakllanadi. Quyida ular vositasida yasalgan birikma terminlarga misollar keltiramiz:

-li affiksi bilan: tukli urug', bargli o'simliklar, gulli o'simliklar, tolali ekinlar, etli meva, mevali novdalar, donli ekinlar, chidamli nav;

-lik affiksi bilan: yillik harorat, onalik nafi, onalik tizmasi, urug'chilik xo'jaligi, otalik tizmasi, urug'lik tahlili;

-siz affiksi bilan: bargsiz poya, tuksiz urug', jinssiz duragaylash, urug'siz meva; -dor affiksi bilan: hosildor changdon, unumdor nav, hosildor nav, nasldor hayvon;

-aro affiksi bilan: tizmalararo duragay, turlararo duragaylash, turlararo chatishtirish, zotlararo chatishtirish, navlararo duragay;

-chi affiksi bilan: ionlovchi nurlanish, changchi gul, tutashuvchi hujayra, biriktiruvchi to'qima;

-iy (viy) affiksi bilan: madaniy o'simliklar, miqdoriy belgilar, davriy saralash, jinsiy ko'payish, mavsumiy xona, kabilar.

-ma affiksi bilan yasalgan sifatlarning yakka o'zi terminlik vazifasini bajara olishi yoki olmasligi ancha munozarali. Ba'zi manbalarda -ma affiksli sifatning bir o'zi muayyan bir tushunchani anglatib kelolmasligi hamda uning faqat birikma tarkibidagina o'ziga xos terminologik tus olishi haqidagi fikrlar bildirilgan. "Bu xildagi so'zlarning ba'zilari tilda yakka holda ham muayyan tushunchani ifodalay oladi. Lekin ular ot kategoriyasiga tegishli bo'lgan so'zlardir. Binobarin, -ma affiksi bilan yasalgan terminning qaysi turkumga oid ekanligini kontekstdan, terminologik sistemalarda esa birikmadan ham aniqlash mumkin" (6,116). Bizning kuzatishlarimizdan ma'lum bo'ldiki, o'zbek tili seleksiya va urug'chilikka oid birikma shaklidagi terminlar yasalishida mazkur affiks kammahsul hisoblanadi: bichma qo 'zi, tizma nav, sug'orma dehqonchilik.

O'zbek tili seleksiya va urug'chilik terminologiyasida ikki komponentli birikma terminlarning yasalishida suffikslar qatorida no-, ser- prefikslari ham qatnashib quyidagi birikmalarni hosil qiladi: nogomologik xromosomalar, serdanak meva, serurug ' meva, sergo 'sht meva.

Ikki komponentli birikma terminlarning bir qismi tushum (-ni) va jo'nalish (-ga) kelishiklari yordamida shakllanadi. Tushum kelishigi qo'shimchasi bilan shakllangan birikma terminlarning birinchi komponenti ot, ikkinchi komponenti esa harakat nomi

XULOSA

bo'ladi: gullarni bichish, tuproqni zararsizlantirish, hosilni yig'ish, jinsni aniqlash, chigitni xillash.

Jo'nalish kelishigi qo'shimchasi bilan shakllangan birikma terminlarning birinchi komponenti ot, ikkinchisi harakat nomi yoxud ot bo'lishi mumkin: chiqitga chiqarish, navlarga ajratish, qishga chidamlilik, oilalarga ajratish.

O'zbek tilida murakkab strukturali birikma terminlarning salmog'i ham anchagina. Quyida ularga misollar keltiramiz:

Uch komponentli birikma terminlar: chigitning mutlaq og'irligi, lenta shaklida ekish, ishlov berilgan urug', biologik himoya usuli;

To'rt komponentli birikma terminlar: uch dalali almashlab ekish, urug'ning dala sharoitidagi unuvchanligi, turg'un belgi olib yuruvchi;

Besh komponentli birikma terminlar: o'simliklarni himoya qilishning agrotexnik usullari, genlarning o'zaro aralash ta'sir turi;

Olti komponentli birikma terminlar: birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonun, bir o'lchamga keltirilgan urug'larni tozaligini aniqlash, nav ichida chatishtirish ko'chatzorining otalik qismi;

Yetti komponentli birikma terminlar: hujayralarda bir xil genlar olib yuruvchi fard, qishloq ho'jalik o'simliklari navlarini sinash Davlat qo'mitasi;

Sakkiz komponentli birikma terminlar: o'simliklarning tuganak, qalamcha, ildiz yoki piyozboshlarini tanlab ko'paytirish;

To 'qqiz komponentli birikma terminlar: o'simliklarning yangi turlarini himoya qilish bo'yicha Xalqaro seleksionerlar uyushmasi.

REFERENCES

1. Даниленко В.П. Русская терминология: OniT лингвистического описания. -М.: Наука, 1977. - 247 с.

2. Суслова И.М. Терминология библиотековедения как системное образование // Терминология библиотечного дела. Сб.науч. тр. - М., 1975. - С. 16-29.

3. Юлдашев И.Ж. Узбек китобатчилик терминологияси: шаклланиши, тараqqиёти ва тартибга солиш: филол. фанлари д-ри ... дис. -Т., 2005. - 323 б.

4. Ножиев А. Тилшунослик терминларининг изоИли луg'ати. - Т.: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2002. - 168 б.

5. Бердиалиев А., Носиров H. Узбек тили изофали конструкцияларининг баъзи масалалари // Узбек тили ва адабиёти. Тошкент, 1978. -№ 3. - Б. 17-19.

6. Дониёров Р. Узбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. - Тошкент: Фан, 1977. - 160 б.

7. Муhаммадхонов С., Жонгуразов Ф. Усимликшуносликка оид русча-узбекча изокли луg'ат. - Тошкент: Мекнат, 1989. - 320 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.